Islomiy kiyim
3. Ayol kishi erkak kishining kiyimini kiyishi harom.
Bilasizmi? Muslima ayollarning kiyimi.
Ayollarning vakilasi Ummu Salama onamiz ayollarning o‘zlariga xos hassoslik bilan masalani yana oydinlashtirishni iroda qilib:
«Unday bo‘lsa, oyoqlari ochilib qoladi», dedilar.
Ya’ni «Ayollar etaklarini bir qarich tushirib yurganlarida ham oyoqlari ochilib qolishi turgan gap. Unda nima bo‘ladi?» Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hal qiluvchi javobni berdilar:
«Bir ziro’ tushirib oladilar, undan ziyoda emas», dedilar u zot».
To‘piqdan bir qarich tushirilgan etaklaridan ham oyoqlari ochilib qoladigan bo‘lsa, ayollar etaklarini bir ziro’ – ikki qarich tushirib yursinlar. Ammo undan ortig‘iga ruxsat yo‘q. Bundan maqsad avrat hisoblanadigan joyni nomahramlarga ko‘rsatmaslik ekani kelib chiqadi. Maqsad qanchalik uzun yoki qisqa bo‘lishida emas ekan.
Mashhur muhaddislardan Abulqosim Tobaroniy rivoyat qilgan uzun hadisda jumladan bunday deyiladi:
«Ey Rasululloh, Allohning «’uruban atroba» degan oyati haqida gapirib bering», dedi.
«Ular bu dunyodan qarib, sochi oqarib, ko‘rimsiz bo‘lib ketgan kampirlar bo‘lib, ularni qiyomatda Alloh taolo tengqur, bokira, ehtirosli mahbuba qizlar qilib qayta yaratadi», dedilar u zot.
Ummu Salama onamiz:
«Ey Rasululloh, bu dunyoning ayollari afzalmi, huri iynlarmi?» dedilar.
«Ey Ummu Salama, bu dunyoning ayollari huri iynlardan afzaldir», dedilar u zot.
Ummu Salama onamiz:
«Nimalari bilan?» deb so‘radilar.
«Namozlari, ro‘zalari, Allohga ibodatlari bilan. Alloh ularning yuzlariga nur, jasadlariga ipak kiygizgan. Ranglari oppoq, kiyimlari yashil, zebu ziynatlari sariq, taroqlari tilladan. «Mangumiz, o‘lmaymiz, zor bo‘lmaymiz, bir joyda yashaymiz, ko‘chmaymiz, rozimiz, achchiqlanmaymiz, biz kimniki bo‘lsak, kim bizniki bo‘lsa, yashasin», deydilar», dedilar.
Ummu Salama onamiz:
«Ey Rasululloh, bu yerda ba’zi ayollar ikki, uch, to‘rt erga tegadilar. U dunyoda hammalari jannatga kirsalar, ayol qaysi er bilan bo‘ladi?» dedilar.
«Ey Ummu Salama, u ayolning ixtiyoriga qo‘yiladi. Erlarning ichida eng xulqi yaxshisini tanlaydi. «Ey Parvardigoro, mana bu menga yaxshi xulqli bo‘lgan edi, meni shunga bergin», deydi. Ey Ummu Salama, yaxshi xulq ikki dunyoning yaxshiligiga erishtiradi», dedilar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning dorilfununlarida a’lo baholar ila tahsil olgan Ummu Salama onamiz roziyallohu anho o‘zlaridan savol so‘rab kelgan kishilarga ham katta va chuqur ilm sohibasi sifatida qoniqarli javob berar edilar.
Abu Dovud, Molik va Termiziylar rivoyat qiladilar:
«Bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib:
«Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. Nopok joylarda (ham) yuraman dedi. Ummu Salama:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U(etak)ni keyin kelgan(pok er)poklaydi», deganlar», dedi».
Bu hadisi sharifdan boshqa shunga o‘xshash hadislar kabi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollarining – onalarimizning Islom jamiyatida tutgan o‘rinlarining bir qirrasini anglab olamiz.
Har bir jamiyat ham ikki qismga – ayollarga va erkaklarga bo‘linadi. Bu ikki qism ham o‘ziga yarasha bilimli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, shariatning ayollarga xos hukmlarini erkak kishidan ko‘ra ayol kishi ayollarga o‘rgatgani ma’qul. Buning ustiga, o‘sha vaqtda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir o‘zlari ikki tomonga barobar qarashga vaqt topishlari ham qiyin edi.
Shuning uchun ham ayollarga ta’lim berib, ularning savollariga javob qilish mas’uliyatining bir qismi onalarimizga yuklatilgan edi. Ularning sonlari istisno tariqasida to‘qqiztaga yetishining hikmatlaridan biri ham shunda! Hadisdan ko‘rib turibmizki, bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib: «Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. Nopok joylarda (ham) yuraman», dedi».
Bu ayolning ismi Hamida bo‘lib, Ibrohim ibn Abdurrohman ibn Avfning undan farzand ko‘rgani uchun ozod qilgan cho‘risi edi.
Ma’lumki, Islomda ayol kishining uzun etakli kiyimi matlub. Shu bilan birga, o‘sha uzun etaklarni iflos qilmasliklari ham matlubdir. Ammo ba’zi hollarda Hamida roziyallohu anhoga o‘xshab, xizmat yuzasidan yoki boshqa sabablardan nopok joylarda ham yurishlari mumkin. Ana shunda kiyimlari nopok bo‘lsa, nima qilishlari kerak?
Hamida roziyallohu anhoning Ummu Salama onamizga aytgan so‘zlarida ana shu ma’nolar bor edi. U kishi esa bu savolga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislari bilan javob berdilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U(etak)ni keyin kelgan(pok er)poklaydi», deganlar», dedi».
Ya’ni bu «Uzunligi sababli yerdagi nopokliklarga tekkan etakni keyin kelgan pok yer tozalaydi», deganlaridir.
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Ayol kishi qanday kiyimda namoz o‘qiydi?» deb so‘raldi.
«U Ximorda va butun jismni to‘sib turadigan, ikki qadamining ustini berkitib turadigan ko‘ylakda namoz o‘qiydi», dedilar u kishi.
Ximor – ayol kishining boshi va ko‘ksini to‘sib turadigan ro‘molga o‘xshash narsa.
Ummu Salama onamiz ilmda va fiqhda ko‘pgina katta erkak sahobalardan ham yuqori turar edilar. Hatto masala talashib qolgan sahobiylar ajrim so‘rab, Ummu Salama onamizning huzurlariga kelishardi.
Buxoriy, Muslim, Termiziy va boshqalar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Abu Salama va Ibn Abbos roziyallohu anhumo jam bo‘lishganda erining o‘limidan bir necha kecha o‘tib tug‘adigan ayolni zikr qilib qolishdi. Ibn Abbos:
«Uning iddasi ikki muddatning uzog‘i», dedi.
Abu Salama bo‘lsa:
«Tug‘ishi bilan halol bo‘ladi», dedi.
Ikkovi tortisha boshlashdi. Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men birodarimning o‘g‘li tomonidaman», dedi.
So‘rab kelish uchun Ruqaybni Ummu Salamaning oldiga yuborishdi. U (qaytib) kelib:
«Ummu Salama «Subay’a al-Aslamiyya erining vafotidan bir necha kecha o‘tib, tug‘di. Keyin buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edi, u zot uni erga tegishga amr qildilar», deb aytdi», dedi.
«Subay’a roziyallohu anho erining vafotidan yigirma uch yoki yigirma besh kun o‘tib, tug‘di. So‘ngra nikohlanmoqchi bo‘ldi. Bu unga inkor qilindi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilingan edi, «Agar qilmoqchi bo‘lsa, muddati keldi», dedilar», deyilgan.
Ruqayb roziyallohu anhu Ibn Abbos roziyallohu anhuning xodimlari bo‘lgan. Islom ummatining ilm dengizi hisoblangan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudek inson Ummu Salama onamizdan savol so‘raganlaridan keyin u kishining ilm bobida kim ekanliklarini bilib olsak bo‘laveradi.
Ummu Salama onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini rivoyat qilishda Oisha onamizdan keyingi o‘rinda turadilar. U kishi 378ta hadisi sharif rivoyat qilganlar.
Ummu Salama onamiz hadislarni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, Abu Salama roziyallohu anhudan va Fotima onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar.
U kishidan ko‘pchilik hadislar rivoyat qilganlar. Ularning ichida sahobalardan Abdulloh ibn Abbos, Abu Sa’iyd Xudriy, Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhum, Oisha onamiz roziyallohu anho va Zaynab binti Abu Salama roziyallohu anholar bor. Shuningdek, u kishidan ko‘pgina tobe’inlar ham hadislar rivoyat qilganlar.
Ummu Salama onamiz roziyallohu anho fasohatda, she’rda va adabiyotda ko‘zga ko‘ringan shaxs bo‘lganlar.
U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hinolangan bir necha dona soch tolalarini doimo o‘zlari bilan olib yurganlar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muslima ayollarning kiyimlari dunyodagi eng go‘zal, eng chiroyli, eng odobli, eng yaxshi, eng muhimi esa – Allohning amriga eng muvofiq kiyimlardir. Bundan ortiq sharaf bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham Allohni unutgan, Allohdan qo‘rqmaganlargina bu kiyimlarga qarshi chiqadilar. Chunki Islom dushmanlari muslimalar dinlariga amal qilsalar, Islom jamiyati yengib bo‘lmas kuchga aylanishini yaxshi biladilar. Bu masalani barcha musulmonlar yaxshi anglab yetishlari va shunga yarasha harakat qilishlari lozim.
Ulamo ahli muslima ayolning libosi to‘g‘risidagi barcha hujjat va dalillarni puxta o‘rganib chiqib, jumladan, quyidagi mulohazalarni aytganlar;
1. Ayol kishining libosi tagi bilinib turadigan darajada yupqa va tor bo‘lmasligi lozim.
2. Ayol kishi tilla va kumush bilan bezalgan, naqshlangan kiyimlarni kiyishi joiz.
3. Ayol kishi erkak kishining kiyimini kiyishi harom.
Islomiy kiyim
Islom kamtarlik uchun minimal standartlarni belgilab qo’ydi, bu musulmonlar tomonidan kiyilgan turli xil kiyimlarda aks ettirilgan. Ushbu standartlar ayrim kishilarga nisbatan uzoq muddatli yoki konservativ ko’rinishi mumkin bo’lsa-da, musulmonlar bu qadriyatlarni qadr-qimmatga ega deb hisoblashadi. Yoshlar kamtarona kiyinishni boshlaganlari haqida ko’proq ma’lumot oling.
Islom kiyimlarini qaerdan sotib olish mumkin
Ko’plab musulmonlar musulmon dunyosida sayohat qilishda yoki kiyimlarini sotib olishda kiyimlarini sotib olishadi.
Ammo internet hozirda butun dunyodagi musulmonlarga son-sanoqsiz onlayn-perakendecilere kirish imkonini beradi.
Ranglar va uslublar
Islom kamtarlik qoidasini belgilab bergan bo’lsa-da, u ma’lum bir uslub, rang yoki matoga buyruq bermaydi. Musulmonlar orasida topadigan kiyimlar qatori musulmon jamoalari orasida juda ko’p turli xillikning belgisidir. Ko’plab musulmonlar yashil, ko’k, kulrang, odatdagidek qora va oq rangdagi konservativ tusli ranglarda kiyinishni afzal ko’radilar. Bundan tashqari, rang tanlovining orqasida aniq ma’no yo’q. Ba’zi ranglar yoki kiyim jihozlari mahalliy urf-odatlarga asoslangan dunyoning ayrim qismlarida keng tarqalgan.
Kiyim terminologiyasi
Ko’pincha turli xil so’zlar musulmonlar tomonidan dunyodagi kiyimlarning turli uslublari va turlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Odatda, xuddi shunday kiyim turi mintaqaviy tilga yoki atamashunoslikka qarab juda ko’p turli xil ismga ega.
Siyosiy va ijtimoiy masalalar
Islomiy kiyinish, xususan, musulmon ayollar ba’zan kiyinadigan o’ziga xos uslublar haqida tortishuvlar uzoq davom etmoqda.
So’nggi yillarda muayyan vaziyatlarda yoki joylarda o’ziga xos kiyim kiyishning qonuniyligi yoki maqsadga muvofiqligi haqida bir necha masala yuzaga keldi.
Namoz kiyimlar
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.
САВОЛ: Эркак киши намоз ўқиётганида кийими қандай бўлиши керак? Шунингдек, ёш ўғил болаларнинг либослари ҳақида ҳам маълумот берсангиз. Жумладан ёз пайтларида.
ЖАВОБ: Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм.
Ҳаммага маълум ва машҳурки, бало-ғатга етган эркак кишининг аврати–киндиги билан тиззаси орасидир. Киндик ва тизза тўсилган ҳолда, тананинг ўша оралиқдаги қисми, еркитилган бўлса, эркак киши авратини беркитган бўлади, қолган тарафларини кўрсатиши, яъни очиқ ҳолда юриши гуноҳ бўлмайди. Лекин одоб юзасидан, эҳтиром юзасидан, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг суннатларига эргашиш юзасидан, албатта чиройли ва гўзал кийим кийиши, ярим яланғоч ҳолда юришини тарк қилиши лозим-лобуд бўлади. Айниқса намоз ўқиётган пайтда кийимларни яхши қилиш, авратни беркитиш фарз. Ундан бошқа пайтларда ҳам кийимларни яхши-чиройли қилиб олиш албатта марғуб нарса, яхши нарса, одоб-ахлоқ доирасидаги нарса бўлади. Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло Қуръони Каримда «Ҳузу зийнатакум маъинда кулли масжидин» деган оятни нозил қилган, яъни «ҳар бир масжидда зийнатингизни тутинг». Демак, ана шу ояти каримага биноан, гўзал, чиройли, кийимларни кийиб намоз ўқиш афзал кўрилган. Албатта ҳаммамизга маълум ва машҳурки, намоз ўқиётган пайтда кийимнинг шакли-шамойилига эътибор унча йўқ, балки авратни тўсишига ва пок бўлишига алоҳида эътибор берилган.
Шунингдек, саволда «ёш ўғил болаларнинг либоси ҳақида, жумладан ёз пайтларида» сўралиши замирида баъзи-бир қисқа, калта кийимларни кийиш мумкинми-йўқми, ҳозир шунақа киядиганлар кўпайиб кетди», деган маъно ҳам бўлиши мумкин. Албатта бу ерда фарзни адо этиш маъносида савол бўлса, авратини тўсиш фарз, қолганида намози қабул бўлаверади, лекин аввал ҳам айтиб ўтганимиздек орада суннат бор. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг авратларинигина тўсиб олиб намоз ўқиётганларини ҳеч ким кўрмаган, балки доим одоб билан, яхши либосларни кийиб намоз ўқиганлар. Са-ҳобаи киромлар ҳам шу ҳолатда бўлишган. Улардан кейинги авлодлар ҳам, мусулмонларнинг ҳаммаси чиройли либослар билан, одобли кийимлар билан намоз ўқиганлари ривоятларда келган. Бугунги кунда ҳам ана шу нарса давом этиши керак, бунга эътибор беришимиз лозим ва лобуд. Валлоҳу аълам.