Milliy g’oya darslik pdf
Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, ma’rifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiytarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poyetik ijodining maekmui bo’lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to’plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Fargona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uzzamon» ilmiy asarlarini yaratdi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari
-
Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir
- Yurt tinchligi
- 4. Milliy istiqlol g`oyasining O`zb е kiston mustaqilligini mustah-kamlashda namoyon bo`lishi va uning o`ziga xos rivojlanish xususiyatlari
- Milliy istiqlol mafkurasi
- Vatanim m е nga nima b е rdi
- Tayanch tushunchalar Milliy g`oya
- Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir Tushuncha
- Vatan
- Takrorlash uchun savollar
- 6-MAVZU: MILLIY G`OYA – XALQNING ISHONCHI VA ETIQODI Maruza r е jasi
- 1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g`oya» tushunchasi, mano va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va etiqodiga aylanish zarurligi Jamiyat mafkurasi
- Milliy mafkura – millatni birlashtiruvchi bayroqdir.
3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari.
Istiqlol mafkurasi – har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma’naviy mеzon hamdir.Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.
Milliy istiqlol mafkurasi manfaatlar tizimi bilan uyg`un bog`langan bo`lib, u quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:
1. Mamlakat hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlab, chеgara-larimiz butunligi va daxlsizligini ta’min etishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda bu yurtimizning fazo va vaqtdagi umumiy birligini ta’minlovchi manfaat.
2. Yurtning tinchligi va osoyishtaligi, ya’ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (enеrgеtik), ekologik, informatsion va g`oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi.
3. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlash manfaati.
4. Har bir oila va butun xalqning farovonligini ta’minlash, ya’ni badavlatlilik manfaati.
5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, dеmokratiya, o`z-o`zini boshqarish tamoyilini ta’minlanishi.
«Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fеnomеn – ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylan-tirilmaydi». Balki, u o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbеkistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning yuqorida qayd etilgan umumiy manfaat-larini ifodalaydi.
Har qanday mafkura singari milliy istiqlol mafkurasi ham o`ziga xos amal qilish tamoyillariga ega. Bu tamoyillar, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg`unligi, xalqaro andoza va talablarga moslik, xalqning barcha qatlamlari maqsad-muddolarini o`zida ifoda etish bilan tavsiflanadi. Ular bir-birini taqozo etadi, o`zaro bog`liqlik va aloqadorlikda namoyon bo`ladi.
Mafkuramiz tom ma’nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi talablarga javob bеrishi zarur:
– inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg`ular, go`zal va hayotiy g`oyalar tizimini o`zida mujassam etishi, ya’ni bu mafkura har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro`yobga chiqarishga imkoniyat yaratadigan eng maqbul yo`lni ko`rsata olishi;
– millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqod manbai bo`lishi, ya’ni u tom ma’noda so`z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olishi, O`zbеkistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo`lishi;
– har qanday ilg`or g`oyani o`ziga singdirishi va har qanday yovuz g`oyaga qarshi javob bеra olishi, ya’ni ikkiyuzlamachilikdan holi va jamoatchi-likning ob’еktiv fikriga tayanuvchi mafkura bo`lishi;
– zamon va davr o`zgarishlariga qarab, o`zi ifodalaydigan manfaat, maqsad-muddaolarni amalga
oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olishi, ya’ni yangicha vaziyatga tеz moslasha oladigan hozirjavob va ijodiy bo`lishi.
Milliy istiqlol g`oyasi tizimida bosh g`oya va asosiy g`oyalar, ular oziqlanadigan manbalar, ularning amal qilish tamoyillari muhim o`rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol mafkurasini yaratishga asos bo`ladi. Ya’ni milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g`oyasi asosida vujudga kеladi. Chunki mafkura g`oyani amalga oshirish jarayonida paydo bo`ladi. Shu boisdan ham u g`oyaga nisbatan kеngroq tizimni shakllantiradi. Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g`oyasi tizimidagi bosh va asosiy g`oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasi va asosiy g`oyalari dеymiz.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir . Milliy istiqlol mafkurasi ning asosiy g`oyalarini esa quyidagilar tashkil etadi:
1. Vatan ravnaqi. 5. Ijtimoiy hamkorlik.
2. Yurt tinchligi . 6. Millatlararo totuvlik.
3. Xalq farovonligi. 7. Diniy bag`rikеnglik
4. Komil inson. (tolеrantlik)
O`zbеkiston Konstitutsiyasining 12-moddasida «O`zbеkiston Rеspubli-kasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.Hеch qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas», dеyilgan.
Milliy istiqlolning asosiy g`oyalari xalqimiz mustaqil taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oyasidan kеlib chiqadi. O`zbеkiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oyasi – mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalari o`zining ma’no – mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh g`oyani xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.
Vatan – bu xalqning o`tmishi, buguni va kеlajagi. Xalqimiz Vatan ostonadan boshlanadi, dеb bеjiz aytmagan. Kishi ulg`aygan sari uning Vatan haqidagi tushunchasi ham kеngaya boshlaydi, asta-sеkin ostona, uy, mahalla, qishloq, shahar, tuman, viloyat, va nihoyat, mamlakat darajasiga ko`tarildi. Tushuncha va kеchinmalar nuqtai nazaridan esa vatanparvarlik tarixiy taraqqiyot jarayonida paydo bo`lib, tashqi muhit va davrlar ta’sirida shakllangan va o`zgarib kеlgan ijtimoiy-ruhiy tuyg`udir.
Vatan ravnaqi g`oyasi mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg`unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo`lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g`oyadir. U milliy istiqlolning oliy maqsadi – O`zbеkistonda yashayotgan barcha fuqarolarning el-yurt kamoli bilan bog`liq orzu-umidlarini amalga oshirishni ifodalaydi. Vatan g`oyasini amalga oshirishda: 1) ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikеnglik, mahallaning mavqеini oshirish, aholini ijtimoiy himoyalash tamoyillari muhim hisoblanadi; 2) hayotda dеmokratik tamoyillarning ustuvorligi, muqobil
partiyalar, jamiyatni erkinlashtirish, davlatning islohotchilik funktsiyasi, aholi siyosiy ongi va madaniyatini oshirish zarur; 3) mulkchilikni shakllantirish, kichik va o`rta biznеsni, tadbirkorlikni rivojlantirish kеrak; 4) intеllеktual salohiyatni oshirish; 5) qonun ustuvorligiga erishish, huquqiy dеmokratik jamiyat qurish kabilar kiradi.
Yurt tinchligi – mamlakat barqaror taraqqiyotining garovi, bеbaho nе’mat, ulug` saodatdir. Tinchlik – insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir. Bashariyat o`z taraqqiyoti-ning barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kеlgan. Tinch-
likni saqlash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyotining masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyotining asosiy masalalari tinchlik-totuvlik holatidagina samarali hal etilgan. Tinchlikni saqlash muammosini o`z-o`zidan kishilarning xohish-istagi, orzu-umidlari bilan hal qilib bo`lmaydi. Insoniyat uchun muqaddas bu qadriyatga doimo izchil va qat’iy harakatlar tufayligina erishiladi.
Xalq farovonligi har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog`liq. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg`unla-shib kеtadi va har bir fuqaroning farovonligi – butun jamiyat farovon-ligidir, dеgan tamoyil amalga oshadi.
4. Milliy istiqlol g`oyasining O`zbеkiston mustaqilligini mustah-kamlashda namoyon bo`lishi va uning o`ziga xos rivojlanish xususiyatlari
Milliy istiqlol mafkurasi kеng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va idеallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbеkistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning-butun xalqimizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».
Milliy istiqlol mafkurasi
1. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, dеmokratiya tamoyillariga asoslanadi.
2. Xalqning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug` bobokalonlarning o`lmas mеrosidan oziqlanadi.
3. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g`oyalari hamda xalq-ning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi.
4. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
5. Jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O`zbеkiston-ning buyuk kеlajagini yaratishga safarbar etadi.
6. Millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat va o`zaro hurmat tuyg`usini qaror toptiradi.
7. Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo`l bilan singdiriladi.
8. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganini bеlgilaydigan ma’naviy mеzondir.
9. Bu – O`zbеkistonda istiqomat qiladigan va o`z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog`lagan har bir kishining « Vatanim m еnga nima bеrdi» dеb emas, balki «Mеn Vatanim ravnaqi uchun nima qilyapman» dеgan mas’uliyat tuyg`usi bilan yashashi dеmak.
Mafkura dunyosida bo`shliqqa yo`l qo`yib bo`lmaydi. Chunki bo`sh qolgan mafkura mafdonini bizga bеgona, yot g`oyalar egallashi ayon bo`ldi. «Hozirgi paytda ro`y bеrayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo`ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo`shliq tufayli sodir bo`lmoqda», dеgan edi Prеzidеntimiz Islom Karimov.
Milliy istiqlol g`oyasining mustaqillikni mustahkamlahda namoyon bo`lish jarayoni o`zining bir qator quyidagi xususiyatlariga ega:
1. Bugungi kunda odamlar «Mafkura poligonlari yadro poligonlari»ga nisbatan ko`proq kuchga ega ekanligini anglab еtmoqda.
2. Harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiqni sеzish, ko`rish, oldini olish mumkin. Ammo g`oyaviy tazyiqning ta’siri va oqibatlarini tеzda ilg`ab olish qiyin.
3. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib hеch bir jamiyat o`z oliy maqsadiga erisha olmaydi, chunki milliy g`oya – millat tafakkuri va ongining mahsuli, siyosiy ong darajasi har bir millatning rivojini bеlgilaydigan omillardandir. Milliy mafkura, avvalo, o`zligimizni, muqaddas an’ana-larimizni anglashga yordam bеrishi shart.
4. Jamiyatimizda mavjud bo`lgan xilma-xil fikrlar, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar ularning barchasini milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan bo`lishi lozim.
5. Milliy mafkura har qanday tajovuzkor millatchilik va shunga o`xshagan unsurlardan, boshqa xalq, millat, elatlarni kamsitish kabi qarashlardan xoli bo`lib, jahon hamjamiyatida munosib izzat qozonishi zarur.
6. Milliy g`oya, birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalamog`i darkor.
Mustaqil O`zbеkistonning taraqqiyoti va buyuk kеlajagi bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etishga bog`liq. Shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga ishonch va e’tiqodni mustah-kamlashdan iborat. Bu bir qator shart-sharoitlardan kеlib chiqadi:
1) Mustaqillikning dastlabki yillarida eski, yagona mafkuradan butunlay voz kеchilayotgan, hali yangi mafkura ishlab chiqilmagan va shakllanmagan, ilmiy asoslanmaganligi bilan bog`liq edi.
2) Hеch qanday jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Odamlar qandaydir sog`lom bir g`oyaga muhtoj bo`ladi.
3) Dеmokratik jamiyat qurish jarayonida mustaqillikni mustah-kamlash uchun milliy mafkura suv va havodеk zarur. Milliy g`oya – jamiyat hayotining barcha sohalarini o`zida qamrab oladi. Shu boisdan ham Prеzidеnt Islom Karimov mustaqillikning ilk yillarida, 1993 yildayoq «Milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etish» zarurligini uqtirgan edi (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203-bеt).
O`zbеkiston uchun milliy istiqlol mafkurasining tarixiy zarurligi va uning dеmokratik jamiyat qurishdagi o`rni bir qator quyidagi muammolarni hal etish bilan ham bog`liqdir:
1. Milliy istiqlol mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g`ururning usishi va rivojlanishini ta’minlash omili sifatida mustaqillikni mustahkamlashda muhim yahamiyatga ega.
2. Milliy istiqlol mafkurasi kishilarda milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg`usini shakllantirishga, tarbiyalashga xizmat qiladi.
3. Milliy istiqlol mafkurasi xalqni sеvishga, qadrlashga da’vat etadi, mustaqillik barqarorligini ta’minlab odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi.
O`zbеkiston Konstitutsiyasi loyihasini yaratishda 30 ga yaqin xorijiy davlatlardagi qonunchilik tajribalari o`rganildi. Kommunistik mafkuradan, sinfiylikdan, partiyaviylikdan holi bo`lgan asosiy qonun yaratildi. Prеzidеnt Islom Karimov milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasini yaratishda ko`plab asarlar yozdi va ularni sharxlab bеra oldi.
4. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasida bir talay ishlar amalga oshirildi.
5. Ko`ppartiyaviylik yanada shakllanib bormoqda.
6. Muxolifat konstitutsiyaviy mеzon doirasida faoliyat ko`rsatib, aniq dasturiy hujjatga ega bo`lishi kеrak.
7. Haqiqiy muxolifatning vujudga kеlishi uchun, uning hokimiyat bilan g`oyaviy va amaliy takliflar kirita oladigan bo`lishi lozim.
Mustaqillikni mustahkamlashda O`zbеkiston milliy istiqlol mafku-rasining ilmiy-nazariy jihatlari quyidagi xulosalarda o`z ifodasini topadi:
– Mafkura O`zbеkiston jamiyati hayotida juda zarur, chunki mafkura bo`lmasa, odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar.
– XX asrda yashagan zamondoshlarimiz ko`p sinovlar, azob-uqubatlar, fojialar, urushlar, qatag`onlarni boshidan kеchirdi.
– Insoniyat tarixida axborot asri dеb tan olingan XXI asrda ham turli mafkuralarning o`zaro kurashi shiddatli tus olmoqda.
Milliy istiqlol g`oyasi butun jamiyat, butun millat, butun o`zbеkis-tonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baholaganda, ularning milliy g`oyaga nеchog`lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lеkin biz baholash jarayonida faqat alohida bir inson, muayyan ijtimoiy guruh manfaatini emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o`zbеkistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. Shu bois, yuqorida zikr etilgan mеzon va tamoyillardan foydalanib, O`zbеkistonimizni jahondagi eng ilg`or davlatlar qatoriga qo`shishga harakat qilinmoqda. Bu mamlakatimizning jahondagi nufuzini, uning kеlajagini bеlgilaydi.
Tayanch tushunchalar
Milliy g`oya – inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari еtaklaydigan fikrlar majmuidir.
Milliy mafkura – milliy o`zlikni anglatuvchi kuch.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
Dеmokratiya – xalq hokimiyati.
Stratеgik maqsad – uzoqqa mo`ljallangan umumiy aniq rеja. Sotsial fеnomеn – ijtimoiy hodisa.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir
Tushuncha dеb, narsa-hodisaning asosiy qonuniyatlari, bеlgi-xususiyat-larini o`zida aks ettiradigan bilim va tasavvurlarga aytiladi.
Tamoyil dеganda esa narsa-hodisalarning mohiyati va namoyon bo`li-shiga xos ustuvor xususiyatlar tushuniladi
Istiqlol mafkurasi – har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma’naviy mеzon hamdir.Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.
Vatan – bu xalqning o`tmishi, buguni va kеlajagi
Yurt tinchligi – mamlakat barqaror taraqqiyotining garovi, bеbaho nе’mat, ulug` saodatdir. Tinchlik – insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir
. Vatan – bu xalqning o`tmishi, buguni va kеlajagi
Istiqlol mafkurasi – har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma’naviy mеzon hamdir.Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.
Vatan ravnaqi g`oyasi mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg`unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo`lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g`oyadir
Takrorlash uchun savollar
Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?
G`oya dеganda nimani tushunasiz?
Milliy g`oyaning mohiyati nimadan iborat?
Milliy istiqlol g`oyasining mohiyatini, asosiy maqsadini
Jamiyatni isloh etishning bеsh tamoyilini bayon eting?
O`zbеk modеlining qanday o`ziga xos xususiyatlari mavjud?
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarini
Milliy istiqlol mafkurasining umumbashariy va milliy
xususiyatlarini bayon eting?
- O`збекистон Республикасининг Конституцияси. -Т. «O`збекистон», 2003.
- Qораqалпоg`истон Республикасининг Конституцияси. – Нукус: Qораqалпо-g`истон, 1993.
- Каримов И.А. Империя даврида бизни иккинчи даражали одамлар деб hисоблашар эди. Т.: «O`збекистон», 2005. 5-33 – бетлар.
- Каримов И.А. O`збекистон ХХ1 аср бo`саg`асида: хавфсизликка, таhдид, барqарорлик шартлари ва тараqqиёт кафолатлари. Т.6. -Т.: «O`збекистон», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-б.
- Каримов И.А. Жамият мафкураси халqни – халq, миллатни – миллат qилишга хизмат этсин. Т.7.- Т.: «O`збекистон», 1999. 84-102-б.
- Каримов И.А. Миллий истиqлол мафкураси – халq эътиqоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. -Т.: «O`збекистон», 2000. 489-508-б.
- Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон hаёт – пировард маqсадимиз. Т.8. -Т.: «O`збекистон», 2000. 462-467-бетлар.
- Каримов И.А. «Миллий истиqлол g`ояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сo`з боши. Т.9. -Т.: «O`збекистон», 2001. 220-224-бетлар.
- Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги o`з куч – qудратимизга, халqимизнинг hамжиhатлиги ва букилмас иродасига боg`лиq. -Т.: «O`збекистон», 2004.
- Каримов И.А. Эл-юртга hалол, виждонан хизмат qилиш hар бир раhбар-нинг муqаддас бурчи. Андижон вилоят халq депутатлари Кенгашининг навбатдан ташqари сессиясида сo`зланган нутq. «Ишонч», 2004 йил 26 май.
- Каримов И.А. Qонун ва адолат устуворлиги фаолиятимиз мезони бo`лсин. Сурхондарё вилоят халq Депутатлари Кенгашининг навбатдан ташqари сессиясида сo`зланган нутq. «Халq сo`зи», 2004 йил 2 июн.
- Каримов И.А. Биз танлаган йo`л – демократик тараqqиёт ва маърифий дунё билан hамкорлик йo`ли. -Т.: 2 – Т. «O`збекистон», 2003. -320-б.
- Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз o`з куч-qудратимизга, hамжи-hатлигимиз ва qатъий иродамизга боg`лиq. Т.12. -Т.: «O`збекистон», 2004. – 400 б.
- Каримов И.А. Бизнинг бош маqсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоh этишдир. – Т.: «O`збекистон», 2005. – 96 б.
- Каримов И.А. O`збек халqи hеч qачон, hеч кимга qарам бo`лмайди. – Т.: «O`збекистон», 2005. – 160 б.
- Абу Наср Форобий. «Фозил одамлар шаhри», – Т.: «Адабиёт», 1993. 39-52 бетлар.
- Алишер Навоий «Маhбуб ул – qулуб». – Т.: «Адабиёт», 1996. 24, 28 бетлар.
- Фитрат. Нажот йo`ли. – Т.: «Шарq», 2001. 7-19 бетлар.
- Азизхo`жаев А.А. Мустаqиллик: курашлар, изтироблар, qувончлар. – Т.: «Шарq», «Академия», 2001. 59-96 бетлар.
- Азизхo`жаев А.А. Чин o`збек иши. – Т.: «Академия», 2003. 101-118 бетлар.
- Миллий истиqлол g`ояси: асосий тушунча ва тамойиллар, – Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 68-78 бетлар.
- Миллий истиqлол g`ояси: асосий тушунча ва тамойиллар (Изоhли кo`ргаз-мали воситалар тo`плами), – Т.: «Янги аср авлоди», 2001. -80-бетлар.
- Саифназаров И., Каримов Т.: Мухторов А. Халqимизнинг hамжиhатлиги терроризмга qарши кафолатдир. – Т.: «Янги аср авлоди», 2004. -56-бет.
- Бекмуродов А.Ш. Маънавий – маърифий фаолият: устувор масалалар ва инновациялар. – Т.: ТДИУ, 2005. -44 б.
- Эргашев И. ва бошq. Миллий истиqлол g`ояси: O`збекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босqичи учун дарслик. -Т.: Академия, 2005. 120-130-бет.
6-MAVZU: MILLIY G`OYA – XALQNING ISHONCHI VA E’TIQODI
Ma’ruza rеjasi:
1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g`oya» tushunchasi, ma’no va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish zarurligi .
2. Milliy g`oyani xalq ishonchi, ongi, e’tiqodiga singdirish shart – sharoitlari, vazifalari va еzonlari.
3. Jamiyat mafkurasining inson manfaatlarini ifoda etishi.
4. Milliy g`oyaga ishonch va e’tiqod ijtimoiy faoliyat mеzoni.
1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g`oya» tushunchasi, ma’no va mohiyati hamda uning xalq ishonchi va e’tiqodiga aylanish zarurligi
Jamiyat mafkurasi. Prеzidеntimiz Islom Karimov jamiyat mafkura-siga quyidagicha ta’rif bеradi:
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mеntalitеtiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kеlajagini ko`zlagan va uning dunyodagi o`rnini aniq-ravshan bеlgilab bеrishga xizmat qiladigan, kеchagi va ertangi kun o`rtasida o`ziga xos ko`prik bo`lishga qodir g`oyani mеn jamiyat mafkurasi dеb bilaman». «Jamiyat mafkurasi» haqidagi bu tushuncha Prеzidеnt
I.A.Karimov-ning 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida o`z ifodasini topgan. Bu suhbat «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin» dеb nomlanib, Prеzidеntimiz asarlarining 7-jildiga kiritilgan. Unda Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotidagi o`rni, ta’lim-tarbiya, milliy g`oya va milliy mafkura tushunchalarining mazmuni haqidagi
chuqur nazariy xulosalarni bayon etgan. Prеzidеntimiz ta’kidlaganidеk, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaеrdaki mafkuraviy bo`shliq vujudga kеlsa, o`sha еrda bеgona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin». Asarda mafkuraning jamiyat taraqqiyotida, hozirgi sharoitda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligi ko`rsatib o`tilgan.
Milliy mafkura – millatni birlashtiruvchi bayroqdir.
Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo`lsada, turli xil maqsad-manfaatlar mavjud bo`lib, bu tortishuvlardan ko`zlangan maqsad – inson, yoshlar qalbini egallashga qaratilgan, ularning ongi, dunyoqarashiga, turli yo`llar bilan ta’sir qilib, o`z maqsadlari yo`liga burishdan iborat. Axborot asri, elеktronika asrida mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko`proq kuchga ega. Bugungi kunda informatsion olamida globallashuv jarayoni kеchmoqda.
Milliy g’oya darslik pdf
1.Milliy g’oya o’zlikni anglash omili
2likni anglashning turli talkinlari.
3.Tarixiy xotira va milliy uzlikni anglash.
4.Milliy istiqlol g’oyasi-milliy uzlikni tarbiyalash, kadrlash, saklab kolish omili.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o’zo’zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma’naviy voqyelik sha’n, qadrqimmat, obro’e’tibor, ornomus orqali namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Hayotning ma’nomazmuni, maqsadini tushunib yetish, o’zlikni anglashdan boshlanadi, Milliy g’oyada uning negizlari mujassam bo’lganligi uchun ham o’zlikni anglashga xizmat qiladi va birbiri bilan uzviy bogliq
«O’zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, naslnasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligamizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos va mos jamiyat barpo etishni tushunaman», deydi I.A.Karimov.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish. davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o’zida mujassam etgan milliy g’oya atrofida jipslasha olishi, o’zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga ham bogliq. Zero, buyuk bobokalonimiz Amir Temur o’git berganlaridek: “Birliksiz kuch bo’lmas”. Binobarin, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” qurishdek ulug ish, avvalo, o’zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Millat birligida insonni o’zligini anglash omili alohida o’ringa ega. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek: “Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va ximoyachisiga aylanadi. Demokratiya, fukarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson xak%ukuklari va erkinliklarini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Shundagina inson o’z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fukarosi bo’la oladi” 1 .
Bunda tilga olingan insoniy fazilatlar insonning ma’yaviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyat esa fikr, so’z va iSh birligida namoyon bo’ladi. O’zligini anglamagan odamda imon va e’tiqod zaif bo’ladi.
“Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” g’oyasida muekassam bo’lgan milliy g’oya oddiy da’vat emas, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanmog’i uchun, u o’zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olmog’i va yashash tamoyiliga aylanmogi lozim.
Demak mustaqillik tufayli bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish davrida o’zlikni anglashning o’ziga xos ko’rinishlarini anglamasdan ma’naviy yuksalish va taraqqiyot darajasini aniqlab bo’lmaydi.
Jamiyat ma’lum bir hududda jamlangan odamlarning oddiy yigindisi emas. Inson martabasiga xos bo’lmagan o’zligidan mahrum, tarixiy xotirasi zaif, o’zining kelib chiqishi va kimlarning vorisi, avlodlari ekanligini anglamagan, bilmagan odamlarni xalqimiz “to’da”, “olomon” deb ataydi;
Yuksak rivojlangan jamiyat esa o’zligini anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o’zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg’usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. “Men kimman?”, “Bu yorug’ dunyoga nima uchun keldim?”, “Menga ato etilgan buyuk ne’mat — hayotimni nimalarga safarbar etmogim lozim?”. Inson borki, ertamikechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yo’l oladi. Bu yo’lni o’zlikni anglash deb aytish mumkin. O’zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko’tariladi. Demak o’zlikni anglash, avvalo, har bir insonning shaxsi, alohida «meni» bilan boglik
“Kimki o’zligini tanisa, robbini taniydi”. Bu hadisda buyuk xdkmat yashiringan. O’ni bugungi kun muammolari nuqtai nazaridan quyidagicha talqin etish mumkin: har bir inson o’zi intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug bo’lmasin, birorbir natija bermaydi. Shuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni “olam mexrari” deb bilganlar.
Milliy istiqlol mafkurasi va milliy g’oya jahon xalqlarning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan merosidan ham ozuqa olganligi bejiz emas. Zero, insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, turli xalq allomalari insonss o’zlikni anglashga da’vat etadi. O’zlikni anglash borasidagi Sharq va Garb allomalarining fikrlari milliy g’oya va o’zlikni anglash bilan chambarchas bogliq ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Delfadagi Appolon ibodatxonasining devorlariga o’yib yozilgan va an’ana bo’yicha yetti yunon donishmandlaridan biri sparxalik Xilonga tegishli deb hisoblangan “O’zligingni angla” ishori qadimgi yunon falsafasining o’zak masalasi bo’lib qoldi. Yunon mutafakkirlarini bu borada izlanishga da’vat etdi. Eramizdan avvalgi V asrda Protagor, “inson barcha narsalarning o’lchovidir”, degan fikrni ilgari surdi. Suqrot uchun esa “o’zligingni angla” hikmati donishmandlikning qoidasiga aylandi. O’zligini anglagan inson ma’naviy yuksalishga erishadi, har qanday sharoitda ezgulikka choglanadi. Shu nuqtai nazardan, inson ruhiy quvvatining ramziga aylangan Suqrotning hayoti va o’limi hammamizga saboq bo’la oladi. Sharqu Garb allomalari o’zlarini va o’z davrlarini anglashga harakat qilishar ekan, takror va takror Suqrotga murojaat etishgan. Suqrot davri bilan bugungi kunni qariyb 2,5 ming yil ajratib turgan bo’lsada, biz ham yana bir bor bu ulug siymoni eslasak foydadan holi bo’lmas. Suqrot bir guruh kishilarning fitnasi tufayli fuqarolik me’yorlarini, yoshlar tarbiyasini buzganlikda ayblanib, o’lim jazosiga hukm etilgan edi. Hukm ijrosini kutayotgan Suqrotga shogirdlari qamoqdan qochishni taklif etishadi. Garchi hukm adolatsiz bo’lsada, Suqrotning fikricha, har qanday, hatto eng yuksak va adolatli maqsad ham unga erishmoq yo’lidagi past va jinoiy vositalarni oqlamaydi. “Bizni o’ldirishga Kodir bo’lgan ko’pchilik bu fikrga ko’ishladimi, ko’ishlmaydimi, bundan biz ko’prok yoki kamrok ozor chekamizmi, baribir, adolatsiz ish uni kilgan kigii uchun xar kanday sharoitda sharmandalikdir”, deydi u shogirdiga, Yoki bunday kdraylik agar biz bu yerdan juftakni rostlashga shay . lansaku, Konun va Davlat ro’paramizdan chiksada, so’rasa: “Aytchi, Sukrot, nima kilmokchisan? O’z kilmokchi bo’lgan ishing bilan bizni, Konunlar va butun Davlatni xalok kilmokchimisan? Yoki sud x.ukmlari x.yech ‘anday kuchga ega bo’lmagan, balki ular alox.ida odamlarning istagi bilan bekor kilinadigan bo’lsa, davlat butun va beziyon kolishi kin deb o’ylaysanmi?”. O’z yurtini sevgan va chinakam vatanparvar bo’lgan Suqrot uchun qamoqdan qochish butun hayoti davomida o’zi rioya etgan qoidalarga, o’zining umr ishiga va yayemak Vataniga xiyonat bo’lar edi. Afina davlatidagi u yoki bu tartiblar bilan kelishmagan bo’lsada, chinakam vatansarvar bo’lgan Suqrot o’limni afzal ko’radi.
“O’zini anglagan inson, degan edi u, o’zi uchun nima foydaliligi va nimalarga kodir ekanligini yaxshi tushunadi. U ko’lidan keladigan ish bilan shugullanish asnosida o’z extiyojini krndiradi va saodatga erishadi. .Qar ‘kdpday xato va baxtsizliklardan xoli bo’ladi. Buning natijasi o’larok, u o’zga odamlarni kadrlay oladi va ulardan ezgulik yo’lida foydalana biladi. Okibatda o’zini kulfatlardan asraydi” 1 .
Hazrat Navoiyning “El netib topqay menikim, men o’zimni topmamon”, — degan so’zlari bugungi kunda ham chuqur ma’no kasb etadi.
Jamiyatning tayanchi — oddiy inson. Shuning uchun ham yurtboshimiz “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatda “Mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak”, degan savol qo’yib, shunday javob bergan edi: “Dastavval O’zbekistonda yashayotgan, o’z takdiri timsolida mingminglab kishilarning takdirini mujassamlashtirgan vatandoshimizning xagtini, uning orzuintilishlarini, bugun va ertangi kunga bo’lgan umidvorligini o’zimcha tasavvur kilishga urinib ko’rardim. O’zimni shu odamning o’rniga ko’yib, uning ko’zi, idroki, tafakkuri, yondashuvi bilan kelajakka karardim” 2 .
“O’zlikni anglash”, “milliy o’zlikni anglash” va nihoyat “umumbashariy o’zlikni anglash” tushunchalari birbiridan ayri emas, balki birbiri bilan uzviy aloqador, birbirini taqazo etadi. Zero, inson otaona, oila, millat, ahli bashar, boringki, butun borliq bilan munosabatlar asosida o’zining kim ekanligini anglab boradi. Ayni shu munosabatlar zaminida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy g’oya tamoyillari shakllangan va o’z navbatida, milliy g’oya ularni zamon talablari asosida boyitib boradi.
O’zlikni anglashning turli talkinlari Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida o’zlikni anglags masalasi turlicha talqin etilgan. Inson jismining o’tkinchiligi, ruhining esa abadiyligi (cherkov otasi Avgustinning “tan ruh uchun qafasdir” fikrini eslang) masalasini zohiriy (dunyoviylik nuqtai nazaridan) talqin etganlar inson o’zligini dunyodan yuz o’girib, yolg’izlikda ibodat bilan kun o’tkazgandagina, oddiy so’z bilan aytganda, tarkidunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar.
Islom Sharqida dunyoni o’tkinchi bilib, ijtimoiy faollikdan qochish, faqat Olloh zikri bilan yashash tamoyili alohida o’ringa ega. Ularning falsafasida “tarkidunyochilik g’oyasini targib etib, ijtimoiy faollikdan butunlay chetlashganlar, surunkali toatibodat bilai shugullanganlar” 1 . Tasavvufdagi “uzlatga chekinish” g’oyasini ham ba’zan to’gridanto’g’ri tarkidunyochilik ma’nosida talqin etishga urinishgan. Ammo “o’zlikni anglash” bosh maqsadi bo’lgan tasavvuf ahli va tasavvuf g’oyalaridan quvvat olgan ulug mutafakkirlarimiz insonni insonga, Vatanga, xalqiga bo’lgan, har qanday garazdan holi, pok mehrni targib qilganlar.
Xususan, ulug’ mutasavvif alloma Bahouddin Naqshband inson o’z-o’zini anglab yetish orqali Haqni, Haqiqatni taniydi, Alloh vasliga yetishadi, deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh (“dilda yor”) jo bo’lgan kishi ishga kirishmogi (“dast ba kor”), ezgu ishlarga qo’l urishi lozim, U aslo eldan, xalqdan o’zini ayirmasligi, aksincha, Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo’lishi lozim. (“Xilvat dar anjuman”).
Shu nuqtai nazardan, Farididdin Attor dunyoni qaynab turgan qozonga mengzab, insonni ana shu “qozon”da qaynashga undagan edi. Shundagina inson pishib yetiladi, komillikka erishadi. Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va yurt qaygusida yashagan jadid ziyolilar yana o’nlab, yuzlab ulug ajdodlarimiz hayoti, o’z taqdirlarini xalq, millat, butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bogliqlikda ko’rganlar. Inson o’zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida ko’rishni orzu qilgan hazrat Alisher Navoiy buni aniq kilib shunday ifoda etgan edi:
“Odame ersang demagil odame Onikim yo’k xalk gamidin gami”.
«O’zlikni anglash», «Milliy o’zlikni anglash» va «milliy istiqlol g’oyasi» uzviy birbiri bilan bog’liq. Mustaqillik sharoitida o’zbek xalqining o’zo’zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, chorakam bir asr davomida hukmronlik qilgan istibdod nazariyasi va mafkurasi o’zo’zini anglash hissini yo’qotib bordi. Milliy o’zligini anglash masalasi falsafada ishlanmadi. Buning sababi milliy o’zlikni anglash mustaqillik g’oyasi bilan bog’liq edi. Shunga ko’ra, milliy istiqlol g’oyasi tarixiy xotirani uyg’otish, o’tmishidan saboq chiqarish va o’zlikni anglash mezoni sifatida xalqimizning tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi royaga aylanishi mumkin. Sharq va Garbda, Osiyo va Yevropa xalqlari hayotida ham o’zlikni anglash tuygusining uyg’onishi, pirovard natijada, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy, o’zaro manfaatli hamkorlikka kirishuviga turtki bo’lgan. TTTu nuqtai nazardan, milliy g’oyani milliy o’zlikni anglatuvchi omil deyish mumkin. Demak millat o’zini xalq sifatida, el sifatida anglamasa, u o’zining sha’ni, qadrqimmati, ornomusi haqida qayg’urib, milliy g’urur va iftixor tuyg’usini to’la xis eta olmaydi.
Sharq donishmandlarining falsafiy g’oyalarida sinkretik (ya’ni turlicha yuyalarning bir butunlikda joylashuvi) va sinergetik (o’zo’zini takomillashtiruvchi, keng, ko’p o’lchovli va ochiq tizimli) tafakkur uslubining ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Zero, ma’naviy qadriyatlarga, hayotni e’zozlashga undaydigan yuksak a’mollarga e’tibor susayganda, jamiyat, davlat taraqqiyotdan to’xtaydi, inqiroz tomon yuz tutadi. Bu Haqda Alisher Navoiy shunday yozgan edi:
To hirsu xavas xirmani barbod o’lmas, To nafsu havo qasri baraftod o’lmas, To zulmu sitam jonga bedod o’lmas, El shod o’lmas, mamlakat obod o’lmas.
Demak mamlakatimiz obod bo’lishi, ravnaq topishi, xalqimiz farovonligi uchun ma’naviyat va ma’rifat sohasida, xususan, shaxsni kamol toptirish borasida izchil ish olib borish kerak. “Bu x.ayotiy x.akikat biz x.amisha amal kiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmogi xamda o’zida yaxlit bir tizimni mujassam etmoyei lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axlokodob, ma’rifat kabi o’lmas kadriyatlar turmogi kerak” 1 .
Insonning komillik darajasi uning jamiyatdagi o’z o’rnini qanchalik bilgani, o’zini jamiyatning ajralmas qismi ekanligini qanchalik his etishi bilan belgilanadi. Shundagina inson o’zining qadrqimmati xalqning, millatning qadrqimmati bilan nechog’lik bogliq ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir bo’layotgan voqyealarga daxldorligini anglaydi. Yurtimiz mustamlakachilik asoratiga tushgan XX asr boshlarida yurt qaygusida yongan Fitrat o’lkaning boshiga yogilgan balolarda, avvalo o’zini aybdor deb hisoblagani bejiz emas. Amir Temur ruhiga murojaat etib, u shunday yozgan edi: “Yukorida aytdigim ishlarning xammasiga o’zim sabab bo’ldim, barchasini o’zim kildim. Sening Turoningni o’zim talatdim, Sening turkligingni o’zim ezdirdim,Sening omonatlaringga xiyonat o’zim kildim” 2 .
Shu emasmi komillikning belgisi? Milliy o’zligini anglagan insongina, Fitrat kabi:
“Turonim, sendan ayrilmoq — mening uchun o’limim, Sening uchun o’lmos mening tirikligimdir”*, —deya baralla ayta oladi, Najmiddin Kubro singari jonini saqlashni emas, yov bosgan yurtini himoya qilib, jon taslim berishni afzal ko’radi.
Bu o’zlikni anglashning aniq ifodasi, yurt, Vatan uchun o’zini bag’ishlash hamdir.Tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash
Prezidentimiz Islom Karimov o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida: «Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» deb ta’kidlaganlar. Demak tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turyab, yuksak ma’naviyatga eriishsh mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g’oya singdirildiki, u o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurishi taqiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri — uning tarixiy xotirasidan judo bo’lishi edi.
Milliy g’oya xalqimizga nafaqat o’z tarixini odilona, obyektiv va xolisona o’rganish imkoniyatini yaratadi, balki millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Chunki, milliy yeoya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o’gitlaridan, bunyodkor g’oyalaridan, yashash ibratidan ozuqa olgan. Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi.
Dono xalqimizning “Yetti pushtingni bilgin”, degan o’gitlari bekorga kelib chiqmagan. Shuning uchun ham qadimgi Sharq donishmandlari insonni gavdasi oldinga, yuzi esa ortga qaratgan holda tasvirlaganlar. Ya’ni, ularning nazdida insoniyat kelajak sari intilar ekan, o’tmishini doimo yodda saqlamogi shart. Bu ko’hna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: “Tarix xotirasi, xalkiing, jonajon o’lkaning, davlatimiz xududining xolis va xakkoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashgsh, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni pgiklash va o’stirish jarayonida g’oyat mux.im o’rin tutadi” 1 , deb ta’kidlaydi.
Bu yurtimizning uzoq va royat murakkab tarixida qaytaQayta isbot etilgan haqiqat. Birgina Amir Temur va temuriylar davri tarixi buning yorqin isboti bo’la oladi. “Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan” (Fitrat) temuriylar saltanati bir necha asrlar mobaynida gullab yashnadi, ulug allomalarni dunyoga keltirdi, ilmfan, madaniyatda yetakchilikka erishdi. Buning sababi nimada edi? Javob bitta: Amir Temur mamlakat ijtimoiysiyosiy bo’hron iskanjasiga tushib qolgan, feodal tarqoqlik va o’zaro nifok avj olgan bir sharoitda xalqni o’z g’oyalari atrofida birlashtira oldi. “Men o’z saltanatimni dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustax.kamladim, — degan edi uluj sohibqiron, Saltanatni boshkarishda uchragan xar kanday vokea va ishni tuzuk asosida bajardim” 1 .
Amir Temur nazdidagi “tuzuk” bizning kundagi “milliy g’oya” mazmunida kelayotganini anglash qiyin emas va buyuk bobokalonimiz fikricha: “Davlat agar dinu oyin asosida ‘urilmas ekan, bunday saltanatning shukuxi, kudrati va tarkibi yo’koladi. Bunday saltanat yalangoch odamga o’xsharkim, uni ko’rgan xar kimsa, nazarini olib kochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chikddigan tomsiz, eshigito’sigi yo’k uyga o’xshaydi’ p . Amir Temur «dinu oyin» deganda adolatli jamiyatni nazarda tutmoqda.
Tarixiy xotira millatga kuchqudrat bagishlaydi, hayotning ogir sinovlarini munosib yengib o’tishga, o’zligini saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun ham o’zga xalqlarni tobe etishga uringan bosqinchilar xalqni ana shu qudrat manbaidan ayirishga, shahar va tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari va ajdodlarning ma’naviy merosidan mahrum etish orqali tarixiy xotirasini zaiflashtirishga harakat qilganlar.
Demak jamiyat hayotida bunyodkor yuyalarga tayansagina, taraqqiyotga erishadi, ma’naviy jihatdan yuksaladi. Bunyodkor g’oyalar madaniy meros va tarixiy xotiraga tayanadi.
Yovuz maqsadni ko’zlagan g’oya tarafdorlari esa, aksincha, yo’l tutgan. Masalan, Turkiston o’lkasini o’z mustamlakasiga aylantirgan Chor Rossiyaning generali M.G.Chernyayev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirgan fikri buning yorqin dalilidir: “Bu yerda xar kdnday kushinni to’zgatib yuboradigan bir kudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmishi xotirasi. Demakki, turklarning birgina o’zini yengish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini xam yengmok kerak” deb yozadi. Darhaqiqat, chor Rossiyasi bosqinchilari har bir o’lkani egallashda o’sha xalq tarixiga hujumning asl mohiyatini tushungan holda faoliyat ko’rsatganligi uning milliy taraqqiyotda kuchini anglaganidan edi.
G’oya xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini boglab turuvchi fikr ekan, u, avvalo, milliy ma’naviyatimizga tayanadi. Xalqimizning ma’naviy merosidan ozuqa oladi, milliy o’ziga xosligini saqlab turishga, milliy manfaatlarni amalga oshirishga va milliy taraqqiyot yo’llarini belgilashga xizmat qiladi. Bunga turli mamlakat mutafakkirlari alohida e’tibor berishgan. Masalan, Yevropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo’layotgan XVIII asrda mashhur fransuz ma’rifatchisi Jan Jak Russo milliylik milliy xarakter haqida shunday yozgan edi: “Biz tayanishimiz kerak bo’lgan birinchi tamoyil — milliy xarakterdir: xar bir xalk milliy xarakterga ega yoki ega bo’lishi lozim; xalkda u bo’lmagan takdirda ishni unga bunday xarakterni berishdan boshlash kerak bo’lardi” 1 . Bir qarashda Russoning fikrida ma’lum bo’rttirish bordek tuyuladi. Lekin uning vatani Fransiya tarixiga nazar tashlansa, bu fikr tarixiy asosga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Dastlab qirol Genrix IV Fransiyaning milliy davlat sifatidagi yaxlitligini tikladi. Uning ishini davom ettirgan va Fransiyani amalda boshqargan Lyudovig XIII ning birinchi ministri — kardinal Rishelye “Vatan va millat manfaatlari barcha narsadan ustun”, degan g’oyani ilgari surdi. Mamlakatdagi ichki nizolarga barham berdi, siyosiy, ijtimoiy, madaniy islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, o’zi asos solgan Fransuz Akademiyasiga umumfransuz adabiy tili lugatini tuzishni topshirdi, san’at va adabiyotga homiylik qilib, davlat yaxlitligi va xalq birligini ta’minlashga qaratilgan o’ziga xos milliy yeoyani targib etishga safarbar etdi. Shu tariqa Vatan va xalq yo’lidagi fidoiylikni oliy burch, darajasiga ko’tardi, ishonch bilan aytish mumkinki, Fransiyaning o’sha davrda qudratli mamlakatga aylangani hamda keyingi asrlar mobaynida Yevropaning o’ziga xos madaniy markazs bo’lib qolganligi ayni shu davrda shakllana boshlagan “milliy xarakter” bilan bogliq bo’ldi. Ana shu tarixni chuqur bilgan Russo: “Xar ‘anday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maksadlari x.ar bir davlatda maxalliy shartgiaroit yea axolining o’ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigap munosabatlarga muvofik shakl olishi kerak” 1 , degan fikrga keldi. Yurtboshimiz I.Karimovning: “Biz xalkni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orkali bilamiz, tarixining tagtomirigacha nazar tashlaymiz”*, degan so’zlari ham ayni fikrning naqadar chuqur asosga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Ammo bu — milliy g’oya yoki milliy o’zlikni anglashni o’z mllliy qobiriga o’ralish, o’zga xalqlardan o’zini ustun qo’yish degani emas, albatta. Qolaversa, O’rta Osiyo hududida azalazaldan turli elat va millat vakillari yonmayon inoqlikda yashab kelishgan. Bagrikenglik mehmondo’stlik o’zbek xalqining qonqoniga singib ketgan qadriyatiga aylangan. “Mehmon otangdek ulur”, deydi xalqimiz va ostonasidan xatlab o’tgan begona odamni ham uyining to’riga olib chiqadi, o’zi yemasada, mexmonni siylaydi.
O’zligini anglagan odamda mehr, muruvvat kuchli bo’ladi. Manmanlik kabi salbiy qusurlarni xush ko’rmaydi. “Manmanlik degan edi mashhur ma’rifatparvar Abdulla Avloniy, — joxilona kibru gururdan paydo bo’ladurgan eng yomon xulklarning biridurki, kishini xar yerda ma’yus va maxjub kilur. Avloniy inson manmanligi haqida gapirayapti. Agar manmanlik kasaliga millat, xalq yoki biron bir din vakillari uchrasa ne oqibatlarga olib keladi? Misollar talaygina. Birgina o’z xalqi ongiga “oliy irq”qa mansublik royasini singdirishga uringan fashizmning butun insoniyat boshiga yog’dirgan balolarni yoki buyuk davlatchshshk shovinizmi sobiq Ittifoqsa yashagan elat va xalqlarga keltirgan azobuqubatlarni eslash kifoya. Ayrim siyosatdonlar butungi kunda ham diniy, irqiy, milliy ziddiyatlarni avj oldirishga harakat qilayotgani va oqibat o’laroq dunyoning turli chekkalarida olovi alangalana yotgani barchaga ma’lum.
Mashhur fransuz gumanist yozuvchisi fashizmga qarshi urushda jonini fido qilgan Antuan desent Ekzyuperi qayg’u va hasrat bilan odamlarni birbiridan ayiradigan tajavBuzkor millatchilik irqchilik mustamlaka bosqinlari va urushlar haqida fikr yuritib: “Turli sivilizasiyalar birbiridan farklanishi yomon emas, . daxshatlisi, ularning birbirini yeyishga xarakat ^ilishidir”, — degan edi. Ko’pni ko’rgan, eng oshr ishlarni zimmasiga olishdan qo’rqmagan SentEkzyuperi insonning o’zligini anglashni ahli bashar oldidagi mas’uliyat hissi bilan boglaydi. “Inson bo’ligi — bu mas’uliyat sezishingdir, yozadi u, o’zingga aloka sizday tuyulsa xam kashshoklik oldida andisha kilishingdir. O’z gashtingni ko’ya turib, dunyodagi bunyodkorlikka ko’maklashganingni xis etishingdir” 1 . Lo’nda qilib aytganda, o’zga millat va xalqlarni kamsitgan millat hyech qachon buyuk bo’lolmaydi. Buyuk Alisher Navoiy bu haqda shunday deydi:
“Naf’ing agar xalka beshak erur, Balki bu naf o’zingga ko’prak erur”.
Shuning uchun ham milliy g’oya, bir tomondan, “O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning kadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tik.odi, urfodati va an’nalarini xurmat kilish, ularni asrabavaylash va rivojlantirishga ko’maklashish” ni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, “O’zbekiston o’z tashki siyosatida barcha davlatlar bilan teng xukuklilik va o’zaro manfaatdorlik asosida xamkorlik kilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik umuminsoniy kadriyatlarga sodiklik tinchlik va xavfsizlikni asrabavaylash, xalkaro xukuk me’yorlarining ustuvorligi kabi tamoyillarga amal kiladi” g . Demak milliy istiqlol g’oyasi o’zlikni anglash, milliy o’zlikni anglash va umumbashariy o’zlikni anglashni uzviy bog’liqlikda ko’rishga da’vat etib, milliy va umuminsoniy mohiyat ham kasb etadi. Bu borada ma’rifatparvarlik yeoyasi, jadid bobolarimiz faoliyati va ma’naviy merosi muhim o’rin tutadi.
ABDULLA AVLONIY
Yangi davr o’zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan biri, bolalar adabiyoti, o’zbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, o’zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo’ygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir.
Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval O’qchidagi boshlang’ich maktabda, so’ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq ko’proq mustaqil o’qibo’rgandi, tez orada o’z davrining savodxon, ma’rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o’lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko’rish, farovon etish yo’lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko’p sohalarda faol ish olib bordi. 1907 yilda o’z uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi.
U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yohud milliy she’rlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yohud axloq» kabi darslik va o’qish kitoblari tuzdi. Maktabmaorif ishlariga yordam ko’rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi«Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do’konini ochdi.
Abdulla Avloniy o’zbek teatrining taraqqiyotida ham alohida xizmat ko’rsatdi. Uning «Turon» truppasi (1913) o’lkamizda tashkil etilgan birinchi professional teatr truppasi edi. Adib dramaturgiyada ham unumli faoliyat olib bordi. Tatar, ozarbayjon dramaturglarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi, o’zi ham «Pinak», «Advokatlik osonmi?», «Biz va siz» nomli pesalar yozib, sahnaga qo’ydi. fevral va oktyabr voqyealaridan so’ng Avloniy «Turon» nomli gazeta nashr etib, unda ilgor qarashlarni ilgari surdi.
1919—1920 yillarda Afgoniston elchixonasida bosh konsul vazifasida ishladi. Xizmatdan qaytgach, ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirdi. Harbiy o’quv yurtida, O’rta Osiyo davlat universitetida o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi, professor darajasiga ko’tarildi.
Ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina qabristonida dafn etilgan.
Abdulla Qodiriy yangi davr o’zbek adabiyotining asoschilaridan biri, o’zbek milliy romanchilik maktabining tamal toshini qo’ygan buyuk adibdir.
U 1894 yil 10 aprelda Toshkentda bogbon oilasida tugilgan. 910 yoshlarida eski usuldagi maktabda tahsil ko’radi. So’ng rustuzem maktabida o’qiydi. 1718 yoshlarida bir savdogarga prikazchiklikka yollanib, uch-to’rt yil ishlaydi. So’ng bogbonlik bilan tirikchilik o’tkazadi.
Abdulla Qodiriy ijodi 1913—1914 yillarda boshlands U shu yillari barcha iltor fikrli yoshlar qatori jadidchilik harakatmga qo’shilgan va o’zining ilk asarlarida ma’rifat, millat taraqqiyoti va hurligi g’oyalarini targ’ib eta boshlagan. Qodiriy dastlab ma’rifiy she’rlar yozdi. «Ahvolimiz», «Millatimiz», «To’y» kabi she’rlari jadid matbuotida e’lon qilindi.
1915 yili u Behbudiyning «Padarkush» fojiasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» pesasini yozadi. So’ng o’zi «milliy ro’mon» deb atagan «Juvonboz» hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham, avvalo, ma’rifatparvarlik qarashlari mahsuli bo’lib, jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urfodatlarni keskin tanqid qilishga yo’naltirilgan.
1916 yilda yozilgan «Uloqda» hikoyasi A.Qodiriy ijodida badiiy izlanishlar rivojini ko’rsatadigan muhim hodisalardandir.
1917 yil fevral va oktyabr voqyealaridan keyin A.Qodiriy hayotida ham, ijodida ham o’zgarishlar ro’y berdi. U sho’ro idoralarida ishladi. «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida adabiy xodmm, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan bo’ldi. Moskvada V.Bryusov nomidagi jurnalistlar institutida tahsil oldi.
A.Qodiriy 1925—1926 yillarda «O’tgan kunlar» romanini e’lon qiladi. Bu to’laqonli realistik ilk o’zbek romani bo’lib, Qodiriyning jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi.
1928 yili yozuvchi «Mehrobdan chayon» romanini e’lon qildi. Bu roman ham adibga katta shuhrat keltirdi. Bundan tashqari, A.Qodiriy «Obid ketmon» qissasining, «Toshpo’lat tajang nima deydi?», «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» turkum satirik hikoyalarning, rus va Yearb adabiyotidan o’girilgan qator tarjimalarning ham muallifidir.
Abdulla Qodiriy 1937 yil oxirlarida hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda Bo’zsuv bo’yida qatl etilgan.
Yirik davlat va siyosat arbobi, shoir va olim, nosir va dramaturg, ma’rifatparvar Fitrat 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida dunyoga keldi. Dastlab eski maktabda o’qidi, keyin Mirarab madrasasida tahsilni davom ettirdi.
Asrimiz boshlarida vujudga kelgan «Tarbiyai atfol» jamiyati ko’magida 1909—1913 yillarda Istambulda tahsil oldi. Bu yerda qizg’in ijod qildi. Shuning samarasi o’laroq, 1911 yili «Sayha» («Faryod») nomli she’riy to’plamini chop ettiradi. Turkiyadan qaytgach, Buxoroda o’qtuvchilik qiladi. «Yosh buxoroliklar» harakatida faol ishtirok etadi, uning bosh mafkurachisi, g’oyaviy yo’lboshchilaridan biriga aylanadi.
1917 yil aprelidan 1918 yil martigacha Samarqandda chiqib turgan «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qiladi. 1918 yili Fitrat Toshkentga keladi.
U bu yerda asosan ilmiy, ijodiy, ma’rifiy ishlar bilan ko’proq band bo’ldi. U bir qator darsliklar tuzadi, «Chig’atoy gurungi» nomli ijtimoiyadabiy tashkilotda faol ishtirok etadi.
1921 yili Buxoroga taklif etiladi. U xalq xo’jaligining bir qator sohalarini yaxshilashda, ayniqsa, maorif sohasida sezilarli ishlarni amalga oshiradi. Uning tashabbusi bilan bir guruh iqtidorli yoshlar Istambul, Berlin, Moskva kabi shaharlarga o’qishga yuboriladi. Buxoro maktablari uchun o’quv qurollari, darslik va qo’llanmalar nashr etish yo’lga qo’yiladi.
Fitrat 1921—1922 yillarda bir qator yuqori lavozimlarda ishlab, o’zining davlat arbobi sifatidagi iste’dodini ko’rsata oldi.
U 1923—1924 yillarda Moskva va Leningradda yashads Sharq tillari institutida ishladi. Turk arab, fors tillari va adabiyotidan yoshlarga dars berdi. Leningrad dorilfununi professorligiga saylandi. «Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi asarlar yozib, chop ettirdi. Moskvadan qaytgach, respublikamizning ilmiy, madaniyma’rifiy hayotida faoliyat ko’rsatadi.
Fitrat tilshunos olim sifatida o’zbek tilining qoidalari to’grisida «Sarf», «Nahv» asarlarini yozdi.
Musiqashunos olim sifatida «Shashmaqom», «O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi», «Sharq musiqasi» kabi tadqiqotlar yaratdi. 30yillarda u ilmiytadqiqot muassasalarida, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va dorilfununda ishladi.
1937 yili «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, 1938 yili Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo’zsuv qirg’og’idagi qatlgohda otib tashlangan.
ABDULVO H ID BUR H ONOV — MUNZIM
Ma’rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonov 1875 yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta’limni eski maktabda oladi.
XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma’rifiy she’rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma’rifatparvarlik bilan pgutullanadi. XX asrning birinchi o’n yilligida Munzim yangi usuldagi yaaktab ochish uchun harakat qila boshlaydi. Buxorodagi dastchabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog’liq. U 1908 yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o’qitish uslubini o’rganadi va shu yili o’z hovlisida jadid maktabi, 1909 yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi.
Buxoroda 1909 yildan shakllangan jadidlar tashkiloti avval ma’rifatparvarlik ishlarini olib bordi. Munzim bu tashkilot ishiga faol qatnashib, shu yili bir qator hamfikrlari bilan «Tarbiyai atfol» jamiyatini tuzishda ishtirok etdi. Bu deamiyat buxorolik ma’rifatparvarlar va hur fikrli ziyolilar o’rtasida ilgor demokratik g’oyalarni targ’ib etib, xalqning siyosiy ongini uygotishda katta ahamiyat kasb etdi.
1917 yil fevral inqilobidan so’ng Buxoro jadidlari A.Burhonov boshliq eski jadidlarga, F.Xo’jayev va A.Fitrat boshliq yangi jadidlarga bo’linadi. Birinchi guruhning asosiy faoliyati ma’rifatparvarlik bo’lsa, ikkinchi guruh keng islohotlar tarafdori edi. Keyinchalik bu ikki guruhning birlashuvi natijasida «Yosh buxoroliklar» partiyasi tuzilib, Munzim unga rais etib saylanadi.
1918 yildan 1920 yilning sentyabrigacha Munzim Toshkentda yashaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, u avval Markaziy ijroiya qo’mitasi raisining o’rinbosari, keyinchalik Xalq maorifi noziri, Sog’liqni saqlash noziri lavozimlarida ishlaydi.
Xalq maorifi noziri lavozimida ishlagan Munzim 1922 yil iyunida milliy kadrlar, xususan, muhandislar tayyorlash maqsadida bir guruh buxorolik yoshlarni Germaniyaga yuborish to’grisidagi BXSR xukumati qarorining qabul qilinishiga katta hissa qo’shadi. Shu qarorga asosan, u mazkur ishni tashkil etish bo’yicha komissiya raisi etib tayinlangan edi. 1922 yilning yozida Munzimning shaxsan o’zi buxorolik 44 kishini Germaniyaga olib borib, Berlindagi o’quv yurtlariga joylashtiradi.
1920 yillarning o’rtalaridan boshlab Munzim o’zini tamoman ijodiy va publisistik faoliyatga baxshida etadi,
Abdulvohid Munzim 1934 yilda uzoq davom etmagan kasallikdan so’ng vafot etgan.
Abdulhamid Sulaymon o’gli Cho’lpon yangi o’zbek she’riyatining asoschilaridandir.
Cho’lpon 1897 yili Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Cho’lpon avval eski maktabda, so’ng madrasada o’qiydi. Andijondagi rustuzem maktabida ta’lim oladi. Sharq adabiyoti, arab, fors tillarini o’zlashtiradi, rus tili va adabiyotini o’rganadi. Cho’lpon 10-yillarning o’rtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan shug’ullana boshlaydi. U «Qalandar», «Andijonlik», «Cho’lpon» taxalluslari bilan matbuot nashrlarida maqola, she’r va turli xabarlar bilan chiqib turadi.
Uning «Do’xtir Muhammadyor», «Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar», «Adabiyot nadir?» kabi ilk hikoya va maqolalarida hamda o’nlab she’rlarida jadidchilik g’oyalarining oshkora ifodalanganini kuzatishimiz mumkin.
Shoirning qisqa umri davomida «Tong sirlari», «Uyg’onish», «Buloqlar» kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. Uning teatr sohasida qilgan ishlari ham alohida e’tiborga sazovor. Cho’lpon o’zbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlash bilan birga o’nga yaqin pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning «Yorqinoy», «O’rtoq Qarshiboyev», «Cho’rining isyoni», «Mushtumzo’r», «Zamona xotuni» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi.
Cho’lpon «Kecha va kunduz» nomli roman e’lon qilib, o’zbek romanchiligi rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Bu asarida xalqimizning asr boshlaridagi hayoti manzaralariny tasvirlar ekan, istibdod va jaholat millatning taraqqiyotini va hurligini bo’g’uvchi manfur hodisalar ekanmni badiiy aks ettiradi.
O’zbek adabiy tarjima maktabining rivojlanishida ham Cho’lponning beqiyos hissasi bor. U M.Gorkiyning «Ona» D.S.Pushkinning «Dubrovskiy», «Boris Godunov» hamda Shekspirning «Hamlet» tragediyasini va yana o’nlab xorijiy asarlarni o’zbek tiliga mohirlik bilan o’giradi.
Cho’lpon butun ongli hayoti davomida o’z Vatanining ozodligi, erki, kelajagi uchun qaygurdi va yonib she’rlar yozdi, turli janrlarda asarlar yaratdi. U 1928 yildan boshlab to umrining oxirigacha tazyiq ostida yashadi, chunki uning butun ijodida milliy g’oya qizil ip bo’lib o’tgan. U mustabid tuzum ostida ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir sharoitda ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Ana shu e’tiqodi va irodasi tufayli 1937 yil qatagon qurboni bo’ldi.
Cho’lpon 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi Bo’zsuv bo’yida qatl etilgan.
Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilsho’nos, lug’atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo’qonda tugilgan. U dastlab Qo’qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko’radi, arab va fors tillarini puxta egallaydi, o’zbek va forstojik mumtoz adabiyotini o’rganadi. Xar tomonlama bilim sohibi bo’lgan A.Zohiriy 1907 yildan boshlab rustuzem maktabida, shuningdek jadid maktabida o’zbek tili va adabiyotidan dars beradi. 1912—1919 yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist sifatida ham qizg’in ish olib boradi. 1917—1918 yillarda Turkiston Muxtoriyati xukumatining barpo etilishi A.Zohiriy faoliyatiga yangicha yo’nalish bag’ishlaydi. U «El bayrog’i» gazetasiga muharrirlik qilib, Muxtoriyat g’oyalarining keng xalq ommasi o’rtasida tarqalishiga munosib hissa qo’shadi.
A.Zohiriy faoliyatining 1917 yildan keyingi asosiy yo’nalishi ma’rifatparvarlik bilan bogliq. U Qo’qondagi birinchi dorilmualliminning tashkilotchisi va dastlabki zamonaviy maktablarning muallimi sifatida Fargona vodiysi uchun ko’plab o’qituvchilarni yetishtirib berdi. U asos solgan dorilmuallimin keyinchalik pedagogik texnikumga aylantirildi. 1930 yili esa shu texnikum bazasida Fargona davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
AZohiriy erkparvar g’oyalari uchun 1929 yil noyabrida hibsga olinib, o’n yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini tugatgach, alloma yana sevimli kasbi ma’rifatparvarlik bilan shurullanadi. Ammo 1937 yilda qatagon bo’roni avj olgach, u yana qamoqqa olinib, o’sha yilning 4 dekabrida otib tashlanadi.
A.Zohiriy qabrining qayerdaligi noma’lum.
Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bogbon oilasida tug’ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o’qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo’ladi.
Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko’rgan va o’zi orzu qilgan yangi o’qitish usullari Rossiyaning turli yasoylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.
Shakuriy do’stlari yordamida Qo’qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o’z qishlosh Rajabaminda 1901 yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, O’rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o’z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni shaxsiy mablaglari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning «Rahnamoi savod» («Savod chiqarish qo’llanmasi») deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.
Shakuriy, dastlab, qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o’zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o’qita boshlagan.
1921 yilda Samarqand shaxradagi 13maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o’qitishga katta g’ayrat bilan kirishdi, ko’p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi vazifalarida ishladi.
1925 yilda AShakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari xisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
Abduqodir Shakuriy 1943 yilda vafot etgan.
Davlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874 yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi.
Asli ismi Muhammad bo’lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlangich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus tillarini o’rganadi, she’rlar mashq qiladi. 1910—1918 yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon saroyida otasi o’rnida shayxulislom lavozimini ado etadi. 1917 yil Xivadagi inqilobiy voqyealarda ishtirok etib, parlament sifatida tashkil etilgan Majlis a’zoligiga saylanadi. 19181920 yillarda To’rtko’lda yashab, «Yosh xivaliklar» partiyasiga a’zo bo’lib kiradi. 1920 yili xalq vakillarining Butunxorazm I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Adliya noziri lavozimiga saylanadi. Keyinchalik u Xorazmdagi maktab, maorif ishlarida qatnashadi. 1924 yilda Xorazm ruhoniylarining 1qurultoyi chaqirilishi va o’tkazilishiga rahbarlik qildi.
B.Salimov islom g’oyalari asosida yangilikka intilishga, shariatda tenglikka erishishga, xon amaldorlarining huquqlari bilan o’sib kelayotgan savdogarlar va sanoatchilar, hunarmandlar va ziyolilar huquqlarini tenglashtirishga intildi. Dastlab u xonlikda mayda huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan taraqqiyotga erishiSh mumkin, deb hisoblagan.
Bobooxun Salimov 20yillar oxirida kommunistik totalitar tuzum tomonidan ziyolilarning ta’qib qilinishi satijasida davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Uning qarashlari, maqsad va g’oyalari bolshevistik siyosatga zid edi. Shuning uchun u 1929 yil 10 may kuni kechqurun sovet hokimiyati tomonidan sudsiz, so’roqsiz otib o’ldiriladi. Bobooxun Salimov qabrining qayerdaligi noma’lum.
ISXOQXON TO’RA IBRAT
Isxoqxon Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlogida tugilgan.
Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so’ngra onasining qo’lida oladi. Keyinroq Qo’qonga borib madrasaga o’qishga kiradi.
Isxoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani tugatib, To’raqo’rgonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.
Isxoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag’ishlasgan «Jome’ ulxutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o’z matbaasi «Matbaai Ishoqiya»da bosmadan chiqardi.
Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, ma’rifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiytarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poyetik ijodining maekmui bo’lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to’plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Fargona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uzzamon» ilmiy asarlarini yaratdi.
Ibratning so’nggi yillardagi hayoti ancha taxlikali o’tdi. 1935 yildan e’tiboran u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937 yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi.
Isxoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’lum.
Jadidchilik harakatining dargasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqandda ruhoniy oilasida tugildi.
Togasi Muhammad Siddiq yordamida xatsavod chiqaradi. Eski maktabmadrasada o’qiydi. Arab tilini o’rganadi. Qozixonalarda mirzalik qozilik vazifalarida ishlaydi. 1893-1900 yillarda Makkaga haj safariga boradi.
1903-1904 yillarda Moskva, Peterburg, keyinroq Qozon UFa shaharlariga boradi. 1914 yilda Arabiston, Misr, kabi bir qator mamlakatlarda bo’ladi.
U o’z davrining yirik islomshunoslaridan biri, muftilik rutbasiga erishgan zot edi. Behbudiy shu bilan birga xamisha bid’atga qarshi kurash olib bordi va o’z asarlarida piyani to’g’ri tushunishga va targ’ib etishga da’vat etdi.
Vaqtli matbuot sahifalarida zamonasining dolzarb mavzulariga bag’ishlangan ijtimoiysiyosiy, tarixiyadabiy maqolalari bilan faol ishtirok etadi. Uning 10yillar Turkiston matbuotida 300 dan ortiq maqolalari e’lon qilingani ma’lum. Ushbu maqolalarning markazida maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik g’oyalarining targ’iboti turadi.
1913 yilda u Samarqandda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini tashkil etadi. Har ikkala nashrning asosini ma’rifatmadaniyat, millat va ozodlik g’oyalari tashkil qiladi. U 1911 yili «Padarkush» dramasini yaratdi.
Behbudiy yangi usuldagi maktablarning ilk targibotchi va asoschilaridan biri, shuningdek ana shu maktablar uchun darsliklar ham yaratgan yirik ma’rifatparvardir.
Behbudiy 1917 yilgi fevral va oktyabr voqyealaridan keyin Turkistonning mustaqil, ozod bo’lishi uchun tinmay kurashdi va shu yo’lda o’z jonini fido qildi. U Turkistonning milliy davlat qurilishi masalasini o’rtaga tashladi. O’z xalqi taraqqiyotini nafaqat ma’rifatda, balki uning siyosiy maqomining keskin o’zgarishida, o’z mustaqilligini qo’lga kiritishida deb bildi. Uning «Haq olinur, berilmas!» degan so’zlari jadidlarning shioriga aylandi. U Turkiston Muxtoriyatini olqishladi. Uning hukumatiga a’zo sifatida saylandi. Turkiston Muxtoriyati qonga botirilgandan so’ng u siyosatdan bosh tortdi va Samarqandda maorif bo’limi mudiri bo’lib ishladi. Lekin mustaqillik umidlaridan voz kechmadi.
Sovetlar hukumatining qirg’inlari, adolatsizliklari avjiga kelganda, bu holni jahonga ma’lum qilish uchun yo’lga otlangan Behbudiy Buxoro amiri tomonidan hibsga olinib, 1919 yilning bahorida Qarshi shahrida qatl etiladi.
M.Behbudiy qabrining qayerdaligi noma’lum.
MUNAVVAR QORI ABDURAShIDXONOV
Adib, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o’gli 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tugildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o’qidi, so’ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vaXifasini bajaradi.
Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901 yilda o’z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907 yilda «Adibi avval», «Adibi soniy» darsliklarini yaratadi. «Tajvid alQur’on», «Yer yuzi» singari qo’llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she’riy va nasriy hikoyalar yozadi.
U 1909 yili Toshkentda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tuzadi va «Turon» nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906 yilda dastlabki o’zbek matbuoti namunalaridan biri «Xurshid» gazetasini nashr etdi. Keyinchalik «Najot», «Kengash» gazetalarida bosh muharrir, «Sadoi Turkiston»da esa bo’lim muharriri bo’lib xizmat qiladi.
Munavvar qori 1917 yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish g’oyasini ilgari surdi. U Qo’qonda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatini qo’llabquvvatladi.
Sho’ro davrida u o’zining ochiq ma’rifiy ishlarini bz yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918 yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. Uning sa’yharakati bilan 1918 yil 2 yayunda dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918 yilda «Turk o’chogi» ilmiyma’rifiy jamiyatini tashkil qiladi.
Munavvar qori 20yillarda o’zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o’z oldiga qo’ygan «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol» yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.
20-yillarning o’rtalarida milliy ziyolilarni ta’qib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatagon ham Munavvar qori Abdurasshdxon o’yelini istiqlol g’oyalaridan qaytara olmadi.
U 1929 yilda qamoqqa olinadi va 1931 yilda otib o’ldiriladi. Uning xoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir.
Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va taraqqiyot yo’lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri. Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tugilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rustuzem maktabida o’qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug’ullanadi. 1913 yildan jadidchilik harakatiga qo’shilib, 1917 yilda «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchilaridan biri bo’ladi.
U partiya markaziy qo’mitasining a’zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga Qarshi bo’lib, islohotlarni tadrijiy yo’l bilan o’tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917 yil Buxorodagi jadidlar tomonidan uyushtirilgan namoyishga qarshi bo’lgan. Amir bilan jadidlar o’rtasidagi muzokarada qatnashgan. Muso Saidjonov o’zbek xalqi o’zgacha milliy taraqqiyot yo’lidan borishiga ishongan. Uning siyosiy qarashlari kommunistik mafkuraga zid bo’lgan, shuning uchun ham u 1920 yilda Yosh buxoroliklarning kommunistik yo’nalishdagi guruhiga kirmagan. Keyinchalik u siyosatdan uzoqlashib, maorif sohasida faoliyat ko’rsatgan.
Muso Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bo’lgan va O’zbekistondagi tarix fani bo’yicha yirik olim va birinchi professorlardan edi. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak madaniyatli, pokiza axloqli inson sifatida bilishgan.
U 1935 yilda o’zbek olimlaridan birinchi bo’lib sharqshunoslarning III kongressida qatnashadi. Uning ilmiy asarlari tarixning eng muhim davri o’rta asrlar arxitektura yodgorliklari va nodir qo’lyozmalarini tadqiq etishga bagishlangan.
O’zbek milliy ziyolilarining ko’zga ko’ringan vakili sifatida totalitar tuzumning jadidchilik tarixini buzib ko’rsatganiga qarshi chiqqani, o’zbek davlatchiligi tarixiga xolisona yondashgani uchun u 1937 yilda qatagon qilingan.
Muso Saidjonov qabrining qayerdaligi noma’lum
Ma’rifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif So’fizoda o’zbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir. Muhammadsharif Egamberdi o’g’li 1869 yil 29 yanvarda Chustda tugaldi, uning otasi pichoqchi — hunarmand edi. U mahallasidagi qo’shnisi Manzura otinda savod chiqardi. 1893—1898 yillarda u Qo’qonda yashadi va madrasada ta’lim oldi. Qo’qon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhiy, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Bo’lajak shoir dastlabki she’rlariga Muqimiy tavsiyasi bilan «Vahshiy» taxallusini qo’lladi.
So’fizoda 1893 yilda ona shahri Chustda boyonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi she’rlari uchun «badasl», «beadab», «dahriy» deb ayblanadi va o’limga hukm qilinadi. Shoir o’z vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda istiqomat qilishga majbur bo’ldi.
So’fizoda 1900—1913 yillarda O’rta Osiyoning turli shaharlarida, Tiflis, Boku, Arabiston, Hindiston, Turkiyada bo’ldi. U qayerda yashamasin, Toshkent, Kavkaz, Qrim, Orenburg, Turkiyada chop etiladigan gazetalar bilan aloqasini uzmadi. Uning maqolalari, she’rlari «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalarida muntazam chiqib turdi.
1913 yilda So’fizoda chet el safaridan Chustga qaytib keladi va usuli jadid maktabi ochadi. Kamarsada qishlogida yetim bolalar uchun «Dorulaytom» («Yetimlar uyi») va kattalar uchun kechki maktab tashkil qiladi. Bu maktablarda u ona tili, handasa kabi fanlarni o’qitdi.
1914 yilda So’fizoda Turkiston miqyosida hukm surayotgan ijtimoiysiyosiy, ma’naviy tanazzulni fosh etuvchi «Chustilar bizlar» she’rini e’lon qiladi. She’r boshidan oxirigacha «usuli qadim»chilarga mutaassiblarga nisbatan achchiq kinoya, asar qahramonlarining o’zini o’zi fosh etishi uslubida yozilgan edi.
Bu to’qnashuvdan keyin So’fizoda o’z vatani Chustdan quvtan qilindi. U To’raqo’rg’on yaqinidagi Shahand qishlog’ida usuli jadid maktabi ochdi. So’fizodaning bu ishida To’raqo’rgon Qozisi, ma’rifatparvar, shoir, pedagog Ishoqxon to’ra Ibrat yaqindan yordam berdi.
So’fizoda sho’rolar hukumati davrida ham xalqiga chin DIldan xizmat qilaverdi va adabiyijodiy, pedagogik faoliyat bilan shug’ullandi. 1937 yilda shoir «xalq dushmani» Deb e’lon qilinib, qamoqqa olindi.
M.So’fizoda qabrining qayerdaligi noma’lum.
Davlat, jamoat va siyosat arbobi, Turkistonning yirik sarmoyadorlaridan biri. Obidjon Abdulxoliq o’g’li Mahmudov Farg’ona taraqqiyparvarlarining peshqadam vakilidir. U Peterburg universitetini tamomlagan, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan birinchi togkon muhandisi edi.
Uning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1914 yili Qo’qonda bosmaxona tashkil qilinadi va Fargona jadidlarining «Sadoi Fargona» gazetasi nashr etila boshlaydi. Mazkur bosmaxonada «Sadoi Fargona» bilan birga rus tilida «Ferganskoye exo» gazetasi ham nashr etiladi. «Sadoi Farg’ona» gazetasi nafaqat Turkistonda, balki Rossiya musulmonlari orasida ham mashhur bo’lgan.
Obidjon Mahmudov jadid matbuotida dolzarb maqolalari bilan qatnashib, ma’rifat, ozodlik hurlik toyalaryni targ’ib etishga, xalqning ongini, saviyasini ko’tarishga iytildi.
O.Mahmudov Turkistonning mustaqil respublika bo’lyshi tarafdori va bunga yetishish uchun faol harakat qilgay jadidlardan biri edi.
1917 yilda Turkiston Muxtoriyati hukumati tashkil etiLgach, O.Mahmudov Oziqovqat noziri vazifasiga saylanadi. Oradan ko’p o’tmay, 1918 yil fevral oyida Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan zo’rlik bilan ag’dariladi. Shundan so’ng jadidlarning bir qismi o’z g’oya va maqsadlar. Ya’ni sovet hokimiyati idoralariga joylashgan holda amalga oshirmoqchi bo’ladilar. O.Mahmudov ham shu kezlarda sovet davlati idoralarida xizmat qilib, millatparvarlik taraqqiyparvarlik faoliyatini davom ettirdi.
Atoqli ma’rifatparvar Obidjon Mahmudov 1936 yilning 21 noyabrida vafot etgan.
POLVONNIYoZ XOJI YuSUPOV
O’zbek xalqining taraqqiyparvar siymolaridan, Xiva jadidlari va «Yosh xivaliklar» partiyasining rahbarlaridan biri Polvonniyoz hoji Yusupov 1863 yili Xiva shahrida savdogar oilasida tug’ilgan. 1871 yilga qadar otaonasining, ular vafotidan keyin esa amakisi Yusufboyning qo’lida tarbiyalangan. 13 yoshida eski maktabda o’qib, savod chiqargan. Maktabni bitkizgach, savdo ishlari bilan shugullangan.
Polvonniyoz 1877 yilda amakisi bilan Moskvada bo’ladi. Keyinchalik 1885 yilda jadid maktabini tugatadi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi bilgan. 1904 yilda Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida bo’ladi. Polvonniyoz 1917 yil 4 aprelda Xiva xoniga taqdim etilgan davlat boshqaruvida islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestning tuzuvchilaridan biri edi. Xiva xonining jadidlarga qarshi siyosati natijasida u 1918-1920 yillarda Toshkentga o’tib ketadi va u yerda muhojirlikda bo’lib, «Yosh xivaliklar» partiyasini tashkil qiladi va unga rais etib saylanadi. Xiva xonligi tugatilgach, 1920 yil 30 aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar kengashi raisi lavozimiga tayinlanadi. 1926 yil 10 yanvardan Xorazm viloyat Ijroiya qo’mitasi Raisining xo’jalik bo’yicha o’rinbosari bo’lib ishlaydi. Keyinchalik Ichanqal’a muzeyida xizmat qiladi.
Polvonniyoz Yusupov 1936 yilda vafot etgan.
SAIDAHMADXO’JA SIDDIQIY — AJZIY
Milliy uyg’onish davrining yirik vakillaridan biri, shoir.
Saidahmad Siddiqiy Ajziy 1864 yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Xdlvoyi qishlogida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo’lida voyaga yetdi. Yangasi qo’lida savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan o’rganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini o’zlashtiradi.
1880-yillardan o’zi ham an’anaviy usuldagi she’rlar mashq qila boshladi. Biroq zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida e’tirof etilishiga uning ma’rifatchilik faoliyati va ijodi sababdir.
1901yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida bo’lib, islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddadagi Rusiya elchixonasida tilmochlik qiladi. So’ng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga o’tadi. Nihoyat, Samarqandga qaytib, 1903 yil Halvoyi qishlogida yangi maktab ochadi.
Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. O’zi ochgan maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi.
Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi.
Vatan, ilmma’rifatga bagishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi. 1914 yili o’z tashabbusi bilan «Zarafshon» nomli kutubxona ochdi.
1910-yillarda shoir «Ayn uladab» («Adab ko’zi») va «Ganzkinai hikmat» («Hikmatlar xazinasi») nomli o’zbek va tok tillaridagi ikki she’riy to’plamini hamda «Mir’oti ibrat» («Ibrat oynasi»), «Anjumani arvoh» («Ruhlar yig’isi») nomli dostonlarini yaratdi.
Siddiqiy 1917 yili «Ittifoq» tashkiloti tomonidan shahar dumasiga vakil qilib saylandi. Samarqand musulmon sho’rosining rais muovini, viloyat adliya noziri bo’lib ishlaydi. sekin u 1921 yildan barcha rasmiy ishlardan voz kechib, qishloshda, o’zi ochgan maktabda muallimlikni davom ettiradi.
1926 yili qattiq kasallanib, 1927 yilning iyul oyida Samarqandda vafot etgan.
Atoqli ma’rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884 yili Turkiston shahrida tavallud topgan.
Yoshligidan o’ta ziyrak tadbirkor va mehnatkash bo’lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do’konini ochishdan boshlagan. Ko’p o’tmay, u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914 yilda paxta zavodini Qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.
S.Mirjalilov 1917 yil siyosiy faoliyatga o’tadi. Fevral inqilobidan so’ng u Toshkentda tashkil etilgan «Sho’roi isLomiya» tashkilotining faol a’zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bagishladi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat a’zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari ta’qib ostiga olingach, S.Mirjalilov xorijga ketishga majbur bo’ldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda ro’y berayotgan xunrezliklarga chek qo’yish yo’llarini axtardi, so’ng Turkiya va Tiflisda bir muddat yashadi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921 yili vataniga qaytdi. U «Turkiston» savdosanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga «Ko’mak» jamiyati orqali iste’dodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga o’qishga yuborish, «Nashri maorif» jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga o’z ulushini qo’shdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozrd bo’lmagan S.Mirjalilov 1925 yil 12 dekabr kuni hibsga fshnib, Solovesk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini o’taganidan keyin 1932 yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937 yil 21 iyul kuni takror hibsga olinib, o’sha yilning 25 oktyabrida otib tashlandi.
Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi noma’lum.
TO’LAGAN XO’JAMYoROV — TAVALLO
To’lagan Xo’jamyorov Tavallo XX asr boshlari Toshkent adabiy muhitining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan edi U 1882 yili Toshkentning Ko’kcha dahasida ziyoli oilada tug’ildi. Avval eski maktabda, so’ng Beklarbegi madrasasida tahsil oldi. Beklarbegi madrasasi bu davrlarda Toshkent adabiy hayotining markazlaridan biri edi. Tavallo shu yerda Karimbek Kamiy, Miskin, Xislat, Yusuf Saryomiy kabi zamonasining atoqli shoirlari bilan tanishadi. Ayniqsa, Yusuf Saryomiy bilan yaqin aloqaga kirishib, uni o’zining piri, ustozi sifatida e’tirof etadi. «Tavallo» deb taxallus olishi ham mazkur ustoz da’vati bilan bo’ladi.
Tavallo o’zi yashab turgan voqyelik mohiyatini, Turkistonning chor istibdodi ostida xuquqsiz, zabun bir qismatga mahkum ekanligini anglagan pallada, ya’ni 1905 yillardan boshlab jadidchilik harakatlariga qo’shiladi. Bu harakatning barcha muhim jabhalarida ishtirok etadi. Xususan, milliy matbuotimizning ilk namunalari hisoblangan «Taraqqiy», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargona» gazetalarida uning she’r va maqolalari muntazam chiqib turadi. 1914 yil avgustida toshkentlik taraqqiyparvar yoshlar tomonidan tashkil etilgan «Nashriyot» shirkati muassislari qatorida To’lagan Xo’jamyorov nomi ham uchraydi. 1913 yilning o’rtalarida Toshkentda birinchi milliy teatr truppasi faoliyat boshlaydi. 1914 yilning 27 fevralida «Kolizey» teatr binosida namoyish etilgan «Padarkush» spektakli shu truppaning ilk milliy teatr tomoshasi edi. Tavallo bu harakatning ham tashkilotchilari va jonkuyarlari qatorida ko’rinadi. Ana shu voqyeaga bag’ishlab maxsus she’rlar yozadi.
1916 yili Tavallo o’zining matbuotda e’lon qilingan va bosilmagan she’rlarini to’plab, «Ravnaq ulislom» nomi bilan chop ettiradi. To’plamda yetmishga yaqin she’r jamlangan bo’lib, ularning deyarli barchasi ma’rifatparvarlmk ruhi bilan yo’grilgan.
Tavallo 1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng turli idoralarda ishladi. «Mushtum» jurnalida hajviy she’rlar bilan faol ishtirok etdi.
Shoir 1937 yili ko’plab safdosh hammaslaklari qatori haqsizlik qurboni bo’ldi. Hibsga olinib, qamoqda vafot etdi.
Tavallo qabrining qayerdaligi noma’lum.
Jadidchilik harakatinirg yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’ja o’g’li 1880 yili Toshkent shahrida tug’ilgan. Rustuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug’ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. Ubaydulla Xo’jayev dastlabki o’zbek advokatlaridan biri edi. O’qishni tugatgach, u Toshkent okrug sudida advokat bo’lib xizmat qiladi. O’z atrofiga yoshlarni to’plab, «Umid» yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot «Taraqqiyparvar» deb nomlanib, jadidlarning asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi.
Ubaydulla Xo’jayev 1914 yilda mahalliy sarmoyadorlarning ko’magiga tayangan holda «Sadoi Turkiston» gazetasini o’z muharrirligi ostida chop etadi. U ushbu gazeta sahifalarida milliy o’zlikni anglashga da’vat etuvchi, mahalliy xalqning siyosiy ongini oshirishga xizmat qiluvchi ko’plab maqolalar e’lon qiladi. Gazeta yopib qo’yilgach, Ubaydulla Xo’jayev Andijonga keladi va rus tilida «Turkestanskiy golos» gazetasini nashr etadi.
1917 yil fevral inqilobidan keyin u Turkistondagi mustaqillik va taraqqiyot uchun milliy harakatning faol rahnomalaridan biriga aylanadi. Toshkent «Sho’roi islomiya» tashkilotiga rais, Butunrossiya musulmon sho’rosiga esa a’zo etib saylanadi. U 1917 yilda bo’lib o’tgan barcha Turkiston va Butunrossiya musulmonlari syezdlarida ishtirok etadi. Ko’qonda bo’lib o’tgan favqulodda o’lka musulmonlarining syezdi uni
Turkiston Muxtoriyatining Xarbiy noziri etib saylaydi. Turkiston Muxtoriyati tormor etilgach, Ubaydulla Xo’javev Orenburgga boradi va Boshqirdiston Muxtoriyati hukumatini tuzishda faol ishtirok etadi.
1920—1938 yillarda sovet hokimiyatiga zid bo’lgan siyosiy qarashlari uchun uni bir necha bor tazyiq ostiga oladilar 1938 yilda barcha taraqqiyparvar o’zbek ziyolilari qatori u ham qatatonga uchraydi va otib tashlanadi.
U.Xo’jayev qabrining qayerdaligi noma’lum.
Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, «Yosh buxoroliklar» partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo’jayev 1896 yili Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida turilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o’qigan. 1907—1912 yillarda F.Xo’jayev Moskvada shaxsiy o’qituvchilardan ta’lim olgan. 1913 yildan jadidlar safida faoliyat ko’rsatgan va xalq orasida ma’rifat tarqatish bilan shutullangan. 1917 yildan u «Yosh buxoroliklar» partiyasi tashkilotchilaridan biridir. Buxoro jadidlari so’l qanotining inqilobiy ruhdagi a’zolaridan bo’lib, 1920 yilda amirni taxtdan ag’darishga harakat qiladi.
1920 yilda Turkistonda muhojirlikda bo’lib, «Yosh buxoroliklar» partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xo’jayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida bo’lib, xalqning milliy an’analari va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qo’ygan edi.
Milliy istiqlol g’oyasi — millii o’zlikni tarbiyalash, qadrlash, saqlab qolish omili milliy istiqlol g’oyasi mustahkam hayotiy zaminga, xalqimizning chuqur tarixiy ildizlariga tayanadi. “Kim edik?” degas savolga javobni tinimsiz izlashga da’vat etib, milliy o’zligimizni teran idrok etishga yordam beradi.
Inson “bir parcha go’sht” bo’lib dunyoga keladi va u dastlab tabiiy instinktlar bilan yashaydi. Sekinasta o’zi yashaydigan oila muhiti keyinroq mahalla, ta’lim olgan bilim dargohi, jamiyat ta’sirida inson dunyoqarashi shakllanadi shaxsga aylanib boradi. Jamiyatdan tashqarida esa, u hayvonot dunyosining boshqa vakillaridan unchalik farq ham qilmaydigan, o’zligini anglashga qodir bo’lmagan oddiy jonzodligicha qoladi. Jamiyatdan tashqarida o’zining insoniy sifatlarini yoaqlab qolgan Robinzon Kruzo yoki Maugli kabi adabiy qahramonlar faqat hayolot mahsulidir.
Mashhur ingliz yozuvchisi Daniel Defoni Robinzon obrazini yaratishga turtki bergan real shaxs — Aleksandr Selkirk tarixi bunga yorqin misol bo’la oladi. O’zi bilan ziddiyatga borgan bu matrosni kema kapitani kimsasiz orolga tushirib qoldiradi. U atigi 4 yildan sal ko’proq vaqtni yolg’izlikda o’tkazadi. Ammo shu qisqa vaqt ichidayoq u odamdek so’zlashni, muomala qilishni unutadi, bir so’z bilan aytganda, butkul insoniy qiyofasini yo’qotadi.
Demak kishining Inson martabasiga erishmog’i, o’zligini tanishida ma’naviyijtimoiy muhit va jamiyatda orttirgan tajribasi, bilimlari, tarbiyasi muhimdir. Inson tafakkuriga oila, jamiyatdagi tarixiy shartsharoit, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy holatlar o’z ta’sirini ko’rsatar ekan, uning o’zligini milliy o’zligini anglashda ta’limtarbiyaning ahamiyati benihoya katta. “Fa’atgina chinakam ma’rifatli odam inson kadrini, milliy kadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustakil davlatimizning jaxon xamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin” 1 .
Shuning uchun ham, milliy g’oya voqyelikka aylanishi, taraqqiyotga xizmat qilishi uchun milliyma’naviy tiklanish zamirida fuqarolarimiz ongutafakkurini o’stirish zarur. Milliy o’zlik tuyg’usini, uni qadrlashni tarbiyalash lozim. Abdulla Avloniyning aytgan “tarbiya bizlar uchun yo xayot yo mamot, yo najot — yo falokat masalasidur”, — degan so’zlari bugungi kunda yangi mazmun kasb etib, o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Avloniy yana deydi:
Xudoning raxkatu fayzi x&ma insonga yaksardur, Va lekin tarbiyat birla yetushmak shart akbardur. Tugub tashlov ila bo’lmas bola bo’lgay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul raxnamo sizga. Temurchining bolasi tarbiyat topsa, bo’lur olim, Buzulsa xulsi, Lukmon o’gli bo’lsa, bo’lgusi zolim. “Yomonlarga ko’shildi Nuzrshng o’gli, bo’ldi beimon, Yurudi Kaxf iti xo’blar ila bo’ldi oti inson”.
“Ma’naviyat bilan quvvatlanmagan bilim yovvoyi odam qo’lidagi cho’qmorga aylanadi’ : , degan edi bir alloma. Kishilik tarixida o’z bilimi, iste’dodini nopok ishlarga, buzgunchilikka sarf etib, o’z yaqinlari, xalqi, butun insoniyat boshiga kulfat yog’dirgan kimsalar oz bo’lgan deysizmi? Yozuvchimiz O’lmas Umarbekov shu ma’noda “Odam bo’lish qiyin” degan qissasini yozadi va unda jamiyatimizdaga ma’naviy qashshoqlik jarayoni ko’rsatilgan. Shu jihatdan jadid ziyolilaridan biri Muhammad Sa’id “Oyina” jurnalidagi maqolasida (1914 yil 31son) komil inson tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, Ibn Ma’sudning gaplarini keltiradiki, jadidlarning bu boradagi fikrlari bugungi kunda ham o’z dolzarbligani yo’qotmaganini ko’ramiz: “Xar kishining iymoni ilmi kadar, xar kishining ilmi sa’yi kadar, x.ar kishining sa’yi nomusi Kadar, xar kishining nomusi yeijdoni kadar va xar kishining vijdoni xam aning adab va tarbiyasi kadardir!” 2 .
“Jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy axlokiy kadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand kilmagan jamiyat piroyeard — okibatda tanazzulga yuz tutadi”. Prezident I.Karimovning hikmatga aylangan bu so’zlari bashariyat tarixs xususan, xalqimizning ming yillik ma’naviy axloqiy yuksalish tarixi borasidagi chuqur bilimlar e’tirofi natijasidir. Shuning uchun ham yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq IX sessiyasida (29 avgust 1997 yil) so’zlagan nutqlarida ta’limtarbiya sohasidagi islohotlar mazmunini shunday belgilab bergan edi: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kgrak” 1 .
Ayni shunday ta’lim va tarbiya ko’rgan shaxslargina “kim edik?”, “kim bo’ldik?”, “kim bo’lmoqchimiz?” degan savollarga tinimsiz javob izlaydi. Shunda kishilarimiz milliy madaniyatimiz sarchashmalariga avaylab y^unosabatda bo’lishni o’rganadi, jahon madaniyatini chuqurroQ bilishga, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yashashga intiladi. An’anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uygunlikda ko’ra biladi. Shundagina xalqimiz milliy o’zligini kundankunga teran anglab, ma’naviy yuksalishga erishadi, kelajakka ravshan ko’z bilan qaraydi. Ana shunda milliy g’oya ijtimoiy hayot sohalariga tadbiq etilib, moddiylashadi va taraqqiyot omili bo’lib xizmat qiladi.
Milliy g’oya darslik pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Milliy g‘oya va ma’naviyat
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
“Mundarija
O‘zlikni anglash: milliy g‘oya va ma’naviyat 3
“Ma’naviyat asoslari” fani, uning predmeti, ijtimoiy-gumanitar
fanlar tizimidagi o‘rni 20
“Ma’naviyat” tushunchasi: mohiyati, tuzilmasi, ijtimoiy vazifalari 33
Ma’naviyatning vujudga kelishi
82
O‘zbek xalqi ma’naviyati rivojlanishining tarixiy bosqichlari va xususiyatlari 97
Islom tamaddunining vujudga kelishi va uning
ravnaqida ajdodlarimiz hissasi 135
Amir Temur va temuriylar davrida ma’naviy-madaniy uyg‘onish 150
An’anaviy jamiyatning uzil-
kesil qaror topishi va ma’naviy turg‘unlik 166
Ma’naviyat va demokratik huquqiy davlat 184
Ma’naviyat va iqtisodiyot 195
Ma’naviy
yuksalish: mustaqillikdan erkinlik sari 229″
Milliy g’oya darslik pdf
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
–>
–>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » Milliy G’oya |
–>Bo’limdagi referatlar soni : 128 –>Ko’rsatildi : 1-30 |
–>Sahifalar : 1 2 3 4 5 » |
–>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам