Press "Enter" to skip to content

Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77 savol to’plami

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Xalq ta’limi vazirligi 9- va 11-sinflar uchun imtihon fanlarini tasdiqladi

Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘iga asosan umumta’lim maktablarining 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestasiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatini tasdiqladi.

2021−2022 o‘quv yilida yakuniy davlat attestasiyasi maktablarning:

  • 9-sinf bitiruvchilari uchun — ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;
  • 11-sinf bitiruvchilari uchun — ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestasiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami

Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning javobini ko’rish uchun «Javobini ko’rish» tugmasi ustiga bosish kerak. Javobini yashirish uchun shu tugmani yana bir marta bosish talab etiladi.

Savollar shu tarzda tuzilganki, ularni bolalar oldida ham ovoz chiqarib o’qish mumkin, bemaza va kattalar uchun mo’ljallangan mavzudagi savollar kiritilmagan. Oila davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.

Mantiqiy savollar va javoblar

Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish.
Javobini ko’rish

Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

Javobini ko’rish

Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.
Javobini ko’rish

Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.

Filning bolasi.
Javobini ko’rish

Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?

Albatta Meri
Javobini ko’rish

Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?

Shaxmatchi.
Javobini ko’rish

Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.

Begonaning noki.
Javobini ko’rish

Qiziqarli mantiqiy savollar (javoblari bilan)

Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?

Javobini ko’rish

Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?

Soat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.
Javobini ko’rish

Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?

Qaynatilgan tuxumni.
Javobini ko’rish

Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?

Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).
Javobini ko’rish

O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.

Javobini ko’rish

Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?

U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Javobini ko’rish

Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?

Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
Javobini ko’rish

Kulguli va fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar

Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.

Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.
Javobini ko’rish

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
Javobini ko’rish

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

Javobini ko’rish

Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?

Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
Javobini ko’rish

U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

Sizning ismingiz.
Javobini ko’rish

Kim o’tirgan holda yuradi?

Shaxmatchi.
Javobini ko’rish

Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.
Javobini ko’rish

U savol emas, lekin unga javob berish kerak.

Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
Javobini ko’rish

Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

Qorong’ulik.
Javobini ko’rish

Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi