Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tilimi

Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].

Ilm va ta’lim

Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. )

Muallif: Klaraxon Mavlonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.

O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.

Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.

Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan.

O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim.

Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar.

Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish mumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur.

Psixologiyaga doir manbalarga ko‘ra ona tili darslaridagi badiiy idrok adabiy o‘qish paytidagi badiiy idrokdan farq qiladi. O.K.Tixomirov idrok etish maydoni tushunchasi haqida gapirib, geshtaltpsixologlarning shu haqdagi fikrini keltiradi va buni quyidagi tarzda izohlaydi: “Ularning fikrini shunday tushunmoq kerakki, idrok etish maydoni avval boshdanoq tarkibiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi: in’ikos paytida idrok etilayotgan predmetning nimasidir birinchi planga chiqadigan (figura deb nomlanadigan) va ikkinchi planga ko‘chadigan (fon deb ataladigan) tomonlari o‘zaro ajralib turadi. Figura va fon o‘rtasidagi munosabatlar harakatchan bo‘lib, o‘zgarib turadi, ya’ni kishining nigohi ma’lum vaqtda nimada qaydlansa, shu figura bo‘lib qoladi, boshqalari esa fonga ko‘chadi” [1]. Muallif ushbu fikrni tushuntirish uchun bir misol keltiradi. Agar kimgadir bir portretni ko‘rsatib, unda tasvirlangan odamning olijanob chizgilarini ajrating, deyilsa, idrok shaxsning shu jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Agar shu portretning o‘zini ko‘rsatib, bu jinoyatchi, uning qiyofasini tasvirlang, deyilsa, idrok etuvchi undan jinoyatchilarga xos alomatlarni qidirishga tushadi.

Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha, ona tili darslarida topshiriq shartiga ko‘ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o‘quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o‘quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo‘naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o‘rganilayotgan til hodisalari (so‘z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko‘chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o‘qib idrok etish, ham badiiy mahorat sirlarini o‘rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog‘liq bo‘ladi. Agar matnni ifodali o‘qing, degan topshiriq berilgan bo‘lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo‘lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o‘qib, darsda o‘tilayotgan biror til hodisasini aniqlash so‘ralgan bo‘lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko‘chadi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.

M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo‘lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o‘z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgilarini hisobga olmaydi.

Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o‘ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi [2]. Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.

Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so‘ng qo‘shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko‘chirilishi ular ustida olib boriladigan ko‘pi bilan 5–7 daqiqaga mo‘ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo‘ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo‘lganlik kabi xislatlarda namoyon bo‘ladi. Bular so‘z va so‘z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.

5-sinf “Ona tili” [3] darsligidagi quyidagi mashqni ko‘rib chiqaylik.

182-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning tarkibidagi kirish so‘zlarni topib, qanday mano anglatayotganini ayting.

Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo‘lsa! Axir, ular tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya! (X. To‘xtaboyev)

O‘quvchilarning e’tiborini -ku va axir yuklamalariga, imlosi hamda ular orasiga qo‘yilgan tinish belgisiga qaratish maqsadida ularga “. mumkin-ku, axir” so‘zlari bilan tugaydigan ta’sirchan gaplar tuzish vazifasi beriladi. Matndagi nahotki, axir, -ku, kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining badiiy matndagi o‘rniga alohida ahamiyat qaratiladi.

Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o‘rgatish, o‘z o‘rnida bilib qo‘llashni ko‘rsatib borishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o‘xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi. 8-sinf “Ona tili” darsligining 16-dars, 1-topshirig‘ida O‘.Hoshimovning asaridan parcha keltirilgan. Ushbu matnda nechta gap borligini aniqlash topshiriq sifatida berilgan.

Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.

Ushbu mashqda ham badiiy matndan olingan parchaning bir jihatiga, yani til hodisasini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini matnda qo‘llangan kuzning og‘ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelishi gapiga, yelpig‘ichday qat-qat bulutlar, tansiq nurlar, yaproqlarning mungli shivir-shiviri kabi so‘z birikmalariga qaratishi ularda badiiy idrok jarayonining ishga tushishini taminlab beradi. Ular matnda qo‘llangan emotsional-ekspressiv vositalar hamda badiiy tasvir vositalarini ham aniqlab, izohlab, badiiy matnning sehrini his etishadi. Bu esa ularda estetik zavqni paydo qiladi.

Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.

Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o‘qish, til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o‘quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o‘qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko‘chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo‘ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro‘yobga chiqadi.

Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].

7-sinf “Adabiyot” darslik-majmuasida izoh berilganidek, “Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik kechinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi” [5]. “Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli” [5].

Ma’lum bo‘ladiki, badiiy idrok etish inson ruhiyatining aqliy, axloqiy, estetik, ijodiy kabi keng doiradagi sohalarini qamrab olar ekan. Estetik soha esa badiiy didni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida badiiy matn ustidagi ishlarga oz vaqt ajratilsa-da, ular nihoyatda ixcham, lekin keng qamrovli tashkil etilmog‘i lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida badiiy idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni birinchi planga olib chiqish uchun badiiy matn asosidagi mashq shartiga qo‘shimcha topshiriq kiritish yo‘li bilan til xususiyati ustidagi ishlarni figuraga aylantirish zarur. Bu ishlar ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, uning estetik madaniyatini rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Тихомиров О.К. Психология: Учебник / Под ред. О.В.Гордеевой. – М.: Высшее образование, 2006. – 538 с.

2. Хайруллаев М ., Ҳақбердиев М . Мантиқ . – Т .: Ўқитувчи , 1993. – Б. 106-107 .

3. Ona tili : Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/ N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.— T.: Tasvir, 2013. 32-b.

4 . Молдавская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – М.: Педагогика, 1976. – С. 28 .

5 . Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua / Q.Yo‘ldoshev, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Qayta ishlangan 3-nashri. – T . : Sharq, 2013. 3- b.

O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tilimi?

O‘zbek tili O‘zbekistonda Davlat tili maqomiga 27 yil avval “erishgan” edi.

1989 yilning 19 martida Toshkentning Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydoni O‘zbekiston tarixidagi ilk norozilik namoyishiga sahna bo‘lgan edi.

Muxolifatdagi “Birlik” xalq harakati tomonidan uyushtirilgan namoyishda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish talab etilgan.

Hukumat muxolifat va jamoatchilikning bosimlari ostida Davlat tili haqidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘yadi va oradan yarim yil o‘tib, 1989 yil 21 oktyabrida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinadi.

O‘zbekistonning rasmiy matbuoti o‘zbek tiliga huquqiy maqom berilishi Prezident Islom Karimovning tashabbusi va rahnamoligida amalga oshirilganini ta‘kidlaydi.

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolning eslashicha, Gorbachevning oshkoralik siyosati tufayli shoir va yozuvchilar boshchiligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishiga erishilgan edi.

Bi-bi-si bilan suhbatda Jamol Kamol bugungi kunda o‘zbek tiliga e‘tiborning yetarli emasligini tanqid qildi.

Jumladan, uning aytishicha, keyingi paytlarda davlat televideniyesida adabiy til normalari qo‘pol ravishda buzilmoqda, mahalliy qo‘shiqchilarning o‘z shevalarida qo‘shiq ijro etishlariga yo‘l qo‘yib berilmoqda.

Taniqli adib va tilshunos olim shuningdek, hozirda muhokama qilinayotgani aytilgan Fanlar Akademiyasi qoshidagi Til va abadiyot institutini qisqartirish yoki tugatish rejalariga ham qarshi chiqdi.

Yaqinda O‘zbekistondan qaytgan sayyohlardan biriga ko‘ra, rus tilini bilsangiz, mamlakatning barcha mintaqalarida ishingiz unadi.

Shaharlardagi do‘konlar va e‘lonlarning ayrim holatlarda qariyb teng yarmi rus tilida bitilgan.

Rus tilida so‘zlashish, uning so‘zlariga ko‘ra, Sho‘rolar zamonida bo‘lgani kabi hamon “madaniyatlilik” belgisi sanaladi.

Toshkentda kechadigan xalqaro anjumanlarning aksari rus tilida o‘tadi.

O‘zbek mulozimlari ham xorijga safar qilar ekanlar, barcha muloqotlarni rus tilida o‘tkazishadi.

Biz Bi-bi-si O‘zbek xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilaridan o‘zbek tilining o‘tgan 27 yil ichida qanchalar davlat tili bo‘lib ulgurgani yoki ulgurmagani haqida so‘radik.

“Davlat tili haqida”gi qonun ijrosi ta‘minlanmoqdami?

Farkhod Abdurakhmonov: O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin qariyb 27 yil o‘tdi, lekin hanuzgacha ona tilimiz tom ma‘noda o‘z mavqe‘iga ega bo‘lmadi. Birinchidan, Qonun talabiga ko‘ra, davlat idoralarida ishlab O‘zbek tilini bilmaydigan boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘zlashtirishlari uchun berilgan muddat o‘tib ketganiga qaramasdan, hamon davlat strukturalarida tilni bilmaydiganlar bemalol ishlamoqdalar, hattoki millati O‘zbek bo‘lgani holda o‘z ona tilida so‘zlasha olmaydigan rahbar va mutaxassislar ham hech qanday cheklovlarsiz davlat organlarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ikkinchidan, televideniya, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarida shevada gaplashish odatga aylanib bormoqda. Muhtaram adibimiz Jamol Kamol intervьyuda Xorazm san‘atkorlarining o‘z shevalarida qo‘shiq kuylayotganlarini ta‘kidlab o‘tdilar, qo‘shiqni bir tomondan tushunish mumkindir lekin kino, teleserial va boshqa ko‘rsatuvlarda shevada so‘zlashlarning ko‘payib ketayotganligi va unga bironta ham ma‘sul organlar o‘z munosabatlarini bildirmayotganligi kishini ajablantiradi. Hech kim shevada so‘zlashishga qarshi emas, har bir kishi o‘z ona tilida, o‘z shevasida gaplashishga to‘la haqli. Har bir millat, elatga o‘z tilidan foydalanishiga va uni rivojlantirishiga davlat har tomondan shart-sharoit yaratib berishi shart. Ayni paytda davlat miqyosida, ayniqsa, OAVlarida, davlat ish yuritishida hech qanday istisnosiz davlat tilida gaplashish va yozishmalarni olib borish kerak. Uchinchidan, ko‘chalarda, ommaviy joylarda, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun talablari qo‘pol buzilmoqda, jumladan, har xil afisha, reklama, e‘lonlar boshqa tillarda yozilishi holatlari har qadamda uchraydi, shuningdek, davlat tilida yozishlarda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Biz tilimizga davlat maqomi berilgan sanani har yili qandaydir chora-tadbir o‘tkazish bilan cheklanyapmiz, amalda tilimiz rivojiga e‘tiborsiz, loqayd bo‘lib qolmoqdamiz. Til millatning asosiy atributi hisoblanadi va unga ahamiyat bermaslik ayni paytda millatga, elga befarqlik demakdir. O‘z millatini, yurtini e‘zozlaydigan har bir kishi ona tilini ulug‘laydi, qadrlaydi. Milliy g‘ururi bo‘lgan inson o‘z ona tilida ravon so‘zlasha olishi, yoza bilishi kerak. Qancha ko‘p til bilsangiz shuncha yaxshi biroq birinchi navbatda ona tilini yaxshi bilish zarur, ya‘ni boshqa tillarni bilishimiz o‘z ona tilimizni kamsitish hisobiga bo‘lishi kerak emas. Menimcha, davlat tilining e‘tiborsiz qolayotganligiga yana bir sabab shundan iboratki, tirikchilik tashvishlari va boshqa omillar ta‘sirida yoshlarimiz orasida, kattalarda ham o‘qishga, ilmga ishtiyoq susaygan. Kitob, gazeta, jurnal mutolaa qilmagan insonning til boyligi cheklanadi faqat maishiy darajada ishlatiladigan so‘zlardan nariga o‘tolmaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilsak, Davlat tili to‘g‘risidagi Qonunning ijrosini ta‘minlash qoniqarsiz ahvolda.

Zebo Narkuziyeva : Juda tugri fikr FARXODJON lekin sizga uxshab jon kuydiruvchilar kamayib ketgan afsus . Sen menga tegma ,men senga tegmayman –deyilayapti xozir .

Janna Shukir: Q’zbekistonda Davlat tili to’g’risidagi Qonunning ijrosini ta’minlash qoniqarsis deb aytishga asos bor. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tasdiqlangan. Lekin fikrlar “kirillcha” yozilibdi. Bunga ham e’tibor bersangiz Qonunning 1%-ni bajargan bo’lasiz.

Ali Bey O’zbek: Davlat tili maktabda,xolos. Tashkilotlar, ayniqsa uyali aloqa shirkatlari davlat tilini bir tiyinga emas, bir chaqaga olmaydi.Shartnomalar 100 foiz rus tilida tuziladi. Rus tilini bilmaydigan dilerlar tushunmasdan “xol qo‘yib” o‘zini xor qilayapti.

Lutpitdin Muxitdinovich Suleymanov: uzbekiston xalk artisti unvoni boru, televizorga chikib yoki jurnalistlar bn mulokotda fakat ruscha gapirishadi , uyalmaydi xam. Ayniksa a r t i s t l a r, masalan rayxon , munisa rizayeva va kup bular.

Dilafruz Rasulova: Internetda ham Davlat tili qoidalariga amal qilib yozish haqida qonun chiqsa yaxshi bo‘lardi.Juda ko‘pchilik tilimizni buzib, cheksiz orfografik xatolar bilan yozadi, hatto so‘zlarni xato yozish urfga ham kirganga ham o‘xshaydi.

Mukaddas Ismaılova : Rus yoki boshqa tillarda gapirish uyat, xato ekani balki juda to‘g‘ri, ammo shevada gapirish nega xato ekan, u bizning shevamiz, o‘zbek tilida gapiradigan O‘zbek xalqining shevasi-yu, bir boshqa til emasku

Shakarbek Normatov: Tojik tiligayam davlat statusini beringlar barakatopkurlar. Bizni hamzabonlarimiz kup ku Uzbekistonda (nufuzlari uzbeklardan sal ozroq). Tarixga nazar boqinglar – shoir va yezuvchilar asrlar ikki tilda ijod qilganlar va hej bumaganda hozir zamonda rus tilini joyini olishiga haqqimiz bor deb uylayman.

Jaloliddin Sadriddinov: Unaqada Tojikistonda ham O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi kerak. O‘zbeklarni soni ham Tojikistonda ancha ko‘p.

Fergan Amadi: Avvalo xurmati jurnalist janoblari biron bir makolani chop etishdan oldin uni imloviy, sintaksis va gramatik jixatdan xatolari yukligni tekshirib keyin keng omma e‘tiboriga takdim kilish kerak. Sizda xatolar gij-gij. Ma‘no sarisok piyoz bulib yotibdi. Masalani ikkinchi jixati juralist axli avvalo publistik uslubda ijod kiladi. Sizning bu makolangizda ba‘diy uslub yetakchi xisoblanadi. Uzbek tili deb xar kandan turkiy atamalarni, iboralarni, arxaik birikmalarni ishlatish kerak emas. Masalani ushbu jixatlarini kurib chikib keyingina til xakida makola chikarsa yarasharmidi.

Jakhan Karakhan: Davlat tili rus tiliyu bizda

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz – https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram – BBC UZBEK
  • Twitter – BBC UZBEK
  • Odnoklassniki – BBCUZBEK
  • Facebook – BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube – BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

O’zbek tili davlat tili haqida matn

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.

Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.

Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktyabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

oʻzbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

davlat tilini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) uch oy muddatda:

“Oʻzbek tili bayrami kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini;

“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;

b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;

v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:

mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;

taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;

davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;

davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Til – millat ko’zgusi

Ma’lumki, dunyodagi 200ta til bugunda davlat tili maqomiga erishgan bo‘lib, shular orasida o‘zbek tili ham bor. YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyoda 6 ming 909 til mavjud bo‘lib, ulardan atigi 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Ular qatorida ona tilimiz – o‘zbek tilining borligi har birimizning qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldiradi.

O‘zbek tilining nufuzi bugungi kunda xalqaro maydonda ham ortib bormoqda. Bir qator xorij mamlakatlaridan kelib, yurtimizda o‘zbek tilini o‘rganib ketayotganlar ham ko‘payib bormoqda. Turli mamlakatlardagi o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘rganilmoqda.

Bu esa, har birimizning qalbimizda faхr-iftiхor tuyg‘ularini uyg‘otadi, uning hayotimizda o‘rnini topishi o‘zligimizning namoyon bo‘lishidir. Ayni chog‘da orzu-umidlarimiz, o‘zligimiz bo‘y ko‘rsatadigan qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘ib, uning jamiyatimizdagi mavqeyini yuksaltirishga har birimiz o’z hissamizni qo‘shmog‘imiz kerak. Zero, til bor ekan, millat barhayot, uning istiqboli nurli va charog‘ondir. Tariх silsilasida tilimiz ne-ne qarshiliklarga uchramadi. Har safar ularni engib o‘tib, oldimizda o‘z go‘zalligini namoyon qildi. Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.

O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, – deyishmaydi. Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim. O‘zbek tilining rivoji, taraqqiyoti, teran tadqiqi va tashviqi borasida hali ko‘p ishlarni qilishimiz zarur. Borligimiz, davlatimiz ramzi bo‘lgan bebaho boyligimizga mas’ullik hissi hech birimizni hech qachon tark etmasin.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi. Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.

Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning o‘z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi. Har bir xalqqa o‘z tili aziz va ardoqli. Sho‘rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, ko‘p ming asrlik tarixga ega bo‘lgan turkiy xalqlar ham o‘z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo‘ldagi sun’iy to‘siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko‘tardi. Sho‘rolar davrida ham o‘zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo‘lgan. Xususan, ona tiliga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o‘tkazila boshlangan.

Har yili 21-oktabrni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o‘tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e’tibor — elga e’tibor», «Til — millat ko‘zgusi» shular jumlasidandir. 21-oktyabr oʻzbek millati uchun qutlugʻ sana. Bundan 32 yil burun shu kuni xalqimiz ming yillik ulugʻ orzusiga yetishdi. Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu yil oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlmoqda. Mana bir necha kunki, ba’zi “ziyoli”larning rus tiliga rasmiy maqom so‘rab yozilgan murojaat хati millatimizning barcha jonkuyarlarini o‘zaro birlashib, tilimizni asrash yo‘lida birlashtirmoqda. Ma’lumki, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil 30 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb ko‘rsatib qo‘yilgan. Mazkur hodisa ona tilimizni asta-sekin yo‘qolib ketish хavfidan qutqardi. 24 moddadan iborat bo‘lgan “Davlat tili haqidagi” Qonunning 2-moddasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”, deb yozilgan. Qonunning 3-moddasida esa “Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z хohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar” , deb belgilangan. Bulardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining tiliga ham huquqiy maqom berilgan. Xalqning ma’naviy olami dastlab uning tilida aks etadi. Xalqning tili asosida uning ruhiyati va ma’naviy qiyofasi haqida hukm chiqarish mumkin. Xalqimizda til bilgan el biladi, deya bejiz aytilmaydi. Shu sababli, boshqa tillarni o‘rganish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tillarni o‘rganish o‘z ona tili hisobiga amalga oshirilishi kerak emas. Aks holda, biz o‘zligimizni unutamiz. To‘g‘ri, til bilish – bugungi kunning talabi. Bugungi globallashuv davrida o‘zbek tilining qo‘llanishini zamona talablariga muvofiq olib borishimiz kerak. O‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan tarjima qiladigan elektron tizimlarni yaratishni tezlashtirishimiz zamonaviy ishlab chiqarishning teхnologik jarayonlarida qo‘llashimiz darkor. Barcha tashkilotlar davlat tili bo’lmish o‘zbek tilida ish yuritishi uchun olimlarimiz tomonidan har bir sohaning terminologiyasi ishlab chiqilishi zarur. Buning uchun o‘zbek tilini zamonaviy ilm-fan tiliga aylantirishimiz bugungi kunning talabidir. Shundagina boshqa til vakillari ham tilimizni hurmat qilishadi va tan olishadi. Zero, Cho‘lpon aytganidek: “Til yashasa – millat yashar!”

Darhaqiqat, millat bor ekan, til ham yashaydi. O‘zini shu ajoyib makon – nurli O‘zbekistonning farzandiman degan odamni, qayd etilgan fikrlar o‘ylantirmasdan qo‘ymaydi, so‘ng esa uning taqdiri uchun kurashlarga chorlaydi. Bu kurash uning qalbida g‘alayonlar ko’taradi. Ana shu g‘alayonlar esa uning o‘zligini, ona tilisi – o‘zbek tilining shukuhini his qilishga undaydi. Mana shu shukuh unda milliy g‘ururni shakllantiradi. Ayni chog‘da, tilga – ona tiliga muhabbatini uyg‘otadi. Tiliga nisbatan qalbida muhabbat bo‘lgan odam ona Vataniga, хalqiga хiyonat qilmaydi. Tilimiz esa o‘zining qudratiga, kuchiga ega bo‘ladi. xalqimiz hech qachon asrlar davomida o‘zligini yo‘qotmaydi

2019 yilning 4-oktyabr kuni mamlakatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Ushbu hujjat ham tarixiy. Negaki, yurtimizda til kunini nishonlash toʻgʻrisida hali biror marta davlat rahbari tomonidan qaror imzolanmagan edi . Til bayramining mazmunli va qiziqarli o‘tishi har bir o‘quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o‘z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog‘liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o‘z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o‘rganishlari zarurligini uqtirib o‘tishadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so‘zlar, she’rlar, qo‘shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o‘z xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbatini jo‘sh urdiruvchi betakror bayramdir.

Tilni shunchaki “aloqa vositasi” deguvchilar adashadi. U insonning ichki dunyosini koʻrsatadi, olamni idrok qilishiga yordamlashadi, tafakkur tarzi va kamolotini belgilab beradi. U dunyoni anglashga yoʻl bo’lib, til milliy gʻururdir.

Tilda millat ruhi yashaydi, millat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tilda xuddi ko‘zgudek aks etib turadi. Ulug‘ bobokalonimiz Abdulla Avloniy aytganlaridek: “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.
Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o‘rtalariga borib, Xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o‘z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o‘z Vatani, oilasi bo‘lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo‘ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo‘lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo‘ladi. Hattoki, go‘dak ham o‘z vatanini, ota-onasini, dunyoni o‘z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos bo‘lganidek, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o‘rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg‘u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.

O‘zbek tilini rivojlantirish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki quruvchi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa qo‘shish shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir.

Turg’unov Ixtiyorbek Ortig’aliyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi

Davlat tili

Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat tili maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi.

Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.