Press "Enter" to skip to content

Наргиза Эркабоева: Магнит аёл ёхуд эркакларни эсдан оғдириш санъати

Noz-firoqlar qilaman,
Pullarini shilaman,
Goh qalbini tilaman,
Erginamdan o‘rgulay.

Nargiza erkaboyeva kitoblari skachat

O‘zbek tili va adabiyotimizni rivojlantirish hamda uni sifatli o‘rgatish maqsadida tashkil etildi.
��Audiodarslar
��Videodarslar
��Jonli darslar
��Original testlar
��Psixologik mashqlar
��Guruh: @chat_erkaboyeva
Sayt: erkaboyeva.uz

About
Blog
Apps
Platform

NARGIZA ERKABOYEVA BLOG
2.53K subscribers

YuoTubedagi jonli darslarimizni ko`rgan ishtirokchilarimizdan yuzlab minnatdorchilik izhorlarini oldik. Siz-chi, siz jonli darslarni ko`rdingizmi?

8.6K views edited 06:57

Minnatdorchilik so`zlari kelishda davom etmoqda. Siz ham YuoTubedagi jonli darslarimizni tomosha qiling.

Kim Nargiza Erkaboyevaning “O`zbek tili va adabiyotidan savollar to`plami” kitobining I qismini ishlagan?

Ertaga YuoTubedagi kanalimizda shu kitobning MORFEMIKA bo`limi yuzasidan testlari tahlili jonli efirda bo`ladi.

Jonli efirdagi testlar tahlilida qatnashish mutlaqo BEPUL.

Testlar tahlili shu kitobimiz bo‘yicha 14-yanvar soat 18.00 da bo‘ladi.
10.0K views 16:32
#Ona tili. 25-dars. Morfemika.
So‘z yasalish qoliplari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
10.7K views 18:04

Yigit omon bo‘lsa, xavf-u xatar yo‘q,
Yigit omon bo‘lsa, elning ko‘ngli to‘q.

Barcha mard yigitlarimizni ajoyib bayramlari bilan tabriklaymiz.

12.0K views edited 05:35

Erginamdan o‘rgulay,
Ming aylanay, ming kulay,
Doim xizmatin qilay,
Ming tirilay, ming o‘lay.

Qalbimga o‘t yoqadi,
Doim kulib boqadi,
O‘ttiz yilki, boqadi,
Erginamdan o‘rgulay.

Erkaligim ko‘tarar,
Doim ko‘nglimga qarar,
Har bir korimga yarar,
Erginamdan o‘rgulay.

Har kun kiyim olaman,
Ba’zan qovoq solaman,
Yonida yosh bolaman,
Erginamdan o‘rgulay.

Noz-firoqlar qilaman,
Pullarini shilaman,
Goh qalbini tilaman,
Erginamdan o‘rgulay.

Hech qachon indamaydi,
Meni kulib tinglaydi,
Kamchiligim sezmaydi,
Erginamdan o‘rgulay.

Bayram bo‘lib bahona,
Unga yozdim tarona,
Erim aziz, yagona,
Erginamdan o‘rgulay.

Nargiz, so‘zing buncha ko‘p,
Yaxshisi, eringni o‘p,
Nima desa, aytgin “xo‘p”,
Erginamdan o‘rgulay.

21.4K views 07:15
Morfemikadan testlar tahlili-2
10.2K views 13:25

Shaxsning intellektual qobiliyatini aniqlashga yo‘naltirilgan test topshiriqlari aprobatsiyasi
Bugungi zamonda testologiya, test topshiriqlarini shakllantirish texnologiyasi yo‘nalishlari jiddiy sur’atlar bilan takomillashmoqda. Davlat test markazi mutaxassislari ham ushbu soha rivojlangan bir necha mamlakatda bo‘lib, psixologik test topshiriqlarini shakllantirish texnologiyasi, shaxsning intellektual qobiliyati (IQ), mantiqiy fikrlashi va psixologik barqarorligini aniqlovchi test topshiriqlarini shakllantirish, natijalarni tahlil qilish hamda amalda qo‘llanilayotgan xalqaro modellar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.
Bular va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borilgan faoliyati natijasida Davlat test markazida yangi turdagi test sinovlarini joriy etish, shuningdek, o‘rganilgan modellar asosida mantiqiy fikrlash bo‘yicha ishlab chiqilgan test topshiriqlarini xalqaro metodikalar asosida tizimlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda Davlat test markazida J.Raven metodikasi asosida shaxsning intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi “Progressiv matritsa” moslashtirilgan testi ishlab chiqildi va ularni aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirildi.
Aprobatsiya joriy yilning 17-yanvar kuni Davlat test markazida bo‘lib o‘tadi.
Aprobatsiya jarayonida ishtirok etish istagida bo’lgan talabgorlar http://iq.dtm.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, aprobatsiyada ishtirok etishlari mumkin.
Jarayonda ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, jami 200 ta ariza qabul qilish rejalashtirilgan.
Ro‘yxatdan o‘tganda talabgorlarga aprobatsiyada ishtirok etish vaqti yozilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.
Talabgorlar mazkur ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin (10:30 gacha) Toshkent shahridagi Davlat test markazi bosh binosi (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 12)ga kelishlari lozim.
Test sinovi 11:00 dan 11:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish va aprobatsiya jarayonida ishtirok etish bepul.

Davlat test markazi matbuot xizmati
@nargizaerkaboyeva

Yanvar oyi uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari

2020-yil yanvar oyi uchun “online” ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlariga topshirgan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 2020-yil 21-yanvar kuni, “gapirish qismi” 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida hamda talabgorlarning murojaatlariga asosan, “Gapirish” ko‘nikmasini baholash imtihonlari ham Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.
Imtihon sanasi hamda vaqtini chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining rasmiy veb-sayti http://my.nsfla.uz/ orqali bilib olishingiz mumkin.
Davlat test markazi barchaga omad tilaydi!

‼️Azizlar, o`zbek filologiyasi yo`nalishiga qaysi fanlar bo`ladi degan savollar bilan juda ko`p murojaatlar bo`lmoqda. Shuning uchun DTM ning telefon raqamlarini e’lon qilmoqchimiz.
Telefon orqali ularga murojaat qilib, aniq ma’lumotga ega bo`lishingiz mumkin.

DTMning ishonch telefoni: 1195

100084, Toshkent shahri,
Bog`ishamol ko`chasi, 12
��(+998 71) 235 19 14
��(+998 95) 199 19 14

☎️(+998 71) 234-71-84
info@dtm.uz
19, 50, 63, 115 / Bodomzor bekati

Қабул-2020: Фанлар мажмуасидаги асосий ўзгаришлар

Бакалавриат таълим йўналишларига киришда тест топшириладиган фанлар мажмуаси 2019 йил 19 декабрда тасдиқланган эди.
Узоқ кутилган қарордаги асосий янгилик мажбурий фанлар блокининг киритилиши билан боғлиқ. 2020/2021 ўқув йили қабулидан бошлаб, тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси икки қисмга – мажбурий ва таълим йўналишига мос фанларга ажратилади.

Kun.uz таълим йўналишига мос фанлар юзасидан абитуриент ва ўқитувчилардан тушаётган мурожаатларга асосан, Давлат тест маркази билан боғланиб, асосий ўзгаришларга аниқлик киритди.

1. Ўзбек филологияси йўналишида иккинчи фан – чет тили

Янги тасдиқланган фанлар мажмуасида «5120112: Филология ва тилларни ўқитиш (тиллар бўйича)» йўналиши бўйича она тили ва адабиёт ҳамда чет тили фанларидан имтиҳон олиниши белгиланган.

«Бироқ негадир рўйхатда 2019-2020 ўқув йили учун фанлар мажмуасида кўрсатилган «5120101: Филология ва тилларни ўқитиш: ўзбек тили» йўналиши ва унга қайси фанлардан имтиҳон олиниши кўрсатилмаган.
Шу сабабли ўзбек филологияси йўналишида ўқишни хоҳлаган абитуриентлар қайси фанлардан имтиҳон топширишни билишмаяпти. Она тили ва адабиётдан ташқари иккинчи фан тарихми ёки чет тили?» – деб ёзади самарқандлик ўқитувчи Самгин Қурбонов.

ДТМ матбуот хизмати маълумотига кўра, «5120112: Филология ва тилларни ўқитиш» таълим йўналишларининг барчасида йўналишга мос фанлар сифатида она тили ва адабиёт ҳамда чет тили фанлари тасдиқланган.
Нафақат «Филология ва тилларни ўқитиш», балки «Хорижий тил ва адабиёти», «Таржима назарияси ва амалиёти» каби таълим йўналишларининг барчаси тиллар бўйича битта гуруҳга бирлаштирилган.

2. Тарих йўналишида иккинчи фан – география

Бу йил тарих йўналишлари учун тарих ва география фанларидан имтиҳон олинади. Авваллари бу йўналишга киришдаги иккинчи фан она тили ва адабиёт эди.

3. Тошкент давлат юридик университети, юриспруденция йўналиши

ТДЮУга кириш учун фанлар мажмуаси 2019 йилгача тарих (3.1 балл), она тили ва адабиёт (2.1), чет тили (1.1) кетма-кетлигида, 2019 йили эса она тили ва адабиёт (3.1 балл), чет тили (2.1), тарих (1.1) этиб белгиланган эди.
2020 йилдан эса мазкур университет учун ҳам бошқа ОТМларнинг юриспруденция йўналишлари каби тарих ва чет тилидан тест олиниши белгиланган.

4. Туризм йўналиши

«5610300: Туризм (фаолият йўналишлари бўйича)» йўналишида ҳам ўзгартириш киритилган бўлиб, эндиликда туризм соҳасида ўқимоқчи бўлган абитуриентлар чет тили ва тарих фанларидан имтиҳон топширишади.
Лекин туризмга оид бошқа йўналишларда, масалан, «Туризм соҳасида маркетинг», «Туризм соҳасида логистика» каби қатор йўналишлар учун чет тили ва математика фанларидан имтиҳон қўйилган.

«Биринчи ва иккинчи» фанлар энди йўқ, биринчи даражали иккита фан бор

2020-2021 ўқув йили учун кириш имтиҳонларида барча тест топширувчилар учун мажбурий учта фан – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи фанлари киритилади.

Бу учта фандан 15тадан жами 45та тест топшириғи берилади. Ҳар бир тўғри жавобга 2,1 балл берилади, максимал балл – 94,5 балл.

Иккинчи бўлимда эса абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишларига мос иккита фан бўйича тест олинади. Ҳар бир фандан 30тадан жами 60та тест саволи берилади. Ҳар бир тўғри жавоб 3,1 балл билан баҳоланади. Максимал балл – 186 балл.

Шу тариқа, абитуриентларга 5та фан бўйича жами 105та тест топшириғи берилади. Тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 280,5 балл.

Наргиза Эркабоева: Магнит аёл ёхуд эркакларни эсдан оғдириш санъати

Mazkur kitobga ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg’otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan. Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo’lib, nazariya bilan birga ko’plab amaliy mashg’ulotlardan tashkil topgan. Kitob magnit ayol bo’lish, har qanday yoshda ham jozibador, maftunkor, yosh va sog’lom qolish sirlaridan bahramand etadi. Mazkur kitobdagi amaliyotlar orqali siz ayollik energiyangizdan foydalanib sevgiga, sovg’alarga, sayohatlarga ochadi.

Характеристики
ISBN 978-9943-6354-1-8
Язык На узбекском
Надпись Латиница
Количество страниц 192
Издательство Ёш куч
Тип обложки Твердая
Формат бумаги A5
Год издания 2021

Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан

Отзывы

Наргиза Эркабоева: Магнит аёл ёхуд эркакларни эсдан оғдириш санъати