O ZBEKISTON RESPUBLIKASIICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
21 oktyabr` – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to’lishi munosabati bilan ushbu kun oldidan Toshkent viloyati IIBBda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O’zbek tili davlat tili
08 /Aprel/ 2020 Jamiyat 05:53 –> 1200 –>
O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi ortmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda insonlar so‘zlashadigan 8 ming tildan bugungi kunda 6 mingtasi saqlanib qolgan. Shundan 90 foizi keng miqyosda foydalanilmaydi.
O‘zbekiston – ko‘p millatli davlat. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yurtimiz aholisining aksariyati (80 foizdan ortig‘i) o‘zbek tilida so‘zlashadi. Shuningdek, tojik, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, turkman, rus va boshqa tillarda so‘zlashuvchi vatandoshlar ham bor. Bugungi kunda ularning o‘zaro tinch-totuv yashashi, ona tilini saqlab qolishi va rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Qayd etish kerak, ona tilimiz – o‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo bo‘yicha 50 millionga yaqin kishi shu tilda so‘zlashadi.
Mustabid tuzum davrida millat ruhi, g‘ururi bo‘lmish o‘zbek tilining ahamiyatini susaytirishga qaratilgan urinishlar bo‘ldi. Shunga qaramasdan xalqimiz o‘z ona tilini saqlab qoldi. 1989-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, o‘zbek tili davlat tili, deb e’lon qilindi.
Ushbu qonun bilan o‘zbek tili davlat tili maqomini olgan bo‘lsa-da, mamlakatimizda yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilida so‘zlashish huquqi konstitutsiya bilan mustahkamlangan. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga ega ekani belgilangan. Bu yurtimizda millatlararo hamjihatlik, do‘stlik va birodarlik ruhi ustuvorligini anglatadi.
Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu ezgu g‘oyani ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Bundan tashqari har bir vazirlik va tashkilotlarda davlat tili masalalari bo‘yicha alohida maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, turdi xalqaro anjuman va konferensiyalarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.
Xususan, o‘zbek tilining xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish borasida Tashqi ishlar vazirligi oldiga ham qator vazifalar qo‘yilgan.
Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida xalqaro maydonda o‘zbek tili va adabiyotini targ‘ib etish choralari amalga oshirilmoqda. Xususan, 50 dan ortiq diplomatik vakolatxonalarimiz xorijda «O‘zbek tili do‘stlari» klublarini tashkil etish borasida izchil sa’y-harakatlar olib bormoqda.
Mazkur klublarda o‘zbek tilini o‘rganishni xohlovchi chet elliklar qamrab olinmoqda. Ayni paytda ushbu klublar faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilar sonini oshirish bo‘yicha targ‘ibоt ishlari olib borilyapti.
Bundan tashqari, mamlakatimizning chel eldagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida o‘zbek xalqining milliy an’analari, urf-odat va bayramlari, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi tomonidan Afg‘onistonda o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uni targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, Afg‘onistonda ham o‘zbek millatiga mansub ko‘p sonli aholi istiqomat qiladi. Ular o‘z ona tillarini saqlab qolish istagida. Shu bois konsulxona tomonidan o‘zbek tili va adabiyotiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida konsulxona Balx, Faryob, Juzjon, Bag‘lon, Tahor, Sari-Pul hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridagi filologiya fakultetlari qoshida tashkil etilgan o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
Hamkorlikda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha o‘qituvchi –mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur darsliklar, metodik qo‘llanmalar, mashhur o‘zbek adiblari va shoirlarining asarlari (kitob shaklida va elektron ko‘rinishda), jami 400 ga yaqin adabiyot davlatimiz nomidan ularga taqdim etildi.
Balx, Samangon, Juzjon va Faryob viloyatlaridagi kam ta’minlangan afg‘onistonlik o‘zbek o‘quvchilariga esa lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek tilida chop etilgan 1 ming 595 ta bolalar adabiyotiga oid kitob, 748 ta darslik tarqatildi.
Shu bilan birga, konsulxona “Rido” radiostansiyasining o‘zbek tilidagi eshittirishlarini shimoliy Afg‘onistonning o‘zbeklar yashaydigan Tahor va Qunduz viloyatlariga uzatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mazkur radiostansiya o‘z to‘lqinlarida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, o‘zbek xalqining tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va diniy-ma’rifiy qadriyatlariga oid turkum eshittirishlarni berib kelmoqda.
Ayni paytda Balx, Tahor, Juzjon va Faryob davlat universitetlari huzurida faoliyat olib borayotgan o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari mamlakatimiz konsulxonasi tomonidan taqdim etilgan o‘zbek tili va adabiyoti darsliklari hamda buyuk o‘zbek adiblari asarlari asosida o‘zbek milliy adabiyoti kutubxonasini tashkil etish taraddudida.
Shu bilan birga, konsulxona joriy yilda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalari Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Sog‘uniy, Oybek, A.Oripov, E.Vohidov hamda boshqa adiblar qalamiga mansub asarlarni eski o‘zbek yozuviga (arab grafikasi) o‘girish bo‘yicha ish olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasi tomonidan ham o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, “O‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqodlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Pokistonda istiqomat qilayotgan o‘zbek tili mutaxassislari, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan ona tilimizning xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida suhbatlar elchixona tomonidan muntazam tashkil etilib, Pokiston ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilmoqda.
Joriy yil buyuk alloma, mutafakir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bag‘ishlab “O‘zbekiston pokistonlik bolalar nigohida” ko‘rik-tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tanlov yosh pokistonliklar o‘rtasida nafaqat katta qiziqish uyg‘otdi, balki ular O‘zbekiston haqida kitob va jurnallar, internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali izlanishga, tanlov sabab bizning urf-odat va madaniyatimiz, me’moriy obidalarimiz, tariximiz haqida keng tasavvurga ega bo‘ldi. Unda Pokistonning deyarli barcha yirik shaharlaridan yuzdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, elchixona qoshida “O‘zbek tili va tarixi” to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garak faoliyati orqali chet davlatda ulg‘ayayotgan O‘zbekiston yoshlarida Vatanga bo‘lgan muhabbat, g‘urur va iftixor, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va sadoqatni yanada mustahkamlash maqsad qilingan.
Ona tilimizning nufuzini xalqaro maydonda oshirish borasida mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Turkiyaning “Turk tili tashkiloti” (Turk Dil Kurumu) homiyligida o‘zbekistonlik baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Dalli” dostoni turk va o‘zbek tillarida chop etildi. O‘zbek xalqining qadim tarixidan so‘zlaguvchi ushbu kitob Anqara kutubxonalari va oliy ta’lim muassasalariga tarqatildi. Doston folklorshunos olim Jabbor Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan. Dostonni turk tiliga anqaralik mutaxassis Dilek Sezar tarjima qilgan. Ikki tilda chop etilgan mazkur o‘zbek xalq dostoni turkiyalik kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
O‘zbek tilini tadqiq etish va rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi ham o‘z faoliyatini o‘zbek tili va adabiyotini xorijda keng targ‘ib qilish asosida tashkil etib kelmoqda.
Xususan, o‘zbek va qoraqalpoq etnomadaniy markazlari bilan hamkorlikda L.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida o‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazilgani ham fikrimizga misoldir. Ushbu tadbir qo‘shni mamlakatda yashaydigan o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Anjuman dorasida elchixona ko‘magida ushbu oliy o‘quv yurti qoshida «O‘zbek tili do‘stlari» klubi o‘z faoliyatini boshlagani e’lon qilindi.
– O‘zbek tili va adabiyotining jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, xalqaro nufuzi juda yuqori, – deydi Qozog‘iston xalqlari Assambleyasi raisi o‘rinbosari Sh.Po‘latov – Universitetda tashkil etilgan «O‘zbek tili do‘stlari» klubi mamlakat yoshlari o‘rtasida o‘zbek tilini yanada chuqur o‘rgatishga xizmat qiladi.
L.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti rahbariyati klubning ushbu universitetda tashkil etilgani ular uchun katta sharaf ekanini qayd etdi.
Muxtasar aytganda, istiqlol yillarida ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi orqali xalqimiz ruhi va o‘zligi tiklandi. Bugun esa o‘zligini tanigan xalq tili xalqaro maydonda tarannum etiladigan beqiyos kuchga aylandi. Mamlakatimizda so‘nggi uch yilda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida esa o‘zbek tilining o‘rni va nufuzi tobora ortib, dunyo sari yuzlandi.
Jobir Xo‘jaqulov,
“Dunyo” AA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi oldidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi
21 oktyabr` – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to’lishi munosabati bilan ushbu kun oldidan Toshkent viloyati IIBBda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, Respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlashi, shuningdek, qatnashchilarning o’zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanishi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruratga qarab, boshqa tillarga tarjima qilinishi lozimligi haqida so’z yuritildi.
Tadbir so’ngida xodimlarning o’zbek tiliga bo’lgan bilimlarini yanada mustahkamlash, ma’naviy savodxonligini oshirish maqsadida bosh boshqarmada kitob yarmarkasi tashkil etildi. Hozirda bu kabi tadbirlar hududiy boshqarma va bo’limlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati
Rus tili (O‘zbek tilida)
Siz rus tilida bexato gapirish, qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘yish va grammatik xatolarsiz yozishni xohlaysizmi? Unda kursimizga a’zo bo‘ling. Hammamiz uchun kerakli bo‘lgan rus tilini biz bilan o‘rganing.
68 Ovoz berildi
399000
Nimalarni o‘rganasiz
- Otlarni rodlarga ajratish
- Rus tilida qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash
- Fe’llarni to‘g‘ri zamon shaklida qo‘llay olish
- Sifat va ravishlarni to‘g‘ri qo‘llay olish
O‘qituvchilar
O‘quvchidan talablar
- # Rus tilida o‘qishni bilish
- # O‘zbek tili grammatikasidan xabardor bo‘lish
- # O‘zbek tili grammatikasiga oid tushunchalar tushunish
- # Rus tilini biroz bo‘lsada tushunish
- # Rus tilida yoza olish
Kurs haqida
Berilgan kursda video darslar mavzularga bo‘linib, abituriyentlarni test imtihonlariga tayyorlash, litsey, kollej va maktab o‘quvchilarining darslariga doimiy yordam berishga va rus tili mustaqil o‘rganmoqchi bo‘layotganlar uchun ajoyib qo‘llanma bo‘la oladi.
Video darslar malakali ustoz Lola Po‘latova tomonidan o‘tilgan bo‘lib, rus tili grammatikasini oson va qulay usullarda o‘rganishingizga imkoniyat beradi. Har bir videodars uchun berilgan topshiriqlar orqali olgan bilimingizni tekshirib ko‘rishingiz va bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin bo‘ladi.
Berilgan topshiriqlar oddiy ko‘rinishda bo‘lmasdan, o‘quvchini mantiqiy o‘ylashga, so‘zlarni yozuv ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.
Kurs bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz
Tayanch so‘z va iboralar
Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi. O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi.
O`zbek xalqi qardosh bo`lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo`ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog`liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo`ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do`stona aloqalar o`rnatgan. Bular o`zbek tili leksikasiga ko`plab so`zlarning o`zlashishiga sabab bo`lmoqda.
Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
2. O`zlashgan qatlam.
O`z qatlam. O`z qatlamga umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar kiradi.
1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.
Umumturkiy so`zlar hozirgi o`zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli yarmini tashkil qiladi.
Umumturkiy so`zlar turli sohalarga oid bo`lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg`u bildiradigan so`zlar kiradi: kishi, oyoq, qo`l, bosh, ko`z, qosh, qizil, ko`k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to`rt, o`n, kel, tur, yot, o`tir, ol, ur, yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2. O`zbekcha so`zlar . O`zbek tili sharoitida o`zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so`zlar o`zbekcha so`zlar deyiladi. O`zbekcha so`zlar o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida, o`z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Asli o`zbekcha so`zlarga shu tildagi so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilingan so`zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo`l+lan+ma, o`t+kaz+gich, tur+g`un, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o`zlashgan so`zlarga o`zbek tilidagi yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan yasalgan so`zlar: a) tojikcha so`zlardan yasalgan so`zlar: mard+lik, jang+chi, do`st+lik, pul+siz; b) arabcha so`zlardan yasalgan so`zlar: rahbar+lik, qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; v) ruscha-internotsional so`zlardan yasalgan so`zlar: sport+chi, razvedka+chi, beton+la+moq, ekskavator+chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo`shimchalar yordamida o`z va o`zlashma so`zlardan hosil qilingan so`zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.
O`zlashgan qatlam. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin:
1. Tojikcha so`zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.
2. Arab tilidan o`zlashgan so`zlar. Arabcha so`zlar o`zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog`, idora kabi.
3. Ruscha-internotsional so`zlar . XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston ch or Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o`zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko`plab so`zlar o`zlashdi.
O`zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Evropa xalqlari tillaridan (frantsuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so`z kirishi ikki tarixiy davrni o`z ichiga oladi:
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo`lgan davr.
2. 1917 yildan keyingi davr.
Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari bilan og`zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po`shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus tili orqali kirgan so`zlarning ba’zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o`zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so`zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so`zlar deb yuritiladi. O`zbek tiliga o`zlashgan internotsional so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio kabi.
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so`zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo`jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga doir.
Hozirgi Evropa tillaridan so`zlar bevosita aloqalar orqali o`zlashmoqda. Masalan, o`z navbatida so`zlar o`zbek tilidan rus tiliga ham o`zlashmoqda: o`rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi.
Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug`at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi.
O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan.
So`zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko`proq o`zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.
Kalkalab o`zlashtirishda so`z aynan olinmaydi, balki so`zning ma’nosi o`zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so`zning ma’nosi shu so`zning morfemik tarkibidan qismma qism nusxa ko`chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o`zlashtirishning 2 xil yo`li bor:
1. To`liq kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning barcha qismlari o`z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnıy – chalasavod, vsesoyuznıy – butunittifoq.
2. YArim kalka. Bu usulda o`zlashtirilayotgan so`zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o`z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi kabi.
YArim kalkada ba’zan o`zlashtirilayotgan so`zning bir qism tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnıy – aktual kabi.
O`zga til so`zidagi ma’no o`z tildagi so`z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo`g`in so`zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 – 126 – betlar.
2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120 – betlar.
3. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258 – betlar.
4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984.
O’zbek tili – Uzbek language
O’zbek a Turkiy til bu birinchi rasmiy va yagona e’lon qilingan milliy tildir O’zbekiston. Tili O’zbeklar tilida 27 millionga yaqin ona tilida so’zlashuvchilar so’zlashadi O’zbekiston va boshqa joylarda Markaziy Osiyo (2015), uni keyin eng keng tarqalgan turkiy tilga aylantirdi Turkcha.
O’zbek tili sharqiy turkiy tilga yoki Karluk filiali Turkiy tillar oilasi. Tashqi ta’sirlarga quyidagilar kiradi Arabcha, Fors tili va Ruscha. O’zbek tilining boshqa turkiy tillardan ajralib turadigan jihatlaridan biri bu unli tovushning yaxlitlashidir /ɑ / ga /ɔ / , Fors tili ta’sir qilgan xususiyat. Boshqa turkiy tillardan farqli o’laroq, unli uyg’unlik standart o’zbek tilida umuman yo’qolgan, garchi u (biroz kamroq bo’lsa ham) hali ham uning shevalarida, singlisi Karluk tilida kuzatilgan Uyg’ur.
Mundarija
- 1 Ism
- 2 Tarix
- 3 Yozish tizimlari
- 4 Grammatika
- 4.1 Fonologiya
- 4.1.1 Unlilar
- 4.1.2 Undoshlar
- 4.2.1 So’z tartibi
- 8.1 Turkmaniston
- 8.2 Rossiya
Ism
Tilning o’zida o’zbek tilida oʻzbek tili yoki oʻzbekcha. Yilda Kirillcha, bu o’zbek tili yoki o’zbekcha . Yilda Arab yozuvi, ۉزbbېک tylyy Va ۉزbېکچh .
Tarix
Ehtimol, turkiy tilda so’zlashuvchilar Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon kamida 600-700 milodiy daryo havzalari, karnaylarni asta-sekin siqib chiqaradi yoki o’zlashtiradi Sharqiy Eron tillari ilgari yashagan So’g’diyona, Baqtriya va Xrizm. Mintaqadagi birinchi turk sulolasi bu Qoraxoniylar xonligi 9-12 asrlarda, [5] konfederatsiyasi bo’lganlar Karluklar, Chigillar, Yagma va boshqa qabilalar. [6]
O’zbek tilini to’g’ridan-to’g’ri avlod yoki keyingi shakl deb hisoblash mumkin Chagatay, buyuklarning tili Turkiy O’rta Osiyo adabiy taraqqiyoti Chag’atay xon, Temur (Tamerlan) va Temuriylar sulolasi [7] (shu jumladan Hindistonning dastlabki mug’ol hukmdorlari). Til tomonidan qo’llab-quvvatlandi Ali-Shir Navoiy 15 va 16 asrlarda. Navoiy Chag’atay tili adabiyotining eng buyuk vakili edi. [8] [9] U chagatay tili va uning bevosita avlodi bo’lgan o’zbekning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan va keng o’zbek adabiyotining asoschisi deb hisoblanadi. [10] [11] [12] [13] [14] [15] [16] Oxir oqibat Karluk chag’atay turkiy tillarning ko’p sonli fors va arab tillarini o’z ichiga olgan qarz so’zlari. 19-asrga kelib u kamdan-kam adabiy kompozitsiya uchun ishlatilgan, ammo faqat 20-asrning boshlarida yo’q bo’lib ketgan.
Atama O’zbek tilga nisbatan turli davrlarda turli xil narsalarni anglatgan. 1921 yilgacha “o’zbek” va “Sart “turli lahjalar deb qaraldi:
- “O’zbek” a unli bilan uyg‘unlashganQipchoq kirib kelganlarning avlodlari gapiradigan xilma-xillik Transxoxiana bilan Muhammad Shayboniy XVI asrda, asosan, atrofida yashagan Buxoro va Samarqand, garchi turkiy tilda gaplashsa ham Toshkent unli bilan ham uyg‘unlashtirildi. Buni eski o’zbek deb atash mumkin va bu aniq odamlar guruhi bilan bog’liq.
- “Sart “edi a Karluk mintaqadagi qadimgi turg’un turkiy aholi so’zlashadigan lahja Farg’ona vodiysi va Qashqadaryo viloyati va hozirgi ba’zi qismlarida Samarqand viloyati; unda fors va arab tillarining og’irroq aralashmasi bor edi va yo’q edi unli uyg’unlik. Bu standart o’zbek tili va O’zbekistonning rasmiy shevasiga aylandi.
Yilda Xiva xonligi, Sartlar juda yaxshi gapirishdi O’g’uz Ning turklashgan shakli Karluk Turkiy. 1921 yildan keyin Sovet rejimi bu atamani bekor qildi Sart haqoratli va bundan buyon butun Turkistonning barcha o’troq turk aholisi deb nomlanishiga qaror qildi O’zbeklar, garchi ko’pchilikda o’zbek qabilalarining merosi bo’lmagan. [ iqtibos kerak ]
Biroq, o’zbeklarning noroziligiga qaramay, 1924 yilda yangi respublika uchun tanlangan standart yozma til Bolsheviklar kabi Fayzulla Xodjayev, inqilobgacha bo’lgan “o’zbek” emas, balki Samarqand viloyatining “sart” tili edi. Edvard A. Alluort bu “mintaqaning adabiy tarixini yomon buzganligi” va XV asr muallifi kabi mualliflarga berish uchun ishlatilganligini ta’kidladi. Ali-Shir Navoiy o’zbek identifikatori. [17] Uchala sheva ham zamonaviy so’zlashuvchi o’zbek tilida mavjud bo’lib kelmoqda.
Yozish tizimlari
1911 yildagi matn O’zbek arab alifbosi
Asosiy maqola: O’zbek alifbosiTarix davomida o’zbek tili turli xil yozuvlarda yozilgan:
- 1928 yilgacha: arabcha Yaña imla alifbosi savodxonlar tomonidan, o’sha paytda o’zbeklarning taxminan 3,7%. [18]
- 1880-yillar: rus missionerlari o’zbeklar uchun kirill yozuvidan foydalanishga urinishgan. [18]
Lotin yozuvining O’zbekistonda rasmiy maqomga ega bo’lishiga qaramay, kirill yozuvidan foydalanish hali ham keng tarqalgan, ayniqsa reklama va plakatlarda. Gazetalarda stsenariylar aralash bo’lishi mumkin, sarlavhalari lotin va kirill yozuvidagi maqolalar. [19] Arab yozuvi endi cheklangan matnlarda faqat ramziy ma’noda O’zbekistonda ishlatilmaydi [19] yoki akademik tadqiqotlar uchun Chagatay (eski o’zbek). [18]
Xitoyning g’arbiy mintaqasida Shinjon, o’zbek ozchilik bo’lgan joyda arabcha hanuzgacha foydalaniladi.
Afg’onistonda an’anaviy arab imlosi hanuzgacha qo’llanilmoqda.
Grammatika
Fonologiya
Unlilar
Standard o’zbek tilida oltita unli fonema mavjud: [20]
Undoshlar
Labial Tish Alveolyar Palatal Velar Uvular Yaltiroq Burun m n ŋ Yomon /
Affricateovozsiz p t̪ ( t͡s ) t͡ʃ k q ( ʔ ) ovozli b d̪ d͡ʒ ɡ Fricative ovozsiz ɸ s ʃ χ h ovozli w ~ v z ( ʒ ) ʁ Taxminan l j Rotik ɾ Morfologiya va sintaksis
Turkiy til sifatida o’zbek tili bo’sh mavzu, aglutinativ va yo’q maqolalar va yo’q ism sinflari (jinsi yoki boshqa). So’z tartibi sub’ekt-ob’ekt-fe’l (SOV). So’zlar odatda oksitonlar (ya’ni oxirgi bo’g’in ta’kidlangan), lekin ma’lum sonlar va qo’shimchalar zarralari ta’kidlanmagan.
O’zbek tilida so’zlarning ikkita asosiy toifasi mavjud:
- nominallar (otlar, olmoshlar, sifatlar va ba’zi qo’shimchalarga teng)
- og’zaki so’zlar (fe’llar va ba’zi qo’shimchalar bilan teng)
O’zbek tilida quyidagi og’zaki qo’shimchalar ishlatiladi:
Qo’shimcha Funktsiya Misol Tarjima -moq infinitiv kelmoq kelmoq -di o’tgan zamon keldi keldi -ing majburiy keling! kel! Hozirgi va kelasi zamon ikkalasi ham bilan ifodalanadi -a va -y qo’shimchalar.
Ismlar olmoshini oladi -ni noaniq artikl sifatida qo`shimcha. Qo’shimchasiz otlar aniq ma’noda tushuniladi.
Olmoshlar
Olmosh Tarjima erkaklar Men biz biz sen siz
(norasmiy birlik)siz siz
(rasmiy birlik va ko’plik)siz u / u ular ular So’z tartibi
O’zbek tilidagi so’zlarning tartibi quyidagicha sub’ekt-ob’ekt-fe’l (SOV), boshqalar kabi Turkiy tillar. Ingliz tilidan farqli o’laroq, ob’ekt fe’ldan oldin keladi va fe’l gapning oxirgi elementi hisoblanadi.
Men kitobni ko’ryapman Erkaklar kitobni koʻrdim Mavzu to’g’ridan-to’g’ri ob’ekt o’tuvchi fe’l 1. SS. kitob qarang-PRES.IND. Notiqlarning soni
O’zbek tilida so’zlashuvchilar sonining taxminiy baholari har xil bo’lib, 25 dan 30 milliongacha. Etnolog hisob-kitoblarga ko’ra, barcha tanilgan dialektlar bo’yicha ona tilida so’zlashuvchilar soni 27 millionga teng. Shvetsiya milliy ensiklopediyasi, Milliylikklopedin, ona tilida so’zlashuvchilar soni 30 millionni tashkil qiladi, [21] va CIA World Factbook taxminiy 25 million. Boshqa manbalar o’zbek tilida so’zlashuvchilar soni O’zbekistonda 21 million kishini tashkil qiladi, [22] Afg’onistonda 3,4 million, [23] Tojikistonda 900 ming, [24] 800 ming Qirg’izistonda, [25] 500000 Qozog’istonda, [26] 300000 Turkmanistonda, [27] Rossiyada esa 300 ming kishi. [28]
Ta’sir
Ning ta’siri Islom va kengaytma bilan, Arabcha, o’zbek tilida yaqqol ko’rinib turibdi qarz so’zlari. Ning qoldiq ta’siri ham mavjud Ruscha, qachondan boshlab O’zbeklar hukmronligi ostida bo’lgan Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi. Eng muhimi, o’zbek so’z boyligi, frazeologiyasi va talaffuziga katta ta’sir ko’rsatgan Fors tili uning tarixiy ildizlari orqali. O’zbek tiliga fors tili sezilarli darajada ta’sir qilgan va u ham ta’sir ko’rsatgan Tojik (turli xil forscha). [29] [30] Turkiy tillar orasida o’zbek tili, ehtimol fors tiliga eng kuchli ta’sir ko’rsatgan tildir. [31]
Lahjalar
O’zbek tilida gaplashadigan odam
O’zbek tilini taxminan uchta sheva guruhiga bo’lish mumkin. Markazi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona vodiysida joylashgan karluk lahjalari standart o’zbek tilining asosi hisoblanadi. Ushbu lahjaviy guruh forscha so’z boyligining, ayniqsa tarixiy fors shaharlari Buxoro va Samarqandda eng katta ta’sirini ko’rsatadi. Dan gapiradigan qipchoq lahjasi Surxondaryo viloyati shimoliy-markaziy O’zbekiston orqali Qoraqalpog’iston, dan sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda Qipchoq Turkiy tillar, xususan [j] dan [ʑ] gacha bo’lgan mutatsiyasida Qozoq va Qirg’izlar. O’g’uz shevasi, asosan Xorazm Turkmaniston chegarasi bo’ylab boshlang’ich so’zning [k] dan [g] ga mutatsiyasi bilan ajralib turadi.
Mamlakatlar bo’yicha
Turkmaniston
Turkmanistonda 2000-yillardan beri hukumat majburiy ravishda “Turkmanlashtirish “mamlakatda yashovchi o’zbeklarning. [32] [33] [34] Sovet yillarida va 1990 yillarda Turkmanistonda o’zbek tili erkin ishlatilgan. O’zbek tilida bir necha yuz maktab bor edi, ko’plab gazetalar shu tilda nashr etilardi. Hozir mamlakatda bir nechta o’zbek maktablari, shuningdek o’zbek tilida bir nechta gazeta mavjud. Shunga qaramay, o’zbek tili hali ham ushbu mamlakatda tan olingan milliy ozchiliklarning tillaridan biri hisoblanadi. Turkmanistonda taxminan 300,000-600,000 o’zbeklar yashaydi. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning aksariyati yashaydi Dashoghuz Velayat, shuningdek Lebap Velayat va qisman Ashxobod. [35]
Rossiya
O’zbek tili milliy ozchiliklarning tan olingan ko’plab tillaridan biridir Rossiya. 400 mingdan ortiq O’zbeklar Rossiya Federatsiyasining fuqarolari va ushbu mamlakatda yashaydilar. Shuningdek, Rossiyada 2 dan 6 milliongacha o’zbeklar bor Markaziy Osiyo respublikalar (asosan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston ) muhojirlar va muhojirlar bo’lganlar. Rossiyaning yirik shaharlarida o’zbeklarning yirik diasporalari yashaydi Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Volgograd, Samara, Rostov-Don, Perm, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Vladivostok, Ufa, Krasnoyarsk, Omsk, Krasnodar, Voronej, Saratov va Tyumen. O’zbek tilidagi yozuvlar ushbu shaharlarda tez-tez uchraydi. Belgilar asosan turli xil restoran va ovqatlanish joylari, sartaroshxonalar, meva, sabzavot va to’qimachilik mahsulotlarini sotadigan do’konlarga tegishli. Kichik klinikasi bor, u erda o’zbek tilidagi yozuvlar va yorliqlar joylashgan. Shuningdek, ushbu shaharlar ko’chalarida o’zbek tilida noqonuniy belgilar er osti jinsiy aloqa xizmatlari mavjud (“Qizlarga qo’ng’iroq qiling “). Rossiyadagi o’zbeklar kirill yozuvidagi o’zbek alifbosidan foydalanishni afzal ko’rishmoqda, ammo so’nggi yillarda Rossiyadagi o’zbek yoshlari ham lotin o’zbek alifbosidan faol foydalanmoqdalar. Rossiyaning yirik shaharlarida o’zbek tilidagi kichik gazetalar nashr etilmoqda. [36] [37] [38] Muhojirlar va migrantlar uchun ba’zi yo’riqnomalar, shu jumladan o’zbek tilida takrorlangan. Fakultetlarida rus talabalari tomonidan o’zbek tili o’rganilmoqda Turkologiya butun Rossiya bo’ylab. [ iqtibos kerak ] Rossiyadagi eng yirik o’zbek tilini o’rganish markazlari Moskva va Sankt-Peterburg universitetlarida joylashgan. Bundan tashqari, juda ko’p Ruslar o’zbek tili va madaniyati bilan qiziqadigan va sevadigan va o’zlari uchun ushbu tilni o’rganadiganlar. Rus tili – sobiq SSSRning ko’plab tillari orasida eng ko’p o’rganilgan tillardan biri. Rossiyadagi o’zbek tilida so’zlashuvchilar odatda o’z so’z birikmalarida ko’plab so’zlarni ishlatadilar Ruscha. [39]
Shuningdek qarang
- Chagatay tili[40]
- Janubiy o’zbek tili
Izohlar
- ^ Afg’oniston va Xitoyda ishlatiladi
- ^ O’zbeklar ko’pchilik bo’lgan joylarda uchinchi rasmiy til [3]
Adabiyotlar
- ^O’zbek da Etnolog (18-nashr, 2015)
Shimoliy da Etnolog (18-nashr, 2015)
Janubiy da Etnolog (18-nashr, 2015) - ^ Skott Nyuton (2014 yil 20-noyabr). Sovet dunyosining qonuni va yaratilishi: Qizil Demiurge. Yo’nalish. 232– betlar. ISBN978-1-317-92978-9 .
- ^[1] Pashto, dari, o’zbek, turkmaniy, baluchi, pachay, nuristani, pomiri va boshqa mamlakatda mavjud bo’lgan boshqa tillardan pashto va dari davlatning rasmiy tillari hisoblanadi. Odamlarning aksariyati o’zbek tilida gaplashadigan joylarda, Turkmancha, pachaycha, nuristani, baluji yoki pomiri tillari, yuqorida tilga olingan tillarning har biri, pashto va dariy tillaridan tashqari, uchinchi rasmiy til bo’lib, ulardan foydalanish qonun bilan tartibga solinadi.
- ^ Xammarstrom, Xarald; Forkel, Robert; Xaspelmat, Martin, nashr. (2017). “O’zbek”. Glottolog 3.0. Jena, Germaniya: Maks Plank nomidagi Insoniyat tarixi fanlari instituti.
- ^“O’zbek tilining kelib chiqishi” (rus tilida). Arxivlandi asl nusxasi 2013 yil 2 sentyabrda . Olingan 5 yanvar 2013 .
- ^ Oltin, Piter. B. (1990), “13-bob – Qoraxoniylar va dastlabki islom”, Sinorda, Denis (tahr.), Ilk ichki Osiyoning Kembrij tarixi, Kembrij universiteti matbuoti, ISBN0-521-24304-1
- ^ Alluort, Edvard (1994). Markaziy Osiyo: Rossiya hukmronligining 130 yilligi, tarixiy sharh. Dyuk universiteti matbuoti. p. 72. ISBN0-8223-1521-1 .
- ^ Robert McHenry, tahrir. (1993). “Navā’ī, (Mir)” Al-Shur “. Britannica entsiklopediyasi. 8 (15-nashr). Chikago: Entsiklopediya Britannica, Inc. p. 563.
- ^ Subtelny, M. E. (1993). “Mur ‘Alī Shur Nawā’ī”. C. E. Bosvortda; E. Van Donzel; V. P. Geynrixs; Ch. Pellat (tahrir). Islom entsiklopediyasi. VII. Leyden —Nyu York: Brill Publishers. 90-93 betlar.
- ^ Valitova, A. A. (1974). “Alisher Navoiy”. A. M. Proxorovda (tahrir). Buyuk Sovet Entsiklopediyasi (rus tilida). 17 (3-nashr). Moskva: Sovet Entsiklopediyasi. 194-195 betlar.
- ^ A. M. Proxorov, tahr. (1997). “Navoiy, Nizomiddin Mir Alisher”. Buyuk entsiklopedik lug’at (rus tilida) (2-nashr). Sankt-Peterburg: Buyuk rus entsiklopediyasi. p. 777.
- ^“Alisher Navoiy”. Yozuvchilar tarixi. Arxivlandi asl nusxasi 2013 yil 16 oktyabrda . Olingan 26 yanvar 2012 .
- ^ Maksim Isaev (2009 yil 7-iyul). “O’zbekiston – Sharq adabiyoti mumtoz yozuvchilarining yodgorliklari olib tashlandi”. Farg’ona yangiliklari. Arxivlandi asl nusxasi 2011 yil 11 sentyabrda . Olingan 26 yanvar 2012 .
- ^ Kamola Oqilova. “Alisher Navoiy va uning davri O’zbekiston badiiy madaniyatining rivojlanishi sharoitida”. San’at jurnali . Olingan 28 yanvar 2012 .
- ^“O’zbek madaniyati”. UzHotels. Arxivlandi asl nusxasi 2012 yil 9 mayda . Olingan 27 yanvar 2012 .
- ^“Alisher Navoiy – Adabiyot toji”. Kitob.uz bolalar raqamli kutubxonasi (o’zbek tilida) . Olingan 8 fevral 2012 .
- [doimiy o’lik havola ]
- ^ Alluort, Edvard A. (1990). Zamonaviy o’zbeklar: XIV asrdan hozirgi kungacha: madaniy tarix. Hoover Institution Press. 229-230 betlar. ISBN978-0-8179-8732-9 .
- ^ abv Batalden, Stiven K. (1997). Evrosiyoning yangi mustaqil davlatlari: Sobiq Sovet respublikalari uchun qo’llanma. Greenwood Publishing Group. p. 194. ISBN978-0-89774-940-4 .
- ^ ab Evropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati. Xalqaro konferentsiya (2005). Markaziy Osiyo namoyish etiladi. LIT Verlag Münster. p. 221. ISBN978-3-8258-8309-6 .
- ^ Syoberg, Andri F. (1963). O’zbek tilining grammatikasi. Ural va Oltoy seriyalari. 18. Bloomington: Indiana universiteti. 16-18 betlar.
- ^ “Världens 100 största språk 2007” (“Dunyoning 2007 yildagi 100 ta eng yirik tillari”), Milliylikklopedin
- ^“O’zbekiston”. Markaziy razvedka boshqarmasi . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^“Afg’oniston tillari”. Etnolog . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^“Tojikiston tillari”. Etnolog . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^“Aholining etnik tarkibi” (PDF) . Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi (rus tilida) . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^“Milliy aholini ro’yxatga olish 2009” (PDF) . Qozog’iston statistika agentligi (rus tilida). Arxivlandi asl nusxasi (PDF) 2010 yil 12 dekabrda . Olingan 7 dekabr 2010 .
- ^“Turkmaniston tillari”. Etnolog . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^“Milliy aholini ro’yxatga olish-2010”. Federal davlat statistika xizmati (rus tilida) . Olingan 7 dekabr 2012 .
- ^ Ido, Shinji (2014 yil 21 mart). “Buxorolik tojikcha” (PDF) . Xalqaro fonetik uyushma jurnali. 44 (1): 87–102. doi:10.1017 / S002510031300011X.
- ^Hikki, Raymond 2010. Til bilan aloqa qilish bo’yicha qo’llanma. Malden, MA: Wiley- Blackwel sahifasi 655
- ^“Ozarbayjon ix. Ozariy turkiyadagi eron elementlari – Ensiklopediya Iranica”. www.iranicaonline.org.
- ^memohrc.org – “Turkmanizatsiya” rukovodyashchix kadrlar v Dashoguze
- ^iamik.ru – Turkmanizatsiya uzbekov
- ^vb.kg – V Turkmanii zavershaetsya printsipelnaya turkmenizatsiya
- ^365info.kz – Turkmanskie uzbeki tiko likut va i sledyat za Mirziyoziyev
- ^fergananews.com – V Moskve nachinaet voxodit gazeta na uzbekskom yazyke
- ^vesti.kg – V Moskve nachinaet vyhodit gazeta na uzbekskom yazyke
- ^caravan.kz – V Moskve nachinaet vyhodit gazeta na uzbekskom yazyke
- ^the-village.ru – Moskvichi, izuchayushchie uzbekskiy, tadjikskiy i moldavskiy yaziki
- ^ [ ]
Manbalar
- Mamatov, Jahongir; Kadirova, Karamat (2008). O’zbekcha-inglizcha keng qamrovli lug’at. Hyattsville, Merilend: Dunwoody Press. ISBN978-1-931546-83-6 . OCLC300453555.
- Ksato, Eva Agnes; Yoxanson, Lars (1936). Turkiy tillar. London: Routledge. ISBN0-415-41261-7 . OCLC40980286.
- Bregel, Yu (1978). “Xiva xonligidagi sartlar”. Osiyo tarixi jurnali. 12 (2): 120–151. JSTOR41930294.
- Bodrogligeti, Andras J. E. (2002). Zamonaviy adabiy o’zbek tili: intensiv boshlang’ich, o’rta va yuqori kurslar uchun qo’llanma. Myunxen: Lincom Europa. ISBN3-89586-695-4 . OCLC51061526.
- Fierman, Uilyam (1991). Tilni rejalashtirish va milliy taraqqiyot: o’zbek tajribasi. Berlin: Mouton de Gruyter. ISBN3-11-085338-8 . OCLC815507595.
- Ismatullaev, Xarulla (1995). Zamonaviy adabiy o’zbek I. Bloomington, Indiana: Indiana universiteti, Ichki Osiyo tadqiqotlari instituti. ISBN0-933070-36-5 . OCLC34576336.
- Karl, A. Krippes (1996). O’zbekcha-inglizcha lug’at (Rev.). Kensington: Dunwoody Press. ISBN1-881265-45-5 . OCLC35822650.
- Syoberg, Andri Frensis (1997). O’zbek tilining grammatikasi. Richmond: Curzon Press. ISBN0-7007-0818-9 . OCLC468438031.
- Uoterson, Natali (1980). O’zbekcha-inglizcha lug’at. Oksford: Oksford universiteti matbuoti. ISBN0-19-713597-8 . OCLC5100980.
- O’zbekiston Respublikasi, Oliy va o’rta ta’lim vazirligi. Lotin yozuviga ishlov berish o’zbek alifbosi va imlosi (Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va orfografiyasi), Toshkent moliya instituti: Toshkent, 2004 y.
- A. Shermatov. “O’zbek dialektologiyasi rivojlanishining yangi bosqichi” O’zbek tarixi, madaniyati va tiliga oid insholar. Ed. Baxtiyor A. Nazarov va Denis Sinor. Bloomington, Indiana, 1993, 101-9 betlar.
Tashqi havolalar
- O’zbek kirill-lotin konvertori
- O’zbek kirill-lotin matni va veb-sayt konvertori
- Lotin-kirillcha o’zbekcha matn va veb-sayt konvertori
- O’zbek tilining lug’ati I jild (A — R) (Toshkent, 1981)
- O’zbek tilining lug’ati, II jild (S — H) (Toshkent, 1981)
- Inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha onlayn lug’at
- Inglizcha-o’zbekcha va o’zbekcha-inglizcha onlayn lug’at
- Ruscha-o’zbekcha va o’zbekcha-ruscha onlayn lug’at
- O’zbekcha <> turkcha lug’at (Pamukkale universiteti)
- Ole Olufsen: “Bokara lahjasi lugati“[2] (Kobenhavn 1905)
- O’zbek tiliga kirish, Mark Dikkens
- O’zbek tili uchun asosiy orfografik qoidalar, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qarori tarjimasi
- O’zbek alifbosi, Omniglot
- Ona tili uz, o’zbek tili haqida veb-sayt
- O’zbek tilidagi materiallar, Uz-Translations
- 4.1 Fonologiya