Nilufar rasulova 8 sinf ona tili yechimlari
olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab
Instagram: Shohruxxon Asalni “yeb qo‘ymoqchi”, to‘yda bepul xizmat qilgan Nilufar Usmonova, yangi mashinali bo‘lgan aktrisa
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Durdona Qurbonova yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Mahoratli raqqosa Parizoda yangi obrazida ko‘rinish berdi.
Turk aktyori Emre Kiviljim yangi suratini e’lon qildi.
Xonanda Lola barcha muxlislariga kun davomida a’lo kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.
Lola muxlislariga “Oq nilufar” filmi haqida fikrlarini aytib berdi va ularga bu kinokartinani tomosha qilishni tavsiya etdi.
Xonanda Jahongir Otajonov yangi ijod namunasini muxlislariga taqdim etdi.
Aktrisa Shahlo Zoirova Qozog‘istonda tushgan arxiv suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Instabloger Liil Xurramov Maryam Tillayevani uchrashuvga taklif qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Shuningdek, Liil Xurramov Maryam Tillayevani somsa bilan mehmon qilganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Gulruh Pirnazarova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva o‘zi suratga tushayotgan yangi klipning suratga olish jarayonlarida tortni boshidan tashlab yuborishgani aks etgan video va suratni folloverlariga namoyish qildi.
Foto: Instagram Foto: Instagram
Aktrisa Luiza Rasulova muxlislariga 14 yoshida san’at sohasiga kirib kelgani, shu paytgacha ko‘plab filmlar, seriallarda suratga tushgani haqida gapirib berdi.
Instabloger, vayner Bobur Mansurov 2009-yilda tushgan arxiv suratini sahifasiga joyladi va muxlislaridan qaysi obrazni gavdalantirganini so‘radi.
Xonanda Nilufar Usmonova barcha shou-biznes vakillarini to‘yda beminnat, bepul xizmat qilishga chorladi.
Turkiyaning dunyoga mashhur aktrisasi Meryem Uzerli yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Yulduz Usmonova ashaddiy muxlisining tug‘ilgan kunida xizmatda bo‘ldi.
Aktrisa Ra’no Shodiyeva qizi, kelini va nevaralari bilan tushgan videosini sahifasiga joyladi.
Shuningdek Ra’no Shodiyeva dugonalari bilan ko‘rishdi. Aktrisani uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan Shahlo Zoirova bu uchrashuvdan hayron qoldi.
Xonanda Lola Ahmedova folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.
Instabloger Asal Saparboyeva Uenzdey obrazida ko‘rinish berdi.
Aktrisa Shahnoza Hojimurodova yangi mashina olgani haqida muxlislariga gapirib berdi.
Aktrisa Sitora Alimjonova operatorlardan suratga olish jarayonlarida uni oynadan videoga olmasliklarini so‘radi.
Bollivud yulduzi Kajol muxlislariga yangi suratini ko‘rsatdi.
Xonanda Shohruxxonga rafiqasi va o‘zining surati tushirilgan tort sovg‘a qilishdi. U Asal Shodiyevani “yeb qo‘ymoqchi” ekani haqida muxlislariga gapirib berdi.
Nilufar rasulova 8 sinf ona tili yechimlari
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
I-bo’lim. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining umumiy masalalari
1.Ona tili o‘qitish metodikasining maqsadi va predmeti.
2.Ona tili o‘qitish metodikasining vazifalari.
3.Ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
4.Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari.
5.Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish metodlarlari.
6.Boshlang‘ich sinflarda ona-tili o‘qitish tarixidan.
Tayanch so’z va iboralar: madaniyat, uslub, qonun, asos, modda,
rasmiy, barkamol shaxs, ish yuritish, atama, so’zlashuv uslubi.
1.Ona tili o‘qitish metodikasining maqsadi va predmeti.
Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va
tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi. Metodika
(yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish
metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot –
ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining
predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini
egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib
olish to’g’risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib
chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-
tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim
berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o’rganadi:
1. O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o’qitish
kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining
dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va
qo’llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini
doimiy nazorat qilib boradi.
2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini,
o’quvchilar amaliy ishlari – mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab
chiqadi, ya’ni “Qanday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda
ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal
qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?” savoliga javob
tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni
asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona
tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan
masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda)
o’rgatadi. SHu bilan birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish
metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona
tilini o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish
metodikasinigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari
o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi.
2.Ona tili o‘qitish metodikasining vazifalari.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi
a) boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud
tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika, imlo, nutq
o’stirish va hok.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini
hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish,
xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam
beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
v) ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi
va puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga
va o’quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini,
kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini,
nutqini o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
g) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan
tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida
o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning
muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va
kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi
bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga
2. O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish predmetining
vazifasi bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari
bilan qurollantirish hisoblanadi.
3. Grammatika, fonetika, imlo va so’z yasalishini o’rganish
metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni,
grammatik tushunchalar, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni
4. Nutq o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida
o’rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o’quv predmeti sifatida
anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa
va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna
3.Ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish
shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish
Ona tili o’qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga
ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham
yordam beradi. SHuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari ham
metodikaning metodologik asosi hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi. U o’quvchilarda
tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va
ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi.
Metodika psixologiya fani ma’lumotlariga tayanib o’qitishda o’quvchilarning
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega
Ona tili o’qitish metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy
bog’liqdir. Psixolingvistika metodikaga nutq haqida – fikrni bayon qilish
turlarini belgilovchi omillar, “nutqni qabul qilish signallari” apparati,
individual munosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida
Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi.
Maktab ta’limidagi har bir o’quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat
bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning
ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatdan ham, ona tili o’qitish
jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o’sadi,
ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy
xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hok.
Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni
tarbiyalash masalalarini ilmiy tomondan ishlab beradi. Ona tili o’qitish
metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan
masalalarni ilmiy tomondan ishlab bergan ma’lumotlariga tayanadi.
Ona tili metodikasini umumiy pedagogika bilan bog’lash ayniqsa
boshlang’ich sinflarda muhimdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning jamoaviy va
shaxsiy o’quv faoliyatida zarur bo’lgan ko’p odat va ko’nikmalari hali
Ona tili o’qitish metodikasi o’zbek tilining ma’lum qismini nazariy
egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya,
leksikologiya va frazeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika –
morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika,
orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi.
Fonetika va fonologiya grafika bilan bog’liq holda savod o’rgatish
metodikasini ishlashda, elementar o’qish ko’nikmasini shakllantirishda asos
bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida
yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat
metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi.
Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (ma’nodosh va zid ma’noli
so’zlarga oid xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no
bo’yoqlari ustida ishlash) ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda metodikaga so’z
yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til
qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik
tushunchalardan to’g’ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga
imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan o’quvchilarda imlo va
punktuatsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas.
O’qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi.
4.Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari.
Ona tili o’qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari
Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish
nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at
boyligini to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlashdir.
Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir.
Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni
oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish
jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash
Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi. Tilni egallash va nutq
o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi.
Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan
nozik quroliga aylantirish hisoblanadi.
Metodik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim
standarti belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma
ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la
olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab
Bilish nazariyasiga ko’ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida
kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular
asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri
talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga to’g’ri talaffuz va to’g’ri
yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali
kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar
nazariy qoidalar chiqaradilar, o’rgangan va o’zlashtirilgan nazariy qoidalarni
amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar.
Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni
bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi:
– ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
– umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining
– o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda
yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
– ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
– davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun
– ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
– bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
– ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Bu tamoyillar boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitish metodikasining
vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi. Qonunda ta’kidlanganki,
boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik,
bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
O’quvchilarga ona tilini o’rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama
rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha
yaqin, o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib, ona tili o’qitish metodikasi
o’z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan
o’zgacha bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining
yo’nalishlarini belgilab beradi.
Ona tili o’qitish tamoyillari quyidagilar:
1. Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq
malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til
qonuniyatlariga, oz bo’lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini
egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik
ma’nolarini) tushunish tamoyili. So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni
tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasilagi bog’lanishni aniqlash
3. Tilga sezgirlikni o’stirish tamoyili. Til – juda murakkab hodisa,
uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning
qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib, uni yodda saqlab
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til
hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining
xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga
oid) tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining,
tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo’yoqdorligini ham
tushunishni ko’zda tutadi.
5. Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish tamoyili. Bu
tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish
metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o’qituvchi bilan
o’quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi
ishlarida qulay yo’nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida
nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
5.Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish metodlarlari.
Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rolь o’ynaydi. Ona tili o’qitish
metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar
ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada, ya’ni puxta va asosli bo’lishi lozim.
Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada
bo’lishi tekshirish metodlarining puxtaliliga ham bog’liq.
Tekshirish metodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning metodik asosini, unga bog’liq boshqa fanlarni
o’rganish, qo’yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo’nalishini
b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir
adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va
hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni
2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi
a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini
tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va
o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars,
uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini
tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini so’rovnoma orqali
Eksperimental tekshirish o’z maqsadining kengligi bilan farqlanadi:
ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo
yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal
qilinadi. Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim.
Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri,
ma’lum bir vaqtda o’qilgan yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma
inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va
vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi:
1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini
4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy
ishlari ustidan kuzatish olib borish.
5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash,
yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.
Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib
chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Ona tili – boshlang’ich sinflarda o’quv predmeti
O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular
rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi xato va kamchiliklarga
ham yo’l qo’yilgan. CHunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni
rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Kompleks dasturlarda ona
tilini o’rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko’nikmalarga yetarli
ahamiyat berilmadi. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik
xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlar ta’minlanmadi, puxta,
to’g’ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi.
Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Boshlang’ich va o’rta
maktab haqida”gi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang’ich va o’rta
maktab o’quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l
qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari
tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi.
O’tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili
o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona
tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik,
didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili
o’qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon
berdi. 1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim
o’qituvchilari tayyorlaydigan fakulьtetlar ochila boshlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta ahamiyat
berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbek tiliga Davlat tili
maqomini berish haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi. Ta’lim sohasidagi bu
o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni
yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga tatbiq
qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda.
SHunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasining o’z predmeti,
vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum
o’rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni
ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro
aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa,
fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o’zaro
munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi.
Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy
vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga
katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham,
tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning
umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham
alohida o’rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni
o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir
o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang’ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qismi.
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari
ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’lib,
ularda har bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi
“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi
203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
1. Boshlang’ich ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi. Unda
boshlang’ich bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil
ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi
ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik
ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test
topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda
mashg’ulotlar uyushtirilmoqda. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ona tili
o’quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib
1-ilova
Ona tili — millat ruhi
Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Til – inson qalbining ko’zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o’sha xalqning o’tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so’ziga ona so’zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda etkazishimiz lozim. Til insonning libosidir. Bu libosni qanday kiyish har bir insonning o’ziga bog’liq. Ba’zi insonlar oddiy libosni ham go’zal qilib, yarashtirib kiyadi. Ba’zi insonlarda esa har qanday go’zal libos o’z ko’rkini yo’qotadi. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Mana o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o’ttiz ikki yil to’ldi. Bu qisqa vaqt ichida tilimizda juda katta o’zgarishlar, yuksalishlar ro’y berdi. O’zbek tilining ikki tomli izohli lug’atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o’zligimizni anglatib turadigan so’zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O’zbek tilining izohli lug’ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy til ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o’tab kelmoqda. Ammo bu fikrga barchaning birdek amal qilmasligi tanamizdagi og’ir va yuqumli kasallikka o’xshab bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda: “O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat” ekanligini har bir inson qalbdan his qilmog’i darkor.
Hammamizga ma’lumki, dunyoda etti mingga yaqin til bor, ammo shularning ikki yuztasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida o’zbek tilining borligi esa tilimizning naqadar buyukligi, jozibadorligi, jahon hamjamiyatida ham o’zining munosib o’rniga ega ekanligini anglatadi. Ammo ana shu buyuklikning qadriga hamma birdek etyaptimi?
Nima uchun ko’cha harakatini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? Adibimiz Abdulla Qahhorning bergan bu savoli qachon o’z javobini topadi?
Rossiyalik tilshunos olima A. M. Kozlyanina: “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” ekanligini tan olib turgan bir paytda “o’zbekman”, deb yurganlar nima qilishyapti? Bu kabi og’riqli nuqtalarni sanasak, tilimizning ertasi hammamizni chuqur o’yga toldiradi.
“Tilimiz qaerda buzilyapti?” deya o’zingizga savol berib ko’ring va ko’chaga chiqing. Ishga yoki o’qishga borar ekansiz, yo’l-yo’lakay atrofda qurilgan bir-biridan go’zal binolar, ko’p qavatli uylarni ko’rib ko’zingiz quvnasa, ularga qo’yilgan tilimiz uchun yot bo’lgan nomlarni ko’rib, ta’bingiz xira tortadi. Bozorga borsangiz, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo’yilgan nomlarda ham o’zbekcha so’zlarni deyarli uchratmaysiz. Bunday nomlar orqali tadbirkorlar xaridorlarning diqqatini tortishmoqchimi yoki tilimiz shunchalik qashshoqmi?
Bugungi kunda nega ko’pchilik, ayniqsa, yoshlarimiz o’z nutqiga chet tillardagi turli so’zlarni qo’shib gapirishadi yoki o’sha tilni ham yaxshi bilishadimi? Yaxshi bilishsa-ku mayli, ammo… Tilimiz shunchalik qashshoqmi yoki bu ham madaniyatning bir belgisimi? Afsuski, mana shunday savollar bizni chuqur o’yga toldiradi. O’z ona tilini hurmat qilgan inson hech qachon tilni buzib gapirmaydi. Bugungi qo’shtirnoq ichidagi madaniyatli va zamonaviy yoshlar tilimizni qay darajada bilishar ekan? Ko’pgina chet ellarda o’zbek tilini o’rganishayotgan bir paytda tilning haqiqiy egalari uni buzib gapirishsa, qanchalik to’g’ri?
Ona tilini sevmagan, uning qadrini anglamagan inson yuragida el-u yurtga, Vataniga muhabbat ham bo’lmaydi. Biz tilimizni qanchalik asrasak, yuksaltirsak, rivojlanishiga hissa qo’shsak, o’zga millatlar ham bizning tilimizni hurmat qilishadi hamda uning dunyo hamjamiyati maydonidagi o’rnini va poydevorini shunchalik mustahkam qo’ygan bo’lamiz. Zero, “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotdir”, “Milliy tilni yo’qotmak, millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Yoqutoy JAMOLOVA,
O’zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari
agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod
maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,
Dildora SHODMONOVA,
ijod maktabi o’qituvchisi