Press "Enter" to skip to content

O’zbek tili davlat tili prezentatsiya

36- mavzu. Iqtisod va hayot. 381

O’zbek tili davlat tili prezentatsiya

Har bir millatning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu ham bo‘lsa uning tili. Aynan til odamlarni bir millatga mansub xalq sifatida birlashtiradi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisi, xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan ramzlardan biri asrlar osha ajdoddan-avlodga bevosita meros bo‘lib yetib keladigan o‘zaro muomala vositasidir. Mamlakatimizda 1989 yilning 21 oktyabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi istiqlolimiz sari qo‘yilgan dadil qadamlardan biri sifatida tarixga muhrlangan edi. Ayni paytda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham yuqori pog‘onaga ko‘tarilib, uning boy xazinasini qayta tiklash va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotir.

Biz odatda har yili 21 oktyabr – Til bayrami kuni ona tilimiz haqida gapirib uni nishonlashga o‘rganib qolganmiz. Biroq, tilimiz sofligi uchun har kuni hushyor bo‘lishimiz taqozo etiladi. Ilgari O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan kishilar ko‘p bo‘lgan. Shuning hisobiga tilimizga e’tibor susaygan. Nega deganda, o‘sha vaqtlar til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin edi. Ammo biz ular kutgan yo‘ldan bormadik. Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona yo‘lni topishga urindik va kuni kelib istiqlolga erishdik.

Bugungi kunda biz barcha me’yoriy hujjatlarni ona tilimizda yuritib o‘quv qo‘llanmalar, adabiyotlarni ona tilida o‘qimoqdamiz. Shuni ham ta’kidlash joizki, yuzdan ortiq millat va elat vakillari o‘zaro tinch-totuv va birdamlikda yashab kelayotgan mustaqil yurtimizda ularning milliy madaniyati, urf-odati, jumladan, ona tiliga hurmat-ehtirom bilan munosabatida bo‘lishga katta e’tibor berilyapti.

Tilga qiyos berar ekan, bobokalonimiz Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonida shunday degan:

Aytib sovumas taronasen sen,
Olib qurumas xizonasen sen.

Bu misralarning ma’nosi shuki, til ishlatgan sari va sarflagan sayin yanada boyib, sayqallanib boradigan ne’mat. Til – millatning tarixi, buguni hamda kelajagidir. Tilning eng asosiy manbai – so‘z. Biroq shu tilda so‘zlashuvchi xalq unga nisbatan e’tiborli va mas’uliyatli munosabatda bo‘lmasa, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilsa, o‘z ona tili, lug‘ati so‘zga boy bo‘la turib, nutqida boshqa millat tilidan kirib kelgan so‘zlarni ishlatsa, mumtoz so‘zlar ma’nolari izohlanmasa, bora-bora bu til unutilishi, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Shuning uchun ham qadim-qadimdan olimlar lug‘atlar tuzib kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilishgan.

Til me’yorlarsiz yashay olmaydi. Ammo bu me’yorlar ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi. Ona tilida gapirganda uning me’yor va qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Tilimizda ilmiy til, adabiy til, sheva, lahja va boshqa tushunchalar mavjud. Ma’ruzalar, tadbirlar, kino va teatr sahnalari hammaga tushunarli bo‘lgan adabiy tilda bo‘lishi, unga sheva qo‘shmasdan gapirish til me’yorlariga kiradi. Ayrim o‘zbek kinofilmlaridagi qahramonlarning shevaga xos nutqi g‘ashimizni keltiradi, ba’zan jamoat joylari, jamoat transportda yoshlarning ruscha, inglizcha so‘zlarni qo‘shib-qorib o‘zaro gaplashganida ona tilimizga bo‘lgan e’tiborsizlik holatlarni ko‘rib achinib ketamiz. Hatto ko‘pgina, savdo xodimlari, haydovchi va chipta sotuvchilar ham aksariyat hollarda shevada gapiradi. Bugungi kunda shunday muloqot shakli biroz erish tuyuladi. Chunki avtobuslarga faqat shaharlik yoki qishloqliklar emas, olis va yaqindan kelgan mehmonlar, o‘zbek tilini adabiy til doirasida o‘rgangan xorijliklar ham yo‘lovchi sifatida chiqishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘chalarda, peshtaxtalarda, avtobus bekatlarida imlo xatolar bilan yozilgan e’lon va reklamalarning yillab to‘g‘rilanmasligidan ham og‘rinamiz. Ularni o‘z vaqtida ogohlantirish, tanbeh berishga esa istihola qilamiz. Bizning bu e’tiborsizligimiz oqibatida tilimiz aziyat chekadi, qadrsizlanadi.

Jamiyatimiz taraqqiyot pillapoyalaridan ko‘tarilgan sayin ona tilimiz yangi so‘z va atamalar bilan boyib bormoqda. 1981 yili chop etilgan ikki jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 60 ming so‘z izohlangan edi. 2006-2008 yillarda nashr qilingan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa 80 mingdan ortiq so‘z bor. Bu lug‘atlar orasida 20 ming so‘z farq qiladi. Bunga sabab shuki, yangi nashr birinchi lug‘atga kiritilmay qolgan so‘zlar va tilimizga yangi kirib kelgan so‘zlar hisobiga boyitilgan.

Ahloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan so‘z va iboralar bilan tilimizni bulg‘ash, lug‘atimizda tarjimasi bo‘la turib, boshqa tildan kirib kelgan so‘zlarni ishlatish, ham muomala madaniyati qoidalariga ziddir. Masalan, “minut”-daqiqa, “sekund”-soniya, “za to” – ammo, lekin, biroq. O‘zbek tili shu qadar boy tilki, unda o‘zga tillardagi bir so‘zning bir nechta sinonim tarjimalari bor. Misol uchun: “litso”– yuz, chehra, oraz, rang, aft, angor, bet, bashara va hokazo. Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, rus tilidagi “karandash” so‘zi “qora tosh”, “karaul” so‘zi “qorovul” so‘zlaridan kelib chiqqan. Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Ko‘chib kiruvchi so‘zlar to‘plami ayrim hollarda “internatsional so‘zlar” sifatida xas-po‘shlanadi. Bunga “biznes”, “market”, “mini”, “super”, “menejer”, “vip”, “lider”, “audio”, “video”, “aut”, “inter”, “servis” kabi bir qancha so‘zlar misol bo‘ladi. “Orgtexnika”, “kanselyariya” va bularga bog‘liq vositalar, jihozlar nomlanishi ham shundayligicha qabul qilingan. Ayniqsa, kompyuter sohasidagi iboralar xorijiy nomlari bilan atalishi davom etib kelmoqda (masalan: fayl, sayt, korzina, ssilka, giperssilka, snoska, domen, setevoye okrujeniye, slayd, spam, bulutus va hokazo). Biz bu so‘zlarning iloji boricha o‘zbekcha muqobilini topishimiz kerak, albatta.

Haqiqatan, millatning qiyofasi uning til boyligi bilan namoyon bo‘ladi. Bir zamonlar dunyoga til borasida ham hukmronlik qilgan bizning madaniyatimiz yuksak rivojlangan davlatlar taraqqiyoti va globallashuvga “yutilib” ketmasligi uchun harakat qilishimiz kerak bo‘ladi.

Ayniqsa, bank tizimiga juda ko‘p xalqaro atamalar bilan birgalikda xorijiy so‘zlar iste’molga kirib ulgurdi. Bularning barini ona tilimizdagi so‘zlarga o‘zgartirish lozim demoqchi emasmiz. Buning iloji ham yo‘q. Xalqaro atamalar albatta xalqaro muomalada kerak bo‘ladi. Biroq, xalqaro bo‘lmagan, o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan xorijiy so‘zlarning ona tilimizdagi muqobilini qo‘llash foydadan xoli emas. Bu tilimiz sofligi yo‘lida eng maqbul ish bo‘lar edi.

Tan olib aytishimiz kerakki, bugungi kunda so‘zlashuvimizda xorijiy, asosan rus tilidagi iboralarni qo‘llash uchrab turadi. Bu, albatta, milliy tilimizga sal e’tiborsizlik natijasidir. “Vopshe”, “okey”, “neujeli”, “tak shto”, “nu”, “paka”, “pastoyanno”, “davay”, “nizashto”, “tema” “kakraz”, “tak”, “daje”, “narmalni” kabi bir qancha qurama so‘zlar so‘zlashuv tilimizga kirib kelganki, hatto ularni o‘sha til asosida ham yuqorida keltirilgandek shaklda qo‘llab, to‘g‘ri talaffuz ham qilmaydiganlar bor. Afsuski, tilga e’tiborsiz kimsalar tomonidan muloqotda shevaga xos so‘zlarni, mavhum ot, sifat va fe’lni ishlatish, ya’ni “anaqa”, “naqa”, “shno” kabi tovushlarni qo‘llash ham urchib qolgan.

Shu o‘rinda avtobus bekatlari nomini ham milliy va o‘zbek tilida nomlashni ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Toshkent shahrida ba’zan, nafaqat yo‘lovchilar, balki haydovchilarning o‘zi ham bekat nomlarini noto‘g‘ri talqin qilish hollariga guvoh bo‘lamiz. Misol uchun “S 1”, “Alayskiy”, “Farxadskiy” yoki “Detskiy mir” degan iboralar qayerdan paydo bo‘lyapti. Agar yo‘lovchilar bekat nomini noto‘g‘ri talqin qilsa haydovchilar to‘g‘ri talaffuz qilib ibrat bo‘ladigan vaqtga yetib kelmadikmi?! Mana, misol uchun metro bekatlari rang-barang. Qolaversa, asl nomini ham topib qo‘yilmoqda. Toshkent shahar hokimligining 2015 yil 16 iyundagi qarori bilan shahrimizning ayrim metro bekatlari nomilari tartibga keltirildi. Ushbu qarorga asosan metroning Hamza bekati nomi — Novza, Habib Abdullayev bekati — Shahriston, Chkalov bekati – Do‘stlik deb nomlandi. Novza — joyning tarixiy nomi hisoblanadi. Qadimda bu joydan o‘tadigan Bo‘zsuv kanali irmog‘iga to‘g‘on qurilib, balandlikdagi bo‘sh yotgan yerlarda bog‘-rog‘lar yaratilib, ekinzor dalalarga nov (to‘g‘on) orqali suv chiqarilgan. Shu munosabat bilan shu joy va uning yaqin-atrofidagi yerlar va mahalla “Novza”, ya’ni nov orqali suv chiqarilib obod qilingan joy deb ataladi. Ayni paytda Chilonzor tumanida joylashgan ushbu hududda shu nomdagi mahalla, ko‘cha, bekat, savdo majmuasi va masjid bor. Shunday ekan, biz nega avtobus bekatlarini shunday go‘zal nomlar berib bezatmaymiz?!

Shuningdek turli sohada xorijiy so‘zlarni keng qo‘llash kuzatilayotir. Bu esa ona tilimizdagi ko‘p so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Xususan, bank tizimida “filial”, “stavka”, “sigment”, “viza karta”, “aksiya”, “investitsiya”, “bitkoin”, “kriptovalyuta”, “aktiv”, “sberbank”, “risk”, “kredit”, “mikrokredit”, “diskont”, “likvidlilik”, “plastik karta” kabi so‘zlarni iloji boricha o‘zbekcha muqobilini ishlatsak tilimiz sofligiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Til – millat ko‘zgusidir. Unda xalqimizning asrlar silsilasidan, mustabidlik to‘fonlaridan sabr-matonat bilan bosib o‘tgan hayot yo‘li, madaniyati, tarixi, saviyasi, aql-zakovati aks etadi. Qadimgi ajdodlarimiz zardushtiylarning kitobi “Avesto”da to‘rtta unsur – suv, tuproq, olov va havo muqaddas sanalgan. Men bular sirasiga beshinchi qilib tilni ham kiritgan bo‘lardim. Tilimizni ham inson uchun muhim omil, aziz va qadrli unsurlar qatori muqaddas bilib, pokiza va ozoda saqlash, lug‘atimiz ko‘rki bo‘lgan “Vatan”, “Ona”, “Kitob”, “Mustaqillik” kabi so‘zlar mohiyatini chuqur anglash, milliy qadriyatlarimiz hamda til boyligimizni bor butunligicha kelajak avlodlarga yetkazib berish barchamizning burchimizdir.

O’zbek tili davlat tili prezentatsiya

Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga 26 yil to‘ldi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.

Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e’tibori, ehtiromi namoyon etildi.

Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.

O‘zbekistonda nafaqat o‘zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko‘rish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Bu orqali davlat o‘zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas’ullikni o‘z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‘zbek tilining boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo‘y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e’tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.

Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun 26-moddasining to‘rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi». Ushbu normalarning ijrosi amalda ta’minlanayotganini hozirgi kunda Qonunchilik palatasiga kirtitilayotgan qonun loyihalari misolida yoki Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlar o‘zbek tilida qizg‘in muhokama etilayotganligida ko‘rish mumkin.

O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020

Учебник по узбекскому языку для 11 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
O‘zbekiston 130 dan ortiq millat va elat yashaydigan ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Yurtimiz mustaqillik davrida ko‘plab sohalarda yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘zbekiston bu vaqt davomida mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Hozirgacha 140 qa yaqin davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, jahonda o‘zining ochiq siyosati bilan e’tibor qozonib kelmoqda.

ILM VA HUNAR O‘RGANISH.
Ajdodlarimizdan bir ulamo aytgan ekan: “Ilm yoki hunar o‘rgan, u sening yoshlik paytlaringda to‘g‘ri yurishingni ta’minlaydi. Katta bo‘lganingda buyuk shaxsga aylanishingda asosiy sabablardan biri bo‘ladi. Ilm va hunar doim sening hamrohing bo‘lib, adashishingdan va qoqilishingdan saqlaydi”. Darhaqiqat, yoshlikda ilm yoki hunar o‘rganish payida bo‘lish kerak.

Ilm yoki hunar o‘rganishning shartlari ham bor: avvalo, ilm va hunarni ziyraklik va rag‘bat bilan egallash lozim. Qolaversa, ilm va hunarni yaxshi niyatlarni ko‘zlab, turmushga tatbiq etish uchun o‘rganish zarur. Shunda u insonlarning og‘irini yengil, hayotini farovon qiladi. Ilmli va hunarmand kishi esa bundan huzurlanadi, zavqlanadi.

MUNDARIJA.
1-mavzu. O‘zbekiston – kelajakda. (Uyushiq bo‘laklar).
2-mavzu. Ziyraklik. (Ajratilgan bo‘laklar).
3-mavzu. Buyuk ajdodlarimiz. (Kiritma bo‘laklar).
4-mavzu. O‘lkamizning asl farzandlari. (Undalma).
5-mavzu. Orzumdagi kasb. (Monologik matn).
6-mavzu. Hunarning sharofati. (Dialogik matn).
7-mavzu. Kino tadbirkorligi. (Matn bilan ishlash).
8-mavzu. Qardosh xalqlar do‘stligi. (Iboralar).
9-mavzu. Dunyo tan olgan adiblar. (Ko‘chma ma’noli so‘zlar).
10-mavzu. Vaqt qadri. (Sinonim va antonim so‘zlar).
11-mavzu. Iste’mol madaniyati. (Omonim so‘zlar).
12-mavzu. Xatoni tan olish. (Tasviriy ifodalar).
13-mavzu. Sayohatning foydasi. (Nutq uslublari.So‘zlashuv va badiiy uslub).
14-mavzu. Savdoning xosiyati. (Rasmiy va ilmiy uslub).
15-mavzu. Odamiylik bahosi. (Publitsistik uslub).
16-mavzu. Ota ibrati. (O‘tilganlarni takrorlash).

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 11 sinf, Muxitdinova X., 2020 – fileskachat, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

O’zbek tili davlat tili prezentatsiya

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.

Электрон китоб:

Мавжуд эмас.
Буюртма учун: (90) 959-25-26

Дўстларизга тавсия этинг

  • Аннотация
  • Мундарижа
  • Фикр ва мулоҳазалар

“O‘zbek tili” darsligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Darslik rejaga binoan o‘quv yili davomida olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga oladi.

Har bir dars matnlar, grammatik materiallar, mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar, pedagogik texnologiyalar bilan boyitilgan.

Darslikda talabalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish maqsadida rus tilida ham matnlar va topshiriqlar berilgan.

Ushbu darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi umumiy guruh talabalari uchun mo‘ljallangan.

1- mavzu. O‘zbekiston – yagona Vatan. 5

2- mavzu. O‘zbek tili – Davlat tili. 20

3- mavzu. Milliy qadriyatlar – millat iftixori. 32

4- mavzu. Tarix va zamonamiz. 42

5- mavzu. Ulug‘ ajdodlarimiz. 54

6- mavzu. Vatan va vatanparvarlik. 66

7- mavzu. Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik. 74

8- mavzu. Kelajak – bilimli yoshlar qo‘lida. 84

9- mavzu. Zamonaviy dunyoda ta’lim. 95

10- mavzu. Kitob mutolaasi. 105

11- mavzu. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 114

12- mavzu. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba. 122

13 -mavzu. Ommaviy axborot vositalari. 136

14- mavzu. Internet hayotimizda. 146

15- mavzu. O‘zbekiston va jahon. 157

16- mavzu. XXI asrda innovasiyalar. 167

17- mavzu. Davrimizning global muammolari. 178

18- mavzu. Tabiat va inson . 189

19- mavzu. Inson va salomatlik. 199

20- mavzu. Huquqiy madaniyat. 210

21- mavzu. O‘zbekistonda oliy ta’lim. 222

22- mavzu. Ilm maskanimiz hayotidan. 231

23 -mavzu. Bo‘ lajak kasbim. 242

24- mavzu. Hayot mening tasavvurimda. 253

25- mavzu. Ustoz maktabi. 266

26- mavzu. Kasbim tarixi. 275

27- mavzu. Iqtidor va mehnat. 284

28- mavzu. Yetuk mutaxassis. 296

29- mavzu. Kasb bayrami. 306

30- mavzu. Sharq akademiyalari. 318

31- mavzu. Ilm sari yo‘l. 326

32- mavzu. Kasb etikasi. 340

33- mavzu. Nutq odobi. 350

34- mavzu. San’at va ma’naviyat. 361

35- mavzu. Men sevgan asar. 370

36- mavzu. Iqtisod va hayot. 381

37- mavzu. Ish yuritish tili va uslubi. 392

38- mavzu Hujjat turlari va xususiyatlari. 397

39- mavzu. Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari. 405

40- mavzu. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. 409

41 -mavzu. Ma’ lumot-axborot hujjatlari. 413

42- mavzu. Ishonchnoma. Tilxat. Tushuntirish xati. 419

43- mavzu. Dalolatnoma. MaTumotnoma. 424

44- mavzu. Majlis bayoni. Hisobot. 430

45- mavzu. Xizmat yozishmalari. Xatlar. 435

Mustaqil ishlash uchun matnlar. 441

O‘zbekcha-ruscha lug‘at. 496

Ona tili videokursi

Kurs orqali siz Hozirgi o‘zbek adabiy tilining kelib chiqishi, yasalishi, grammatikasi va boshqa nozik qirralari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Har bir videoga oid testlar bilan bilimlaringizni tekshirib boring.

57 Ovoz berildi
499000

Nimalarni o‘rganasiz

  • O‘zbek tilining taraqqiyot boshqichlarini o‘rganadi
  • Tovush va harflarni va ularni farqlash
  • So‘zni asos va qo‘shimchalarga ajratish
  • So‘zning grammatik ma’nosi, so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllarini
  • So‘zlarning bog‘lanishi, gap va uning turlarini
  • To‘g‘ri yozish qonun-qoidalarini
  • Tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishini

O‘qituvchilar

O‘quvchidan talablar

  • # Son, sifat, fe’l haqida boshlang‘ich va umumiy tushunchalarga ega bo‘lish
  • # Qo‘shimchalar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish
  • # Ega va kesim haqida boshlang‘ich tushunchaga bo‘lishi

Kurs haqida

Berilgan kurs 70 dan ko‘proq mavzularga bo‘lingan bo‘lib, abituriyentlarni kirish test imtihonlariga tayyorlashga, litsey va kollej o‘quvchilariga doimiy darslariga yordam berishga, maktab o‘quvchilarining darslarda ona tilini osonroq o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish uchun tayyorlangan.

Videodarslarda testlarda va darsliklarda ko‘p uchraydigan misollar qo‘llanilib tushuntirilgan.

Kursda tilning kelib chiqishi, til bo‘limlari, imlo qoidalari, shuningdek, o‘zbek tili grammatikasiga oid nozik nuqtalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Har bir videodarsdan so’ng, mavzuga doir testlar berilgan bo’lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qay darajada o ‘zlashtirganingizni bilib olishingiz mumkin, balki mavzuni uzoqroq muddatga eslab qolishingizga ham xizmat qiladi.