Naqd va naqdsiz pullar
Unga koʻra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi isteʼmolchiga tovarni qaytarib berish joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Naqd pulsiz hisob kitob shakllari
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqidagi Qonun (OʻRQ–746-son, 18.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga oid maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida beriladi.
Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq qoplashi kerak.
Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi isteʼmolchiga tovarni qaytarib berish joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Isteʼmolchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni koʻzdan kechirish va uni tekshirib koʻrish maqsadida qadogʻini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi isteʼmolchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan soʻng kuchga kiradi).
Tovarlar uchun haq toʻlash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq toʻlanganda, isteʼmolchilarga ragʻbatlantirishlar berilishi mumkin.
- #Қонун
- #истеъмолчиларнинг ҳуқуқлари
Naqd va naqdsiz pullar
Naqd pulsiz to‘lovlar – bank kartalar, to’lov talabnomalari, hozirda esa, mobil hamyonlar va elektron pullardan foydalangan holda naqd pulsiz ko’rinishda amalga oshiriladigan to’lovlardir.
Qaysi biri qulayroq naqd pul yoki bank kartasi?
Naqd pul shaklidagi to’lovlarni amalga oshirish juda oson – cho’ntagingizda yetarli mablag’lar hamda kerakli valyuta bo’lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to’lovni komission to’lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati.
Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o’g’irlanishi yoki yo’qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin.
Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi.
Naqd pulda to’lashning afzalliklari:
- naqd pul hech qanday texnik qurilmalar, mobil yoki internet aloqasini talab qilmaydi;
- naqd pul umumiy qabul qilingan to’lov vositasi;
- naqd pullar karta va pul o’tkazmalariga xizmat ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha komission xarajatlarini talab qilmaydi.
Bank kartasi orqali to’lovlarni amalga oshirish afzalliklari:
- pul va qaytimlarni hisob kitob qilishga hojat yo’q;
- agar bank kartasi yo’qolsa, pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag’laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin;
- barcha amaliyotlaringizni nazorat qilishingiz mumkin;
- kommunal to’lovlarni masofaviy shaklda to’lashingiz mumkin (mobil ilovalar yordamida);
- onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin;
- mablag’larni kartadan kartaga o’tkazishingiz mumkin;
- kreditlarni mobil ilova orqali masofadan so’ndirish;
- cash back (xarid uchun pulning bir qismini bonus sifatida qaytarilishi) olish;
- valyutani joyida konvertatsiya qilish imkoniyati;
- mobil ilova orqali kontaktsiz to’lovlar.
Bank kartasi orqali to’lashning kamchiligi – qo’shimcha xarajatlarning mavjudligidir.
Masalan, pul mablag’laringizni naqdlashtirish yoki bir kartadan boshqa kartaga mablag’larni o’tkazish uchun vositachilik haqi undirilishi mumkin.
Shuningdek, karta yo’qolgan bo’lsa, uni qayta tiklash uchun haq to’laysiz.
Naqd pulsiz hisob-kitob qilgan isteʼmolchilar ragʻbatlantirilishi mumkin