С этой книгой также читают
Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
T. Malikov O. Olimjonov moliya
Malikov T.S., Olimjonov O.O. Moliya. Darslik / Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: 2019. – 882 bet.
Darslik “Moliya” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo’lib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, moliyaviy nazariyalar, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari jamg’armalar, ijtimoiy ta’minot, sug’urta, uy xo’jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar o’z aksini topgan.
Kitob talabalar, magistrantlar, iqtisodiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, mamlakatning moliya-byudjet- soliq tizimida faoliyat ko’rsatayotgan amali-yotchi mutaxassislar va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha o’quvchilarga mo’ljallangan.
Toshkent Moliya instituti Ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
O.K.Iminov
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
D.P.Po’latov
Kirish
«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi tasav-vurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlari-ning amalga oshirilishi moliya fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta qo’rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni etarli darajada inobatga olmagan holda mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur darslikda mualliflar moliyaning nazariy masalalariga oid barcha printsipial o’zgarishlarni o’quvchi-larning e’tiboriga etkazishga harakat qilishgan.
Uning 1-7-boblarida moliyaning umumnazariy masalalari (moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalash-tirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat va moliyaviy nazariyalar) yoritilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi davlat moliyaviy salohiyatining asosi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliya-viy isloh qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihat-lari, ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabel-ligi, xo’jalik yurituvchi sub’yekt marketing strategiyasining moliyaviy yo’nalishlari, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion dasturlarini moliyalash-tirish, moliyaviy barqarorlikka tegishli bo’lgan holatlar 8- 15-boblarda o’z aksini topgan.
16-24-boblar umumdavlat moliyasiga, ya’ni davlat byud-jeti, uning daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish, byudjet tizimi, tuzilmasi va jarayoni, byudjetdan tashqari davlat fondlari, ijtimoiy ta’minot, davlat krediti va sug’urtaga oid masalalarga bag’ishlangan. Uy xo’jaliklari moliyasi va xalqaro moliya masalalari esa 25-26-boblarda bayon qilingan.
Mavzularni chuqur, tez va osonroq o’zlashtirishga yordam berish maqsadida bahs-munozara va nazorat uchun o’ziga xos tarzda savollar tuzilgan va ular har bobning oxirida bayon etilgan.
Kitobning 6-bobi katta o’qituvchi M.O.Sharapova, 21-bobi iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.H.Haydarov, 24-bobi iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent X.M.Shennaev va 26-bobi iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Jumaev, qolgan boblarning barchasi esa iqtisodiyot fanlari doktori, professor T.Malikov va
iqtisodiyot fanlari doktori, professor O.Olimjonov hamkorligida yozilgan.
bob. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:
- maqsadli pul fond 1 larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
- biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
- moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida) 2 .
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari 4 qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q 5 .
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XY asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’- nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa dav-latlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi 6 .
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliq-lar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati printsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
- Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasday tuyular edi.
- –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To’g’ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi o’rniga davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan biri bo’lib hisoblanadi.
- Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
- Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyat-laridan iborat bo’lgan
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib borgan 7 .
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Moliya kitob
Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Электронная книга:
В данный момент нет в наличии.
Заказать: (90) 959-25-26
Поделиться с друзьями в соцсетях
- Аннотация
- Комментарии и отзывы
Darslik “Moliya” fani dasturi asosida yozilgan boʻlib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar, ijtimoiy taʼminot, sugʻurta, uy xoʻjaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar yoritilgan.
Kitob talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, mamlakatning moliya- byudjet-soliq tizimida faoliyat koʻrsatayotgan amaliyotchi mutaxassislar va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha oʻquvchilarga moʻljallangan.
Moliya kitob
5 tadan 1–5 lar ko’rsatilyapti
Qarzdan qutulishning samarali usuli
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
To’rtinchi sanoat inqilobi
Boy va Kambag’al odamlarning fikrlash strategiyasi
Molxona
Qarzdan qutulishning samarali usuli
Hech kim qarzga botishni orzu qilmaydi, hech kim “omadsiz” bo‘lishni orzu qilmaydi.Lekin, omad yo‘lida har kim shu ahvolga tushishi mumkin. Buni, o‘ziga xos tajriba deb bilsak buladi, hayotning o‘zi, bizni masʼuliyatli bo‘lishga o‘rgatayotgandek. Qarzlardan qutilib, omadli va boy bo‘lishga imkoniyatingiz yana-da ko‘payganini his qilishingiz mumkin. Afsuski, bunday holatga tushgan juda ko‘p insonlar orzularidan voz kechib ortga chekinadilar. Joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turadi. Bu holat tajriba va bilim yetishmasligi tufayli yuz beradi.
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Muallif, taniqli moliyaviy tahlilchi, moliyaviy erkinlikning 3 ta asosiy omilini ko’rsatib beradi. Ma’lum bo’lishicha, hamma narsa juda oson va sodda, va eng muhimi – bu omillar ishlaydi! Siz qilishingiz kerak bo’lgan narsa – kundalik vazifalaringizni biroz o’zgartirish va siz allaqachon o’zingiz xohlagan narsaga pul tejabgina qolmasdan, balki sarmoya kiritishni ham boshlashingiz mumkin.
To’rtinchi sanoat inqilobi
“To’tinchi sanoat inqilobi” deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o’xshamaydi. “To’tinchi sanoat inqilobi” kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o’ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o’zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo’lishingiz mumkin.