Press "Enter" to skip to content

Menejment asoslari kitobi

Oila haqida tushuncha. Oila– kishilarning nikoh yoki qon qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Manaviyaxloqiy tarbiya REJA 1 Manaviy axloqiy tarbiyaning maqsad

REJA: 1. Ma’naviy axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 2. Ma’naviy axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari. 3. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash mazmuni. 4. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. Asosiy tushunchalar: ma’naviyat morality, ta’lim education, tarbiya upbringing, axloq morals, shaxs individual, insonparvarlik humanitarianism.

Adabiyotlar ro’yxati: • Pedagogika // M. X. Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. – T. : Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 252 257; • Ibragimov X. , Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. – T. : “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B. 153 155; • Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. – T. : Fan, 1995; • Hasanboev J. , Turopova M. , Hasanboeva O. Ma’naviy axloqiy tarbiya asoslari. – T. : G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002; Elektron ta’lim resurslari: www. pedagog. uz. www. ziyonet. uz

“Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob 1. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat? 2. Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang 3. Fuqarolik nima?

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar samarasi avvalombor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog’liq. SH. M. Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 2017 yil 7 dekabr kuni “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy etishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.

Ma’naviy axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov jamiyat rivojlanishi ning ma’naviy axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: • Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; • Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; • Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; • Vatanparvarlik.

Madaniyat ( «kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha «mafkura» naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy axloqiy yuksaklish, ma’rifiy tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.

“Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”. (Yusupov E). “Ma’naviyat moddiy hayot bilan doimo yonma yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa (Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati). “Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir (Ziyomuhammadov B. , Ziyomuhammedova S. , Qodirova S). “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” (Karimov I. A).

Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq atvori, yurish turishi, xatti harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.

2012 yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida mamlakatda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratilishi, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadini o’z ichiga oladi. 2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi PF 4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida ma’naviy axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan. 2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, 5 modda Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan. Yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish mazkur Qonunda alohida yo’nalish sifatida e’tirof etilgan.

2016 yil O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani ning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi, bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi ta’lim tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko’tarib, faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi. 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risi”da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning farmoyishi. Farmoish mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’quv adabiyotlari yaratish va o’quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratilganligi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilayotganligi, axborot resurs va axborot kutubxona markazlarining moddiy texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatayotganligi haqidagi fikrlardan iborat. Kitob mutolaasi borasida ma’lum kamchiliklar mavjudligi ham aytib o’tildi. 2017 yil 13 yanvar kuni. O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan vatan himoyachilariga bayram tabrigida ham Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egaligi, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanaishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’layotganligi, fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlash bo’yicha aniq chora tadbirlarni ko’rishimiz zarurligini ta’kidlangan.

2017 yil 15 yanvar kuni “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi ham yoshlarni har tamonlama rivojlanishi masalalarini qabrab olgan. 2017 -2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yщnalishi bo’yicha xarakatlar strategiyasini ishlab chikilganligi va uning 4 yo’nalishi ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustivor y o’nalishi moxiyati. 2017 yil 7 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganligining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon xayotimiz, mamlakatimizni yanada tarakkiy etishning mustaxkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.

Blits-so’rov • Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha. • Qanday sifatlar manaviy axloqiy sifatlar sanaladi? • Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi? • Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi? • Mehnat qilish, bilim olish, kas biy va hayotiy tajribani oshi rish tushunchalariga ta’rif bering. • Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes rejaga ega bo’lish nima? • Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering. 5 -ilova «Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish Mavzuning ahamiyati Ma’naviy axloqiy fazilatlarni ja miyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayo tidagi o’rni. Insonni ma’naviy axloqiy tarbiyalangan barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga turli illatlarning salibiy ta’siri. 1. 2. 3. 4. 5. .

Sizning fikringizcha, yuksak ma’navyatli insonga qanday fazilatlar mansub? Kishi % O’g’il bola Qiz bola 2 -kurs 3 -kurs 4 -kurs Jami O’z tarixini yaxshi bilish 67, 9 69, 6 70, 3 67, 4 66, 9 68, 4 Milliy qadriyatlarni hurmat 64, 5 qilish 72, 0 68, 0 63, 2 69, 1 66, 5 Milliy g’ururi yuksaklik 35, 8 36, 6 38, 2 34, 4 35, 2 36, 0 Millatlararo, dinlararo 26, 3 bag’rikenglik 31, 7 26, 0 29, 0 28, 0 27, 7 Tajovuzkor kuchlarga 15, 2 qar shi kurashuvchanlik 13, 7 26, 0 29, 0 28, 0 27, 7 Oq ko’ngillik 14, 4 13, 2 12, 5 15, 8 13, 7 14, 1 Halollik 37, 1 30, 5 32, 6 35, 5 39, 7 35, 4 Kamtarlik 8, 7 9, 7 8, 8 6, 9 8, 7

Odamlarda Sizga yoqmaydigan eng salbiy illatlar nimalardan iborat? Kishi % O’g’il bola Qiz bola 2 -kurs 3 -kurs 4 -kurs Jami Poraxo’rlik 63, 7 54, 9 61, 5 60, 3 60, 0 61, 4 Tamagirlik 27, 5 23, 6 26, 4 26, 8 26, 2 26, 5 Manmanlik 45, 5 43, 2 46, 1 44, 4 43, 7 44, 9 Ikkiyuzlamach 46, 6 ilik Sotqinlik 47, 1 62, 0 50, 6 49, 1 52, 6 50, 5 48, 8 50, 0 47, 6 43, 3 47, 5 Boqimandalik 12, 5 14, 5 11, 0 13, 6 16, 5 13, 3 Loqaydlik 30, 4 29, 1 29, 7 27, 5 28, 9 28, 5

Oila haqida tushuncha. Oila– kishilarning nikoh yoki qon qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar: II. Ota onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar. Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo’lgan ota onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. • «Siz o’z farzandingizni qay darajada bilasiz? » nomli so’rovnoma mazmuni quyidagicha: • Farzandingiz ushbu o’quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda? • Farzandingizni so’nggi o’quv yilidagi o’zlashtirish darajasi Sizni qoniqtiradimi? • Farzandingizning fanlarga bo’lgan munosabati qanday? • Uning fanlarga bo’lgan qiziqishini baholay olasizmi? • Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik o’rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday? • Farzandingiz mansub bo’lgan mikro hamda makro muhitning ma’naviy axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do’stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi? • Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir ko’rsatganliklarining guvohi bo’lganmisiz? • Uning oilada tutgan o’rni qanday? • O’quv yurti yoki oila o’rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlari bormi?

Oila muammolari. Bular quyidagilardan iborat: • ota onalarning pedagogik bilimlardan yetarli darajada xabardor emasliklari; • o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi; • zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuьterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi; • axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi; • o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi; • noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.

Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko’tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko’tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko’plab eslatmalarni topish mumkin. Ona bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g’amxo’rlik bilan qabul qiladi. besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko’plab xorijliklar o’ylaganidek irodasizlik va bo’ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas. Qoidaga ko’ra, bola tarbiyasi bilan ona shug’ullandi. Ular bolalar bilan ko’p vaqt o’tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog’chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo’ladi. Avlodlar o’rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Yapon ayollari o’z navbatida bolalarning sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o’tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg’otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo’ysa, yapon ona “Mashinaning joni o’g’riyapti, u hozir yig’laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi. Germaniya Bu yerda ko’pchilik 30 yoshga yaqinroq farzandli bo’ladilar. CHunki bo’lajak bolalari uchun ota ona to’kin hayot ta’minlab berishlari lozim. Germaniyada bo’lajak ona homiladorligi vaqtidayoq farzandini 3 yoshlik davrigacha katta qilishda ko’maklashadigan enaga izlashni boshlaydi. 4 yoshligidan bolani “o’yin guruhiga” olib boriladi. Bu bola boshqa bolalar bilan muloqat qilib, to’g’ri rivojlanishi uchun qilinadi. Frantsiya Bu davlatda bolalarni ertaroq bog’chaga berib yuborishar ekan. Bu ona o’z ishida malakasini yo’qotib qo’ymaslik sababi bilan qilanadi. Undan tashqari bu davlatda bolalar bog’chada tezroq rivojlanishiga ishonadilar. Deyarli chaqaloqlik vaqtidan yasliga, bog’chaga keyin esa maktabga beriladi. SHu sababli Frantsuz bolalari juda ham erta mustaqil bo’lib qolishadi. Ular o’zlari maktabga borishadi, hattoki o’zlariga kerakli narsalar sotib olib, ovqat ham tayyorlaydilar. Buvi va buvajonlar esa o’z nabiralarini faqatgina ta’til va bayramlarda ko’ra oladilar. Italiya Bu yerda aksincha an’anaga ko’ra buvi va buvajonlar o’z nabiralariga qaraydilar. Italiyada bog’chaga ota onasi yo’qlar yoki bo’lmasa ishbilarmon buvilarga ega bolalar boradilar. Bu yerda katta e’tibor oilaviy ovqatlanib o’tirishlarga beriladi. Hamma yaqinlar dasturxon atrofida yig’ilganlarida, katta bir to’y bazmi bo’layotganlikka o’xshab ham ketadi.

Britaniyaliklar farzandlarini juda ham qattiqqo’llikda tarbiyalaydilar. Kichik vaqtdanoq ota onalar farzandlariga aniq chegaralar, talablar qo’yib, o’z his tuyg’ularini nazorat qilishlarini o’rgatadilar. Ota onalar farzandlariga bo’lgan mehrlarini unchalik bildirmaydilar va ularni juda ham erkalatib yuborishmaydi. Buning hammasi esa bolada yaxshi fe’l atvor va oliyjanoblikni shaklanishiga poydevor bo’ladi deb fikrlaydilar. Amerika Qo’shma SHtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o’z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4 5 yoshlarida o’yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko’pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o’ynalgan o’yinchoqlar bilan to’lib toshadi. Ikkinchi tomondan, go’dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan» , degan so’zlarni har kuni eshitgan holda o’sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko’r! Sen, albatta, buni uddalaysan! CHunki sen zo’rsan!» deya qo’llab quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o’zining mevasini beradi. SHvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o’z huquqlari va majburiyatlari bor. SHuningdek, shvedlardagi bag’rikenglik, o’zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo’lish, agarda insonning biror bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo’lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8 sinfdan boshlab o’quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o’tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo’llari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog’at yoshida o’smirlar bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Angliyada bolalar bosqichma bosqich tarbiyalanishadi. CHunki bu yerda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko’pincha inglizlar 35 40 yoshlarida ota onalik baxtiga erishishadi. SHuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2 3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o’zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo’lishni, o’z hissiyotlarini yashirishni o’rgatishadi. Angliya shaharlarining ko’chalarida bolasini erkalayotgan ota onani kamdan kam uchratish mumkin.

Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: • Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish. • O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish. • O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish. • O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish. • O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish. • O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish. • Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.

MAVZU YUZASIDAN KEYS TOPSHIRIG’I Mavzu: Halollik hotirjamlik garovi. Hikoyat: SHundoq eshitdimki, bir kishini qo’ylari bag’oyat ko’p edi. U har kuni qo’ylarini sog’ib, har na hosil bo’lg’on sutni qo’y egasining oldiga kelturur erdi. Qo’y egasi ul sutga yarim hissa suv qo’shib, cho’ponga sotg’il deb berur erdi. CHo’pon unga bundoq nasihat berur erdi: “Ey xo’ja, musurmonlarga xiyonat qilmag’ilki, o’zingga zarar yetkarursan”. Ul kishi cho’ponning nasihatini eshitmadi va ul ishni qilur erdi. Bir kecha bahor vaqtida cho’pon qo’ylarni osoyishi uchun bir sel oqadig’on past joyga qo’ymish va o’zi baland joyga chiqib uyquga bormish erdi. Ittifoqo ko’p yomg’ir yog’ib, sel oqib kelib qo’ylarni oqizib ketdi va barcha qo’ylar halok bo’ldi. So’ngra cho’pon shaharga keldi. Qo’y egasi unga dedi: “Bugun nima uchun sut kelturmading? ” Keys savollari: 1. Qo’y egasi bergan savolga cho’pon fanday javob beradi? 2. CHo’ponning xatti harakatini Siz qanday baholaysi?

Nazorat uchun savollar: • Oila nima? Uni o’z fikringiz bilan izohlab bering. • Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi va oila tarbiyasi borasidagi mavjud muammolar nimalardan iborat? • Intizom o’quv ishlarini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?

Mustaqil ta’lim mavzulari va ularni bajarish yuzasida ko’rsatmalar 1. SHarq mutafakkirlarining ma’naviy axloqiy tarbiya borasidagi qarashlari. 2. Toxir Malikning “Saodat saroyining kaliti” asari tahlili. 3. Ma’naviy axloqiy tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiladigan quyidagi tushunchalar glossariysini yarating. № Tushunchalar 1 Insonparvarlik 2 Ma’naviy axloqiy tarbiya 3 Halollik 4 Qanoat 5 Sabr 6 Miqyosi nafs 7 Saxovatlilik Ma’nosi

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Menejmentning nazariy asoslari

Menejment (ing. management-boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo’yicha, ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi amaliy faoliyat; boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

“Menejment” tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o’zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo’lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo’ladilar. Shuning munosabati bilan “menejment” atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to’xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o’zbekcha “boshqaruv” so’zi va inglizcha “menejment”ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. “Menejment” atamasini qo’llab turib biz xalqaro amaliyotda o’rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko’ra uning ostida hodisalar va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko’zda tutiladi.

Aslida esa “boshqaruv” atamasi “menejment” atamasining qanoatlantiruvchi o’rinbosari bo’lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo’jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo’ladi.

Shunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo’llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va rublik admiristration – ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun “tashkil qilish”, “tartibga solish”, “boshqarish” va “ma’muriy boshqarish” atamalarini qo’llash kerak. Shunga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o’z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.

Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda “boshqaruv” atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan “menejment” ma’nosida ham qo’llaniladi. Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’ zi bir holatlarni, hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor.

Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo’li bilan erishishdan iboratdir.

Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat qo’lamlarini o’sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.

Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi vazifalarning ko’pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to’ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko’maklashgan. Hisoblashlarning ko’p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo’l quyiladigan ko’lamlarda hal qilinishi mumkin bo’lmagan ko’pgina masalalar kundalik haqiqat bo’lib qolgan.

Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning har xil usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta’minlanishi va boshqalar. O’zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muxandislik hisoblashlarning iqtisodiy- matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan.

Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruvning samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko’proq darajada xo’jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog’liqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko’pgina (strategik va operativ) modellarini O’zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo’llash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlarini pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi.

Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtai nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg’or usullari amalda bo’lgan va o’zgarib borayotgan xo’jalik mexanizmi doirasida faolroq tadbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o’zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha bizning tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya’ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy – texnik ta’minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xo’jalik fao liyatining tahlili va fuksional – qiymat tahlil ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o’tkaziladi, ammo bunda iste’molchilar hali yetarlicha darajada hisobga olinmaydi.

Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday bo’ladi va amalda u faoliyatning barcha sohalariga ta’sir ko’rsatadi. Ammo menejment va tashkil qilishning o’zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash, hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti-bu ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firma xizmatini ko’rsatish masalalarini oladi.

Moliyaviy menejment-bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga moliyaviy ko’rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daro- madlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko’rsat- kichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.

Innovatsion menejment – bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o’z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo’nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.

Savdo menejmenti– savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo’ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo’nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.

Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo’lgan. G’arbning ilg’or mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, menejment oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.

Bunda shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSh – 9, Fransiya – 12, Italiya – 14, Buyuk Britaniya – 16 o’rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko’tarilish xos bo’lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar.

Bizning mamlakatimizda ham menejment G’arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. Ammo 20 yillar oldin, uning asosiy maqsadlari imperalizmning o’rnini mustahkamlash va ijtimoiyistik davlatlarga karshi iqtisodiy kurash olib borish manfaatlari yo’lida katta foyda olish va ijtimoiyizm mamlakatlaridan mehnat unumdorligi bo’yicha o’zib ketish deb hisoblangan. Bunday qarash ho’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi doirasiga ma’lum darajada mos kelgan, chunki rejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozorni boshqarish tajribasini yo’qligi sharoitlarida bozor mexanimizmi harakatini bizning iqtisodimizga to’liq ko’chirishning iloji bo’lmagan. Shunga qaramasdan, o’sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko’pgina elementlaridan foydalanish mumkin bo’lgan.

Mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashuvi aholining keng qatlamlari, amaliy xodimlarga menejment nazariyasi va amaliyotining jamlangan boy jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatini bergan, O’zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga qaratilishi esa ilg’or davlatlar tajribasini o’rganish va undan foydalanishni zarur qilib qo’ygan. Shuning munosabati bilan O’zbekistonda menejmentga munosabatlar keyingi yillarda ancha o’zgargan. Menejmentning ko’zga ko’ringan nazariyachilari va amaliyotchilarning asarlari nashr qilingan. Zamonaviy boshqaruvchi-menejerlarni faol tayyorlash boshlangan.

Menejment fanida boshqaruv usullari

Menejment fanida boshqaruv usullari. Asosiy qism. Reja:. Boshqaruv usullari haqida tushuncha. Boshqaruvning tashkiliy ma’muriy usuli. Boshqaruvning iqtisodiy usuli. Boshqaruvning sotsial-ruhiy usuli. Boshqaruv usuli nima?.

Uploaded on Oct 21, 2014

  • Tieve Hallighan
  • + Follow

Download Presentation

Menejment fanida boshqaruv usullari

Presentation Transcript
  1. Menejment fanida boshqaruv usullari
  2. Asosiy qism Reja: Boshqaruv usullari haqida tushuncha Boshqaruvning tashkiliy ma’muriy usuli Boshqaruvning iqtisodiy usuli Boshqaruvning sotsial-ruhiy usuli
  3. Boshqaruv usuli nima? • Boshqaruv usuli – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko’rsatish usullari bo’lib bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida maskur hodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. • Boshqaruv usularini to’g’ri va o’z vaqtida qo’llay bilish rahbarning yutug’idir.
  4. Tashkiliy ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bular quydagilar Boshqaruvning tashkiliy ma’myriy usuli Boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish Xar bir boshqaruv bo’g’ininig funksiyalarini belgilash Qaqrlarni to’g’ri tanlash
  5. Buyruqlar farmoishlar va qo’llanmalar chiqarish ularning bajarilishini nazorat qilish. Topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi.
  6. Ma’muriy usullarga Istemolchilarning xuquqlarini himoya qilish Atrof muhitni muxofaza qilish Xafli tehnalogiyalardan foydalanish zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarishni taqiqlash. Odamli sog’ligiga zararli maxsulotni reklama qilishni taqiqlash. Shu kabi sohalarda faol foydalaniladi
  7. Jamoa Manfaatlar Shaxziy Umumjamiyat Boshqaruvning iqtisodiy usuli Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan oydalanishga asoslanadi. Zero xar qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari ehg avvalo manfaatlarda namoyonbo’ladi.
  8. Bu manfaatlar uyg’un suratda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni xal qilishni xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladiMasalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quydagi iqtisodiy boshqaruv usullari Korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarining bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning ro’lini oshirish. Korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish. Xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish soliq imtiyozlarini berish Bozor mehanizmi shakillari ; Baho soliq foyda rentabillik raqobot va boshqalarga keng etibor berish Moliya kredit munosabatlarini takomillshtirish
  9. 3 • Pul 2 • Rag’batlantirish 1 • Iqtisodiy dastaklar
  10. Bu usul kishilarning shaxsiyva gurux manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashiu taminlanadi. Bu maqsadda qoshimcha ish haqi to’lash mukofotlar berish bir yo’li katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim ahamiyat kasb etadi Iqtisodiy boshqaruv usulining asosiy vazifasi ishlab chiqaradigan maxsulot birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmini yangi usullarini manfadorlik muxitini vijudga keltirish.
  11. Narx novo va boshqalar Transfert to’lovlar Soliq va soliq yuki Kredit va foiz stvkalari Litsenziya Boj to’lovlari Subsidiya va sanksiya Boshqaruvning iqtisodiy usullari jumlasiga:
  12. Boshqaruvning sotsial ruhiy usuli.
  13. Boshqaruvning sotsial ruhiy usuli. Bu usulning asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ishtimoiy ruxiy muxitni yaratishdir. Usul ishtimoiy manaviy vaziyatga tasir etish yo’li bilan kishilarning fel atvori ruxiyatini xisobga olib ularning ishtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqarish psixologiyasi Boshqarish sotsiologiyasi Kishilarning boshqarish faoliyatlari Xususiyatlari va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan xodisalarni o’rganadi U kadrlarni tanlashda ularni joy joyiga qo’yishda topshiriqlarni funksiyalarni taqsimlashda xodimlarni rag’batlantirishda intizomni mustaxkamlashdava boshqalarda qo’llaniladi. Insonningishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi jamoaning sotsial rivojlanishi rejalashtirish mehnat jamoasini tarkib toptirish xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muxim muammolarni ko’rib chiqadi.
  14. Boshqaruvning sotsial ruhiy usuli.
  15. Boshqarishning sotsial ruxiy usuli quydagi muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kishilarning sotsial ruxiy xususiyatlari qobilyatlarini bilgan holda jamoani rivojlantirish ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish Kishilarning madaniy satsial maishiy ehtiyijlarini qondirish u joy klublar sport inshootlarini va boshqalarni qurishgasharoit yaratish Sotsial yurish turish meyorlarini o’rnatish va rivojlantirishga yaxshi namunali ananlarni qo’llab quvvatlash. Mexnat jamoalarida talabchanlik o’zaro yordam intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog’lom sotsial psixologik muxitni yaratish Sotsial rivojlanishni kishilarning intilishini tashabbusini rag’batlantirish umuman ta’lim darajasini oshirish mexnatga ijodiy munosabatini taminlash Odamlarni o’z mexnatidan tanlagan mutaxasisligi va kasbdan qoniqishi uchun ishlab chiqarish samaradorligini va ish sifatini oshirish uchun shart sharoitlar ni yaratiah
  16. Intervyu olish usuli Anketali usul Shaxsiy xarakterdagi Xujjatlardan foydalanish usuli Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari.
  17. Xujjatli usul Ilmiy konfirensiyalar o’tkazish usuli Kuzatish usuli Sotsial eksperiment o’tkazish usuli
  18. Etiboringiz uchun rahmat!

© 2023 SlideServe | Powered By DigitalOfficePro

Menejer kim – muvaffaqiyatli boshqaruvchining qaysi fazilatlari bo’lishi kerak?

Bugun deyarli har bir tashkilotning holida menejer bor. Tanish tanish so’z, lekin kimdir menejer kimligini tushunmaydi. Bitirgandan so’ng, diplom har doim tor mutaxassislikni ko’rsatmaydi, ammo kompaniyani rivojlantirishga mutaxassisning hissasi kamlik etmaydi. Menejerning asosiy mas’uliyati ish jarayonining tashkil etilishi hisoblanadi.

Menejer – bu kim?

Ko’pgina maktab bitiruvchilari qaysi oliy o’quv yurtiga murojaat qilishlarini o’ylashadi. Menejment fakultetida o’qishga arziydimi? Menejer qanday kasb egasi? “Menejment” tushunchasi rus tilida nisbatan yaqinda paydo bo’ldi, lekin ma’lum bir guruh xodimlarini boshqargan odamlar doimo edi. Kompaniyaning faoliyatidan qat’i nazar, rahbar quyidagilarni bajarishi kerak:

  • xodimlarni yig’ib olish;
  • muayyan ishda xodimlarni tayyorlash;
  • funktsional majburiyatlarni taqsimlash;
  • Jamoa ishini tartibga solish va nazorat qilish;
  • turli soha tadbirlarida kompaniyaning vakili bo’lish.

Menejerning sifati

Ishg’ol etilgan har bir pozitsiya nomzodning ba’zi xususiyatlarini talab qiladi. Bu to’g’ridan-to’g’ri menejer va butun tashkilotning qiyofasiga bog’liq. Menejerning asosiy xususiyatlari:

  1. O’qish qobiliyati (ma’lumotni tezda anglash va tahlil qilish kerak) va yangi bilimlarni o’rganish istagi.
  2. Nostandart fikrlash (tezda navigatsiya qilish va strategiyani tubdan o’zgartirishi va paydo bo’ladigan muammoni hal qilish uchun original echim topish uchun muhimdir, chunki bozorda raqobat tadbirkor va qobiliyatli bo’lishi mumkin).
  3. Vaziyatni baholash va maqsadga olib keladigan vazifalarni tarqatish.
  4. Ishonch hosil qiling (agar biror kishi aniq taklif qila olmasa va “mamnun” qilsa, uning menejeri martaba tugaydi, hech qachon boshlamaydi).
  5. Stressga chidamlilik (har bir gapga g’azablangan yoki aksincha, dastlabki muvaffaqiyatsizlikka qo’lini tushiradigan shaxs, jamoani va kompaniyani g’alaba qozonish mumkin emas).

Menejerlar nima?

Turli menejerlar turlari mavjud:

  • moliyaviy (pul uchun javobgar);
  • xodimlar uchun (xodimlarni tanlaydi);
  • Rivojlanish boshqarmasi boshlig’i (innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydi);
  • xaridlar bo’yicha (ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatiga javobgar);
  • marketing bo’yicha (bozorda tovarlarni reklama qilish va reklama qilishni ta’minlaydi);
  • ishlab chiqarishga (ishlab chiqarishni nazorat qilish);
  • sotuvlar bo’yicha (mahsulotlar marketingi uchun javobgardir).

O’rta darajali menedjer kim o’zi? Bu oddiy xodimlarga buyurtmalarini birinchi darajali menejerlar orqali topshiradigan mutaxassislardir. Boshqaruvning yuqori darajasi yuqori menejerlar hisoblanadi. Ular kompaniyaning ishi uchun jiddiy mas’uliyatga ega. Treningni rejalashtirganlar, bu kasbning martaba o’sishini nazarda tutishi va boshqaruvchining mahoratini asta-sekin egallashini bilish maqsadga muvofiq, men rahbarlarga ko’tarilishingiz mumkin.

Reklama direktori

Kasbingiz jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha menejerlar tomonidan turli tadbirlar, ijodiy shaxslardan davlat xizmatchilariga muntazam aloqada bo’lishlari uchun harakatni ta’minlaydi. Shu maqsadda PR-odamlar muayyan ijtimoiy muhitga moslashishi va muloqot tarzini tanlashi kerak. Reklama menejerining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro munosabatlar;
  • konferentsiya va seminarlarda ishtirok etish;
  • tovarlar va xizmatlarni rag’batlantirishga qaratilgan reklama kampaniyalarini o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil etish;
  • har bir mahsulot uchun reklama kompaniyalarining rejalarini ishlab chiqish va muayyan ish uchun xarajatlarni hisoblash;
  • reklama strategiyasini shakllantirish;
  • reklama matnlari, shiorlar yaratish;
  • maqsadli auditoriya uchun mo’ljallangan reklama konsepsiyasini shakllantirish;
  • reklama blyuteni, katalogini, bosma nashriyotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • kompaniyalar va tashkilotlar saytlarini loyihalash va targ’ib qilish.

Marketing menejeri

Marketing menejeri kim va u haqiqiy hayotda nima qiladi? Ushbu mutaxassis kompaniyaning tijorat va savdo faoliyati uchun mas’uldir. Tovarlarni sotishni tashkil qilish uchun u iste’molchi nimani afzal ko’rishi va uning ta’mi nima ekanligini bilishi kerak. Marketing menejerining asosiy vazifalari statistik tahlil hisoblanadi. Olingan ma’lumotlar narx siyosatini ishlab chiqishga va ishlab chiqarish turlarini shakllantirishga imkon beradi. Daromad yangi mijozlar soniga to’g’ridan-to’g’ri proportsional bo’lganligi sababli menejer tashkilotning reklama siyosatini belgilashi kerak.

Moliyaviy boshqaruvchi

Har bir kompaniya pul aylanmasiga ega va uni boshqaradigan va boshqaradigan mutaxassisga ehtiyoj bor. Moliya menejerining ishi korxona mablag’larini tasarruf etishdir. Mutaxassisning ishi korxonaning kapitalini olish va doimiy ravishda oshirishga qaratilgan. Kompaniyaning moliyaviy faoliyati uchun mas’uliyat to’liq boshqaruvchiga tushadi.

Mahsulot menejeri

Yangi mahsulotlar yaratish, bozorni tahlil qilish, siyosatni taqqoslash, narxlarni belgilash, mahsulotni rag’batlantirish va unga talablarni shakllantirish bilan shug’ullanadigan mutaxassisga mahsulot menejeri deyiladi. Ish jarayonida u savdo va texnik yordam bo’linmalarida, ishlab chiqarish maydonchasida faol hamkorlik qilishlari kerak. Mahsulot ma’muri vazifalari bevosita tashkilot turiga bog’liq.

Loyiha menejeri

Loyiha menejeri kim? Muayyan loyihani boshqaradigan mutaxassis (loyihalashtirish, ustunlik berish, rejalashtirish vazifalari, boshqarish, muloqot qilish, muammolarni tezda hal qilish) loyiha menejeri deb ataladi. U mavjud vositalar va resurslarni qo’llash orqali mijozning fikrlarini muayyan vaqtda amalga oshirishi kerak. U rivojlanish rejasini tuzishi, jamoani tashkil qilish, jamoa bilan mijoz o’rtasidagi aloqani o’rnatish, yuzaga keladigan barcha tartibsizliklarni bartaraf etish va buyurtmalarni kelishilgan vaqt ichida etkazib berish kerak.

Xarid qilish menejeri

Tovar etkazib beruvchilardan tashkilot uchun maqbul sharoitda xom ashyo xarid qilish – sotib olish menejerining asosiy vazifasi. Ko’pgina ishlab chiqarish kompaniyalari yosh mutaxassislarni yollashni afzal ko’rishadi, chunki ular tezda yangi foydali ma’lumotlarga ega bo’lishlari va o’zgaruvchan bozorga o’z vaqtida moslashishlari mumkin. Odatda, analitik aqlga ega bo’lgan va aloqa qobiliyatlari yuqori darajada bo’lgan nomzodlarga imtiyoz beriladi. Savdo tajribasi mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Taqvoli menejeri

Turli tadbirlarni tashkil qilish menejeri kim? Barcha zamonaviy korxonalarda tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish bilan shug’ullanadigan tadbir boshqaruvchilari mavjud. Samarali menedjer korporativ dam olishni, biznes-tadbirni, muayyan mahsulotni yoki xizmatni rag’batlantirishga mo’ljallangan maxsus tanlovni osongina tashkil qilishi mumkin. Mutaxassis uchun asosiy vazifa – bu to’g’ri tushunchani rivojlantirish, chunki har bir tadbir aniq maqsadga erishishga qaratilgan.

Inqiroz boshlig’i

Inqirozdan chiqish uchun tashkilotdagi menejerning roli juda yuqori. Ba’zilar noto’g’ri deb hisoblashlari mumkinki, bunday mutaxassislar faqatgina kompaniya tezda pastga tushayotgan hollarda talab qilinadi. Bunday vaziyatni oldini olish uchun inqirozga qarshi boshqaruvchi kerak, va tashkilot nafaqat suzib yurishdan, balki tezda oldinga surdi. Vaqt o’tib ketgan ko’pgina kompaniyalar o’z xodimlarida bunday mutaxassislarga ega, boshqalari – kelajak uchun taxminiy ish rejasini tuzish va tuzish uchun maxsus idoralardan menejerlarni taklif qilishadi.

Sport direktori

Sportda, boshqa sohalarda bo’lgani kabi, turli mutaxassislar ham bor. Bu murabbiylar, metodistlar yoki o’qituvchilar emas. Qattiq bozor raqobati sport direktori sifatida bunday kasbni paydo bo’lishiga olib keldi. Tashkilotlar tuzilmasining mavjudligi turli darajadagi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni anglatadi va ularning har biri muayyan masalalar bilan shug’ullanadi. Menejerning vakolatlari:

  • jamoani tashkil qilish;
  • xodimlar va sportchilarni tanlash;
  • biletlash dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqish;
  • muxlislar bilan ishlash.

Menejer bo’lish uchun nima qilish kerak?

Muvaffaqiyatli menejer, birinchi navbatda, faoliyatning turli sohalari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Psixologiya bilimlari unga yordam beradi, chunki musofirlar bilan umumiy tilni topish har doim ham oson emas. Menejer sezgi sezgir bo’lsa, vaziyatni yomon his etishi va yomon emas. Bunday narsalarni menejer o’rgatmaydi, lekin erishilgan bilimlar va iste’dodli iste’dodlar sizning biznesingizda professional bo’lishga yordam beradi. Eng muhimi, foydali ko’nikmalar tajriba bilan kelishini eslash.

So’zlaringiz va harakatlaringizga etakchilik sifati va ishonchga ega bo’lish muhimdir. Agar siz rahbar va rahbar kabi o’zingizni his qilmasangiz, bu sizning bo’ysunuvchilaringiz tomonidan tan olinishi va tushunmasligi kerak. Bir nechta muvaffaqiyatli kombinatsiyalar va loyihalar o’zingizni hurmat qilishingizni o’zgartiradi va siz mutlaqo o’zingizga ishonasiz . Biror qoidani yodda tutish juda muhimdir: “Har doim emotsional vaziyatni va vaziyatni nazorat qilishni davom eting.” Shundan keyin, odatda, martaba narvonida ketish vaqti keladi.