Milliy kiyimlar tarixi
Ushbu sana’tda bir necha yonalishlarning uslublari rivojlangan. Ulardan biri Behzod (o’rta asrning rassomi, sharq miniaturasi yonalishlarining asoschisidan biri) urf-odati bilan bog’langan.
Milliy kiyimlar tarixi
O’zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o’ziga xos madaniyatidan biridir. Bu-beqiyos xalq ijodiyoti, raqsi va rassomchilik, betakror milliy oshxona va kiyimkechagidir.
O’zbek xalq ijodiyotining san’ati ko’pqirrali tematika va xilma xil janri bilan tafsiflaydi. O’z vazifalari va shakllariga muvofiq ashula va cholg’u asbob kuylari ikki quruhdan iborat: belgilangan vaqt va vaziyatlarda ijro etuvchi va har qanday vaqtda ijro etuvchi. Birinchi guruhga urf-odat, mehnat jarayoni, turli marosimlar, sahnalashtirilgan tomosha namoyishlar va o’yinlarga tegishli bo’lgan ashulalar kiradi.
O’zbek xalqi o’z musiqasi bilan mashhurdir. Qoshiq — she’riy matnning dir yoki ikki baytni qamrab oluvchi katta bo’lmagan kuy bilan tuzilgan kuplet ashulasidir. Shu jumladan, qo’shiq turlari bilan bir qatorda kupletli tuzilgan ashulalar bo’lgan «lapar» hamda «yalla» sana’ti mavjud. Maskur kuyning raqsga tushuvchi sana’tining janri xazil raqsni ijro etishda ko’zda tutilgan. Lapar — bu ashula so’zlashuvidir. Xorazmda ashulalarni-yakka tartibga ijro etuvchi ijrochilar deb ataladi. Ayrim tumanlarda «lapar» atamasi to’y bazmlarda «Ulan» qo’shig’i (ayollar va erkaklar so’zlashuvi sifatida ijro etiladi) qo’llaniladi. «Yalla» janri ikki turli ashulalardan iborat: qisqa diapazonli kuyi, qo’shiq esa — raqs bilan bir vaqtda yakka tartibda ijro etish.
Qo’shiqlarning she’riy matnlar Sharq shoirlarining xalq va kasbiy she’riyatlari qo’llaniladi. Ashulalarning yanada rivojlangan namunalari mohiyati bo’yicha og’zaki urf-odatlarning professional musiqasi hisoblanadi. O’zbek musiqiy meroslaridagi asosiy joyini-badiiy nutq tarzida hikoya rivoyatlarni ifodali etuvchi-doston asari egallaydi.
Raqslar O’zbekistonnig turli hududlarida bir-biridan farq qiladi. Farg’ona raqsi o’zgacha mayinligi, xarakatlarning ravonligi va ifodaliligi, siljish qadamlarining engilligi, joylarda va aylanishlarda o’zga xos xarakatlari bilan ajralib turadi. Xorazm va Buxoro viloyatlarda qayroqlar bilan raqsga tushiladi.
Milliy rassomlik san’atning rivojlanishi ko’p asrlardan oldin boshlangan. XVI–XVII asrlarda Buxoro poytaxtida va boshqa shahar markazlarida qo’lyozma san’ati va muvoqalash ishlari sezilarli darajada muvaffaqiytlarga erishildi. Qadimgi qo’lyozmalarning badiiy bezashlar nafis kalligrafiyani, maydonlarda suv buyoqlari orgali ingichka ornamentlarni bajarishni o’z ichiga olgan.
Ushbu sana’tda bir necha yonalishlarning uslublari rivojlangan. Ulardan biri Behzod (o’rta asrning rassomi, sharq miniaturasi yonalishlarining asoschisidan biri) urf-odati bilan bog’langan.
MILLIY O’ZBEK KIYIM-KECHAKLARI
Mahalliy aholining o’zga hos kiyim-kechagi qadimdan iqlimi, uy-rozg’or sharoiti, urug’-aymoqlari urf-odatlaribo’yicha aniqlangan. XIX asrdayoq kiyim-kechaklar (xalatlar, ko’ylaklar va erkaklar ko’ylaklari): keng va uzun bichilgan, elkadan tushmaydigan, qadi-qomatni yashirib turadigan barcha belgilar saqlanib kelingan.
An’anaviy erkaklarning milliy kiyimlari qiyiqcha bilan bog’langan qavilgan issiq cho’ponlardan, boshkiyimi-do’ppidan va nozik charmdan yasatilgan etiklardan iborat. Erkaklar tekis andazali ichki va tashki ko’ylaklarni kiyganlar. Cho’ponlarning yengil yoki paxtada qavilgan issiq turlari mavjud. Urishda va yerga o’tirishda qulay bo’lishi uchun cho’ponlarning yon tomonlarida kesimlar bo’lgan. Odatda cho’pon qiyiqcha bilan bog’langan bo’lar edi.
Milliy bayram ko’ylaklari qo’llanilgan matolarning va kashtalarning chiroyi va boyligidan kundalik ko’ylaklardan ajralib turadi.
Ayollarning milliy kiyimlari xalat, xon-atlasdan tikilgan oddiy bichimli ko’ylaklar, lozimlar — pastki qismi tor bo’lgam keng yupqa shimdan iborat. Ayollarning bosh kiyimi asosiy uch belgidan iborat: shapkacha, ro’mol va do’ppi. Ayollarning bayram ko’ylaklari matolarning to’kilib turishidan va chiroyidan ajralib turadi. Bolalar kiyimlari kattalarning kiyim shakllarini takrorlab kelgan. umumiy belgilar bilan bir qatorda har bir tuman va qabilaning kiyimlari o’zga hos hususiyatga, ishlatililishda ifodalaydigan mato, shakl va andazalarga ega.
O’zbekistonning taniqli va keng tarqalgan xalq san’atidan biri Do’ppidir. Do’ppi — bosh kiyimi hisoblanib, astarli yumshoq matolardan tikilgan. Do’ppi o’zbek milliy kiyim-boshiningajralmas qismi bo’lib, o’zbek millatining o’z milliy an’ana va urf-odatlariga kirdi. O’zbek do’ppisining keng tarqalgan shakllaridan: to’rtqirrali va konussimondir. Do’ppilar uchun oq surp, oq ipakli ip, jiyak, tepchish uchun oddiy ipdan tayyorlanadi. Aksariyat ayollar do’ppido’zlik sirlarini mohirlik bilan egallaganlar. Do’ppilarni bezashda xayot va hosildorlik ramzi bo’lgan «bodom» ko’p uchraydigan bodom belgisida qul solish turlariga kiradi. Do’ppilar ichida keng tarqalgan turi asrash vazifasini bajaruvchi «ilon izi» naqshi hisoblanadi. Geometrik naqshlar yanada taniqliroq naqshlar bo’lgan. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar, o’z shakli, turi va gul tushirish yo’llari bilan ajralib turadi.
Erkaklar do’ppisini farqlashda jоy nоmi ustun tursa, ayollar do’ppisiga nоm bеrilganda guli, shakli, bеzagi taъkidlanadi. Masalan: -jоy nоmi aks etgan do’ppi turlari: Andijоn, Marg’ilоn, Chust, Irоqi dеb nоmlansa; -tikish va tayyorlash usuliga ko’ra do’ppilar bоsma, guldo’zi, zamindo’zi, zardo’zi, sanama, to’ldirma, chizma kabi atalgan; — guli, bеzagi, hashami yoki taglik matоsi nuqtai nazaridan nоm оlgan do’ppilar: atirgul, baхmal do’ppi, bоdоm nusхa, bulbul nusхa, gilam nusхa, kiyik qоsh, lоlagul, munchоq do’ppi, nоzik do’ppi, chamanda gul, qalampir nusхa singaridir.
MILLIY OSHXONA
O’zbek oshxonasi Sharqda xilma-xilligi bilan mashhur. o’zbek taomlarining ayrim tayyorlanishlari ko’pasirlik tarixga ega. har bir taom o’zga hos milliy urf-odat va tayyorlash ussulariga ega. Taomlar, ichimliklar va qandolat maxsulotlar tayyorlanishining turli uslublar 1000ga yaqindir.
Osh — O’zbekistonning eng mashxur taomidir. Ushbu taom ham kundalik ham bayramona taom hisoblanadi. To’y, o’tirishlar va to’g’ilgan kunlar ushbu milliy taomsiz o’tmaydi. Oshning asosiy tarkibi guruch, go’sht, sabzi va boshqa mahsulotlar hisoblanadi.
Ot go’shtidan tayyorlangan «qazi»- o’zbek gazaklarining eng mashhurlaridan biridir.
Non-o’zbek xalqi uchun muqaddasdir. Urf-odatlargamuvifiq safarga ketayotgan kimsa nondan bir bo’lagidan tishlasa qaytib kelgunga va yegunga qadar ushbu nonni saqlash kerak. Non savati bilan boshda ko’tariladiganurf-odat ham nonga bo’lgan munosabatda ko’rsatilayotgan katta xurmat misolidir. Ko’p asrlar mobaynida nonvoylar nonni tandirda yopadilar, natijada non gurch-gurch va mazali bo’ladi. Nonning ikki turi mazjud:yopgan-oddiy non (obi-non) va bayram noni (patir non). Oddiy non suvda qoriladi va sedana bilan sepiladi. Patir non — qo’y yog’i solingan qatlam hamirdan tayyorlanadi.
Shashlik va somsa (tandirda yopiladigan qatlam hamirli milliy pishiriq) O’zbek oshxonasining eng taniqli taomlaridan hisoblanadi.
O’zbekistonning milliy oshxonasida sho’rva asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu taomlar sabzi, lavlagi hamda piyoz va ko’katlar kabi sabzabotlarga boydir. Sho’rvalarning eng mashhurlari — bu mastava va qaynatma sho’rvadir.
Xolva — bug’doy uni, yong’oq bilan shakar va sedanadan tayyorlanadigan butun jahonda tanilgan sharq lazatidan biridir. O’zbekistonda xolvalarning 50ga yaqin turli xillari mavjud.
Bundan tashqari, O’zbekiston meva, uzum, qovun va tarvuzdan tayyorlangan o’z mazali sharbatlari bilan mashhur. Shuningdek, O’zbekiston katta miqdordagi turli quruq mevalar, yong’oqlar va bodomlarga boy.
Agar Siz O’zbekistonga tashrif buyursangiz milliy oshxonani tatib ko’ring va o’zingizga yoqqan taomning tayyorlanish uslublarini joylardagi egalardan so’rang.
O’ZBEK ХALQ RAQS МAKTABI VA USLUBLARI
Har bir o’zbеk raqs мaktabining o’zi bir оlaм. Farg’оna raqslari gоh sho’х va tеtik, gоh мayin оquvchi harakat, gavdani bir оz оldinga egib erkin, nafis tutish, хilмa-хil мaъnо kashf etuvchi chirоyli qo’l harakatlariga хоs bo’lgan. Buхоrо raqs мaktabining esa оdatda tоvоnini urib-urib, tizzani bukib, ayni chоg’da gavdani g’оz tutib, viqоr bilan kift titratib, aniq shaklli puхta qo’l хarakatlari bilan o’ynaganlar. Хоrazм raqsi uchun esa tizzalarni sal — pal bukib, kiftlarni tik tutib, butun tanani хarakatga kеltirib, bilak va barмоqlardan turli tuмan chirоyli shakllar yasab, o’ynоqi sho’х, оtashin o’ynash хarakatеrlidir. Хоrazмda qayrоq bilan o’ynash kеng rasм bo’lgan. O’zbеk raqsida оbrazlilik мazмundоrlik хal qiluvchi rоl o’ynaganki, bu хususiyat barcha мaktab va uslublarni bоg’lab yagоna o’zbеk raqsini мaydоnga kеltirgan. Raqs uslub va мaktablari bir-biriga taъsir ko’rsatib, iжоdiy хaмkоrlik tоrtishuv kеng tus оladi. Buning natiжasida iжrо мaktablarning мazмuni bоyib, aхaмiyati оshadi. Qo’qоn хоnligi, Buхоrо aмirligi va Хiva хоnligining bir qatоr shaharlarida yirik raqs to’plar (ansaмbllari) tashkil etilgan bo’lib, faqat O’rta Оsiyoda eмas undan tashqarida haм o’zbеk raqs sanъatini мunоsib naмоyish etdi.
ZAМОNAVIY RAQS SAN’ATI
ХХ-asrning 20-yillarida хalq raqslarining saхna variantlari yuzaga kеla bоshladi. «Qarinavо», «Sadr», «Dilхirож», «Gul o’yin», «Мunожоt» kabi anъanaviy raqslar yangicha uslublar bilan bоyigan хоlda zaмоnaviy жarangladi va yangicha talqinda хalq оrasida shuхrat qоzоndi. «Pilla», «Paхta» kabi хalq меhnatini ulug’lоvchi raqslar dunyoga kеldi. Bu ishda raqs ustalari YUsufжоn qiziq SHakarжоnоv, usta Оliм Kомilоv, Taмaraхоniм, Мukarraмa Turg’unbоеva, Isохоr Оqilоv, Galiya Izмaylоvalarning хizмatlari kattadir. «Bahоr», «Lazgi», «SHоdlik», «Zarafshоn» ashula va raqs ansaмbllari bugungi kunda dunyoga мashhurdir. Мustaqillik sharоfati bilan «O’zbеkraqs» birlashмasi tasarrufida yangi raqs guruхlari tuzildi. Bоlalar raqsi rivожlanмоqda. Har yili o’tadigan Мustaqillik va Navro’z bayraмlarida va хalqarо anжuмanlar dasturida raqs sanъati мarkaziy o’rinni egallaydi. Хоrеоgrafiya мaktablari faоliyat ko’rsatмоqda. Хalq raqs va balеt мaktabi insоn ruхiy hayotini chuqur aks ettiruvchi, go’zal pоеtik tabiatga haмda katta badiy uмuмlashмaga ega bo’lgan sanъatdir. Raqs haмisha go’zallikka chоrlaydi.
MILLIY HUNARMANDCHILIK:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy hunarmandchilikning unitila boshlangan qadimiy an’analari va maktablari qayta tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Prezident Islom Karimov rahnamoligida usta-hunarmandlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati an’analarining bardavomligiga xizmat qilayotir.
Marg‘ilon shoyi-atlaslari va do‘ppilari, Xiva gilamlari, Nurota kashtalari, Buxoro zardo‘zi buyumlarining dovrug‘i yetti iqlimga yoyilgan. Qo‘li gul ustalarimizning san’at asari darajasida tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari bugun dunyoning ko‘plab muzeylaridan, xalqaro ko‘rgazmalardan joy olib, xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, bebaho qadriyatlari va yaratuvchanlik salohiyatini namoyon etib kelmoqda.
Joylarda “Usta-shogird” maktablari tashkil qilinib, intiluvchan yoshlarimizga xalq badiiy hunarmadchiligi va amaliy san’ati bo‘yicha mahorat sirlari o‘rgatilayotir. Buning samarasida ajdodlar izidan borib, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va ehtirom ruhida kamol topayotgan iste’dodli ustalar avlodi yetishib chiqmoqda.
Oʻzbek milliy kiyimlari tarixi
Oʻzbek milliy kiyimlari tarixi.
O’rta Osiyo xalqlarining kiyim-kеchaklari ko’p asrlik tarixga ega. Har bir elat va etnik guruhlarning o’ziga xos xususiyatli bosh-oyoq kiyimlari bo’lsada, mintaqada yashovchi etnoslar umumiy haraktеridagi sarpo mavjudligi, ularning tarixiy taqdiri, madaniyati uzoq davr uzaro yaqin bo’lganligidan dalolat bеradi. Arxеologik qazishmalardan topilgan qadimiy katta dеvoriy rasmlar, har xil buyumlarga tushirilgan tasvirlar, o’rta asrlardagi kitob miniatyuralari ajdodlarimizning o’tmishdagi kiyim-kеchaklari to’g’risida boy ma’lumotlar bеradi. Ilk o‘rta asrlarga oid devoriy rang tasvirlarda o‘sha davrda yashagan ajdodlarimizning kiyim-boshlari, ularning turli xil shakllari, mahalliy xususiyatlari hamda bu davrga oid mato turlari aks etgan. Ayniqsa, bu borada Afrosiyob, Panjikent, Varaxsha, Bolaliktepa, Xolchayon va boshqa qator yodgorliklardagi devoriy rang tasvirlarni alohida ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Jumladan, bolalik tepadagi qazilmalar chog‘ida topilgan suratlarda erkaklar ustida yaktagi borligi aniqlangan. Yozma manbalarda «yaktak» so‘zi XII-XIII asrlardan e’tiboran ma’lumdir. Chunonchi, «Muqaddimatul-adab»da “yaktoyi, yaktayni kiydi” degan so‘zlar uchraydi. Devoriy suratlardan va arxeologik materiallardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ilk o‘rta asrlarda o‘ziga to‘q toxaristonlik erkaklar ipakdan, kambag‘al aholi esa oq bo‘zdan chakmon kiyganlar. Ushbu ma’lumotlarni bevosita yozma manbalar ham tasdiqlaydi. Jumladan, mashhur xitoy sayyohi Syuanszan Toxaristonning kambag‘al aholisi paxtali mato va kam sonli boy-badavlat tabaqa vakillari esa junli matodan kiyim kiyishganini yozadi.
O‘zbekiston xalqlarining hozirgi kiyimida ham ildizi chuqur tarixiy an’anaga borib taqaladigan xususiyatlar mavjudligini kuzatish imkonini beradi. Farg‘ona vodiysining Munchoqtepa yodgorligidan eng qadimgi va ilk o‘rta asrlarga oid qator kiyimlarning namunalari, asosan, erkak ayol va bolalar ust-boshlari topilgan. Qolaversa, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy asarlarida terinchak «terlik» ma’nosi ta’kidlangan.
O‘zbek milliy kiyimlarini o‘rganishda XV-XIX aslarda Hirot va Buxoro maktablariga mansub musavvirlar yaratgan miniatyura san’ati asarlari juda qimmatbaho manba hisoblanadi.Manbaalardan ko‘rinadiki milliy libos deganda faqatgina adras va yoki atlasni, turli do‘ppilarnigina hisoblash xatodir, matosidan qatiy nazar tikilish jihatidan ham o‘zbek milliy libosi deb atalishga haqli libsolar juda ko‘p ekan. Xatto milliy bosh kiyimlarimizdan biri bo‘lgan do‘ppining yuzdan ortiq turlari mavjud ekan.Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar. Har bir mintaqa uchun oʻziga xos farq va xususiyatlar mavjud.
Oʻzbek ayollarining milliy liboslari.
O’zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar chopon, doppi va atlas erkaklar uchun-do’ppi, chopon, belbog’ va yaxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo’lsada mustaqillikdan so’ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O’zbekistonga maxmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, chopon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.
Do’ppi-O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi asosan baxmal,ipak,zar bilan tikiladi. O’zbekiston Chust, Toshkent ,Samarqad,Buxoro,Boysun,Shahrisabz do’ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do’ppilari keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.
Chust do’ppisining tepasi kvadrat shakilda bo’rtib chiqadi,boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo’ladi.do’pi tikuvchi chevar «do’ppido’z», do’ppi tikish kasbi esa «doppido’zlik»deb ataladi.
Atlas O’zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir.bu libos ipakdan tayyorlanadi. O’zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Atlas qadimiy va milliy liboslardan biridir. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o’zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O’zbekistonda eng mashxur atlas Marg’ilon shaxrida to’qiladi.
Zar chopon o’zbek ayollarini qishda sovuqdan saqlovchi, yozda issiqdan saqlovchi kiyimdir. Bu chopon asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. Chopon o’zbek xalqini qadimiy liboslaridan biridir. Bu o’zbek ayollari uchun go’zallik ifodasidir. Bu chopon O’zbekistonning deyarli barcha joylarida kiyiladi.
Hozirgi o‘zbek sarpolari zamonaviy tipda bo’lib, ayniqsa yevropacha kiyim-kеchaklarning kirib kеlishi bilan tavsiflanadi. Milliy kiyimlar ko’proq qishloqda, alohida ayollar sarposida ancha muntazam saqlangan. Shahar aholisining ko’pchiligi yevropacha kiyinadi.
An’anaviy o‘zbek kiyim-kеchagi asosan ustki ko’ylak, chopondan, boshga do’ppi, oyoqda kalish-maхsi va etikdan iborat bo’lgan.Erkak-ayol va katta-kichiklar kiyimlari bichimining dеyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak bеradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba’zan qaychisiz va ulgusiz yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani ikkiga buklab yеlka tomonga ko’ndalangiga ikki yеng bilan bir parcha to’rtburchak xishtak tikib ko’ylak qilishgan.
1.History of Uzbek national clothes.
The clothes of the peoples of Central Asia have a centuries-old history. Although each people and ethnic groups have their own unique headgear and footwear, the presence of common characteristics of ethnic groups living in the region, their historical destiny and culture indicates that they have been close to each other for a long time. Ancient large wall paintings, images printed on various objects, and book miniatures from the Middle Ages, found in archaeological excavations, provide rich information about the clothes of our ancestors in the past. The wall paintings of the early Middle Ages depict the clothes of our ancestors who lived in that period, their different shapes, local characteristics and types of fabrics of this period. In this regard, it is worth noting the mural paintings in Afrosiyab, Panjikent, Varakhsha, Bolaliktepa, Kholchayan and other monuments. For example, in the photos found during the excavations on the hill of childhood, it was found that the men were wearing a yak.
The word “yaktak” is known in written sources since the 12th-13th centuries. For example, in “Muqaddimatul-adab” the words “yaktoyi, yaktayi kiyidi” are found. It is known from wall paintings and archeological materials that in the early Middle Ages, dark-skinned men of Takharistan wore silk, and poor people wore white-gray turbans. This information is confirmed by direct written sources. For example, the famous Chinese traveler Xuanzhan writes that the poor inhabitants of Tokharistan wore cotton cloth, and a few representatives of the wealthy class wore clothes made of woolen cloth.
It makes it possible to observe the presence of features rooted in deep historical tradition in the current clothing of the peoples of Uzbekistan. A number of samples of the oldest and early medieval clothes, mainly men’s women’s and children’s headdresses, were found in the Munchogtepa monument of the Fergana valley. In addition, in the works of Alisher Navoi, the founder of Uzbek classic literature, the meaning of “slipper” is emphasized.
In the study of Uzbek national clothes, the works of miniature art created by painters belonging to the schools of Herat and Bukhara in the 15th-19th centuries are a very valuable source. there are many dresses that have the right to be called Uzbek national dress regardless of the way they are made. There are even more than a hundred types of caps, which are one of our national headdresses. Clothes that reflect the national characteristics of the Uzbek people, created in ancient times and used today, are inextricably linked with their culture and history. Each region has its own differences and characteristics.
2.National costumes of Uzbek women.
The Uzbek national costume includes a hat, cloak, belt and jacket for men. The Uzbek national dress has its place in the world. For example, guests from different parts of the world pay great attention to the national dress and culture of Uzbekistan. Uzbek national dress and culture are very attractive. Although our national dress was reduced during the Soviet Union period, attention to our dress increased and improved after independence. Currently, Uzbek tailors go to foreign countries and show them the unique aspects of Uzbek clothing. Tourists who come to Uzbekistan pay attention to the historical monuments of our homeland, the art of memory-making, national traditions with great interest. They will witness Independence Day, Nowruz, Harvest Festival and Uzbek weddings. As souvenirs, they take satin, hats, belts, cloaks and other souvenirs.
Doppi is a light headgear common in Uzbekistan. The hat is mainly made of velvet, silk, and zar. Chust, Tashkent, Samarkand, Bukhara, Boysun, Shahrisabz hats are famous in Uzbekistan. Especially, Chust hats are widely distributed and made in almost all regions of Uzbekistan.The top of Chust’s cap bulges out in a square shape, while the top of the others has a hemispherical shape.
Atlas is a common women’s dress in Uzbekistan. This dress is made of silk. Due to the development of silk production in Uzbekistan, satin is worn in almost all regions. Atlas is one of the ancient and national costumes. They decorate this dress by giving it different shapes. This makes Uzbek women more attractive. The most famous satin in Uzbekistan is woven in the city of Margilan.
Zar chapon is a clothing that protects Uzbek women from cold in winter and heat in summer. This cloak is mainly made with velvet, silk, and dar. Chapon is one of the ancient costumes of the Uzbek people. This is an expression of beauty for Uzbek women. This cloak is worn almost everywhere in Uzbekistan.
Today’s Uzbek sarpo is of a modern type, characterized by the introduction of European clothes. National clothes were more regularly kept in the village, in separate women’s sarpo. Most of the city’s residents dress in European style.
Traditional Uzbek clothes mainly consisted of an upper shirt, a cloak, a hat on the head, kalish-maxi on the feet and boots. The almost identical design of men’s and women’s and children’s clothes indicates their antiquity. Such dresses are sewn in a simple way, sometimes without scissors and without sewing. They made a dress by folding a piece of gauze in half and sewing two sleeves crosswise to a shoulder.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Milliy kiyimlar tarixi
01 ноября 2014
Saodat Davlatova. Qashqadaryo milliy kiyimlari
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi