Press "Enter" to skip to content

Namozda erkaklar kiyimi

Har bir janozada dastlab quyidagi duo o‘qiladi:

Namozda erkaklar kiyimi

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

About
Blog
Apps
Platform

NAMOZ O’QISH TARTIBI
4.84K subscribers
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

Niyat: «Alloh rizoligi uchun janoza namozini o‘qishni niyat qildim. Ushbu imomga iqtido qildim».
Imom bilan birga takbir tushirilgach, Sano duosi o‘qiladi:

«Subh anakall ohumma va bihamdik. Va tab arokasmuk va ta a’la jadduk va jalla san auk va l a il aha g‘oyruk».

So‘ng imom ovoz chiqarib, «Allohu akbar» deb takbir aytadi. Bu takbirda qo‘llar ko‘tarilmaydi. Qovushtirilgan holida «Salovot» duosi o‘qiladi.

Yana qo‘lni ko‘tarmasdan «Allohu akbar» deb takbir aytiladi va janoza duosi o‘qiladi.
Duodan so‘ng yana qo‘llar qovushtirilgan holda «Allohu akbar», deyilib, o‘ng va chap tomonlarga salom beriladi.

Har bir janozada dastlab quyidagi duo o‘qiladi:

All ohummag‘fir lihayyin a va mayyitin a va sh ahidin a va g‘ o’ibin a va sog‘ iyrin a va kab iyrin a va zakarin a va uns an a. All ohumma man ahyaytah u minn a faahyih i ‘alal Isl am. Va man tavaffaytu minn a fatavaffah u ‘alal iym an.

Ma’nosi:
«Ey Rabbim! Tirigimizni va o‘ligimizni, bu yerda bo‘lganlarni va bo‘lmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug‘ilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko‘z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin».

Janozasi o‘qilayotgan mayyit balog‘atga yetmagan o‘g‘il bola bo‘lsa, mana bu duo o‘qiladi:

All ohummaj’alh u lan a farotav-vaj’al h u lan a ajrov-va zuxrov-vaj’alh u lan a sh afi’am-mushaffa’an.

Mazmuni:
«Allohim! Bu bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug‘oni qil. Allohim! Bu bolani biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla».
Janoza balog‘atga yetmagan qiz bola uchun o‘qilayotgan bo‘lsa, quyidagi duo o‘qiladi:
All ohummaj’alh a lan a farotav-vaj-‘alh a lan a ajrov-va zuxrov-vaj’alh a lan a sh afi’atam-mushaffa’ah.

Ma’nosi: Allohim! Shu qiz bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug‘oni qil. Allohim! Bu qizni biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla.

Bu duolarni bilmaganlar «All ohummag‘fir liy va lah u va lil-mu’min iyna val mu’min`at».

Ya’ni, Allohim, meni va uni, erkak va ayol barcha imon keltirganlarni mag‘firat ayla», deya duo qilsalar yoki «Robbana. » duosini o‘qisalar ham bo‘ladi.

Janoza namozining boshlanishiga ulgurmagan kishi jamoatga tezda qo‘shilib iftitoh takbirini aytadi va imomga iqtido qiladi. Imom salom berganidan keyin, lekin hali tobut ko‘tarilmasdan avval qolgan takbirlarni o‘zi aytadi.
Tushgan, o‘lik tug‘ilgan bolaga janoza o‘qilmaydi. Bir ism qo‘yilib yuviladi va matoga o‘rab, ko‘miladi. Tirik tug‘ilib o‘lgan bola yuvilib, janozasi o‘qiladi.

Manba: Muslim taqvimi dasturi

NAMOZ O’QISH TARTIBI

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

Telegram botlarimiz.
@Nomoz_organamizbot
@Namoz_Jannat_Kalitibot
Admin: @Shokirov_Odilbek
@Shokirov_Odiljon

3.5K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini o‘qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom ketma-ket qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A’uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o‘qiydi.
5. Ruku va sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To‘rtinchi takbirdan keyin qo‘llar bog‘lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so‘ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o‘qib, salom berilib, namoz tugatiladi.

NAMOZ O’QISH TARTIBI

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

Telegram botlarimiz.
@Nomoz_organamizbot
@Namoz_Jannat_Kalitibot
Admin: @Shokirov_Odilbek
@Shokirov_Odiljon

3.7K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

Juma namozi ikki rakat farz bo‘lib, undan oldin va keyin to‘rt rakat sunnat o‘qiladi. Ilk va oxirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi o‘qiladi. Imomga iqtido qilib o‘qiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi o‘qiladi.
Juma namozida ikki rakat farz o‘qilmasdan oldin imom minbarda xutba qiladi.
Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sog‘ kishiga farzdir.
Juma namozining shartlari:
1) peshin namozi o‘qiladigan vaqtda o‘qish;
2) namozdan oldin xutba o‘qish;
3) juma o‘qiladigan joy hammaga ochiq bo‘lishi;
4) imomdan tashqari kamida uch kishidan iborat jamoat bo‘lishi;
5) imom juma namozini o‘qishi uchun rasman ruxsatli bo‘lishi;
6) juma o‘qiladigan joy shahar yoxud shahar hukmida bo‘lishi kerak.

NAMOZ O’QISH TARTIBI

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

Telegram botlarimiz.
@Nomoz_organamizbot
@Namoz_Jannat_Kalitibot
Admin: @Shokirov_Odilbek
@Shokirov_Odiljon

3.9K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

NAMOZNI BUZADIGAN HOLLAR

– namoz paytida gaplashish;
– biror narsa yeyish yoki ichish;
– o‘zi eshitadigan darajada kulish (yonidagi eshitadigan qilib kulsa, tahorat ham buziladi);
– birovga salom berish yoki salomga alik olish;
– qibladan boshqa tomonga burilish;
– dunyoviy biror tashvish tufayli «uf» tortish, «oh-voh» deyish va yig‘lash (gunohlariga tavba qilib, Allohdan kechirishlikni so‘rab yig‘lasa bo‘ladi);
– ataylab yo‘talish;
— bir ruknda uch martadan ortiq begona harakat qilish (masalan: kiyimni to‘g‘rilash, qashinish va hokazo);
– namozda o‘qiladigan oyatlarni ma’nosi buziladigan darajada yanglish o‘qish;
– namoz o‘qilayotgan paytda tahoratning sinishi.
— sajda holida ikkala oyoqni yerdan ko‘tarish.

Manba: Muslim taqvimi Dasturi

�� BIZGA QO’SHILING ⤵️

4.1K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

NAMOZNING SAVOBINI KAMAYTIRADIGAN HARAKATLAR

– Barmoqlarni qisirlatish, ust-boshni o‘ynash;
– ko‘zni yumish, u yoq-bu yoqqa alanglash;
– rukuda «Subhana robbiyal ‘aziym»ni uch martadan kam aytish yoki umuman aytmaslik;
– sajdada «Subhana robbiyal a’la»ni uch martadan kam aytish yoki hech aytmaslik;
– qibla, o‘ng tomon va sajdagohda jonli narsalar suratining bo‘lishi;
– yo‘l ustida egasi rozi bo‘lmagan bir joyda namoz o‘qish;
— sajda holida bir oyog‘ini yerdan ko‘tarish.

Manba: Muslim taqvimi Dasturi

�� BIZGA QO’SHILING ⤵️

4.2K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

Namozning vojiblari, sunnatlari, mustahablari

1. Qiyomda Fotiha surasini o‘qish.
2. Farz namozlarining avvalgi ikki rakati, vitr va nafl namozlarining har rakatida Fotihadan keyin zam sura o‘qish.
3. Uch va to‘rt rakatli namozlarda ikkinchi rakatdan ke-yin o‘tirish.
4. Imomning bomdod, hayit, juma namozlarida, shom, xufton namozlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha va zam surani ovoz chiqarib o‘qishi. Peshin va asr namozlarida esa, imomning ham, yakka o‘zi o‘qiyotgan namozxonning ham ovoz chiqarmay o‘qishi.
5. Vitr namozida Qunut duosini o‘qish.

1. «Allohu akbar» deb namoz boshlagandan keyin Sanoni o‘qish.
2. Sanodan keyin ichida «A’uzubillah» va «Bismillah»ni aytish.
3. Fotihani o‘qigandan keyin maxfiy tarzda «omin» deyish.
4. Imom rukudan keyin «Sami’allohu liman hamidah» deb turganida «Robbana lakal hamd» deyish. Namozni yolg‘iz o‘qiganlar uchun esa, ikkalasini ham aytish.
5. Farzlarning biridan ikkinchisiga o‘tayotganda «Allohu akbar» deyish.
6. Namozda boshni juda egib ham, juda tikka ham tutmaslik, o‘rtamiyona ushlash.
7. Rukuda qo‘l barmoqlari orasini ochib ikki tizzani mahkam changallash, kamida uch marta «Subhana robbiyal ‘aziym» deyish. Ayollar barmoqlarini tizza ustida, jips holda tutishadi, tizzalarini bir oz bukishadi.
8. Sajdada peshonani qo‘llar orasiga olish, qo‘l barmoqlarini jips tutish. Bunda bosh barmoq qosh to‘g‘risiga qo‘yiladi.
9. Sajdada erkaklar oyoqlari, qo‘llari, burni va peshonasi yerga tegib turishi, boshi ikki qo‘li orasida bo‘lishi, bilaklarini yerga ham, qobirg‘asiga ham tekkizmasdan tutishi hamda oyoqlarining barmoqlarini qiblaga qaratib turishi. Ayollar esa, qo‘llarini yonlariga jips etgan holda yerga tekkizib, sajda qiladilar.
10. Erkaklar o‘tirganda chap oyog‘i ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘i qadamini tik tutib, barmoqlarini qiblaga qaratib o‘tirishi, ayollarning esa ikki oyoqlarini o‘ng tomonga qaratib, chap quymichiga o‘tirishi.
11. Tik turganda ikki oyoq orasini to‘rt barmoq kengligida ochiq ushlash. Ayollar oyoqlarini jips tutishadi.
12. «Tashahhud» (Attahiyot), «Salovot», «Robbana» duolarini o‘qish.
13. Avval o‘ng, keyin chap tomonga salom berish.

NAMOZ O’QISH TARTIBI

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

Telegram botlarimiz.
@Nomoz_organamizbot
@Namoz_Jannat_Kalitibot
Admin: @Shokirov_Odilbek
@Shokirov_Odiljon

5.1K views Odilbek , 19:01
Forwarded from NAMOZ O’QISH TARTIBI

1. Ko‘cha-ko‘yda yoki dalalarda, umuman ochiq joylarda namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, oldidan biror hayvon yoki inson o‘tmasligi uchun bir to‘siq — sutra qo‘yish.
2. Namoz boshlayotganda «Allohu akbar» deb bosh barmoqlarini quloq yumshog‘iga, kaftini esa qiblaga qaratish. Ayollar esa, qo‘llarini ko‘krak barobarida ko‘tarib, siynalari ustiga qo‘yadilar.
3. Muazzin takbirda «Hayya ‘alas-solah» deyishi bilan o‘rnidan turish, «Qod-qomatis-solah» deganida, «Allohu akbar» deb namozni boshlash.
4. Qiyomda sajda qiladigan yerga, rukuda oyoq ustlariga, sajdada burnining yumshog‘iga, qa’dada ko‘kraklari o‘rtasiga, salomda esa yelkasiga qarash.
5. Sajdaga borishda avval tizzalarini, keyin qo‘llarini yerga qo‘yish.
6. Namozda esnoq kelsa, og‘izni ochmaslik. Agar bunga kuchi yetmasa, chap qo‘lining orqasi yoki o‘ng qo‘l kafti bilan og‘izni yopish.

NAMOZ O’QISH TARTIBI

Assalomu alaykum hurmatli Kanalimiz a’zolari Kanalimizda Siz Namoz o’qishni bilmasangiz bizning kanalda o’rganishingiz mumkin.

Telegram botlarimiz.
@Nomoz_organamizbot
@Namoz_Jannat_Kalitibot
Admin: @Shokirov_Odilbek
@Shokirov_Odiljon

Namozda erkaklar kiyimi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki dunyoda ipak kiysa, oxiratda kiymaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bu hukm barcha erkaklarga taalluqli. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Tilla va ipak kiyish ummatimning erkaklariga harom, ayollarga esa halol qilindi» (Termiziy rivoyati).

Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni tilla va kumush idishda ichish va yeyishdan, ipak va diyboj (kimxob) kiyish va unga o‘tirishdan qaytardilar» (Buxoriy rivoyati).

Qaysi erkak ipak kiyishni halol deb bilsa, u kofirdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam esa faqatgina qichima, qo‘tir yoki boshqa kasali bor odamlarga va dushman bilan olishayotgan jangchilarga ipak kiyishga ruxsat berganlar. Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Zubayr va Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo qichima bo‘lganlari sababli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ipak kiyishga ruxsat berdilar» (Muttafaqun alayh).

Biroq erkaklarning ziynat uchun ipak kiyishlari haromligiga musulmonlar ijmo’ qilishgan. Tarkibining ko‘p qismini ipak tashkil etgan kiyimlar ham haromdir.

Shuningdek, erkaklarga tilla buyumlardan foydalanish ham haromdir. Binobarin, tilla uzuk, tilla ayil, tilla dastali qilich ishlatish ham mumkin emas. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tilla uzukni ko‘rib, uni yechib olib: «Sizlardan bir kishi do‘zaxdan bir bo‘lak cho‘qqa intiladi-da, uni qo‘liga taqib oladi», deganlar (Muslim rivoyati).

Zar jiyakli, tilla bilan oro berilgan liboslarni kiyish ham erkaklar uchun haromdir.

Ulamolar yosh bolaning tilla va ipak kiyishi joiz-nojoizligi xususida ixtilof qilishgan. Bir toifa ulamolar bunga ruxsat bergan bo‘lsalar, qolganlari joiz emas, deb bilganlar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisini hujjat qilib keltirganlar: «Bu ikkisi (ya’ni, tilla va ipak) erkak ummatimga haromdir» (Abu Dovud rivoyati).

Hadisi sharifdagi hukm yosh bolalarga ham taalluqli. Bu Imom Ahmad va boshqa ulamolarning fikridir.

Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq etishini so‘ramiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.

Namozda erkaklar kiyimi

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

САВОЛ: Эркак киши намоз ўқиётганида кийими қандай бўлиши керак? Шунингдек, ёш ўғил болаларнинг либослари ҳақида ҳам маълумот берсангиз. Жумладан ёз пайтларида.

ЖАВОБ: Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм.
Ҳаммага маълум ва машҳурки, бало-ғатга етган эркак кишининг аврати–киндиги билан тиззаси орасидир. Киндик ва тизза тўсилган ҳолда, тананинг ўша оралиқдаги қисми, еркитилган бўлса, эркак киши авратини беркитган бўлади, қолган тарафларини кўрсатиши, яъни очиқ ҳолда юриши гуноҳ бўлмайди. Лекин одоб юзасидан, эҳтиром юзасидан, Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг суннатларига эргашиш юзасидан, албатта чиройли ва гўзал кийим кийиши, ярим яланғоч ҳолда юришини тарк қилиши лозим-лобуд бўлади. Айниқса намоз ўқиётган пайтда кийимларни яхши қилиш, авратни беркитиш фарз. Ундан бошқа пайтларда ҳам кийимларни яхши-чиройли қилиб олиш албатта марғуб нарса, яхши нарса, одоб-ахлоқ доирасидаги нарса бўлади. Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло Қуръони Каримда «Ҳузу зийнатакум маъинда кулли масжидин» деган оятни нозил қилган, яъни «ҳар бир масжидда зийнатингизни тутинг». Демак, ана шу ояти каримага биноан, гўзал, чиройли, кийимларни кийиб намоз ўқиш афзал кўрилган. Албатта ҳаммамизга маълум ва машҳурки, намоз ўқиётган пайтда кийимнинг шакли-шамойилига эътибор унча йўқ, балки авратни тўсишига ва пок бўлишига алоҳида эътибор берилган.
Шунингдек, саволда «ёш ўғил болаларнинг либоси ҳақида, жумладан ёз пайтларида» сўралиши замирида баъзи-бир қисқа, калта кийимларни кийиш мумкинми-йўқми, ҳозир шунақа киядиганлар кўпайиб кетди», деган маъно ҳам бўлиши мумкин. Албатта бу ерда фарзни адо этиш маъносида савол бўлса, авратини тўсиш фарз, қолганида намози қабул бўлаверади, лекин аввал ҳам айтиб ўтганимиздек орада суннат бор. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг авратларинигина тўсиб олиб намоз ўқиётганларини ҳеч ким кўрмаган, балки доим одоб билан, яхши либосларни кийиб намоз ўқиганлар. Са-ҳобаи киромлар ҳам шу ҳолатда бўлишган. Улардан кейинги авлодлар ҳам, мусулмонларнинг ҳаммаси чиройли либослар билан, одобли кийимлар билан намоз ўқиганлари ривоятларда келган. Бугунги кунда ҳам ана шу нарса давом этиши керак, бунга эътибор беришимиз лозим ва лобуд. Валлоҳу аълам.