Press "Enter" to skip to content

XVI-XIX asrlarda o’zbek musiqasinig madaniyati Musiqiy nazariy meros

Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugʻlanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.

Abu Nasr Forobiy haqida hayoti va ijodi

Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugʻlanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.

Forobiy turkiy qabilalardan boʻlgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirgʻogʻidagi Forob – Oʻtror degan joyda tugʻilgan. U tugʻilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlangʻich maʼlumotni ona yurtida oldi. Soʻng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oʻqidi. Keyinroq oʻz maʼlumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi boʻlgan Bagʻdodga keldi. Bagʻdodda bu davrda musulmon dunyosining turli oʻlkalaridan, xususan Markaziy Osiyodan kelgan koʻp ilm ahllari toʻplanishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari – Isfahon, Hamadon, Rayda va boshqa joylarda boʻldi. Forobiy Bagʻdodda al-Mutaddil (829–902), al-Muqtafiy (902–908), al-Muqtadir (908–932) xalifaliklari davrida yashadi. U bu yerda oʻrta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, oʻzga diniy eʼtiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda boʻldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860–920)dan tabobat va mantiq ilmini oʻrgandi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.

Taxminan 941 yildan boshlab Forobiy Damashqda yashagan. Shahar chekkasidagi bogʻda qorovul boʻlib, kamtarona kun kechirib, ilm bilan shugʻullangan. Soʻnggi yillar u Halab (Aleppo) hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943–967) iltifotiga sazovor boʻldi. Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr hisoblaydilar. Chunki bu hokim hurfikrliligi, ilm-fanga eʼtibor berganligi bilan ajralib turgan. U Forobiyni saroyga taklif etadi, lekin Forobiy bunga koʻnmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal koʻradi.

Forobiy 949–950 yillarda Misrda, soʻng Damashqda yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob as-sagʻir” qabristoniga dafn qilingan deyiladi.

Forobiy oʻrta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan koʻproq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targʻib qilish va oʻrganishga bagʻishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.

Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni betafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini koʻrsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari Oʻrta va Yaqin Sharq ilgʻor mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda, ularni Aristotel gʻoyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Abu Ali ibn Sino Forobiy sharhlari (“Metafizika” – “Mobaʼdiy tabiat”)ni oʻqib, Aristotel asarlarini tushunganligini alohida taʼkidlaydi. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, oʻrta asr Ovroʻposini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol oʻynadi. Bu faoliyat uning ilmiy faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu bosqich Forobiyga oʻziga xos maktab xizmatini oʻtagan va yangi mavzularda tadqiqotlar olib borish uchun zamin hozirlagan.

Forobiyning bunday asarlarini mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:

Abu Nasr Forobiy ijodi.

1) falsafaning umumiy masalalariga, yaʼni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli kategoriyalariga bagʻishlangan asarlar: “Substansiya haqida soʻz” (“Kalom fi-l javhar”), “Masalalar manbai” (“Uyunul masoil”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob fi-l navomis”), “Falak harakatining doimiyligi haqida” (“Kitob fi-l harakat al-falaka doimatun”) va b.;

2) inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bagʻishlangan, yaʼni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar. Mantiq (logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi: “Kattalarning aqli haqida soʻz” (“Kalom fi-l aql al-Kabir”), “Yoshlarning aqli haqida kitob” (“Kitob fi-l aql as-sagʻir”), “Mantiq haqida katta qisqartma kitob” (“Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq”), “Mantiqqa kirish kitobi” (“Kitob al-madxal ila-l mantiq”), “Isbot kitobi” (“Kitob al-burxon”), “Sillogizm shartlari kitobi” (“Kitob sharoit al-qiyos”), “Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola” (“Risola fi mohiyat an-nafs”) va b.;

3) falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni, tematikasi haqidagi asarlar: “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Kitob fi ixso al-ulum va at-taʼrif”, qisqacha nomi “Ixso al-ulum”), “Falsafa tushunchasining maʼnosi haqida soʻz” (“Kalom fi maʼoni ism al-falsafa”), “Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob” (“Kitob fi ashyo allati yaxto-ju antallama kabl al-falsafa”). “Falsafaga izohlar” (“Taoliq fi-l hikmat”) va b.;

4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini oʻrganishga bagʻishlangan, yaʼni matematika fanlari – arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqaga oid asarlar: “Hajm va miqdor haqida soʻz” (“Kalom fi-l xiyz va-l miqdor”), “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob” (“Kitob al-madxal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan”), “Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni toʻgʻrilash usuli haqida maqola” (“Maqola fi-l jihat allayati yassexxu alayxo al qavl bi axkom an-nujum”), “Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob ul-musiqa al-kabir”), “Musiqa haqida soʻz” (“Kalom fi-l musiqiy”), “Ritmlar turkumlari haqida kitob” (“Kitob ul fi ixso-il-iqo”) va b.;

5) modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini oʻrganuvchi, yaʼni tabiiy fanlar – fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiyaga bagʻishlangan asarlar: “Fizika usullari haqida kitob” (“Kitob fi usul ilm at-tabiat”), “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola” (“Maqola fi vujub sanoat al-kimyo va-r radd ala mubtiluho”), “Inson aʼzolari haqida risola” (“Risola fi aʼzo al-insoniya”), “Hayvon aʼzolari toʻgʻrisida soʻz” (“Kalom fi aʼzo al-hayvon”) va b.;

6) tilshunoslik, sheʼriyat, notiqlik sanʼati, xattotlikka oid asarlar: “Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz” (“Kalom fi sheʼr va-l qavofi”), “Ritorika haqida kitob” (“Kitob fi-l xitoba”), “Lugʻatlar haqida kitob” (“Kitob fi-l lugʻat”), “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi sanʼat al-kitobat”) va b.;

7) ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bagʻishlangan, yaʼni huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir asarlar: “Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola” (“Risola fi-t tanbih ala asbob as-saodat”), “Shaharni boshqarish” (“As-siyosat an-madaniya”), “Urush va tinch turmush haqida kitob” (“Kitob fi maoyish va-l xurub”), “Fazilatli xulqlar” (“As-siyrat al-fazila”) va b.

Forobiyning ilmiy merosi, umuman, oʻrta asr Sharqining madaniy-maʼnaviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy maʼlumot beradi. Mutafakkir oʻz asarlarini oʻsha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi. Forobiy shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi sheʼrlar ham yozgan.

Forobiy asarlari XII–XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga, keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. Soʻnggi asrlarda koʻchirilgan nusxalari koʻp mamlakatlarning qutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Forobiyning 16 risolasini (arabcha) oʻz ichiga olgan “Hakimlar risolalari toʻplami” (“Majmuat rasoil al-hukamo”, Qoʻlyozmalar fondi, 2385-in.) bor. Bu noyob qoʻlyozma Forobiy asarlarini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Toʻplamdagi Forobiy risolalari 1975 yili qisman oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.

Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asarida batafsil yoritilgan. Kitobda oʻrta asrda maʼlum boʻlgan 30 dan ortiq fanning taʼrifi, ahamiyati koʻrsatib beriladi. Barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi: 1) til haqidagi ilm (7 boʻlim – grammatika, orfografiya, sheʼriyat); 2) mantiq va uning boʻlaklari; 3) matematika (arifmetika, geometriya, optika, astronomiya, musiqa, ogʻirliklar haqidagi ilm, mexanika); 4) tabiatshunoslik va metafizika (8 boʻlim – bashorat qilish, tibbiyot, alkimyo); 5) shahar haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika, pedagogika).

Fanlarning bu tasnifi oʻz davrida ilmiy bilimlarni maʼlum tizimga solishning mukammal shakli boʻlib, bilimlarning keyinga rivoji uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.

Shu narsa diqqatga sazovorki, Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni vazifasidan kelib chiqib toʻgʻri farqlagan. Uning talqinicha, matematika, tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish uchun xizmat qilsa, grammatika, mantiq, sheʼriyat kabi ilmlar fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni aqliy tarbiya uchun xizmat qilgan. Siyosat, axloq, taʼlim-tarbiyaga oid bilimlar esa kishilarning jamoalarga birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni oʻrgatadi.

Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. Bunday fanlarni u real narsalar haqidagi ilmlar deb ataydi. U yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey, Galen kitoblariga yozgan sharhlarida, oʻzining geometriyaga doir kitobida antik dunyo, oʻrta asr matematik gʻoyalarining yirik bilimdoni sifatida maydonga chikdi, matematikaning bir qancha murakkab kategoriyalari va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazardan hal etish yoʻllarini qidirdi, xususan son haqidagi ehtimollik nazariyasi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni boyitdi.

Forobiy “Yudduzlar haqidagi qoidalarda nima toʻgʻri va nima notoʻgʻriligi toʻgʻrisida” risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar oʻrtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan bulutlar va yomgʻirlar paydo boʻlishining Quyosh issiqligi taʼsirida bugʻlanishga sababiy bogʻliqligini yoki Oy tutilishi Yerning Kuyosh bilan Oy oʻrtasiga tushib qolishiga bogʻliq ekanligini koʻrsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab “fol ochuvchilar”ni fosh qildi. Forobiy arzon metallarni qimmatbaho metallarga aylantirishga urinuvchilarni (q. Alkimyo) tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmlarning bir qismi sifatida qaradi. Forobiy tabiblik bilan bevosita shugʻullanmagan boʻlsa-da, nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari “Inson aʼzolari haqida” risolasida bayon qilingan. U inson aʼzolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo boʻlish sharoitlarini alohida-alohida oʻrganishni, organizmning salomatligini tiklash uchun kerakli oziq-ovqatlarga eʼtibor berishni qayd etadi. Insonning ruhiy va jismoniy holati tashqi omillar, muhit taʼsiriga bogʻliqligiga eʼtibor beradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning bu haqdagi qarashlariga katta taʼsir koʻrsatdi.

Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning qadimgi ilgʻor madaniyati anʼanalari, arab xalifaligiga qarshi xalq harakatlari, oʻrta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy merosi taʼsir koʻrsatdi. Forobiy avvalambor Aristotel taʼlimotini tiklash, asoslash va ilgʻor tomonlarini soʻnggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, Sharq aristotelizm oqimini vujudga keltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari, kategoriyalarini ishlab chikdi.

Forobiyning falsafiy taʼlimoti mohiyat-eʼtibori bilan anʼanaviy ilohiyot – kalomdan tubdan farq qilib, ilmiy gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgandir. Forobiy falsafasiga koʻra, olam yagona mavjudotdan iborat, yagona vujud – vujudi vojib, yaʼni azaliy vujud – birinchi sabab hamda vujudi mumkin – yaratilgan, kelib chiqqan vujudlar natijalaridan iboratdir. Alloh – azaliy vujud (vujudi vojib) hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar – vujudi mumkin undan asta-sekinlik bilan pogʻonama-pogʻona kelib chiqadi, buning soʻnggi pogʻonasi moddadir. Uning fikricha, tabiat moddaning turli shakllarining paydo boʻlishi, sabab-oqibat munosabatlari asosida, muayyan izchillik va zarurat boʻyicha kechadigan tadrijiy jarayondir. Forobiy “Masalalar mohiyati”, “Oʻzgaruvchan narsalar haqida” risolalarida modda fazoda ham, vaqtda ham cheklanmagan, intihosiz degan fikrni ilgari suradi. Shu tarzda panteizmning Sharqdagi koʻrinishi vujudiyun taʼlimotini yangi gʻoyalar bilan boyitdi.

Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiy taʼlimotida – mavjudot 4 unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning oʻzaro farq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha boʻlishidir: olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq – qattiqlik sababi. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bogʻlangan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: Alloh (as-sabab al-avval), osmon jinslari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol), jon (an-nafs), shakl (as-surat), materiya (al-modda). Bulardan Alloh – vujudi vojib, yaʼni zaruriy mavjudliqdir, qolganlari esa – vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-birlari bilan sababiy bogʻlangan.

Forobiy uchun dunyo gʻuncha boʻlib, asta-sekin oʻzining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora koʻproq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy-ilmiy gʻoyalarning yanada rivojlanishi uchun keng yoʻl ochdi. Abu Ali ibn Sino va undan keyingi mutafakkirlar oʻzlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.

Ilm, bilish va aql haqidagi taʼlimot Forobiy asarlarida izchil va mukammal ishlangan. Ilm olish masalasiga u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaradi.

Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markazdir, barcha ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan aʼzoga bogʻliq.

Forobiy “Ilm va sanʼatning fazilatlari” risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan aksidensiya (al-oraz)dan substansiya – mohiyat (javhar)ga qarab borishini ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini taʼkidlaydi.

Insonning ibtidosida, avvalo “oziqlantiruvchi quvvat” paydo boʻlib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Shundan soʻng “tashqi quvvat”, yaʼni bevosita tashqi taʼsir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keluvchi “quvvat”lar – 5 turlidir: teri-badan sezgisi; taʼm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; koʻrish sezgisi. Bularning hammasini Forobiy “hissiyot quvvati” (“quvvai hissiyya”) deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. “Ichki quvvat”ga esda olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuygʻu, nutq (fikrlash) “quvvat”lari kiradi. “Ichki quvvat”da Forobiy aqliy bilish bosqichini nazarda tutadi. Ilmni egallash shu quvvatlar orqali amalga oshiriladi.

Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bogʻliqligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini alohida taʼkidlaydi.

Forobiy “Aql maʼnolari haqida” risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi taʼsir – taʼlim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqdiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos boʻlgan tugʻma quvvat – ruhiy kuch bilan bogʻliq.

Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi taʼlimotida mantiq (logika) ilmi muhim oʻrin tutadi. “Mantiq sanʼati kishiga shunday qonunlar haqida maʼlumot beradiki, – deb yozgan edi u, – bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sogʻlom fikr yuritishga oʻrganadi”. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika oʻrtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni toʻgʻrilab turadi.

Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi soʻnggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi.

Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari uning inson haqidagi taʼlimoti uchun xizmat qiladi, unga boʻysundirilgandir. Aqlga ega boʻlish, bilimli, mantiqli boʻlish bilan chegaralanmay, u maʼlum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak.

Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, oʻtkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zoʻr isteʼdodga ega, yomon ishlardan oʻzini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni oʻylab topish uchun zehn-idrokka ega boʻlganlarni aqlli deb boʻlmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim”.

Forobiy oʻrta asrlar sharoitida birinchi boʻlib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil taʼlimot yaratdi. Bu taʼlimotda ijtimoiy hayotning koʻp masalalari – davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.

Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi… Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.

Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oʻzaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. “Davlat arbobining hikmatlari” risolasida esa u doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi.

Forobiy oʻzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻladi. Kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, avvalo aqliy iqtidoriga hamda ilmlarni oʻrganish, hayotiy tajriba toʻplash jarayonida orttirgan bilim va koʻnikmalariga katta ahamiyat beradi. Itoatkorlikka daʼvat etuvchi taʼlimotlarni keskin qoralaydi.

Forobiy “Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola” asarlarida oʻzining orzu qilgan fozil jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, – deb yozadi u, – bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritiladi”. Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega boʻlgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.

Forobiy jamiyat oʻz rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga koʻtarilishi haqida fikr yuritadi.

U shunday yozadi: “Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, shu mamlakatning aholisidan boʻlgan har bir odam kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod boʻladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo boʻladi”. Forobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podshoh, rahbarlarga ham maʼlum talablar qoʻyadi. U xalq haqida doimo gʻamxoʻrlik qilishi, boshqalar manfaatini oʻz manfaatidan ustun qoʻya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi oʻzlarida muhim olti xislatni ifodalashlari kerak, yaʼni adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻlishi kerak.

Forobiyning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan uzviy bogʻlanib ketadi. Fozil jamoada komil inson xislatlari vujudga keladi. Masalan, axloq-odobli yetuk inson oʻn ikki fazilatga ega boʻlmogʻi lozim. Bu fazilatlar insonlarning oʻzaro munosabatlari mustahkamlanib, yaxshilik tomon yoʻnalishida vujudga kela boradi. Forobiyning fozil jamoa va komil inson haqidagi taʼlimotlari soʻnggi olim-mutafakkirlarga katta taʼsir koʻrsatdi.

Umuman olganda Forobiyning fozil jamiyati, komil insoni baxt-saodat, oʻzaro yordam, dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari oʻz davri uchun xayoliydir. Lekin insonni maʼnaviy ozod etishga, uning imkoniyatlarini ochishga, gumanistik yoʻnalishni asoslashga qaratilgan bu taʼlimot ilgʻor ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa boʻlib qoʻshildi. Umumbashariy intilishlarni ifodaladi. Uning ijtimoiy gʻoyalari keyinchalik soʻnggi mutafakkirlar: Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino, ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy, Saʼdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Iqbol, Ahmad Donish va boshqalar ijodida rivojlantirildi.

Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koʻp jildli asari bilan oʻrta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur boʻldi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib taʼrif va ilmi iqoga ajratadi.

Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy taʼrifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida koʻplab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari boʻlmish naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm oʻlchovlari va turlarini yoritib bergan.

“Musiqa haqida katta kitob”da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda maʼlum boʻlgan rubob, tanbur, nogʻora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning oʻzi mohir sozanda, bastakor, manbalarda yangi musiqa asbobini ixtiro etganligi, unda nihoyatda taʼsirchan kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega.

Forobiy oʻz davridayoq buyuk olim sifatida mashhur boʻlgan. Sharq xalqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. Oʻrta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiylar oʻz asarlarida Forobiy ijodini oʻrganib, uning gʻoyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Forobiy asarlarini oʻrganibgina qolmay, ularga sharhlar ham (“Sillogizmga nisbatan al-Forobiyning fikri”, “Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni” “Al-Forobiy, xususan uning “Organon” izohlariga turli sharhlari” va b.) yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur boʻlgan uning falsafiy taʼlimotining shakllanishi dastlab Forobiy va ibn Sino faoliyati bilan bogʻliq. Averroizm ilmiy tendensiyalarni ifodalovchi ilgʻor yoʻnalish sifatida keng yoyilgan va Uygʻonish davrining koʻp ilgʻor mutafakkirlari dunyoqarashiga taʼsir koʻrsatgan.

Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini chuqur oʻrganadi. Ovroʻpo olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U. Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy merosini oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda uning ijodi va taʼlimotiga bagʻishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi.

Oʻzbekiston va Qozogʻistonda Forobiy nomiga qoʻyilgan koʻcha, maktab va kutubxonalar mavjud.

“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

XVI-XIX asrlarda o’zbek musiqasinig madaniyati Musiqiy nazariy meros

Tayanch so‘z va iboralar: «Shayton xarrak» – barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa o`rnatiladigan, torlarni ko`tarib turuvchi cho`pdir.

Картинками

3-m a vzu : XVI-XIX asrlarda o’zbek musiqasinig madaniyati

Musiqiy nazariy meros

Reja:

1. O’zbеk xalqining musiqа mаdаniyati.

2. Musikiy fоlklоr.

3. O’rtа Оsiyodа musiqiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi.

4. Musiqiy nаzаriy mеrоs.

5. Аl Fаrоbiy fаоliyati.

6. Ibn Sinоning аsаrlаri .

7. Jаmining ijоdlаri.

Tayanch so‘z va iboralar: «Shayton xarrak» – barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa o`rnatiladigan, torlarni ko`tarib turuvchi cho`pdir. «Bachka» – surnay yasalgan yog`ochga mos keladigan boshqa xil mevali daraxt yog`ochidan ishlangan ichi teshik, ostki va ustki yonlaridan bittadan teshik ochilgan naycha. Ovoz- Inson bo`g`izidan chiqadigan tovush, qadimiy parda tizimlarining ma’lum toifasi.

§ Hofiz- qur’onni yod biluvchi go`zal ovoz sohibi ,maqom ustozi. Folklor (ingl. – xalq donishmandligi ma’nosini anglatadi) xalq og‘zaki adabiyoti va musiqa ijodiyoti.

Adabiyotlar: .

1. Karimov I. A. Istiqlol va ma’naviyat. – T.: “O‘zbekiston”, 1994.

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.:“Ma’naviyat”,2008.

3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015.

4. T. Е .S о l о m о n о va. O`zbek musiqasi tari х i T.1981.

5. О .Matyoqubov О g`zaki an’anadagi pr о f е ssi о nal musiqaga kirish T.1983.

6. V.Matyoqubov Хо razm d о st о n ijr о chiligining zar х al sa х ifalari Х .1999.

7. A . Odilov “O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T., G’.G’ulom 2002

8. X. Hamidov “Avesto” fayzlari. T., O’qituvchi. 1998

9. Istoriya muziki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva. 1994.

10. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent. 1981.

11 . T.S.Vizgo. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. Moskva. 1980.

12. O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992.

13 . Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1969. vip.1.

14 . Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1973. vip.2.

15 . Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1984. vip.3.

16 . Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. vip.4.

17. Lunina S., Usmanova Z. Izobrajeniya muzikantov na ossuarii iz Yakkabaga. // Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1987. vip.5.

18. Djami A. Traktat o mu zike. T oshkent., per. s pers. A.N.Bold ireva, red. I kommentarii V.M.Belyaeva. 1960.

www.tdpu.uz ///// www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz /////// www.conservatory.uz

O’zbеk xalqining musiqа mаdаniyati – O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili b o` ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega b o` lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, y o` qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri – Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il – ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari – iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.

Musiqiy fоlklоr -Ko‘pchiligimiz folklor deganda allayu yalla, topishmog‘u maqolni tushunamiz-da. Atlasu adrasga burkanib, doira jo‘rligida qo‘shiq aytayotgan momolar, beqasam chopon bilan do‘ppi kiyvolib, bo‘g‘iq ovozda kuylayotgan bobolar ko‘z o‘ngimizga keladi. Folklor jo‘n hodisadek tuyuladi. Hamma muammo shundaki, xalq og‘zaki ijodini tushunish oson deb o‘ylab katta xatoga yo‘l qo‘yamiz. Folklor asarlari juda ko‘p qatlamli. Agar siz o‘sha ertakdagi qahramonlardan biri bo‘lsangiz, qal’aning tashqarisidagi bezaklarga og‘zingiz ochilib, ichkarisida nima borligiga qiziqmay qo‘ya qolishingiz, “Bo‘ldi, ko‘rdim”, deb ortga qaytaverishingiz ham mumkin. Yoki bir, ikki, uch… eshikni ochib kirarsiz. Ana boring, sandiqqacha ham yetib bordingiz. Xazina shu ekan, deb cheklansangiz, bilingki, safaringiz behuda ketibdi.

Xalq og‘zaki ijodi namunalarini, xususan, yirik epik janr bo‘lgan dostonlarni sinchiklab o‘qisak, xuddi arxeologik qazishmalardagi asriy madaniyat qatlamlarini tomosha qilayotgandek yoki genetik olim kabi xalqimizning DNK ma’lumotlarini tahlil qilayotgandek holatga tushamiz. Yozma adabiyotga ko‘zi o‘rgangan kitobxon uchun folklor asarlari mutolaasi doim ham serzavq mashg‘ulot tuyulavermasligi mumkin.

O’rtа Оsiyodа musikiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi – Sharq musiqa risolalarida kо‘tarilgan masalalar hozirgi zamon boshlang‘ich musiqa nazariyasiga yaqin turadi. Lekin ularda Sharq xalqlari о‘tmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bog‘lik bо‘lgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. О‘rta asr olimlari kо‘proq musiqa nazariyasi muammolarini hal etishda maqom musiqasi bilan muqoyasa qilganlar. Bunda ular maqomlardagi parda (ton, yarim va chorak tonlar) misolida tahlil etganlar.

Musiqa asarlarini tashkil etadigan elementlarning eng kichik birligi ayrim musiqa tovushi (ton) bizgacha yet ib kelgan nazariy kitoblarda “n ag‘ma ” iborasi bilan atalgan. О ‘zining baland-pastligi bilan muayyan nuqta (parda) chegarasida ma’lum vaqtgacha ch о ‘zilib turadigan tovush “ nag‘ma ” deb ataladi.

Musiqaga oid nazariy risolalardan «nag‘ma» musiqaga bog‘li q b о ‘lmagan boshqa xil tovushlardan keskin farq qiladi. Ular ma’lum xususiyatlarga ega b о ‘ladi. Masalan, insonning q о ‘pol ovozi, sozlanmagan cholg‘ularning ovozi nag‘ma sanalmaydi.

Musiqada nag‘ma ikki xil b о ‘ladi:

§ Nag‘mai qavliy – ya’ni inson tovushi;

§ Nag‘mai fe’liy – musiqa asboblaridan chiqadigan sun’iy ovoz.

Baland-pastligi jihatidan turlicha b о ‘lgan ikki xil nag‘madan “ b о‘ d ” hosil b о ‘ladi. B о‘ d ikki nag‘ma birikmasi va ikki tovush oralig‘ida paydo b о ‘ladigan interval ma’nosini beradi. Shunday qilib , sharq musiqa nazariyasida hozirda unchalik q о ‘llanilmayotgan turli iboralar mavjuddir.

Shunday qilib, saroy va shahar doirasida ommalashgan boy, rivojlangan musiqa san’ati – professionallashd i , xalq musiqa zaminida о ‘sdi va rivojlandi, ijod etishning qat’iy qoidalari esa xalq musiqa amaliyotining q о ‘shimcha ijodiy qayta ishlashi natijasi b о ‘ldi.

XVI-XIX asrlardagi о ‘zaro urushlar , shaharlarning vayronaga aylanishi ga , k atta feodal davlat ning alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Q о ‘qon xonliklariga b о ‘lini shiga olib keldi. Bunday bо‘linish о‘zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etdi.

О‘zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Kо‘pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga kо‘chdi. Buxoro va Xorazmning aralash о‘zbek va tojik musiqali poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi.

XVI asr shoir va musiqachilari, shuningdek musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy Buxoriy ijodi ilmiy davralarda katta qiziqish uyg‘otadi. Uning “Musiqa haqida risola” si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi (Hoji Muhammad, Mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali poetik qо‘llanma bо‘lgan edi.

Saroy musiqachisi va nazariyotchisi Darvishali Changiyning risolasi musiqaga oid fikrlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Muallif boshqalardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki о‘z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek, saroyda mavjud bо‘lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag‘ishlaydi.

Musiqiy nazariy meros- Qadimiy madaniyat o`choqlaridan biri – O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili b o` ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega b o` lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, y o` qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri – Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il – ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari – iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.

Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari – Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o`z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydeborini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o`rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari vatafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o`ziga xos tomonlari bo’`lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, borisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to`ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisvatan yagona ilmiy an’ana bo`lib gavdalanadi.DarveshAli ijodi ulug` musiqashunoslar silsilasidagi so`ngi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so`ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX – asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o`tmish mualliflaridan oddiy ko`chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o`rniga ribo’yatat va afsonalar ko`proq o`rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko`plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar.

Darvesh ali Changiy va Kavkabiynig musiqiy risolalari

Sharq xalqlarida turli kasb-xunar an’analari, siru asrorlari ko`z qorachig`iday asralib, avloddan-avlodga o`tib, e’zozlanib kelingan. Shu bo’is kasb-xunar risolalari mazkur an’analar, ijtimoiy qarashlar, mafkurabiy, axloqiy qoidalarning majmuidir. Ilmiy yo`nalishda risolalarning shakllari turlicha bo’`lib, birgina musiqa soxasini oladigan bo’`lsak, yozma risolalar nasr va nazm tarzida bitilganligini kuzatamiz. Abdurahmon Jomiy va Darvish Ali Changiyning musiqiy risolalari nasrda bitilgan bo’`lsa, Kavkabiyning O`n ikki maqom xaqidagi risolasi nazmda yaratilgan. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Yodoki ya’ni og`izdan-og`izga o`tib yuruvchi risolalar, muxtasar, ommabop tarzda bo`lib, ular xalq tilida «Mextarlik risolasi» deb ham yuritilgan. Masalan; Xorazm sozandalarning «Mextarlik risolasi» xaqidagi ma’lumotlarni mashxur Bola baxshi (qurbo’nnazar Abdullayev), mang`itlik Tursun baxshi Jumaniyozov va boshqa keksa sozandalar xotirasida saqlagan risolalar quyidagicha. Ayniqsa, Tursun baxshi bayon etgan risola ta’rifi diqqatga sazobo’rdir. Ustoz va xonandalarning ta’rifiga ko`ra sozanda va xonanda uchun muximshart-xunarga xalol xizmat qilish, imonli, e’tikodli bo’`lishdir. Zero soz Allox tomonidan vandalariga karomat bilan inoyat qilingan. Ulug` narsalardan biridir.

•Risolaning mazmuni quyidagicha: Ollox taolo Odam Ato tanasini loydan yasagandan keyin elchi farishta xazrati Javroil, olamni xarakatlantiruvchi farishta xazrati Mikoil, oxiratda karnay chaluvchi, bo’`ron farishtasi xazrati Isrofil, jon oluvchi farshita xazrati Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan . Odam ichining qorong`i-zimistonligidan jon u yerga kirishidan bosh tortadi. Farishtalar ko`p va xo`v o`ylashib, oxiri jonni antiqa yo`l bilan odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan tut yoqochini g`olib chiqib, Jabroil tanbur, Mikoil dutar, Isrofil nay, Azroyil g`ijjak asboblarini yasabdilar, lekin qancha o’rinishmasin, cholg`ulardan tovush chiqara olishmavdi. Forishtalar charchav, uxlab qolibdilar. Ularning xatti-xarakatini naridan kuzatib turgan Shayton, bari bir men aralashmasdan xech ish chiqmas ekan deb, tanbur, dutor va g`ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho`p qistirib, nayning teshiklari yonidan yana bir teshik ochadi («shayton xarrak» va «shaytan teshik» iboralari ana shu kundan qolgan.) «Shayton xarrak» barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa o`rnatiladigan, torlarni ko`tarib turuvchi cho`pdir. Mazkur cho`p torlarni dasta yuzasiga tegib, siqilib qolishdan asraydi va jaranglashini ta’minlaydi. Shuningdek, shayton surnay «bachka»sini ham yasav, o`rnatgan ekan. «Bachka»- surnay yasalgan yog`ochga mos keladigan boshqa xil mevali daraxt yog`ochidan ishlangan ichi teshik, ostki va ustki yonlaridan bittadan teshik ochilgan naychadir. «Bachka» surnayga kiygizilganda uning yon teshiklari, surnayning bosh barmoq va ko`rsatkich barmoq bilan bo’siladagan yuqori teshiklariga to`g`ri kelishi kerak, aks xolda oxang mutanosibligi va yuqori pardalardagi xushsadolikka putur yetadi. O`tmishdan ribo’yatat qilishlaricha surnay asbobiga shayton aralashgani uchun uni chalish va eshitish gunox hisoblangan. Lekin xazrati Dovud tomonidan surnayga temirdan milni yasav o`rnatilgandan keyin bu cholg`u xalol deb topilgan. Bir payt to`rtala farishta uyg`onib qarashsa, cholg`ular qo`l tekizishga maxtal bo’`lib turgan emish. Shundan keyin xazrati Javroil latif nag`ma o`ylab topadi va uni farishtalar bilan jo`rlikda chalib, joni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. Ushbu bo’qeadan keyin nag`maning piri xazrati Javroil xisoblangan. Undan tashqari temirchilar piri xazrati Dovud, uning xar bo’lg`a urishidan yangi nag`ma paydo bo’`lar ekan va 360 ta nag`masi borligi ta’riflanadi. Nafasi o`liklarga jon vag`ishlovchi xazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparbar kishilar xomiysi Xo`jayi Xizr, yuqorida muborak nomlari keltirilgandan bulardan tashqari, musulmon payg`ambarimiz va pirlaridan Muhammad alayxissalom va uning choriyorlari – Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali, afsonaviy qaxramonlar – Jamshid, Rustam, Suxrob, dostonlar qaxramonlari – Bobo qo`rqut (Dada qo`rqut), Oshiq Oydinpir, Go`ro`g`li, Oshiq Garib, Mulla G`oyib va boshqa juda ko`plab mo`tabar va tabarruk pirlar sozandalik va baxshilik xunari rivojini ta’minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig`inish va pir-ustod deb bilish sozandalik risolasida og`zaki muxrlangan qonun bo’`lgan. Bu qonunga amal qilish esa ustozdan – shogirdga, avloddan-avlodga o`tib kelgan. Turkman shoiri Mulla G`oyib o`zining quyidagi she’rida sozandalar risolasi mazmunini ixcham qilib mujassamlashtirgan: quyidagicha bayon qilgan