Press "Enter" to skip to content

Musiqa madaniyati

Asosiy pog’onalarning ko’tarilishi yoki pasaytirilishi alg’teratsiya deb ataladi. Alg’teratsiya belgilari 5 xil bo’ladi.

Musiqa darslik 1 sinf

2. Musiqiy tizim

4. Alteratsiya belgilari.

Musiqa savodi musiqa darsining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi. Musiqa nazariyasi o’quvchilarni saviyasini oshiradi. Musiqa savodi musiqiy iroda va ongli munosabatni tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ijro etish malakalarini xosil qilishga va garmonik qobiliyatni o’stirishga tahsir ko’rsatadi.

Musiqa nazariyasini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodik talab-olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llanishi, musiqaviy asarni taxlil qilish, nota yozish, dirijyorlik qilish, biror bir cholg’u asbobida chalish va kuylash kabi malakalarga yordam beradi.

Musiqa -tovush orqali bayon etilishi – musiqaning ifoda vositalarini o’zaro bog’lovchi muayyan qoidalarga buysunadi. Bu qoidalar xalq va mumtoz musiqaning asrlar davomida vujudga kelgan tajribasi natijasida paydo bo’ldi.

Musiqa bayon va ifoda etish vositalari musiqa elementlari deyiladi.

Musiqa nazariyasi musiqa asarlarini-kuyni o’rganishni o’ z oldiga vazifa q ilib qo’ yadi.

Olinadigan bilimni umumlashtirish maqsadida har bir musiqa elementi haqida mahlumot beriladi (lad, tonallik, metr, ritm, interval, akkord va boshqalar) musiqa bayonining boshqa vositalari bilan bog’langandagina ifoda kuchiga ega bo’lishini yodda tutish kerak.

Yuqorida aytilgan asosiy vazifadan tashqari, musiqa nazariyasi o’quvchilarning mutaxassisligi bo’yicha o’tadigan darslariga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan, bu esa musiqaga oid nota yozuvini ongli o’zlashtirishga yordam beradi.

Musiqa asarini taxlil qilishda (musiqa asari kuyini hamda ayrim qismlarining tuzilishini aniqlashda) o’quvchilar oladigan elementar bilim va eshitish ko’nikmasi ularning o’z mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ishlashiga xilma-xilliklar kiritadi va o’z navbatida, o’quvchilarga musiqa asarini ijro etayotganlarida uning mazmunini to’g’ri ochib berishga ham yordam beradi.

Boshqa fanlar bilan bir qatorda musiqa nazariyasi o’quvchilarning umumiy musiqa va madaniy saviyasini o’sishiga yordam beradi.

Musiqa nazariyasini o’rganishda amaliy jixatdan asosiy qoidalarni yuzaki tanishib chiqishning o’zi kifoya qilmaydi, bu fanni har tomonlama va chuqur o’rganish zarur. Mashqlar ustida muntazam ishlash olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustaxkamlashga yordam beradi.

Bu fanni o’rganishda didaktik printsiplarga yondashish kerak.Tahlim berish ilmiy, izchil va sistemali printsipda bo’lishi kerak. Oddiydan murakkabga o’ tila borishi, materialni ongli takrorlash va mustaxkamlash demakdir, tahlimda jamoa bilan birga individual muomalani uy g’ unlashtirib borish kerak. O’quvchilarni tinglash malakalarini o’ stirish musiqa o’qituvchisi oldida turadigan asosiy vazifalardan biridir.

“Tovush” so’zi ikki xil tushunchani bildiradi. Birinchisi fizik xoldagi tovush, ikkinchisi sezgi xolatdagi tovush.

1. C h olg’u asbob torining tebranishi-vibratsiya deyiladi va tovush to’lqini deb aytiladi.

2. Tovush to’lqinlari eshitish organi tomonidan qabul qilinadi va sistemasi orqali bosh miyaga o’tib unga tag’sir etadi.

Musiqaviy tovush xilma-xil bo’ladi, lekin qulog’imiz musiqaviy tovush bilan shovqinli tovushni ajratadi.

Sovqinli tovushlar qarsillash, gijillash, gumburlash, shivirlash kabi aniq balandlikka ega bo’lmagan tovushlar kiradi.

Musiqaviy tovush uch xil fizik hususiyatga ega balandlik-qattilik va tembr. Bundan tashqari musiqa tovushning cho’zilishi ham katta ahamiyatga ega. Balandlik tebranish tezligiga bog’liq, tebranish sust bo’lsa tovusht past bo’ladi. Qattiqlik tebranishni kuchiga bog’liq, tebranish amplitudasi qancha katta bo’lsa tovush shunchalik qattiq eshitiladi va aksincha Tembr – bu tovush hususiyati uning rang-barangligiga aytiladi.

Tovush cho’zimi tebranishning davom etishiga bog’liq bo’ladi. Yuqori tonlar qo’shimcha tebranish natijasida xosil bo’ladi. Uning baladligi har-xil chunki ularni tebranish tezligi turlichadir.

Musiqaviy tizi m

Tizim da tovushlarning o’z balandligiga qarab joylashadi tovushqatorda tovush esa uning pog’onasi deb ataladi. Musiqaviy tizim da 88 ta xilma-xil tovushlar bor. Barcha tovushlar sekundiga 16 dan 4176 tebranishga egadir. Musiqaviy sistema tovush qatorining asosiy pog’onalariga yettita mustaqil nom berilgan. DO. RE. MI. FA. SOL. L y a. SI. Bu tovushlar fortepianoning oq klavishalariga mos keladi.

Tovush qatorda bu 7 ta asosiy pog’onalarning nomi takrorlanib turadi va yo’l bilan barcha tovushlarni o’z ichida qamrab oladi.

Birxil nomdagi tovushlar oralig’i oktava deyiladi.

Fortepianoda 9 ta oktava joylashgan ularning nomlari quyidagicha.

Subkontroktava, kontroktava. katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, turtinchi oktava va beshinchi oktava.

Musiqaviy tizim da tovushlar absolyut balandligi aniq sozlanganligi o’zaro bog’lanishi musiqaviy soz deyiladi.

Musiqaviy sozga birinchi oktava Lya tovushi bir sekundiga 440 marta tebranishi asos qilib olingan. Musiqaviy sistemada har bir oktava 12 teng qismga yarim tonlarga bo’lingan va temperatsiyalangan soz deb atalgan. Yarim tonlik musiqa sistemada eng kichik oralik hisoblanadi. Ikkita yarim ton butun ton deb ataladi.

Tovush qatorda ikkita yarim ton va beshta butun ton bor. Ular quyidagi tartibda joylashgan.

DO RE MI FA SOL LYa SI DO

1t 1t 0.5t 1 1 1 0,5t

Butun tonlar yarim tonlarga bo’linadi. Tovush qatorning har bir asosiy pog’onasini ko’tarib yoki pasaytirish mumkun. Ko’tarilgan va pasaytirilgan pog’onalarga mos tovushlar xosila pog’onalar hisoblanadi. Xosila pog’onalarning nomi asosiy pog’onalardan kelib chiqadi.

Asosiy pog’ona yarim tonga ko’tarilsa- diez so’zi, yarim tonga- pasaysa bemol so’zi qo’yiladi. Ikkita yarim tonga pasaytirilsa dublg’ bemol ikkita yarim tonga ko’tarsa dublg’ diez deb yuritiladi va alterattsiya deb nomlanadi. Alteratsiya so’zi o’zgarish mag’nosini bildiradi.

ALTERATSIYA BELGILARI

Asosiy pog’onalarning ko’tarilishi yoki pasaytirilishi alg’teratsiya deb ataladi. Alg’teratsiya belgilari 5 xil bo’ladi.

Diez – # – notani 0,5 tonga ko’taradi

Bemol – b – notani 0,5 tonga pasaytiradi

Dubl diez – x– notani 1 tonga ko’taradi

Dubl bemol –bb – notani 1 tonga pasaytiradi

Bekar – -belgilarni bekor qiladi.

Kalitdan keyin qo’yiladigan belgilar kalit alteratsiya belgisi deyiladi. Kalit alteratsiya belgilari o’z kuchini asar davomida saqlab qoladi.Tasodifiy belgilar esa bitta takt davomida.

Tovushlar engarmonizmi. Harfiy sistema

Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o’zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo’lishi mumkun.

Masalan; fa-diez yoki si-bemol. Xosila pog’ona asosiy pog’ona bilan bir xil bo’lishi mumkin. Masalan; si diez do, fa bemol mi yoki barabariga pasayishi yoki ko’tarilishi ham mumkun. Masalan; fa dubl diez – sol, mi dubl, bemol – re.

Diatonik va xromatik.

Yarim tonlar va butun tonlar.

Tovush qatorning yonma-yon joylashgan ikki pog’onasi orasida xosil bo’lgan yarim tonga diatonik yarim ton deyiladi. Bularga mi-fa va si-do lar kiradi. Ko’tarilgan yoki pasaytirilgan xosila pog’onalar orasida ham diatonik yarim tonlar xosil bo’ladi.

Xromatik yarim ton deb asosiy pog’ona ko’tarilsa yoki pasaysa orasida yarim ton xosil bo’lganda aytiladi.

Diatonik butun tonlar deb do-re, re-mi, fa-solg’, solg’-lya, lya-si oraliqlarga aytiladi va bulardan tashqari ikkita xosila pog’ona orasida ham paydo bo’lishi mumkun.

Xromatik butun tonlar deb asosiy pog’ona ikki baravar ko’tarilishi yoki pasayish natijada xosil bo’lganda aytiladi.

Harfiy sistema.

Amaliyotda tovushlar bugin bilan yozilishidan tashqari, Lotin alfaviti asosida harf bilan yoziladi. Masalan :

Do re mi fa sol lya si

Xosila pog’onalarni yozish uchun harflarga qo’shimcha bo’g’inlar ko’shiladi. Masalan: Is-diez, cis-do diez

Isis-dubl diez, des-re bemol

Es-bemol, fisis-fa dubl diez

Eses-dubl bemol, geses-sol dubl bemol

Hamma pog’onalarda Si bimolg’ dagida qo’shimcha bo’g’in bo’lmaydi. B yoki b harfi bilan yoziladi. Es bo’g’inda unli a va e harflar uchrasa, talaffuzning qulay bo’lishi uchun; mi bemolg’ ees o’rniga es, lya bemolg’ aes o’rniga as yoziladi.

Oktavalarni belgilashda harflar ustiga qo’shimcha qilib raqamlar yoki chiziqlar yoziladi. Katta va kichik oktavalarning tovushi katta yoki kichik harflar bilan yoziladi. Masalan; katta oktavaning lya tovushi katta A harfi bilan kichik oktava kichik a harfi bilan yoziladi.

Birinchi oktavada beshinchi oktavagacha bo’lgan tovushlar qaysi oktavaga tegishli bo’lsa, shunday raqam yoki chiziqlar va kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan;

1 oktava do tovushi – c yoki c 1

2 oktava re tovushi – d yoki d 2

3 oktava mi tovushi – e yoki e3

4 oktava fa tovushi – f yoki f 4

5 oktava do tovushi – c yoki c 5

Kontroktava bilan subkontroktava tovushlari qaysi oktavaga tegishli bo’lsa ostiga yoziladigan shunday raqamlar yoki chiziqlar va katta harflar bilan belgilanadi. Masalan;

Kontroktavaning si tovushi – H yoki H 1

Subkontroktavaning lya tovushi – A yoki A2

Musiqa madaniyati

Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir.

Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib, u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni, borliqni anglash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari, janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy-g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat-e’tibor bilan eshitishga o‘rgatib, onglilik va faollikni rivojlantiradi hamda musiqa mada­niyatini shakl­lantiradi.

Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg‘u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyo­qarashiga mos tarzda tushun­tiriladi. Shu orqali bolalarda musiqiy taassurot va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini butun dars davomida olib borish o‘quvchining asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi, tinglash madaniyatini shakl­lantiradi.

O‘quvchilarning faolligini oshirish va tinglash malakasini shakllantirish uchun “Topqirlik” mashqidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avvalgi darslarda tinglangan kuy-qo‘shiqlar karnaycha- (katak, tasvirlar)lar ostiga joylashtiriladi. Bolalar istalgan karnaychani tanlab, undan yangragan ohangning nomi va muallifini aytishadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni diqqatni tezkor jamlashga o‘rgatib, xotirasini mustahkamlaydi.

Tinglanadigan musiqiy asar tuzilishi, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan o‘quv­chilarning yosh xususiyati va o‘quv dasturiga mos bo‘lishi, yangrash vaqti 1-1,5 daqiqadan oshmasligi lozim.

Tinglash jarayonini quyidagicha amalga oshirish mumkin:

1) Bolalar diqqatini jamlash. Asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi;

2) O‘qituvchi ijrosidagi yoki CD for­matdagi asarni tinglash;

3) Asarni suhbat orqali musiqiy, badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil qilish;

4) Asarni yaxlit qayta tinglagach, o‘quvchilarning taassurotlarini eshitish.

Tinglanadigan asarlardan parchalar (mashq-qo‘shiqlar) kuylash, chapak va cholg‘u asboblarini chalib, ularga ritmik jo‘r bo‘lish va musiqaga mos harakatlar bajarish chog‘ida bilim va malaka takomillashib, mustahkamlanadi.

5—7-sinf o‘quvchilari mustaqil fikr yuritadigan, aqlan va jismonan rivojlangan, musiqiy va estetik didi shakllangan bo‘ladi. Shu bois bu yoshdagi bolalar zamonaviy musiqa san’ati va uning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijrosini tinglaydi. 7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida diqqatni jamlash, musiqani anglash, uni idrok etish, cholg‘ularni va musiqiy janrlarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish tavsiya etiladi. Tinglash asnosida o‘quvchilarga quyidagi mazmunda bir nechta topshiriqlar berish lozim:

1. Kuyning xarakterini toping.

2. Kuy qaysi cholg‘uda ijro etilgan?

3. Kuyning o‘zbek milliy kuylariga o‘xshash jihatlari bormi?

4. Ushbu asar siz avval tinglagan kuylardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

5. Asarni tinglash jarayonida tasav­vuringizda qanday rang yoki obrazlar gavdalandi?

Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quv­chi­larning badiiy ijodkorlik va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi.

Musiqa madaniyati darslarida o‘quv­chilarga eng tushunarli va sevimli bo‘lgan faoliyat turi jamoa bo‘lib kuylashdir. U musiqa san’ati janrlari orasida ommaviyligi bilan ajralib turadi. O‘quvchilarning musiqiy didi va estetik qarashlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish o‘quvchilarni jipslashtiradi.

Jamoa bo‘lib kuylashda o‘quv­chilarning ovozini zo‘riqtirmaslik, ovoz sifatlari(tembr, diapazon)ni o‘stirish va rivoj­lantirish maqsadida kuylashdan oldin, albatta, barcha sinflarda ovoz sozlash mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni prima, tersiya va kvinta oralig‘ida bajarish, o‘quv­chilarning ovozini 0,5 tondan ikkin­chi oktava – mi tovushigacha ko‘tarish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar uchun o‘yin tarzida chapak chalib ovoz sozlash mashqlarini o‘tkazish yaxshi natija beradi. Milliy ohanglarimizdan tuzilgan ovoz sozlash mashqlarining ham foydasi katta. Mashqlarni guruhlarda bajarish o‘quvchilarni o‘zaro hamjihatlikka va hamkorlikka o‘rgatadi.

Ovoz sozlash mashqi uchun quyidagi kuydan foydalanish mumkin:

Bolalarning ovoz boylamlari kattalarnikidan ancha farq qilib, baland pardalarda jarangdor yangraydi. Ularning ovozi o‘z navbatida soprano yoki diskant (o‘g‘il bolalardagi eng baland ovoz) va alt ga bo‘linadi.

Soprano yoki diskant deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi. Bunday ovoz yengil, o‘zgaruvchan, yumshoq yangragani sababli qo‘shiqlarda asosiy kuy yo‘lini ta’sirchan ijro etadi. Uning diapazoni birinchi oktava -do dan ikkinchi oktava —sol gacha bo‘lgan oraliqni egallaydi.

Alt esa pastroq ovoz bo‘lib, birmuncha yo‘g‘on va kuchli tembrga yaqinligi bilan ajralib turadi. Diapazoni kichik oktava -sol dan ikkinchi oktava —re gacha bo‘ladi.

Jamoaviy kuylash vokal-xor ijrochilik mahorati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hamohanglik, so‘z, talaffuz, musiqiy badiiy vositalar, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonda o‘quvchilarda gavdani to‘g‘ri tutish, yuz, bo‘yin, yelka mushaklarini erkin qo‘yib, kuylayotgan paytda halqum va pastki jag‘ tomoqni siqmasligi, boshni erkin tutishni nazorat qilib borish va shu tarzda kuylash malakasini shakllantirish tavsiya etiladi.

Jamoa bo‘lib kuylashda legato, ya’ni ohangning bir tekis bog‘lanishi; non legato — bog‘lamasdan alohida ijro etish (tovushlar orasida nafasni ushlash); stakkato — tovushlarni uzib, qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmaslik) kabi ijro uslublaridan keng foydalanish o‘quvchilarning ijro mahorati va zehnini o‘stiradi.

Musiqa savodi faoliyat turida mavzu asosida bilim berish bilan birga, nota daftarlariga turli mashqlar bajartirish tavsiya etiladi. O‘quvchilar topshiriqlarni nota daftarlarida bajarib, notalar va ularning cho‘zimi, yozilishi kabilar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.

2015—2016-o‘quv yili uchun 1-, 4-, 5-sinf “Musiqa” darsliklari ijara asosida foydalanish uchun chop etildi. Musiqa fanidan 1-, 4-sinf darsliklaridagi ayrim illustratsiyalar yangilandi. 5-sinf darsligi 2006-yildan buyon qayta nashr etilmagani bois o‘quv dasturi va darslik o‘rtasida uzviylik ta’minlanmagan edi. Joriy yilda barcha kamchiliklar bartaraf etilib, o‘quvchilarning mazmunan yangi darslikdan ta’lim olishiga munosib imkoniyat yaratildi. Shu munosabat bilan 5-sinf “Musiqa” darsligi optimallashgan dastur asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, dotsentlari hamda amaliyotchi ting­lovchilarning fikr-mulohazalari umum­lashtirgan holda qayta ishlanib, mustaqillik yillarida yaratilgan yangi zamonaviy kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi. Jumladan, jamoa bo‘lib kuylash uchun 60-betga “Varrak” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, U.Abduazimova she’ri), 64-betga “Sumalak” (X.Hasanova musiqasi, A.Obidjon she’ri), 70-betga “Barkamol avlod” (I.Yo‘ldosheva musiqasi, I.Mirzo she’ri) qo‘shiqlari, yakka ijro uchun 74-betga “Gullar” (Fotima va Zuhra Ziyomuhammedovalar she’ri va musi­qasi), 90-betga “Kim epchil-u, kim chaqqon?” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri), 92-betga “Quvnoq yomg‘ir” (A.Mansurov musiqasi, A.Obidjon she’ri) kabi qo‘shiqlar, tinglash uchun “Sevinch” (T.Qurbonov musiqasi), “O‘zgacha” (B.Umidjonov musiqasi) kuylari kiritilgan. 5-sinfda jamoa bo‘lib kuylash uchun 11 soat, tinglash uchun 3 soat, jami 14 soat hajmida o‘zgartirishlar mavjud.

Darslik muqovasi ham zamon talablari asosida qayta ishlanib, yangilangan. Undagi barcha orkestrlar cholg‘u guruhlari uchun yangi illustratsiyalar kiritilib, eskilari yangisiga almashtirilgan.

Sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1) Musiqa madaniyati fanidan o‘qituvchilarning kasbiy kompe­tentliligini shakllantirishda mustaqil ta’limning o‘rni;

2) Musiqa madaniyati darslarida mediaresurslardan foydalanish;

3) Musiqa madaniyati fanidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishning ilg‘or usullari;

4) 2015—2016-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydala­niladigan musiqa madaniyati fani darsligi bilan ishlashning qulay usullari;

5) Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda madaniy merosimiz, milliy qadriyat­la­rimizning o‘rni;

6) Musiqa madaniyati darslarida musiqani tinglash, jamoa bo‘lib kuylash bo‘limlarini o‘tishda qanday metodlardan foydalanish lozimligi haqida bahs-munozara o‘tkazish .

Respublika ta’lim markazi