Press "Enter" to skip to content

Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlanadi

Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

Yangiliklar

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til bor ekan millat barhayot. Tilni moʻtabar zot-onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini to‘ymasdan yashay olmaydi. Fikrimizning isboti sifatida Davlatimiz rahbarining quyidagi nutqini keltirib o‘tamiz. “Kimda kim o‘zbek tilining bor latofatini jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onajonlarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, Baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutishsin”. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘lishi va mazkur sana “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan respublika miqyosida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti masʼul xodimi Z.Ro‘ziyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi M.Valiyev, O‘zbekiston Xalq artisti T.Mo‘minov, O‘zbekiston Xalq artisti A.Rafiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, shoir B.Ergashevlar ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida masʼul vakillar tomonidan o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi taʼkidlandi. Ustoz sanʼatkorlar tomonidan kun mavzusiga doir ijro etilgan monologlar, dostonlardan sheʼriy parchalar, ona tilni ulug‘lovchi badiiy chiqishlar barcha tadbir ishtirokchilarda ko‘tarinki ruh va faxr-iftixor uyg‘otdi. Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlash joizki, tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burchimiz bo‘lib qoladi.

13 Oktyabr 2022 923

Yangiliklar

Toshkent viloyatida harbiy xizmatchilar tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

27 Yanvar 2023 9

Hamkorlikdagi reyd tadbirlari davomida umumiy qiymati 171 million so‘m bo‘lgan farmatsevtika vosital…

27 Yanvar 2023 12

Navoiy viloyatida noqonuniy ov qilayotgan fuqarolar aniqlandi

27 Yanvar 2023 16

Davlatimiz rahbarining “IIOni xalqchil professional tuzulmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaq…

27 Yanvar 2023 17

Sirdaryo viloyatida joylashgan bankomatlardan birini ochishga uringan shaxs voqea joyida qo‘lga olin…

23 Yanvar 2023 392
O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Burch, Sadoqat, Jasorat

Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing

2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group

Ovozli o’qish

Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing

​“Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlanadi

Qaror Vatanimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o`zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning puxta tayyorgarlik asosida, yuqori saviyada o`tkazilishi belgilandi.

Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarda bayram tadbirlari, teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalarimiz haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etilishi belgilandi.

Mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida o`zbek tiliga bag`ishlangan bayram tadbirlarini o`tkazish va “O`zbek tilining do`stlari” klublarini tuzish topshirildi.

TILIMIZ SOFLIGINI ASRAYLIK.

Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirishda 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili haqida” gi Qonunning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etdi. Bu bilan huquqiy asosda tilimizni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrash, yanada boyitish imkoniyatlari yaratildi.

Bugungi suhbatimiz Urganch shahar hokimining maslahatchisi Sayyora Samandarova bilan “Davlat tili haqida”gi Qonunning kundalik hayotimizga samarali tatbiq qilinishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tilimizning benazir ahamiyati haqida bo‘ldi.

– Sayyora Erkinovna, tilimizga davlat tili maqomi berilishi maʼnaviy-madaniy meros, umummilliy boylik, taʼbir joiz bo‘lsa, ulkan oliy qadriyat, shunday emasmi?

– Hammamizga yaxshi maʼlumki, har bir xalqning, millatning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan qadriyatlari mavjud. Bu qadriyatlarni u boshqa hech qayerdan topolmaydi. Bu – uning vatani hamda tilidir.

Bugun 8 milliardga yaqin dunyo aholisi 6 mingdan ortiq tilda gaplashadi. Bu tillarning bor-yo‘g‘i 100 ga yaqini davlat tili maqomiga ega. Ular orasida davlat tili sifatida o‘zbek tilining ham borligi, albatta, tilimizning nufuzini ko‘rsatadi.

Faxr bilan ayta olamizki, tug‘ilib o‘sgan ona-yurtimiz, vatanimiz qanchalik serquyosh, maftunkor bo‘lsa, tilimiz ham shunchalik jozibador va go‘zaldir. Tilimizda shunday so‘z va iboralar borki, ularni har qanday mohir tarjimon ham boshqa biror bir tilga tarjima qila olmaydi. Ko‘p misol keltirishning hojati yo‘q. O‘zbek o‘z bolasini qanday erkalashini bir eslang: aylanay, jonim bolam, baraka top, iloyo unib-o‘sgin, joningdan aylanay bolam. biz bu so‘zlarni har kuni bir necha bor yuragimizdan chiqarib aytamiz, biroq bu so‘zlarning tarjimasini biror bir lug‘atdan topib ko‘ring-chi?

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali anjumanda muhtaram Prezidentimiz ham “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allasini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin” deb aytgan edilar. Bu borada Abdulla Avloniy tilda – millat ruhi yashaydi, deydi.

-Ushbu umummilliy boyligimiz-xazinamizni avaylab-asrash borasida qanday natijador ishlar amalga oshirilmoqda?

-Ayonki, mana shunday, asrlar osha mardonavor kurashlarda g‘olib bo‘lib kelayotgan tilimiz, albatta, tashqi yozuvlarda aks etadi. Biz shuning uchun ham bugun yozuvlarimizning, xususan, ko‘chalardagi tashqi yozuvlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligini o‘rganish va taʼminlash masalasiga juda katta eʼtibor qaratmoqdamiz.

Hozirgi kunda respublikamiz bo‘ylab o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklari, vazirlik va idoralarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarini men o‘zbek tilining himoyachilari, uning himoyasiga otlangan kurashchilar deb atagim keladi.

Bugungi globallashuv jarayonida, axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida tilning sofligini saqlab qolish, uni milliy boylik sifatida asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi juda muhim jarayondir.

Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda tilimizga turli so‘zlarning shiddat bilan kirib kelayotgani ham haqiqat.

Ushbu vazifaga kirishganimdan keyin shahrimiz ko‘chalarini bir-bir aylanib chiqdim. Tilimizning bevosita ifodasi bo‘lgan baʼzi tashqi yozuvlarimizda uchrayotgan imloviy xatoliklar, xorijiy tillarda yozilgan yozuvlarni ko‘rib, bu borada qiladigan ishlarimiz ko‘pligiga amin bo‘ldim.

Biz dastlab shahardagi mahallalarda joylashgan barcha turdagi obyektlar nomlarining bazasini yaratib oldik. Shuningdek, ishchi guruhi tuzib, tashqi yozuvlarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini o‘rgandik. Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi,ularning ko‘pchiligini bugungi kunda bartaraf etishga erishdik. Jumladan, birgina markaziy ko‘chada 23 ta peshlavhalar yangilandi. Shahardagi boshqa hududlarda ham bu jarayon davom etmoqda. Ayni damda ko‘chalardagi, bozor va savdo shoxobchalaridagi, shahar va tumanlararo yo‘llardagi yuzga yaqin yozuvlar qonun talablari asosida o‘zgartirildi.

Bizning faoliyatimizning yana bir muhim yo‘nalishi-geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini muvofiqlashtirib borishdir.

Shahrimizdagi barcha mahallalar va ko‘chalarning nomlarini Davlat kadastrlar palatasi Urganch shahar filiali bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqib, xatlovdan o‘tkazdik. Maʼlumki, keyingi yillarda shahrimizda aholining turmush sharoitini, yashash darajasini yaxshilash maqsadida hukumat dasturlari asosida ko‘plab yangi turar-joylar barpo etildi. Va buning natijasida, ayonki, yangi ko‘chalar bunyod bo‘ldi. Shuningdek, xatlov natijasida shahrimizda 2 ta takroriy ko‘cha nomlari borligi aniqlandi. Mana shu 15 ta yangi ko‘chaga hamda 2 ta takroriy ko‘chalarga yangi nom berish masalasi ham tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, “Davergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi tomonidan Ekspertizaga taqdim qilinib, xulosalar olindi, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining sessiyalarida tasdiqlandi. Bugungi kunda shahrimizdagi mavjud jami 501 ta ko‘chaning barchasi nomlangan, takroriy nomlar esa mavjud emas.

– Markaziy ko‘chalarda, savdo shoxobchalari, tijorat do‘konlari binolari peshtoqlarida til meʼyorlariga mutlaqo zid ravishda yoxud xorijiy tillarda yozilgan, mazmunan buzib bayon qilingan shior, turli yozuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Bunday holatlarning oldini olish uchun qanday ishlar qilinmoqda?

Bugungi kunda shahar hududida matbaachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga reklama va bannerlarni chop etishda davlat tili qonuni talablariga qatʼiy rioya qilinishi bo‘yicha shahar hokimining maxsus xati asosida topshiriqlar berildi. Qolaversa ular bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan. Deylik, zarur hollarda, shu reklama va bannerlar yozuvlarini chop etmasdan oldin til meʼyorlariga mos va xosligini ko‘rib chiqish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Misol tariqasida “Mirzo va R”, “Ruslan Samadov”, “Komplekt” xususiy korxonalari, “RIM.uz.” reklama agentligi bilan hamkorlikdagi ishlarimiz o‘zining yaxshi natijalarini ko‘rsatmoqda. Turli reklama mahsulotlarini chop qilish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga amaliy ko‘magimiz natijasida tashqi va ichki reklamalarning sifatli chiqishiga erishilmoqda.

Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan va eʼtibordan qolib kelgan bu xatoliklarni qisqa vaqt ichida birdaniga, to‘liq bartaraf etish ham maʼlum muddatni talab etadi. Buni ham to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Ammo, muhimi, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar albatta o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi.

– Shaxsan, ushbu lavozimda filologiya fanlari nomzodi, o‘zbek tili bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida hamshaharlarga, eldoshlaringizga nimalar degingiz keladi?

Men fursatdan foydalanib, keng jamoatchilikni, tilimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning sofligi uchun samimiy, yurakdan jon kuydiradigan faollarimizni, yoshlarimizni bu borada biz bilan yaqindan hamkorlik qilishga chaqiraman. Shuningdek, barcha idora va tashkilotlar, korxonalar rahbarlarini, tadbirkorlarimizni tashqi yozuvlarning “Davlat tili haqida”gi qonuni talablariga mos holda bo‘lishiga eʼtibor qaratishlarini so‘rayman.

Barcha eldoshlarimizga maʼlumki, ayni paytda davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanishini rag‘batlantirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” Respublika tanlovi eʼlon qilingan. Bugungi kunda ushbu tanlovga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborildi.

Ishonamanki, o‘zbek tilimizni bor jozibasi bilan asrash, uni millatimizning, xalqimizning haqiqiy boyligi sifatida ulug‘lash va kelajak avlodlarga yetkazish har bir yurtdoshimizning yurak amriga, ezgu niyatiga aylanadi. Negaki til orqali millatning maʼnaviyati, madaniyati, bebaho qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tilimizning sofligini asrash har birimizning muqaddas burchimiz.

– Mazmunli suhbatingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

– Sizga ham rahmat, salomat bo‘ling.

Dilbar Bekchanova,

Aoka Xorazm “facebook” sahifasidan olindi

O’zbek tili davlat tili 30 yilligi

2019 yil 18 oktabr kuni institutimizning Arxitektura fakulteti “Covor king” zalida O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan – ona tilim” mavzusida tantanali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Feruza Qosimova kirish so‘zi bilan ochdi. Bayram kechasida asosan, institutimizning Bino va inshootlar, Muhandislik qurilish infrastrukturasi va Qurilishni boshqarish fakultetlari talabalari o‘z ijrolari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, 14-19, 37-19, 44-19, 46-19 va 48-19 guruhlarining jiddiy tayyorgarlik ko‘rganliklari yaqqol sezilib turdi. Ular tomonidan tayyorlangan she’riy kompozitsiya , badiiy lavha, kuy- qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari bayram kechasining juda tantanali va shukuhli o‘tishini ta’minladi. Ta’kidlash joizki, 14-19 guruhi insoniylik, vatan, millat, vatanparvarlik haqidagi she’riy kompozitsiya hamda har xil tillarning yaralishiga oid badiiy lavha, 44-19 va 48-19 guruhlari muomala odobiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, 46-19 guruhi turli tillarda tayyorlangan she’rlar jamlanmasi, , 37-19 guruhi qo‘shiq va tantanali ko‘rinishlar bilan “Til bayrami”ning yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Ayniqsa, tadbirimizga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab va Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litsey muallimlari,shuningdek, o‘quvchilarning tashriflari hamda ularning chiqishlari alohida ruh bag‘ishladi. Ayniqsa, Davron Rajab va Marg‘uba Ismoilovalar jozibador nutqlari hamda diltortar she’rlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar.
Bayram dasturida faol qatnashib alohida ajralib turgan guruhlar va talabalar institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviy ishlar bo‘limi tomonidan “Eng yaxshi guruh”, “Eng faol guruh”, “Eng tashabbuskor guruh”, “Eng faol talaba”, nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar, shuningdek, turli sovg‘alarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida institut miqyosida tashkil etilgan devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari ham institut rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram kechasi juda tantanavor ruhda o‘tdi.

Ushbu bayram dasturi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti
J.I.Xolmuradova tomonidan tashkil etildi. Tadbirda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi a’zolaridan Z. J. Yuldasheva, Z. Nurjonova, R. Turdibekova, I. Qahhorova va B. Abdulxayrovlar talabalari bilan tomoshabin sifatida ishtirok etdilar. Bayram dasturining chiroyli o‘tishida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviy ishlar bo‘limi boshlig‘i F. va ushbu bo‘lim a’zolarining xizmatlari katta bo‘ldi.

O’zbek tili davlat tili 30 yilligi

Foto: Ўзбекистон президенти матбуот хизмати

Yangi «Kongress-xoll» saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Кириллчада 21 oktabr 2019, 18:52 Siyosat

Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», — dedi prezident.

Prezident o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Davlat rahbari 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi O‘zbekistonda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.

«Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak».

Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.