Kitob haqida qiziqarli faktlar
Nizomga muvofiq, bank plastik kartochkalari orqali to’lovlar qog’oz ko’rinishidagi yoki elektron shakldagi yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bu hujjatlar hisob-kitobning barcha ishtirokchilariga yetarli miqdorda to’ldirilishi talab etiladi va ularda bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqidagi zarur ma’lumotlar bo’lishi zarur.
Korporativ kartalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar xujjatlar bilan tasdiqlanadi
Markaziy Bank Boshqaruvining Qarori bilan, “Jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to’g’risidagi” Nizomning 5-punktiga o’zgartirish kiritildi. Unga ko’ra, korporativ bank kartalari orqali hisob-kitoblar “Uzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan avval korporativ bank kartalaridan foydalangan holdagi to’lovlar 2013 yil 3 iyunida o’z kuchini yo’qotgan “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan edi.
Nizomga muvofiq, bank plastik kartochkalari orqali to’lovlar qog’oz ko’rinishidagi yoki elektron shakldagi yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bu hujjatlar hisob-kitobning barcha ishtirokchilariga yetarli miqdorda to’ldirilishi talab etiladi va ularda bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar haqidagi zarur ma’lumotlar bo’lishi zarur.
Korporativ bank kartalari egalari savdo va servis korxonalarida milliy valyutada naqd pulsiz hisob-kitoblarni Vazirlar mahkamasi qaroriga binoan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish harajatlari tarkibi va moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”da ko’rsatilganidek amalga oshirishi mumkin.larning shartlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etilmokda. Amalga oshirilgan izchil choralar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS banking kabi masofadan bank xizmatlari ko’rsatishning innovatsion tizimlari faol rivojlanmoqda. Endilikda mazkur xizmat tizimlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 534,8 mingga yetib, bu oxirgi 5 yil mobaynida ushbu ko’rsatkichning 21,8 barobarga oshganligini ko’rsatadi. Shuningdek, SMS-banking va mobil-banking xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni xam jadal sur’atlar bilan o’sib, oxirgi 5 yil davomida 45 barobardan yuqori, ya’ni 10,3 mingdan 472,6 minggacha ko’paydi. Bundan tashqari Elektron to’lovlar tizimining faollashuvi kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankining banklararo to’lov tizimi orqali o’tkazilgan tranzaksiyalar soni 2010 yil yakunlari bo’yicha 35,5 mln.dan 2014 yilda 60,0 mln.gacha yetdi, ya’ni oxirgi 5 yil mobaynida 1,7 barobarga o’sdi. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 1,82 barobarga o’sdi. Aytish joiz Plastik kartochkalardan foydalanuvchilar hamda ularga xizmat ko’rsatuvchi to’lov terminallari soni yuqori sur’atlar bilan oshib bormoqda. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 1,7 barobarga ya’ni, 2011 yil boshidagi 7,9 mln. donadan 2015 yil 1 yanvar holatiga kelib 13,4 mln. donaga yetdi. O’tgan davrda o’rnatilgan to’lov terminallari soni 1,8 barobarga, ya’ni 85,7 ming donadan 158,8 ming donaga yetdi. Plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada kengaytirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida so’nggi 5 yilda to’lov terminallari orqali amalga oshirilgan to’lovlar hajmi 4 barobarga, ya’ni 5,7 trln. so’mdan 22,8 trln. so’mgacha o’sdi. O’tkazilgan davra suhbati natijasida bank tizimida elektron to’lovlarni yanada rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishning ustuvor yo’nalishlari, bank plastik kartochkalaridan foydalanish va bank mijozlariga masofaviy xizmat ko’rsatish tizimlari ko’lamini yanada kengaytirish bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kitob haqida qiziqarli faktlar
— Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan. — Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar. — Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar. — Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kollektsiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kollektsiyasidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir bahya qolgan. — Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning «Don Kixot», Jon Banyanning «Avliyoning sayohati», Oskar Uayldning «Qamoqdagi istig‘for», Nikolo Makiavellining «Hukmdor» asarlari mavjud. — Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi. — Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.
— Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning «kollektsiya»si narxi 20 million dollardan oshadi. — Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘yshib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat. — Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hammon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi. — Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir. — Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi. — Napoleon daqiqasiga 2000 ta so‘zni o‘qiy olgan. — Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni — Napoleondir. U haqda 10000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan. — 95 % insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar. — Balzak yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan. — Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. — Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi. — Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar. — Dunyodagi eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat. — Adabiyotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shekspir asarlaridan «sevgi» so‘zi 2259 marta, «nafrat» so‘zi esa 229 marta takrorlangan. — Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi. — Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D`Alamberning «Frantsuz entsiklopediyasi»ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun «qamab qo‘yganlar». — Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994 yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auktsionidan 30,8 million dollarga sotib olgan. — Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi. — Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350 yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839 yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan. — Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat. Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi. — Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738 yili 10000 dollar oltinga auktsionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
- Bilimingizni test orqali sinang
Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
- Sanjar
- Salim
- Saida
- Ro’zigul
- Ro’zimuhammad
Moliya haqida kitoblar
9 sentabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli yangi kitobi taqdim etildi. Ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Dunyo bo‘ylab ko‘pgina davlat rahbarlari va siyosat arboblari o‘z faoliyati davrini asosan memuar sifatida ta’riflab, asarlar yozishadi. Ular o‘z kitoblarida siyosiy ishlardagi fikr va mulohazalardan tashqari, o‘z hayotlaridagi ba’zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qiladilar. Asarlar orqali mazkur insonlarning boshqa hislatlariga ham guvoh bo‘lish mumkin.
Dunyo kitobxonlari tomonidan e’tirof etilgan ba’zi davlat rahbarlari va siyosiy yetakchilarning asarlari hamda ularning qisqacha mazmuni haqida «Gazeta.uz» so‘z yuritadi.
«Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati» Avraam Linkoln
AQSh prezidenti Avraam Linkoln (1809−1865) Amerika Qo‘shma Shtatlarining tarixiy rivojlanishini belgilab bergan to‘rtta prezidentdan biri hisoblanadi. Quyi qatlamdan chiqqan prezident barcha bilimlarini tirishqoqlik va uzluksiz o‘z ustida ishlash orqali o‘zlashtirgan. U o‘zining axloqiy namunasi, yuksak axloqiy tamoyillari va ishontira olish qobilyati bilan o‘z xalqini ilhomlantirib, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga hissa qo‘shdi va AQSh uzoq vaqt davomida dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylandi.
«Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati» kitobida Avraam Linkolnning asosiy nutqlari va maqolalari, uning tarjimai holi, inauguratsiya nutqlari va xalqqa qilingan murojaatlari bor. Kitob Avraam Linkoln, uning sheriklari va raqiblarining hayoti davomidagi suratlari, AQSh fuqarolik urushi davridagi hujjatli va badiiy materiallar bilan boyitilgan.
«Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida» Franklin Ruzvelt
Franklin Ruzvelt «Buyuk depressiya» davrida AQShni boshqargan va uni uzoq davom etgan inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan davlat rahbari hisoblanadi. Amerikaliklarda kelajakka ishonchni uyg‘otish uchun, u shaxsan o‘zi xalqqa davom etayotgan islohotlar va hukumat rejalarining ma’nosini tushuntirishga qaror qilgan. Ruzvelt Amerika xalqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio xabarlari orqali murojaat qilib kelgan. Bu nutqlar tarixga «Kamin oldidagi suhbatlar» nomi bilan kirdi. Ruzvelt o‘n ikki yillik boshqaruvining oxirigacha odamlarga murojaat qilib kelgan.
AQSh 32-prezidentining eng yaxshi nutqlari «Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida» nomli kitobda to‘plangan.
«Boylikka yo‘l. Avtobiografiya» Benjamin Franklin
Ushbu kitob davlat va jamoat arbobi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, faylasuf, tadbirkor Benjamin Franklin shaxsini ochib beradi. Uning yuzi hammaga tanish — bu AQShning asosiy banknotasi dollardagi son-sanoqsiz marotaba bosilib chiqqan portretdir. Uning «Vaqt — pul» aforizmini hatto hech narsani bilmaganlar ham biladi. Franklin «Avtobiografiya”si esa uzoq vaqtdan buyon hozirda buyuk shaxslar ro‘yxatiga kirgan muvaffaqiyatli odamlarning qayta-qayta murojaat qiladigan kitobiga aylangan.
«Agar siz odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lish haqida ajoyib maslahatlar olishni, o‘zingizni boshqarishni va shaxsiy fazilatlaringizni yaxshilashni xohlasangiz, hayotning eng qiziqarli hikoyalaridan biri — Benjamin Franklinning tarjimai holini o‘qing», — degan edi amerikalik pedagog va yozuvchi Deyl Karnegi.
Ushbu kitobda Benjamin Franklin 1771 yildan 1790 yilgacha o‘z hayoti haqidagi yorqin eslatmalarni qoldirgan. Ularning barchasi uning vafotidan keyin birlashtirilgan. Franklin bu asarida istehzo va hazil bilan o‘zining g‘ayrioddiy taqdiri va shunday shaxs bo‘lib yetishishiga nima yordam bergani haqida xikoya qiladi.
«Uchinchi dunyodan — birinchisiga. Cingapur tarixi (1965−2000)» Li Kuan Yu
Li Kuan Yu — Singapur davlat arbobi, 1959 yildan 1990 yilgacha mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. Uning rahbarligi ostida resurslari bo‘lmagan kichik oroldagi sobiq Britaniya mustamlakasi kuchli iqtisodiyoti, qulay sarmoyaviy muhiti va barkamol ijtimoiy siyosati bo‘lgan yuqori darajada rivojlangan davlatga aylangan. 2000 yilda Li Kuan Yu «Singapur mo‘’jizasi» haqida memuar yozgan va uchinchi dunyodan birinchi dunyoga chiqish strategiyasini batafsil bayon qilgan.
Kitobda Li Kuan Yu shahar-davlatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun qo‘ygan qadamlari asosli xulosalar bilan izchil tasvirlangan. Muallif, shuningdek, foydali tajribaga aylangan xatolarni ham eslatib o‘tgan. Shuningdek kitobda tashqi siyosatga katta e’tibor beriladi. «Uchinchi dunyodan birinchisiga» — bu mamlakat farovonligiga qaratilgan puxta avtoritar boshqaruv bo‘yicha ajoyib darslik hisoblanadi.
«Davlat boshqaruvi san’ati: O‘zgarayotgan dunyo uchun strategiyalar» Margaret Tetcher
«Davlat boshqaruvi san’ati» — 1979−1990 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan mashhur «temir xonim» Margaret Tetcherning kitobi hisoblanadi. Tetcher bu kitobni 2003 yilda mamlakat rahbariga qo‘llanma sifatida chiqargan va uni Ronald Reyganga bag‘ishlagan.
«Davlat boshqaruvi san’ati» — ko‘p qirrali kitob bo‘lib, u mamlakat rahbariyatining amaliy qo‘llanmasidan tashqariga chiqadi. Unda Tetcher turli mamlakatlarning muammolarini tahlil qiladi va ularning rivojlanishi uchun prognozlar beradi, barqaror ichki va tashqi siyosat uchun demokratiyaning qadrini isbotlaydi, xalqaro xavfsizlikni muhokama qiladi, ko‘plab taniqli siyosiy voqealarga o‘z fikrini bildiradi. Kitobda XX asrning ikkinchi yarmidagi jahon siyosiy jarayonlari haqida umumiy tushuncha berilgan.
«Fikrlar va xotiralar» Otto fon Bismark
Otto von Bismark — mashhur nemis kansleri, uning siyosiy faoliyati cho‘qqisi Germaniya imperiyasi tuzilishi paytiga to‘g‘ri kelgan. Bismarkning 1898 yilda nashr etilgan «Fikrlar va xotiralar» kitobi haqiqiy bestsellerga aylangan: u o‘z kitobida Ikkinchi Reyxning paydo bo‘lishiga olib kelgan voqealar haqida gapirgan.
Biroq, bu shunchaki memuar emas, bu, birinchi navbatda, «o‘tmishni tushunish va kelajak uchun ibrat bo‘lishi uchun o‘g‘illar va nabiralarga» qaratilgan «temir kansler» ning siyosiy vasiyati hisoblanadi. Siyosiy maydonda o‘z faoliyatini yakunlab, Bismark ushbu kitobda nafaqat zamondoshlari oldida o‘zini oqlamoqchi, balki o‘z vorislarini kelajakdagi xatolar haqida ogohlantirmoqchi ham bo‘lgan.
«Ikkinchi jahon urushi» Uinston Cherchill
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri nafaqat o‘z davrining taniqli siyosatchisi, balki juda yaxshi yozuvchi ham edi. 6 jildlik «Ikkinchi jahon urushi» asari Cherchillga tegishli.
Birinchi kitobda 1919 yildan 1940 yil dekabrigacha bo‘lgan voqealar tasvirlangan, muallifning so‘zlariga ko‘ra, ular «oldini olish mumkin bo‘lgan va keraksiz» urushga olib kelgan.
Ikkinchi kitobda xotiralarning uchinchi va to‘rtinchi jildlari nashr etilgan va 1941 yil yanvaridan 1943 yil iyunigacha bo‘lgan voqealar tasvirlangan: fashistlar Germaniyasining Sovet Ittifoqiga bostirib kirishi, militaristik Yaponiyaning AQShga hujumi, Gitlerga qarshi koalitsiya tuzilishi, ittifoqchilarning himoyadan hujumga o‘tishi.
Uchinchi kitobda esa beshinchi va oltinchi jildlari nashr etilgan va 1943 yil iyundan 1945 yil iyulgacha bo‘lgan voqealar — Germaniya ittifoqchilarining taslim bo‘lishi, Tehron, Yalta va Potsdam konferensiyalari, Amerika, Britaniya va Kanada qo‘shinlarining Normandiyaga o‘tkazilishi, Sovet armiyasi va ittifoqchilarining tarixiy g‘alabalari, Germaniyaning taslim bo‘lishi natijasida fashist qo‘shinlari mag‘lubiyati tasvirlangan.
«Mening hayotim» Mahatma Gandi
Mohandas Gandi «baniya» savdogar kastasiga mansub o‘ziga to‘q oiladan chiqqan. Vafotidan so‘ng esa undan faqat bir juft sandal, ko‘zoynak va tayoq qolgan. Butun umrini o‘zini chegaralashga va jamiyatga xizmat qilishga bag‘ishlagan, zo‘ravonliksiz qarshilikni kurash vositasi sifatida ishlatgan, zo‘ravonlik va diniy nizolarga tinimsiz qarshilik ko‘rsatgan eng mashhur hind Gandini «Buyuk qalb» sohibi deb atashadi.
Mahatma Gandining «Mening hayotim» kitobi — buyuk donishmand va tajribali, qalbi toza siyosatchining tarjimai holi, Hindistonning ozod qilinishi va Gandining ruhiy izlanishlari haqidagi hikoya hisoblanadi. Kitobda, shuningdek, «Mening iymonim» va «Salomatlik kaliti» risolalari mavjud bo‘lib, unda Gandi o‘z dunyoqarashi bilan o‘rtoqlashadi, dunyoda mavjud bo‘lgan dinlar, shuningdek, vegetarianlik va axloqiy turmush tarzi muhokama qilinadi.
«Kotib xonim» Madlen Olbrayt
Bill Klinton prezidentligi davrida Madlen Olbrayt Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish harakatlaridan tortib NATOning Kosovoga gumanitar aralashuvigacha bo‘lgan eng muhim va dramatik siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lgan.
AQSh tarixida birinchi marta yuqori darajali lavozim — davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri) bo‘lib tayinlangan ayol o‘zining ochiq memuarida ushbu voqealarni qizg‘in hikoya qiladi va o‘quvchilarga jahon tarixining eng jo‘shqin davrlarida xalqaro munosabatlar sahnasi ortiga nazar solishga imkon beradi.
O‘zining ushbu kitobida Madlen Olbrayt shaxsan muloqot qilgan dunyoning yetakchi rahbarlari va an’anaviy tarzda erkaklar yetakchilik qiladigan diplomatik maydonda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani haqida gapiradi. Kitobda Vladimir Putin, Vatslav Gavel, Yasir Arafat, Ariel Sharon, Binyamin Netanyaxu, qirol Husayn, Slobodan Miloshevich, Kim Chen Ir, Bill va Xillari Klinton, Kolin Pauell va boshqa ko‘plab jahon liderlarining qiziqarli portretlari taqdim etilgan.
«Va’da qilingan yer» Barak Obama
AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning «Va’da qilingan yer» kitobi uning memuarlarining birinchi jildi hisoblanadi.
Xotiralarining birinchi jildida Barak Obama o‘zining yoshligi va prezidentlik sari yo‘li haqida hikoya qiladi. U o‘zining siyosiy ma’lumoti va o‘zining tarixiy prezidentligining birinchi davridagi muhim lahzalarni batafsil tasvirlab beradi. Kitob Obama prezidentligining birinchi muddatida Usama ben Ladenni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi bilan yakunlangan. Unda Obamaning tarixda o‘zini tinchlikparvar va «insoniy yuzli siyosatchi» sifatida tarixda qolishga uringanligi ko‘rsatilgan.
«Газета.uz» 10 646
- # kitoblar
- # siyosiy yetakchilar
Bolalarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar – qanday qilib eng yaxshisini tanlash yoki ta’limga bo’lgan munosabatingizni qanday topish mumkin?
Bolalarning yoshligida ko’pchilik o’zlarini katta o’qituvchi deb hisoblashadi. O’zlarining chaqaloqlarning tug’ilishi, bunday illyuziyalarning yo’q qilinishiga olib keladi, chunki ular ajratilgan doiraga mos kelishni xohlamaydilar. Bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar har bir bola, avvalambor, shaxs ekanligi haqida tushuncha beradi.
Bolalarni tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblar
Ta’lim nazariyalari va amaliyotlari hisobga olinmaydi. Ulardan ba’zilari bolani temir panjasida saqlashni talab qilsa, boshqalari avlodlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarning rivojlanishini targ’ib qiladi. Haqiqat bir joyda o’rtada. Shuning uchun, qanday ishni bolalarning tarbiyasi bo’yicha kitoblar reytingi boshqarmasin, faqat shaxsiy tuyg’ularga e’tibor qaratish kerak. O’qish sizning ijobiy his-tuyg’ularingizni ifodalaydi va bolangizni tushunish va qabul qilish uchun rag’batlantirsa, unda maslahatni amalda qo’llashingiz mumkin. Agar bolalarni tarbiyalash haqidagi kitobdan keyin o’z kuchiga nisbatan shubha tug’ilsa, o’zini ota-onadan voz kechish va boshqa halokatli his-tuyg’ular bo’lsa, uni chetga surib qo’ying.
Bolalar psixologiyasi va ta’lim bo’yicha eng yaxshi kitoblar
Yaqin o’tmishda kamdan-kam otalar va onalar bolalar psixologiyasini o’rganish uchun qiyinchiliklarga duch kelishdi. Go’daklar kuch-qudratidan ta’lim olib, asrlar davomida tasdiqlangan usullarni qo’llash uchun olib ketildi, bular hali ham bobolar va bobolar tomonidan ishlatilgan. Bolalarning tarbiyasi va psixologiyasiga oid kitoblar har bir bola shaxsini farqlashni taklif etadi, so’ngra muloyimlik bilan rivojlanadi va zaiflarni sozlaydi:
- “Farzandlaringizning xulq-atvorini qanday tushunish kerak?” “Men xohlamayman”, “men emas”, “yo’q” – barcha bolalar dunyodagi hamma narsadan voz kechish davri. Kichkina qaysarlarning xatti-harakatlarini yo’q qilish Andrea Clifford-Postonga yordam beradi.
- “Bolalar psixologiyasi ABC”. Muallif Sergey Stepanov bolaning qalbida bo’ronlar ustidan pardani ochib beradi va ota-onalarni ularga engish uchun o’rgatadi.
- “Ota-onalarning qoidalari”. Richard Templar tomonidan ajoyib tavsiyalar beradigan, turli xil keskin vaziyatlarda qanday javob berish kerak bo’lgan onalar va onalar uchun ajoyib qo’llanma.
Tug’ilganidan bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar
Yangi tug’ilgan chaqaloqning hech qanday pedagogik usullarga berilmasligi hisoblanadi. Darhaqiqat, yoshi ulug ‘tosh “peshtoq” deb nomlanuvchi binoning poydevoridagi birinchi toshlarni o’rnatishga to’sqinlik qilmaydi. Bola tug’ilgandan keyin tug’ilish bo’yicha eng yaxshi kitoblar quyidagicha:
- “Farzandingiz tug’ilgandan 2 yilgacha.” Er-xotinning vakolatiga ko’ra, Searsning sakkizta farzandi borligi shubhalanmaydi. Bu kitob, tajribasiz va juda tashvishli yosh onalar uchun haqiqiy topilma bo’ladi. Bu sizni vahima kerak bo’lgan paytda va sabr-toqatli bo’lishingiz kerak bo’lsa, batafsil tushuntirib beradi.
- “Quvonchlimi?Shunday qilib rivojlanmoqda! “. Mualliflar (Frans Ploy va Xatti Vanderteit) ma’lumotlariga ko’ra, bolaning rivojlanishi, ularning har biri yuqori tashvishli davrdan oldin davom etadi. Xavotirli cho’qqilar orqali imkon qadar yumshoq va og’riqsiz o’tishi uchun kitobdan maslahatlar olish mumkin.
1 yoshdan katta bolalarni tarbiyalashga oid kitoblar
Chig’anoqlarning tug’ilishidan boshlab 1 yilgacha bo’lgan muddat uning jismoniy farovonligi to’g’risida qayg’uradi va jismoniy parvarish charchoq belgisi ostida o’tadi. Keyin unga ma’naviy charchoq qo’shildi, chunki bola bu belgini faol ravishda namoyish qila boshlaydi. Bolalar davridagi inqiroz davrining boshidanoq boshingizni yo’qotmang va bolaga maktabgacha ta’lim bo’yicha barcha kerakli yordam kitoblarini berasiz:
- “Yashirin yordam.Bolaning hayotida hissiyot. “ Odatda, ota-ona va farzand sevgi va mehr-muhabbat bilan mustahkam bog’langan. Ushbu iplarning pesni bolaga uyg’un rivojlanishga asos beradi. Ko’pincha Lyudmila Petranovskaya bilimga asoslanib, chaqaloq tabiatidagi qiyinchiliklar oddiy e’tiborga ega emas.
- “Bolaning yonida”. Franzoisa Doltoning qiziqarli tadkikotlari bolalik dunyosining barcha jihatlariga qiziqish uyg’otadigan, erta rivojlanish usullaridan boshlangan va qizlar va o’g’il-qizlar ta’limining o’ziga xos xususiyatlariga yakun yasaydigan barcha narsalarni ochib beradi.
O’g’il bolalarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar
Abadiy ayol tushi – keyingi kuchli va ishonchli odam. Bunday o’g’lini qanday qilib ko’tarish, o’g’il bolalar ta’limi bo’yicha eng yaxshi kitoblarni keltiradi:
- “O’g’limiz bilan gaplashamiz.” Zamonaviy o’g’il bolalarning muammolari ota-bobolarining muammolaridan sezilarli darajada farq qiladi, shuning uchun u har doim o’g’illari bilan umumiy til topa olmaydi. Andrey Kashkarovning kitobi keskin burchaklarni yumshatishga yordam beradi.
- “O’g’limni qanday qilib ko’tarish kerak”. Kundalik ishlarimizda eng katta boylik – qarindoshlarimiz va do’stlarimiz. O’g’li bilan ishonchli munosabatlarni qanday qilib mustahkamlash, uni so’zma-so’z emas, balki amalda – Leonid Surzhenkoning kitobida o’rgatadi.
- “O’g’lim o’sib bormoqda!Haqiqiy odamni qanday ko’tarish kerak? “ Jan Grantning hiperplazisiz va bolaliksiz bolani qanday qilib ko’tarish bo’yicha amaliy tavsiyalari va tavsiyalari.
Qizlarning ta’limiga oid kitoblar
Qizni haqiqiy ayolni tarbiyalash – qiyin vazifa. Ota-onalar ustidan g’alaba qozonish, o’z-o’zidan g’amxo’rlik qilishni o’rgatish va ming-bitta uy donoligini o’rgatish – bularning barchasi bolalarning ta’lim olishida ota-onalarni tushunish uchun yordam berishdir:
- “Oldini tayyorlash.Ota-onalar qizlarni tarbiyalashmoqda “. Erkaklarning (Nayjel Latta) va erkaklar tomonidan o’qitiladigan qizlar uchun noyob qo’llanmasi qizni qo’llab-quvvatlashga yordam beradi va uning o’ziga xosligini yo’q qilmaydi.
- “Qizni ko’tarish”. Uning hayotining turli davrlarida qiz bilan muloqot qilish, erta jinsiy hayotning xavfliligi, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni olib kirish va ko’plab boshqa vasvasalardan qanday qutulish mumkinligi – bu savollarga Don va Joan Eliom javob beradi.
- “Qizni tarbiyalash”. O’g’ildan ko’ra qizni ko’paytirish osonroqdir. Qanday qilib va qanday qilib o’zini shunday tutish kerakmi? Shunday qilib, qizi baxtli va o’z-o’zidan etishgan, Svetlana Xazova va Oksana Kuznetsovaning kitobini aytadi.
O’smirlarni tarbiyalash bo’yicha kitoblar
Pubertal davr butun oila uchun ko’pincha to’siq bo’lib qoladi. O’tkir va g’amgin o’smirda bunday sevimli va muhtoj himoyalanadigan bola o’smirlarni tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblarga yordam beradi:
- “Sizning o’smir sizni aqldan ozdirmaguncha”. Nayjel Lattning so’zlariga ko’ra, o’smirlik davrida bolaning gormon bilan to’ldirilgan yurish bomba bilan solishtirish mumkin. Barcha halokatli portlashdan qochishning yagona usuli kommunikatsiya hisoblanadi.
- “O’smirning yonida”. Yoshlar haqidagi darslik muallifi Frankoise Dolto, bu vaqtda bolaning beg’ubor chaqaloqqa o’xshashligiga ishonch hosil qiladi. Ota-onaning vazifasi maksimal darajada g’amxo’rlik va yordam berishdir. Qanday qilib uni ta’minlash, o’smir farzandlarini tarbiyalash bo’yicha eng yaxshi kitoblardan biriga aylanadi.