Press "Enter" to skip to content

Molxona audio kitob

Napoelon – hayvonlar jamiyatining yetakchisi, keyinchalik hayvonlar dohiysi (qiyosan Stalin va undan keyingi kommunistik davlat yetakchilari)

Muallif nima demoqchi edi: “Molxona” (Jorg Oruell)

Assalomu alaykum,
Navbatdagi kitobni o’qish fikri muallifning “1984” kitobini o’qib, u asosida ishlangan filmni ko’rgach keldi. Hajm jihatdan anchagina kichik kitob, majoziy ma’noda yozilgan. Asarning asosiy qahramonlari sifatida Angliyadagi bir fermada yashovchi hayvonlar tasvirlangan bo’lib, asar voqealari mutaqil hayvonlar jamiyati qurishdan boshlanib, ushbu jamiyat qulashigacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Shubhasizki, muallif ushbu asar oorqali butundunyoni sovet mafkurasidan ogohlantirmoqchi hamda asosiy voqealari ham Sobiq sovet ittifoqidagi jarayonlarga monand bayon qilingan.

Asardagi asosiy qahramonlar:

Asar qahramonlari

Mayor – hayvonlar jamiyati g’oyasining asoschisi, o’limi oldidan “ozod hayvonlar jamiyati” qurishni vasiyat qiladi (qiyosan, ushbu obrazni koomunistik mafkura asoschilari – Fredrix Engels va Karl Marksga tenglashtirish mumkin;

Snouboll – inqilobni tashkil qiluvchilardan va jamiyatning ilg’or fikrli rahbarlaridan biri. Ammo keyinchalik Napoleon tomonidan quvib yuboriladi va uning nomi ham qora qilinadi. (qiyosan, Leon Trotskiy ushbu obrazga ancha yaqin – chunki aynan Trostkiy Stalin tomonidan o’zining kommunistik qarashlariga zid bo’lganligi sababli barcha lavozimlardan chetlashtirilib, keyinchalik o’ldiritirladi.)

Napoelon – hayvonlar jamiyatining yetakchisi, keyinchalik hayvonlar dohiysi (qiyosan Stalin va undan keyingi kommunistik davlat yetakchilari)

Benjamin – keksa dono eshshak, ko’p narsani biladi, aqlli ammo hech narsaga aralshmasdan yurishni afzal ko’radi (buni hamma narsani anglaydigan, ammo siyosatga aralashishdan o’zini tiyaidan ziyolilar qatlamiga qiyoslash mumkin)

Bokser – o’ta mehnatkash, o’z sog’lidan ham jamiyat muvaffaqiyatini ustun qo’yadigan oxir-oqibat qassobxonaga topshirilgan ot (mehnatkash (sovet) aholi(si) ushbu obrazga qiyos qilinishi mumkin.)

Qichqiroq – ma’naviyatchi cho’chqa. Napoleonning topshiriqlarini boshqa hayvonlarga yetkazish uchun ma’sul obraz. U har qanday holatni ustamonlik bilan odamlarga singdirishga juda usta. (qiyosan: kommunistik propaganda mashinasi )

Muallif bu asar orqali nima demoqchi bo’lgan?

Jorj Oruell o’zining bu asardan nima demoqchi ekanligini “Hayot maktublarda” (George Orwell: Life in Letters) asarida quyidagicha ifodalaydi:

Albatta, asarda birinchi navbatda rus inqilobini satira sifatida yortiganman. Ammo bundan ancha kengroq ma’noni anglatishni nazarda tutgan edim, men “bunday inqilob (hokimiyatga ega bo’lsa, ongsiz ravishda boshqaradigan odamlar tomonidan rahbarlik qilgan fitna-qo’zg’olon) faqat rahbarlarning o’zgarishiga olib keladi” demoqchi edim. Men, “inqiloblar, faqat omma hushyor bo’lib, o’z rahbarlari ishini tugatganlaridan keyin qanday qilib ularni quvib chiqarishni bilsalargina tubdan yaxshilanish bo’ladi”, degan ma’noni anglatgan edim. Hikoyaning burilish nuqtasi cho’chqalar o’zlari uchun sut va olma saqlashi hodisasi bo’lishi kerak edi (qiyosan: Kronshtadt isyoni) . Agar boshqa hayvonlar oyog’ini pastga tushirishni ma’qul ko’rsalar edi, yaxshi bo’lar edi. Agar insonlar (o’z harakatlarini oqlash uchun) men mavjud baqrarolikni (status quo) saqlab qolish uchun shu ishlarga qo’l uryapman desalar, Aslida, ular azaldan pessimist va egosit bo’lib ulg’ayganlar va diktatura yoki erkin(laissez-faire) kapitalizmdan boshqa muqobil yo’l yo’q deb o’ylaydilar. Men aytmoqchi bo’lgan narsa shu edi: “Agar o’zing harakat qilmasang, inqilob qila olmaysan; birgalikda rahbarlik qilinadigan diktatura yoki kema degan narsa yo’q.” ( Bir kemada 2 ta kapitan bo’lmaydi) *

Yuqoridagi iqtibosdan muallif nima demoqchiligi yaqqol anglashiladi. Asarning dolzabligi (garchi 1944-yilda yozilgan bo’lsa-da) hali ham mavjud. Muallif asarda, boshqa fermalar (inqilob bo’lmagan molxonalar)dagi hayvonlar hayotini ideal yoki yaxshi degan fikrdan yiroqda. Haqiqatdan ham, jamiyat qanday siyosiy tuzumda bo’lishidan qat’iy nazar adolat o’rnatilmasa, yozilgan qoidalar barcha uchun barobar (rahbarlar uchun ham, oddiy aholi uchun ham), boshida jamiyatni qurishdan ko’zlangan maqsad qanchalik jimjimador bo’lmasin, yaxshilik keltirmaydi. Bugungi kundagi kapitalistik tuzumda bo’lgan davlatlarda ham aholining farovonlik darjasi har xil. “Erkin” Kapitalizm ham ayrim davlatlarda faqat muayyan sinfning maqsadlariga xizmat qiladigan jamiyat vujudga kelgan. Bundan anglashiladiki, adolatli jamiyat qurish, kapitalistik yoki kommunistik davlat qurishdan muhim. Aks holatda inqilob faqat “rahbarlarning almashishiga olib keladi”.

Asardan iqtiboslar:

  • Barcha hayvonlar tengdirlar. Biroq ayrim hayvonlar boshqalaridan ko’proq tengdirlar.
  • . nigohlar cho’chqalardan odamlarga, odamlardan cho’chqalarga ko’char, ular yana va yana goh odamlarning basharalariga, goh cho’chqalarning basharalariga boqar, ammo ularning qay biri cho’chqa-yu, qay biri odam ekanini ajrataolmasdilar.
  • Odam – o’zi hech narsa ishlab chiqarmay, hammasini hazm qiladigan yagona mahluqdir.
  • . u bilardiki, bu dunyoda ishlar hamisha shunday davom etgan, yaxshi ham, yomon ham bo’lmagan. Pastdagilar ishlagan, yuqoridagilar yeb-ichgan, hayvonlar uchun hamisha ochlik, qashshoqlik va hayronalik hasrati – bu foniy dunyo hayotining rad qilib bo’lmas haqiqatidir.
  • Zaif yoki kuchli, aqlli yoki oddiy, barchamiz teng birodarlarmiz

ziyonotes qaydlari:

  • Lozim bo’lgan vaqtda jamiyatning ziyoli qatlami jim turmasligi, soddqa xalqni sodir bo’layotgan voqealarning mohiyatini anglatishdan jonini xavfga qo’shib bo’lasa-da, qaytmasligi, aks holatda jamiyat juda katta o’lpon to’lashi mumkin;
  • Siyosatdan dushman yoki do’st bo’lmaydi, siyosatda manfaatlar bo’ladi (Qo’shni fermalar bilan ayrim vaziyatda do’st, ayrim vaziyatda dushman bo’lish sahnalari);
  • G’oliblar tarixni yozadilar. Shu boisdan o’qiladigan har ma’lumotga nisbiy deb qarash foydali. (asarda Napoleon tomonidan Snovball nomining qoralanishi sahnasi)

Keyingi asarda ko’rishguncha.

Molxona

Mashhur frantsuz inqilobchisi Dantonning «Inqilob oʼz farzandlarini Saturn xudosi kabi yeb bitiradi» degan iborasi ham asara oʼz aksini topgan. «Molxona» Rossiyada boʼlib oʼtgan 1917 yilgi inqilobga va SSSRdagi tuzumga nisbatan allegoriya shaklida yozilgan. Oruell bu asarini 1943 yil noyabrь oyidan 1944 yil fevraligacha yozib tugatgan.

19 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (1)
  • Iqtiboslar (0)

Mashhur frantsuz inqilobchisi Dantonning «Inqilob oʼz farzandlarini Saturn xudosi kabi yeb bitiradi» degan iborasi ham asara oʼz aksini topgan. «Molxona» Rossiyada boʼlib oʼtgan 1917 yilgi inqilobga va SSSRdagi tuzumga nisbatan allegoriya shaklida yozilgan. Oruell bu asarini 1943 yil noyabrь oyidan 1944 yil fevraligacha yozib tugatgan.

Kitob nomi: Molxona
Kitobning asl nomi: Animal Farm
Nashr qilingan til: O’zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 100
ISBN: 978-9943-23-149-8
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

4-mart 2023 y. 16:41 1

“Barcha hayvonlar tengdirlar, biroq ayrim hayvonlar boshqalaridan tengroqdirlar”

Barcha hayvonlar tengdirlar, biroq ayrim hayvonlar boshqalaridan tengroqdirlar” Yaqinda ushbu kitobni, aniqrog’i kitobchani yana qo’lga oldim. Ajablanganim, har safar shu asarni o’qiganimda, yana yangi bir fikrlar va ma’nolar topaman o’zimcha. Albatta, Erik Artur Blek (Jorj Oruell) o’zi ham urushda ishtirok etgan, turli davlat xizmatlarida faoliyat yuritgan va buning asnosida unda hokimiyat boshqaruv tizimiga nisbatan ko’pgina savollar tug’ilgani tabiiy edi. Buni uning esselarida ayniqsa sezish qiyin emas, ammo bu haqida biroz keyinroq. Mening nazarimda, o’zbek tiliga biroz g’alati – “Molxona” deya tarjima qilingan “Animal Farm” ertak hikoyasi antiutopiya janriga mansub hisoblanadi. Lekin bu to’liq antiutopiya emas, yana o’sha davr tuzumlarining siyosiy …