Press "Enter" to skip to content

O g il bolalar uchun kiyimlar O zbekiston bo yicha

Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha O’g’il bolalar uchun kiyimlar kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!

O‘g‘ilni o‘g‘il va qizni qiz etib tarbiyalash san’ati: muammo, mushohada, yechim

Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salavotu durudlarimiz bo‘lsin.

. يَهَبُ لِمَن يَشَآءُ إِنَٰثٗا وَيَهَبُ لِمَن يَشَآءُ ٱلذُّكُورَ ٤٩

أَوۡ يُزَوِّجُهُمۡ ذُكۡرَانٗا وَإِنَٰثٗاۖ وَيَجۡعَلُ مَن يَشَآءُ عَقِيمًا .. ٥٠

«U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur. Yoki ularni juftlab o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. » (Shuro surasi, 49-50-oyatlar).

Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko‘rinadi. Ayni shu masalada inson o‘zining ojizligini his etadi. O‘z xohishiga ko‘ra biron narsani bor qila olmasligini, Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo‘lib turishini anglab yetadi. Shu bilan birga barcha ne’matlar kabi farzand ne’mati ham Alloh taolo tarafidan O‘z bandasiga berilgan omonat ekanligini va uning muqobilida buyuk mas’uliyat borligini his etadi. Aynan ana shu mas’uliyatni ota-ona o‘z qaramog‘i ostida bo‘lgan farzandlariga nisbatan qay darajada ado etayotganliklariga qarab, Alloh taoloning huzurida mukofotlanadi yoki jazolanadi.

Oyati karimaga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda Alloh taolo xohlagan bandasiga qiz va xohlagan bandasiga o‘g‘il yoki ularni juftlab o‘g‘il-qiz qilib berishini aytyapti. Albatta, farzandlarning o‘g‘il-qiz yoki ularning juft qilib berilishida hikmatlar ko‘p. Shulardan biri o‘g‘il bolani haqiqiy o‘g‘il bola qilib tarbiyalash, qiz bolani esa haqiqiy qiz bola qilib tarbiyalash kerak ekanligiga ham ishora bor. Zotan, ota-onaning farzandlar oldidagi mas’uliyatlaridan biri ham ularning sof o‘g‘il bola yoki sof qiz bolalik tabiatlarini nafaqat saqlab qolish, balki rivojlantirishlari ham kerakligidir. Aksincha, ularning barcha ta’lim va tarbiyalari kabi o‘g‘ilu qizlariga e’tibor bermasa, shunga yarasha muomala va munosabatda bo‘lmasa, omonatga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Xiyonatkorlik esa qanchalik katta gunoh ekanligi hammamizga ma’lum. Xossatan, Alloh taolo sof tabiat ila bergan o‘g‘il-qizlarga to‘g‘ri tarbiya bermaslik bilan xiyonat qilish hech qachon jazosiz qolmaydi. Shu dunyoning o‘zida ham farzandlari tufayli yuzi qaro bo‘lib, xalq ichida bosh ko‘tara olmay qoladi. Oxiratda esa qanday uqubatlarga qolishi ma’lumdir.

Shuning uchun ham shariatimizda o‘g‘il bolalarni o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya bilan parvarish qilib, kelajakda bir oilaning rahbari, yurtining qo‘riqchisi bo‘lishiga sababchi bo‘lish, qiz bolalarni esa o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya bilan parvarish qilib, kelajakda bir uyning bekasi, xonadonning barakasi bo‘lishiga sababchi bo‘lish kerak. Buning uchun esa barcha ko‘rsatmalar mavjuddir.

Ya’ni, Alloh taolo insonni ikki jins sohiblari – erkak va ayol qilib yaratar ekan, ularning har birini o‘ziga xos biologik hamda psixologik jihatlar bilan farqli qilib qo‘ygan. Zohiran qaraganda, erkak bilan ayol umuminsoniylikda bir xildir. Lekin o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarda esa ikkalasi ikki olamdir. Masalan, erkaklarning butun jismi, ruhoniyati, his-tuyg‘ulari, fe’l-atvorlari, yurish-turishlari, muomala-munosabatlari, eng kichik hujayralaridan tortib, asab tolalarigacha – hamma-hammasi ayollarnikidan tubdan farq qiladi. Hattoki, ularning tirnoqlarida ham bir-biridan farq bordir.

Erkaklarda fazilat bo‘lgan ba’zi bir sifatlar ayollar uchun nuqson sifat yoki illat bo‘lishi mumkin. Masalan, erkaklarning muomaladagi bir oz qo‘pol va dag‘alliklari, jismonan baquvvat, ruhan tetik bo‘lishi, ba’zi bir hodisalarga sovuqqonlik bilan qarashlari, tovushlari va gapirish ohanglarining yo‘g‘on hamda qat’iyligi, biror muammoni hal qilishda shoshmasdan ko‘p o‘ylab, fikrlashlari va hokazolar ayollar uchun illatdir. Aksincha, ayollardagi muomalada o‘ta muloyim bo‘lish, jicmonan latif, ruhan nozik bo‘lish, atrofda bo‘layotgan hodisalarga sergaklik va qiziquvchanlik bilan qarash, tovush va gapirish ohanglari ingichka hamda yoqimli bo‘lishi, biror muammoni hal qilishda ko‘proq aqlga emas, balki hissiyotga berilish va hokazolar erkaklar uchun noqisligu illatdir. Shuning uchun ham shariatimizda bolalarning yoshlik chog‘laridanoq o‘g‘il yoki qizligiga qarab, tarbiyasiga alohida e’tibor berish tavsiya qilinadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:

عَلِّمُوا اَبْنَاءَكُمْ السِّبَاحَةَ وَالرَّمَي ، وَالْمَرْأَةَ الْمِغْزَلَ (رواه البيهقى)

«Farzandlaringizga suzish, kamon otish va ayollarga kasb-hunarni o‘rgatinglar» (Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan).

Demak, o‘g‘il bolalarning haqiqiy o‘g‘il bola bo‘lib tarbiyalanishi uchun ularning tabiati va hissiyotlariga mos bo‘lgan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ota-onalar ta’minlashlari kerak. Mazkur ta’limotlarga amal qilgan xalqimiz azal-azaldan o‘g‘il bolalar uchun alohida o‘yinlar va qiz bolalar uchun alohida o‘yinlarni joriy qilgan. Masalan, o‘g‘il bolalar yog‘och va loydan toychoqlar yasagan, ularni minish, egarlash, hattoki ularga yem-xashak berib, sug‘orishlargacha o‘rgangan. O‘g‘il bolalarning o‘zaro bir-birlari bilan o‘ynaydigan o‘yinlari ham ot-ulovlarga bog‘liq bo‘lgan. Yoki o‘qotar qurollarning o‘yinchoqlarini o‘ynash, qilich chopish, kamondan o‘q-yoy otish, har xil harbiy o‘yinlarni ifoda etadigan o‘yinchoq askarlar, samolyot, tank, mashina va yana shunga o‘xshash narsalarni o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Qiz bolalar esa (asli shariatimizda qo‘g‘irchoq yasash va uni o‘ynash mumkin bo‘lmasa ham) qo‘g‘irchoq o‘ynash, uni cho‘miltirish, sochini o‘rish, kiyintirish, yo‘rg‘aklash, beshigiga bog‘lash, unga alla aytib uxlatish, uni taomlantirish, bundan tashqari, uy-ro‘zg‘or jihozlaridan yasalgan o‘yinchoqlar: idish-tovoq, choynak-piyola, non yopish uchun kerak bo‘ladigan jihozlar, o‘qlov, chekich, tikish-bichishga taalluqli bo‘lgan jihozlardan tashkil topgan o‘yinchoqlarni o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Eng asosiysi xalqimizning urfida qiz bolalar bilan o‘g‘il bolalarning yoshlik chog‘laridanoq birga o‘ynashlari uchun ruxsat berilmagan. Balki ularning tabiat va ruhiyatlari turli-tuman bo‘lganligi sababli ularning alohida-alohida o‘zlariga xos bo‘lgan mashg‘ulotlar ila shug‘ullanishlarini ta’minlagan. Chunki ularning birgalikda bir o‘yinni o‘ynashlarida har ikkalasiga ham sekin-astalik bilan o‘zlariga xos bo‘lgan tabiatlariga zarar yetishi va bu illat ularning yoshi kattalashgani sari yiriklashib borish xavfi bor.

Shuning uchun ham ulug‘larimiz bolalar 8–10 yoshga yetganlarida ularning yotoqxonalarini alohida-alohida qilib ajratishni tavsiya qiladilar. Chunki bolalar bu yoshga yetganlarida ulardagi o‘g‘il va qiz bolalik xususiyatlari yaqqol ajrala boshlaydi. Agar shu yoshda ham ular bir-birlaridan ajratilmasa, ularning fe’l-atvorlari, yurish-turishlari, hattoki muomala-munosabatlarida ham chalkashlik, aralash-quralashlik yuzaga chiqadi. Bu esa har ikkalasi uchun ham eng buyuk musibatdir. Chunki bu holatda har ikkalasini ham asl sof tabiati buzilib, ular mazkur buzuqlikni yutuq va faxr deb tushunadigan bo‘lib qoladilar.

Shariatda xilqat jihatidan erkak va ayollikni o‘zida mujassam qilgan jins egalari «xunasa» deyiladi. Bularni esa tashqi ko‘rinishidan erkak yoki ayolligini ajratib bo‘lmaydi. Chunki ularda har ikkala jins egalariga ham o‘xshashlik taraflari bo‘ladi. Alloh taolo goho jinsi aniq bo‘lmagan insonlarni qanchalik xunuk va beo‘xshov ekanligini ko‘rsatish uchun ibrat tariqasida ko‘rsatib qo‘yadi.

Hozirgi davrimizga kelib esa barcha sohalarda misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarish, yangilanish va musobaqalashish avj olgani kabi insonlar o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari, hattoki tabiatlarini ham sun’iy holda o‘zgartirishga mubtalo bo‘ldilar. Avvallari orlik va xorlik hisoblangan illatlar hozirga kelib obro‘ va faxrlanish vositasiga aylandi. Oldinlari bir shahar yoki yurtda sanoqligina xilqat jihatidan tabiiy xunasalar bo‘lsa, hozirga kelib, sun’iy holatda o‘z xohishi ila xunasa bo‘layotganlar qanchadan-qancha. Albatta, buning sabablari ko‘p.

Eng birinchi o‘rinda diniy savodsizlik.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْمُتَشَبِّهِينَ مِنْ الرِّجَالِ بِالنِّسَاءِ ، وَالْمُتَشَبِّهَاتِ مِنْ النِّسَاءِ بِالرِّجَالِ . رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ والترمذي

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam erkaklardan ayollarga o‘xshashga uringanlarni va ayollardan erkaklarga o‘xshashga uringanlarni la’natladilar» (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyat qilishgan).

Erkaklarning ayollarga o‘xshashga urinishi yurish-turishda, gap-so‘zda va kiyimda bo‘ladi. Ayollarning erkaklarga o‘xshashga urinishlari ham xuddi shunday. Bu ishni qilganlar esa Islomda la’natlanadi.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْمُخَنَّثِينَ مِنْ الرِّجَالِ ، وَالْمُتَرَجِّلاتِ مِنْ النِّسَاءِ ، وَقَالَ : « أَخْرِجُوهُمْ مِنْ بُيُوتِكُمْ » فَأَخْرَجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فُلاَناً ، وَأَخْرَجَ عُمَرُ فُلانًا . رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ والترمذي

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam xotinchalish erkaklarni va erkak sifat ayollarni la’natladilar hamda:

«Ularni uylaringizdan haydab chiqaringlar», dedilar.

Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam falonchini haydab chiqardilar. Umar falonchini haydab chiqardi» (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyat qilishgan).

«Xotinchalish erkak» deganda ayollarga o‘xshab yurishga, gapirishga, kiyinishga harakat qiladigan erkaklar ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, «erkaksifat ayollar» deganda ham sun’iy ravishda erkaklarga o‘xshab kiyinadigan, gapiradigan va yuradigan ayollar nazarda tutiladi. Shim kiygan ayollar yana la’natga qolmoqdalar. Hozirda ayollarning o‘zlariga atalgan shim chiqqan bo‘lsa, ulamolar uni keng kiyimning ichidan kiyishga ruxsat berganlar.

Endi o‘zingiz ayting-chi, mazkur ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan biror musulmon yoki muslima Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlariga qolishdan qo‘rqmaydimi?

Agar qo‘rqmasdan mazkur gunohni sodir etsalar, ularning dunyo va oxiratlari kuyib ketmaydimi?

Dunyosining kuyishi – «xotinchalish erkak», «erkaksifat ayollar», umumiy aytganda esa xunasa deyilishi, bundaylar bilan hech kim oila qurmasligi, mahallaga qo‘shila olmasligi, qavm-qarindoshlardan ayrilishi, do‘st va ulfatlari bo‘lmasligi, ota-onalariga oq bo‘lib, ularning bellari bukilib, sochlari oqarib, yuzlariga erta ajin tushishiga sabab bo‘lishidir.

Oxirati kuyishi esa – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlariga duchor bo‘lganligi tufayli Alloh taoloning la’natiga ham duchor bo‘lib, abadul-abad jahannamda kuyishiga sababchi bo‘lishidir.

Ikkinchi: ko‘r-ko‘rona taqlid.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

قال النبي صلى الله عليه وسلم: من تشبه بقوم فهو منهم

«Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas, u o‘sha qavmdandir», deganlar.

Mazkur illat, avvalo, G‘arbda paydo bo‘lib, bir necha o‘n yillar davomida rivojlanib, alal-oqibat ularning ajralmas urfiga aylandi. Bu illat G‘arbda ham boshlangan paytida ko‘pgina qarshiliklar, e’tirozlarga uchrab, hattoki ma’lum bir jazolarga ham tortilib, xalq o‘rtasida sharmanda ham qilingan. Lekin «demokratiya», «globallashuv», «hurriyat», «jinsiy inqilob» va nihoyat, hozirgi kunga kelib «ommaviy madaniyat» bayrog‘i ostida sekin-sekin rivojlana bordi. Albatta, o‘z o‘rnida bu illatga xayrixoh bo‘lganlar, uni moddiy-moliyaviy tarafdan qo‘llab-quvvatlab turuvchilar, siyosiy tarafdan himoya qiluvchilar ham topildi. Chunki ba’zi shaxslar, jamoa va guruhlar o‘zlarining g‘arazli g‘oyalaru rejalarini mazkur illatlar soyasida rivojlantirib, butun dunyo xalqlariga yoyib, uning natijasida har taraflama manfaat ko‘rishni maqsad qildilar. Va ularning maqsadlari keng miqyosda yoyilib, ildiz otib, kundan-kunga quvvatlanib borishiga esa ko‘r-ko‘rona taqlid qiluvchilar beminnat xizmat qilib boryaptilar. Aslida esa mazkur g‘oyalarni «ommaviy madaniyat» bayrog‘i ostida tarqatayotganlarning haqiqiy basharalarini ko‘rganlarida edi.

Yurtimizning ba’zi yoshlari nafaqat ularga taqlid qilish, balki ularning nomini eshitishdan ham xazar qilishlari mumkin edi. Ming afsuslar bo‘lsinki, sirtidan rohatu farog‘at, kayfu safo, zamonaviylik va moda bo‘lib ko‘rinayotgan narsalar aslida shaytonning nag‘malari bo‘lib, jahannamga da’vatdir. Shu ma’lumotlarni bilgan yoshlarimiz, o‘g‘il-qizlarimiz o‘zlarini o‘shalarga o‘xshatishlari mimkinmi?

Uchinchi: sharoit va muhit.

Insonning hayotida uning yashab turgan joyidagi sharoit va muhit katta ahamiyatga ega. Qolaversa, atrofida bo‘layotgan har xil hodisa va voqealar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunda esa hozirgi kunda matbuot, televedeniye, telefon va internet aloqa vositalari asosiy vazifani bajaradi. Ming afsuslar bo‘lsinki, aslida insoniyatning ma’naviyati, ilm-ma’rifati, ta’lim va tarbiyasi uchun cheksiz xizmatlar qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan taraqqiyot va kashfiyotlarning samarasi o‘laroq dunyo yuzini ko‘rgan mazkur jihozlardan asosan ma’naviyatsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik hamda insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni tarqatishda unumli foydalanilmoqda. Bu borada san’at ahli bo‘lmish qo‘shiqchilar va kino yulduzlari asosiy rollarni o‘ynaydi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki oynai jahonda ko‘rsatilayotgan filmlarni ko‘z oldingizga keltiring, unda bosh rol ijrochilarining erkak yoki ayolligini ham ajrata olmay qolasiz. Chunki ularning kiyim-boshi, soch turmaklari, pardoz-andozlari, yurish-turishlari deyarli bir xil. Ertalabdan kechgacha yoki tundan tonggacha berilayotgan konsertlarni aytmaysizmi?

Avvallari qo‘shiqchilar erkak va ayollarga bo‘linar edi. Ular har taraflama bir-biridan farqlanib turardi. Hozirda esa deyarli ularning o‘rtasida farq yo‘q. Raqsga tushishlaridan tortib, ovozi, yurish-turishi, yuz, ko‘z, qosh, lab va qo‘l-oyoqlarining harakatlari-yu liboslarigacha bir xil. Ya’ni, bir-biridan bachkana. Hattoki oila davrasida, xossatan farzandlar ishtirokida umuman tomosha qilishning imkoniyati yo‘q. Oynai jahonning o‘zida ularni tanqid qilishga atalgan qanchadan-qancha ko‘rsatuvlar efirga uzatilayotgan bo‘lsa-da, lekin nimagadir natijasi ko‘zga ko‘rinmayapti.

Ming afsuslar bo‘lsinki, aksariyat yoshlar o‘zlari uchun namuna sifatida aynan ulardan andoza oladilar. Misol uchun kollej yoki oliygohlarning talabalari o‘rtasida “Siz uchun namuna bo‘lgan inson kim?” degan savol bilan so‘rovnoma o‘tkazilsa, talabalarning 70 foizdan ortig‘i, albatta, biror qo‘shiqchi, aktyor yoki sportchining nomini aytadi. “Buning nimasi yomon?” deyishingiz mumkin. Sababini esa yuqorida aytib o‘tdik.

Eng achinarlisi, nima uchun yuqoridagi savolga “Men uchun namuna bo‘lgan inson ota-onam, ustozim yoki falon kashfiyotchi, ixtirochi”, deb javob berishmaydi? Chunki yoshlarimiz ilm-ma’rifat, ota-onalarning xizmati, yurt uchun kashfiyot va biror ixtiro qilishdan ko‘ra yengil-yelpi hayot tarzi bo‘lmish o‘yin-kulguni afzal ko‘radi. Natijada esa o‘zini ana shunday insonlarga o‘xshatishga harakat qilib, ulardek beo‘xshov kiyimlar kiyadi, pardoz-andoz qiladi va hattoki muomalalarida ham ularga ergashadi.

To‘rtinchisi: hamrohlar.

Ulug‘larimizning “Do‘stingning kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman”, degan hakmatli so‘zlari bor. Undan tashqari, “Jins – jinsi bilan, kabutar – kabutar bilan, g‘oz – g‘oz bilan”, degan naql ham bor.

Shuning uchun ham xalqimizda doimo farzandlar tarbiyasida ularning kimlar bilan do‘st va hamroh bo‘layotganligiga qattiq e’tibor beriladi. Aks holda, har qanday tarbiyali xonadonning farzandi betarbiyalar bilan hamroh bo‘lganligi tufayli kelajakda ota-onasining yuzini yerga qaratib qo‘yishi muqarrar.

Asarlarda: “Suhbat ta’sir qiluvchidir”, deyilgan.

Voqelikda ham buning isboti nihoyatda ko‘p. Hozirgi kundagi eng katta musibatlardan biri bo‘lmish biz so‘z yuritayotgan illatda ham aynan shuning ta’siri bor. Chunki farzandlarimiz yoshligidan, oliy o‘quv yurtini tamomlaguncha o‘g‘il bola bilan qiz bola doimo birga bo‘lishi, birga o‘tirishi, birga ovqatlanishi, birga biror mashg‘ulotga qatnashishi, birga dam olishi ayni haqiqatdir. Natijada ularning bir-birlariga nisbatan ta’sirlari urib, o‘g‘il bolalar qiz bolalarga o‘xshash rang-barang kiyinadigan, pardoz-andoz qiladigan, sochlarini o‘stirib, yuzlariga oro beradigan (ba’zilari hattoki qoshini teradigan), tilla zanjir osib, uzuk taqadigan bo‘lishgan. Qizlar esa o‘g‘il bolar kabi shim, futbolka yoki tor sport kiyimlarini kiyib, sochlarini kesib, kerak bo‘lsa, o‘g‘il bolalarga xos bo‘lgan harakatlarni qiladigan bo‘lishgan. Mazkur illatlarga mubtalo bo‘lganlar asosan o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari va liboslariga bino qo‘yadilar. Shuning uchun quyida libos haqida ham qisqacha ma’lumot keltirib o‘tamiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

قَالَ رَسُولُ اللهِ: الْبَسُوا مِنْ ثِيَابِكُمُ الْبَيَاضَ فَإِنَّهَا مِنْ خَيْرِ ثِيَابِكُمْ

رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ

«Kiyimlaringizdan oqini kiying. Albatta, ular kiyimlaringizning xayrlisidir», dedilar» («Sunan» egalari rivoyat qilganlar).

Abu Rimsa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Otam bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallam tomon yurib bordim. U zotning ustilarida ikki yashil rangli burdani ko‘rdim» («Sunan» sohiblari rivoyat qilganlar).

Yashil rang chiroyli bo‘lishi bilan birga ko‘zga ham foyda berar ekan. Ahli jannatning kiyimi yashil rangda bo‘lishi ham bejiz emas.

Mazkur ikki hadisi sharifda erkaklar uchun eng mahbub va maqbul bo‘lgan kiyimlarning rangi bayon etilgan. Demak, erkaklar uchun rang-barang kiyinish va boshqa hadisi shariflarga muvofiq ipak, shoyi, yana o‘ta latif bo‘lgan kiyimlarni kiyish man etilgan. Balki o‘rtacha qalinlik va dag‘allikda bo‘lishi ma’qul ko‘rilgan.

عَنْ أَنَسٍ قَالَ: نَهَى نَبِيُّ اللهِ أَنْ يَتَزَعْفَرَ الرَّجُلُ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam erkak kishi za’faron chaplab olishidan nahiy qildilar» (Beshovlari rivoyat qilganlar).

Sharh: ushbu rivoyatdagi za’faron chaplashdan murod, badanga va kiyimga yoki ikkisidan biriga chaplashdir. Za’faron sariq rangli bo‘lib, u rang boshqa dindagilarning shiori, alomat-belgisi bo‘lganidan shundoq nahiy bo‘lgan, bundan tashqari qip-qizil kiyim kiyish ham mumkin emas, deydilar ulamo ahli.

لَقَدۡ خَلَقۡنَا ٱلۡإِنسَٰنَ فِيٓ أَحۡسَنِ تَقۡوِيمٖ ٤

«Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik». (Tiyn surasi, 4 oyat).

Demak, inson Alloh taolo yaratgan mavjudotlarning ichida shakl-shamoilda eng go‘zalidir. Ushbu go‘zallikni yanada mukammallashtirish uchun Alloh taolo boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, insonlarga ziynat qilib libos kiyib yurmoqlikni buyurgan. Va uning qonun-qoidalarini shar’iy jihatdan belgilab bergan. Kimki mazkur shariat qoidalariga rioya qilmasdan kiyinadigan bo‘lsa, Alloh yaratgan go‘zal suratni o‘zining qo‘li ila sun’iy holda o‘zgartirgan bo‘ladi, natijada dunyodagi eng xunuk mavjudotga aylanadi.

يَٰبَنِيٓ ءَادَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمۡ عِندَ كُلِّ مَسۡجِدٖ . ٣١

«Ey Odam bolalari, har bir ibodat chog‘ida o‘z ziynatingizni oling» (A’rof surasi, 31-oyat).

Mazkur oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitib yurishlikni buyurishlik bilan birga libosni ziynat deb atadi. Haqiqatan ham libos o‘z o‘rnida ziynat, qolaversa, insonning tanasidagi nuqsonlarini berkitib turuvchi, uni issiq va sovuqdan himoyalovchi, boshqa mavjudotlardan farqini va afzalligini ko‘rsatib turguvchi vositadir. Undan tashqari, libos insonning jinsini (erkak va ayolligini), qaysi yurt, millat va elat hamda qanday din vakili ekanini, hattoki uning yosh-keksaligini, maqomu martabasini, boy va kambag‘alligini, qaysi soha vakilligini bildirib turuvchi omildir. Shundan kelib chiqqan holatda har bir soha vakillarining, xossatan erkak va ayollarning o‘zlariga xos va mos tashqi ko‘rinishlari (kiyimlari) bo‘lishi kerak. Aks holda, libos o‘zining vazifasini bajarmagan bo‘lib, uni kiyuvchisining xalq oldida sharmanda, Allohning huzurida esa osiy bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

«Ommaviy madaniyat» bayrog‘i ostida yurtimizga suqilib kirib kelgan bunday illatlardan qutilmog‘imiz uchun barchamiz birgalikda yuqorida zikri sabablarga qarshi kurashishimiz kerak. Bu borada Alloh taolo barchamizga O‘zi yordamchi bo‘lsin. Omin.

Ishoqjon BeGMATOV,
Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
«To‘xtaboy» jome masjidi imom-xatibi,
«Oltin Qalam» XI Milliy mukofoti sohibi

O’g’il bolalar uchun kiyimlar O’zbekiston bo’yicha

O’g’il bolalar uchun kiyimlar O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar

Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan O’g’il bolalar uchun kiyimlar kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha O’g’il bolalar uchun kiyimlar kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.

Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi O’g’il bolalar uchun kiyimlar uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.

Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi O’g’il bolalar uchun kiyimlar kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha O’g’il bolalar uchun kiyimlar seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.

Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha O’g’il bolalar uchun kiyimlar kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!

Boshqa kategoriyalar

  • Boshqa tibbiy texnikalar
  • Zadvijkalar
  • Atirlar
  • Ona platalar
  • Ko’cha chiroqlari
  • Biologik faol qo’shimchalar
  • Noto’qima oboylar
  • Boshqa uskunalar
  • RLC o’lchagichlari
  • Choyshab to’plamlari
  • Metall darvoza
  • Adapter fitinglar
  • Vityajkalar
  • Tarqatuvchi shitlar
  • Dorivor moylar
  • Serverlar
  • Kompyuter quloqchinlari
  • Ruxlangan quvurlar
  • Boshqa dori vositalari
  • Yorqin shiftlar

O’g’il bolalar oyoq kiyimlari

Oʻlchamlar

  • 17 (6)
  • 20 (4)
  • 28 (27)
  • 18 (8)
  • 19 (7)
  • 29 (16)
  • 21 (5)
  • 22 (10)
  • 23 (6)
  • 24 (12)
  • 25 (8)
  • 26 (24)
  • 31 (29)
  • 27 (22)
  • 32 (42)
  • 33 (44)
  • 30 (22)
  • 34 (50)
  • 35 (39)
  • 36 (35)
  • 37 (18)
  • 38 (13)
  • 39 (9)
  • 40 (5)
  • 20-21 (1)
  • 37,5 (1)
  • No brand (43)
  • Tirenti club (41)
  • LCW (22)
  • Buddy Dog (20)
  • Ralf Ringer (17)
  • BKG Kids (13)
  • Веселый мишка (11)
  • Tchibo (5)
  • Zara (5)
  • BASCONI (4)
  • TGA (4)
  • Puma (3)
  • H&M (3)
  • Rider (3)
  • TEX (3)
  • Cool Club (3)
  • COLE HAAN (3)
  • BIMKO D (3)
  • Spiderman (2)
  • Reserved (2)
  • Matalan (2)
  • X-Kids (2)
  • Miqi&Lading (2)
  • Adidas (2)
  • Crocs (2)
  • LC Waikiki (2)
  • LA COLLECTION (2)
  • KENGURU (2)
  • Arena (1)
  • Belsta (1)
  • Birkenstock (1)
  • Yellow Kids (1)
  • BJK (1)
  • Under Armour (1)
  • BUKA (1)
  • The Children’s Place (1)
  • Carter’s (1)
  • Chicco (1)
  • Smart Frog (1)
  • Cropp (1)
  • Mango (1)
  • George (1)
  • Hot Tuna (1)
  • Reebok (1)
  • Impidimpi (1)
  • Polaris (1)
  • Kinetix (1)
  • Max (1)
  • М+Д (1)

Brend mamlakati

  • Xitoy (76)
  • Turkiya (33)
  • Rossiya (17)
  • Germaniya (14)
  • AQSh (13)
  • Angliya (7)
  • Oʻzbekiston (5)
  • Ispaniya (3)
  • Koreya (2)
  • Polsha (2)
  • Ukraina (1)
  • Shvetsiya (1)
  • Italiya (1)
  • Avstraliya (1)

Ishlab chiqarilgan mamlakat

  • Xitoy (41)
  • Rossiya (16)
  • Germaniya (7)
  • Turkiya (6)
  • Oʻzbekiston (5)
  • Vyetnam (4)
  • Braziliya (2)
  • Polsha (1)
  • Kambodja (1)
  • Indoneziya (1)
  • qora (74)
  • koʻk (51)
  • qizil (22)
  • oq (20)
  • jigarrang (18)
  • kulrang (16)
  • toʻq koʻk (10)
  • yashil (8)
  • turli gang (7)
  • havorang (7)
  • sariq (5)
  • kombinatsiyalangan (4)
  • olovrang (3)
  • Navy (3)
  • binafsharang (1)
  • qirmizi (1)
  • och kulrang (1)
  • Ментол (1)
  • toʻq qizil (1)
  • xaki (1)
  • pushti (1)

Poyabzal turi

  • kundalik (106)
  • maktab (28)
  • sport uchun (17)
  • bitiruv kechasi (2)
  • oqshom modasi (2)
  • tungi bazm (1)
  • ofis (1)
  • Bolalar uchun
  • Oʻgʻil bolalar uchun
  • Poyabzal