Press "Enter" to skip to content

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

8. Xantoy (Shohona)

Musiqa nazariyasi kitobi

(taxallusi; to’liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy) (873—950)

O’rta Osiyoning ulug’ mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ’ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o’zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo’shgani uchun “al-Muallim as-soniy” (“Ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” nomlariga sazovor bo’ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O’tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo’lajak faylasuf boshlang’ich bilimini O’trorda olgandan so’ng, o’qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag’dodga yo’l oldi. Olim yo’1-yo’lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo’ldi. Bag’dodda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to’plangan edi. Bu yerda ko’zga ko’ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o’rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylon (860—920)dan esa tibbiyot va mantiq ilmini o’rgandi. Ba’zi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Foro­biy 70 dan ortiq tilni bilgan.

Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shug’ullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Sayf ad-davla Abulhasan Ali (hukmronlik yillari 943—967) il-tifoti va hurmatiga sazovor bo’ladi. Chunki u olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni o’z saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni ma’qul ko’radi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti ser-mahsul bo’ldi, bu yerda o’zining ko’plab asarlarini yozdi. Foro­biy 949—950-yillar Misrda, so’ngra Damashqda yashadi va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o’tkazdi. U Damashqdagi “Bob as-sag’ir” qabristoniga dafn etilgan.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining o’ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.

Forobiyning asosiy asarlari: “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Ensiklopediyadan mantiq bo’limining bir qismi”, “Ta’liqot” (sharhlar), “Inson a’zolari haqida risola”, “Bo’shliq haqida maqola”, “Donolik asoslari”, “Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi”, “Hayvon a’zolari, funksiyasi va potensiyasi”, “Mantiq to’g’risidagi risolaga muqaddima”, “Mantiq ilmiga kirish”, “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Masalalar mohiyati”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Ilmlar hisobi”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql to’g’risida”, “Ilmlar va san’atlar fazilati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Substansiya haqida so’z”, “Falak harakatining doimiyligi haqida”, “She’r va qofiyalar haqida so’z”, “Ritorika haqida kitob”, “Hajm va miqdor haqida so’z”, “Musiqa haqida so’z”, “Fizika usullari haqida kitob”, “Fazilatli xulqlar”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqi­da”, “Aristotel “Metafizika” kitobining maqsadi to’g’risida” va boshqalar. Forobiy asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada “Falsafiy risolalar”, “Mantiqiy risolalar”, “Matematik risolalar”, “Ijtimoiy-axloqiy risolalar”, “Tadqiqotlar va tarjimalar” nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.

Forobiyning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g’oyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy g’oyalarining targ’ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Forobiyning, shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharhlar yozganligi ma’lum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo’lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan.

Forobiy o’rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Ilmlarning tasnifi haqida” nomli risolalarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni o’rganuvchi ilm sohalarini birinchi o’ringa qo’ydi.

Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o’rganishga qaratilgan. Forobiyga ko’ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o’rganish va tasdiqlashdan, uni yolg’ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o’rganish asosida to’planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o’zaro bir-biri bilan bog’liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.

Forobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar o’z vazifasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, matematika, tabiat-shunoslik va metafizika ilmlari inson aql-zakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, she’riyat va mantiq esa fanlardan to’g’ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to’g’ri tushuntirish, ya’ni aqliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va pedagogikaga oid bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini o’rgatadi. Xullas, Forobiyning ilmlar tasnifi to’g’risidagi ma’lumoti o’rta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qo’llanma vazifasini o’tadi.

Forobiy borliq muammosini “vujudi vojib” va “vujudi mumkin ta’limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Forobiy Allohga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta’rif beradi. Alloh birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. “Vujudi mumkin” esa barcha yaratilgan, mavjud bo’lgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. Forobiy tabiat, ashyo va jismlarning turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat bo’yicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo bo’ladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sabab-oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga bo’ladi: Alloh — birinchi sabab, ikkinchi sabab esa osmon jismlari, so’ng faol aql, jon (an-nafs), shakl (as-surat), podda yoki ashyolar (al-modda). Alloh—vojibul vujud, ya’ni zaruriy mavjudlik bo’lsa, qolganlari — vujudi mumkin, ya’ni jmkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bog’langan. Alloh, ya’ni “vujudi vojib” birinchi bo’lib aqli faolni yaratadi. Aql esa har bir sayyoraga xos aqlni yaratadi. Eng so’nggi samoviy aql natijasida Yerdagi aql-ruh va barcha moddiy jismlar, ya’ni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo bo’ladi. 4 unsurdan esa nabotot olami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga o’simlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos bo’lib, ular o’zaro bir-biri bilan bog’langan.

Forobiyning gnoseologik qarashlari, ya’ni bilish haqidagi ta’limoti ijtimoiy-falsafiy fikr rivoji tarixida alohida o’rinni egallaydi. Mutafakkirning bu boradagi fikrlari uning “Mantiq to’g’risida risolaga muqaddima”, “Mantiqqa kirish”, “Aql to’g’risida”, “Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi” va boshqa asarlarida tahlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta’kidlab, uning qobiliyatiga, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.

Forobiy o’z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing o’zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to’g’risidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta’minlovchi markaz vazifasini tajaradi. Forobiy “Ilm va san’atning fazilatlari haqida” kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-araz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va aqliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o’tadi. Hissiy bilishda sezgi a’zolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo’lmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.

Forobiy aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, ya’ni tug’ma, 2-tomondan, ta’lim-tarbiyaning mahsuli ekanligini ta’kidlaydi. Forobiy davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulq-odob qoidalariga rioya qilishda, ta’lim-tarbiyada aql hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. Forobiyning qimmatli fikrlaridan biri uning dun­yoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi haqidagi ta’limotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli o’lganidan keyin yo’q bo’lib ketmaydi, balki dunyoviy ruh va aql bilan qo’shiladi. Demak, odamning ruhi va aqli abadiylikka ketadi. Lekin ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon bo’lmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan so’ng bir butunlikni tashkil etadi, aql va ruh yashash davomida orttirgan barcha ma’naviy boylik to’planib barhayot dunyoviy ruh va aqlni tashkil etadi. Mutafakkirning bu ta’limotida dunyoning abadiyligi, inson zotining o’lmasligi, inson bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat ma’naviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purma’no g’oyalar mavjud. Uning talqinida aqliy bilish koinot aqli yorda­mida haqiqiy ilmga aylanadi. Forobiy bilishning ratsional usulini

asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahs-munozara, bilish usullari, hissiy mushohada to’g’risida o z davri uchun e’tiborga molik fikrlarni ilgari surdi.

Olim mantiq ilmiga bag’ishlangan bir necha risolalar muallifidir. “Mantiq ilmiga kirish”, “Mantiq to’g’risidagi risolaga muqaddima”, “She’riyat san’ati qonunlari haqida risola”, “Kataguriyas” kitobi yoki “Kategoriyalar”, “Eysagoge” kitobi yoki “Ki­rish” va boshqalar shular jumlasiga kiradi.

Forobiy mantiq ilmining shakllari: tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va boshqalarni tahlil qiladi. U induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) haqida batafsil ma’lumot beradi. Forobiyning mantiq ilmi haqidagi qarashlari hozir ham ahamiyatini yo’qotgan emas, ular oliy o’quv yurtlarida qo’llanma vazifasini o’tamoqda.

Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim o’rinni egallaydi. Allomaning “Baxt-saodatga erishuv ha­qida”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Fuqarolik siyosati” va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq-odob va ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlangan.

Forobiy Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi bo’lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. O’rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yorda­mida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. Forobiy fikricha, shaharlar insonlarning jamoa bo’lib uyushishining oliy shakli bo’lib, unda insoniy barkamol bo’lib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar bo’ladi. Forobiy insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida o’zaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida ta’kidlaydi.

Forobiy ulug’ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadr-qimmatini kamsituvchi va o’zga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlami tinch-totuv va o’zaro hamkorlikda yashashga, insonparvar bo’lishga da’vat etadi.

Forobiyning e’tiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraq-qiyotida geografik muhitning o’rni masalasidir. Uning o’ylashicha, kishilarning muayyan hududda yashashi ularning turmush tarzi, urf-odatlari, axloqi, xulq-odobiga ta’sir ko’rsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat to’g’risidagi ta’limotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga e’tiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilm-fanga qiziqishini inobatga oladi. Forobiy din inson kamolotiga, ma’rifatga xizmat qilishi lozim, degan filer tarafdori. U islom diniga, Qur’onga katta hurmat bilan qaradi. Dinni kishilarni xulq-odobga o’rgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan o’z g’arazli va shaxsiy manfaatlari yo’lida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qo’shilmadi.

Forobiy shahar-davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt-saodatga eltishi, uning boshlig’i esa adolatii, yuksak axloqli va ma’rifatli, o’zida butun ijobiy xislatlarni to’plagan bo’lishi lozim. Lekin, shunday shahar yoki mamlakatlar bo’ladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikri-zikri boylik to’plash bo’ladi. Forobiy bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to’plashga ruju qo’ygan bo’ladi. “Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb ta’kidlaydi alloma, — rahbarlikni mol-dunyo ko’paytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayu-kech mol-dunyo to’plash harakatida bo’ladi. Bunday rahbarlarning qo’l ostida bo’lgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini ko’rolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizo-janjallar paydo bo’ladi”. Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o’zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo’ladi. Foro­biy fikriga ko’ra, davlatni idora etuvchi shaxs o’zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo’lishi, ya’ni ado­latni va dono bo’lishi, boshqalarga g’amxo’rlik qilishi, qonunlarga to’la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko’ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo’ladi. Unda yashaydigan xalq o’zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to’la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta’limoti uning axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv hamda insonparvarlik g’oyalari bilan chambarchas bog’liqdir. U o’zining ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o’rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo’llarini ko’rsatishni qo’yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlami tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma’rifatni baxt-saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.

Forobiy inson fazilatlarini tug’ma va yashash jarayonida paydo bo’ladigan fazilatlarga bo’ladi. Olimning fikricha, tug’ma fazilatlarga insonning o’ta o’tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o’ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug’ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug’ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to’g’ri yo’lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so’nib qolishi mumkin. Tug’ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba’zi kishilar tug’ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.

Forobiy musiqani inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omillardan bin deb bildi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bag’ishlovchi, his-tuyg’ulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir “Musiqa haqida katta kitob” nomli ko’p jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ulaming ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma’lumot berdi. Yuqoridagi asarida o’tmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar mu­siqa taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uyg’unligi, kuy ijro etish usullari haqida so’z yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Forobiy yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. Forobiyning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga ta’sir qiladi.

Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to’g’risida yaratgan yaxlit ta’limoti ilk o’rta asrlar va keyingi davrlarda ijti­moiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy filer rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O’rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybi’a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta’limotini chuqur o’rganib, uni yangi g’oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axlo­qiy ta’limotidan bahramand bo’lganlar.

Forobiy ilgari surgan fikrlar 16—20-asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o’rganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti-da sezilarli ta’sir ko’rsatdi.

Yevropa olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. F. Buur, R. Farmer, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker va boshqalar Forobiy merosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar. O’zbekistonda va Qozog’istonda forobiyshu-noslik yo’nalishi yuzaga keldi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asar-larini o’zbek tilida chop etishga kirishildi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi. O’zbekistonda va Qozog’istonda Oliy o’quv yurtlari, ko’chalar uning nomi bilan ataladi.

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

Mazkur maqolada o’zbek xalq kuylari to’g’risida sharq mutafakkirlarining musiqa san’ati borasidagi qarashlari batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по искусствоведению , автор научной работы — N.Sharipov

SHARQDA BASTAKORLIK IJODI
O’ZBEK XALQ CHOLG’U SOZLARINING MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
DOIRA SAN’ATINING RIVOJLANISHI VA TARIXI
SHARQ MUTAFAKKIRLARI MUSIQA MEROSINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda forobiyning qoldirgan ilmiy merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI

O’zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek xalq kuylari to’g’risida sharq mutafakkirlarining musiqa san’ati borasidagi qarashlari batafsil ma’lumot keltirilgan.

Kalit so’zlar: xalq, kuy, meros, musiqa, mutafakkir, uslub, bilim.

ON THE VIEWS OF EASTERN THINKERS ON THE ART OF MUSIC

N.Sharipov State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article provides detailed information about the views of eastern thinkers on the art of music about Uzbek folk tunes.

Keywords: people, melody, heritage, music, thinker, style, knowledge.

Keyingi yillarda respublikamizning barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Davlat miqyosidagi bunday islohotlarni musiqa san’ati sohasida ham ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 y. «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-112 sonli Qarori madaniyat va san’at sohasiga davlat miqyosida e’tibor berilayotganlinining yorqin dalilidir. Mazkur Qarorga muvofiq «. notalar to’plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash umumta’lim maktablarini darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi». Musiqa san’atida savodxonlikni oshirish muayyan cholg’uda chalishni o’rganish bilan bir qatorda milliy san’atimiz tarixini yanada chuqurroq o’rganish, milliy musiqa san’atimiz, shu sohada faoliyat yuritgan allomalar qoldirgan noyob asarlarni o’zlashtirishni taqozo etadi. Shu ma’noda maqolada so’z yuritilgan mutafakkirlarning ijodiy merosi bilan tanishish har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash ishida o’z samarasini beradi degan fikrdamiz.

O’zbek xalq kuylari deganda biz xalq og’zaki musiqasi, ular asosida yuzaga kelgan maqom cholg’u va ashula yo’llari kuylari hamda muallifi noma’lum bir qator dilbar musiqa asarlarini nazarda tutamiz. Shu jihatdan Markaziy Osiyo musiqa mutafakkirlarining asarlarida xalq kuylarini o’z davri an’analariga mos ravishda tahlil qiliish tajribasi mavjud. Bu o’rinda eng mashhur mutafakkirlarning tahlil qiliish metodikasi namuna sifatida e’tiborga loyiq.

I icclT^^^^H 119 http://oac.dsmi-qf.uz

Abu Nasr Farobiy (X asr)

Farobiy musiqashunoslik faniga katta hissa qo’shdi. Ushbu sohada uning asosiy asari «Musiqa haqida katta kitob» bo’lib, u Sharq musiqasi va Qadimiy yunon musiqa tizimi haqidagi muhim manba hisoblanadi. Unda Farobiy musiqaga keng tavsif beradi, uning toifalarini ochib beradi, musiqa asarini tashkil qiluvchi unsurlar haqida yozadi.

Musiqiy tovushlarni anglash masalasida, eshitish qobiliyatini inkor qiluvchi hamda bunda faqatgina hisob-kitob va o’lchamlarni asos qilib olgan Pifagor maktabi qarashlariga qarama-qarshi o’laroq Farobiy faqatfina eshitish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Bunda u Aristoksen1 garmoniyasi maktabiga asoslanadi.

Dunyoda 4 nafar yirik olim bo’lgan. Ulardan 2 nafari islomgacha bo’lgan davrda ijod qilganlar. Ular Aristotel va buyuk Aleksandr (Afrodiziskiy), 2 nafari islom davrida yashagan Abu Nasr Al Farobiy va Abu Ali Ibn Sino. Abu Ali Ibn Sino Al Farobiyning asarlaridan juda ko’p foydalangan. Ilk o’rta asrning buyuk olimi o’z davrining ilg’or falsafiy fikrining asosiy prinsiplarini o’z ijodida aks ettirgan mutafakkir Abu Nasr Al Farobiydir. Abu Nasr Muhammad, Ibn Muhammad Ibn Uzlug’, Ibn Tarxon Farobiy 872-873 yillarda Ariz suvi Sirdaryoga quyiladigan yerdagi Farob degan joyda tug’ilgan. XIII-XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Farob Shoshning (Toshkentning) shimolrog’ida joylashgan nuqta. Turk manbalaridan birida yerning nomidir. Farobiyni «Abu Nasr» deb ham atashgan. Farobiyning yerli turkiy qabiladan kelib chiqqanligini ta’kidlash uchun uning nomiga ko’pincha «at Turkiy» deb ham qo’shib aytilgan.

U Turkistonli qadimgi o’zbeklar ichidan chiqqan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Abu Nasr boshlang’ich ma’lumotni o’z yurtida oldi. Ma’lumki Farobiy Bag’dodga kelgunga qadar arab tilini bilmagan. Qadimgi bir manbada yozilishicha Mavorounnahrda bolalarni 5 yoshidan boshlaboq turli hunar va ilmga o’rgata boshlaganlar. Farobiy O’rta Osiyodan chiqib ketgunga qadar Shosh va Samarqandda bo’lganligi, markaz Buxoroda o’qib ishlaganligi haqida adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Bag’dodga bora turib Eronning ko’pgina shaharlarida -Isfahon, Xamadon, Rey (Fexron) va boshqa shaharlarda bo’lgan. Bag’dod musulmon dunyosining turli o’lkalaridan, xususan Eron va O’rta Osiyodan kelgan ko’plab adabiyotchi va olimlarni o’ziga jalb qilgan. 762-yilda asos solingan Bag’dod hokimiyati savdo yo’llari va boyliklarning markazi bo’libgina qolmay, balki butun halifalikning madaniy hayoti va ilmiy tafakkurining muhim markazlaridan biriga aylangan edi.

Halifalikda madaniyat va fanning rivojlanishida Eron va O’rta Osiyodan kelgan olimlar faol ishtirok etadilar. Bag’dodda Al Xorazmiy, Farg’oniy, At Turkiy,

1 Aristoksen – Qadimgi yunon faylfsufi va musiqa nazariyotchisi.

I icclT^^^^H 120 http://oac.dsmi-qf.uz

Battoniy, As Sufiy, Abu Mashar, Al Nazzam, Ar Ravandiy, Husayin Ibn Ashoq va boshqa ko’plab tarixchilar, geograflar, filologlar va shoirlar mehnat qilganlar, ular o’zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan shuhrat qozonganlar. Farobiy ko’proq nazariy fanlar matematika, mantiq, nazariy tibbiyot, musiqa nazariyasi va boshqalar bilan qiziqdi. Ayni vaqtda tabiatshunoslikni, huquqshunoslik asoslarini, filologiya, poetika va boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o’zlashtirdi. U o’z ona tili – turk tilidan tashqari fors, yunon, arab, yana juda ko’p tillarni bilgan. Farobiyning musiqashunoslikka qo’shgan hissasi beqiyosdir. U yangi musiqa asbobi yaratgan mohir sozanda, bastakor, yirik musiqa nazariyotchisi bo’lgan. Farobiy ixtiro qilgan musiqa cholg’usining nomi manbalarda turlicha – «qonun», «g’ichchak», «ud» deb ataladi.

Farobiyning bastakorlik faoliyatiga kelganda uning ba’zi musiqa asarlari Eronda va Sharqning boshqa mamlakatlarida hozirga qadar ham ijro etilib kelinayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Farobiy musiqa nazariyasi sohasida bir qator asarlar qoldirgan. Ular orasida «Musiqa haqida katta kitob»i keng tarqalgandir. Farobiy bu kitobida musiqaning keng ta’rifini beradi, uning asosiy tushunchalarini hamda musiqa asarlari tarkib topadigan elementlarini ochib beradi. «Musiqa haqida katta kitob»ning mazmuniga to’xtashdan oldin ayrim mutaxassislarning jahon musiqa san’ati taraqqiyotida Farobiy musiqa merosining roli haqida aytgan ba’zi fikrlarini keltirib o’tamiz. Farobiy yashagan davrda qadimgi yunon mualliflarining musiqa haqidagi ba’zi g’oyalari ma’lum edi. Farobiyga qadar musiqa nazariyasini o’rganish bilan Al Kindiy shug’ullangan. Fan tarixchisi K.Sarton «Al Kindiy ilk musulmon musiqashunosi bo’lgan», – deb ko’rsatadi. Farobiyning asari unga qadar yaratilgan asarlardan ustun bo’libgina qolmay, balki Sharq va G’arbda musiqa nazariyasi taraqqiyotini bir necha asrga belgilab berdi.

G’arb olimlari Farobiyning musiqashunoslikka oid merosini Yevropada musiqa ilmining rivojlanishida katta ta’sir ko’rsatilganligini ta’kidlaydi. K.Sarton Farobiy musiqashunoslik sohasida ham «o’z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi» deb ko’rsatadi. Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Farobiyni musiqa san’atidagi xizmatlarini ta’kidlab, «Farobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo’yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz» – deb yozgan edi. Yana u, – «U ayni vaqtda ham ijrochi-musiqachi, ham bastakor edi. Uning qobiliyatiga Sayfutdavlat qoyil qolgan edi. Darvish Mavlonlar hozirga qadar ham muallifii Farobiy deb hisoblanadigan qadimgi qo’shiqlarni kuylab yuradilar», – degan edi. Farobiyning musiqa merosiga bag’ishlangan asarlarida ta’kidlanishicha, «Kitob al musiqiy al kabir» asarining qiymati uning umumiy va chuqur g’oyalaridagina emas, balki Farobiy davrida o’rta asr musulmon Sharqi madaniyatining gullab yashnagan davrida musiqa san’atining holati haqida ham keng ma’lumot berilgan.

I icclT^^^^H 121 http://oac.dsmi-qf.uz

Jomiyning aruz bilan bir qatorda musiqa nazariyasi haqida «Risolayi musiqiy» asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. Jomiy o’z risolasida Abu Nasr Farobiyning ko’p jildlik «Musiqa haqida katta kitob» asaridagi g’oyalarni yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlarning o’zaro ohangdoshlik (ta’lif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan o’rganuvchi, yangi kuy yaratish uchun ular orasidagi oraliq(ozmina)larni tekshiruvchi fan deb xarakterladi.

Musiqa, uning fikricha, insonga eng yuqori ma’naviy oziq beradigan mukammal go’zal tovushlar haqidagi fandir. Bu fan insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini bezashi zarur.

Abdulqodir Marog’iy (XVasr Iyarmi). Xoja Abdulqodir ibn G’anbiy Marog’iy 1353 yili hozirgi Ozarbayjon hududida tug’ilgan. Musiqadan ta’lim olgach, Samarqandda Amir Temur (XIV asr) saroyida va umrining oxiri – 1435 yilga qadar Hirotda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo (XV asr I yarmi) saroyida xizmat qilgan. U mashhur bastakor, musiqashunos va mohir sozanda (ud) bo’lgan.

Xoja Abdulqodir Marog’iy musiqa nazariyasi sohasida boy meros qoldirgan: «Kanz ulalhon» («Kuylar xazinasi»), «Jome ulalhon» («Kuylar majmuasi»), «Maqosid ul alhon» («Kuylar hosil qilish o’rni»), «Sharhaladvor» (Safiuddin al Urmaviyning «Kitob ul advor»iga sharh) va b. Shuningdek, u «Kitob ul advor»ni turk tiliga tarjima qilgan. Xoja Abdulqodir Marog’iy asarlarida Farobiy, Safiuddin al Urmaviy, Mahmud ash Sheroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarga aniqdiklar kiritgan (masalan, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini keltirgan). U o’z davrida qo’llanilgan 45 cholg’u (ud, rubob, chang, yotug’on, ruhafzo, egri, qo’biz va b.) ni tavsiflagan. Xoja Abdulqodir Marog’iy udi murassa’ deb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, peshrav, amal, savt shakllarida («Tasnifi Xoja Abdulqodir», «Amali Bo’ston» kabi) kuy va ashula yo’llari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira usullarini yaratgan, ularning ba’zilari hozir ham ijro etiladi (masalan, turklarda «Qiyor» kuyi va b.). U fors va turk tillarida g’azallar ham yozgan; g’azallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Xoja Abdulqodir Marog’iyning merosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, O’rta Osiyo (xususan, O’zbekiston) xalqlari musiqa tarixini o’rganishda muhim manbalardandir.

Marorg’iyning asarlari ichida «Maqosid ul-alhon» («Kuylar mazmuni») asari mashhur bo’lib, mutaxassislarning fikricha, u 12 maqom asosida 24 sho’baning parda tuzilishini sistemalashtirigan2. O’n ikki maqom kuylari xalq musiqiy merosidan olingani ma’lum, shu jihatdan Marog’iy tizimlashtirgan 24 sho’baning tovushqatori ham xalq kuylari in’ikosidir. Mashhur jadid pedagogi G’ulom Zafariyning (1889-

Энцнк^опеднн. My3bma. – M., 2003. – 11-6.

1937) ma’lumotiga ko’ra, Marog’iyning sho’ba kuylarini tizimlashtirish uslubi quyidagichadir:3

t/r Maqomlar Sho’balar t/r Maqomlar Sho’balar

1-bo’lim 2-bo’lim 1-bo’lim 2-bo’lim

1. Rahoviy Navro’zi arab Navro’zi ajam 7. Iroq Muxolif Mag’rub

(6 kuy) (6 kuy) (5 kuy) (8 kuy)

2. Husayniy Dugoh Muhayyar (8 8. Navo Navro’zi xoro Mohur

(2 kuy) kuy) (5 kuy) (6 kuy)

3. Rost Panjgoh Mubarqa’ 9. Isfahon Tabriz Nishopur

(5 kuy) (1 kuy) (5 kuy) (6 kuy)

4. Hijoz Segoh (3 kuy) Hisor 10. Ushshoq Zobul Avj

(8 kuy) (3 kuy) (8 kuy)

5. Buzruk Humoyun Nuhuft 11. Zangula CHorgoh G’izol

(1 kuy) (1 kuy) (4 kuy) (5 kuy)

6. Ko’chip Rokib Bayot 12. Busolik Ashiyron Sabo

(6 kuy) (5 kuy) (10 kuy) (5 kuy)

Shu tariqa Marog’iy XV asrning I yarmida xalq kuylarini saqlab qoluvchi mutafakkir sifatida namoyon bo’ladi va bu kuylarning XX asr I choragida ham o’zbek sozandalari tomonidan ijro etilganligi qiziqarlidir4.

Marog’iyning xalq kuylarini tahlil qilish uslubi ham Abu Nasr Farobiy kabi Markaziy Osiyo musiqa mutafakkirlari Pifagorchilardan qabul qilgan sentga asoslangan. Unga ko’ra, bir sent yarim tonning 1/100 ga teng keladigan interval o’lchovi bo’lib, bu tizim har qaysisi 702 ^ntdan iborat bo’lgan 12 sof kvintadir5. Bu tizimda tovushqatorlar ochiq qoladi. Shu bilan birga boshdagi tovush bilan kvintaning o’n ikkinchi tovushi o’rtasidagi farq 24 sentdan iborat bo’ladi.

Marog’iyning yana bir noyob xizmati shundaki, negizini o’zbeklar tashkil qilgan turkiy xalqlarning 9 turkumli quyidagi xalq kuylarining mavjudligi to’g’risida ma’lumot bergan:6

1. Uluq kug (Ulug’ kuy)

2. Aslanchap (Chapandoz)

6. Burstarg’ay (Bo’zto’rg’ay)

7. Jantoy (Yoshlik)

8. Xantoy (Shohona)

Bu turkum kuylar o’zida 360 xalq kuyini mujassamlashtirgan ekan. Demak, keyinchalik bu kuylar birinchidan, maqomlar tarkibiga singib ketgan; ikkinchidan,

3 Fулом Зафарий. Асарлар. – T., 2018. 164-165-бб.

5 Акбаров И., Кон Ю. Хоразм мацомлари. VI том. Тупловчи ва нотага олувчи M.Юсупов. – T., 1958. 51-б.

6 Фитрат А. Узбек классик мусицаси ва унинг тарихи. – T., 1993. 38-б.

alohida cholg’u kuylari sifatida ijro etilib kelgan. Bunga xalqimiz musiqa merosida saqlanib qolgan kuylarni yoki qozoq xalqining kyuya (kuylar) turkum asarlarini dalil sifatida keltirish mumkin.

Marog’iy xalq kuylarini tasniflashda turkiy xalqlarda mashhur bo’lgan quyidagi uch usul doirasiga asoslanganligini mutaxassislar ta’kidlashadi:7

1. Askanpop (Chapandoz)

2. Arg’ushtak (Mustazod)

3. Ayalg’u (Yor-yor)

Chapandoz: bak bum-bum bak-bum

Mustazod: bum bak-bum bak

Yor-yor: bum bak-bum bak

Shunday qilib, Marog’iy kuylarni Sharq musiqa an’analariga asosan tasniflagan va bunda uning sof xalq kuylariga ham e’tibor berganligi tahsinga loyiqdir.

1. Рисолалар, T., 1975;

2. Фиософские трактаты, АлмаАта, 1972;

3. Фозил одамлар шахри, Т., 1993.

4. Хайруллаев M. M., Фаробий ва унинг фалсафий рисолалари, Т., 1963;

5. Хайруллаев M. M., Абу Наср Форобий, Т., 1966;

6. Григорян С.Н., Средневековая философия народов Ближнего и Среднего Востока, M., 1966;

7. Хайруллаев M. M., Мировозрение Фараби и его значение в истории философии, Т., 1967;

8. Хайруллаев M. M., Уйгониш даври ва Шарк мутафаккири, Т., 1971;

9. Хайруллаев M. M., Фараби. Эпоха и учение, Т., 1975;

10. Из философсконо наследия народов Ближнего и Среднего Востока, Т., 1972;

Musiqa nazariyasi 101

Akkordlarni tuzish uchun turli xil eslatmalardan boshlab, ular musiqiy nazariya bo’yicha boshlang’ich musiqa talabalari bilishi kerak bo’lgan maqolalar turkumidir.

Clefs, eslatmalar va xodimlar

Uch qavat. Omma on-layn rasm Musiqada ishlatiladigan umumiy ramzlar nimani anglatishini bilmoqchimisiz? Mana, sizni ochko’zlik turlari, nusxalar turlari va xodimlar orqali olib boradigan o’quv qo’llanma. Ko’proq “

Nuqta eslatmalar, to’xtash vaqtlari, vaqt imzolari va boshqalar

Nuqta yarmi Eslatma. Omma on-layn rasm

Har xil musiqiy notatlar orqali sizga yordam beradigan ushbu darslikda nuqta yozuvlari, qadamlar, O’rta C pozitsiyasi, vaqt imzolari va boshqa narsalarni bilib oling. Ko’proq ”

Tabiiy eslatmalar va tabiiy belgilar

Tabiiy belgi. Public Domain Image – Wikimedia Commons dan olingan Yangi boshlovchi sifatida siz o’zingizning musiqangizni o’zingizning tilingiz borligini va to’g’ri o’ynashni bilib olishingiz mumkin, ko’p narsalarni bilishingiz kerak bo’lgan musiqiy belgilar va tushunchalar mavjud. Tabiiy qaydlar nima va tabiiy belgisi nima qiladi? Javobni bilib oling. Ko’proq “

Qolgan

Fermata. Public Domain Image – Wikimedia Commons dan olingan Turli dam olish belgilarini va ularning ma’nosini sanab.

Ikki qiyofasi

Ikki dona tekislik. Wikimedia Commons dan Denelson83 nusxasi Sharplar va kvartiralar ham tasodifiy deb ataladi. Lekin tasodifan ikki tasodif nima? Tez javob bu erda.

Takroriy belgilar

de capo. Wikimedia Commons dan Denelson83 nusxasi Musiqada qanday o’lchov yoki chora-tadbirlarni takrorlash kerakligini ko’rsatadigan muayyan takroriy belgilar mavjud. Qayta ishora haqida batafsil ma’lumot. Ko’proq “

Aloqa va Tripletlar

Kravatlar. Wikimedia Commons dan Denelson83 nusxasi

Eslatmani ushlab turish kerak va / yoki uchta eslatmani bir xil vaqt davomida ijro etilishi kerakligini ifodalash uchun ishlatiladigan musiqa belgilar mavjud. Bu holatda taqish va uchlik belgisi ishlatiladi. Aloqa va uchlik nima? Bu erda javob. Ko’proq ”

So’zlash belgilar

Pianissimo. Wikimedia Commons dan Denelson83 nusxasi

Dinamik belgilar va qo’shimchalar belgilar – bu musiqa qismini ko’rsatish uchun ishlatiladigan yoritmoq yoki belgilar. Bundan tashqari, u jildning o’zgarishi va musiqiy jumlaga ega ekanligini ko’rsatadi. Bu erda tez-tez ishlatiladigan ifoda belgilari.

Beats va Meter

Beats musiqiy asarda o’ynash vaqtini hisoblash uchun ishlatiladi. Beats musiqani o’zining muntazam ritmik naqshini beradi. Ko’proq “

Temp

Musiqiy asarning boshida italyancha so’z, asarning qanchalik tez yoki tez bajarilishi kerakligini ko’rsatadi. Ko’proq “

Kalit imzolarni

Kalit imzolarni – bu bo’shliqdan keyin va vaqt imzosidan oldin ko’rgan yassi yoki sharpalar. Ko’proq ”

Asosiy imzo jadvali

Tez mos yozuvlar uchun asosiy va kichik tugmachalarda asosiy imzolar jadvalini ishlatish. Ko’proq ”

Beshinchi doiralar

Beshinchi doira – musiqachilar uchun muhim vosita bo’lgan diagramma. Unga ko’ra, beshdan bir-biridan farqli bo’lgan turli xil kalitlarning munosabatini ko’rsatish uchun aylana ishlatiladi. Ko’proq “

Katta o’lchovlar

Katta miqyosdagi shkala boshqa barcha o’lchovlar shakllanadigan asosdir. Ko’proq ”

Kichik tarozilar

Kichik hajmdagi yozuvlar tantanali va qayg’uli bo’lib, kichik o’lchamlarning uch turi mavjud : Davomi »

Kromatik o’lchov

“Xromatik” so’zi yunoncha “rang” ma’nosini anglatuvchi “chroma” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “rang” o’lchovi har bir yarim qadamda 12 ta yozuvdan iborat.

Pentatonik tarozilar

“Pentatonik” so’zi yunoncha pente so’zidan kelib chiqqan bo’lib, beshta tonik ma’noga ega. Ko’proq ”

Barcha tonometr

Barcha ohanglar miqdori 6 ta eslatmaga ega bo’lib, ularning barchasi intervalli formulasini oson eslab qoladi. Ko’proq “

Intervallar

Interval – yarim qadam bilan o’lchanadigan ikkita maydoning orasidagi farq. Ko’proq ”

Harmonik intervallar

Birgalikda yoki bir vaqtning o’zida uyg’unlik yaratadigan eslatmalar. Ushbu eslatmalar orasidagi intervalni harmonik intervallar deb atashadi. Ko’proq “

Melodik intervali

Eslatmalarni alohida-alohida ijro etayotganda, bir-biringizdan so’ng, siz musiqani ijro etyapsiz. Ushbu eslatmalar orasidagi masofaga melodik interval deb ataladi. Ko’proq “

Katta triadlar

Katta o’lchamdagi 1-darajali (ildiz) + 3 + 5-noychalar yordamida katta akkor ijro etiladi.

Kichik triadlar

Kichkina akkord kichik o’lchamdagi 1-darajali (ildiz) + 3 + 5-noychalar yordamida ishlatiladi. Ko’proq ”

Katta va kichik 7-sinflar

7-raqamni ifodalash uchun ishlatiladigan belgilar maj7, min7 esa 7-chi o’rinda turadi. Ko’proq ”

Darvoqe 7-chi

7-ustunlik bir eslatma nomi + 7 belgisini ishlatadi . Masalan: C7, D7, E7 va boshqalar. Davomi »

Triadlarni almashtiring

Chord inversiyalari kompozitorlar va musiqachilar tomonidan modulyatsiya uchun qo’llaniladi, musiqiy ohangli chiziqni yaratadi va odatda musiqani yanada qiziqarli qilish uchun. Ko’proq “

sus2 va sus4 Akkordlar

Shush – bu “to’xtatilgan” qisqartmasi bo’lib , umumiy uchlik namunasiga amal qilmaydigan tovushlarni ifodalaydi. Ko’proq ”

Oltinchi va to’qqizinchi Akkorlar

6 va 9-ohanglarga o’xshash boshqa tovushlar mavjud bo’lib, musiqani yanada qiziqarli qilish uchun foydalanishingiz mumkin. Ko’proq ”

Kamaytirilgan va kengaytirilgan Triadlar

Batafsil qisqartirilgan va kengaytiriladigan boshqa uchta triad turi bor.

Dissonant va Consonant Akorlar

Yumshoq tovushlar uyg’un va yoqimli ovozga ega, zerikkan ohanglar zo’riqish tuyg’usini keltirib chiqaradi va yozuvlar jangga o’xshab ketadi. Ko’proq “

I – IV – V Chord Pattern

Har bir kalit uchun “asosiy tovushlar” deb nomlanuvchi boshqalardan ko’ra ko’proq ijro etilgan 3 ta tovush bor. I – IV – V tovushlari 1, 4 va 5-o’lchovdagi yozuvlardan iborat. Ko’proq ”

I – IV – V Chord Pattern’i o’ynash

Ko’p qo’shiq, ayniqsa xalq qo’shiqlari I – IV – V akkord naqshlaridan foydalanadi. Misol tariqasida “F” tugmachasida o’ynaladigan “Uyda joylashgan uy” deb nomlangan.

ii, iii, va vi akkordlar

Ushbu akkordlar 2, 3 va 6-nchigacha o’lchovlardan tashkil topgan bo’lib, ularning hammasi kichik eskizdir. Ko’proq “

Chord naqshlarini o’ynash

Siz o’zingiz bilan qanday qilib boshqa musiqalarni topishingiz mumkinligini ko’rish uchun turli akkord naqshlari bilan o’ynashingiz mumkin. Ko’proq “

Modu

Modlar ko’plab musiqa turlarida qo’llaniladi; muqaddas musiqadan jazzgacha toshga aylanadi. Sintezatorlar uni kompozitsiyalarga “taxmin qilish” ni oldini olish uchun ishlatishadi. Ko’proq “