O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T, Shodmonov E, Eshturdiyeva G, 2017
O’qiymiz kuch yetguncha.
Bir soatlik dars ishlanma
Bir soatlik dars ishlanma. Boshlang`ich sinflar uchun.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.
Просмотр содержимого документа
«Bir soatlik dars ishlanma»
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Namangan viloyat
xalq ta’limi boshqarmasi
Namangan tuman xalq ta’limi
bo‘limiga qarashli
3–sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
kuchkarоva sоkinaning
matematika fanidan bir sоatlik
Namangan tumani
Ushbu dars ishlanmasi Namangan tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kuchkarоva Sоkina tomonidan tayyorlangan.
Muallif: Kuchkarоva Sоkina – Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Muharrir: M.Nasriddinоva – Namangan tuman xalq ta’limi bo’limi boshlang’ich ta’lim uslubchisi
Taqrizchi: M.Davlatоva – Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining bоshlang’ich sinf o’qituvchisi
Mazkur dars ishlanmasi Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta`lim maktabi bоshlang’ich sinflar uslubiy birlashmasining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan vilоyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin.
Mavzu: Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish.
(o’zaro teskari masala) 439-441- misol va masala.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga koordinata burchagi haqida ma’lumot berish. Geometrik shakllarni yuzini topish haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Harakatga doir masalalar yechish. Murakkab tenglamalar yechish malakalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni kasbga yo’naltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zukkolik va topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini didaktik, mantiqiy o’yinlar orqali mustahkamlash, matematika faniga qiziqishlarini orttirish. Mustaqil firklash, jamoa bo’lib, do’stona ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilishga o’rgatish.
TK1: Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.
TK2: Axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarning bir tiridan boshqa ko’rinishga o’tkaza olish.
TK4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
FK1: O’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlarni hosil qila olish.
FK2: O’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga oid misol, masalalarni keltira olish, bajara olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Tushuntirish, aqliy hujum, musobaqa, mustaqil ish.
Dars jihoji: Darslik, tarqatmalar, didaktik materiallar, AKT, slayd.
4.Siyosiy daqiqa o’tkazish.
5.Guruhlarga bo’lish, nomlash.
O’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash
1.O’tgan mavzuni takrorlash.
3.Uy vazifasini tekshirish.
Yangi mavzu bayoni
1.Yangi mavzuni tushuntirish.
2.”O’ylab top” o’yini orqali 439-masalani og’zaki bajarish.
3. 440- masalani bajarish.
4. 441-masalani bajarish.
Yangi mavzuni mustahkamlash
1.”Archani bezat” o’yinini o’tkazish.
3. Mantiqiy boshqotirmani yechish.
1.Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.
2.G’olib guruhni aniqlash
Uyga vazifa berish
Uyga vazifa berish.
2. 442-misolni bajarish
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashiladi.
O’qituvchi: Salom, aziz bolalarim,
Gul-u rayhon, lolalarim.
Qani tinglang so’zlarim,
Dono o’g’il- qizlarim.
Ona yurt egasi- siz,
Istiqlol ertasi – siz.
Bo’ling aqlu rasolar,
Ham bilimdon donolar.
O’quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul- lolamiz.
Ota – ona izmidan,
Bizlar aslo chiqmaymiz,
Darsga shay o’g’il – qizmiz.
O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammaga yaxshidir.
Qani, ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?
1-o’quvchi: Biz o’qiymiz hozirda
A’lo o’qib, albatta,
Olim bo’lish niyatda.
2-o’quvchi: Biz 30 ta o’quvchimiz
13 tamiz gul- g’uncha.
O’qiymiz kuch yetguncha.
1-o’quvchi: 2019-yilning oxiri bo’lgan – Dekabr oyining 19- kuniga ham yetib keldik.
2- o’quvchi: Biz o’rgangan bilimlarni o’zimizga shior bildik.
1-guruh: A’lochilar sinfi bu
Chakki emas ishimiz.
Biz sinfda to’planganmiz,
2-guruh: Biz sinfda anchamiz,
Lekin zo’r sinfchamiz.
Bo’sh kelmaymiz darslarda,
Biz “5” chimiz, “4” chimiz.
3-guruh: Qanot bog’lab parvozga,
Sinfimiz gul bog’imiz,
Ko’p do’st-u o’rtog’imiz.
4-guruh: Maktabda doim
5-guruh: Sport mashqlarin
Bo’lar sog’ tanda.
Tinglayin bir so’zingizni.
Barcha: Dunyolarni egallab
Cho’qqilarga chiqdik biz.
Qo’llar beshta tashabbus.
1-guruh: Musiqa chal, she’rlar yoz.
Sen hoxlasang rasm chiz.
Qo’llar beshta tashabbus.
2-guruh: Sport bilan shug’ullan,
Boks, tennis, suvda suz.
Qo’llar beshta tashabbus.
3-guruh: Kompyuter asri bu,
Kerakli dasturlar tuz.
Xalqqa tegsin zo’r foydang,
Qo’llar beshta tashabbus.
4-guruh: Kitob nurdir, limning
Dengizida sho’ng’i, suz.
Qo’llar beshta tashabbus.
5- guruh: Bizda hamma teng erur,
Teng huquqli o’g’il – qiz.
Bo’sh o’tirma, tik, pishir,
Qo’llar beshta tashabbus.
O’qituvchi: Barakalla, o’quvchilar.
Sizlar hozirgi kunda yurtimizda bo’layotgan siyosiy voqealardan ham habardormisiz?
O’quvchilar siyosiy jarayonlar, yangiliklar haqida gapirib beradilar.
O’qituvchi: O’quvchilar, bugungi darsimiz davomida “O’z o’zini baholash” metodidan foydalanamiz. Dars davomida har bir bergan to’g’ri javoblaringiz uchun, mehnat darsida yasagan archa daraxtlaringizga rag’batlarni to’plab borasiz. Dars yakunida archa bezatishda foydalangan rag’batlaringizni jamlab, baholanasiz. Shunday ekan, ko’proq rag’bat olishga harakat qiling.
Qo’limda bor shunday kitob,
Ichin ochsang g’ij-g’ij hisob,
O’qisang gar, qilar hitob;
“Misolim ko’p, javobin top”.
Bilsangiz siz, ayting shut ob,
Ne atalur, ushbu kitob?
Barcha: Matemetika kitobi.
O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga?
Qani ayting-chi, menga?
1-guruh: Sizga, bizga, hammaga
Yoqar ushbu darsimiz.
Bizning zo’r ustozimiz.
2-guruh: Darsimiz riyoziyot
Hisob – kitob qilamiz.
Puxta bilib olamiz.
3-guruh: Matematika kerak bizga,
A’lo o’qish va ishga.
Qo’shishni va ayirishni,
O’rgatadi u bizga.
Hisob – kitobsiz turmush
Aniq – ravshan bo’lmaydi.
5- guruh: Qo’shamiz va olamiz,
Tez va to’g’ri hisoblab,
Ham chiroyli yozamiz.
O’qituvchi: Barakalla , o’qivchilar. Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqqsh kabidir. O’qib – o’rganishdan, izlanishdan hech qachon to’xtab qolmang. Sizlar matematika faniga hissa qo’shgan buyuk allomalarimizdan kimlarni bilasizlar?
O’quvchilar: Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Al – Farg’oniy
-Barakalla, o’quvchilar. Sizlarning orangizda ham buyuk matematiklar, astronomlar, hisobchilar o’tirgandir. Bilim olib, doimo o’z ustingizda ishlang.
O’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash.
Biz o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’tgan edik. Uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Biz o’tgan darsimizda “Harakatga doir masalalar. Yuz o’lchov birliklarini takrorlash” mavzusini o’tganmiz. Uyga vazifa 437-masala, 438-misolni bajarib kelish.
Agar jismlar bir vaqtda bir-biriga qarab yura boshlasa, ular uchrashguncha bir xil vaqt harakatda bo’ladilar.
Masofani topish uchun harakat tezligini vaqtga ko’paytirish kerak bo’ladi.
Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo’lish kerak bo’ladi.
Harakat vaqtini topish uchun masofani tezlikka bo’lish kerak bo’ladi.
Agar samolyot 540 km/soat tezlik bilan uchsa, u 3 soatda qancha masofani bosib o’tadi?
Yechish: 540*3= 1620 km.
Samolyot 3 soatda 1620 km masofani bosib o’tadi.
O’quvchilar navbat bilan doskaga chiqib masala va misollarni yechadilar. Qolgan o’quvchilar daftarlarini tekshirib oladilar.
O’quvchilarga o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun tarqatmali materiallar tarqatiladi. Testni javobini topib, aytadilar.
- 2 kv sm necha kv mm ga teng bo’ladi?
- 200 kv mm
- 10 kv mm
- 2000 kv mm
- 7 kv dm necha kv sm ga teng bo’ladi?
- 100 kv sm
- 700 kv sm
- 70 kv sm
- 11 kv m necha kv dm ga teng bo’ladi?
- 100 kv dm
- 110 kv dm
- 1100 kv dm
- 4 kv km necha kv m ga teng bo’ladi?
- 4 000 000 kv m
- 4 000 kv m
- 40 000 kv m
- 24 kv sm necha kv mm ga teng bo’ladi?
- 240 kv mm
- 24 000 kv mm
- 2400 kv mm
- Bir qishloqdan bir vaqtda bir biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha ?
- Oralaridagi masofa 21 km bo’lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir- biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Ular necha soatdan keyin uchrashdilar?
- Oralaridagi masofa 21 km bo’lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir- biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar. Piyodalardan birining tezligi 3 km/soat. Ikkinchisining tezligini aniqlang.
- 20 dm = 20 dm
- 24 kv dm
- 50 – 4 * x = 14
- 700 kv sm = … kv dm
- 31205 * 3 =
- 74196 : 4 =
- 36 kg 257 gr * 6 =
Fоydalanilgan adabiyotlar: 1. «Bоshlang’ich ta`lim» o’quv qo’llanmasi 2. «Bоshlang’ich ta`lim» jurnali 3. 4-sinf matematika fani metоdik qo’llanma 4. 4-sinf matematika fani darsligi 5. Ish tajribasidan
O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2017
O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2017.
Учебник по чтению для 1 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
O‘zbekiston ulug‘ odamlari — shoir-u olimlari, atoqli davlat arboblari bilan dunyoga mashhur. Amir Temur bobomiz yurtimizda ko‘plab obo don chilik ishlarini amalga oshirgan. Madra salar, saroylar, yo‘llar qur dir gan, bog‘lar barpo qildirgan. Te mur bobo miz har qarich yerni asrash ni ham o‘rgatgan.
Abu Ali ibn Sino.
Ibn Sino dunyoga mashhur hakim va olimdir. Asli ismi Husayn bo‘lgan. Yoshligidan ilmga, tabobatga juda qiziq qan. bobomiz o‘z kitoblari bilan dun yo tibbi yot ilmi ga asos solgan.
Abu Ali ibn Sino davolayotgan bemorla riga shunday degan: «biz uch tarafmiz — men, sen va kasallik. Agar sen men tarafga o‘tib olsang, u yengiladi. Agar u tomonga o‘tib olsang, ikkalangni yengi shim qiyin».
MUNDARIJA.
O‘zbekiston — mening Vatanim.
Vatan — bu. (Po‘lat Mo‘min).
buyuklar vatani (Qutlibeka Rahimboyeva).
Yurt qalqonlari (Dilshod Rajab).
Ota rozi — Vatan rozi (Eson Rahimov).
Suv — shifo (Erkin Malik).
qish (Tursunboy Adashboyev).
Oy allasi (Odil Abdurahmon).
Shamol va quyosh (Ezop).
Vatan (Miraziz A’zam).
Yagonadir Vataning sening (Xurshid Davron).
Bo‘lim yuzasidan takrorlash.
Biz — buyuklar avlodi.
Amir Temur (Muhammad Ali).
Amir Temur o‘gitlari.
G‘azal mulkining sultoni.
Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari.
Alisherning yoshligi (Oybek).
Non isi (Rivoyat).
Abu Ali ibn Sino.
Kitobga mehr (Mirkarim Osim).
buyuk munajjim.
Shoh va shoir.
Ona sabog‘i (G‘iyos Komilov).
Bo‘lim yuzasidan takrorlash.
Ko‘klam — yashnaydi olam bahor kelgach (Tursunboy Adashboyev).
lola (Hamid Olimjon).
Ona allasi (Rivoyat).
Mehribon oyijonim (Po‘lat Mo‘min).
bahor keldi (Vafo Fayzulloh).
bekinmachoq (Anvar Obidjon).
Navro‘z bayrami.
Bo‘lim yuzasidan takrorlash.
Ilm — aql chirog‘i.
Maktab — oftob qo‘shig‘i (Quddus Muhammadiy).
kitobni asrang.
kitobim, jon kitobim (Dilshod Rajab).
O‘quv va bilim haqida (Yusuf Xos Hojib).
Kompyuter.
Yaxshi niyat (Anvar Obidjon).
Aqlli qarg‘a (Abdulla Avloniy).
Bo‘lim yuzasidan takrorlash.
Mustaqil o‘qish uchun.
O‘zbek elim (Odil Abdurahmon).
Musavvir (Erkin Malik).
Yurak (Rivoyat).
quyoshdan erta turib (Yo‘ldosh Sulaymon).
Rivoyat.
Chinor va maysalar (Olloyor Begaliyev).
Ulug‘bek bobom (Po‘lat Mo‘min).
boychechak (Muhtarama).
Otam o‘giti, onam oq suti (Po‘lat Mo‘min).
qushcha (Abdulla Oripov).
buloq va daraxt (Zamira Ibrohimova).
Dil so‘zlari (Habib Rahmat).
Yo‘qolgan ko‘zoynak (Kavsar Turdiyeva).
Hakka va uning bolalari (Ertak).
Olma (To‘lqin Ilhomov).
Arpa-bug‘doy osh bo‘lur (Abdusodiq Irisov)
Oltin quyosh (Miraziz A’zam).
Aql va boylik (Ertak).
Men oromgoh bolasi (Zaynab Begim).
Topishmoqlar.
Tez aytish.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘qish kitobi, 1 sinf, G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу