Mening kitob javonim
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Darsning maqsadi
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqaligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hikoyalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalarni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli bayon qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq
jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniqsa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘qqisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq anglashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emasmi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom. » – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million
pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni qatl etishni niyat qiladi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Huquqshunosning maktubi bankirga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2. Bankir nima uchun huquqshunosni qatl etish fikridan qayt di?
3. Huquqshunos nima uchun maktub yozdi, deb o‘ylaysiz? Axir, yozmasligi ham mumkin edi-ku.
4. Yozuvchi ikki odam o‘rtasida garov bog‘lashni tasvirlash bilan qanday g‘oyani ilgari surgan? Hayotda garov o‘ynagan yoki birovlarning garov bog‘lashganiga guvoh bo‘lganmisiz?
5. Ayting-chi, hozirda siz qanday adabiyotlarni o‘qishga ko‘proq ehtiyoj sezyapsiz? Nima uchun?
6. «Mening kitob javonim» mavzusida ijodiy matn yo zing.
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______ A.Azizov
Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“_____”. O‘qituvchi: S.Nuriddinov
MAVZU: Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi” romani.
DARSNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga Rishod Nuri Guntenkin hayot yo’li va ijodi haqida yangi bilim berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarning umumiy savodxonligini yanada rivojlantirish.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Darsning tarkibiy qismi
Mening kitob javonim
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu ochilishiga forum.ziyouz.comdagi ushbu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4146.0) mavzu asos bo’ldi.
Bu mavzuda o’zingizniung shaxsiy kutubxonangiz, kitob javoningizdagi durdonalar haqida ma’lumot berishingiz mumkin.
Mavzuda quyidagi savollarga javob bo’ladigan ma’lumotlar joylanishi mumkin:
1. Shaxsiy kutubxonangizda nechta kitob mavjud?
2. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng qadimiy kitob qaysi?
3. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng ko’p kitobi bor muallif kim?
4. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning tili qanday? Necha foizi o’zbekcha?
5. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning janr va mavzulari qanday?
6. Shaxsiy kutubxonangizdagi siz eng ko’p mutolaa qiladigan kitoblar qaysi?
7. Shaxsiy kutubxonangizga so’nggi qo’shilgan kitoblar qaysi?
8. Shaxsiy kutubxonangizda mavjud bo’lgan qaysi asarlarni boshqalarga ham tavsiya etasiz?
9. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan birovga o’qish uchun berasizmi? “Qarz”ga olingan kitoblardan qanchasi qaytmagan?
10. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan qancha foizini to’liq o’qib chiqqansiz?
07.10.2010, 08:45
MENING KITOB JAVONIM
Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud:
Kitoblar – 415 ta;
Jurnallar – 14 ta;
Bukletlar – 15 ta.
Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir.
Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan kitoblar soni 61 ta bo’lsa, 2009 yilda chop etilgan kitoblar 29 tani tashkil etadi.
Eng ko’p kitobi bor muallif Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bo’lib, u kishi mualliflaridagi mendagi kitoblar soni 49 tadir.
Menda mavjud kitoblar ichida “Sharq” nashriyotida chiqqan kitoblar soni boshqa nashriyotlarnikidan ko’pdir. Bu nashriyot kitoblari soni 102 tadir. Keyingi o’rinlarni “O’qituvchi”, “Movarounnahr”, “G’afur G’ulom” nomidagi nashriyotlar band etgan.
Eng ko’p kitoblar Toshkentda chop etilgan. Toshkentdan keyingi safda Almaty va Moskva shaharlari kelyapti.
Kitoblarning 333 tasi ўзбекча (кирилл алифбосида), 45 tasi ruscha, 14 tasi arab yozuvidagi, 8 tasi turkcha, 7 tasi lotin alifbosidagi o’zbek tilida, 6 tasi inglizcha, 2 tasi qozoqchadir.
Mavzusi bo’yicha eng ko’p kitoblar hadis ilmiga oiddir. Romanlar, tarixiy adabiyotlar va poetik janrdagi kitoblar ham ko’p.
07.10.2010, 08:53
Айни пайтда китобларим сони 460 тага етган.
Шахсий кутубхонамга куни кеча қўшилган янги китоблар:
«МУТАФАККИРЛАР» туркумидан:
1. Бурҳониддин Марғиноний (Шукрулло Умаров, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
2. Маҳмуд Замахшарий (Олим Жўраев, Абдуҳалим Муҳиддинов, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
3. Абу Али ибн Сино (Йўлдошхон Исаев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
4. Абу Райҳон Беруний (Бахтиёр Тўраев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
5. Абу Наср Форобий (Нодир Қобилов, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
6. Имом Мотуридий (Фахриддин Муҳаммадиев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
7. Имом Термизий (Саидазим Мамадалиев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
8. Ҳаким Термизий (Убайдулла Уватов, Олим Жўраев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
9. Аҳмад Фарғоний (Сарвархўжа Бобоев, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
10. Имом Доримий (Қодирхон Маҳмудов, Ёқуб Мансуров, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
11. Киракашликнинг киройи ҳангомалари (Мухтор Худойқулов, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
12. Ҳар каллада ҳар хаёл (Азиз Несин, “Тафаккур” нашриёти, Тошкент – 2010)
13. Сардоба (Жумақул Қурбонов, “Муҳаррир” нашриёти, Тошкент – 2010)
14. Ҳуснихат дурдоналари (Абдулғафур Раззоқ Бухорий, “Мовароуннаҳр” нашриёти, Тошкент – 2010)
Pfefferminze
07.10.2010, 21:20
Menimcha, bu manmanlikka kiradi, qolaversa, Insonni o’qigan kitoblari uni baholamaydi.
08.10.2010, 10:07
Menimcha, bu manmanlikka kiradi, qolaversa, Insonni o’qigan kitoblari uni baholamaydi.
Bu yerda asosiy urg’u o’qilgan kitoblarga berilmayapti. Balki shaxsiy kutubxona tashkil etishga undalmoqda.
Bunda kimgadir foyda, manfaat tegib qolsa ne ajab.
O’zingizga ravo ko’rganingizni boshqalarga ham ravo ko’rishda hikmat ko’p.
08.10.2010, 10:31
Shaxsiy kutubxonam yo’q. Badiiy adabiyotga qiziqmay qo’yganimga ancha bo’lgan. Texnik adabiyotlarni internetdan yuklab kompyuterda o’qiyman (rus, ingliz tillarida). Diniy adabiyotlarni ham internetdan topib o’qiyman. O’zbekistonda chop etilgan diniy adabiyotlarni o’qimoqchi bo’lsam, avval ayrim forumlarda odamlar fikrini o’rganib, keyin bir qarorga kelaman.
Pfefferminze
08.10.2010, 21:36
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu ochilishiga forum.ziyouz.comdagi ushbu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4146.0) mavzu asos bo’ldi.
Bu mavzuda o’zingizniung shaxsiy kutubxonangiz, kitob javoningizdagi durdonalar haqida ma’lumot berishingiz mumkin.
Mavzuda quyidagi savollarga javob bo’ladigan ma’lumotlar joylanishi mumkin:
1. Shaxsiy kutubxonangizda nechta kitob mavjud?
2. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng qadimiy kitob qaysi?
3. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng ko’p kitobi bor muallif kim?
4. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning tili qanday? Necha foizi o’zbekcha?
5. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning janr va mavzulari qanday?
6. Shaxsiy kutubxonangizdagi siz eng ko’p mutolaa qiladigan kitoblar qaysi?
7. Shaxsiy kutubxonangizga so’nggi qo’shilgan kitoblar qaysi?
8. Shaxsiy kutubxonangizda mavjud bo’lgan qaysi asarlarni boshqalarga ham tavsiya etasiz?
9. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan birovga o’qish uchun berasizmi? “Qarz”ga olingan kitoblardan qanchasi qaytmagan?
10. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan qancha foizini to’liq o’qib chiqqansiz?
Qisqacha javoblarim quyidagicha:
1. O’zimning shaxsiy kutubxonamdagi kitoblar soni 300 ga yaqin.
2. Aslida meniki emasu, lekin uyumizda eng qadimiy kitob bu Qur’oni Karim bo’lib, u XVIII asrga oid.
3. Mualliflar har-xil.
4. Asosan, nemis, ingliz, rus, o’zbek, farang( bir paytlar bu tilni qiziqib o’rganishni boshlaganman), turk tilida tarixiy manbalar, arab tilini o’rganishni boshlaganimda ancha kitob sotib olgan edim grammatikasiga oid.
5. Birinchisi bu darsliklar, ya’ni o’zimni sohamga oid: matematika,(judayam ko’p), makro-mikroiqtisodiyot, bank-kredit, moliya, sug’urta, siyosat, iqtidosiy siyosat, xalq xo’jaligini boshqarishi( judayam sevaman shu kitobni), sarmoya, xarajatlarni hisoblash turkumi, pul siyosatiga oid kitoblar bir talay, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodini ko’tarish yo’llari( buniyam sevib o’qiyman qayta-qayta), export-import siyosatiga oid kitoblar, ekonometrika,empirik izlanish, statistika, spss, bir paytlar informatika bilan qiziqib Linux jinnisi bo’lib, ushbu programmaga oid kitoblar sotib olganman. Qizqishlarim ichida tibbiyot bo’lgani uchun unga oid ham kitoblarim bor.
Ikkinchisi bu jahon adabiyoti durdonalaridan: Bularni, asosan, uydan olaman, uyimizda Dadamlarni kutubxonalari bor. U yerda yo’q asarning o’zi yo’q. Butun Jahon adabiyoti yig’ilgan.
O’zimda qisman yig’ilgan, masalan, Navoiyni asarlari bor, Xisrav Dehlaviyniki( judayam sevib o’qiganman), N. Ganjaviyniki, Gyote, Shiller, Alixonto’ra Sog’uniyning kitoblari, Dostoevskiy kitoblari, T. Dreiser. v.h.k. juda ko’p qaysi birini sanab o’tishni bilmayman. Pikul, B. Pasternak. esimga kelganlarini yozayapman. -) O’zimizni yozuvchilarning asarlarini yaqinda sotib olgan edim, ayniqsa, T.Murodni kitoblarini kulib-kulib o’qigan edim.
Austen asarlarini hammasini yiqqanman. Bronte (uchta opa-singilarning )asarlarini yiqqanman.
Uchinchisi bu Islom ilmi. Bir nechta Qur’on kitoblarim (O’zbekcha tarjimasi, nemis tilida, albatta, arab tilida) o’zbek, arab olimlarining qalamlariga mansub bo’lgan Tafsirlar judayam ko’p, hadislar, tajvid qoidalariga oid kitoblar v.h.k.
To’rtinchisi bu yoshligimdagi ertak kitoblarim: har safar uyga borsam, bir ko’z yugurtirib chiqaman, qani hammasi joyida eson-omon, men qo’ygandek turibdimi deb. 🙂 O’qishga-ku o’qimayman, lekin birma-bir qo’limga olib varaqlab chiqaman ularni. Men ularni asrab avaylab qo’yganman hanuz. Peppi dlinniy chulok, Merri Popins, Piter Penlarga o’xshagim kelar edi nimagadir 🙂 maktabda doim Belosnejkani rolini o’ynar edim 🙂
6. Eng ko’p mutoala qiladigan kitoblarim bu Qur’oni Karim (Qur’on tarjimalarini solishtiraman) va uning tafsiri. Bir necha mualliflarning tafsirlarini olib, solishtirib, o’rganishni yoqtiraman, judayam. yoqadi menga tafsirlani o’qish.
Bundan tashqari Hadis ilmi yoshligimdan meni o’ziga rom eta boshladi. Men yoshiligimda judayam ko’p hadislarni yod olar edim, insho yozganimizda ham hadis ilmidan parchalar keltirib yozar edim. 7 yoshimda arab alifbosini she’r bilan yodlattirishgani uchun bo’lsa kerak, mehrim boshqacha bo’lgan Islom ilmiga nisbatan.
Internetdan esa, asosan, tibbiyotni o’rganaman, xalq tabobati yoqadi menga. Odamlarni davollashni yoqtiraman. Men sababchi bo’lib, shifo topishlarini istayman doim.
Judayam ko’p bu sohada maslahat bergim keladi. avtobus, kafelarda odamlar salomatlik haqida gaplashishsa, bemalol qo’shilib, ularga maslahat beraman.
Yana eng yoqtirganim rivoyatlarni bilish. judayam ko’p rivoyat bilgim keladi nimagadir. rivoyatlarga ko’zim tushib qolsa, ishimni tashlab o’qiyman.
O’zimni sohamga oid esa ko’pincha taraqqiyot haqida fikr yuritaman.
Dadam bilan bo’lsam, suhbatimiz adabiyotdan boshlanib, siyosatga borib to’xtaydi. Mening Ustozim-Dadamlar. Mutoala qilishni ham o’sha kishi boshlab beradilar har bir sohadan olib. Men Allohga hamdu sanolarni aytaman bu uchun.
7.Turk tilini mukammal o’rganayotganim uchun turk tili adabiyot, grammatikasi qo’shildi. Dreiser asarlarini yaqinda sovg’a qilishdi.
8. Eng avvalo musulmon degan inson Islom tarixini obdan bilishi kerak, ayniqsa, xotin-qizlar, chunki ular farzand tarbiyasi uchun ko’proq javobgardirlar. Shu uchun iloji boricha, Islom aqoidlariga oid kitoblarni o’qib chiqishlarini, Qur’on tarixi, Payg’ambarlar tarixini bilishlarini tavsiya qilaman. Alixonto’ra Sog’uniyning Tarixi Muhammadiya asarini o’qib chiqsinlar, mabodo, o’qimagan bo’lsalar.
Keyingisi qatorida, tajvid qoidalarini o’rganishlarini istar edim. Bu uchun men ularga qo’ldan kelguncha yordam berar edim, chunki men tajvid ilmini misrlik o’rtog’imdan o’rganganman. Tajvid ilmiga oid kitoblar ham o’zimizda chiqqan. O’zim ham harakat qilganman tajviddan dars bergani. Farzand, eng avvalo, Onadan tajvidni o’rgansa yaxshi, chunki erta o’rganadi. Onasi yoshligidan o’rgatsa, bir umr esida qoladi. Bolasi o’zini dinini yaxshi bilishi zarur va o’zini dinida chalkashib ketmasligi uchun ota-onasini o’zida ilm bo’lishi kerak deb o’ylayman. Buning uchun, nazarimda, yosh oilalar, eng avvalo, shu narsalarga tayyor bo’lib, turmush qurgan bo’lishlari kerak. Qisqacha shu.
9. Birovga o’qishga berar edimu, ammo birovni o’zi yo’q yon atorfimda, deyarli hammasi nemislar. -)))
Nemislarga kitoblarni tavsiya qilsam, albatta, o’zlari borib, sotib oladilar. Bu yerda o’zlaringiz bilasizlar 3 qavatli kitobga boy do’konlari bor.
10. Kitobni olishim bilan o’qib chiqishga harakat qilaman, shu uchun men ularni deyarli hammasini adashmasam o’qib chiqqandirman.
Chexovning hikoyasi haqida
Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqa- ligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hiko- yalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar- ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli bayon qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoya- si bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayot- ning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniq- sa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘q- qisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq anglashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emas- mi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom. » – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davo- mida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina o‘zimni sizlarning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonch hosil qilmoqdaman. » – deb ta’kidlay- di. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab ye- tadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin
qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi.
A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga shar- qona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qa- rashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdi- rini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi.
- A. P. Chexov hayoti va ijodi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lu- motlar toping.
- Hikoya nima sababdan «Garov» deb nomlangan? Sarlavhani izohlang.
- Garov boylash uchun qanday zarurat bor edi?
- Hibsda o‘tirgan odam nimalar bilan shug‘ullangani to‘g‘ri- sida so‘zlang.
- Huquqshunos qancha muddat va qaysi yillar oralig‘ida hibsda o‘tirdi? U nima sababdan pullardan voz kechdi?
- Bankir hayotni qanday tushunadi? Huquqshunos-chi?
- Huquqshunosning maktubi bankirga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
- Bankir nima uchun huquqshunosni qatl etish fikridan qaytdi?
- Huquqshunos nima uchun maktub yozdi, deb o‘ylaysiz? Axir, yozmasligi ham mumkin edi-ku.
- Yozuvchi ikki odam o‘rtasida garov bog‘lashni tasvirlash bilan qanday g‘oyani ilgari surgan? Hayotda garov o‘ynagan yoki birovlarning garov bog‘lashganiga guvoh bo‘lganmisiz?
- Ayting-chi, hozirda siz qanday adabiyotlarni o‘qishga ko‘proq ehtiyoj sezyapsiz? Nima uchun?
- «Mening kitob javonim» mavzusida ijodiy matn yozing.