Ushbu kitobga o xshash asarlar
Tong bilan shom aro. Zulfiya
§. Lug’atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi
Adabiy tili o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta lim vazirligi
§. Lug’atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi
§. Lug’atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi
Lug’atlarda so’zlar (maqola nomlari)ni joylashtirish tartibi quyidagi
uch prinsipga tayanadi:
1) tashqi tartib;
2) ichki tartib;
3) m a’no tartibi (semantik prinsip).
1.
Tashqi tartib
so’zning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga
—
shu harfning alifbodagi o’rniga qarab belgilanadi:
Arpa
Banoras
Gavda
Vazir
2.Ichki tartib
so’zning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan
keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga – shu harflaming alifbodagi
o’rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo’lgan so’zlarni
joylashtirishda amal qilinadi:
www.ziyouz kutubxonasi
Arpa
Arra
Asal
Astar
Banoras
Baraban
3.
Ma’no tartibi
omonim yoki polisemantik sokzlarni (yoxud omonim
birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko’proq qomusiy
(ensiklopedik) lug’atlarda va shunga yaqin turgan lug’at-spravochniklarda
duch kelinadi. Chunonchi:
a)
Ohangaron — daryo .
Ohangaron — s h a h a r .
Chirchiq – daryo .
Chirchiq – shahar .
I z o h :
Ohangaron
va
Chirchiq
so’zlari dastlab daryo nomi bo lg an ,
keyinchalik shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlarni atay boshlagan.
Bu hoi daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo’yishga asos bo’lgan;
b) ba’zan bir nom bilan atalgan bir necha obyekt yoki predmet o’rtasida
yuqoridagi singari bog’lanish bo’lmaydi yoki bunday bog’lanish aniqlan-
magan bo’ladi. Bunday paytda ularning xo’jalikda, ilmda, umuman jamiyat
da tutgan o’rni, mavqeyi hisobga olinadi:
Andijon – shahar.
Andijon – Andijon viloyatidagi posyolka
I z o h : shahar viloyatning m a’muriy, ilmiy va madaniy markazi
boMganligidan birinchi ofcrinda berilgan:
d) shahar nomi bilan kishi nomi bir boMganda, kishi nomi oldin
beriladi:
Beruniy – xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy).
Beruniy — Qoraqalpogkistondagi sh a h a r. ;
e) ixtirochining nomi o ‘zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin
yoziladi:
Veber Ernst Genrix (1795—1878) — nemis anatomi va fiziologi .
Veber Vilgelm Eduard (1804-4 891) – nemis fizigi .
Veber – . o lch o v birligi. V.E.Veber nomi bilan atalgan;
www.ziyouz kutubxonasi
0 shahar yoki boshqa biror geografik obyekt nomi bilan shaxs nomi
o ‘rtasida bog’lanish bo’lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin yoziladi:
Volta Alessandro
(1745—1827) — italyan fizigi.
Volta – G ‘arbiy Afrikadagi daryo. ;
g) o’simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo’lganda, hayvon nomi
oldin qo’yiladi:
Kanna — hayvon .
Kanna — o’simlik . ;
h) juft so’zlar bir so’zdek alifbo tartibiga solinadi:
Shonalash
Shonli
Shon-sharaf
Shon-shavkat
Shon-shuhrat;
i) izohli va qomusiy lug’atlarda omonimik xarakterdagi so’zlar yoki
so’z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko‘p
ma’noli so’zlarning (yoki shunga yaqin bolgan ba’zi lug’aviy birliklarning)
barcha m a’nolari bir maqola ichida izohlanadi:
Burun (1) – a) odamning burni (to’g’ri m a’noda);
b) choynakning burni (ko’chm a m a’noda).
Burun
(2) – a) payt ravishi («ilgari», «awal»);
b) ko’makchi so’z;
j) maqol va matallarni tematik guruhlarga birlashtirib, so’ng har bir
guruhga oid maqollarning o’zini alifbo tartibida joylashtirish prinsipi ham
bor. Masalan:
Mehnat
va mehnatsevarlik haqida
Bahorgi beg’amlik — kuzgi pushaymonlik.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Bekor turguncha, bekor ishla!
Belni peshlagan bilar,
Yerni ishlagan bilar.
www.ziyouz kutubxonasi
Vatan va vatanparvarlik haqida
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Bo’I Vatanga paxtakor,
Vatan sendan minnatdor.
169- §. Lug’at maqolalari sxemalari
Lug’at maqolalari sxemalari (tuzilishi va so’z m a’nolarining izohlanish
usullari) ham m a’lum prinsiplarga tayanadi. C h unonchi, lingvistik
lug’atlarda dastlab so’zning o’zi, shundan so’ng uning bosh va yasama,
dialektal va arxaik m a’nolari (agar shunday ma’nolari bor bo’lsa) yoritiladi.
Har bir m a’no izohidan so’ng shunga oid misollar (ko’pincha badiiy
adabiyotdan) keltiriladi.Ensiklopedik lug’at maqolalari esa boshqacharoq
bo’ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o’simlik, hayvon, biror tarixiy
voqea va hokazolaming har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida
yoziladi. Chunonchi, davlatlar haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo’ladi:
1. Umumiy m a’lumot.
2. Davlat tuzumi.
3. Tabiati.
4. Aholisi.
5. Tarixiy ocherk.
6. Respublikaning yetakchi partiyasi.
7. Uyushmalar.
8. Xalq xo’jaligi.
9. Meditsina.
10. Maorif va madaniyat.
11. Matbuot, radio, televideniye.
12. Fan va ilmiy tashkilotlar.
13. Adabiyot.
14. Arxitektura va tasviriy san’at.
15. Musiqa.
16. Teatr.
17. Kino.
18. Sirk va estrada.
19. Badiiy havaskorlik.
20. Bibliografiya.
21. Karta va illustratsiyalar.
www.ziyouz kutubxonasi
Millat yoki xalq haqidagi maqola sxemasi:
1. Nomi.
2. Definitsiya (yashaydigan joyi, qaysi etnik guruhga mansubligi, ona
tili).
3. Shu millat vakillarining soni.
4.
Antropologik tipi (zarur bo’lganda).
5. Hukm ron din (yoki o’tm ishda qaysi din hukmron bo’lganligi).
6. Q isqacha tarixiy m a’lum ot (etnogenez, xalq yoki m illatning
shakllanish davri, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va h.k.).
7. Moddiy va m a’naviy boyliklari.
8. Bibliografiya.
9. Illustratsiya.
O’simlik turi haqidagi maqola sxemasi:
1. Definitsiya (qaysi oila va turkumga mansubligi).
2. Morfologik va biologik xarakteristikasi.
3. Areali (tarqalish joylari).
4.
Amaliy ahamiyati, qo’llanishi (foydasi va zarari).
5. Shu o’simlikka ziyon keltiruvchi kasalliklar, zararkunandalar, ularga
qarshi kurash choralari.
6. Bibliografiya.
7. Illustratsiya.
Til haqidagi maqola sxemasi:
1. Definitsiya (qaysi xalqning tili, qaysi til gruppasi yoki oilasiga
mansubligi).
2′. Qanday dialektlarga ega.
3. Tarqalishi.
4.
Shu tilda gapiruvchilar soni.
5. Lug’at boyligi, fonetik va grammatik qurilishi haqida qisqacha
m a’lumot.
6. Yozuvi.
7. Adabiy tilning shakllanish tarixi haqida qisqacha m a’lum ot.
8. Bibliografiya.
Biografik maqola sxemasi:
1. Familiyasi, ismi, taxallusi.
2. Tug’ilgan va vafot etgan vaqti, joyi.
3. Definitsiya: qaysi davlat fuqarosi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi,
asosiy ish faoliyati, ilmiy darajasi, unvoni (yillari bilan) va h.k.
www.ziyouz kutubxonasi
4. Qaysi partiyaga mansubligi (qachondan).
5. Ilmga, fan yoki texnikaga qokshgan hissasi, asosiy ixtirolari yoki
kashfiyotlari, mehnat yutuqlari.
6. Davlat idoralarida, oliy o fcquv yurtlarida, rahbarlik lavozimlaridagi
mehnati va ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
7. Davlat organlariga, deputatlikka saylanishi.
8. Orden va medallar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi (qachon
va nima munosabat bilan).
9. Bibliografiya.
Tekshirish savollari
1. Lug‘atda maqolalarning tashqi tartib asosida joylashtirilishida nimalar
hisobga olinadi?
2. Lug’atda maqolalarning ichki tartib asosida joylashtirilishida nimalar
hisobga olinadi?
3. Ma’no tartibini qanday tushunasiz?
4. Maqola sxemalari haqida nimalami bilasiz?
Tayanch tushunchalar
Tashqi tartib – lugkatlarda sokzning (lugkat maqolasining) alifbodagi
harflar tartibida joylashtirilishida shu sokz (maqola) boshidagi birinchi harfga
asoslanish.
Ichki tartib – lugkatlarda bir xil harf bilan boshlangan so^zlarning
(maqola nom larining) ikkinchi, uchinchi va keyingi harflariga, shu
harflaming alifbodagi tartib o ‘rniga asoslanish.
Ma’no tartibi — omonim yoki polisemantik xarakterdagi so‘zlarning
(yoki birikmali nomlaming) joylashtirilishida ularning ma’nosiga va tematik
guruhlanishiga tayanish prinsiplari.
Lug’at maqolalarining tuzilishi — maqola mazmunining avvaldan
belgilangan sxemaga (kompozitsion-strukturaviy qolipga) tayanib yoritilishi.
170- §. O’zbek iug’atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot
O fczbek lug‘atchiligi tarixi, aslida, eski turkiy til lug‘atchiligi va arab
tili lug‘atchiligi tarixi bilan uzviy bogliqdir: «Devonu lug‘otit turk» (1073—
1074- y.), «Muqaddimatul adab» (1137- y.), «Kitob ul-idrok li lisanul atrak»
(1312- y.), «Attuhfatuz zakiyatu fil lugkatit turkiya» (XIII asr) kabi asarlar
arab tilida va arab tilshunosligi a n ’analarida yozilgan boklsa-da, ularning
barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug‘ati o kz ifodasini topgan.
www.ziyouz kutubxonasi
«Devonu lug’otit turk» (1073—1074- y.) — Mahmud Koshg’ariyning
turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Unda Markaziy Osiyodan Qora dengiz
bo’ylarigacha cho’zilgan hududda yashovchi turkiy urug’lar, qabilalar, elatlar,
ularning tillari haqida ma’lumot beriladi. Xalq og’zaki ijodidan namunalar
keltiriladi. Lug’atning bizgacha bitta qo’lyozmasi yetib kelgan. Bu qo’lyozma,
kotibning ta’kidlashicha, Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan
nusxadan ko’chirilgan bo’lib, 1914- yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan
topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda.
«Devonu lug’otit turk» arab tilidan nemis, usmonli turk va o’zbek
tillariga tarjima qilingan132.
«Muqaddimatul adab» (1137- y.)-M ahm ud az-Zam axshariyning
Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag’ishlab yozgan asari. Bu
asar besh qismdan iborat bo’lib, ularda otlar, fe’llar, bog’lovchilar, ot
o’zgartishlari va fe’l o’zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so’zlarning
ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo’g’ulcha tarjimalari berilgan. Asar
1706-yilda Xo’ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik
fransuz va nemis tillariga ham taijima qilinib, Parij, Leypsig, Vena. Leyden,
Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr
etilgan1″. Manbalarda ta’kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig’atoy
tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o’zi tom onidan amalga oshirilgan.
«Attuhfatuz zakiyatu fll lug’atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob
tuhfa», XIII asrning oxirida yozilgan). — Muallifi nom a’lum. Bizgacha bu
asarning bitta nusxasi yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan
birida saqlanadi.
Lug’at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar
bilan nashr ettirgan. Lug’atda qipchoq o’zbeklari tili tavsiflangan. U 1968- yilda
taniqli tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o’zbek tilida nashr ettirilgan.
«Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi»,
1312-y.) – Abu Hayyan Andalusiyning turkiy tillarning leksikasi va
grammatikasiga oid asari. Unda o’z davrining turkiy lahja va shevalari haqida
ma’lumot berilgan.
«Kitobu bulg’atul mushtaqori lug’atit turk val qifchoq» («Turk va
qipchoq tilini bilishni istaganlar uchun qo’llanma», XlVasr) – Jamoliddin
Abu Muhammad Abdulahad Turkiy tomonidan yaratilgan lug’at. Asarning
arabcha matni qora, turk so’zlari esa qizil siyohda yozilgan. Lug’atning
10
Bu haqda qarang:
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug’otit turk. I-tom. Tarjimon —
S.Mutallibov. – Т.: 0 ‘zbekiston Fanlar akadcmiyasi nashriyoti, I960, 37—3 8 – b.
|V’
Bu haqda qarang:
Ma’naviyat yulduzlari. – Т.: Abdulla Qodiri nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1999, 1 2 2 – b.
www.ziyouz kutubxonasi
leksikografik materiali 4 bo’limga ajratilgan: 1) xudo va osmon, unga
bo’ysunuvchi jami mavjudotlar haqida; 2) yer, uning usti va ostida bor
bo’lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe’llar.
Bu asar turkiy tillar tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Uning
qo’lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.
17 1 -§ . 0 ‘zbek lug‘atchiligi tarixining
chig‘atoy (eski okzbek tili) davri
O’zbek lug’atchiligi tarixida chig’atoy tili deb nomlangan eski o’zbek
adabiy tili davri (XIV—XIX asrlar) alohida o’rin tutadi.
XV—XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning ortib
borishi qator lug’atlarning yaratilishiga olib keladi. Quyida shulardan
ayrimlari haqida qisqacha m a’lumot beriladi:
«Badoyeul lug‘at». Bu lug’at XV asming oxiri va XVI asming boshlarida
Sulton Husaynning topshirig’iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan
tuzilgan. U «O’zbekcha-forscha lug’at» harakterida bo’lib, mingga yaqin
so’z va iborani o’z ichiga oladi. Lug’atda ta ’kidlanishicha, unda Alisher
Navoiy she’riyati tilini izohlash maqsad qilingan.
Lug’at qo’lyozmasi Sa n kt – Pete rbu rgdagi M.Y.Saltikov-Shchedrin nomli
kutubxonada saqlanmoqda. U 1961-yilda prof.A.K. Borovkov tomonidan
maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan134.
Abushqa (XVI asr) — chig’atoycha-turkcha izohli lug’at. Muallifi
nom a’lum. Abushqa so’ziga izoh bilan boshlanganligi uchun, lug’at shu
so’z bilan nomlana boshlangan. Bu so’z eski o’zbek tilida keksa, qari,
nuroniy chol m a’nolariga ega bo’lgan. Lug’at Alisher Navoiy asarlari
leksikasini izohlashga asoslangan, am m o unda Navoiy zamondoshlari
asarlaridan ham misollar keltirilgan.
Abushqa 1862- yilda vengr sharqshunosi G.Vamberi tomonidan vengr
tilida, keyin esa rus sharqshunosi V.V.Velyaminov-Zernov tom onidan
1868- yilda nashr ettirilgan.
«Lug‘ati turki» — c h ig ‘a to y c h a -fo rsc h a lu g ‘at. (T uzuvchi —
Fazlullaxon). Bu lug’at XVII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo’lib,
1825-yilda Kalkuttada nashr etilgan. Unda eski o’zbek tilining lug’ati va
grammatikasiga oid m a’lumotlar bor135.
134
Qarang:
А. К. Боровков. «Бадаи ал-лугат». Словарь Талии И мани Гератского к
сочинениям Алишера Навои. – М.: Изд-во Восточной литературы, 1961.
135 Bu haqda qarang: G.Abdurahmonov, Sh.Shukurov. O’zbek tilining tarixiy gramjnatikasi.
– Т . : « 0 ‘qituvchi», 1973, 8-b.
www.ziyouz kutubxonasi
«Kelurnoma» — chig’atoycha-forscha lug’at. (Tuzuvchi-M uhammad
Yoqub Chingiy). U XVII asming oxirida yozilgan. Lug’at 15 bobdan iborat,
shundan 14 bobida o’zbek tili fe’llari alifbo tartibida berilgan; 15-bobi
9 qismdan tarkib topgan, har bir qism alohida mavzuga bag’ishlangan:
1- qismda kosmografiyaga oid so’z va atamalar, 2- qismda geografiyaga oid
so’zlar, 3- qismda hayvon nomlari, 4- qismda ovchi qushlar va uy parran-
dalari nom lari, 5 – qismda insonning ichki va tashqi a ’zolari nom lari,
6- qismda ota-ona, qarindosh nomlari, 7- qismda harbiy terminlar, 8- qism
da sonlar, 9- qismda esa grammatik shakllar berilgan.
Lug’atning qo’lyozma nusxalaridan biri O’zbekiston Fanlar akademiya-
sining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, ikkinchisi
London muzeyida saqlanadi136.
«Sanglah» — Mahdixon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy
al-H usayniyning chig’atoych a-fo rsch a lug’ati. U 1 7 6 0 -yilda yozib
tugatilgan. Uning «Xulosai Abbosiy»deb nomlangan qisqartirilgan varianti
ham bor. Lug’at 6 ta mabna (bob)dan tarkib topgan. Ularda fe’llar, fe’l
qo’shim chalari, unlilar uyg’unlashuvi, kishilik va ko’rsatish olmoshlari,
kelishik qo’shimchalari, so’roq olmoshlari, sifatlarning qiyosiy darajalari,
so’z yasalish modellari, qo’shm a fe’llar, frazeologizmlar, fonetikaga oid
kuzatuvlar, imlo, turkiy va fors tillari o’rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot
beriladi.
Lug’atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she’riy va 9 ta nasriy
asari tiliga asoslangan, ammo unda Bobur, Fuzuliy, Husayin Mirza, Lutfiy,
Sa’didin Safoyi, Rumiy, Ali Usmon asarlari tilidan foydalanilgan o’rinlar
ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she’rlarini o’qishga juda
qiziqqanligini, shu bois buyuk so’z sultoni Alisher Navoiy asarlari tilini
tushunib olishga yordam beradigan kitob yozishni maqsad qilganini aytadi.
«Sanglah»ning bir necha qo’lyozmalari bizgacha yetib kelgan, ular
Londondagi Britaniya muzeyida, Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida
va Kalkuttadagi kutubxonada saqlanadi137.
«Lug’ati chig’atoy va turki usmoniy» — Shayx Sulaymon Buxoriyning
18 8 2 -yilda Istanbulda nashr etilgan ikki jildli lug’ati (ikkinchi jildi
i>b Lug’at haqida qarang:
S.Zufarov. Kelurnoma. / / « 0 ‘zbck tili va adabivoti masalalari».
1961, №3; Карцев Ш.О. О труде M ухамеда Якуба Чинги «К елурнамс».//
«Общественные науки в Узбекистане», 1966, № 9.
1,7
Bu haqda qarang:
К.Мухитдинов. «Санглах» Мирзы Мухаммеда Мехдихана
(исследование, комментарии, перевод и транскрипция. Автореферат диссертации
на соискание ученой степени кандидата филологических наук. – Т., 1971.)
www.ziyouz kutubxonasi
topilm agan). L ug’atning birinchi jildida 8 mingga yaqin so ‘zn in g
m a’nolari o’zbek tili shevalari, Alisher Navoiy, Lutfiy, Ogahiy kabi
shoirlarning asarlari tili, qo’shiq, lapar, m aqol, m atallardan olingan
nam unalar asosida ifodalangan.
172- §. XIX asrning ikkinchi yarmida O’zbekistonda lug’atchilik
XIX
asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tom onidan
bosib olinadi, natijada rus m a’murlari va harbiylari faoliyatida mahalliy
xalqlarning tilini o’rganish ehtiyoji yuzaga keladi, bu hoi bir qator «Ruscha-
sartcha» va «Sartcha-ruscha» lug’atlarning yaratilishiga sabab bo4adi.
Quyidagilar shular jumlasidandir:
В.Наливкин va М.Наливкина. Русско-сартовский и сартовско-
русский словарь общеупотребительных слов с приложением краткой
грамматики. По наречиям наманганского уезда. – Казань, в универси
тетской типографии, 1884.
A.В.Старчевский. Переводчик с русского языка на сартовский.
(Издано при пособии Военного-ученого Комитета Главного Штаба).
– С.-Петербург, Типография и Литография А. Траншеля, Стремянная,
№ 12, 1886.
B.Наливкин. Руководство к практическому изучению сартовского
языка. Второе издание. — Ташкент, типограф ия Туркестанского
товарищества печатного дела, 1897.
173- §. XX asrning birinchi yarmida lug’atchilik
Asr boshida o’tgan asrdagi an ’ana davom ettirilib, quyidagi lug’atlar
nashr qilindi:
Кияс-Беков. Словарь и элементарная грамматика сартовского
языка. – Ташкент, 1907.
Л.Афанасьев. Словрь сартовских слов с главнейшими граммати
ческими правилами. – Скобелев, 1908.
C.А.Лапин. Нормальный русско-сартовский словарь с прило
жением краткой грамматики узбекско-русского языка. Изд-е 1. –
Самарканд, 1914.
М.Преображенский. Нормальный русско-сартовский словарь.
Издание Книготорговца А.А.Куприянова. Издание 2-е, значительно
дополненное. — Ташкент. Типо-лит. «Турк Курьер», 1917.
Ashurali Zohiriy Ruscha-o’zbekcha mukammal lug’at. — Toshkent—
Samarqand, O’zbekiston Davlat nashriyoti, 1927-1928.
www.ziyouz kutubxonasi
XX
asrning 30- yillaridan so’ng O’zbekistonda lug’atchillikka yana
da ko’proq e ’tibor berildi: O ‘rta va Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va
qo’llanmalarning yaratilishi, O’zbekiston Xalq Komissarligi qoshida Fanlar
Komitetining ish boshlaganligi turli fanlar bo’yicha bir tilli va ikki tilli
terminologik lug’atlarning yaratilishini taqozo qildi, natijada Fanlar Komiteti
huzurida Terminologiya qo’mitasi tashkil etildi va shu qo’mita boshchiligida
turli fanlar bo’yicha qator lug’atlar yaratildi.: «Ruscha-o’zbekcha matematika
term inlari so’zligi», 1933 (T .N .Q o ri-N iyo ziy), «R uscha-o’zbekcha
paxtachilik terminlari so’zligi», 1933 (N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o’zbekcha
ma’m uriy-huquqiy so’zlik», 1933 (N.Sarimsoqov), «Paxtachillikka doir
qisqacha izohli lug’at», 1934 (S.lbrohim ov), «Ruscha-o’zbekcha qishloq
xo’jalik terminlari lug’ati», 1936 ((N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o’zbekcha
botanika terminlari lug’ati», 1936, 1939 (N.Sayfulmulukov), «Zoologiya
terminlarining qisqacha izohli lug’ati», 1938 (T.Zohidov), «Qisqacha ruscha-
o ‘zb ek ch a geografiya term in lari lug’ati», 1940 (M .X .B ektem irov,
S.M.Saydrasulov), «Ruscha-o’zbekcha fizika terminlari lug’ati», 1940
(K.Abdurashidov), «Ruscha-o’zbekcha tuproqshunoslik terminlari lug’ati»,
1940 (N.V.Kimbei^, M.Bahodirov), «Ruscha-o’zbekchageologiya terminlari
lug’ati», 1941 (M.Mirboboyev, A.Sodiqov, S.Sultonov), «O’zbek adabiy
tilining orfografik lug’ati», 1940 (S.lbrohimov, M.Rahmonov), «O’zbekcha-
ruscha lug’at», 1941 (T.N .Q ori-N iyoziy, A.K.Borovkov), «Qisqacha
o’zbekcha-ruscha lug’at», 1942 (I.A.Kissen, K.S.Koblov), «Imlo lug’ati»,
1941,1949 (Olim Usmon) va boshqalar shular jumlasidandir.
Nemis tili lug’ati pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Nemischa – o‘zbekcha, o‘zbekcha – nemischa lug‘at
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Qog’ozli kitob
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Qo’lingizdagi ushbu lug’at keng qamrovli bo’lib, unda nemis va o’zbek tilidagi 50 mingga yaqin so’z va iboralar keltirilgan. Ham nemischa – o’zbekcha, ham o’zbekeha – nemischa lug’atning bir kitobga jamlanishi foydalanuvchilar uchun qulaylik tug’diradi. Undan umumta’lim maktab o’quvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy о’quv yurtlari talabalari, tarjimonlar va nemis tilini mustaqil o’rganuvchilar foydalanishlari mumkin.
Nemis tili lug’ati pdf
Elga shohu ishqqa qul (devon). Feruz
Muallif: Muhammad Rahimxon Feruz
Hajmi: 357 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz | www.ziyouz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Zahiriddin Muhammad Bobur
Muallif: Zahiriddin Muhammad Bobur
Hajmi: 569 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz | www.ziyouz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Mabdai nur. Boborahim Mashrab
Muallif: Boborahim Mashrab
Hajmi: 342 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz | www.ziyouz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Tong bilan shom aro. Zulfiya
Muallif: Zulfiya
Hajmi: 829 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz | www.ziyouz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Saylanma. O’lmas Umarbekov
Muallif: O’lmas Umarbekov
Hajmi: 1,26 mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
O’lmas Umarbekov. Saylanma (кирилл алифбосида)
Muallif: O’lmas Umarbekov
Hajmi: 2,50 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
O’lmas Umarbekov hikoyalari
I. Bahor sevinchlari
II. Bulg‘or qo‘shiqlari
III. Olis, yaqin manzillar
IV. Vido oldidan…
O’zbek tili assotsiativ lug’ati
Toshkent, Navoiy universiteti, 2019, 332 bet
“Oʻzbek tili assotsiativ lugʻati (milliy-madaniy birliklar)” soʻzlar orasidagi assotsiativ munosabatni aks ettiruvchi lingvistik lugʻat (stimul soʻz javob reaksiyasi tipidagi lugʻat) hisoblanadi. Unda oʻzbek tilidagi 100 ta milliy-madaniy birlik boʻyicha til egalari xotirasida tiklangan 42645 ta javob reaksiyasi (assotsiatsiyalar) oʻrin olgan. Ushbu lugʻat oʻzbek tili egalarida yozma soʻrov shaklida oʻtkazilgan erkin assotsiativ tajriba materiallari asosida yaratildi.
Lugʻat oʻzbek tilidagi milliy-madaniy birliklarning leksik-semantik, assotsiativ maʻnosi, boshqa birliklar bilan semantik-mantiqiy va assotsiativ bogʻlanishi asosida nutqda birga qoʻllanishi, madaniylik, ijtimoiylik, genderologik, pragmatik, kognitiv xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Ushbu lugʻat nafaqat tilshunoslar, til egalarining lisoniy ongi, til birliklari zaxirasi, tashqi olam haqidagi bilimlari, dunyoqarashi, milliy-madaniy qarashlari, qiziqishlari, voqelikka munosabati, ruhiyati, hayotiy, kasbiy tajribalari, hatto tashvish-u muammolari haqida bilim berishi jihatidan keng omma uchun ham muhim ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?