Press "Enter" to skip to content

Xonatlasning xilma-xil rangi

Chin adib, muallim shonim.

Abdulla Avloniy — milliy uyg‘onish davri o‘zbek pedagogikasining asoschisi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Milliy uyg‘onish harakatining tom ma’nodagi rahnamolari Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi xalqimizning Istiqlol qahramonlariga nisbatan ulug‘ ehtiromining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Jadid maktablari taraqqiyotining yangi davri – bunday maktablar uchun zamon talablariga to‘la javob bera oladigan pedagoglar guruhini tarbiyalab yetishtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, yangi texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish XX yuzyillikning 10-yillaridan ko‘zga tashlana boshladi. Buning uchun endi ushbu maktablarning nazariy asoslarini yara­tish, yangi zamonaviy o‘qitish usullarini ishlab chiqish va ulardan yosh avlod o‘qituvchilarini bahramand qilish kerak edi. Mana shunday buyuk vazifani ado etish zamonasi­ning ulug‘ mutafakkirlari Abdulla Avloniy hamda Abdurauf Fitratlar zimmasiga tushdi.

Abdulla Avloniy – shoir, yozuvchi, dramaturg, publitsist. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat ham uning hayotida muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‘nggi damlarigacha o‘qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‘ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi mumtoz pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX asr zamonaviy o‘zbek peda­gogikasining asoschisi, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‘ygan mutafakkirdir. U faoliyati davomida ko‘plab zamonaviy pedagoglarni, metodist olimlarni tarbiyalab yetishtirdi.

Ma’lumki, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish adabiy o‘qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisob­lanadi. Ko‘rgazmali vosita vazifasini bajaruvchi ifodali o‘qish natijasida asar voqealari, g‘oyasi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. Abdulla Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo‘lsa, asarni tushunib o‘qish, ifodali o‘qish, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko‘p diqqat qiladi. U ifodali o‘qishning bir necha turini ishlab chiqdi. O‘quvchilarning xor bo‘lib o‘qishlarini o‘qituv­chi A.Avloniy dirijyor kabi (chunki u dirijyorlik san’atidan xabardor edi – U.D.) boshqarib borgan. Hur fikrlar bilan ma’rifat maydoniga chiqqan mutafakkir o‘z darslarida ifo­dali o‘qishning ibtidoiy shakllari bilangina cheklanib qolmadi, shu bilan birga, uning yangi, zamonaviy shakllarini ishlab chiqdi.

1910-yillarda Riga shahridagi “Grammofon” jamiyati vakillari O‘rta Osiyo shaharlariga kelib, o‘zbek, qozoq, tojik, turkman xalqlari orasidagi mashhur hofizlarning kuy va qo‘shiqlarini, dostonlarini, xalq maqomlarini yozib oladilar. O‘z zamonasining yirik ma’rifatparvar shoiri, pedagogi Abdulla Avloniy o‘qitishda birinchilardan bo‘lib texnik vositalardan foydalandi. U “Maktabga targ‘ib” she’rini bastakor sifatida alohida diqqat bilan kuyga soladi va o‘quvchilarni xor bo‘lib o‘qishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda u asarni timsollarga bo‘lib o‘qitishga ham alohida e’tibor berdi. So‘ngra 1911-yili bolalar xorini gramplastinkaga yozdirdi. Unda she’rning 4 misrasi ovozi baland ikki o‘quvchi tomonidan o‘qiladi:

Oqil qoshida, millat boshida

Nurlar sochub, yashnab turgan maktab emasmi?

Ilm-u hunarlar, gullar, chamanlar

Yoshlar uchun ochub turgan maktab emasmi?

Ko‘p bolalar musiqa sadolari ostida xor bo‘lib o‘qiy­dilar:

O‘qusun yoshlarimiz, bid’atni tashlarmiz,

Ketsun g‘aflat! Kelsun himmat! Yashasun millat!

Shu tarzda she’rning boshqa qismlari ham kuyga solib o‘qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu “Maktabga targ‘ib” Avloniy o‘quvchilari xori yozilgan noyob plastinka O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zokirjon Sultonov fonotekasida saqlanadi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o‘zbek teatri tashkilotchilaridan edi. Teatr uchun bir necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi.

Uning bu faoliyati o‘z maktabida xor, ifodali o‘qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o‘qish sohasidagi bunday faoliyati tezda Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi.

Mana shunday sharoitda yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan o‘qituvchilarni tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratish uchun dasturulamal bo‘ladigan qo‘llanma kerak edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari Turkiston jadidlarining rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonov hamda ilg‘or pedagoglarning taklifi bilan yaratilgan edi.

To‘g‘ri, Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o‘rinda o‘quvchilarni ko‘zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so‘zlari “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining maqsadini to‘la ifodalaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘b zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”.

Bu so‘zlar o‘quvchilarga emas, kattalarga, ayniqsa, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarga qaratilganligini anglash qiyin emas. Chunki ular kelgusida bularni bolalar — o‘quvchilar ongiga singdirishlari kerak. Shu tariqa, “Turkiy guliston. ” asari buyuk mutafakkir Shayx Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” asariga nazira sifatida yaratilgan.

Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. Avloniyning pedagogika haqidagi ta’rifi ham hozirgi zamon ta’rifiga ancha mos keladi: “Tarbiya – “Peda­gogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur”.

Shu tariqa “Turkiy guliston yoxud axloq” asari ko‘plab pedagoglar tavsiya va takliflariga binoan yaratildi. Asarga bo‘lgan ehtiyojning kattaligi tufayli o‘sha yillariyoq

2 marta — 1913 va 1917-yillarda bosmadan chiqdi. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya’ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq zamondoshlar e’tibori inson hayotida tarbiyaning buyuk ahamiyatiga jalb etilgan. Inson hech qachon yomon bo‘lib tug‘ilmaydi yoki yaxshi odamdangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug‘ilmaydi, farzandning barkamol inson bo‘lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligi ta’kidlanadi.

Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u jamiyat, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan buyuk ijtimoiy ishdir. U shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog‘liq. Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasbi axloqindadur”, demishlar”.

Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uch yo‘nalishga bo‘ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Xalqimiz “sog‘ tanda – sog‘ aql” deganidek, inson uchun avvalo badan (tan) salomat bo‘lmog‘i zarur, badan sog‘ bo‘lgandagina inson uchun zarur bo‘lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun inson badanini ichkilik, ko‘knor, nasha kabi bevaqt zalolatga, tubanlikka eltuvchi, salomatlikka zarar, “ba’zisi harom, ba’zisi makruh” narsalardan asrashi kerak. Bu esa, A.Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko‘tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas’uliyat o‘qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga, har qan­day voqea-hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatining ifodasi bo‘lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o‘rinda o‘qituvchining fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasining har jihatdan yuksakligi o‘quvchilar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o‘quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulq­larni farqlashga, komil inson uchun zarur bo‘lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo‘lishga o‘rgatadi.

Mutafakkir Abdulla Avloniy asarning “Yaxshi xulqlar” bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, shijoat, sabr, intizom, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, iffat, hifzi lison, sadoqat kabi insoniy fazilatlar haqida atroflicha fikr yuritadi, o‘z qarashlarini dalillash uchun Qur’oni karim oyatlaridan, Hadisi sharif da’vatlaridan namunalar, ulug‘ mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Bedil fikrlaridan namunalar keltiradi.

Jadidchilik harakati namoyandalari ham Yevropa ma’rifatparvarlari kabi ilm-ma’rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko‘tardilar, taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘la­yotgan, Qur’oni karim sura va oyatlarini, Hadisi sharif da’vatlarini o‘z manfaatlari yo‘lida buzib talqin qiluvchi mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Shuni ham unutmaslik kerakki, o‘zbek jadid ma’rifatparvarlarini Yevropa ma’rifatparvarlaridan ajra­tib turadigan asosiy jihat shundaki, ularning faoliyati zami­nida millatni Rusiya mustamlakasi zulmidan ozod etish, istiqlol, mustaqillik g‘oyasi yetakchilik qilar, jadid mutafakkirlari olib borgan faoliyat oq va qizil mustamlakachilarga birdek ma’qul emas edi. Shuning uchun ham ular bir umr ta’qib, tazyiq ostida faoliyat ko‘rsatdi va oxir oqibatda qirib tashlandilar.

Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi bevosita insonni ulug‘lash bilan uzviy bog‘lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudotlardan, maxluqotlardan ulug‘ qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodati(saodati dorayn)ga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-ma’rifatni, taraq­qiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana, Abdulla Avloniyning Aqlga bergan ta’rifi: “Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Janobi Haq insonni hayvondan so‘z va aql ila ayirmishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Ey insonlar! Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz”, — demishlar”.

A.Avloniy inson salomatligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri – tozalik haqida alohida bob ajratadi. “Nazofat” deb nomlanuvchi bobda odamni xalq o‘rtasida, hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik, nazofatdir. Inson nafaqat o‘z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitini, shahrini, Vatanini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ifloslik, nopoklik balosidan poklik, nazofat davosi bilan qutulish kerakligini alohida ta’kidlaydi.

A.Avloniy shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlar haqida chuqur ma’noli fikrlar bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e’tiborliroq. Vatan — Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha-necha asrlar davo­mida adabiyot va san’at ahllari e’tiborini o‘ziga maftun etib kelgan. E’tibor bering, 1960-yillarda Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” qasidalari, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’ri o‘zbek xalqi orasida shunchalar aks sado berdiki, hatto sho‘ro maf­kurachilarini talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston bo‘ylab birorta to‘y-u tomosha yo‘q ediki, bu she’rlar to‘lib-toshib yoddan o‘qilmasa yoki qo‘shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyg‘ularini shunchalar junbushga soldi bu she’rlar?! Ongimizga 130 yildan ortiq vaqt davomida o‘zga millat, o‘zga vatan, o‘zga til “buyuk”ligini singdirib keldilar, xalqimiz esa o‘z millati va o‘z ona-Vatani, o‘z ona tili haqida iliq bir so‘zga intiq edi. Vatan va millat tushunchasi jism-u jondir. Shuning uchun ham Abdulla Oripov yozadi:

Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni,

Sababini aytgin desalar menga,

Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin

Men ta’zim qilaman ona xalqimga.

Sho‘rolar hukumati o‘sha vaqtlarda o‘zbek farzandlari ongiga, shuuriga singdirmoqchi bo‘lgan Vatan, Millat, til haqidagi “sovet vatani”, “sovet xalqi”, “buyuk rus tili” kabi soxta tushunchalarni chilparchin qilib tashladi bu she’rlar.

Sho‘rolar davrida oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maktablar uchun tuzilgan bir qancha adabiyot darslik va majmualari muallifi, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi rahmatli otam Subutoy Dolimov bir kuni 25 yil davomida qayta-qayta ishlanib nashr etilgan o‘zi tuzgan 5-sinf “Vatan adabiyoti” darslik-majmuasini ko‘rsatib: “Shu ham “Vatan adabiyoti” majmuasi bo‘ldimi? 65–70 foizi rus adabiyotidan qilingan tarjimalar! Qani endi, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining milliy ruh ufurib turgan eng go‘zal nazmiy va nasriy asarlaridan bolalarimiz uchun majmualar tuzsang!”, deb orzu qilgan edi.

XIX asrning 90-yillarida rus-tuzem maktablarida o‘qiy­digan mahalliy millat bolalari uchun S.Gramenisiyning uch kitobdan iborat “Книга для чтения” (“O‘qish kitobi”) asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiy­ning ruslashtirishga qaratilgan qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug‘lovchi, ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta’rif-tavsif etuvchi o‘nlab nazmiy va nasriy matnlar beril­gan edi. Bu tasodifiy hol emas, aksincha, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan tadbir edi. Darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy va badiiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston. ” asarida “Vatanni suymak” degan bob bor. Unda yosh qalblarda o‘z ona Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor:

Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,

Banga na g‘am, qolur avlodima o‘y-u Vatanim.

G‘ubora do‘nsa g‘amim yo‘q vujud zeri vahm,

Choraki, o‘z Vatanim xokidur go‘ru kafanim.

Tug‘ub o‘san yerim ushbu Vatan vujudim xok,

O‘lursa aslina roje’ bo‘lurmi man g‘amnok.

Ushbu asar yozilgan davrni — Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojey ahvolga tushgan, kelgindilar oyog‘i ostida toptalgan davrni to‘la his qilib, “Vatanni suymak” bobi o‘qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson, hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan g‘oya asar qatlariga singdirib yuborilganligini sezish qiyin emas. Vatan tuprog‘i muqad­das: unda ajdodlarimizning xoklari, kelajak nasllarimizning haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvsi avlodlarga to‘la-to‘kis, ozod, farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo‘ladi. U kelgusida yaratilajak darslik va majmualarda millatparvarlik, vatanparvarlik ruhi barq urib turgan badiiy matnlarni ko‘proq berish kerakligini nazarda tutgan edi.

“Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bir kichik bob “Hifzi lison” (“Til muhofazasi”) deb nomlanadi. Hamma vaqt, hamma ijtimoiy-siyosiy formatsiyada millatning mavjudligini, e’tiborini belgilovchi ko‘zgu — uning tili va adabiyotidir. Ulug‘ san’atkor shoir Abdulhamid Cho‘lpon “Adabiyot o‘lsa, millat o‘lur” deb yozgan edi “Adabiyot nadur?” maqolasida. Har bir inson, birinchi navbatda, o‘z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi, jon kuydirishi kerak. Asar muallifi o‘rinsiz o‘zga til so‘zlarini qo‘shib, aralash-quralash ishla­tishga keskin qarshi chiqadi va buni madaniyatsizlikning yaqqol ko‘rinishi deb biladi. Avloniyning ona tiliga bunday

qarashlari hozirgi kunimizda — mustaqillik davrida ham har bir gapiga, albatta, 2-3 o‘rischa so‘zni qo‘shib gapiruv­chi yoshlarimizga yoki o‘ris tilini durustroq bilmasa-da, radio va televideniye orqali ruscha intervyu beruvchi, o‘rischa gapirishni madaniyat belgisi deb biluvchi, hatto ba’zi bir nodon kattalarga ham to‘la taalluqlidir: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgon oyinayi

hayoti — til va adabiyotidur, — deb yozadi Avloniy. — Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin, kundan-kun unutmak va yo‘qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmi arabiy, forsiy o‘lgani kamlik qilib, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdamiz. Zig‘ir yog‘i solib, moshkichiri qilib aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur”.

Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma’naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta’limning zamini sifatida ona tili o‘qitish masalasiga e’tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma’naviyatni “sut bilan kirgan. ” deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu — jadid mutafakkirlari peda­gogik qarashlarining tub mag‘zini tashkil qiladi. Mahalliy millat bolalari uchun maxsus ochilgan davlat tasarrufidagi rus-tuzem maktablarida ona tili, uning adabiyoti, dini va tarixini o‘qitish masalasiga maxsus e’tibor berilmadi. O‘z tili, dini, madaniyati, tarixidan xabarsiz kichik ma’murlar toifasini tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatining birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar rahnamoligida ochilgan va xalq o‘rtasida katta e’tibor qozongan jadid maktablari mohiyat e’tiboriga ko‘ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham A.Avloniyning ona tiliga nisba­tan buyuk muhabbat bilan aytgan so‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sib kelayotgan yosh (shu bilan birga, hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:

Ey ona til, aziz qadrdonim,

Iltifoti ruhim, rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,

O‘lgunimcha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,

Chin adib, muallim shonim.

Millating ruhini ko‘targuchisan,

Ey muqaddas karamli sultonim.

O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish hamma vaqt ta’lim-tarbiya tizimining birlamchi va asosiy vazifasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida mazkur asarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san’atini egallashga alohida e’tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o‘quvchi ona tilida o‘z fikrini aniq, ta’sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliya­tiga ega bo‘lishi, so‘zning nozik tovlanishlarini his qilishi kerak. Buning uchun esa o‘quvchi ona tilining nozik, go‘zal ifodalarini, nafosatini puxta egallagan bo‘lishi shart. Bu so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma nutq o‘stirish masalasiga ham bevosita taalluqlidir: “Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni (og‘zaki nutqni — U.D.) ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini ko‘rsatadurgon torozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”.

“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining “Yomon xulq­lar” qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini “saodati abadiyadan mahrum qiladigan, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo‘lgan axloqi zamimalar. ” deb ataydi. Asar muallifi kishilarning ham ijobiy, ham salbiy xulqlarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi, ularni mustaqil fikrlashga da’vat etadi. U “Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanalgan yaxshi xulq­larning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini onglab, hazar qilmak lozimdur”, deydi.

Avloniy asarning keyingi bobida g‘azabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri — dushmandan o‘zini, millatini, Vatanini mudofaa qilishda insonning g‘azabi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda g‘azab dushmanga qarshi kurashda unga katta kuch-qudrat bag‘ishlaydi. Ikkinchisi — birovni jabr-zulm yo‘li bilan ishlatish, begunoh odamlarga achchiq va sovuq muomalasi bilan dahshat

solishdan iborat bo‘lgan salbiy xususiyatdir. Hilm — yumshoq tabiatlilik bilan g‘azabning oldini olish mumkin. Avloniy bu haqda Imom Shofe’iy hazratlarining so‘zlarini keltiradi: “Qilich va nayza ila hosil bo‘lmagan ko‘b ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo‘lur. G‘azabning zarari egasiga qaytur”, — demishlar”.

Mutafakkir asarning “Yomon xulqlar” qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e’tiborni qaratadi. Bu “Jaholat” va “Aqsomi jaholat” (“Jaholat qismlari”) boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo‘ladi. Insoniyatning eng g‘addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri — “jahli basit” (oddiy jaholat), ikkinchisi — “jahli murakkab”. “Jahli basit” kasaliga mubtalo bo‘lganlar biror narsani bilmaydilar va bilmasliklarini e’tirof etadilar. Bularning davosi nisbatan oson, ularni o‘qitish, o‘rgatish, bilim berish bilan bu marazdan forig‘ qilish mumkin. “Jahli murakkab” kasaliga duchor bo‘lganlar bilmagan narsalarini bilaman deb da’vo qiladilar. Ularni tuzatish ancha murakkab ish. Jahli murakkab qanchadan-qancha ilm-fan, taraqqiyot fidoyilarini ta’qib-tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi, Ulug‘bekdek buyuk alloma, adolatli podshoh uning qurboni bo‘ldi. “Jahli murakkab” namoyandalari millatni asriy qoloqlikda, jaholatda saqlashda mustamlaka­chilar uchun qurol vazifasini bajardilar. Hatto “jahli murakkab” haqida Munavvarqori Abdurashidxonov maxsus “Bizning jaholat — jahli murakkab” nomli maqola ham yozdi. Unda muallif jaholatparast ulamolarni, ilm-ma’rifatdan yiroq eski maktab va madrasalarni, ularning homiylari­ni qattiq tanqid qildi. Ularning johilligi tufayli Vatanimiz to‘rt yuz yil davomida jahon taraqqiyotidan butkul uzilib qoldi.

Abdulla Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahlil va talqin qilar ekan, bevosita o‘z davri muammolari bilan bog‘laydi, shuning uchun ham asarda davr nafasi ufurib turadi. Mustamlaka Turkistonning fojiali ahvoli, erksizligi, chor hukumatining o‘lkada olib borayotgan dahshatli iqtisodiy siyosati asar qatlariga mohirona singdirib yuborilgan: “Ovrupoliklar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keltirib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berib, sut oshaymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz. So‘zning qisqasi hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say’, bitmas g‘ayrat lozimdur”.

Asarda muallifning o‘zbekcha so‘zlarni nihoyatda

nafis his qilishi ko‘zga yaqqol tashlanadi. A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini zamondoshlari — muallimlarning taklif va istaklarini nazarda tutgan holda, garchi og‘ir bo‘lsa-da, Shayx Sa’diy uslubida yozmoqni muqaddas deb bildi. Sa’diyning “Guliston” asariga chuqurroq razm solsak, hayotdagi salbiy voqea-hodisalarni, yaramas xulqli kishilarni fosh etishda g‘azab-nafrat, kuchli hajv bilan ifodalashdan ko‘ra yengil kulgi, mutoyiba, kinoyadan ustalik bilan foydalanganligining guvohi bo‘lamiz. Buni asar muallifi ulug‘ mutafakkirning o‘zi ham alohida ta’kidlaydi: “. Lekin sohibi dillarning ravshan va musaffo ra’yi oroyishlarig‘a maxfiy va po‘shida qolmasinkim, shofiy mav’izalarning durlardan iborat rishtasig‘a chekmishdururman. Pand va nasihatning talx va achchiq dorusini zarofat va latofat shahdi bila og‘ushta qilmishdururman, tokim qabul davlatidin mahrum va noumid bo‘lub qolmag‘ay. Masnaviy:

Biz nasihat bajoy kelturduk,

Pandin oxirig‘a yetkurduk.

Gar kishi mayl etib quloq solmas,

Bizdin elga poyom bo‘lg‘oyu bas”.

Abdulla Avloniy ham Shayx Muslihiddin Sa’diy kabi har bir bob oxirida o‘z axloqiy qarashlarini xulosalovchi qissadan hissa sifatida 4-5 bayt she’r keltiradi, keskin fosh etuvchi achchiq tanqid, hajv Avloniy asarida ham deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Bu bilan u, birinchi navbatda, norasida bolalarni — o‘quvchilar ruhiyatini, ulardagi yumshoqtabiatlilikni, poklikni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Aslini olganda, buyuk Sa’diyning “Guliston” asari ham tilining nihoyatda samimiyligi, beozorligi tufayli ko‘plab ijodkorlarni o‘ziga maftun etib keldi, necha-necha yuzyilliklar davomida maktab va madrasa o‘quvchi hamda talabalarining asosiy darsligi vazifasini ado etib keldi.

Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini butun Turkiston ziyolilari katta mamnuniyat va qoniqish bilan kutib oldilar, uning targ‘ib-tashviqiga alohida e’tibor berdilar. Ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan bu

noyob, mukammal asarning har bir adabiyot va san’at ahli, muallimlar, umuman, o‘zbek xonadoniga kirib borishini dil-dildan orzu qildilar: “Turkiston viloyatining gazeti”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” gazetalarida ushbu asarni ta’rif-tavsif etuvchi turkum maqolalar e’lon qilindi. Bunga “Turkistonga zo‘r shodlig‘” sarlavhali maqola-taqriz dalil bo‘la oladi: “Ko‘pdan beri kutilgan Turkiston uchun eng kerakli “Turkiy guliston yoxud axloq” ismli axloq kitobi ochiq tilda, Turkiston shevasida Shayx Sa’diy usulida Abdulla Avloniy tarafidan yozilub, toshbosmada bosilub, 132 betdan iborat muhim asar maydonga chiqdi. Har bir adabiyot oshiqlarina, xususan, muallim afandilara biror nusxani tavsiya qilurmiz”. (“Sadoyi” Turkiston” gazetasi, 1914- yil, 24-son).

Darhaqiqat, A.Avloniy ushbu “Turkiy guliston yoxud

axloq” asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdi hamda asar bo‘lg‘usi yosh muallimlarni tarbiyalashda, milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratishda dasturulamal vazifasini bajardi.

pedagogika fanlari doktori

Xonatlasning xilma-xil rangi

1036 Xonatlasdan tikilgan milliy liboslar misoli O‘zbekistonning rang-barang tog‘laridek. Birinchisi ham, ikkinchisi ham o‘zining xilma-xilligi va yorqinligi bilan insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Kamalakdek rang-barang ipak mato madaniy merosga va o‘zbek an’analarining ajralmas qismiga aylandi. O‘zbek milliy kiyimlari orasida xonatlasning bo‘lmasligi iloji yo’q. Ilgari bunday matodan tikilgan kiyimlarni faqat badavlat insonlargina sotib olishi mumkin bo‘lib, shuning uchun ularni “shohona mato” deb atashgan. Biroq bugungi kunda istagan qiz xonatlasdan libos olishga qodir va uni katta tantana yoki “shaharga chiqish” bo‘lishidan qat’iy nazar faxr bilan kiyadi.

Qadim zamonlardan Buyuk Ipak yo‘li O’zbekiston hududi orqali o‘tgan. Xitoydan ipak va ipakli buyumlar keltirilgan. Asta-sekin mahalliy aholi ipak ishlab chiqarishni, shuningdek ipak mato tayyorlashni o‘rgandi. Asrlar davomida to‘qish mahorati va matolarni bo‘yash usuli sirlari katta avloddan yoshlarga o‘tib kelayotgan oilalar bor. Shu tariqa, an’anaviy milliy matolarni tayyorlash sirlari saqlab kelinadi.
Xonatlas asta-sekin Yevropa mamlakatlarida ham insonlarning qalbini zabt eta boshladi. Sanoat davrida bunday matolar fabrika usulida ishlab chiqarila boshlandi, ammo fabrikadagi ishlarning ko‘p qismi qo‘lda bajarilib qolmoqda. Ipakni yetishtirish va xonatlasni ishlab chiqarish bo‘yicha eng mashhur fabrika “Yodgorlik” bo‘lib, u Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan. Ushbu shahar o‘ta yuqori sifatli ipak matolarning haqiqiy markaziga aylangan. Bu yerda ipak ishlab chiqarish uzluksiz tartibda yo‘lga qo‘yilgan. Atlasning bir metri 2,5 oy ichida, 22 texnologik operatsiya va 70 foiz qo‘l mehnati bilan yaratiladi. Masalan, agar bir metr mato to‘rt xil bo‘yoqqa ega bo’lsa, unda bu mahsulot to‘rt marta bo‘yash sexiga borishi va qayta qo‘l bilan o‘ralishi va qayta yoyilishini anglatadi.
Sharq matolarining sehrini unga naqshlarni soluvchi usta yaratadi. U naqshni ipak iplarida maydalaydi va naqsh qanchalik nozik bo‘lsa, uning ishi shunchalik murakkab va mohirona bo‘ladi. Rasm solinishida qizil, sariq, pushti, yashil ranglarning joyi aniqlanadi. Qadim zamonlardan beri atlasni yettita, ya’ni kamalakning barcha ranglarida tayyorlashga harakat qilishgan. Uch, to‘rt va beshta ranglilari ham bor. Hozir bu bugungi urf va ma’lum bir rangga bo‘lgan talabga bog‘liq. Odatda, xonatlasni tayyorlashda tabiiy bo‘yoq moddalar: anor po‘stlog’i, ro‘yan, mevalar va o‘simliklarning barglaridan olingan suvi, piyoz po‘stlog’i va boshqalar qo‘llaniladi. Xonatlasdan dunyoning mashhur dizaynerlari va modelyerlari foydalana boshlashdi. Masalan, Jorjo Armani, Guchchi, Oskar de la Renta o‘z kolleksiyalariga xonatlas mavzusini qo‘shdilar, bu esa har bir libosga Yaqin Sharqning hashamatini in’om etadi. Agar Siz bizda mehmon bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan bo‘lsangiz, xonatlasdan tayyorlangan mahsulotlardan zavqlanishni rad etmang. O‘zbek bozorlari va do‘konlarida asl milliy kiyimlarining keng assortimenti taqdim etilib, uni kiygan har bir ayol o‘zini sharq ertagining bir qismidek his qiladi!

Barkamol avlod

Biriktiruvchi choklarga – bostirma, quyma, ichki, qo‘sh, “qulf” choklar kiradi.

Ziy choklar detallar chetiga yoki qirqimiga ishlov berishda ishlatiladi. Detallar

chokning bir tomonida bo‘ladi.masalan: buyum etagini, eng uchini ishlashda, bort,

yoqalarga ishlov berishda.

Ziy choklarga – bukma chok va mag‘iz choklar kiradi.

Bezak choklar detal va buyumlarni bezashda ishlatiladi. Bu choklar qomatga

shakl berishda (orqa, yubka etak buklamalarida) foydalaniladi.

Bezak choklar bo‘rttirma choklardan, shnur qo‘yib bo‘rttirilgan choklardan va

Tikuv mashinasida tikiladigan choklar – ko‘rinmas chok, ag‘darma chok,

– chok eni, baxya qatorlar soni, ular oralig‘i, baxyaning tortishmasligi, ip

– detallarni igna ostiga qo‘yish tartibiga va chok tikish ketma-ketligiga rioya

7. Ko‘rinmas chok, ag‘darma chokva bostirma choklarni tikish.

Ko‘rinmas chokdan – ko‘ylak, yubka, kofta, jaketning etak va eng qismlarini

buklab tikishda foydalaniladi.

Ag‘darma chok kantli, raqamli, qistirma kantli bo‘ladi. Biriktirma chokning

bir turi bo‘lib, cho‘ntak qopqoqlarini, yoqalarini, bortni, izma kabi detallar chetini

Ag‘darma chokdan – yoqa, manjet, bortlar, qopqoqlar, belbog‘lar, eng uchini

bukib tikishda foydalaniladi. Detallar ulangandan, ya’ni biriktirilgandan so‘ng detalni

o‘ngiga ag‘darish operatsiyasi bajariladi. Bu hollarda ikki detalni choklarini chetda

joylashtirib ulash “detal chetlarini ag‘darma choklash” deb ataladi.

Tikuv mashinasi va qo‘lda ag‘darma choklar orqali turli xil buyumlar tikish.

Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1 -0,3 smqochiriqroq

bukilgan bo‘ladi. Buning uchun chok solingandan keyin uni yorib dazmollanadi,

detallar o‘rniga aylantiriladi, kant hosil qilib zeyi ko‘klanadi. Hosil bo‘lgan kantni

saqlab qolish uchun detallar cheti baxyaqator, yolg‘on qaviq bilan tikiladi yoki chok

qirqimlari ichki tomondan detallarning biriga tikiladi.

Ramkali ag‘darma chok pidjak cho‘ntaklari, ko‘ylakning tugmalanadigan

joylari kabilarni tikishda qo‘llaniladi. Bu chokni tikish kantli ag‘darma chokni

tikishga o‘xshaydi. Hosil bo‘lgan ramkani saqlab qolish uchun ag‘darma chok ustidan

baxyakator yuritilib qo‘yiladi.

Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalarni, ko‘ylak bortlarini bezashda muayyan

xizmatdagi kishilarning kiyimlarini tikishda ishlatiladi. Chok tikilayotganda qistirma

gazlamani, ya’ni eni 2,5-3,0 sm gazlama parchasini ikki bukib detallardan birining

o‘ngiga ulanadi. Keyin ikkinchi detalning o‘ngi birinchi detalning o‘ngiga qaratilib,

chetlari tekislab qo‘yiladi va qistirma kant ulangan baxyaqator ustidan yangi

Ag‘darma chok solish uchun ikki detal o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi,

qirqimlari tekislanadi va chetidan 0,5-0,7sm masofada baxyaqator yuritiladi. So‘ngra

chok haqqining ortiqchasi qirqilib, detallar o‘ngiga ag‘dariladi.

Bostirma choklar yon, elka qirqimlarini, kiyim old bo‘lagi va ort bo‘lagini,

yubka bo‘laklarini, englarni va hakozo detallarni ulash uchun ishlatiladi. Bostirma

choklar – berk yoki qayirma chetli, ikkita ochiq yoki berk qirqimli bo‘ladi.

Tikuv mashinasi va qo‘lda bostirma chok orqali turli xil buyumlarda qo‘llash.

Berk bostirma chok qilish uchun pastki detal ustki detalga nisbatan bezak chok

eniga 0,4-0.7sm hamda 0,7-1,0sm qo‘shilgan masofaga chiqariladi va ustki detal

qirqimidan 0,5sm ichkaridan tikiladi. So‘ngra detallar ikki tomonga yotqiziladi, chok

qirqimlari esa kalta detal tomonga qayriladi va modelda ko‘zda tutilgan masofada

bezak baxyaqator bilan puxtalanadi.

Qayirma chetli bostirma chok hosil qilish uchun detallar o‘ngiga ichkariga qilib

qo‘yiladi, chetlari tekislanadi va modalga ko‘zda tutilgan masofada maxsus

mashinada ko‘klanadi yoki qo‘lda mayda qaviqlar bilan puxtalanadi.

Ikkita ochiq qirqimli bostirma chok qilish uchun ikki detal o‘ngiga ichkariga

qilib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va bezak baxyaqator kengligiga 0,5-1,5sm

qo‘shilgan masofada mashinada biriktirib tikiladi. Shundan keyin detallar ikki

tomonga yoriladi. Chok qirqimlari oldin ikki tomonga yotqiziladi va dazmollanadi.

8. O‘lchov olish va hisoblash qoidalari.

Kiyim tikishdan oldin gavdaning o‘lchovlari olinadi. O‘lchov olish uchun

santimetrli lentadan foydalaniladi. O‘lchovlar quyidagi tartib asosida yozib boriladi.

Odam gavdasining tuzilishi gavdadan o‘lchov olishda asosiy omil hisoblanadi.

Kiyimni loyihalashda mutanosiblikka e’tibor berish kerakligi tushuntiriladi.

Mutanosiblik – tananing turli o‘lchamining bo‘yga nisbatidir. Tananing

mutanosibligi uch turga bo‘linishi (dolixomorf, braximorf, mezomorf) haqida,

gavdaning o‘lchov olish uchun zarur bo‘lgan antropometrik nuqtalari va chiziqlari

haqida nazariy bilimlar beriladi. Ularga gavdaning modul bo‘yicha chizmasini

chizish, gavdadan to‘g‘ri o‘lchov olish o‘rgatiladi. To‘garak a’zolari odam

gavdasining tuzilishini ham bilishlari kerak.

Gavdadan o‘lchov olish vaqtida gavdaning individual xususiyatlari e’tiborga

olinadi, chunki tik gavdada orqaning belgacha bo‘lgan uzunligi bukchaygan gavdaga

qaraganda kaltarok bo‘ladi va hokazo. Misol tariqasida to‘garak a’zolaridan birining

gavdasi o‘lchab ko‘rsatib beriladi. O‘lchovi olinayotgan odam erkin turishi, beli

bog‘langan, engil kiyimda bo‘lishi aytib o‘tiladi. Gavdaning asosiy nuqtasi

hisoblangan bel chizig‘i bog‘lab qo‘yiladi. O‘lchov o‘lchov lentasi yordamida

olinadi. Bunda o‘lchov lentani juda tarang yoki bo‘sh qo‘yish yaramaydi.

O‘lchov olish tartibi quyidagilardan iborat;

1. BAyar – bo‘yin aylanasining yarmi.

2. KAyar – ko‘krak aylanasining yarmi.

3. BkBU – bo‘ksa aylanasining yarmi.

4. OrBU – ort bo‘lagining belgacha uzunligi.

5. KU – kiyimning uzunligi.

6. EU – elka uzunligi.

7. KO – ko‘krak oralig‘i.

8. BelAyar – bel aylanasining yarmi.

O‘lchov olish qoidasi:

1. BAyar – bo‘yin aylanasi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan bo‘yin

chuqurchasigacha o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi.

2. KAyar – ko‘krak aylanasining yarmi orqa kurak, qo‘ltiq tagi, ko‘kraklar usti

bilan o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi.

3. BkBU – bo‘ksa aylanasining yarmi bo‘ksaning eng katta qismi ustidan

aylantirib o‘lchanadi va yarmi yoziladi.

4. OrBU – ort bo‘lagining belgacha uzunligi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan

to‘g‘ri chiziq bo‘yicha belgacha uzunlik o‘lchanadi va to‘liq yoziladi.

5. KU – kiyimning uzunligi. Ettinchi umurtqa pog‘onasidan bo‘ksagacha

o‘lchanadi va to‘liqyoziladi.

6. EU – elka uzunligi. Bo‘yin bilan elkaning kesishgan nuqtasi va elkaning qo‘l

bilan ulangan oralig‘i o‘lchanadi.

7. KO – ko‘kraklar oralig‘i o‘lchanadi va yarmi yoziladi.

8. BelAyar – bel aylanasining yarmi. Gavdaning eng xipcha joyidan aylantirib

o‘lchanadi va uning yarmi yoziladi.

Har qanday gavdaning tuzilishida orqaning kengligi va ko‘kraklarning

balandligi har xil bo‘ladi. Shu o‘lchovlarni proporsional hisoblashda chiqqan son

to‘g‘ri kelavermaydi. Shuning uchun o‘lchovlarlarni hamma o‘zidan olishi kerak.

Gavdadan o‘lchov olishda barcha o‘lchamlar uchun umumiy shartlar:

– barcha o‘lchovlar santimetrli tasma yordamida o‘lchanadi;

– o‘lchanayotgan odamning bir qavat engil kiyimida yoki ichki kiyimda

– o‘lchamlari olinayotgan odam gavdasini zo‘riqtirmay, qomatini odatiy,

bo‘sh holda tutib turishi lozim.

9. Kiyim turlariga va fasoniga qarab olinadigan o‘lchovlar.

O‘lchovlar olishdan oldin fason tanlab, tanlangan fasonga moslab mato tanlab

Kiyim asosining (yoki o‘zagining) chizmasini qurish quyidagi ketma-ketlikda

1) Dastlabki ma’lumotlar aniqlashtiriladi. Ya’ni odam gavdasi o‘lchanadi va

kiyim turiga qarab qo‘shimcha qiymatlari belgilanadi.

2) Tanlangan konstruksiyalash usulida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda formulalar

bo‘yicha hisoblar bajariladi.

3) Chizmaning bazis to‘ri quriladi. Bazis to‘r bir-biri bilan perpendikulyar

kesishuvchi vertikal va gorizontal chiziqlardir. Bu to‘ kiyimning bo‘yi va eni

bo‘yicha o‘lchamlarini va kiyim detallarining o‘lchamlarini belgilaydi.

4) Bazis to‘r chazmasining ustiga konstruksiya asosining chiziqlari chiziladi.

Bu old va ort bo‘lak o‘rta chiziqlari; yoki o‘miz chizig‘i; elka chiziqlari; eng o‘mizi

chiziqlari; yon, bel, etak va vitachkalar chiziqlaridir.

Vitayakalar – yassi materialdan hajmdor shakl

hosil qilish uchun xizmat qiladigan konstruktiv

element. Matoning ortiqchasi vitachkaga olinib,

hajm hosil qilinadi.

5) Chizma bajarilishining sifati tekshiriladi.

10. Fason tanlashda matolarning ahamiyati

Kiyimga biror-bir fason tanlanayotganda qaysi mavsumda kiyilishi yoki

qanday sharoitda kiyilishi inobatga olinadi. Tanlangan fason uchun kiyimlar tikish

uchun har xil turdagi matolarga ahamiyat berish kerak.

Matolar tanlangan fasonga mos kelishi, va tikish usuliga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan: uyda kiyiladigan kiyimlarga qulay, g‘ijim bo‘lmaydigan, engil yuviladigan

mato tanlanadi va shunga qarab fason tanlanadi. Xizmatga kiyish uchun kiyimlarning

matosi ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi kerak. Oqshom kiyimlarining matolari

yorqin rangli matolardan tikilgani ma’qul.

11. Kiyim turlariga qarab matoni tanlash.

Matoni kiyim turlariga qarab tanlanadi. Masalan: qishki, kuzgi- bahorgi, yozgi

mavsumda kiyiladigan kiyimlar. Qishki, kuzgi mavsumlarda kiyiladigan kiyimlar

qalinroq va qalin xildagi matolardan tanlanadi.

Bahorgi-yozgi mavsumlarda kiyiladigan kiyimlar yupqa va yupqaroq

matolardan tanlanadi. Oqshom liboslarini tikish uchun asosan ipak, kapron, tafta,

muara, duxoba matolaridan tikish mumkin.

12. Liboslarni tikishda fasonlarni tanlash.

Fason qandayligiga qarab kiyimlarning slayti xilma-xil, shakli turli bo‘lishi, bezak

elementlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Slaytga qarab kiyimlar to‘g‘ri, gavdaga

sal yopishgan, gavdaga yopishgan va etak tomon kengaya borgan bo‘ladi. Fason

tanlab qishki, yozgi kiyimlar va mavsumiy kiyimlar tikiladi. Uyga kiyish uchun

kiyiladigan kiyimlarning fasonlari qulay bo‘lishi kerak. Xizmat uchun kiyiladigan

kiyimlarning fasonlari tor, keng bo‘lmagan, ko‘zga tashlanmaydigan, fasonning

detallari ko‘p bo‘lmagani ma’qul.

13. Chizma yordamida bolalar ichki kiyimini bichish va tikish.

Bolalar kiyimlarini tikish uchun bolaning o‘lchovlari olinib, asosiy o‘lchovlari

asosida andoza chiziladi. Andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish

qoidalariga amal qilish kerak.

to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab

chiqiladi va bichiladi. Ich

kiyim tikish texnologiyasi

Bolalar kiyimlari, ular

chizmasi. Andoza. Andozani

matoga to‘g‘ri joylashtirish.

kattalashtirib, chok haqlarini

belgilab bichish va tikish.

14. Bolalar so‘lakchasi va qo‘lqopchasini bichish va tikish.

Bolalar so‘lakchasi uchun chit, satin, xom surp matolaridan foydalansa bo‘ladi.

Bolalar so‘lakchasi chizmasini chizish, Andozani matoga to‘g‘ri joylashtiriladi va

bichiladi. Bichilgan detallarni ulab, ko‘klanadi va chok tanlab tikiladi. Tayyor

bo‘lgan so‘lakchaga bezak berish ham mumkin.

15. Qizlar ko‘ylagini tikish .

Qizlar ko‘ylagi uchun asos chizmasini chizish tartibi. Asos chizmalardan

andoza tayyorlash usuli. Mato turlariga qarab belgilabqirqish usuli.

chizmasi chiziladi. Asos chizma asosida

fasonga chizma chiziladi va andoza

bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtiriladi va

bichiladi. Bichilgan buyumni tikish

texnologiyasiga amal qilgan holda

16. O‘g‘il bolalar shimini tikish.

O‘g‘il bolalar shimi uchun asos chizmasini chiziladi. Asos chizmadan andoza

tayyorlanadi. Andoza bo‘laklarini joylashtirishda chiqindisiz bichish qoidalariga amal

qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va

bichiladi. Matoga andoza bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtiriladi va bichiladi. Bichilgan

buyumni vitachkalari biriktirib ko‘klanadi, yon choklari va odim choklari biriktirib

ko‘klanadi, shim pochasi bukib ko‘klanib, kiydirib ko‘riladi. SHimni mashinada

tikishdan oldin ipning raqami, ignaning raqamini matoga moslab olinadi. So‘ng tikish

texnologiyasiga amal qilgan holda

tikuv mashinasida tikiladi. Yon

bo‘laklar va vitachkalar ulanadi.

Qo‘l choklari so‘kib tashlanadi.

yotqizilib, etagi ustki detaldan zix

chiqarib bostirib, dazmollanadi.

17. Yubka tikish.

Yubkalar fasoni bo‘yicha har

qiyiqli, vitachkasiz ikki chokli,

hakozolar. Yubkaning fasoni va bichilishi jussaning xususiyatlariga, shuningdek,

gazlamaga va uning guliga qarab tanlanadi.

Klinli yubkalar 4, 6, 8, 10, 12 qiyiqlardan tashkil topadi. Etak tomoniga qarab

kengayib boradi. Bunda bo‘ylama ip har bir klinning markazidan o‘tadi. Bo‘ylama ip

ko‘rinib turishi uchun klinning andazadagi markaziy chizig‘i ustiga yuqori va pastdan

teshikcha qilib qirqib qo‘yiladi.

Yubkaning chizmasini chizish uchun o‘lchovlar olinadi.

O‘lchovning nomlari

Harfli belgisi

Uzunligi, sm

2. Bo‘ksa aylanasi

3. Ort belgacha uzunligi

4. Kiyimning uzunligi

Klinli yubka chizmasi

Klinli

yubka

andozasi

bo‘laklarini joylashuvi.

so‘ng klinli yubka chizmasi

Klinli yubka chizmasi

chiqindisiz bichish qoidalariga

amal qilish kerak. Surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab chiqiladi va

Klinli yubkani mashinada tikishdan oldin ipning raqami, ignaning raqamini matoga

moslab olinadi, tikilib, yon choklari yorib dazmollanadi.

To‘g‘ri yubka ikki qismdan iborat – old va orqa yarim bo‘lagi. Yubkaning

kengligi bo‘ksaning aylanasi bo‘yicha olinadi. Beldagi keng qismni burmaga yoki

vitachkaga olinadi. Vitachkaning orqa bo‘lagiga ikkitasi qo‘yiladi. Qolgan ikkitasi

old qismiga qo‘yiladi. Vitachkaning uzunligi va kengligi bir xil emas, uni gavdaning

tuzilishiga qarab olinadi. Asosdan keng va uzun yon vitachkasi, orqa bo‘laginiki tor

va katta old bo‘lagining vitachkasidir.

To‘g‘ri yubka kengroq turadi, bir chokli, ikki chokli. Uch chokli, skladkali,

burmali bo‘ladi. Yubkaning beli belbog‘li. Rezinkali yoki tasmali bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri yubka gazlamaning bo‘ylama ipi yo‘nalishi bo‘yicha bichiladi.

To‘g‘ri yubkaning chizmasini chizish uchun o‘lchovlar olinadi.

Harfli belgisi

Uzunligi sm

1. Bel yarim aylanasi

2. Bo‘ksa yarim aylanasi

3. Orqa belgacha uzunligi