Press "Enter" to skip to content

Namoz o’rganish kitobi

– Yangi moslama ichida batareyada yo’q

«Ilk joynamozim» (namoz o’qishni o’rgatuvchi ovozli joynamoz)

Farzandlarimizga namozni o’rgatish uchun qulay, qiziqarli, bolalar uchun moslangan elektron joynamoz. Farzandlaringizga namozni yana ham tez va samarali o’rgatishingizda ushbu joynamoz sizga yordam beradi.

Elektron joynamozda bir qator yengilliklar mavjud. Jumladan:
– 5 mahal namoz vaqtida azon aytadi
– 5 vaqt to’liq namozni ovozi bilan aytib beradi
– 5 vaqt namozning farz va sunnatlarini alohida-alohida tinglash mumkin
– Tahajjud va vitr namozlari ham kiritilgan
– Joynamozda Fotiha va kichik suralardan foydalanilgan
– Tasbeh, zikr qilish, har xil duolarni o’rgatadi
– Elektron joynamoz 3 dona batareya bilan ishlaydi
– Ovozlar buzilsa, pastlasa yoki aralashib ketsa, demak batareyalar almashtirilishi kerak
– Batareyalarni joylashtiriladigan qutichadagi (+) (-) belgilarga qarab joylashtiring

– Eski va yangi batareyalardan birga foydalanmang. Tugagan batareyalarni maxsus ahlat qutilarga tashlang

– Batareyalarni kattalar o’rnatib berishlari kerak
– Elektron joynamozni suv va suyuq moddalardan uzoq tuting
– Joynamozni yuvishdan oldin ichidagi elektron moslamasini chiqarib, keyin yuving

– Yangi moslama ichida batareyada yo’q

Ushbu jihoz namoz o’qishni endi o’rganayotganlar yordamchi vosita bo’lib, namozni o’rgatadigan kitob va ustozning o’rnini bosmaydi. Jihoz faqat o’rganishga moslashirilgani uchun unda namozda maxfiy (ichida) aytiladigan zikr va duolar ham jahriy (ovoz chiqarib) o’qilgan va aytilgan. Bu joynamozda berilgan zam suralar o’rnida boshqa sura va oyatlar ham o’qish kerak, doim bir xil

zam sura o’qiyverish makruh.

Namoz o’rganish kitobi

1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o’qishni niyat qildim», deb ko’ngildan o’tkaziladi.

2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo’llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi. Ayollar qo’llarini yelka barobarida ko’taradilar.

3. Qo’llar bog’lanadi. Erkaklar o’ng qo’l kaftini chap qo’l ustiga qo’yishadi. O’ng qo’lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo’l bilagini ushlashadi.

Ayollar o’ng qo’lni chap qo’l us-tida tutib, qo’llarini ko’krakka qo’yadilar. Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o’qiladi.

SANO DUOSI
Subhanakallouhumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.
Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug’dir. Sendan o’zga iloh yo’qdir».
FOTIHA SURASI
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ
مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ
إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ
اهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ
صِرَاطَ الَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا الضَّالِّينَ

A’uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Al hamdulillahi robbil ‘alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim valazzolliyn.

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so’raymiz! Bizni shunday to’g’ri yo’lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg’ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo’lidir, g’azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!

Namoz uqish tartibi ayollar uchun

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va khufton) namoz uqish har bir musulmonga farzdir.

AZON

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami turt rakatdan iborat. Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha uqiladi:

1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini uqishni niyat qildim», deb kungildan utkaziladi (1–2-rasmlar).

2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qullar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi (3- rasm).

Ayollar qullarini elka barobarida kutaradilar (4-rasm).

3. Qullar boglanadi. Erkaklar ung qul kaftini chap qul ustiga quyishadi. Ung qulning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qul bilagini ushlashadi (5-rasm).

Ayollar ung qulni chap qul us-tida tutib, qullarini kukrakka quyadilar (6-rasm).

Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar uqiladi.

SANO DUOSI

Subh`anakall`ouhumma va bihamdika va tab`arokasmuka va ta`ala jadduka va l`a il`aha goyruk.

«Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulugdir. Sendan uzga iloh yuqdir».

Fotiha surasidan sung bir zam (qushimcha) sura uqiladi. FOTIHA va ZAM suralar

4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar (7-rasm).

Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar. (8-rasm).

Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Samiallohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad kutariladi, bu holat «qavma» deyiladi.

Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolgiz Sengadir), deyiladi (9–10-rasmlar).

6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, keyin qullar, sung peshona va burun erga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qilinayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari erga tegmaydi (11-rasm).

Ayollar tirsaklarini erga quyadilar (12- rasm).

Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal ala» (Ey ulug Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.

7. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh kutariladi va tiz chukkan holda bir oz utiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qullar, barmoqlar uz holicha tutilib, songa quyiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bulishi lozim (13–14-rasmlar).

8. Erkaklar chap oyoqlari ustiga utiradilar. Ung oyoq panjalari qiblaga qaratiladi (15- rasm).

Ayollar oyoqlarini ung tarafdan chiqarib utiradilar (16-rasm).

8. «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal ala», deyiladi (17– 18-rasmlar)

Shu bilan birinchi rakat tugaydi.

9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi (19–20-rasmlar).

10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqa-sidan bir zam sura uqiladi.

11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi (21–22-rasmlar).

12. «Samiallohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi (23–24-rasmlar).

13.«Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal ala», deyiladi (25—26-rasmlar).

14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh kutariladi va bir oz utiriladi (27–28-rasmlar).

15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal ala», de-yiladi (29–30-rasm-lar).

16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh kutarilib (31–32-rasmlar) qadada utiriladi va quyidagilar uqiladi:

«ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyy`atu lill`ahi vas-solav`atu vattoyyib`at. Assal`amu alayka ayyuhan- nabiyyu va rohmatull`ohi va barok`atuh. Assal`amu alayn`a va al`a ib`adillahis-s`olih`iyn. Ashhadu all`a il`aha illall`ohu va ashhadu anna Muhammadan abduh`u va ros`uluh.

Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bulsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bulsin. Iqrormanki, Allohdan uzga iloh yuq. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.

SALOVOT

All`ohumma solli al`a Muhammadiv-va al`a `ali Muhammad. Kam`a sollayta al`a Ibroh`ima va al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id. All`ohumma b`arik al`a Muhammadiv-va al`a `ali Muhammad. Kam`a b`arokta al`a Ibroh`ima va al`a `ali Ibroh`im. Innaka ham`idum-maj`id.

Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan. Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.

DUO

Robban`a `atin`a fid-duny`a hasanatav-va fil `akhiroti hasanatav-va qin`a az`aban-n`ar.

«Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, okhiratda ham yakhshilikni bergin va bizni duzakh olovi azobidan saqlagin».

17. Avval ung, keyin chap elkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi (33—38-rasmlar).

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi. Bomdod namozining ikki rakat farzi ham khuddi shu tartibda uqiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini uz vaqtida uqishni niyat qildim». Qolgan qismi sunnat bilan bir khil davom etaveradi.

PEShIN NAMOZI

Peshin namozi turt rakat sunnat, turt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Turt rakat sunnat quyidagicha uqiladi:

1. Niyat qilinadi.

2. Iftitoh takbiri aytiladi.

3. Sano duosi uqiladi.

4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.

7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.

10. Utirib «Attahiyyat» uqiladi.

11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.

14. «Allohu akbar» deb turtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.

17. Utirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari uqiladi.

18. Salom berib namozdan chiqiladi. Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda uqiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining turt rakat farzini uqishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va turtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qushilmaydi. Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi uqiladi.

ASR NAMOZI

Asr namozi turt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining uqilishi bir khil. Niyatda «Asr namozining turt rakat farzini…» deyilsa buldi. ShOM NAMOZI Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning uqilishi:

2. Iftitoh takbiri.

4. Fotiha, zam sura.

7. Turib, Fotiha, zam sura.

10. Utirib, «Attahiyyat».

11. Turib, faqat Fotiha.

14. Utirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.

15. Salom. Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi uqiladi.

KhUFTON NAMOZI

Khufton namozi turt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat. Khufton namozining turt rakat farzi peshin namozining farzi kabi uqilib, faqat niyatda farq buladi. Khuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida urganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir khil tartibda uqiladi.

VITR NAMOZI

Vitr namozi uch rakatli bulib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug turadi. Uqilishi shart. Biror sabab ila vaqtida uqilmay qolsa, qazosi uqiladi. Vitr namozi khufton namozidan keyin uqiladi. Quyidagi tartibda ado etiladi:

2. Iftitoh takbiri.

4. Fotiha, zam sura.

7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.

10. Utirib, «Attahiyyat» duosi.

11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.

12. Zam suradan keyin usha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.

13. Qul qovushtirilib, Qunut duosi uqiladi.

QUNUT DUOSI

All`ohumma inn`a nasta`inuka va nastagfiruk. Vanuminu bika va natavakalu alayka va nusn`iy alaykal khoyr. Kullah`u nashkuruka va l`a nakfuruk. Va nakhlau va natruku may-yafjuruk. All`ohumma iyy`aka nabudu va laka nusoll`iy va nasjudu va ilayka nas`a va nahfidu narj`u rohmatak(a). Va nakhsh`a az`abaka inna az`abaka bil kuff`ari mulhiq.

Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni suraymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yakhshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha nematlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonkurlik qilmaymiz. Senga qarshi nonkurlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz. Allohim! Biz yolgiz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina uqiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni khushu-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating kup bulishini suraymiz, azobing-dan qurqamiz. Hech shubha yuqki, Sening azobing kofirlargadir.

16. Utirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.

Namoz salom bilan tugaydi. Salomdan keyingi amallar (tasbehotu duolar) majburiy emas, ammo nihoyatda savoblidir. Farz namozlaridan keyin quyidagi duoni uqish sunnatdir: All`ohumma antas-sal`am va minkas-sal`am. Tab`arokta y`a zaljal`ali val ikr`om.

Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bulgan Allohim, Sening shoning ulugdir. Umuman, har vaqt namozni tugatgandan sung Oyatal kursi uqilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug buladi.

OYaTAL KURSI

A`uzu bill`ahi minash-shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. All`ohu l`a il`aha ill`a huval hayyul qoyy`um. L`a ta’khuzuh`u sinatuv-va l`a na`vm. Lahu m`a fis-sam`av`ati va m`a fil arz. Manzallaz`iy yashfau indah`u ill`a bi’iznih. Yalamu m`a bayna ayd`ihim va m`a kholfahum va l`a yukh`it`una bi shay’im-min ilmih`i ill`a bima sh`aa. Vasia kursiyyuhus-sam`av`ati val arz. Va l`a ya`uduh`u hifzuhum`a va huval alliyyul az`iym.

Alloh — Undan uzga iloh yuqdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Erdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning rukhsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bulgan) va keyingi (buladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagancha uzlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Erdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.

TASBEH

Subhanalloh (33 marta)

Alhamdulillah (33 marta)

Allohu akbar (33 marta)

L`a il`aha illall`ohu vahdah`u l`a shar`ika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva al`a kulli shay’in qod`ir.

Allohdan uzga iloh yuq. U yagonadir, sherigi yuq, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga khosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.

JANOZA NAMOZI

Niyat: «Alloh rizoligi uchun janoza namozini uqishni niyat qildim. Ushbu imomga iqtido qildim». Imom bilan birga takbir tushirilgach, Sano duosi uqiladi: «Subh`anakall`ohumma va bihamdik. Va tab`arokasmuk va ta`ala jadduk va jalla san`auk va l`a il`aha goyruk». Sung imom ovoz chiqarib, «Allohu akbar» deb takbir aytadi. Bu takbirda qullar kutarilmaydi. Qovushtirilgan holida «Salovot» duosi uqiladi. Yana qulni kutarmasdan «Allohu akbar» deb takbir aytiladi va janoza duosi uqiladi. Duodan sung yana qullar qovushtirilgan holda «Allohu akbar», deyilib, ung va chap tomonlarga salom beriladi.

JANOZA DUOLARI

Har bir janozada dastlab quyidagi duo uqiladi:

All`ohummagfir lihayyin`a va mayyitin`a va sh`ahidin`a va g`o’ibin`a va sog`iyrin`a va kab`iyrin`a va zakarin`a va uns`an`a. All`ohumma man ahyaytah`u minn`a faahyih`i alal Isl`am. Va man tavaffaytu minn`a fatavaffah`u alal iym`an.

«Ey Rabbim! Tirigimizni va uligimizni, bu erda bulganlarni va bulmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tugilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali etib hayotdan kuz yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin».

Janozasi uqilayotgan mayyit balogatga etmagan ugil bola bulsa, mana bu duo uqiladi:

All`ohummajalh`u lan`a farotav-vajal h`u lan`a ajrov-va zukhrov- vajalh`u lan`a sh`afiam-mushaffaan.

«Allohim! Bu bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va okhirat armugoni qil… Allohim! Bu bolani biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla».

Janoza balogatga etmagan qiz bola uchun uqilayotgan bulsa, quyidagi duo uqiladi:

All`ohummajalh`a lan`a farotav-vaj-alh`a lan`a ajrov-va zukhrov- vajalh`a lan`a sh`afiatam-mushaffaah.

Allohim! Shu qiz bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va okhirat armugoni qil… Allohim! Bu qizni biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla. Bu duolarni bilmaganlar «All`ohummagfir liy va lah`u va lil-mumin`iyna val mumin`at».

Yani, Allohim, meni va uni, erkak va ayol barcha imon keltirganlarni magfirat ayla», deya duo qilsalar yoki «Robbana…» duosini uqisalar ham buladi. Janoza namozining boshlanishiga ulgurmagan kishi jamoatga tezda qushilib iftitoh takbirini aytadi va imomga iqtido qiladi. Imom salom berganidan keyin, lekin hali tobut kutarilmasdan avval qolgan takbirlarni uzi aytadi. Tushgan, ulik tugilgan bolaga janoza uqilmaydi. Bir ism quyilib yuviladi va matoga urab, kumiladi. Tirik tugilib ulgan bola yuvilib, janozasi uqiladi.

HAYIT NAMOZI

1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini uqishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.

2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qullarini kutarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.

3. Har kim ichida Sano duosini uqiydi. Sungra imom ketma-ket qullarini quloqlariga kutarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qullar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan sung qullar boglanib, qiyom holida turiladi.

4. Shundan keyin imom ichida «Auzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani uqiydi.

5. Ruku va sajdadan sung ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura uqigach, rukuga bormay turib, khuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. Turtinchi takbirdan keyin qullar boglanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan sungra «Attahiyyat» va «Salovot» uqib, salom berilib, namoz tugatiladi.

JUMA NAMOZI

Juma namozi ikki rakat farz bulib, undan oldin va keyin turt rakat sunnat uqiladi. Ilk va okhirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi uqiladi. Imomga iqtido qilib uqiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi uqiladi. Juma namozida ikki rakat farz uqilmasdan oldin imom minbarda khutba qiladi. Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sog kishiga farzdir. Juma namozining shartlari:

1) peshin namozi uqiladigan vaqtda uqish;

2) namozdan oldin khutba uqish;

3) juma uqiladigan joy hammaga ochiq bulishi;

4) imomdan tashqari kamida uch kishidan iborat jamoat bulishi;

5) imom juma namozini uqishi uchun rasman rukhsatli bulishi;

6) juma uqiladigan joy shahar yokhud shahar hukmida bulishi kerak.

NAMOZNI BUZADIGAN HOLLAR

– namoz paytida gaplashish;

– biror narsa eyish yoki ichish;

– uzi eshitadigan darajada kulish (yonidagi eshitadigan qilib kulsa, tahorat ham buziladi);

– birovga salom berish yoki salomga alik olish;

– qibladan boshqa tomonga burilish;

– dunyoviy biror tashvish tufayli «uf» tortish, «oh-voh» deyish va yiglash (gunohlariga tavba qilib, Allohdan kechirishlikni surab yiglasa buladi);

— bir ruknda uch martadan ortiq begona harakat qilish (masalan: kiyimni tugrilash, qashinish va hokazo);

– namozda uqiladigan oyatlarni manosi buziladigan darajada yanglish uqish;

– namoz uqilayotgan paytda tahoratning sinishi.

— sajda holida ikkala oyoqni erdan kutarish.

NAMOZNING SAVOBINI KAMAYTIRADIGAN HARAKATLAR

– Barmoqlarni qisirlatish, ust-boshni uynash; – kuzni yumish, u yoq-bu yoqqa alanglash; – rukuda «Subhana robbiyal aziym»ni uch martadan kam aytish yoki umuman aytmaslik; – sajdada «Subhana robbiyal ala»ni uch martadan kam aytish yoki hech aytmaslik; – qibla, ung tomon va sajdagohda jonli narsalar suratining bulishi; – yul ustida egasi rozi bulmagan bir joyda namoz uqish; — sajda holida bir oyogini erdan kutarish.

NAMOZNING VOJIBLARI

1. Qiyomda Fotiha surasini uqish. 2. Farz namozlarining avvalgi ikki rakati, vitr va nafl namozlarining har rakatida Fotihadan keyin zam sura uqish. 3. Uch va turt rakatli namozlarda ikkinchi rakatdan ke-yin utirish. 4. Imomning bomdod, hayit, juma namozlarida, shom, khufton namozlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha va zam surani ovoz chiqarib uqishi. Peshin va asr namozlarida esa, imomning ham, yakka uzi uqiyotgan namozkhonning ham ovoz chiqarmay uqishi. 5. Vitr namozida Qunut duosini uqish.

NAMOZNING SUNNATLARI

1. «Allohu akbar» deb namoz boshlagandan keyin Sanoni uqish.

2. Sanodan keyin ichida «Auzubillah» va «Bismillah»ni aytish.

3. Fotihani uqigandan keyin makhfiy tarzda «omin» deyish.

4. Imom rukudan keyin «Samiallohu liman hamidah» deb turganida «Robbana lakal hamd» deyish. Namozni yolgiz uqiganlar uchun esa, ikkalasini ham aytish.

5. Farzlarning biridan ikkinchisiga utayotganda «Allohu akbar» deyish.

6. Namozda boshni juda egib ham, juda tikka ham tutmaslik, urtamiyona ushlash.

7. Rukuda qul barmoqlari orasini ochib ikki tizzani mahkam changallash, kamida uch marta «Subhana robbiyal aziym» deyish. Ayollar barmoqlarini tizza ustida, jips holda tutishadi, tizzalarini bir oz bukishadi.

8. Sajdada peshonani qullar orasiga olish, qul barmoqlarini jips tutish. Bunda bosh barmoq qosh tugrisiga quyiladi.

9. Sajdada erkaklar oyoqlari, qullari, burni va peshonasi erga tegib turishi, boshi ikki quli orasida bulishi, bilaklarini erga ham, qobirgasiga ham tekkizmasdan tutishi hamda oyoqlarining barmoqlarini qiblaga qaratib turishi. Ayollar esa, qullarini yonlariga jips etgan holda erga tekkizib, sajda qiladilar.

10. Erkaklar utirganda chap oyogi ustiga utirib, ung oyogi qadamini tik tutib, barmoqlarini qiblaga qaratib utirishi, ayollarning esa ikki oyoqlarini ung tomonga qaratib, chap quymichiga utirishi.

11. Tik turganda ikki oyoq orasini turt barmoq kengligida ochiq ushlash. Ayollar oyoqlarini jips tutishadi.

12. «Tashahhud» (Attahiyot), «Salovot», «Robbana» duolarini uqish.

13. Avval ung, keyin chap tomonga salom berish.

NAMOZNING MUSTAHABLARI

1. Kucha-kuyda yoki dalalarda, umuman ochiq joylarda namoz uqimoqchi bulsa, oldidan biror hayvon yoki inson utmasligi uchun bir tusiq — sutra quyish.

2. Namoz boshlayotganda «Allohu akbar» deb bosh barmoqlarini quloq yumshogiga, kaftini esa qiblaga qaratish. Ayollar esa, qullarini kukrak barobarida kutarib, siynalari ustiga quyadilar.

3. Muazzin takbirda «Hayya alas-solah» deyishi bilan urnidan turish, «Qod-qomatis- solah» deganida, «Allohu akbar» deb namozni boshlash.

4. Qiyomda sajda qiladigan erga, rukuda oyoq ustlariga, sajdada burnining yumshogiga, qadada kukraklari urtasiga, salomda esa elkasiga qarash.

5. Sajdaga borishda avval tizzalarini, keyin qullarini erga quyish.

6. Namozda esnoq kelsa, ogizni ochmaslik. Agar bunga kuchi etmasa, chap qulining orqasi yoki ung qul kafti bilan ogizni yopish.

MUSOFIR NAMOZI

Bizning dinimiz qulaylik, insonlarga marhamat dinidir. Chunonchi, u musofirlarga ham ancha engilliklarni muhayyo qilib quygan. Yashab turgan joyidan urtacha yurishda kamida 18 soatlik (90 chaqirim) masofaga un besh kundan oz muddatni niyat qilib yulga chiqqan kishi qishlogi yoki shahrining okhirgi uylari kurinmay qolgan daqiqadan boshlab musofir hisoblanadi. Un besh kunga yo bundan kupga niyat qilib chiqilsa, yuldagina musofir sanaladi, borayotgan manzilining dastlabki uylari kuringandan boshlab esa, muqim hukmiga utadi va namozlarini tuliq uqiydi. Musofir odam turt rakatlik farz namozlarini ikki rakatga qisqartirib (bomdod namozining farzi kabi) uqiydi. Biroq shom namozining uch rakat farzi va uch rakatlik vitr namozlarini tuliq ado etadi. Agar musofir kishi muqim kishiga ergashib namoz uqisa, turt rakatlik farzlarni ham tuliq uqiydi. Muqim kishi musofir kishiga iqtido qilib namoz uqiyotgan bulsa, unda imom ikki rakatdan sung salom bergach, ergashuvchi salom bermaydi, ichida «Allohu akbar» deb qiyomga turadi-da, qolgan ikki rakatni mustaqil uzi uqib tugatadi.

IMOMGA ERGAShISh

Suyukli paygambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadisi shariflarida jamoat bilan uqilgan namozning savobi yolgiz uqilgan namozning savobidan yigirma etti marta ortiq ekanini marhamat qilganlar. Besh vaqt namozning faqat farzlari, juma namozining ikki rakat farzi, hayit namozlari, Ramazon oyida taroveh va vitr namozlari imomga iqtido qilib uqiladi. Imomga ergashib jamoat bilan namoz uqiydigan kishi «muqtadiy» deyiladi. Muqtadiy quyidagilarga amal qilishi kerak:

1. Avvalo, ham uqilayotgan namozga, ham imomga ergashishga niyat qilmogi lozim. Masalan, «Alloh roziligi uchun bugungi bomdod namozining ikki rakat farzini ushbu imomga ergashib, uqishni niyat qildim.

2. Imom iftitoh takbirini aytgach, muqtadiy ham undan keyin darhol takbir aytib, qullarini boglaydi va ichida faqat Sano (Subhanaka) duosini uqiydi. Imomga ergashib namoz uqiyotgan kishi tikka turganida (qiyomda) Fotiha va zam suralarni uqimaydi. Ovoz chiqarib uqiladigan bomdod, shom, khufton namozlarining farzida, juma namozining farzida, hayit namozlarida, ramazon oyida taroveh va vitr namozlarida imom Fotiha surasini tugatgach, muqtadiy ichida «Amiyn» deydi.

3. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deydi. Imom «Samiallohu liman hamidah», deb tik turgach, «Robbana lakal hamd», deydi. Sajdalarda ham muqtadiy uch martadan «Subhana robbiyal ala»ni aytadi. 4. Utirishlarda muqtadiy ichida «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolarini uqiydi va imom bilan birga salom beradi. Imomga iqtido qilib jamoat bilan birga namoz uqiyotgan kishi barcha amallarda imomdan keyin harakat qiladi, undan oldinga utib ketmaydi. Jamoatga kechikib kelib qushilgan kishi takbir aytib, imomga ergashadi. Okhirgi utirishda «Attahiyyat»ni uqib, imomning salom berishini kutadi. Imom ikki tomonga salom berar- bermas, salom bermay «Allohu akbar» deb tikka turadi va kechikkan rakatlarni uzi uqib namozni tugatadi. Biror rakatning rukusiga ulgurgan, yani imom hanuz rukudan bosh kutarmasidan ilgariroq niyat qilib, jamoatga qushilgan kishi usha rakatni uqigan hisoblanadi.

QAZO NAMOZLARI

Mumin-musulmonlar namozlarini doimo vaqtida uqishga harakat qilishlari lozim. Lekin biror sabab bilan uqilmay qolsa, u namozning qazosi uqilishi kerak. Farz namozlar va vitr namozi qoldirilsa, qazo qilib uqiladi. Qazo namozi va umuman har qanday namoz uqish makruh hisoblangan uch vaqt borki, bular kun chiqish, kun botish va kun tikkaga kelgan (qiyom) paytlaridir. Namozni utkazib yuborish katta gunohdir. Binobarin, qazo namozi uqilgach, Alloh taolodan magfirat tilash va har namozni uz vaqtida, qazo qilmay uqishni nasib etishini surab duo qilish kerak. SAJDAI SAHV Namozning farz yo vojiblaridan biri vaqtidan kechiktirib bajarilsa yoki vojib amali unutilib, bajarilmasa, qadai okhirada (okhirgi utirishda) faqat «Attahiy- yat» uqilib, ung tomonga salom beradi va «Allohu akbar», deb ikki marta sajda qiladi va yana utirgan holda «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolarini uqib, ung va chap tomonga salom berib namozni tugallaydi. Bu ikki sajda «sajdai sahv» (khatoni unglaydigan sajda) deyiladi.