Press "Enter" to skip to content

Milliy urf-odatlarning yangi formati Uztelecom’ning yangi “Milliy” tarif rejasida

Darsning borishi:

Milliy Taomlar

Mampar — mazali va juda to’yimli suyuq taomlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

19 Sentabr, 2019

Xamir xasip

Xamir xasip juda to’yimli va mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, u o’zining ajoyib ko’rinishi bilan har bir dasturxonga ko’rk beradi.

28 Mart, 2019

Qovurdoq

Qovurdoq bu oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali taom bo’lib, oson pishiriladi.
30 Oktabr, 2018

Choyxona palov

Choyxona palov eng mazali oshlardan biri bo’lib, aynan shu palobni ko’pchilik o’z uyida tayyorlaydi.
19 Oktabr, 2018

Cho’zma lag’mon

Bugun sizlarga cho’zma lag’monni to’g’ri tayyorlashni o’rgatamiz va shu bilan birga ko’rsatib boramiz.

9 Oktabr, 2018

Uyda tayyorlaniladigan qatlamali somsa

Uyda tayyorlanilgan qatlamali somsalardan mazalisi bo’lmasa kerak. Bizlar bugun yana shunday bir qatlamali somsa retseptini taqdim etamiz.

4 Oktabr, 2018

Norin

Norin o’zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo’lib, ko’pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o’ylaydi. Lekin aslida unday emas.

30 Iyul, 2018

Videoretsept: Ko’k somsa

Navro’z bayramini o’zimizning ko’k somsalarimiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi somsalarning xamirini tayyorlash esa ko’pchilik uchun yangilik bo’lsa ajab emas!

16 Mart, 2018
Pishirish vaqti: 2.5 soat

Multivarkada dimlama pishirish

Bugun ko’pchilikning sevimli taomlaridan bo’lmish – dimlama taomini tayyorladik. Bu retseptimiz multivarkasi bor pazandalarimizni juda ham xursand qiladi.

9 Mart, 2018

Reklama

Taomlar

Teglar

Ommabop

  • «Mujskoy kapriz» salati
  • «Smak» salati
  • Asalli tort (Medovik)
  • «Sezar» salati
  • Oddiy olmali pirog

© 2017-2021 ООО «Zira Chef». Все права защищены. 18+

2017 yil 7-dekabrdagi 1206-sonli elektron OAV ni ro’yxatdan o’tkazish
Bosh muharrir: Salihova Irina Olegovna
Ta’sischi: “Zira Chef” MChJ
Manzil: 100007, Toshkent sh. Parkent ko’ch. 26A
Pochta: info@zira.uz

Milliy urf-odatlarning yangi formati Uztelecom’ning yangi “Milliy” tarif rejasida

2021-yil 14-sentabr kuni Uztelecom GSM mobil tarmog‘i abonentlari uchun “Milliy” tarif rejasini ishga tushirdi.

O‘zbek xalqining asosiy milliy xususiyati — bu soddalikka intilish. Aloqa soddaligi, xulq-atvorning soddaligi, tanlovning soddaligi. Uztelecom milliy operatori o‘z abonentlarining, shuningdek, mamlakatimiz aholisining barcha istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda mobil aloqa uchun tariflar, paketlar yoki boshqa xizmatlar kabi eng sodda yechimlarni ishlab chiqish va taklif qilishga intiladi.

“Sodda” tariflar haqida gap ketar ekan, 14-sentabrdan boshlab, Uztelecom asosiy xususiyati abonent to‘lovi va xaddan tashqari limitlar narxining minimal qiymati bo‘lgan, yangi “Milliy” tarif rejasini ishga tushirdi.

Oyiga 15 000 so‘mlik abonent to‘lovi evaziga GSM mobil tarmog‘ining jismoniy abonentlari 500 Mb internet trafik, 500 ta SMS va butun mamlakat bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun 100 daqiqa qo‘lga kiritadilar. Trafik tugagach, har bir resurs birligi — 1 MB, 1 daqida va 1 SMS abonent uchun atigi 5 so‘mga aylanadi. Foydani hisoblab olish esa naqadar oson.

  • 9999 qisqa raqamiga 10005 matnli SMS yuborish orqali;
  • USSD portal orqali — *111*1/2/3*11*7#;
  • MyUztelecom mobil ilovasi orqali;
  • Uztelecom sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida;
  • Milliy operatorning rasmiy dilerlarida.

E’tiborli jihati, yangi “Milliy” tarifining tasvirida o‘ziga xos milliy naqsh tasviri ishlatildi. Bu xalq amaliy san’atining barcha milliy naqshlarini yagona raqamli katalogga yig‘ishdan iborat bo‘lgan “Ornaments” ijtimoiy loyihasi yordamida amalga oshirildi. Uning yordamida mamlakatimizning barcha hududlaridan olingan rang-barang va esda qolarli naqshlar barcha foydalanuvchilarning ishlatishi uchun qulay bo‘ladi. Bu kelajak avlodlar uchun milliy san’at merosimizni saqlab qolishga yordam beradi. Hozirgi kunga qadar, ekspeditsion mutaxassislar guruhi Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi muzeylar, ustaxonalar va madaniyat markazlariga tashrif buyurishga ulgurdilar.

“Milliy” tarif rejasi — milliy operatorning milliy tarifi.

Uztelecom — milliy operator!

Tarif rejasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar shu yerda

Reklama huquqi asosida.

Sana: Sinf:10 MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 1-DARS

(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)

Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz haqida tushuncha berish.Hunarli xor bo‘lmas shiori ostida tarbiyalash. Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.

1-topshiriq. Rasm asosida suhbatlashing. O‘zbek milliy liboslarining ko‘rinishlariga o‘z munosabatingizni bildiring.

2-topshiriq. Matnni o‘qing.

Milliy liboslar o‘zbek xalqining boy madaniy an’analari, turmush tarzi va boy tarixiy ildizlaridan darak beradi. O‘zbek milliy kiyimi – o‘zbek xalqining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kiyimlardir. Milliy kiyimlar har bir mintaqada o‘ziga xos farq va xususiyatlar bilan ajralib turadi.

O‘zbek milliy libosiga ayollar uchun – zar chopon, do‘ppi va nimcha, erkaklar uchun do‘ppi, chopon, belbog‘ va yaxtak kiradi. O‘zbek milliy libosi jahonda o‘z o‘rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mehmonlar O‘zbekistonning milliy libosi va madaniyatiga yuqori baho berishmoqda. O‘zbek milliy libosi va madaniyati o‘zgacha jozibadordir. Hozirda o‘zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o‘zbek libosini o‘ziga xos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalari, me’morchilik san’ati, milliy urf-odatlariga katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Esdalik sifatida atlas, do‘ppi, belbog‘, chopon va boshqa me’morchilik uslubida ishlangan sovg‘alar olib ketadilar.

Do‘ppi – O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. O‘zbekistonda Chust, Toshkent, Samarqad, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Ayniqsa, Chust do‘ppilari keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.

Chopon (to‘n) o‘zbek xalqining qadimiy – ustki milliy kiyimlaridan biridir. Choponni O‘zbekistonning deyarli bar cha viloyatlarida erkaklar ham ayollar ham kiyishadi. Chopon zar va ipaklar bilan bezak berib ham tikiladi.

Bilib oling!

O‘zgalar nutqini aynan, o‘zgarishsiz berish ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gap 2 qismdan: ko‘chirma va muallif gapidan iborat. Ko‘chirma gaplar muallif gapidan oldin, keyin yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin. Ko‘chirma gaplar qo‘shtirnoq ichiga olinib yoziladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi

«Ertaga muzeyga boramiz», – dedi o‘qituvchimiz.

O‘qituvchimiz dedi: «Ertaga muzeyga boramiz».

O‘qituvchimiz: «Ertaga muzeyga boramiz», – dedi.

Ko‘chirma gaplarning tuzilishi va ularda qo‘llanadigan tinish belgilarni bilib oling!

«K», – m. «K? », – m. «K!» – m.

  1. «Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim», – dedi Qo‘ziboy.
  2. «Qani, ukajonlar, ashulani to‘xtatmanglar!» – dedi Marhamat. 3. «Arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar, bir yopishsa qo‘ymaydi!» – deb ogohlantirdi Olimov.

1. Shodmon aka kulib dedi Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz og‘zingiz ochilib qoladi. 2. Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan kechmaganman, endi tashlab ketarmidim deb javob berdi Yo‘ldosh bobo. 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon otaning qo‘rqma, chirog‘im, polvonning qo‘lidan mol bolasi qochib qutulgan emas degan ovozi eshitildi. 4. Onam buvimga qarab dedi qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin bolam.

Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.

1. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. 2. Aytilgan yerga bor, erinma, aytilmagan yerda ko‘rinma! 3. Kelar eshigingni qattiq yopma. 4. Havo ochiq. Shimol tomondan esayotgan yengil shabada quyosh taftini bir oz bosib turardi. 5. Savolni javobsiz qoldirma, do‘stingni e’tiborsiz. 6. Ulug‘lik yoshda emas, boshda.

  1. // bugun kim navbatchi // // // deb so‘radi o‘qituvchimiz // 2. Komila // // men bilan ketadiganlar bormi // // // deb so‘radi// 3. // arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar // bir yopishsa qo‘ymaydi // // // deb ogohlantirdi asalarichi. 4. // men har yili yozda Burchmullaga kelaman // // // dedi Zebo. 5. // bugun biz // // dedi sinf sardori // // maktab bo‘yicha navbatchimiz // //

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Sana: Sinf:10
MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 2-DARS.

(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz haqida tushuncha berish.Hunarli xor bo‘lmas shiori ostida tarbiyalash. Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

3-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. O‘zingiz ham suhbat yarating.

Sotuvchi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz! Xizmat. Nima xarid qilmoqchi edingiz?

Xaridor: Vaalaykum assalom, rahmat, agar mumkin bo‘lsa, menga maslahat bersangiz.

Sotuvchi: Bajonidil, eshitaman, xizmat.

Xaridor: Hozir urf bo‘lgan adras, atlas matolaridan xarid qilishimga yordam bersangiz. Hozir qaysi rang, qaysi adras yoki atlas urfda. Men qizimga va o‘zimga bir xil qilib olmoqchi edim.

Sotuvchi: Siz to‘g‘ri qaror qilgansiz. Bizning do‘konga kelib. Bu yerda eng so‘nggi rusumdagi asl mollar bor. Hozir emas, asrlar davomida ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan adras, atlaslar urfdan qolmagan. Bular o‘zbek xalqining milliy matolari hisoblanadi. Sayillar, bazmlar, hatto kunlik ishga ham bu matolardan bejirim ko‘ylaklar tiktirib, yal-yal yondirib, ko‘zlarni quvontirib kiyishayapti. Marhamat, qaysi rangni xohlaysiz, atlas va adraslarning yirik va mayda nusxali turlari ham bor. Menimcha, sizga yashil, binafsharang yoki qora rangdagi mayda nusxali adraslar to‘g‘ri keladi. Chunki bo‘yingiz baland, to‘ladan kelgan chiroyli ayol ekansiz. Bu adraslar sizni yana ham ochadi, husningizga husn qo‘shadi. Qizingizga kelsak, u ham kelishgan ekan. Ularga qizil, pushti, sariq rangdagi adraslar to‘g‘ri keladi. Bu ranglar ularning husnini yana ham ochadi.

Xaridor: Rahmat sizga, menga ham binafsharang adras yoqdi. Shu adrasdan necha metr olsam bo‘ladi. Qizimga pushti rangli adrasni olamiz. Qizimga necha metr olishim kerak?

Sotuvchi: Mening taklifim, o‘zingizga 10 metr, qizingizga 7 metr olsangiz bo‘ladi.

Xaridor: Maslahatingiz uchun rahmat o‘rab bering.

Sotuvchi: Marhamat, kelib turing, xaridingiz uchun rahmat.

Xaridor: Rahmat, salomat bo‘ling. Sizning doimiy xaridoringiz bo‘lamiz.
Bilib oling!

Ko‘chirma gaplar ko‘proq dialogik nutqda ishlatiladi. Bunda ko‘chirma gaplar badiiy asarlarda qo‘shtirnoqlarsiz, xat boshidan faqat tire qo‘yilgan holda yozilishi ham mumkin

Masalan: Xudoyberdi Navoiyga qarab dedi: – «Hazratim, tandrni qurolmadim». Navoiy unga javoban dedi: – «Tandirni qurolmas ekansan, uyni qanday qurasan?»

3-mashq. Ma’lumot uchun berilgan muallif gaplaridan mosini qo‘yib gaplarni davom ettiring.

1. Guruhimiz a’zolari sport musobaqalarida birinchi o‘rinni oldilar… . 2. Bizga choy keltirib bersangiz … . 3. Qirg‘ovul bilan bedana … hech qachon tushgan joyida turmaydi. 4. To‘g‘ri, bizning guruh bu yil rejani ortig‘i bilan bajarishni mo‘ljallagan … . 5. – Sherali … otlaring poygaga tayyormi? – tayyor, egarlasam bo‘ldi … .

Ma’lumot uchun: (dedi Lola, deb iltimos qildi Mehri opa, dedi Qo‘chqor kulib, deb tasdiqladi Mardon, dedi Mehri opa, deb dadil javob berdi Sherali).
D) Mustahkamlash

4-mashq. Quyidagi maqollarni muallif gapi va zarur tinish belgilarini qo‘yib o‘qing va yozing.

1. Tabassum yaxshilikning belgisidir … . 2. … sen o‘zingni emas, o‘zga seni maqtasin. 3. Har orzuning avval boshi mehnatdir … . 4. … qimirlagan qir oshar. 5.Mehnat bilan o‘tgan umr … el ko‘nglini chog‘ etadi. 6. … hali yoshsan, kattalardan eshit, o‘rgan … . 7. Mehnatsevar bo‘lsak, … ezmalik bizdan nari bo‘ladi. 8. Olim bo‘lish oson, … odam bo‘lish qiyin. 9. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang, balosi yuqar … .

4-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Bilganimda edi.

U yangi do‘ppisini boshidan olib, javonga qo‘ydi. Keyin qog‘ozga o‘rog‘liq allanimani ohista ochdi. Ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. Haligi qog‘ozni stol ustiga qo‘yib, ichidan bir oz uringan do‘ppini olib kiydi.

-Kattaroq-ku, bolam, – dedi uni kuzatib turgan onasi o‘g‘liga yaqinlashib, – yangi do‘pping tuzukmidi? ..

Akbarning o‘zi ham buni biladi. Lekin shu Chust do‘ppini asrab qo‘yishga ahd qilgan-da. Akbar onasining bo‘ynidan quchdi.

-Xolangga salom ayt, ertaga, albatta, borarmishsiz, degin.

Akbar yo‘lda bir mo‘ysafidga duch keldi. Uning qo‘lida katta tugun bor edi. Aftidan char chagan ko‘rinar edi. Akbar indamay o‘tolmadi. Salom berdi. Chol alik ola turib:

-Shu tugunimni ko‘tarib yubor bolam, uyim huv narigi ko‘chada, – dedi.

Akbar otaning so‘zini ikki qilolmadi…
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘z xalqingizning milliy liboslari haqida ma’lumot to‘plab keling.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Sana: Sinf:10
MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 3-DARS

(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.Milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz haqida tushuncha berish.Hunarli xor bo‘lmas shiori ostida tarbiyalash. Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

Adabiy o‘qish

5-topshiriq Matnni o‘qing, berilgan savollar asosida o‘zaro suhbatlashing.
Atlas qadimiy va milliy matolardan biridir

Har bir xalqning o‘z milliy urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham minglab asrlarga mansub milliy urf-odatlari, an’ana-yu madaniyati bor. Xalqimizning milliyligi uning yurish-turishida, kiyinishida ham namoyon bo‘ladi. Biz milliy matolarimiz to‘g‘risida ma’lumot berishni joiz deb topdik. Milliy matolarga atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim, serjilo matolar kiradi. Atlas O‘zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir, bu libos ipakdan tayyorlanadi. O‘zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o‘zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O‘zbekistonda eng mashhur atlas Marg‘ilon shahrida to‘qiladi.

Bu matolardan turli dizaynda liboslar tikiladi. Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar, erkaklar qiyig‘i va boshqa buyumlar tikiladi. Atlasdan yana ayol-

lar va erkaklar uchun choponlar ham tikiladi. Atlas va adrasning mashhur turlari ko‘p bo‘lib, hozirda atlas va adrasning o‘nlab turlari uchraydi. Bular quyidagilar: «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Qora», «Shaxmat», «Nomozshom». Bugungi kunda milliy matolarimizni to‘qish san’ati jadal rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini uchratishiningiz mumkin. Adras 1920-yillarda Marg‘ilon, Xo‘jand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda to‘qilib, Markaziy Osiyo bozorlaridan tashqari Afg‘oniston, Xitoy kabi qo‘shni mamlakatlarda ham sotilgan. Milliy matolar jilosi o‘zbek milliy matolari tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek hunarmandlarining qalb qo‘ridan yaralgan mato uzoq tarixga ega bo‘lgan milliy matomiz atlas ko‘plab qimmatbaho matolardan-da qadrliroqdir. «Atlas» so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. Atlas tabiiy ipakdan to‘qiladi. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘palab mohir atlas to‘quvchilar bo‘lgan. Hunarmand ustalar tomonidan yaratilgan xalq amaliy san’atining nodir asarlaridan namunalarni ko‘rgazmalarda namoyish etish orqali o‘zbek xalqining boy merosini tashrif buyuruvchilarga, ayniqsa, O‘zbekiston yoshlariga va chet ellik mehmonlarga ko‘rsatishdir.

Uyga vazifa.

O‘zingizning milliy matolaringiz haqida yozib keling.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Sana: Sinf:10
MAVZU: DUNYO TAOMLARI (1-DARS)

(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

1-topshiriq. Berilgan rasmlar asosida dunyo taomlari haqida suhbatlashing.

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mavzu yuzasidan suhbatlashing va savollar tuzing.

Yevropa mamlakatlari milliy pazandachiligi

Rossiya pazandachiligi o‘ziga xos va o‘zgachadir. Qadim zamonlardan beri rus xalqi nonvoychilik bilan shug‘ullangan, bug‘doy, yorma, arpa, sholidan foydalanib, har xil taomlar tayyorlangan. Yevropa va Osiyodagi ba’zi davlatlar singari xamirturush sirini ochishgan. Shuning uchun ham

rus xalqi tort, pirojniy, kulich, rastegay, oladi va boshqa ko‘plab pishiriqlarni tayyorlagan. Xamirdan chuchvara, quymoq, pirog, ugra tayyorlashadi. Belarus oshxonasida eng milliy hisoblangan mahsulot – kartoshkadir. Kartoshka belarus xalqi uchun ikkinchi nondir. Kartoshkani har xil usulda tayyorlashadi. Vengriya un mahsulotlari bilan mashhurdir. Vengriya oshxonasi asosan sabzavotlardan, go‘sht, baliq, parranda mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarga boy. Germaniya pazandachiligida nemislar asosan buzoq, parranda, baliq go‘shtidan keng foydalanadilar. Sabzavot mahsulotlarini qaynatilgan holda iste’mol qilishni xush ko‘radilar. Avstriya pazandachiligi Angliyanikiga o‘xshash. Ozgina farqi avstriyaliklar qo‘y va mol go‘shtini ko‘proq iste’mol qiladilar. Baliqdan ham turli taomlar tayyorlaydilar. Polsha taomlari Rossiya, Ukraina, Belorussiya taomlariga o‘xshaydi. Ular sabzavotli, go‘shtli, baliqli taomlardir. Italiya oshxonasi 4 so‘z bilan ifodalanadi. Makoron, sarimsoqpiyoz, zaytun yog‘i va pomidor. Bundan tashqari Italiya pazandachiligida 1000 dan ortiq xamir mahsulotlari tayyorlanadi. Italiyaning milliy taomi spagettidir. Spagettining ma’nosi «O makarone» – bu qanday yaxshi va maza degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birgalikda pitsaga alohida urug‘u berib o‘tish lozim. Chunki pitsa birinchi bo‘lib Italiyada paydo bo‘lgan va italyanlarning milliy taomlaridan biri sanaladi.

mashhur – известный, знаменитый

milliy taomlar – национальные блюда

iste’mol qilish – употребление

Bilib oling!

Shakli o‘zgartirilib, ammo mazmuni saqlangan holda berilgan o‘zgalarning gapi o‘zlashtirma gap deyiladi

Masalan: Dildora ertaga kelishini aytdi.

O‘qituvchimiz hasharda hamma qatnashishi shartligini ta’kidladi.

1-mashq. O‘zlashtirma gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.

1. O‘qituvchimiz qanday kitob o‘qiganimni so‘radi. 2. Onam telefon qilib qachon uyga borishimni so‘radi. 3. Yo‘lovchi mashinani yo‘l chetida to‘xtatishni iltimos qildi. 4. Men darsga tayyorligimni aytdim. 5. Samolyotning ertaga uchishini telefon qilib aytdi. 6. Joyingizni menga berib turishingizni iltimos qildi.

2-mashq. Berilgan o‘zgalarning gapini o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing.

1. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur (Alisher Navoiy). 2. Insonni baxtli qiladigan narsa pul ham emas, jismoniy kuch ham emas, balki haqqoniylik va har tomonlama donolikdir (yunon faylasufi Demokrit). 3. Jahlning nihoyasi pushaymonlik bilan tugaydi (Aflotun). 4. Tili bor kishining tilsiz kishidan farqi – so‘zi, ziynati esa to‘g‘rilikdir (Arastu). 5. Beodobning yomonligi faqat o‘zigagina emas, boshqalarga ham zarar yetkazadi (Jaloliddin Rumiy).

D)Mustahkamlash
3-topshiriq. Donolar hikmatini o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Ahmad Donish taqdir va mehnat haqida shunday deydi:

Agar inson taqdirga ishonib mehnat qilmasa, oziq-ovqat, kiyim topish uchun intilmasa, yo‘qchilikda, kambag‘allikda yoki boylikda yashash uchun yaratilganman deb safsata sotsa, u yanglishadi. Bunday odam aqlsizdir. . Inson foydali mehnat bilan shug‘ullanishi kerak. U o‘zining kuchi va harakati bilan kamol topadi.
3-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozing va tinish belgilaridagi o‘zgarishlarni tushuntiring.

1. «Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallangan?» – dedi O‘ktam. 2. «Xo‘sh, sehrli qalpoqcha, meni agronom qilib qo‘y», – dedi Hoshimjon. 3. «Yo‘q, – dedi ikkinchi yo‘lovchi, – mening qarindoshlarim O‘zbekistonda yashaydi». 4. «Bugun hamma ishlarimni bajarishga ulgurdim», – dedi Aziz. 5. Navoiy: «To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan, egri bo‘lsang o‘sib borib kul bo‘lasan», – degan.

F)Baholash
Uyga vazifa.

O‘z xalqingizning milliy taomlaridan biri haqida yozib keling.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10

MAVZU: DUNYO TAOMLARI (2-DARS)

(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)

Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.

Oshxona xodimi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz, xizmat.

Xo‘randa: Vaalaykum assalom. Oshxonangiz nechagacha ishlaydi? Bugun kechgi soat oltida chet eldan kelagn hamkorlarimni mehmon qilmoqchi edim. Bo‘sh stollar bormi? Menga menyuni bersangiz.

Oshxona xodimi: Bo‘sh joy bor. Oshxonamiz kech soat 10 gacha ochiq bo‘ladi. Siz biz bilan hamkorlaringizni ko‘ngildagidan ham ziyoda mehmon qila olasiz. Bizning oshxonani tanlab to‘g‘ri qildingiz.

Xo‘randa: Unda bizga soat oltiga olti kishilik dasturxonni tayyorlab qo‘ysangiz. Mehmonlarim oshni yaxshi ko‘radilar. Shu bilan birgalikda qo‘y go‘shtidan qilingan qovurdoq, qovurma sho‘rva, olti six kabob tayyorlab qo‘ysangiz.

Oshxona xodimi: Didingiz juda nozik ekan. Milliy taomlar bilan birgalikda, ularning ham taomlaridan tayyorlasak, nima deysiz?

Xo‘randa: Mehmonlarim rus, ingliz millatiga mansub. Ular nimalarni yaxshi ko‘rib tanovvul qiladilar? Shularni o‘rganib

Oshxona xodimi: Ishonchingiz uchun rahmat, aytganingizdek qilaman. Mevalar yeyishni xohlaysizmi, ichimliklardan-chi?

Xo‘randa: Mevalardan olma, uzum, shaftoli, qovun, tarvuzdan assorti tayyorlang. Albatta ko‘k choy, mevali sharbatlar bo‘lsin. Nonlardan obi non, patirdan qo‘yasiz.

Oshxona xodimi: Xo‘p, bo‘ladi. Aytgan vaqtingizga buyurganlaringizni tayyorlab qo‘yaman. Uchrashguncha xayr, sog‘ bo‘ling.

Xo‘randa: Kechqurun ushrashguncha, sog‘ bo‘ling.
5-topshiriq. Matnni o‘qing va matn asosida taomlar ro‘yxatini tuzing.

Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlarining milliy pazandachiligi

Qozoq milliy oshxonasi keng ko‘lamda go‘sht, sut-qatiq, xamir ovqatlardan iboratdir. Yozda qozoq oilalarida ayron – suv bilan aralashtirilgan qatiq sovuq holida ichiladi. Unga bug‘doy, guruch solishadi. Qirg‘iz milliy taomlari vitaminlarga boy. Qirg‘iz xalqi asosan go‘sht, sut-qatiq, unli taomlarni tanavvul qiladi. Tojik milliy taomlari ko‘proq go‘sht mahsulotlaridan tayyorlanadi. Turkman milliy taomlari ham o‘zgacha. Turkman milliy taomlari birinchi navbatda o‘zbek va qoraqalpoq taomlariga o‘xshab ketadi. Turkman milliy oshxonasida eng yuqori o‘rinni go‘sht, sutqatiq, xamirli taomlar egallaydi. Turkmanlar qo‘y, mol, parranda go‘shtini iste’mol qilishadi. Ot go‘shtini iste’mol qilishmaydi. Ozarbayjon milliy taomlari to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Ozarbayjonliklar ko‘proq parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini iste’mol qilishadi. Keng tarqalgan taomlardan do‘lma, teftel sho‘rva, go‘shtli, no‘xatli, kartoshkali dovna-qatiqli. No‘xatli sho‘rva, mashhur do‘li kabob va boshqalar. Arman oshxonasida taomlarni tayyorlashda 300 xil o‘t va gullar ishlatiladi. Gruziya oshxonasi ham o‘ziga yarasha nom qozongan. Gruziya o‘zining kabob, xarcho sho‘rvasi, eng achchiq, yoqimli ziravorli sousi bilan mashhurdir.

4-mashq. Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib o‘zlashtirma gap tuzing.

1. Bo‘lib, qolishini aytgan, Konfutsiy, bilan o‘qigan fikr qilmasa vasvas 2. Ekanligimizni aytdi bir oilaning o‘qituvchim bizning farzandlari. 3. Bilmasligini aytdi Elbek nima qilishini yelka qisib. 4. Sinf bahs – munozara bo‘lganligini aytdi tamom rahbar. 5. O‘rtog‘idan yordam Muzaffar navbatchilikka berishni so‘radi. 6. Yo‘lovchi aytdi ketganligini kunlar isib. 7. Buni sezgan olib kelishini so‘radi dadasini bozordan katta qizi nima.

Bilib oling!

O‘zlashtirma gaplarda demoq, fe’li qo‘llanmaydi. O‘zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq fe’llari bilan ifodalanadi.

O‘zlashtirma gaplarda ko‘chirma gaplardagi undalma, kirish so‘zlari, hisxayajonni ifodalovchi undov so‘zlar tushurilib qoldiriladi. Undalmalar to‘ldiruvchi bo‘lak sifatida yoziladi.
5-mashq. O‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapga aylantirib yozing.

1. O‘qituvchimiz bilim olish uchun kishi o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerakligini aytdilar. 2. A’zam Tyan-shan tog‘ini ko‘rsatib, uning bahaybatligini aytdi. 3. Men tog‘ning manzarasi yaxshiligini, lekin ancha uzoqligini aytdim. 4. Sardor ba’zi kishilarning o‘z kamchiliklarini bo‘ynilariga olmasliklarini aytdi. 5. Tarbiyachimiz ertalabki mashqlarning juda foydali ekanligini, u insonning asablarini mustahkamlashini aytdi. 6. Sinf rahbarimiz nima gapligini so‘radi.

6-mashq. Ko‘chirma gaplar va o‘zlashtirma gaplarni ajratib yozing

1. Ona: «Samolyotdan tushganimizda, qo‘limni mahkam ushla», – dedi o‘g‘liga. 2. Yo‘lovchi yonidagi kishidan qayerga ketayotganligini so‘radi. 3. Navoiy bu o‘lkaga hushyor odamlardan yuborib ular orqali butun vaziyatdan ogoh bo‘lib turish mumkinligini bayon qildi. 4. O‘qituvchi: «Darsdan hech kim ruxsatsiz chiqmaydi», – dedi. 5. Aziza dugonalari bilan Arslonbobga borganini, sharsharani borib ko‘rganini, tog‘dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirdi. 6. Alibek yo‘lovchiga: «Mening sizga yordamim kerak emasmi?» – dedi.

6-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Vaqtni va tilni saqlash

Odam uchun eng qimmatli narsa vaqtdir. Fursatdan yaxshi foydalanilsa, oltinlar topiladi. Vaqtni bekor o‘tkazish, oltinlarni qo‘ldan boy berishdir. Aqlli odam sira ham vaqtni bo‘sh o‘tkazmaydi. Qadimgilar: «Ish vaqtida bekorchi so‘zlarni so‘zlab, fursatni o‘tkazgan kishi nihoyat och qolib yig‘laydi», deganlar. Aqlli yoshlar fursatlarni bekorga o‘tkazmaydilar. G‘ayrat bilan o‘qiydilar, ishlaydilar, yalqovlanib o‘tkazmaydilar. Aziz yoshlar, tilingizni adab, tarbiyaga qarshi bo‘lgan yomon so‘zlar aytishdan saqlang. Og‘izdan chiqqan so‘z otilgan o‘qqa o‘xshaydi. Yomon so‘zni ham aytmangiz, odamlarning dillarini og‘ritasiz. Keyin aytgan so‘zingizdan afsus qilsangiz ham foydasi yo‘q. Shuning uchun yomon, achchiq so‘zlarni aytishdan saqlaning. Yaxshi, muloyim, shirin so‘zli bo‘lishga odatlaning.

7-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarda undalma va kirish so‘zlarni tushirib qoldirib o‘zlashtirma gaplar tuzing.

1. «Bolajonginam, senga nima bo‘ldi», – deb so‘radi enagasi. 2. «Shubhasiz, Akmaljon bizning maktab kutubxonamiz eng boy kutubxona hisoblanadi», – dedi kutubxonachi. 3. «Ahmadjon, kitobingizdan foydalansak, maylimi», – deb so‘radi hamroxim. 4. «Nihoyat, 10-sinf o‘quvchilari sayyohatga jo‘nashdi», – dedi o‘qituvchi.

Uyga vazifa. Dunyo va Osiyo taomlaridan bittasini tanlab, tayyorlanish jarayonini yozib keling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU:DUNYO TAOMLARI (3-DARS)

(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)
Darsning maqsadi:

1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.

2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

7-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. O‘zaro suhbatlashing.

Shahrizoda: Ruxshona, sen milliy taomlarimizdan qaysilarini tayyorlash usullarini bilasan?

Ruxshona: Menga onam palov pishirishni o‘rgatganlar. Sen-chi? Qaysi taomlarni tayyorlashni bilasan?

Shahrizoda: Men ham palov tayyorlashni bilaman. Lekin menga Jizzax viloyatining milliy taomlaridan bo‘lgan qurtoba taomi yoqadi.

Ruxshona: Qurtoba qanday tayyorlanadi?.

Shahrizoda: Bu taomni momolarimiz o‘ylab topishgan. Yaxshilab quritilgan qurtlarni iliq suvga solib, eritasan, qaynatib, kuydirilgan saryog‘dan keraklicha solib dasturxonga tortasan. Bu taom, ayniqsa, qish faslida sovuq kunlarda ertalab maktabga ketishdan oldin tanovvul qilsang, sira kasal bo‘lmaysan. Insonning immunitetini oshi radi. Kalsiy moddasiga boy.

Ruxshona: Rahmat senga, taomlar ro‘yxatim yana bittaga ko‘paydi.

Shahrizoda: Arzimaydi, sen ham shunday taomlarni bilsang ayt.

Ruxshona: Albatta, topsam aytaman.

Adabiy o‘qish

8-topshiriq. Matn asosida savollar tuzing.

O‘zbekiston milliy pazandachiligi

Daraxtki bor unga qush qo‘nadi, uyki bor, demak unga albatta, mehmon keladi. Mehmondo‘stlik nainki insoniylik bog‘idir, balki shu bog‘ning eng shirin mevasidir. Hamma xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbeklarda ham mehmonni anvoyi taomlar bilan ziyofat qilish odati bor. O‘zbekistonda ana shunday taom palovdir. Yashab turgan joyning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash maqsadida palov pishirishning ko‘pdan-ko‘p usullari mavjud bo‘lgan. «Farg‘ona palovi», «Samarqand palovi», «Buxoro palovi», «Xorazm palovi» «Toshkent palovi» kabilar shular jumlasidandir. Hozir 60 ta palov turi mavjudligi bizga ma’lum. Dasturxonga, albatta, palov tortishdan tashqari, Toshkentda, masalan, qazi-qartali norin tayyorlash va xushbo‘y familchoy damlash odat tusiga kirgan. Farg‘ona vodiysining hamma tumanlarida va Samarqandda mehmonga dastavval issiq ko‘k choy beriladi. Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona va Namanganda mehmonga choy berilgach, kashnich, rayhon va qatiq solingan mastava, so‘ngra devzira guruchdan lola rang qovurma palov tortiladi. Bu shaharlarda mehmon dasturxoniga patir va jizzali nonlar, ho‘l mevalar, oq ko‘ngillikning ramzi sifatida sut, qatiq, qaymoq qo‘yiladi. Kelgan mehmonga darhol qatiq taklif

etish yoki nonushtasiga, albatta, qatiq berish, ayniqsa, Namanganda yaxshi odat tusiga kirgan. Sababi, bu mezbonlar qatiq ichishning inson uchun ko‘pgina foyda keltirishini nazarda tutadilar: qatiq organizmni zararli bakteriyalardan tozalashva hazm taomlik xususiyatlariga ega. Shu bilan birga uzoq joydan kelib suv va havo o‘zgartirgan kishini lohas bo‘lishdan ham saqlaydi. Samarqandda mehmonni shirin-sharbat ho‘l mevalar, mashhur Samarqand noni hamda qaymoq bilan siylash, so‘ngra esa murch sepilgan chuchvara va to‘g‘rama palov bilan ziyofat qilish odati bor. Buxoroda mayiz palov va yaxlit qilib pishirilgan barra kabob, chorvador tumanlarida esa yangi so‘yilgan qo‘zi go‘shtining sho‘rvasi va kabobi mehmon hurmatining ramziga aylanib ketgan. Surxondaryoliklar xushbo‘y ko‘k choy bilan birga archa o‘tinida pishirilgan tandir kabob keltirib, hurmatingizni joyiga qo‘yadilar. Xorazmliklar mehmonni tilyorar qovunlar, maxsus tayyorlangan palov bilan siylashadi. Qoraqalpoqning baliq kabobi bilan kulchatoyini yegan mehmon u yoqqa yana borishni orzu qiladi. Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. Mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar taom chiqarishadi. «Mehmon o‘z rizqu-ro‘zi bilan keladi» kabi naql bejizga aytilmagan. O‘zbeklar uchun mehmonning kattasi yoki kichigi bo‘lmaydi. O‘zbeklar uchun mehmon doimo ulug‘ sanaladi.

Karim Mahmudovning «Qiziqarli pazandalik» kitobidan
Lug‘at

mavjud – существующий, имеющийся

famil choy – чёрный чай

dastavval – сначала, прежде всего

barra – мясо молодого барашка

tilyorar – очень сладкий
8-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va gaplardagi o‘zgarishlarga izoh bering.

1. «Muncha esli ekan bu Sultonxon ayang!» – deb takrorladi Xadichaxon. 2. «Ochil amaki ustalarning boshlig‘i», – deb javob berdi yigitcha. 3. «Tur, o‘rningdan koptokni tashlab yubor, bu yoqqa!» – boshini siltab buyuradi menga Salim. 4. «Kitob juda ham qimmat, – meni aladay boshlaydi Turg‘un, – bir mazali narsa olaylik». 5. «Kitob yaxshi narsa, hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar bor-ki. », – deyman. 6. «Bolalarim, bugun biznikida qolasizlar, kech bo‘lib qoldi», – deydi amakim. 7. Bobolarimiz: «O‘q yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi», – deganlar.

  1. Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlari milliy pazandachiligi haqida yana nimalarni bilasiz, qisqacha ma’lumot yozib keling.
  2. Berilgan so‘zlar yordamida o‘zlashtirma gaplar hosil qiling.1) Aytmoq. 2) Gapirmoq. 3) Buyurmoq. 4) So‘ramoq

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________