Press "Enter" to skip to content

Qanday kitoblarni o‘qish bo‘yicha maslahatlar

Siz yana qanday maslahatlarni qo‘shgan va qaysilarini olib tashlagan bo‘lardingiz? Fikringiz bilan o‘rtoqlashing.

Ҳар бир киши ўқиб чиқиши керак бўлган 100 та китоб

info.islom.uz сайти ижтимоий тармоқларда ўтказилган сўровномалар асосида ҳар бир ўзбек ўқиб чиқиши тавсия қилинадиган китоблар рўйхатини аниқлади. Унга кўра, ҳар бир киши ўқиб чиқиши керак бўлган китоблар қуйидагилардир:

1. Қуръони каримга оид китоблар (Тафсири Ҳилол, Тафсири Ирфон, Қуръони карим маъноларининг таржималари).
2. Ҳадис китоблари (Олтин Силсила, Ҳадис ва Ҳаёт, Риёзус-солиҳийн ва бошқа ҳадис китоблари).
3. Ўзбек давлатчилигига оид китоблар (Конституция, Президент асарлари, қонунлар ва ҳ.к.).
4. Ҳазрати Алишер Навоий ва бошқа мумтоз адабиётимизга тегишли асарлар.

Шунингдек қуйидаги китоблар ҳам тавсия этилди:

5. Ал-Адаб Ал-Муфрад (Имом Бухорий).
6. Мухтасарул виқоя (Кифоя) (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
7. Ибодати Исломия (Аҳмад Ҳодий Мақсудий).
8. Сунний ақидалар (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
9. Пайғамбарлар тарихи Ислом тарихидир (Раҳматуллоҳ Обидов).
10. Ўткан кунлар, Меҳробдан чаён (Абдулла Қодирий).
11. Туркистон қайғуси (Алихонтўра Соғуний).
12. Қазо бўлган намоз (Хуршид Дўстмуҳамммад).
13. Бобурнома (Заҳириддин Муҳаммад Бобур).
14. Иқрорнома, Уруш ва тинчлик (Лев Толстой).
15. Юлдузли тунлар, Аждодлар довони (Пиримқул Қодиров).
16. Тарихи Муҳаммадий (Алихонтўра Соғуний).
17. Граф Монте Кристо (Александр Дюма).
18. Робинзон Крузо ва унинг саргузаштлари (Даниел Дефо).
19. Уста ва Маргарита (Михаил Булгаков).
20. Шум бола (Ғафур Ғулом).
21. Шоҳнома (Фирдавсий).
22. Анбиёлар қиссаси (Рабғузий).
23. Менинг Доғистоним (Расул Ҳамзатов).
24. Калила ва Димна.
25. Саодат асри қиссалари (Лутфий Қозончи)
26. Жаннатга йўл (Абдулла Орипов).
27. Мўъжизалар содир бўлмайди (Ли Мён Бак).
28. Мантиқут тайр (Фариддиддин Аттор).
29. Америка фожиаси (Теодор Драйзер).
30. Жиноят ва жазо (Достоевский).
31. Девони ҳикмат (Аҳмад Яссавий).
32. Қобуснома (Кайковус).
33. Болалик (Ойбек).
34. Дафтар ҳошиясидаги битиклар (Ўткир Ҳошимов).
35. Одамийлик мулки (Тоҳир Малик).
36. Кичик шаҳзода (Антуан де Сент Экзюпери).
37. Фозил кишилар шаҳри (Форобий).
38. Ошкора қотиллик қиссаси (Габриэл Маркес).
39. Кафансиз кўмилганлар (Шукрулло).
40. Руҳий тарбия, Хислатли ҳикматлар шарҳи (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
41. Асрга татигулик кун, Қиёмат, Жамила, Оқ кема (Чингиз Айтматов).
42. Қайнона, Ўгай она (Лутфий Қозончи).
43. Бу дунёда ўлиб бўлмайди, От кишнаган оқшом, Отамдан қолган далалар, Ойдинда юрган одамлар (Тоғай Мурод).
44. Хулофои рошидийн (Ризоуддин ибн Фаҳруддин).
45. Оиша розиаллоҳу анҳо (Абдулҳамид Таҳмоз).
46. Гуноҳи кабиралар (Имоми Заҳабий).
47. Шамоили Муҳаммадия (Термизий).
48. Мен ким соҳибқирон Амир Темур (Марсел Брион).
49. Нурул яқин (Хузарий).
50. Фиқҳул акбар (Абу Ҳанифа).
51. Таҳовий ақидаси (Таҳовий)
52. Иҳё улумуддин (Имом Ғаззоллий).
53. Темур тузуклари (Соҳибқирон Амир Темур).
54. Икки эшик ораси, Дунёнинг ишлари (Ўткир Ҳошимов).
55. Нур ва соялар (Р. Тагор).
56. Саёҳатнома (ибн Батута).
57. Муму (Иван Тургенев).
58. Чўлпон шеърлари.
59. Бахтиёр оила, Ижтимоий одоблар (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
60. Жудолик диёри (Мурод Мансур).
61. Риёзиёт ун-нафс (Имом Ғаззолий).
62. Қутадғу билиг (Юсуф Хос Ҳожиб).
63. Инсон ҳусни (Мирзакалон Исмоилий).
64. Иймон (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
65. Аждодларимиз фожиаси (Миркарим Осим).
66. Танбеҳул ғофилийн (Абу Лайс Самарқандий).
67. Сўнгги ўқ (Тоҳир Малик).
68. Ҳалол нимаю ҳаром нима (Тоҳир Малик).
69. Раҳиқ ал-махтум (Сафийюр Раҳмон Муборакфурий).
70. Очиқ хат, Дин насиҳатдир, Васатия, Ихтилофлар, сабаблар ва ечимлар (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф).
71. Тил номуси (Аҳмад Аъзам).
72. Гулистон ва Бўстон (Саъдий).
73. Жалолиддин Румий (Радий Фиш).
74. Шавкат Раҳмон шеърлари.
75. Қатлнома (Набижон Боқий).
76. Маҳтумқули шеърлари.
77. Жимжитлик, Уфқ (Саид Аҳмад).
78. Ёлғизликнинг юз йили (Габриэл Маркес).
79. Ал-кимёгар (Пауло Коэльо).
80. Шайтанат (Тоҳир Малик).
81. Тазкират ул-авлиё (Фариддин Аттор).
82. Қўшчинор чироқлари (Абдулла Қаҳҳор).
83. Ўкинма (Доктор Оиз Қарний).
84. Минг бир кеча.
85. Фауст (Гёте).
86. XXI асрда Ислом ва постмодерн дунёда қиблани топиш (Тимоти Ж Уинтер).
87. Ичиндаги ичиндадир (Жалолиддин Румий).
88. Сабот ул-ожизийн (Сўфи Оллоҳёр).
89. Мукошафатул қулуб (Имом Ғаззоллий).
90. Уламолар наздида вақтнинг қадри (Абдул Фаттоҳ Абу Ғудда).
91. Шерлок Холмс саргузаштлари (Артур Конон Дойл).
92. Фаренгейт бўйича 451 градус (Рей Бредбери).
93. Кулаётган одам (Виктор Гюго).
94. Судхўрнинг ўлими (Садриддин Айний).
95. Бу тоғлар улуғ тоғлар (Эврил Турон).
96. Сариқ аждар ҳамласи (Манноп Эгамбердиев).
97. Муваффақият калити (Дейл Карнеги).
98. Маснавий маънавий (Жалолиддин Румий).
99. Жараён (Франц Кафка).
100. Иймонлашиш умиди, Ов (Тоҳир Малик).

Абу Муслим тайёрлади

Latest from Administrator

  • Ҳажга боролмаганлар учун тавсия
  • Мусибатлар: синовми ёки жазо?
  • Инсонларга ўзи нима бўлди?
  • Виждон ёки ҳамён?
  • Ўзингиздан уяласизми?

Qanday kitoblarni o‘qish bo‘yicha maslahatlar

O‘zbekistonda talabalik paytlarim salkam 3 yil maktab va kollejlarda o‘qituvchilik qilganman. Qaysi sinfga darsga kirmay, mana shunday savol berardim:

– Orangizda 100 ta kitob o‘qigan bormi? 50 ta? 10 ta? 5ta? 3ta? 1?

Afsuski, birinchi ko‘tarilgan qo‘llar 5 tacha bo‘lar, aksar o‘quvchilar umuman kitob o‘qimagan bo‘lib chiqardilar. Men iloji boricha ulardan kitobsevarlar yaratishga harakat qilardim.

O‘sha vaqtlardan beri kitobxon do‘stlarimga beradigan maslahatlarimni quyida ro‘yxat qilib chiqdim.

Kitobxon do‘stlarimga maslahatlarim:

1. Kitoblar dunyosiga endi kirib kelayotgan bo‘lsangiz, kichikroq hikoyalar to‘plamlaridan boshlang.

2. Tajribali kishilar bilan maslahatlashib, avvalo yengil va qiziqarli uslubda yozadigan mualliflar asarlarini tanlang. «O‘tkan kunlar» yoki «Mehrobdan chayon» kabi asarlardan boshlash sizni toliqtirib qo‘yishi va oqibatda, kitoblardan bezillab qolishingiz mumkin.

3. Agar turganda ham, o‘tirganda ham – har qanday holatda kitob o‘qiyveradigan «kitobparastlar» safiga kirib ulgurmagan bo‘lsangiz, kitob o‘qish uchun maxsus vaqt va joy belgilab oling, kitobxonlik odatga aylangach esa, bunga ehtiyojingiz qolmasligi mumkin.

4. Ba’zida boshqalarga kitoblar o‘qib bering yoki birovlar sizga o‘qib berishlarini so‘rang.

5. Juda band bo‘lsangiz, audiokitoblarni tinglashni odat qiling.

6. Duch kelgan kitobni o‘qiyvermang, tanlang! Ba’zi asarlar vaqtingizni sarflashingizga arzimaydi.

7. Ur-yiqit va mafiyalar, o‘g‘rilar va fohishalar, uyatsiz voqealarni kitobning asosiy mavzusiga aylantirib olgan yozuvchilar, odatda, talantsiz va mehnat qilishni xohlamaydigan, faqat kitob sotishu yozuvchi degan nom orttirish uchun harakat qilib yurgan kimsalardir. Unday kitoblardan qalbingiz va ongingizni himoya qiling, vaqtingizni va pulingizni isrof qilmang.

8. Yangi tillar o‘rganing. Bir tilni o‘rganib bitirmaguningizcha bunday o‘ylamasligingiz mumkin, biroq, ishoningki, til o‘rganish juda ham oson. Tillar kalitlarga o‘xshaydi, har bir til siz uchun yangi olamlar eshiklarini ochadi. Arab tilini o‘rgansangiz, Allohning Kitobini tushunadigan bo‘lasiz, tafsirlarni o‘qib, birgina oyat zamirida qanchadan-qancha hikmatlar yotganini bilgach, Qur’onni qalbingiz rohat olib o‘qiydigan, tinglaydigan bo‘lasiz. Arab tilida Islom ulamolari va mutafakkirlari tomonidan 1400 ichida deyarli barcha ilmlarga oid buyuk kitoblar yozilgan, ularni o‘qish imkonini qo‘lga kiritishingiz bilan hayotingiz tubdan o‘zgarib ketadi! Infliz tilini o‘rganing, butun dunyodagi deyarli barcha asarlar uchun eshikni ochasiz. Rus tilini o‘rganing, siz rus madaniyati bilan hamnafas yashaysiz, o‘rganish oson bo‘ladi. Natijada ko‘plab o‘ziga xos, boshqa biror millat adabiyotida topilmaydigan ajoyib kitoblarni o‘qishga muyassar bo‘lasiz. Boshqa qaysi tilni o‘rganishga qodir bo‘lsangiz, albatta, o‘rganing.

9. Ko‘p maqolalar o‘qing, badiiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy va boshqa yo‘nalishlardagi tahliliy maqolalarni ko‘p mutolaa qiling.

10. Kitoblar haqida xulosalaringiz, fikrlaringizni yozib qo‘yishni odat qiling. Ustozimiz Omonulla Madayev aytardilarki, qariganingizga o‘sha yozganlaringizning har bir satri siz uchun oltindek qadrli bo‘lib qoladi.

11. O‘nlab xalqaro va milliy (hamda biror tilga oid) badiiy asarlar mukofotlari bor (List of literary awards deb qidirsangiz, topasiz), har yili shu mukofotlarni qo‘lga kiritgan kitoblardan tanlab hech bo‘lmasa 2-3 tasini o‘qib yuring.

12. She’riyatdan uzoqlashmang. Afsuski, zamonamiz yoshlarida she’r o‘qish yoki yozish bachkanalik deb qaraladigan bo‘lib qolgan. Bu, shubhasiz, katta xatodir. She’riyat o‘quvchining fasohatini oshiradi, unga o‘qiyotgan narsasidan ta’sirlanishni o‘rgatadi. Iloji boricha mumtoz adabiyot, xususan, Navoiy, Ogahiy kabi buyuk shoirlar she’rlaridan ko‘proq o‘qing, ularning mavzulari oddiyroqdek tuyulsa ham, so‘z boyligingiz oshishi uchun ko‘p foydali bo‘ladi. Zamonaviy she’riyatdan esa, iloji boricha, mavzusiga qarab tanlang. Shavkat Rahmon kabi so‘z san’atini «o‘ldim-kuydim»larga isrof qilmagan buyuk shoirlarni ko‘proq o‘qing. Ko‘p she’r yodlang.

13. Kitobxonlar to‘garaklari, majlislari va jamiyatlariga a’zo bo‘ling, shunday yig‘inlar tashkillashtiring. Atrofingizda kitobsevarlar ko‘p bo‘lishi kitobxonlikka muhabbatingiz va rag‘batingizni oshirishi bilan birga, sizga o‘zingiz bilan hamdard, hamfikr do‘stlar orttirish imkonini beradi.

14. Biz kinofilmlar asrida yashayapmiz, siz o‘qimoqchi bo‘lgan kitob kinolashtirilgan bo‘lsa, kinoni ko‘rishga shoshmang, avvalo, kitobni o‘qing. Kinolar sizni kitob o‘qishdan qaytarib qo‘yishi, qolaversa, sizning o‘qish jarayonidagi tasavvuringizni cheklab qo‘yishi mumkin.

15. Iloji boricha asarlarning tarjimalarini emas, aslini o‘qishga harakat qiling. Agar til bilmasangiz, zarari yo‘q, biroq bir necha tarjimalar bo‘lsa, o‘zi yozuvchi yoki shoir bo‘lgan tarjimonlarning tarjimalarini tanlang. Agar kitob yozilgan tilni tushunsangizu, biroq tarjima qilingan tilda o‘qish qulayroq bo‘lsa, tarjimadan bir parcha o‘qib, keyin aslidan o‘sha parchani o‘qing, agar bu uslub sizni urintirib qo‘ymasa, kitobni shu yo‘sinda o‘qib chiqing. Bu uslub tilni juda tez o‘rganishingizga ham yordam beradi.

16. O‘zingizni E-reader (elektron kitoblar saqlash va o‘qish jihozlari)dan foydalanishga o‘rgating. Sababi, minglab ajoyib kitoblar borki, siz ularni sotib ololmasligingiz mumkin, iPad kabi tabletlar, telefonlar ko‘zingizni toliqtiradi, Kindle yoki Kobo kabi e-reader’lar esa o‘qishni ancha osonlashtiradi (men bularning farqi nimada ekani, e-reader’lar boshqa tabletlardan farqli ravishda ko‘zni toliqtirmasligining sabablarini texnik detallari bilan bilmayman, biroq ikkalasidan ham foydalanuvchi shaxs sifatida o‘z tajribamdan aytyapman).

17. Shayxiy kutubxonangizni yarating. Iloji boricha, o‘qiydigan kitoblaringizni sotib olishga harakat qiling.

18. Kutubxonalarga a’zo bo‘ling.

19. Kitoblardan yaxshiliklarni olish va yomonliklarni uloqtirishni o‘rganing. Har qanday asarni o‘qishda ichki filteringiz, vijdoningiz va aqlingiz tarozisi bilan tahliliy yondashadigan bo‘ling.

20. Kitob o‘qish, ayniqsa, badiiy kitoblar mutolaasi asosiy emas, ikkilamchi ish ekanini unutmang. Bilingki, ibodatlari, o‘qishi yoki ishi qolib, badiiy kitob o‘qib o‘tiruvchi bilan, ishlamay, kino ko‘rib o‘tiruvchi o‘rtasidagi farq uncha ham katta emas, ikkalasi ham dangasalikning umumiy doirasidan chiqmaydi. Kitob o‘qish sizni yaxshiroq musulmon, yaxshiroq inson, kuchliroq mutaxassis qilsin, hayotingizga ta’siri ijobiy bo‘lsin, agar aksincha bo‘layotganini sezsangiz, to‘xtang va prioritetlaringizni aniqlab oling.

Siz yana qanday maslahatlarni qo‘shgan va qaysilarini olib tashlagan bo‘lardingiz? Fikringiz bilan o‘rtoqlashing.

O’qilishi kerak bo’lgan 100 kitob ro’yxati

info.islom.uz sayti ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazilgan so’rovnomalar asosida har bir o’zbek o’qib chiqishi tavsiya qilinadigan kitoblar ro’yxatini aniqladi. Unga ko’ra, har bir kishi o’qib chiqishi kerak bo’lgan kitoblar quyidagilardir:

1. Qur’oni karimga oid kitoblar (Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfon, Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari).
2. Hadis kitoblari (Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Riyozus-solihiyn va boshqa hadis kitoblari).
3. O’zbek davlatchiligiga oid kitoblar (Konstitutsiya, Prezident asarlari, qonunlar va h.k.).
4. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar.

Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi:

5. Al-Adab Al-Mufrad (Imom Buxoriy).
6. Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
7. Ibodati Islomiya (Ahmad Hodiy Maqsudiy).
8. Sunniy aqidalar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
9. Payg’ambarlar tarixi Islom tarixidir (Rahmatulloh Obidov).
10. O’tkan kunlar, Mehrobdan chayon (Abdulla Qodiriy).
11. Turkiston qayg’usi (Alixonto’ra Sog’uniy).
12. Qazo bo’lgan namoz (Xurshid Do’stmuhammmad).
13. Boburnoma (Zahiriddin Muhammad Bobur).
14. Iqrornoma, Urush va tinchlik (Lev Tolstoy).
15. Yulduzli tunlar, Ajdodlar dovoni (Pirimqul Qodirov).
16. Tarixi Muhammadiy (Alixonto’ra Sog’uniy).
17. Graf Monte Kristo (Aleksandr Dyuma).
18. Robinzon Kruzo va uning sarguzashtlari (Daniel Defo).
19. Usta va Margarita (Mixail Bulgakov).
20. Shum bola (G’afur G’ulom).
21. Shohnoma (Firdavsiy).
22. Anbiyolar qissasi (Rabg’uziy).
23. Mening Dog’istonim (Rasul Hamzatov).
24. Kalila va Dimna.
25. Saodat asri qissalari (Lutfiy Qozonchi)
26. Jannatga yo’l (Abdulla Oripov).
27. Mo”jizalar sodir bo’lmaydi (Li Myon Bak).
28. Mantiqut tayr (Fariddiddin Attor).
29. Amerika fojiasi (Teodor Drayzer).
30. Jinoyat va jazo (Dostoevskiy).
31. Devoni hikmat (Ahmad Yassaviy).
32. Qobusnoma (Kaykovus).
33. Bolalik (Oybek).
34. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O’tkir Hoshimov).
35. Odamiylik mulki (Tohir Malik).
36. Kichik shahzoda (Antuan de Sent Ekzyuperi).
37. Fozil kishilar shahri (Forobiy).
38. Oshkora qotillik qissasi (Gabriel Markes).
39. Kafansiz ko’milganlar (Shukrullo).
40. Ruhiy tarbiya, Xislatli hikmatlar sharhi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
41. Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Jamila, Oq kema (Chingiz Aytmatov).
42. Qaynona, O’gay ona (Lutfiy Qozonchi).
43. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi, Ot kishnagan oqshom, Otamdan qolgan dalalar, Oydinda yurgan odamlar (Tog’ay Murod).
44. Xulofoi roshidiyn (Rizouddin ibn Fahruddin).
45. Oisha roziallohu anho (Abdulhamid Tahmoz).
46. Gunohi kabiralar (Imomi Zahabiy).
47. Shamoili Muhammadiya (Termiziy).
48. Men kim sohibqiron Amir Temur (Marsel Brion).
49. Nurul yaqin (Xuzariy).
50. Fiqhul akbar (Abu Hanifa).
51. Tahoviy aqidasi (Tahoviy)
52. Ihyo ulumuddin (Imom G’azzolliy).
53. Temur tuzuklari (Sohibqiron Amir Temur).
54. Ikki eshik orasi, Dunyoning ishlari (O’tkir Hoshimov).
55. Nur va soyalar (R. Tagor).
56. Sayohatnoma (ibn Batuta).
57. Mumu (Ivan Turgenev).
58. Cho’lpon she’rlari.
59. Baxtiyor oila, Ijtimoiy odoblar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
60. Judolik diyori (Murod Mansur).
61. Riyoziyot un-nafs (Imom G’azzoliy).
62. Qutadg’u bilig (Yusuf Xos Hojib).
63. Inson husni (Mirzakalon Ismoiliy).
64. Iymon (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
65. Ajdodlarimiz fojiasi (Mirkarim Osim).
66. Tanbehul g’ofiliyn (Abu Lays Samarqandiy).
67. So’nggi o’q (Tohir Malik).
68. Halol nimayu harom nima (Tohir Malik).
69. Rahiq al-maxtum (Safiyyur Rahmon Muborakfuriy).
70. Ochiq xat, Din nasihatdir, Vasatiya, Ixtiloflar, sabablar va echimlar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
71. Til nomusi (Ahmad A’zam).
72. Guliston va Bo’ston (Sa’diy).
73. Jaloliddin Rumiy (Radiy Fish).
74. Shavkat Rahmon she’rlari.
75. Qatlnoma (Nabijon Boqiy).
76. Mahtumquli she’rlari.
77. Jimjitlik, Ufq (Said Ahmad).
78. Yolg’izlikning yuz yili (Gabriel Markes).
79. Al-kimyogar (Paulo Koelo).
80. Shaytanat (Tohir Malik).
81. Tazkirat ul-avliyo (Fariddin Attor).
82. Qo’shchinor chiroqlari (Abdulla Qahhor).
83. O’kinma (Doktor Oiz Qarniy).
84. Ming bir kecha.
85. Faust (Gyote).
86. XXI asrda Islom va postmodern dunyoda qiblani topish (Timoti J Uinter).
87. Ichindagi ichindadir (Jaloliddin Rumiy).
88. Sabot ul-ojiziyn (So’fi Ollohyor).
89. Mukoshafatul qulub (Imom G’azzolliy).
90. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G’udda).
91. Sherlok Xolms sarguzashtlari (Artur Konon Doyl).
92. Farengeyt bo’yicha 451 gradus (Rey Bredberi).
93. Kulayotgan odam (Viktor Gyugo).
94. Sudxo’rning o’limi (Sadriddin Ayniy).
95. Bu tog’lar ulug’ tog’lar (Evril Turon).
96. Sariq ajdar hamlasi (Mannop Egamberdiev).
97. Muvaffaqiyat kaliti (Deyl Karnegi).
98. Masnaviy ma’naviy (Jaloliddin Rumiy).
99. Jarayon (Frants Kafka).
100. Iymonlashish umidi, Ov (Tohir Malik).