Press "Enter" to skip to content

Meni o‘zgartirgan asar

Kitob – ilm manbai, – deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, azal-azaldan ilm manbai, ma’naviyat xazinasi sanalgan kitobga munosabat inson ma’naviyatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblangan. Agar, xalqimizning uzoq o‘tmishiga nazar tashlasak, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham yuksak ma’naviyatli inson sifatida kitobni juda qadrlaganliklariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Men sevib o’qigan kitob

Biz yashayotgan zamin qadim zamonlardan beri madaniyat va ziyo maskani bo‘lib, xalqimiz esa dunyoni larzaga keltirgan ulug‘ zotlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalqdir. Bugungi kunda faxrlanib, moddiy meros borasida ham, ma’naviy meros borasida ham dunyoning sanoqli mamlakatlarigina bizning davlatimiz bilan bellasha olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, albatta, buning zamirida halqimizni kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi mujassam bo‘lgan.

Kitob – ilm manbai, – deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, azal-azaldan ilm manbai, ma’naviyat xazinasi sanalgan kitobga munosabat inson ma’naviyatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblangan. Agar, xalqimizning uzoq o‘tmishiga nazar tashlasak, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham yuksak ma’naviyatli inson sifatida kitobni juda qadrlaganliklariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Tarixda o‘tgan ko‘p hukmdorlar zabt etilgan yurtning ma’naviy boyligi bo‘lgan kitoblarni yoqib yuborib, moddiy boyliklarini to‘plab, o‘z yurtiga olib ketgan bo‘lsalar, Sohibqiron Amir Temur bobomiz, aksincha, qaysi yurtda bo‘lmasin, xalqning ma’naviy boyligi bo‘lgan kitob va qo‘lyozmalarni to‘plab,o‘z yurtlariga ya’ni, Samarqandga jo‘natganlar. Bu ulug‘ zotning asosiy maqsadi Samarqandni dunyoning eng yirik madaniy markaziga aylantirish bo‘lgan. Chunki, fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar bir joyga jamlansa, kitob va qo‘lyozmalarga boy kutubxonalar qancha ko‘p bo‘lsa, ilm-fan va madaniyat shuncha tez rivojlanadi, deb hisoblagan.

To‘g‘ri, o‘sha davr urush qonunlariga ko‘ra, yengilgan mamlakat hukmdoridan o‘lja sifatida turli-tuman moddiy boyliklar ham olingan, lekin Sohibqiron Amir Temurning tarixda o‘tgan boshqa hukmdorlardan farqi va ulug‘lik tomoni shundaki, u moddiy boyliklarni el yurt farovonligi va bunyodkorlik, obodonchilik ishlariga sarflab, o‘ziga sariq chaqa ham olib qolmagan. Agar Hazrat Sohibqiron boylikka va boylik yig‘ishga ruju qo‘yganda edi, unda mamlakat g‘aznasi oltinu kumushlarga, qimmatbaho buyumlarga liq to‘la bo‘lgan bo‘lardi. Shu o‘rinda XV asrda yashab o‘tgan yirik tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiy aytgan gapni eslash o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz. U bunday degan ekan: “Shohruh sulton Samarqand taxtiga o‘ltirg‘ondan keyin (1409 yil) otasining shahar arkida, Ko‘ksaroydagi xazinasiga kirdi. Ammo Shohruh sulton o‘sha xazinani ganjdan holi topdi. Tasodifan mirzo asosining uchi (yerda yotg‘on) bir dirham aqchaga tegdi. Ani olib, peshi bilan artdi, so‘ng ko‘zlariga surtib, kissasiga soldi, keyin mulozimlariga yuzlanib dedi: Biz ushbu dirham haqi otamizdan qolg‘on xazina va merosdan bahramand bo‘ldik”. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron Amir Temurdan farzandlariga ham, avlodlariga ham tarixiy shaharlar, go‘zal tarixiy obidalarni moddiy boylik va “Temur tuzuklari”ni ma’naviy boylik sifatida qoldirgan.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ulug‘ bobokalonimiz mamlakatda kitob va qo‘lyozmalarga boy kutubxonalar qancha ko‘p bo‘lsa, ilm-fan va madaniyat shuncha tez rivojlanadi, deb hisoblaganlar. Bu haqda ibn Arabshoh shunday yozib qoldirgan: “Temur qaysi davlatni zabt etsa, har bir foydali jonni yig‘ib, nimaiki sara bo‘lsa, Samarqandga keltirdi. Albatta, tarixchi “foydali jon” deganda, avvalo, ijodkor ahlini nazarda tutgan, “sara narsalar” deganda noyob kitob va qo‘lyozmalarni e’tiborga olgan.

Natijada, nodir kitob va qo‘lyozmalardan katta bir kutubxona bunyod bo‘lgan. Yana bir e’tiborni tortadigan va hayratlantiradigan tomoni shundaki, Sohibqironikki holatda, ya’ni kitob sovg‘a qilishganda va ma’naviyat sohiblari bo‘lmish ijod ahlini, olimu fuzalolarni ko‘rgandagina taxtdan tushib, ularga nisbatan o‘z hurmatini izhor qilgan. Keling, fikrimizni isboti uchun manbalarga murojaat qilamiz.

Mashhur arab olimi ibn Xaldun Sohibqiron bilan bo‘lgan uchrashuvi to‘g‘risida shunday yozib qoldirgan “Amir Temur bilan uchrashganimda, ularning urf-odatlaridan xabardor bir tanishim o‘zi bilganlarini menga aytib bergan edi. U arzimas, kichkina bo‘lsa ham sovg‘a xadya qilishimni maslahat bergan edi. Chunki ularda bu narsa podshohlarning qabuliga boruvchi uchun odat bo‘lib qolgan. Kitob bozoridan yaxshi bitta Musxaf, chiroyli joynamoz, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam madhida yozilgan Busiriyning mashhur “al-Burda” qasidasidan bir nusxa, to‘rt quti Misr shirinliklaridan oldim. Ularni ko‘tarib Temurning huzuriga bordim. U Ablak qasrining ayvonida o‘tirgan edi. Meni ko‘rib, o‘rnidan turdi va o‘ng tomonga o‘tirishni buyurdi. Ikki tarafdan esa chig‘atoylarning kattalari o‘tirishdi. Bir pas o‘tirgach, uning oldiga o‘tib, xodimdan olib kelgan sovg‘alarimni oldim. Musxafi sharifni ochgan edim, Temur ko‘rishi bilanoq, uni tanib, o‘rnidan turdi va qo‘liga olib boshiga tekkizdi. Keyin men unga “al-Burda”ni berdim. U qiziqib, bu qanday kitob, muallifi kim ekanligini so‘radi. Bilganlarimni gapirib berdim. Undan keyin joynamozni uzatdim, u qabul qilib oldi. Odob yuzasidan qutilardagi shirinliklarni birinchi o‘zim olib, keyin unga uzatdim. Temurbek ularni majlisda o‘tirganlarning hammasiga tarqatdi. U sovg‘alarni hammasini qabul qilib oldi va men unda rozilik alomatlarin payqadim”. Ushbu hikoya orqali, Sohibqironning muqaddas dinimizga, ilm ahliga va kitobga bo‘lgan munosabatini anglab olish qiyin emas, albatta.

Demak, barchamiz, ayniqsa yoshlarimiz kitobga bo‘lgan munosabatni, ma’naviyat ahliga bo‘lgan munosabatni ulug‘ ajdodlarimizdan o‘rganishimiz, ular qoldirgan ma’naviy meroslarni esa asrab-avaylashimiz va yanada boyitishimiz lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida yoshlarimizni kitobxonlikka o‘rgatish, ularni kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish va bu ishga barcha ijodkorlarni keng jalb etish lozimigini ta’kidlaydilar. Davlatimiz rahbarining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishlari yurtdoshlarimizni, xususan, yoshlarimizni kitob mutolaasiga jalb etishda yangi davrni boshlab berdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, kitob insonni komillik sari yetaklovchi va yo‘lini yoritib turuvchi mayoq hisoblanadi. Demoqchimizki, yoshlarimiz kitobni qanchalik qadrlasa, kitob ularning ma’naviyatlarini yuksaltirishda shunchalik beminnat xizmat qiladi. Shunday ekan, yoshlarimiz o‘z umrlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kitobning nechog‘lik katta ahamiyat kasb etishini unutmasliklari joizdir. Xulosa o‘rnida ularga qarata, kitob o‘qishdan, mutolaa qilishdan hech qachon charchamang deb qolamiz.

Meni o‘zgartirgan asar

Kitob so‘zini eshitganimda bir voqea yodimga keladi. Adashmasam, o‘sha paytlari sakkiz yo to‘qqiz yoshda edim. Dadam bilan daladan qaytishda bozorga borishni (va albatta, muzqaymoq olishni) kelishib olganimizdan so‘ng sholipoyalar sari jo‘nadik. Ayam dadamga bir qog‘oz tutqazdi. Sevgi xati deb xomxayol bo‘lishning hojati yo‘q. Bu qog‘ozda bozorlik ro‘yxati yozilgandi. Dalaga bordik, sholiga suv me’yorida oqayotganini ko‘rib, ko‘nglimiz tinchidi. Axir, suv bo‘lmasa, sholi ham bo‘lmaydi-da. Dalada biroz aylanganimizdan keyin bozorga jo‘nadik.
Bozorda kitob do‘koni yonidan o‘tdig-u, dadam darrov ortiga qaytdi. Muzqaymoqqa atiga o‘n qadam qolganida men ham izimga qaytishga majbur bo‘ldim. Ketmon ushlayverib temirday qattiq bo‘lib ketgan dadamning qadoq qo‘li qo‘limni mahkam tutib olganidan keyin qaytmaslikning iloji ham yo‘q edi-da. Kitob do‘koniga kirgach dadam do‘konchi opaga: “Shu bolaga mos kitoblarni ko‘rsating”, deb qoldi. Xursand bo‘lib ketdim. Nahotki, o‘z-o‘zimning kitobim bo‘ladi endi!
Xullas, o‘shanda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romanini sotib oldik. Keyin xuddi pultga o‘xshaydigan, ekrani, tugmalari bor o‘yinchoq ham oldik. Uyga esa… quruq qo‘l bilan qaytdik. Ayam tilla ona. Dadamni darrov tushundi. “Bolamizni o‘qimishli bo‘lsin debsiz-da. Yaxshi o‘ylabsiz. Hozircha hamma narsa yetarli. Yanagi safar olib kelarsiz…” dedi. Holbuki, ayam aldagandi. Chunki o‘sha kuni ovqatga kartoshkani qo‘shnimizdan olib chiqdik. Shu zaylda, mening birinchi shaxsiy kitobim ham paydo bo‘ldi. Ungacha kutubxonadan ertak kitoblar olgandim-u, lekin bunday katta badiiy kitobni hech o‘qimagandim. Ikkinchi sinfligimda oltinchi sinf o‘quvchisi Hoshimjonning sarguzashtlari yozilgan kitobni o‘qib chiqdim. Kuniga uch-to‘rt betdan o‘qirdim. Agar dadam uyda bo‘lsalar, o‘zlari yonlariga olib o‘qishimni tomosha qilardilar. O‘shanday kunlarda, hatto o‘n betgacha o‘qirdim. O‘qib bo‘lganimdan keyin dadam nimani o‘qiganimni qaytadan so‘rardi. Axir hozirgina ovozimni chiqarib o‘qiganimni aytsam ham bari bir xayolimda qolganlarini so‘zlab berishim shart edi.
Bo‘lar bola boshidan, deyishadi-yu, lekin o‘sha bolaning ham bo‘ladigan bo‘lishi uchun kattalarning xizmati katta ekan. Sababi, bolaligimdan oilam kitobga mehr uyg‘otmaganida edi, bugungi natijalarimga erisha olmagan bo‘lardim. Birinchi sinflik paytimdan she’r yoza boshlaganman. Maktabga borishdan avval ayajonim menga yozishni allaqachon o‘rgatgandilar. Ammo ayam o‘rgatgan yozuv boshqacha-yu, maktabdagi boshqacharoq edi. Keyin bilsam, ayam kirill alifbosida yozishni o‘rgatgan ekanlar. Yangi yozuvni ham tezda o‘rganib oldim. Birinchi sinfdagi she’r yozishga bo‘lgan ishtiyoq, ikkinchi sinfdagi dadamning sovg‘asidan keyin yanada kuchaydi. Hoshimjonning sarguzashtlari haqida o‘qib, o‘zimni xuddi uning o‘rnida tasavvur qilardim. Tasavvurimdagilarni esa she’rlarda aks ettirardim. O‘sha paytdagi e’tibor va eng asosiysi, oilaviy muhit tufayli kitobxon o‘quvchiga aylandim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida “Bugun bitta kitob o‘qigan bola ertaga o‘nta televizor ko‘rgan bolaga yetakchilik qiladi”, deb ta’kidlagan edilar. Inchunun, kitob insoniyatning eng yaqin do‘sti, maslahatdoshidir. Kitoblarni quyoshga o‘xshataman. Bechora quyosh insoniyat qancha xunrezliklar qilsa ham, doim dunyoni charog‘on qilish uchun nur sochadi. Kitoblar quyoshday buyuk. Quyosh olamni yoritsa, kitoblar insonning qalbini nurga to‘ldiradi. Bundan uch-to‘rt yil avval yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari sust ekanligi asosiy muammo edi. Lekin Prezidentimiz muammoga yechim sifatida shunday g‘oyani o‘rtaga tashladilarki, bu g‘oya butun dunyoga o‘rnak bo‘ldi. Bugun yurtimizda “Kitob o‘qigan mashina minadi”, degan shior millionlab yoshlarning qalbiga kirib bordi. “Yosh kitobxon” tanlovining o‘tkazilishi, g‘oliblarga “Prezident sovg‘asi” sifatida mashina sovg‘a qilinishi butun dunyoga o‘rnak qilsa arziydigan tashabbus bo‘ldi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning romanini o‘qishdan boshlangan kitoblar olamiga sayohatim meni ham tanlovda qatnashishga undadi. O‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini ko‘rganimda ko‘pi bilan allaqachon tanish ekanligimdam quvondim. 2017-yilda tanlovning tuman, viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘ldim. Respublika bosqichi 2018-yilda bo‘ldi. Garchi, g‘olib bo‘lmasam-da, “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandim. Tanlovdan so‘ng, ochig‘i, juda xafa bo‘ldim. Yutqazish alami shu qadar og‘irligini bilmagan ekanman. Xonamga qamalib oldim. Ovqat ham yemay qo‘ydim. Shunda dadam yonimga kelib, o‘sha kitobni, men uchun qadrli bo‘lgan “Sariq devni minib” romanini qo‘limga tutqazib, “Boshidan boshlaymiz”, dedi-da, boshqa so‘z demadi. “Boshidan boshlaymiz” jumlasi, garchi ikkita so‘z bo‘lsa ham, meni shu qadar ruhlantirdiki, xafagarchiliklar ham tarqadi. Faqat, endilikda ko‘proq vaqtimni fanlarga ajratyapman. Tanlovda ham qatnashib turibman. Doim viloyat bosqichida o‘rin olaman. Lekin, eng katta maqsadim universitet talabasi bo‘lish. Bu yil jurnalistika universiteti talabasi bo‘lish uchun imtihon topshirdim. Jurnalistikani tanlashim ham qiziq bo‘lgan. Bir kuni uyimizga ijodim, yutuqlarim haqida ko‘rsatuv tayyorlashga jurnalist keldi. Turli savollariga javob berdim. Hammasi yaxshi edi-yu, lekin shu jurnalistning bir fikri menga yoqmadi. Nima emishki, oilamda universitetda o‘qiganlar bormikan? Men yo‘q deb, oddiy dehqon oilasi ekanligimizni aytganimda, jurnalist opa: “Ha, tushunarli. Unda ziyoli oila deb tanishtirmay qo‘yaqolaman”, dedi. Dadam bilan ayajonim unchalik e’tibor berishmadi. Lekin menga alam qildi. “Oliy ma’lumotli” degan diplomi borlar ziyoli ekan-u, lekin farzandi uchun ro‘zg‘oridan orttirib kitob olib beradigan mehnatkashlar ziyosiz ekan-da. Jurnalistning shu gapidan keyin o‘z oldimga yangi maqsad qo‘ydim. Men shunday jurnalist bo‘layki, ziyolilikni diplom bilan o‘lchaydigan ba’zi kishilarga haqiqiy jurnalist qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘yay.
Chindan ham ijod qilishni yaxshi ko‘raman. Ham aql, ham qalb bilan fikrlashga harakat qilaman. Axir, O‘tkir Hoshimov bekorga “Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak”, deb yozmagan-ku. Hoshimjon haqidagi kitobni, uning sarguzashtlari-yu hangomalarini o‘qib, juda ta’sirlangandim. Tanlovda yutqazib qo‘yganimda ham shu kitob bilan ovundim. Kitoblarni har ko‘rganimda, mening ham shunday kitoblarim chiqadi, deb niyat qilaman. Niyat qilgan inson, albatta, o‘ylaganiga erishar ekan. O‘n uch yoshimda birinchi she’riy kitobim nashr qilindi. “Bolalik bayoti” deb nomlangan jajji kitobcha chiqqandagi quvonchimni tasavvur qila olmaysiz. “Tilla topgan sichqoncha” she’rini Hoshimjonning sehrli qalpoqni topib olganidan ilhomlanib yozgandim. O‘ylab qarasam, “Sariq devni minib” asari mening hayotimni anchagina o‘zgartirgan, ijodkor bo‘lishimga kattagina hissa qo‘shgan kitob ekan. Albatta, kitobga qanchalik mehrim bo‘lsa, uning muallifiga ham muhabbatim cheksiz. Ham o‘smirlarga, ham bolalarga birdek manzur bo‘ladigan asarlar yozgan yozuvchiga bo‘lgan hurmatim yuqori. Bolaligimdan Xudoyberdi To‘xtaboyev bilan uchrashishni orzu qilardim. Bilasizmi, O‘zbekiston orzular mamlakati. Bu yurtda hamma orzular amalga oshadi. 2018-yilda sevimli yozuvchimning uylariga bordim. She’rlarimni, hikoyalarimni eshitib, qimmatli fikrlarini bildirdilar. Shunday qilib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning eng kenja shogirdlaridan biriga aylandim. Bu yil “Onam kiprigiga arzimas dunyo” nomli she’riy kitobim chop etildi. Yuzdan ziyod she’rlarim jamlangan to‘plamimga sevimli ustozim, Xudoyberdi bobom so‘zboshi yozib berdilar. Ayniqsa, ularning “Yorqinjon o‘g‘lim, ijoding yorqin va bardavom bo‘lsin. Seni quchoqlab, peshonangdan o‘pib qolaman!” deb yozganlari qanday baxtli yosh ijodkorlar qatorida ekanimdan dalolat beradi. Ba’zi paytlarda o‘ylanib qolaman. Yillar avval dadajonim aynan “Sariq devni minib”ni emas, boshqa kitobni olib berganlarida men bugungi natijalarga erisha olarmidim… Yo‘q, buni tasavvur ham qila olmayman. Bu kitob menga, mening ruhiyatimga shu qadar ta’sir qilganki, uning natijasida bugun ijod qilib o‘tiribman.
Karantin davri – kitob o‘qish uchun eng qulay imkoniyat vaqti. Ko‘p o‘qib, yaxshi niyat qilsak, albatta, g‘alabaga erishamiz. Tojdor virusning tojini yechish qo‘limizda. Buning uchun birdam bo‘lsak kifoya. Yozganlarimni yanada yaxshiroq anglamoqchi bo‘lsangiz, “Sariq devni minib” romanini o‘qib ko‘ring. Bolalar kitobi-ku, deyishga shoshmang. Chunki, bolalar ruhiyati, bolalar dunyosi kattalarni ham poklashga qodir. Axir, eh bolaligim qaytsaydi, deganlarning qanchasini eshitgansiz. Keling, ham xayolotda, ham hayotda bola kabi pok va samimiy, to‘g‘riso‘z bo‘lishga harakat qilib, bir-birimizga mehribon bo‘lib qolaylik.

Yorqinjon Hayitboyev

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 15-maktabning
11-sinf o‘quvchisi

MULOHAZA BILDIRISH Javobdan kechish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Ruknlar

Jurnal sonlari

  • 2019 yil sonlari
  • 2018 yil sonlari
  • 2017 yil sonlari
  • 2016 yil sonlari
  • 2015 yil sonlari

Sayt arxivi

  • mart 2023 (1)
  • fevral 2023 (9)
  • yanvar 2023 (13)
  • dekabr 2022 (1)
  • mart 2022 (1)
  • fevral 2022 (1)
  • may 2021 (2)
  • mart 2021 (2)
  • yanvar 2021 (1)
  • noyabr 2020 (1)
  • sentyabr 2020 (3)
  • avgust 2020 (3)
  • iyul 2020 (9)
  • iyun 2020 (10)
  • may 2020 (11)
  • mart 2020 (3)
  • fevral 2020 (7)
  • yanvar 2020 (15)
  • dekabr 2019 (13)
  • noyabr 2019 (17)
  • oktyabr 2019 (20)
  • sentyabr 2019 (15)
  • avgust 2019 (18)
  • iyul 2019 (15)
  • iyun 2019 (13)
  • may 2019 (12)
  • aprel 2019 (14)
  • mart 2019 (14)
  • fevral 2019 (7)
  • yanvar 2019 (20)
  • dekabr 2018 (20)
  • noyabr 2018 (15)
  • oktyabr 2018 (8)
  • sentyabr 2018 (4)
  • avgust 2018 (12)
  • iyul 2018 (15)
  • iyun 2018 (21)
  • may 2018 (43)
  • aprel 2018 (46)
  • mart 2018 (67)
  • fevral 2018 (75)
  • yanvar 2018 (45)
  • dekabr 2017 (54)
  • noyabr 2017 (45)
  • oktyabr 2017 (16)
  • sentyabr 2017 (38)
  • avgust 2017 (36)
  • iyul 2017 (34)
  • iyun 2017 (45)
  • may 2017 (26)
  • aprel 2017 (16)
  • mart 2017 (19)
  • fevral 2017 (13)
  • yanvar 2017 (12)
  • dekabr 2016 (23)
  • noyabr 2016 (27)
  • oktyabr 2016 (18)
  • sentyabr 2016 (17)
  • avgust 2016 (16)
  • iyul 2016 (19)
  • iyun 2016 (10)
  • may 2016 (13)
  • aprel 2016 (19)
  • mart 2016 (24)
  • fevral 2016 (19)
  • yanvar 2016 (13)
  • dekabr 2015 (26)
  • noyabr 2015 (5)
  • oktyabr 2015 (21)
  • sentyabr 2015 (42)

Yoqtirgan kitobingiz xaqida matn yozing.

Mening eng yoqtirgan kitobim “Kichkina shaxzoda” . Kichkina kitob ,ammo judaham ma’noli . U yerda kichkina bolakay va ichuvchi xaqida. Uchuvchini girgitoni cholga qulaydi , va uchuvchi cholda qolib ketadi va kivhkina bolakayni uchratib qoladi . Kichkina bolakay juda ğaroyib boladi va xar xil voqiyalar aytib beradi uchuvchiga. Men bu kitobni hammaga tavsiya qilaman

Новые вопросы в Оʻzbek tili

Mustaqil topshiriq. Sevimli hayvoningizning rasmini chizing. Uni nima sababdan yaxshi kõrishingiz haqida kichik matn yozing.ПЖПЖПЖПЖ только быстрее ну … жен сегодня 13б​до часа 12:00 только быстрооооооооооо.

Mustaqil ish O’zingiz istagan mamlakatga virtual sayohat qiling va taassurotlaringiz haqida so’zlab bering​

5класс 1 mashq стр 132

2 mashq, Nuqtalar o’rniga gap mazmuniga mos keladigan sifatlarni qo’yib, gaplarni to’ldiring. Sinfdoshlarim bilan ,,Bahor guldastasi” tanloviga tayyo … r- lanyapmiz. Guldastamiz faqat ayoki finguldan iborat bo’lmaydi. Biz dala gullari va madaniylashtirilgan gullarni Bu guldasta yasash uchun boychechak, birlashtiramiz. Bu guldasta lola, atirgul, chinnigul kerak. Shunda chuchmoma, guldasta yasashga o’z hissamizni qo’shgan har birimiz.​

Ko’chada, televideniyeda, avtobusda beriladigan yozuvlarga diqqat qiling. Qanday xatolarni uchratdingiz? To’g’risi qanday? Shu haqida ma’lumot tayyorl … ang.дам 10 баллов.​