Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, 9 sinf, Musurmonova O, Qarshiboyev M, Qo‘chqorov M, 2015
9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’
MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA MA’NAVIYAT ASOSLARI 8-sinf
Последняя версия
22 нояб. 2018 г.
Разработчик
Google Play ID
Количество установок
App APKs
Milliy istiqlol goyasi 8-sinf APK
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’ APP
RAHMON QO‘CHQOROV, SANOBAR NISHONOVA,
OYNISA MUSURMONOVA, MURTAZO QARSHIBOYEV
MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA
MA’NAVIYAT ASOSLARI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinflari uchun darslik
To‘ldirilgan va qayta ishlangan 7-nashri
Toshkent «Ma’naviyat» 2015
Muharrir B. Umarov
Rassom S. Soin
Texn. muharrir S. Shuhrat
Musahhihlar O. Pardayev, Sh. Hakimova
Kompyuterda tayyorlovchi Sh. Sohibov
Litsenziya AI ¹189, 2011-yil 10-mayda berilgan.
Bosishga 11.05.2015-yilda ruxsat etildi. Bichimi 60½901/16. Òayms garniturasi.
Ofset bosma usulida bosildi. Shartli bosma tabog‘i 8,0. Nashr tabog‘i 7,64.
Adadi 366182 nusxa. Buyurtma ¹15-314.
«Ma’naviyat» nashriyoti. Toshkent, Taraqqiyot 2-berkko‘cha, 2-uy.
Shartnoma ¹ 47–15.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy
uyida chop etildi. 100129. Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 2015.
Популярные запросы
LD Player – #1 Android Emulator
Лучший Эмулятор Андроида для ПК
Приложения · Hot
Oasis VPN ( Fast VPN) smart code · Инструменты
InstaPro Sam Mods · Социальные
自由浏览 Greatfire · Связь
YouTube Vanced Team Vanced · Видеоплееры и редакторы
DarkTunnel – SSH DNSTT V2Ray DarkTunnel · Инструменты
Популярные
MangaLib Malo Boucé · Книги и справочники
Cool Reader Vadim Lopatin · Книги и справочники
Когда намаз Kogdanamaz · Книги и справочники
Brawl Stars Wiki Fernas Techno · Книги и справочники
Русско Узбекский Переводчик GK Apps · Книги и справочники
Читы на стандофф 2 на голду Tim_Dev · Книги и справочники
Super PDF Drive Reallyloaded Inc. · Книги и справочники
MangaHub HippoAD · Книги и справочники
Генератор гемов для бравл старс Banza-Dating · Книги и справочники
JW Library Jehovah’s Witnesses · Книги и справочники
APKCombo Installer
Порядок установки XAPK, APKS, OBB?
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, 9 sinf, Musurmonova O., Qarshiboyev M., Qo‘chqorov M., 2015
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, 9 sinf, Musurmonova O., Qarshiboyev M., Qo‘chqorov M., 2015.
Учебник по обществознанию для 9 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinflari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Unda milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslarini tashkil etadigan asosiy bilim va tushunchalar zamonaviy metodik usullar va talablar asosida yoritib berilgan.
MILLIY G‘OYA VA TARAQQIYOT.
Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g‘oyasi, avvalo, uning taraqqiyotiga, shu yo‘lda butun jamiyat a’zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida safarbar etishga xizmat qiladi. Bizning milliy g‘oyamizda yurtimizda huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta’minlash, uning turmush farovonligini, Vatanimizning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini oshirish bosh maqsadlardan hisoblanadi.
Ana shu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yåtuk bo‘lishi, ular qaysi millat yoki elatga mansub bo‘lmasin, barchamiz uchun yagona bo‘lgan ona O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashishi, hamkor-u hamnafas bo‘lib yashashi lozim. Bunday intilish hamda qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongiga singdirish uchun milliy g‘oyamiz tarkibidagi komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikånglik kabi tamoyillar ham alohida o‘rin tutadi. Bu, o‘z navbatida, milliy g‘oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratli kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kångligidan dalolat båradi.
MUNDARIJA.
I bob. Mustaqillik va milliy g‘oya.
Eng ulug‘ maqsad.
Milliy g‘oya va taraqqiyot.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Mafkuraviy poligon.
Nazorat ishi.
II bob. Milliy g‘oya va barkamol avlod.
G‘oyaviy bo‘shliq.
Mafkuraviy immunitåt.
Ona tili – millat ruhi.
Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi.
Taraqqiyotning o‘zbåk modåli va uning ahamiyati.
Nazorat ishi.
Amaliy mashg‘ulot. Bugungi islohotlar haqida suhbat.
III bob. Ma’naviyatning mustahkam tayanchlari.
Ma’naviyat qo‘rg‘oni.
Milliy qadriyatlar maskani.
Nazorat ishi.
Ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi.
Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimizga tahdid.
IV bob. Eng buyuk jasorat.
Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi.
Amaliy mashg‘ulot. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi.
Halol måhnat – ma’naviy yuksalish garovi.
Ma’naviy jasorat.
Nazorat ishi.
Umumlashtiruvchi dars.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, 9 sinf, Musurmonova O., Qarshiboyev M., Qo‘chqorov M., 2015 – fileskachat, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
MILLIY ISTIQLOL G’OYASI – UzMU 2
Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIO‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZIO‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATIMILLIY ISTIQLOL G‘OYASIO‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchuno‘quv qo‘llanma«O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyotiToshkent — 2010
- Page 2 and 3: «Milliy istiqlol g‘oyasi» fani
- Page 4 and 5: Prezident Islom Karimov «Yuksak ma
- Page 6 and 7: kirishish, fikrlar xilma-xilligini
- Page 8 and 9: o‘lsa, aytish mumkinki, bugungi z
- Page 10 and 11: kimligimizni, qanday buyuk ajdodlar
- Page 12 and 13: g‘oyasining asosiy mavzusidir. Ze
- Page 14 and 15: farqini ifoda etgan ushbu fikrdan k
- Page 16 and 17: qonuniyatlarini o‘rganish, kashf
- Page 18 and 19: va mentalitetiga asoslangan, ayni v
- Page 20 and 21: orasidagi ahamiyatini ta’kidlab a
- Page 22 and 23: Hinduizm hindistonliklarning ko‘p
- Page 24 and 25: iri bilan munosabatidan iborat uzlu
- Page 26 and 27: turli shakllarda paydo bo‘lmoqda.
- Page 28 and 29: Jamiyat rivoji va bunyodkor g‘oya
- Page 30 and 31: tuyuladigan turli axborotlar, filml
- Page 32 and 33: Hozirgi davrdagi mafkuraviyjarayonl
- Page 34 and 35: odam o‘zini yomon ishlardan tiyad
- Page 36 and 37: ning manfaatlari tizimi, u yoki bu
- Page 38 and 39: XX asrning oxirida dunyoda jahonshu
- Page 40 and 41: terrorchilar 1999-yilning 16-fevral
- Page 42 and 43: inqiloblar» kabi modellar ham shun
- Page 44 and 45: Jamiyat hayotini demokratlashtirish
- Page 46 and 47: xodimlargacha teran anglab, o‘z f
- Page 48 and 49: Bu esa qonunlarni puxta-pishiq tayy
- Page 50 and 51: – ko‘pmulkchilik rag‘batlantiri
- Page 52 and 53: ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni
- Page 54 and 55: Karimov tomonidan ifodalangan «Oll
- Page 56 and 57: Mustaqil ishlash va referat uchun m
- Page 58 and 59: chiqishda taraqqiy topgan mamlakatl
- Page 60 and 61: O‘zbek modelining mazkur tamoyili
- Page 62 and 63: Iqtisodiy vaintellektual salohiyati
- Page 64 and 65: yoki keskin fikr va choralarni yoql
- Page 66 and 67: dunyo musulmon xalifaligiga bo‘ys
- Page 68 and 69: MILLIY ISTIQLOLG‘OYASI:asosiy tus
- Page 70 and 71: g‘urur va iftixor tuyg‘usini hi
- Page 72 and 73: Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash
- Page 74 and 75: vatanparvarlik, el-yurt uchun fidoy
- Page 76 and 77: quyidagilarni yozadi: «Ma’lumki,
- Page 78 and 79: elgilab beradigan yo‘nalishlarga
- Page 80 and 81: Buni yodda tuting: Istiqlol g‘oya
- Page 82 and 83: ta’minlash va ijtimoiy adolat mez
- Page 84 and 85: 84MILLIY ISTIQLOL MAFKURASINING MAQ
- Page 86 and 87: Milliy istiqlol mafkurasining vazif
- Page 88 and 89: Milliy istiqlol g‘oyasining oliy
- Page 90 and 91: ijtimoiy hamkorlik g‘oyasining mo
- Page 92 and 93: qurishga xizmat qiladi. U o‘tmish
- Page 94 and 95: yo‘lboshchisi To‘maris o‘z qa
- Page 96 and 97: intilib kelgan. Tinchlikni saqlash
- Page 98 and 99: Biz ko‘pincha, yurt tinchligini h
- Page 100 and 101: Bozor qonuniyatlari mahsulot sifati
- Page 102 and 103: malakasini, avvalo, jamiyat farovon
- Page 104 and 105: O‘zbekiston istiqlolga erishgach,
- Page 106 and 107: ko‘rib chiqdi. Yurtimizning ko‘
- Page 108 and 109: etib kelgan. Milliy qadriyatlarning
- Page 110 and 111: Savol va topshiriqlarHamkorlik dega
- Page 112 and 113: Yurtimizda mustaqillik davrida yosh
- Page 114 and 115: ilm qanchalik zarur ekani to‘g‘
- Page 116 and 117: 116KOMIL INSON – MILLIY ISTIQLOLG
- Page 118 and 119: Ko‘rinib turganidek, Forobiy uchu
- Page 120 and 121: kishisining komillik xususiyatlari
- Page 122 and 123: o‘ziga yaqin bo‘lgan psixologiy
- Page 124 and 125: hayot kechirishini maqsad qilib olg
- Page 126 and 127: 1. Mustaqillik.2. Milliylik.3. Tara
- Page 128 and 129: 1-guruh taqdimoti: (Prezentatsiya)
- Page 130 and 131: 6-o‘quvchi: Xullas, inson va jami
- Page 132 and 133: 2. G‘oya va mafkurasiz odam, jami
- Page 134 and 135: Javob: Umuman ekstremizm bu tajovuz
- Page 136 and 137: 2. Narkobiznes, jinoyatchilik, terr
- Page 138 and 139: Markaziy Osiyodagi atrof-muhitning
- Page 140 and 141: Mustaqillik kafolatlari quyidagilar
- Page 142 and 143: TARAQQIYOTNING O‘ZBEK MODELIReja:
- Page 144 and 145: – millati, tili va dinidan qat’i
- Page 146 and 147: yot va zararli g‘oyalarning respu
- Page 148 and 149: O‘quvchilar 4 guruhda ishtirok et
- Page 150 and 151: 2-guruh o‘quvchilari 4-guruh o‘
- Page 152 and 153: 3-guruhning javobi:• Xalqimiz hay
- Page 154 and 155: Savol: Hurmatli o‘quvchilar, ona
- Page 156 and 157: Reja:1. Milliy istiqlol mafkurasini
- Page 158 and 159: QonunchilikAdolatTenglikErkinliktuy
- Page 160 and 161: keltirib, yangi mavzu va uning reja
- Page 162 and 163: hunar kollejlarida tahsil olish dav
- Page 164 and 165: tarqatilgan yozma savollarda mavjud
- Page 166 and 167: – «Aqliy hujum». Doskaga bo‘sh
- Page 168 and 169: og‘zaki ijodida nihoyatda boy va
- Page 170 and 171: moddiy dunyo esa ikkilamchidir. U Y
- Page 172 and 173: va jamiyatimiz manfaatlariga mos ya
- Page 174 and 175: 2. O‘zbekiston Respublikasi Konst
- Page 176 and 177: ichki yaratuvchanlik mohiyati, jami
- Page 178 and 179: faylasuflar merosiga tayanadi. U Va
- Page 180 and 181: 13. Ijtimoiy hamkorlik. Jamiyatning
- Page 182 and 183: siyosatining o‘ziga xos yo‘nali
- Page 184 and 185: tomonidan siyosiy, mafkuraviy va iq
- Page 186 and 187: anglash har qanday yot mafkuraga qa
- Page 188 and 189: vujudga kelgan musulmon davlatlarin
- Page 190 and 191: MUNDARIJA:«Milliy istiqlol g‘oya
- Page 192: 66.3(5O‘)M50 Milliy istiqlol g‘
Milliy istiqlol g’oyasi 10 sinf pdf
“Ekran suxandoni” zaif ko’radigan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bolib, sahifalardagi matnni ovozli o’qittirish imkonini beradi. Funksiya ishlashi uchun matnni belgilash kifoya.
Ishonch telefonlari
0-800-200-41-07 –> 11-99 Barcha raqamlar
- Asosiy
- Axborot xizmati
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”
- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
- ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab birinchi-to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin:
ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash.
3. Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilsin;
barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilansin;
mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirilsin;
mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilsin;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin;
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo‘lga qo‘yilsin;
fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida ko‘p yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so‘m ajratilsin;
141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilsin va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha choralarni ko‘rib borsin.
5. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022-yil yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo‘llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta’minlasin.
6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar:
2022-yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish;
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2022-yilda yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu ko‘rsatkichdan oshmasligi ta’minlab borilsin.
Bunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Markaziy bank (M. Nurmuratov) bilan birgalikda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni doimiy ravishda ko‘rib borsin;
b) 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 15 foizgacha tushirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026-yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20 foizga qisqartirish choralari ko‘rilsin.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida quyidagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) 2022-yil 1-martga qadar — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish dasturlari;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B. Abdinazarov), Energetika vazirligi (A. Sultanov) 2022-yil 1-iyunga qadar — sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash dasturi hamda elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha qaror.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani uchun maxsus soliq stavkalarini o‘rnatish tajribasi asosida sharoiti “og‘ir” bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etilsin hamda takrorlanuvchi va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan majburiy talablar qayta ko‘rib chiqilib, yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov) va Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yagona reyestrga kiritish hamda ushbu reyestrni 2025-yilga qadar to‘liq ishga tushirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
10. 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari quyidagilarni inobatga olgan holda soddalashtirilsin:
ayrim faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo‘lgan shartlarni bekor qilish;
faoliyat yo‘nalishidagi ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassisni tanlash huquqini berish orqali shtatida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan xodimlarga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish;
muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, shu jumladan avtotransport vositalaridan foydalangan holda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish;
xizmat ko‘rsatish mamlakat hududidan tashqarisida amalga oshirilishi sababli xorijdan kelgan buyurtmalar bo‘yicha milliy standart va talablarni bekor qilish;
“bog‘lovchi-operator” sifatida masofaviy xizmatni ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga doir maxsus shartlarni belgilash orqali ayrim litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish bo‘yicha talablarni bekor qilish.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar talablarining mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilsin:
2022-yilda — 14 ta, shu jumladan sertifikatlashtirish xizmatlari;
2023 — 2025-yillarda — 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarda tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlari.
12. Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi o‘rnatilsin:
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;
har chorak yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlariga, Bosh vazirning o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari esa Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan respublikaning hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini tasdiqlasin.
13. Davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasiga ko‘ra ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, e’lon qilib borilsin;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratilsin;
har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to‘rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.
14. Davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko‘rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinishini ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinsin;
keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 1-oktabrga qadar davlat xizmatlari tizimini xalqqa yanada yaqinlashtirish, navbatlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va xususiy sektorga o‘tkazish choralarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etilsin;
qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlansin;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yo‘lga qo‘yilsin.
16. Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinsin.
Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish bo‘yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, yo‘l infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlashga hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali yo‘naltiriladigan mablag‘lardan aynan mazkur yo‘nalishda samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilsin.
18. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) hamda uning ishchi guruhi tarkiblari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya va ishchi guruh zimmasiga Taraqqiyot strategiyasiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish, shuningdek, uni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
19. Belgilab qo‘yilsinki:
Taraqqiyot strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi;
Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
20. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta’sischilarining “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqot va “aql” markazi sifatida qayta tashkil etish hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin:
tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan tizimli muammolarni, jumladan byurokratik to‘siqlar, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar, ishlamayotgan huquqiy mexanizmlar, eskirib ketgan qoidalarni umumlashtirish;
ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va Taraqqiyot strategiyasida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tegishli davlat organlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib borish;
tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mavzuli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, shuningdek islohotlarni amalga oshirish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish uchun “ilmiy maydon” yaratish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
21. “Yuksalish” umummilliy harakati va “Vatandoshlar” fondining Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonlariga milliy va xalqaro hamjamiyatni keng jalb qilib borishga qaratilgan quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvchi Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhini tashkil etish;
hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib borish;
fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish.
22. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan tahliliy va axborot materiallarini Internet jahon axborot tarmog‘ida va ommaviy axborot vositalarida aks ettirib borish choralarini ko‘rsin.
23. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirsin.
Bunda, chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha aholining fikrlari, taklif va e’tirozlarini qabul qilgan holda ilgari surilgan tashabbuslar tizimlashtirilib, har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borilsin.
24. Vazirlar Mahkamasi:
muntazam ravishda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin;
har chorakda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijro etish holatini har tomonlama muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rib borsin;
Taraqqiyot strategiyasini keyingi yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini o‘z vaqtida tayyorlab borilishini ta’minlasin.
25. Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko‘rsatib borsin;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin;
monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
26. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga
1-ILOVA
2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI
I. INSON QADRINI YUKSALTIRISh VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISh ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISh
1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.
Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.
Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.
Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish.
Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.
Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.
Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.
Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.
Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.
Mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish.
3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.
Joylardagi masalalarni hal etishda mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, shu jumladan hokimlarni saylash tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy ijro organlarining shtat birligi va tuzilmalarini belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich kengaytirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.
Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, hududlarning 40 dan ortiq, jumladan transport, infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarini ishga tushirish.
4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.
Vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, ularni bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaldagi davlat boshqaruvi tizimini qayta ko‘rib chiqish.
Davlat boshqaruvi organlarining shtat birliklarini oshirishga cheklov o‘rnatishning tartibini hamda kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.
Vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat — xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish.
5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.
Vazirlik va idoralar rahbarlariga tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, qabul qilinayotgan qarorlarning ular tomonidan samarali ijro etilishini ta’minlash.
Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.
Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish.
6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.
Xususiy sektorga o‘tkaziladigan ayrim davlat funksiyalari sonini 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini tashkil etish.
7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.
Oliy Majlis palatalarining davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning ichki va tashqi siyosatga oid muhim vazifalarni hal etishdagi vakolatlarini kengaytirish.
Barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun ta’sirchan choralar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, qabul qilingan qonunlarning amaliyotda so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.
Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish.
Davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo‘yish va natijaga qarab ularga so‘rov yuborish amaliyotini joriy qilish.
Oliy Majlis palatalarida hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu jumladan masofaviy ishlash amaliyotini keng joriy qilish, hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlari muhokamasida tegishli hududdan saylangan deputat va senatorlarning ishtirokini kuchaytirish.
“Elektron parlament” doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish jarayonini raqamlashtirish.
Qonunchilik palatasi boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, parlament saylovlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish.
8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash.
Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.
Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga va raqamli faoliyatga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.
Sohalarda “tartibga solish yuki”ni kamaytirish doirasida qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari doirasini qisqartirish, shuningdek ushbu hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish.
9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.
Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.
Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.
Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.
“Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish.
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish.
10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish.
Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tizimi bo‘yicha “Milliy reyting” tizimini joriy etish.
Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Mahalliy hokimlik organlari, vazirlik va idoralarga rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Davlat xizmatiga kirish, zaxirani shakllantirish, baholash va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.
Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish.
11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.
Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish.
Davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqparvar davlat” milliy dasturi izchil amalga oshirilishini ta’minlash.
Jamoatchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etib, uning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash jarayoniga faol jalb etish.
12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish.
Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish.
Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish.
Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish.
Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini yetti barobarga oshirish.
II. MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR ShARTIGA AYLANTIRISh
13-maqsad: Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash.
Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash.
Xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, shu jumladan davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish.
14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash.
Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Fuqarolarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan harakatlanish erkinligini cheklash bilan bog‘liq choralarni qo‘llashda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish.
Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish.
Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda maxsus qonun qabul qilish.
Yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash.
15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish.
“Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.
Sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish.
Sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish.
Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish.
Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.
Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish.
Sud tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlarini olib borish.
16-maqsad: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.
Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga tekshirish uchun olib borish amaliyotidan voz kechish.
Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash.
17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish.
Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish.
Qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish hamda “Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish.
Tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish.
18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning muqobil, shu jumladan suddan tashqari usullaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish.
Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud hujjatlaridan tashqari) xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish.
19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish.
Advokatura institutini to‘laqonli o‘z o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.
Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish.
Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash.
20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi “Legal Tech” platformasini ishga tushirish.
III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISh VA YUQORI O‘SISh SUR’ATLARINI TA’MINLASh
21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.
Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.
22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash.
Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.
Mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun asos yaratish.
Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish.
Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish. Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish.
Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,8 baravarga ko‘paytirish.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.
Yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish.
Sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish.
23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.
Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish.
Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.
Uglevodorod xomashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta’minlash.
Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish.
25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga a
Islom Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasi asoschisi
Biz ushbu maqolani O‘zbekiston Respublikasiga, uning mustaqil davlat bo‘lishiga hamda bu davlatning barqaror rivojlanishiga, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashiga beqiyos hissa qo‘shgan davlat arbobi, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual tamoyillarini ishlab chiqishda tutgan o‘rnini xotirlash maqsadida yozdik.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunis-tik partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma’naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga mos kelmaydigan mafkura edi. Chunki u, milliylikdan begonalashgan, milliy mansublikka qarshi – innatsional, har qanday diniy e’tiqodga qashi – ateistik mafkura edi. Shu sababli undan voz kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab, deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham unitayozgandi.
Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, mustaqillik arafasida (oshikoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrlarida turli ekstremistik oqimlar, diniy aqidaparastlar, diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni, ularning fikru-zikrini o‘zlarining millatni deformatsiyalovchi g‘oyalariga xizmat qildirish maqsadida buzg‘unchi kuchlar safiga qo‘shib olishga shay turishardi.
Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni ta’minlashga qarshi qaratilgan katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan, turli din va diniy konfessiyalarga e’tiqod qiladigan aholi yashaydigan bizning yurtimizda millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an’analaridan ham birmuncha begonalashib qolgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e’tiqod erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayram-larga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi bevosita shu masalaga qaratilgan).
Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermasdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini davom ettira boshlashdi, ammo, an’anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata olmaydigan ba’zi yoshlar va hatto ayrim soddadil kattalar ham dinni bir yoqlama tushuna boshladi. Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Ayniqsa, arab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan fundamentalistik kuchlar vahobiylik g‘oyalarini, Turkiyadan diniy ma’rifatparvarlik shiori ostida nurchilarning siyosiy hokimiyatni egallashga chaqiruvchi g‘oyalari, dinni siyosiylashtirib talqin etuvchi xizbut-tahrirchilar harakati hamda ular bilan til biriktirgan mahalliy oppozitsion guruhlarning faoliyati ham kuchaya boshladi. Bunday vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual asoslarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyatga aylangandi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi.
Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.
I.Karimov milliy mafkuraning konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida e’tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiya-si qabul qilingan kunning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj-lanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik“. Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida, ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda muhokama qilingan.
Unutilmas uchrashuv arafasi
1999 yilning 16 fevralida bir guruh yoshlar oppozitsion kuchlarning soxta chaqriqlariga uchib, Toshkent shahrining bir qancha nuqtalarida bir vaqtda dinamitlar portlatish yo‘li bilan O‘zbekiston Prezidenti hayotiga suiqasd qilishga urinib ko‘rishdi. Oqibatda voqea sodir bo‘lgan joylarda bo‘lgan ko‘plab begunoh fuqarolar qurbon bo‘ldi, binolar vayron bo‘ldi, ayrim yo‘lovchilar nogiron bo‘lib qolishdi. Lekin, yovuz maqsadni rejalashtirgan oppozitsionerlar maqsadiga erisha olmadi va butun xalqimizga o‘zlarining jirkanch basharasini oshikora ko‘rsatib qo‘yishdi. Ularning asosiy maqsadi konstitutsion tuzimni ag‘darib, hokimiyatni egallash edi. Mazkur ig‘vogarlikni amalga oshirganlar orasida hali o‘zligini anglab yetmagan yoshlarimiz ham bor edi. Ular hali kimga va nima uchun xizmat qilayotganligini ham anglab yetishmagan edi. Bu xodisa zudlik bilan yoshlar orasida mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligini, bu ish kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi mazkur xodisadan keyin 1999 yil fevral oyining oxirida bir guruh olimlar qarshisiga 1 hafta ichida milliy istiqlol g‘oyasi haqida o‘z fikrlarini referativ tarzida yozib kelish vazifasini qo‘yadi. Olimlar bu vazifa bo‘yicha, har kim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, referativ ishlar tayyorlashdi. Ana shu jarayonda mazkur maqola muallifi ham maxsus maqola yozdi, bu maqola keyinchalik “Milliy tiklanish” gazetasining ikki sonida bosilib chiqdi.
Prezident devoniga.
1999 yil mart oyining boshlarida mening bevosita rahbarlarim, zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, birinchi prezident I.A.Karimov huzuriga uchrashuvga borishim lozimligi haqida topshiriq berishdi.
Men uchun bu uchrashuv kutilmagan xodisa edi. Belgilangan vaqtda devonga yetib bordim va nomimga yozilgan ruxsatnomani olib, ikkinchi qavatda joylashgan tegishli bo‘limga kirdim. Bo‘lim boshlig‘i davlat rahbari bilan qanday tartibda suhbatlashish lozimligi haqida menga batafsil tushuntirish bergach, har ehtimolga qarshi daftarcha va ruchka berib, rahbarning har bir gapini yozib olishim lozimligini jiddiy uqtirdi. (Shunisi afsuslanarliki, men O‘zbekiston Respublikasining harbiy Bosh qo‘mondoni huzuriga kirganimda, harbiy kiteldan ruchka va daftarchani olish noqulay bo‘lganligi sababli bu yozuv ashyolaridan foydalana olmadim. Bosh qo‘mondonning gaplarini esa xotirada saqlashga qaror qildim).
Devondagi tartib-qoidalarga binoan bo‘lim rahbari bilan oltinchi qavatda joylashgan O‘zbekiston Prezidenti kabinetiga chiqdik, 2-qavatdan 6-qavatga chiqish lifti oldida va liftdan chiqib 6-qavatga o‘tish joyida soqchilar tekshiruvidan o‘tib Prezident qabulxonasiga o‘tdik. Qabulxonada qabulxona mas’ul xodimi va 2 kishi navbat kutib turishgan ekan. Ular yangi lavozimga tayinlanish uchun chaqirilgandi. Meni esa Milliy istiqlol g‘oyasining konseptual tushuncha va tamoyillarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining raisi o‘rinbosari sifatida chaqirishgan ekan (Mazkur uchrashuvdan ilgari faylasuflar milliy jamiyatini adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazib, tegishli guvohnomani olgan edik. Mazkur jamiyatning asosiy missiyasi ham “Milliy istiqlol g‘oyasining konseptual tamoyillarini ishlab chiqish” edi. Professor Inomjon Rahimov jamiyat raisi, men esa uning o‘rinbosari edim).
Uchrashuv: yagona g‘oya atrofida birlashaylik
Qabulxonada kutib turgan 2 kishi tez-tez kirib chiqishdi. Menga navbat kelganida qabulxona mas’ul xodimi yana bir bor, prezident huzurida o‘zimni qanday tutishim lozimligini uqtirdi va ichkariga kirib o‘zingizni tanishtiring dedi. Men o‘rgatilganday, ichkariga kirib, o‘zimni rasman tanishtirdim.
Prezident: Keling, Baxtiyor. Bu joyga o‘tiring, xotirjam gaplashaylik, – deb ko‘rishish uchun menga qo‘llarini uzatdi.
Men biroz hayajonlanib, shoshinqirab davlat rahbarining qo‘llarini siqdim. Salomlashgach, ko‘rsatilgan joyga o‘tirib, prezidentning chehrasiga nazar tashladim. Prezident vazmin va xotirjam holatda bir oz jilmayib mening holatimni kuzatib turardi. Uning qiyofasidan qandaydir ko‘rinmas sirli kuch, g‘ayrat ufurib turardi. Bunday kuch, boshqacha nom bilan ataganda xarizma ayrim yirik davlat arboblarida, olimlar va sarkardalarda bo‘ladi.
Mening hayolimni “Qani, Bosh Qo‘mondon – O‘zbekiston Prezidenti menga qanday savollar berar ekan?”, “Bergan savollariga men beradigan javoblar ularni qoniqtirarmikin?” – degan fikrlar band qilgan edi.
I.A.Karimov, ishlayotgan joyim va bajarayotgan vazifalarimdan kelib chiqib, mendan so‘radi:
– Baxtiyor, qani, aytingchi, insonni ruhan boshqarish mumkin-mi?
– Albatta mumkin. Lekin, insonlar ham har xil bo‘ladi. Ularning ayrimlarini boshqarish oson, ayrimlarini esa boshqarish juda qiyin. Bu ularning irodasiga, o‘zligini qay darajada anglaganligiga bog‘liq. – dedim.
– To‘g‘ri aytasiz, lekin insonni boshqaruvchi shunday bir mexanizm borki, uning vositasida har qanday insonni maqsad sari yetaklash mumkin.
– Siz manfaatni, manfaatdorlikni nazarda tutayapsiz, shundaymi?
– To‘g‘ri, ammo manfaat, qiziqish men aytgan mexanizmning bir turi xolos. E’tiqod-chi, e’tiqodli insonni o‘z e’tiqodining obro‘yi uchun har yo‘lga yo‘naltirish mumkin. Milliy shaa’n, oriyat-chi, vatanparvarlik-chi? Bularning barchasi ongli boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Inson ongiga, uning ong ostiga ta’sir etuvchi vositalar ham mavjud. Avstriyalik olim Zigmund Freyd ongsizlik nazariyasini yaratishda ana shu vositalarni nazarda tutgan. Endi nazariyadan amaliyotga o‘taylik.
Mana, O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ham 7 yildan oshdi. Endi mustaqilmiz. Biz yashayotgan joyga allohning nazari tushgan. Bog‘laridan, polizlaridan shirin-shakar mevalar, sabzavotlar unib chiqadi, zaminimiz osti esa qimmatbaho qazilma boyliklarga boydir. Xalqimiz-chi, sabrli, qanoatli, e’tiqodli, insof va diyonatli, buning ustiga tadbirkor va mehnatkash. Xo‘sh nega shunday janatmakon yurtda yashab, uning manfaatlari uchun bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizning gullab-yashnashi uchun kuyib-yonmaymiz. Yoki, chetdan biror kishi kelib bizga o‘rgatishini, bizning ustimizdan hukmronlik qilishini kutayapmizmi? Menimcha, biz o‘z yurtimizga tom ma’noda o‘zimiz egalik qilish vaqti keldi. Agar yurtimizga bugun o‘zimiz egalik qilmasak, ertaga unga egalik qilishni xoxlaydiganlar istagancha topiladi. Agar yurtimizga o‘zgalar egalik qilsa, biz ularning qo‘lida qul bo‘lib ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Demak, bizning oldimizda ikkita alternativ yo‘l turibdi: ularning biri, yagona milliy g‘oya atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan o‘z yurtimizga egalik qilish va uni gullatib-yashnatish, yoki ikkinchi yo‘l, yagona g‘oyadan voz kechib, kimningdir kelib bizni boshqarishiga, bizning ustimizdan hukmronlik qilishiga yo‘l berish va umrbod ularning izmida yurib, “bersang yeymiz, ursang o‘lamiz” qabilida yashab, qullik iskanjasiga tushish. Shunday emasmi?
– To‘g‘ri. Lekin, afsuski shunday vatandoshlarimiz ham borki, ular o‘z yurtining manfaatlarini, sariq chaqaga bo‘lsa ham, sotishga tayyor. Undaylar o‘zining manfaatlari uchun ota-onasini, oilasini, mahallasini, qolaversa Vatanini ham sotib yuboraveradi.
– Ha, endi guruch kurmaksiz bo‘lmas, “har to‘kisning bir aybi bo‘ladi”, deydi xalqimiz. Besh qo‘l baravar emas, ko‘p millionli aholi ichida yaxshisi ham yomoni ham uchraydi, lekin asl milliy mentalitetimiz zamirida, tajovvuzkorlik, xiyonatkorlik yo‘q. Jinoyatkorlik, sotqinlik ma’naviyati deformatsiyalangan kishilar orasida uchraydi. Ularda milliy sha’n va oriyat bo‘lmaydi. Ular millatdoshim deb atashga arzimaydigan odamlar.– dedi I.Karimov.
Faylasuflar milliy jamiyati missiyasi
– Biz yaqinda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatini adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazdik va bu jamiyatning missiyasi sifatida Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning konseptual tamoyillarini ishlab chiqish vazifasini belgiladik. – dedim.
– Yaxshi, sizlar tuzgan bu jamiyat nodavlat va notijorat tashkiloti hisoblanadi. – dedi Islom Karimov, – U xalqning, jamiyatning manfaatlarini ifodalaydi. Bizda birorta mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Chunki Konstitutsiyamizning 12 moddasida bizda “ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi,” – deb yozib qo‘yilgan. Demak, bizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga rioya qilib ish olib boramiz. Bundan Milliy mafkurani, xalq mafkurasini yaratish vazifasi kelib chiqadi. Sizlar tashkil qilgan nodavlat-notijorat tashkiloti – O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati milliy mafkuraning fundamental asoslarini ishlab chiqishi lozimligi o‘z-o‘zidan kelib chiqadi.
Sizning jamiyatingiz a’zolari kimlar? – deb so‘radi Prezident.
– O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati a’zolarimi? – dedim.
– Ha, men bu haqda shularni aytmoqchi edimki, – dedi Prezident, – faylasuflar milliy jamiyatiga O‘zbekistonni Ona-Vatan sifatida jondan ortiq sevuvchi – vatanparvar, sog‘lom fikr yurituvchi har bir ziyoli, olim, o‘qituvchi va boshqalar a’zo bo‘lishi mumkin. Kasbidan, millatidan, ijtimoiy ahvolidan, ixtisosligidan qat’iy nazar, u faylasufmi, tarixchimi, yuristmi, iqtisodchimi, jurnalistmi, psixologmi, fizikmi, matematikmi, eng muhimi vatanparvar insonlar bo‘lsin bu jamiyat a’zolari.
Ayrimlar o‘ylashi mumkin, faylasuflar jamiyati faylasuflardan tashkil topishi lozim-ku, deb. Aslida, to‘g‘ri fikr yurituvchi, fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan har bir inson faylasufdir. To‘g‘rimi?
– Jamiyatning asosiy missiyasi milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning konseptual tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi lozim. Shuningdek, milliy g‘oya milliy falsafadan ozuqa oladi, demak, jamiyatning oldida o‘zbek milliy falsafasining fundamental prinsiplarini ham ishlab chiqishdek mas’uliyatli vazifa ham turibdi.
– Hozirgi zamonda falsafa umuminsoniy mazmun kashf etgan-ku. – dedim bu fikrga e’tiroz bildirish maqsadida.
– Yo‘q, men falsafaning milliyligini tan olmaslik fikrini bu fanga xato yondashuv deb o‘ylayman. Millat bor ekan, uning o‘z fikrlash tarzi, o‘z falsafasi bo‘ladi. Falsafa bu fikrlash tarzi, fikrlash madaniyatidir. Har bir millatning o‘ziga xos va o‘ziga mos fikrlash madaniyati bo‘ladi. Falsafa – milliydir. Nega biz nemis falsafasi, fransuz falsafasi, yapon falsafasi, xitoy yoki hind falsafasi, yunon falsafasi yoki amerika falsafasi deymiz? Bu – o‘sha joyda yashovchi millatlar falsafasi emas-mi? Nima, o‘zbeklar millat emasmi, ular fikrlamaydimi? O‘zbek falsafasi yo‘qmi? Kommunistik partiya mafkurasi barcha milliy falsafalarni inkor etib, kommunistik mafkuraning nazariy qismi sifatida marksistik falsafani eng ulug‘vor va yetuk falsafa deb e’lon qildi. Marksizm har qanday milliylikning g‘oyaviy dushmani edi. – dedi, Prezident o‘ziga xos ehtiros bilan.
O‘zbek milliy falsafasi mohiyati
– Endi o‘zbek falsafasining mohiyati to‘g‘risida fikr yuritaylik. – deb davom etdi I.A.Karimov vazminlik bilan, – O‘zbeklar qadimdan yakkalikdan umumiylikni, individuallikdan jamoaviylikni afzal bilishgan, shu sababli xalqimiz “yakka otning donggi chiqmas, donggi chiqsa ham changgi chiqmas” deydi. O‘zbek jamoaviylikni afzal bilganligi uchun qo‘ni-qo‘shnisini, mahalla ahlini qadrlaydi, jamoasi bilan birgalikda hasharlar uyushtirib, muhtoj qo‘shnilarini qo‘llab-quvvatlaydi, to‘ylarni va marakalarni jamoatchilik kuchi bilan amalga oshirishadi. Jamoa, jamoatchilik to‘ylarda quvonchingizga, musibatda qayg‘ungizga sherik bo‘ladi.
O‘zbek milliy va umuminsoniy ezgu qadriyatlarni e’zozlaydi. Oila qadriyatini olaylik. Aytingchi, o‘zbek milliy oilasidan ham mustahkam oila bormi dunyoda. O‘zbek oilani, ota-onasini, bola-chakasini, aka-ukasini, opa-singlisini, qarindosh-urug‘ini qadrlaydi. Zarur bo‘lganda ularga tayanadi, ulardan ko‘mak oladi, yoki ularga dalda berib qo‘llab-quvvatlaydi. Oila sha’nini, mahalla sha’nini, millat sha’nini ko‘z qorachig‘iday asraydi. Bu qadriyatlarga dog‘ tushirgan ko‘rnamaklardan esa nafratlanadi. Farzand tarbiyasini ham o‘zbek jamoaviy muqaddas burch deb biladi. Shu tufayli u “bir farzandga yetti mahalla ota-onadir” degan maqolga amal qiladi. Oilaning mustahkamligi o‘zbekning nikohni qadrlashi va farzandlari kelajagiga umidi kuchliligidan. O‘zbek umuman porloq kelajakka umid qilib yashaydi. Er va xotin o‘rtasidagi munosabat otaga va onaga hurmat qadriyatini ardoqlashidan kelib chiqadi. Bularning barchasi oilaning mustahkamligi uchun garovdir.
O‘zbek mahalla bo‘lib yashashni afzal deb biladi. Mahallachilik, mahalla odobi, mahalla sinovi, mahalladagi obro‘ faqat o‘zbekka xos. Dunyoning hech bir nuqtasida o‘zbekning mahallasiday oliyjanob tarbiya o‘chog‘i yo‘q. Mahalla jamoasi kimning xonadonida nima bo‘layotganligidan xabardor. Mahalla ahli to‘ylarni ham, marakalarni ham birgalikda, hamjihatlikda amalga oshirishadi. Bu jamoaviylikning tarbiyalanishiga, mustahkamlanishiga imkon beradi.
Milliy mafkuramiz milliy manfaatlarimizning umummillat miqyosidagi himoyachisi bo‘lishi lozim. Buni amalga oshirish uchun esa mahalla udumlari ildiziga tayanib ish yuritishga to‘g‘ri keladi. Ha, aytganday, o‘zbek milliy falsafasining kattalarga hurmat, kichiklarni izzat qilish tamoyili ham bor. Bu tamoyil zamirida keksalarda katta hayotiy tajriba borligini ta’kidlash, kichiklarni esa qo‘llab-quvvatlasak, kelajakda ular orasidan ulug‘ insonlar yetishib chiqishi mumkin, degan hikmat, ya’ni falsafa, mujassamdir.
O‘zbek falsafasida tiriklikning zamini bo‘lgan onani e’zozlash, onaning munis va mehribonligini ta’kidlash ezgu qadriyatlar hisoblanadi. Haqiqiy o‘zbek onaga hurmatsizlik bilan qaramaydi, chunki ota – onaning hurmatini, oiladagi muqaddas o‘rnini yaxshi bilganligi uchun ham onaning hurmatini joyiga qo‘yadi. Buni farzandlar ko‘rib turadi va mehribon onasiga nisbatan mehri yanada oshadi. Har bir ona farzandlari uchun o‘z jonini ham fido qilishga tayyordir. Bu tamoyil ham o‘zbek falsafiy tafakkurida markaziy o‘rin egallaydi. Onaga, umuman ayolga munosabat qadimgi yodgorliklarimiz “Avesto” asarida ham alohida qayd etilgan. Qur’oni Karimda esa, jannat onalarning oyog‘i ostidadir, deyilgan.
Ba’zi xalqlarda ayollar kamsitiladi, erkaklarga nisbatan ularga kam haq to‘lanadi, hatto ularning guvohligi ham inobatga olinmaydi. O‘zbek uchun ayol – ona, maslahatgo‘y, himoyachi, dono tadbirkor. Bizda ayollar erkaklardan yuqori qo‘yilsa – qo‘yiladi, aslo kamsitilmaydi. Qadimgi hikmatlarda To‘maris momodek, Roziya sultondek sarkardalar, Bibixonim va Barchinoydek sadoqatli ayollar haqida mehr bilan hikoya qilinadi. Xalqimizning azaliy udumlarida ayollarni himoyalash, ularning jismonan ojizaligi uchun og‘ir yumushlarida ularga yordamlashishga intilish qadrlangan. Oilasida erkak kishi bo‘lmagan xonadonga bostirib kirish odobsizlik hisoblangan. Shu sababli ayollar suv olish uchun bo‘sh idishlarini, o‘tin yorish uchun to‘nka va boltalarini hovlisidan tashqariga chiqarib qo‘yishar ekan. Ko‘chadan o‘tayotgan erkaklar, bu uyda ojizalar yashar ekan, deb ularga muruvvat ko‘rsatish maqsadida, idishlarini anhordan suvga to‘ldirib kelishgan, o‘tinlarini esa yorib berishgan. Bolta va idishlarini o‘g‘rilab ketishni katta gunoh, insongarchilikka zid ish deb bilishgan.
Xullas o‘zbek falsafasining xilma-xil qirralari borki, ularni faqat qalbida o‘zbeklik tuyg‘usi bo‘lgan olimgina tahlil qilishi mumkin. Mana, milliy mafkura zamirida tayanch bo‘lib ana shu o‘zbek falsafasi yotishi kerak deb o‘ylayman.
O‘zbek milliy falsafasining yana bir muhim tamoyili, kelajakning bugundan boshlanishini qat’iy his qilishdir. Xalqimiz o‘tgan ajdodlarimizni qadrlash bilan bir qatorda kelajakka intilib, kelajakdan umid qilib yashaydi. Chunki, o‘zbek bolajon, u o‘z farzandlari va nevaralarining kelajagini o‘ylab, ularga yaxshi zamin yaratish uchun bugun ter to‘kadi. Ya’ni bu joyda “kelajak bugunga ta’sir qiladi” degan qoida amal qiladi. Bu qoida yanglishmasam yangicha metodologiya qoidasi, shundaymi? – dedi Prezident menga yuzlanib.
– Ha, – dedim men, – bu yangicha metodologiya – sinergetikaning qoidasi.
Mana, Faylasuflar milliy jamiyati nimalar haqida bosh qotirishi lozim. Bu faylasuflar qarshisida turgan asosiy vazifalardan biridir. – dedi Islom Karimov, bu gaplarga alohida urg‘u berib, – E’tibor qiling sinergetika fani 20-asrning ikkinchi yarimida vujudga kelgan, lekin uning qoidalaridan ota-bobolarimiz qadimdan buyon amaliyotda foydalanishgan.
– Men iqtisodchiman, – deb o‘z so‘zini davom ettirdi I.Karimov, – shu sababli o‘zimning iqtisodiy bilimlarimdan kelib chiqib O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyotning beshta tamoyiliga asoslanib, o‘zbek modelini ishlab chiqdim. Bu modelning har bir tamoyili bizning yurtimizda mukammal ishlashiga kafolat beraman. Ammo men faylasuf emasman, Falsafaning ichki rivojlanish qonuniyatlari, kategorial apparati, asosiy tamoyillari men uchun birmuncha qorong‘i. Shu sababli, faylasuflar milliy jamiyati a’zolari ichida yaxshi faylasuflar ham bo‘lishi tabiiy hol, ular bir yoqadan bosh chiqarib o‘zbek milliy falsafasining konseptual asoslarini ishlab chiqsin. Kelajakda farzandlarimiz ko‘p fanlar qatorida o‘zbek falsafasi asoslarini ham o‘rganishsin.
– Mening nazarimda, sizning hozir bayon qilgan fikrlaringiz har qanday yetuk faylasufning fikrlaridan ziyod bo‘lsa ziyod, kam emas, – dedim men.
– Yo‘q, – dedi, Prezident, qat’iy ohangda, har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanishi lozim. Davlat rahbari davlatni to‘g‘ri boshqarish bilan, tikuvchi – tikuvchilik bilan, dehqon – dehqonchilik bilan, faylasuf esa – falsafani takomillashtirish bilan shug‘ullangani ma’qul.
Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari
– Milliy mafkura milliy g‘oyaga asoslanadi. – dedi Prezident, Milliy g‘oya esa millatni birlashtiruvchi ulug‘ bayroq bo‘lishi lozim. Shunday ulug‘vor g‘oyani ishlab chiqaylikki, xalqimiz bu g‘oya atrofida bir butun kuch bo‘lib birlashsin.
– To‘g‘ri aytasiz, masalan siz o‘rtaga tashlagan “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan g‘oya ham ana shunday ulug‘vor kuchga ega, shunday emasmi?- deb so‘radim Prezidentdan.
– Bu alohida masala. Bilasizmi, men nima uchun bu shiorni o‘rtaga tashlaganman? Men bu shiorni, O‘zbekistonning yer osti va yer usti boyliklari ko‘p, kelajakda shularni ishlatib u buyuk bo‘ladi, yoki o‘z hududini kengaytirib buyuk bo‘ladi, degan ma’noda aytmadim. Men bu fikrni yurtimizda, o‘tmishda, butun dunyoga aql-idrok o‘rgatgan, buyuk allomalar o‘tganligi uchun, ularning kashfiyotlari bugungi kunda ham dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotganligi uchun, ularning irsiyati, genlari buyuk bobolarimizning bugungi avlodlari bo‘lmish, farzandlarimiz qonida, nevaralarimiz qonida jo‘sh urayotganligi uchun, bu buyuk irsiyat buyuk insonlarni yetishtirishi, ulug‘ bobokalonlarimizning genlari bugungi farzandlarimiz timsolida yana uyg‘onishi mumkinligi uchun ham, kelajakda zamonamizning Xorazmiylari, Farg‘oniylari, Forobiylari, Beruniy va Ibn Sinolari, Imom Buxoriylari, Termiziylari, Zamaxshariylari, Nasafiylari yetishib chiqishiga imonim komil bo‘lganligidan aytdim. Ular albatta O‘zbekistonning dovrug‘ini jahonga yoyishadi. Shuning uchun ham “O‘zbekistonning kelajagi buyuk” dedim. Men bunga qat’iy ishonaman! O‘zbekistonning kelajagi haqiqatdan ham buyukdir!
O‘zbekiston mustamlakachilik yillarida uzoq yillik majburiy uyquda edi, ne-ne ulug‘ bobolarimiz, vatandoshlarimiz quvg‘in qilingan, qatag‘onga uchragan edi. Bu zulm va daxshat ta’siri ostida ularning farzandlari tiz cho‘ktirilgan, kamsitilgan, savodsizlikda, boqimandalikda ayblangan, yurtimiz dunyo taraqqiyotidan, sivilizatsiya taraqqiyotidan ataylab uzib qo‘yilgan edi.
Bugungi kunda allohga ming bor shukurki, mustaqillikka erishdik, qo‘l va oyoqlarimizdagi kishanlar parchalandi. Endi uyg‘onishimiz, dunyo ahliga o‘zbekning kimligini, uning bunyodkor aql-idroki nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishimiz lozim. Buning uchun milliy g‘oyamiz ostida bir tan, bir jon bo‘lib birlashishimiz, milliy g‘urur va oriyatimizni astoydil himoya qilishimiz zarurdir.
Yurtimiz azaldan ko‘p millat va elat vakillariga boshpana bergan joydir. Ota-bobolarimiz o‘zga millat va elat vakillarining doimo boshini silab kelgan, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatgan. O‘zga millat vakillari ham o‘z navbatida yurtimiz taraqqiyotiga, fan va madaniyatimiz taraqqiyotiga baholi-qudrat hissa qo‘shib kelishdi. Jamiyat ravnaqi – millatlarning o‘zaro hamjihatligida. Shunday ekan millatlararo hamjihatlilik milliy mafkuramizning yana bir muhim g‘oyasi hisoblanishi kerak.
O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon turli din va diniy konfessiya vakillari o‘zaro ahillikda turmush kechirib kelishgan. Nestorian xrestianlaridan tortib yahudiylargacha, buddistlardan tortib hindulargacha o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etib kelashgan. Musulmonlar ularga doimo boshpana bo‘lgan. Ularning ibodatxonalarining dahlsizligini asrashgan. Bu ham milliy qadriyatimiz. Ya’ni boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish, ular bilan o‘zaro ahillikda yashash, qisqasi, diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning yana bir salmoqli qadriyatidir.
– Demak, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi bilan bir qatorda millatlararo hamjihatlilik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ham Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari sifatida qayd etishimiz lozim, shundaymi? – dedim.
– Ha, albatta. Men yuqorida farzandlarimiz qonida buyuk ajdodlarimizning genlari jo‘sh urmoqda, dedim. Bu ham bir muhim g‘oyadir. Farzandlarni to‘g‘ri tarbiya qilsakgina bu genlar ro‘yobga chiqadi. Ota-bobolarimiz bekorga komil inson haqida orzu qilishmagan. Bizning kelajagimiz farzandlarimizning qanday tarbiya topishiga bog‘liq. Ularga e’tiborsiz qarasak, kelajagimizni boy beramiz. Oppozitsion kuchlar doimo otalar va bolalar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishga, bolani ota-onaga qarshi gij-gijlashga harakat qilishadi va shu usul bilan aziz farzandlarimizni o‘zlari tomonga ag‘darib olishga urinishadi. Bunga nihoyatda hushyor bo‘lishimiz, farzandlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun ta’lim va tarbiyaning uzluksizligiga, har bir farzandimizning ilmli va hunarli bo‘lishiga e’tiborni kuchaytirishimiz lozim. Tarbiyada har bir odamda bo‘ladigan boshqarish mexanizmini e’tiborga olishimiz, ularni ilhomlashtirish, ayniqsa xotirasini chiniqtirish, ruhiy tarbiya va jismoniy tarbiyani uzluksiz olib borish kerak bo‘ladi.
Nima uchun yurtimizdan Xorazmiydek, Imom Buxoriydek, Forobiydek, Beruniydek, Ibn Sinodek buyuk allomalar yetishib chiqqan? Negaki, ularning xotirasi kuchli bo‘lgan, “Qur’oni Karim”ni 7-8 yoshidanoq yod olishgan. Ular katta-katta dostonlarni boshdan oyoq yoddan ayta olishgan. Islom madaniyatida ilmparvarlik, ilmga intilish doimo rag‘batlantiril-gan. Ilm-ma’rifat ahlining mavqei jamiyatda yuqori bo‘lgan. “Beshikdan to qabrgacha ilm izlang” degan hadis musulmonlarning asosiy shiorlaridan biri edi. Hadislarda “Bir kunlik ilm bilan shug‘ullanish 70 yillik ibodatdan afzal”, “Chin mochinga borasang ham ilm izla”, “Ilmga intilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan hikmatlar bejiz tarqalmagan.
Xalqimizning kundalik turmushida ham aqlni charxlovchi, xotirani kuchaytiruvchi, ziyraklikni, mantiqni tarbiyalovchi o‘yinlar, mushoiralar ko‘p bo‘lgan. Bolalarga topishmoqlar, tez aytishlar, mushoiralar, o‘ylaganimni top singari mashq-o‘yinlar bolalarning nutqini, xotirasini, aql-idrokini kuchaytirishga xizmat qilgan. Katta yoshdagilar ham vaqti-vaqti bilan xonadonlarda yig‘ilishib, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” singari dostonlarni zavq bilan o‘qishgan yoki bir-biriga yoddan aytib berishgan. “Navoiyxonlik”, “Mashrabxonlik”, “Bedilxonlik” singari milliy xalq to‘garaklari bo‘lgan. Bunday intellektual madaniyat tarixi kimda bor? Loaqal 18-19 asrda o‘tgan Jahon Otin Uvaysiy momomizning “Anor” deb atalgan chiltonini eslaylik. Xalqimiz bunday aqliy tarbiya bilan kuni kechagacha, ya’ni 19 asrgacha shug‘ullanishgan. Shunday ekan Komil insonlarni tarbiyalash g‘oyasi ham milliy mafkuraning markaziy g‘oyalaridan biri bo‘lishi lozim.
Ba’zan, komil inson turli darajada ijtimoiy tabaqalangan, boy va kambag‘allar keskin farq qiladigan jamiyatlarda ham shakllanadimi? – degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob berishda, jamiyatda tengsizlikning vujudga kelishi, adolatsizlik bilan bog‘langanligini chuqur anglashimiz zarur. Biz aynan ana shunday illatning ro‘y berishining oldini olishimiz lozim. O‘zbekistonda haddan ziyod boyib ketganlar ham, haddan ziyod qashshoqlashib qolganlar ham bo‘lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda ijtimoiy adolat mezoni – ijtimoiy hamjihatlilik bo‘lishi lozim. Ijtimoiy hamjihatlik jamiyat a’zolarini turli tabaqalarga ajralib ketishidan asraydi. Boylar kambag‘allarga homiylik qiladi, kambag‘allar ham birlashib, boylarning yanada boyishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. Chunki, jamiyatda boylar qanchalik ko‘paysa, mamlakatning iqtisodiy salohiyati shunchalik ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida xalq farovonligining oshishiga sabab bo‘ladi. Sobiq sovetlar tuzimi sharoitida hammani yo‘qsillashtirish, kambag‘allashtirish jamiyat boshqaruvida fuqarolarning davlatga qaram bo‘lishiga yo‘l ochgan. Xususiy mulkka nisbatan ijtimoiy darajadagi nafrat shakllantirilgandi. Bu bolalar tarbiyasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatardi. Biror kishi yangi mashina olsa, yoki yangi uy qursa, uni ko‘raolmaslik, unga g‘arazgo‘ylik qilish avj olgandi. Shunday oilada tarbiya topgan ba’zi bolalar ham qo‘shnisi olgan yangi mashinaga tosh otishga, yoki mix bilan tirnashga, badavlat qo‘shnisining uyni yondirib yuborishga intilishar, boylar ham kambag‘allarni kamsitishga, jazolashga harakat qilishardi. Bu xodisa ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi antoganistik munosabatlarning avj olganligining oqibatida ro‘y beradi. Bizda esa turli tabaqa vakillari orasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik o‘rnatishga intilishimiz lozim. Bu esa o‘z navbatida Milliy mafkuraning eng muhim g‘oyalaridan biri ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirish ekanligini ko‘rsatadi. Bu g‘oya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda xalqimizning azaldan rioya qilib kelayotgan mahalla qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mahallada fuqarolik jamiyati kurtaklari mujassamdir.
Shunday kunlar keladiki, O‘zbekistonlik bo‘lish dunyoda katta sharaf hisoblanadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan bugungi islohotlar jamiyat taraqqiyotining barqarorligini ta’minlashga zamin bo‘ladi. Kelajakda yurtimizda biz odatlangan ijtimoiy qonuniyatlar zaruriy tarzda amal qiladigan shart-sharoitlar qaror topishi, mamlakat taraqqiyotining uzluksizligi prezidentlar almashganda ham, hukumat o‘zgarganda ham bir xil tarzda davom etishini ta’minlaydigan relsga (yo‘lga) tushadi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mana shunday taraqqiyot qonuniyati amal qiladi. O‘zbekiston taraqqiyoti ham kelajakda ana shunday darajaga o‘sib boradi. Qani endi, xudo menga uzoq umr bersa, O‘zbekiston mustaqilligi-ning hech bo‘lmasa 25 yilligini ko‘rsam, armonim qolmasdi. Mamlakat taraqqiyoti muayyan tartibga, to‘g‘ri relsga tushib olgan bo‘lardi.- dedi.
– Hali siz ko‘p yashaysiz. O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligini ham, 35 yilligini ham ko‘rasiz, albatta. – dedim dalda ohangida.
– Yo‘q, – dedilar Prezident – afsuski, qancha yashashimiz bizning qo‘limizda emas, hammasi, yuqorida hal bo‘ladi, – dedi, osmonga ishora qilib, – hammasi yaratganga bog‘liq.
Bu fikrlar shunday qat’iy ohangda aytildiki, unga e’tiroz bildirishning iloji yo‘q edi. Shunda ham Prezidentning qimmatbaho fikrlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrimni shunday davom ettirdim:
– Biz umid qilamizki, Milliy mafkuraning asosiy konseptual g‘oyalarini ishlab chiqishda Sizning bu qimmatbaho maslahatlaringizga og‘ishmay amal qilamiz. Demak Milliy mafkuraning Bosh g‘oyasi “Obod va Ozod Vatan, erkin va farovon hayotni bunyod qilish” Siz hozir ta’kidlab o‘tgan Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi, millatlar aro hamjihatlik, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik va komil inson g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq ekan. Buni Milliy mafkura konsepsiyasini tayyorlashda albatta e’tiborga olamiz. Bundan tashqari, o‘zbek milliy falsafasining asosiy qonuniyatlari va tamoyillarini ishlab chiqishni ham o‘z zimmamizga olamiz. Bu vazifa haqiqatdan ham millatimiz taqdiri uchun o‘ta dolzarb vazifa.
Shunday qilib, mening O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov bilan qilgan suhbatimiz yakunlandi.
Prezident milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyani tayyorlashda o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ma’lum qilib, shunday dedi: “Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasini tayyorlashda o‘zim ham shaxsan ishtirok etaman, lekin davlat rahbari sifatida emas, shu yaratilajak konsepsiyaning puxta yaratilishidan manfaatdor bo‘lgan, o‘z Vatanini sevuvchi bir vatanparvar O‘zbekiston fuqarosi sifatida ishtirok etaman. Chunki, bu mafkura xalqimizning buyuk kelajagini bunyod etishda asosiy yetakchi rolini o‘taydi. Bu ishda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati a’zolariga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Omad sizlarga yor bo‘lsin. Omon bo‘ling, Baxtiyor Omonovich!” – dedi jilmayib, men bilan xayrlasharkan.
Shundan keyin, qisqa vaqt ichida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” kitobchasining asosiy andazasi ishlab chiqildi. Bu kitobchani tayyorlash jarayonida I.A.Karimov o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan faol qatnashdilar. Kitobcha tayyor bo‘lgach, unga shaxsan o‘zlari so‘zboshi yozib berdilar. Kitobcha 2000 yili “O‘zbekiston” nashriyotida nashrdan chiqdi.
Bugungi kunda Islom Karimovning sadoqatli shogirdi O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z ustozining ilgari surgan rejalari, konsepsiyalari va g‘oyalarini chuqur anglagan izdosh sifatida, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda bu g‘oyalarni muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.
Demak, Birinchi Prezident orzu qilgan zamon keldi. Bu zamonning muammolarini I.A.Karimovning sadoqatli shogirdlari, izdoshlari muvaffaqiyatli ravishda yechib fidoyilik ko‘rsatishmoqda.
Xullas, Islom Abduganiyevich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning xassos yetakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir.
Baxtiyor TURAYEV,
Imom Buxoriy xalqaro markazi direktor o‘rinbosari,
falsafa fanlari doktori, professor