9-may xotira va qadrlash kuni haqida sherlar
Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Mustaqillik kuni she’rlar, eng yangi she’rlar to‘plami
mustaqillik kuni she’rlar va tabriklar bilan yorqinroqdir. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi.
Quyida sizlar uchun vatanimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan, mustaqillik haqidagi, stiqlol va ona vatan haqidagi eng sara she’rlarni taqdim etmoqdamiz. Barcha she’rlar bolalar va kattalar uchun atalgan bo‘lib o‘qish va yod olish osondir.
Mustaqillik bayrami uchun tadbir uyushtirayotgan bo‘lsangiz mana bu sahifada sizlar uchun mustaqillik kuni, bilimlar bayrami tadbirlar senariysini topishingiz mumkin.
- Mustaqillik kuni she’rlar — Istiqloling muborak
- Mustaqillik kuni she’rlar Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim
- JONIM ICHRA JONIMDURSAN!
- Mustaqil O‘zbekiston
- Mustaqillik muborak — mustaqillik kuni she’rlar
- Mustaqillik bayramiga bag‘ishlanadi
- O‘zbekiston mustaqil yurt
- Mustaqillik bolalar uchun she’r
- O‘zbekiston bayrog‘i qo‘shig‘i
- Talpinaman quyoshga — istiqlol haqida she’r
- O‘zbekiston
- Mustaqillik abadiy bolsin!
- Mustaqillik kuni she’rlar, kichik, qisqa she’rlar
- Mustaqillik kuni she’rlar va tabriklarni yuklab olish
Mustaqillik kuni she’rlar — Istiqloling muborak
Hur diyor O‘zbekiston
Madhing dillarda doston
Tabriklarim armug‘on
Istiqloling muborak!
Nurga to‘la quchog‘ing,
Oltinga kon tuprog‘ing.
Oy-yulduzli bayrog‘ing
Istiqloling muborak!
Timsolli humo qushing,
Jannatni a’lo qushing.
Senga qalbim olqishi,
Istiqloling muborak!
Mustaqillik kuni she’rlar Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim
Vatan haqidagi eng yaxshi she’rlar to‘plamini mana bu sahifada o‘qishingiz mumkin.
O‘tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o‘z bir dunyo,
Tanamda doimo jo‘sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.
Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko‘ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.
JONIM ICHRA JONIMDURSAN!
Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni haqidagi ishonchli ma’lumotlarni olish uchun wikipedia sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
Mustaqil O‘zbekiston
O‘zbekiston sehrli diyor,
Istiqloling bo‘lsin muborak.
Senda yashar xalqlar baxtiyor,
O‘zbek xalqim to‘ying muborak!
Xalqim, umring bo‘lsin ziyoda,
O‘zbeklar ko‘p bu oshyonda,
Inoq, baxtli yashaylik birga,
O‘zbek xalqim, to‘ying muborak!
Bir daryodan suv ichgan millat,
Besh og‘ayni, beshta mamlakat,
Shoir do‘stlik bo‘lgay ijobat,
O‘zbek xalqim, to‘ying muborak!
Tashrif aylab, madhingni kuylab,
Yurtim senga ashyor bag‘ishlay,
Mangu yasha, porloq yulduzday,
O‘zbek xalqim to‘ying muborak!
Muhammad Yusuf qalamiga mansub eng sara she’rlarni mana bu sahifaga o‘tib o‘qishingiz mumkin.
Mustaqillik muborak — mustaqillik kuni she’rlar
Xudoyberdi To‘ychiyev she’ri
Do‘ppingizni ko‘kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho‘x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
O‘zbek eli o‘ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko‘rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko‘prik,
Mustaqillik kun muborak.
Mustaqillik bayramiga bag‘ishlanadi
Shaxzodaxon G‘ulomjonova she’ri
Ona yurtni sevmoq iymondan asli,
Zamon osha keldi, yuksalish asri,
Bizlar buyuklarning avlodi, nasli,
Pok niyat o‘chog‘i, go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!
Ulg‘aytirding bag‘ringda qancha dahoni,
Mayli ayting bo‘lsa agar da’voni,
Jahon berolmaydi senga bahoni,
Ta’rifi yo‘q adog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!
Issiq quchog‘ingda erkalab suyding,
Bolam deb qo‘limdan ushlading, tutding,
G‘am cheksam mendanda ortiqroq kuyding,
G‘amxo‘rlik quchog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!
Ta’rif topolmadim, senga vatanim,
Bunchalar suyuksan, gulu chamanim,
Ko‘zlarim quvonar, yayraydi ta’nim,
Pok niyat mayog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!
Islom Karimov haqida she’rlar izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifaga o‘ting.
O‘zbekiston mustaqil yurt
Hikmatoy Hasanov she’ri
Jahon noming tanidi bugun,
Unitilmas to abad shu kun.
Kelajakka umidla qarang,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Biz yoshlarda barcha shijoat,
O‘zbekiston bo‘ldi hur, jannat.
Tanitamiz nomini albat,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Bog‘-u rog‘lar o‘ng-u so‘limiz,
Osmonlarga yetar qo‘limiz.
Ochiq erur doim yo‘limiz,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Mustaqillik bolalar uchun she’r
Tursunboy Adashboyev she’ri
Bolalar haqidagi eng sara she’rlar kerak bo‘lsa ushbu sahifaga eng yaxshilarini jamlaganmiz.
Mustaqillik nonday aziz,
Mo‘tabardir, buyukdir.
Bobosi ham irim bilan,
Muqaddas deb qo‘yubdir
Paxtaday oq, sutdayin рок,
Imondayin u toza.
Begardlikka qiyos qilsak,
Bolakaylar — andoza.
Ko‘k beg‘ubor tovlanadi —
Yetti rangli kamalak.
Xumo qushi qo‘ndi boshga,
Zar uqali jamalak.
O‘zbekiston bayrog‘i qo‘shig‘i
Iqbol Mirzo she’ri, M.Nurmatov musiqasi
Bayroq haqidagi barcha she’rlar mana bu, bayrog‘imiz haqidagi sara qo‘shiqlar esa mana bu sahifada keltirilgan.
Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Talpinaman quyoshga — istiqlol haqida she’r
Muqimjon Qodirov she’ri
Ona — Vatan bag‘rida
Ulg‘ayaman baxtiyor.
Muncha suluv, bepayon
O‘zbekiston gul — diyor.
Sirdosh bo‘lgim keladi
Har giyohga, har toshga.
Zamin mehriga qonib,
Talpinaman quyoshga.
O‘zbekiston
Mahmudjon Dadaboyev she’ri
O‘zbekiston —
Nurli bo‘ston,
Noming sening —
Tilda doston.
Jahon ichra
Yagonasan,
Xalqing ulug‘,
Mardonasan.
Senga hurlik
Omon keldi,
Eling kutgan
Zamon keldi.
Sensan mening
Baxt-iqbolim,
Bo‘lsin mangu
Istiqbolim.
Mustaqillik abadiy bolsin!
Ozbekiston baxtidan kulsin,
Yurtim doim quvonchga tolsin,
Ona xalqim istagi shudir,
Mustaqillik abadiy bolsin!
Bunga yetmoq oson bolmadi,
Yorug kunlar armon bolmadi,
Zimdan turib kimlar kulmadi,
Mustaqillik abadiy bolsin!
Millat uchun, shu tuproq uchun,
Butun dunyo bizlarni bilsin,
Bilsin yana ozbekning kuchin
Mustaqillik abadiy bolsin!
Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qollaringizni,
Mustaqillik abadiy bolsin!
Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay otganlar haqqi,
Eng zor bolsin shu ozbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bolsin!
Mustaqillik kuni she’rlar, kichik, qisqa she’rlar
Assalom,mustaqil Ozbekistonim!
Assalom,qudratli,nurli bostonim
Erk va ozodlik muborak bolsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bolsin!
Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.
Ming to‘qqiz yuz to‘son birinchi
Yil birinchi sentabr tongi
Mustaqillik abadiy umr o‘tkinchi
Yangradi elimda istiqlol bongi
Mustaqillik bu nimadur?
— Mustaqillik bu xurriyat!
Bu ozodlik demakdir,
Mustaqillik hurlik baxt!
Buyuk bobolardan qolgan merossan,
Yuragim ardogi jarangli sozsan.
Madhingni tinglasin, osmonu falak,
Vatanim, 31 yoshing muborak!
9-may xotira va qadrlash kuni haqida sherlar
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
1941 YIL. 22 IYuN’. TONGOTAR
Ularni otishdi tong pallasida…
Otasin qo‘lini ushlagan go‘dak
Miltiqlarga qarab sekin so‘radi,
So‘radi: «O‘q tegsa og‘rirmi, dada?»
Uning ovozini bosdi guldurak…
Bahorda jarlikni qoplar o‘t-o‘lan,
O‘tlar uzra suzib o‘tar oq bulut
Va shunda bir chechak achchiq dard bilan
Tinmasdan shivirlar: «Og‘rirkan, dada!»
Bu nola hech qachon bo‘lmaydi unut…
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Nuriddin tog‘amga
…Sovuq shamol meni quvadi,
Sokin shahar ko‘chalarida.
Qizlar esa meni sevadi
Olis bahor kechalarida.
Sizni sevgan u qiz tirikmi?
Qiynaydimi xotira rasmi?
Tunlar uning boshi egikmi,
Nuriddinmi o‘g‘lining ismi?
Qo‘shoq aka, uxlamaysiz,
Qishning uzun kechasi,
Yoki o‘ylab qiynalarsiz
Qo‘ldagi o‘q parchasin.
Rajab aka, siz ham uyg‘oq,
Yengolmassiz qiynoqni,
Sog‘indimi yo o‘ng oyoq
Kesilgan chap oyoqni.
Yarim tunda, qishloq aro
Uchar g‘amgin xayollar,
Erlarini, o‘g‘illarin
Yod etadi ayollar…
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Beva eng chiroyli ko‘ylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular g‘amgin.
Xona burchagida g‘amdan entikib,
Eski plastinka g‘ijillar tag‘in.
Oqshomlari qiyin bo‘lar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Og‘ir bo‘lsa hamki, tasvir bo‘lsa ham
Suratga jilmayar ko‘z yosh aralash.
FRONTOVIK HAQIDA BALLADA
Urr-a-a!
Qichqirar, bo‘g‘ilar yarim tunda u,
Xotini dahshatdan turadi sapchib.
U esa emaklar, (emaklaydi tun),
Yelkada yarador do‘stin opichib.
Tun uyqusiraydi,
Tun baqiradi:
“Batal’on, orqamdan!”
Ingraydi asta.
Kimnidir bo‘g‘ilib u chaqiradi.
Eski yaralarning kuyi ostida
Va yana oldinga, yana oldinga,
Musht bo‘lib tugilar titroq qo‘llari.
Xira qorachiqdan kinolentadek
O‘ta boshlar olis urush yo‘llari.
Xotini uyg‘otar…
Biroq urushning
Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.
Qo‘lda papirosning rangin qutisi
G‘ijimlanar so‘nggi oboyma kabi.
JIGARLARIM
Vatan chegaralarini himoya qilib qurbon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga
Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz:«Farzandimdan roziman» — der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey, Boburjon, ey,Ulug‘bek, ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda o‘zbek degan millat qoldi,
O‘zbekiston degan ulug‘ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey G‘afurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbog‘ boylab shijoatdan belingizga,
Ko‘kragingiz qalqon bo‘ldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki o‘zbek,O‘zbekiston dunyoda bor —
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon, ey Ma’rufjon, ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar To‘marisdek qutlug‘ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Alpomishlar yo‘ldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek, Abduxalil, ey Doniyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
XOTIRA MAYDONI
Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda ,xalqim,sening xotirang.
Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin
O‘zing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan
Navoiy qalamin yoritgan chiroq,
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda,xalqim,sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz,
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yo‘q etay deya
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi,
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.
Seni johil dedi,savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.
Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol,
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.
Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab,bir lahza
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib,tamom yitajak.
Sening yoding borki,yorug‘ kunlarga
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi
Xotira bog‘iga kelib bosh egar
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning ko‘zlarida yongan shuurda
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay,
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!
Xurshid Davron
XOTIRA SHE’RLARI
9-may xotira va qadrlash kuni haqida sherlarini doc faylini yuklab oling.
Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami
Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami — Ushbu maqolda saralangan Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami ni taqdim etamiz.
Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
*****
Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
*****
O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.
- Meni olib keting.
- Inju Diyor uchun
- O’zbekistonim, senga
- Ummon ortidagi makonim
Meni olib keting.
Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
Talpingan diyorim, u — O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
1981, Moskva
Inju Diyor uchun
Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.
Yoshlik — bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik — kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.
Mo‘’tabar onalar — xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir — yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.
Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.
Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.
O’zbekistonim, senga
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
Ummon ortidagi makonim
(Vashingtonda O’zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilishi munosabati bilan yozilgan she’r)
Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun,
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.
Ochildi men uchun tor osmon bekam,
Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini.
O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam,
Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini.
Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!