O zbek tili davlat tiliga aylandimi
30 moddadan iborat bu hujjat “til millatning boyligi va bebaho mulki” ekanini tan olgan.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning tarixiy ahamiyati
Sobiq Sho’rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog’ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig’ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug’lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo’nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo’llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo’ldi.
1988-yildan boshlab o’zbek ziyolilari ham matbuotda o’zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko’tarib chiqdilar. Bu masalaga bag’ishlangan bir qancha anjumanlar bo’lib o’tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o’zbek tili O’zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Burning natijasida o’zbek tili respublikamizda o’tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo’llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. J «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o’tgach, respublikamiz hayotida katta o’zgarish ro’y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e’tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o’rtasidagi obro’-e’tibori oshdi. O’zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
Ana shunday sharoitda mustaqillik qo’lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko’p moddalari o’z kuchini yo’qotdi yoki tahrirtalab bo’lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo’ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O’zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O’zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o’zining aniq ifodasini topdi. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko’rsatishi, rivojlanishi, O’zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o’z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko’rsatadi.
O’zbek tili davlat tiliga aylandimi?
Ushbu tarixiy voqea O’zbekistondagi rasmiy targ’ibot tomonidan mamlakatning SSSRdan mustaqilligi yo’lida qo’yilgan dastlabki jiddiy qadam, deb tilga olinadi va keng tantana qilinadi.
30 moddadan iborat bu hujjat “til millatning boyligi va bebaho mulki” ekanini tan olgan.
Qonun o’zbek tili butun O’zbekiston bo’yicha davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab, ish yuritishda, davlat organlariga murojaat qilishda o’zbek tilining mavqeini birinchi o’ringa olib chiqqan.
Ayni chog’da, SSSR qudratda bo’lgan vaqtda yozilgan bu qonunda o’zbek tilining mavqei rus tili bilan teng kelgan o’rinlar ham bor edi, ko’p qatorlarda rus tili “millatlararo muomala tili” deb ehtiyotkorona niqoblangan.
Boz ustiga, ba’zi tashkilotlarda, masalan, O’zbekiston hududidagi harbiy qismlarda o’zbek tilining amalda bo’lmasligi qonunning o’zida yozib qo’yilgandi.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng, 1995 yili davlat tili haqidagi bosh hujjat yangilandi. Qonun matni ham, moddalar soni ham qisqardi, undagi “rus tili” va “millatlararo muomala tili” birikmalarining har biri bir donagacha kamaydi.
Biroq yangi qonun ham taajjubli jihatlardan holi bo’la olmadi.
Masalan, qonunning davlat organlarida ish hamda korxona-tashkilotlarda hisob-kitob, statistika hujjatlarini yuritish o’zbek tilida bo’lishi lozimligi haqidagi talablari 1995 yildan emas, balki o’n yildan so’ng kuchga kirishi Oliy Majlis tomonidan hujjatlashtirib qo’yildi.
Oradan o’n emas, yigirma yil ham o’tdi – qonunning bu talablari hozir ham to’liq bajarilmayapti: O’zbekistondagi deyarli barcha shirkatlar rasmiy hisob-kitobni rus tilida yuritadi, ko’pincha hukumatning muhim qarorlari faqat rus tilida e’lon qilinadi, qaror ilovalarining o’zbekcha tarjimalari rasmiy manbalarda ham chiqmaydi. Bu – qonundagi bajarilmayotgan talablarning bir qismi, xolos.
Islom Karimov tomonidan imzolangan 1995 yilgi qonunda davlat tili haqidagi yangi hujjat zarurati sabablaridan biri sifatida “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga mukammal o’tishni ta’minlash” zikr etilgan.
Tilning ajralmas bo’lagi sifatida, o’zbek yozuvi ham o’zinig sertashvish ekani bilan e’tiborni tortadi.
“Eng xunuk lotin alifbosi“
O’zbekiston rahbariyati mustaqillikka roppa-rosa ikki yil to’lganidan bir kun o’tib, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risidagi qonunni qabul qilgan.
Qonun “o’zbek yozuvining lotin alifbosiga o’tilgan 1929-1940 yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda” O’zbekistonning har taraflama kamol topishi va “jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishiga xizmat qilishi”ni ko’zlab qabul qilingan.
Lotin yozuviga o’tish haqidagi qonunning ketidan O’zbekiston parlamentining tegishli qarori ham e’lon qilingan. Bir necha bor, lekin odatda bir sabab bilan tahrirlangan bu qarorning oxirgi – 2004 yilgi namunasida yangi alifboga to’liq o’tishning so’nggi sanasi qilib 2010 yil 1 sentyabr ko’rsatilgan, bunda bosh mas’ul qilib bosh vazir belgilangan. Lekin parlament qarori ijrosi hali ham ta’minlangan emas.
1993 yilgi o’zbek lotin alifbosi turk alifbosining aynan nusxasi edi, deyish mumkin. Oradan ikki yil o’tib, qonun tahrirlandi, alifbo o’zgardi – “ts” va (jiradagi) “j” alifbodan chiqarildi, 1993 yil alifbosida bir harf belgi ko’rinishida bo’lgan “ch”, “sh” va “ng” “ch”, “sh”, “ng” kabi harflar birikmasi paydo bo’ldi, bitta belgidan iborat bo’lgan “o'” va “g'” endi yoniga alohida apostrof ham yoziladigan “o” va “g”ga aylandi.
21 yil avvalgi mana shu o’zgarishlar bugungi tilshunoslar, xattotlar, tarjimonlar hamda yozuv va til taqdiriga befarq bo’lmagan kishilar uchun haqiqiy boshog’riqqa aylangan, mamlakatning jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini sekinlashtiruvchi omillardan deb ham aytiladi.
“Dasturiy mahsulotlarni tarjima qilishda O’ va G’ harflari hamda tutuq belgisi yaratayotgan muammolar tiqilib yotibdi. O’ va G’ harflaridagi teskari bir tirnoq belgisi so’zni ikkiga bo’lib yuboradi. O’zbekistonda degan so’zni indekslaganda o-zbekistonda bo’ladi. Dunyodagi hech qaysi alifboda bunday holat, ya’ni alifbodagi harfda tinich belgisi yo’q”, – deb yozadi Hamza Foziljonov Feysbukdagi munozaralarning birida.
“Alifbo mukammal bo’lmay turib, unga asoslangan yozuvni mukammal qilib bo’lmaydi. Ishni alifboni takomillashtirish, uni xatoliklardan tozalashdan boshlash kerak”, – deb yozgan foziljonov.uz blogi o’zbek lotin alifbosi ustidan internetda bo’lgan jonli munozaralarni birma-bir sanab chiqqan.
Munozara mavzulari orasida qisqartmalarni ishlatish vaqtida “sh” va “ch” harf birikmalari mutlaqo noqobil bo’lishi (“AQSh”mi yoki “AQSH”? Ikkinchisi to’rt harfli qisqartma bo’lsa-chi?”), lotincha ” o’ ” va ” g’ ” harflarini ifodalash uchun qaysi belgini ishlatish kerakligi (apostrof, okina yoki teskari bir tirnoq?), FHDYo, AYoQSh, YaIM kabi qisqartmalar lotinda bitta “y” bilan (FHDY, AYQSh, YIM) yozilishi to’g’rimi yoki “ya”, “yo”, “yu” bo’lib (FHDYo, AYoQSh, YaIM) turfalanishi kerakmi?, kabilari bor.
“Sentabr” yoki “sentyabr”?
Munozaralar orasida huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning “Qaysi biri to’g’ri: “sentabr” yoki “sentyabr”?” sarlavhali chiqishi bor. U 2013 yilda Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot instituti tomonidan chop etilgan 85 mingdan ortiq so’zdan iborat “O’zbek tilining imlo lug’ati”da bahs mavzusiga aylangan kuz faslidagi oylar nomi “sentabr”, “oktabr” emas, balki “sentyabr”, “oktyabr” ko’rinishida yozilganiga diqqatni tortgan.
Lug’at mualliflari “institutning yetakchi tilshunoslari bilan maslahatlashgan holda”, rus tili orqali kirib kelgan va tarkibida “yo”, “yu” va “ya” harflari bo’lgan ruscha va baynalmilal so’zlarni barcha o’rinlarda bir xil, ya’ni “yo”, “yu”, “ya” harflari bilan yozishni va shu orqali sohadagi harxillikni bartaraf etishni eng maqbul yo’l deb hisoblaganini bildirgan.
“Barcha so’zlar bir qolipga keltirilgan bo’lsa, bu shubhasiz foydali ish. Ammo mazkur o’zgartirishlarning huquqiy asosi bormi? O’zi o’zbek tilining imlosidagi qat’iy qoidalarni davlat darajasida ishlab chiqadigan hamda e’lon qiladigan biron tashkilot bormi? 15-16 yil sentabr deyishdi. Xalq endi ushbu qoidaga ko’nikkan, shu qoidaga amal qila boshlagan paytda, bir guruh tilshunoslar sentyabr xulosasiga kelishib, katta hajmda va ko’p bosmada imlo lug’ati chop etishdi. Balkim 5-6 yil o’tib Til va adabiyot institutiga yangi tilshunoslar guruhi ishga kirsa, yana sentabr variantini qo’llab-quvvatlashsa, nima qilamiz?”, – deb bu holatga e’tiroz bildiradi Xushnudbek Xudoyberdiev.
Munozaraga o’zini mazkur lug’atning noshiri sifatida tanishtirgan Sanjar Nazar ham qo’shilgan: “Qabul qilingan imlo qoidalarida “sentyabr” “sentabr” shaklida yozilishiga asos bo’ladigan birorta ham qoida mavjud emas. Mutlaqo boshqa harfning imlosi haqida yoza turib, “sentabr” qo’llangan, xolos. Agar bu o’zgarishning ostida ilmiy printsip mavjud bo’lsa, uni bemalol qabul qilish mumkin. Ya’ni, yangi imlodan e’tiboran barcha so’zlar talaffuz qilinganidek yozilsa. Masalan, “istansa”, “istakan”, “moshin”.
“Ts” harfi bilan bog’liq muammo ham alohida bahs mavzusiga aylangan. Fikr bildiruvchilarning aksariyati “tsex” so’zining lotincha ko’rinishi (“sex”)ni ko’rganida, xayoli buzilishini yozgan. E’tiborli tomoni, 85 ming so’zlik lug’atning mualliflari o’zbek lotin alifbosi ishlab chiquvchilari bu masalaga jiddiy qaramagani, “ts” harfi ishtirokidagi umumma’lum 3-4 so’z bilan shoshilinch xulosa chiqarilganini bildirib, o’zbek tiliga boshqa tillardan kirib, “ts” o’rniga “s” bilan yozilsa, o’zga ma’no anglatuvchi so’zlardan misollar keltirgan (“tsanga – sanga”, “tseriy – seriy”, “tsokol – sokol” va h.k.).
Bu kabi bahs-munozaralardan charchagan Azam A. Kamalov shunday dardihol qilgan: “Hamma ayb – shu alifboni tuzganlarda. Menimcha, hozirgi o’zbek lotin alifbosi dunyodagi eng xunuk lotin alifbosi bo’lsa kerak: na krossvordga yaraydi, na abbreviaturaga”.
“Navoiyni o’qigan bolalar”
O’zbekiston matbuotida Davlat tili kuni munosabati bilan o’zbek tili haqida maxsus chiqishlar uyushtirish, maqolalar e’lon qilish 1989 yildan beri odat. Jumladan, davlat homiyligidagi “Oila davrasida” gazetasida yangi tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov bilan til va yozuv muammolariga bag’ishlangan katta suhbat chop etilgan.
Rektor yangi universitet faoliyati, Navoiy asarlarini o’qish uchun nima uchun lug’at zarurligi, ko’cha-ko’ydagi reklamalarda, idoralararo yozishmalarda qo’pol xatolar ko’zga tushishiyu, bunga qanday chora ko’rish kerakligi haqida berilgan savollarga birma-bir javob bergan. Savollar orasida lotin alifbosidagi kamchiliklar ham tilga olingan.
Shuhrat Sirojiddinov O’zbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonunga amal qilinishini nazorat etuvchi tashkilot yo’qligini afsus bilan qayd etib, “til me’yorlarini buzganlarni javobgarlikka tortadigan bo’limlar tashkil etish vaqti kelgani”ni aytib o’tgan.
Til va adabiyot universiteti rektori alifboda “ng”, “ts” tovushlari uchun maxsus harf berilmagani, jurnal, jirafa kabi o’zlashma so’zlardagi “j” tovushini yangi alifboda ifoda etish imkoni yo’qligi, ba’zi so’zlar kirill va lotin imlosida ikki xil yozilishi borasida fikr bildirgan.
“Bu savod chiqarayotgan o’quvchilarda noqulaylik tug’dirmoqda”, – degan Shuhrat Sirojiddinov. Unga ko’ra, “ng”ni bildiruvchi bir harf yo’qligi sabab o’quvchilar den-giz, ko’n-gil ko’rinishida xato bo’g’in ko’chirmoqda, “biotsikl”, “biotsentr” kabi o’zlashma so’zlarni “biot-sikl”, “biot-sentr” kabi talaffuz qilmoqda.
“Amaldagi alifboga asoslangan imlo qoidalarimizni qayta ishlab chiqish muhim va ayni kunda zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Universitetimizda tuzilgan maxsus ishchi guruh shunday takliflarni tayyorlash borasida ish olib bormoqda. Milliy talaffuzimizda kelib chiqqan holda imlo qoidalariga “ts” undoshi bilan bog’liq o’zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan”, – deydi Shuhrat Sirojiddinov.
O’zbekiston bilan bir vaqtda imlosini kirilldan lotinga o’zgartirgan Qoraqalpog’iston 2009 yili o’z lotin alifbosini isloh qilib, jumladan, unga “ts” harfini kiritgan.
Mustaqillikdan keyin O’zbekiston kabi lotin alifbosiga o’tish yo’lini tutgan Ozarbayjon va Turkmanistonda bu jarayon o’tgan asrning oxiridayoq yakuniga yetgan.
- BBC O’zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog’lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz – https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram – BBC UZBEK
- Twitter – BBC UZBEK
- Odnoklassniki – BBC UZBEK
- Facebook – BBC UZBEK
- Google+ – BBC UZBEK
- YouTube – BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype – uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to’siq bo’lsa, uzbekweb.netga kiring
Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar o’ntaligi
Ona tili – millatning ruhi, uning ko’zgusidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. Ya’ni ona tilimiz mustaqil davlatimizning Bayrog’I, Gerbi, Madhiyasi bilan bir qatorda turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi hisoblanadi.
Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o’z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo’lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo kabi buyuk siymolarni yetishtirgan xalqning tili yo’qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat maqomini berish masalasi kun tartibiga qo’yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Shunday qilib, 1989 yil 21 oktyabr sanasida ona tilimiz-o’zbek tiliga davlat maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi.
O’zbek tiliga davlat maqomining berilishi va har yili 21 oktyabrning mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi ona tilimizga bo’lgan cheksiz hurmat, ma’naviyatimizga, millatimizga bo’lgan yuksak e’tibor namunasidir.
Til- millat qiyofasining bir bo’lagi, ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarsi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o’z navbatida o’zaro tushunishni, muloqotlarga imkon yaratadi.
Fursatdan foydalanib, bugungi maqolamizda dunyoning eng ommabop tillari haqida ham ma’lumotlar berib o’tamiz. Dunyoda 7000 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, quyida shulardan eng ommaboplari haqida tanishib o’tishingiz mumkin.
10-o’rin. Fransuz tili – 150 mln odam so’zlashadi
Dunyoning 53 ta mamlakatida fransuz tilida so’zlashiladi, shulardan biri Frantsiya. 150 mln odam bu tilda so’zlashadi. Fransuz tili ko’pgina xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi: masalan, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro olimpiya qo’mitasi, BMT va boshqalar.
9-o’rin. Indoneziya tili – 200 mln. odam so’zlashadi
Dunyoning 16 ta mamlakatida, shu jumladan Indoneziyaning o’zida ham Indoneziya tilida so’zlashiladi. Bu til Sharqiy Timor – 13 ming orolchalardan iborat bo’lgan orol mamlakatda ham rasmiy til maqomiga ega.
Indoneziya tili 20-asrning boshlarida malay tili negizida shakllandi va hozirgi kunda malay tilining keng tarqalgan dialekti hisoblanadi.
8-o’rin. Portugal tili – 240 mln. odam soz’lashadi
Portugal tilida dunyoning 12 ta mamlakatida so’zlashadilar. Shi bilan birga u Braziliyaning rasmiy tili ham hisoblanadi.
12 asrda Portugaliya Ispaniyadan mustaqil bo’lib chiqdi va dengiz yo’llari orqali o’z sarhadlarini kengaytira boshladi hamda Braziliya, Angola, Makao, Mozambik, Venesuela kabi mamlakatlarda o’z mustamlakalarini o’rnatdilar. Portugaliyaliklar shu tariqa o’z ona tillarini dunyoda tarqalgan tillardan biriga aylantira oldilar. Portugaliya tili Evropa Ittifoqi va yana boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.
7-o’rin. Bengaliya tili – 250 mln.odam so’zlashadi
Bengaliya tili Bangladesh va Hindistonning ba’zi shtatlarida muomala vositasi hisoblanadi. Bunda Bangladesh uchun u rasmiy til hisoblansa, Hindistonda u shunchaki ommabopligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
6-o’rin. Rus tili – 260 mln. odam so’zlashadi
Dunyoning 17 ta mamlakatida rus tilida so’zlashadilar. Rus tili Rossiyaning rasmiy tili bo’lish bilan birga Qozog’iston, Belarus, Qirg’iziston hamda Turkmanistonning ham rasmiy tili hisoblanadi. Rus tili shuningdek, Ukraina, Latviya va Estoniyada ham keng, sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida kirgan boshqa davlatlarda esa kamroq tarqalgan.
Rus tilui BMT ning oltita rasmiy tillaridan biri bo’lib, Yevropada eng keng tarqalgan til hamda dunyo bo’yicha eng keng tarqalgan slovyan tili hisoblanadi.
5-o’rin. Arab tili – 267 mln. odam so’zlashadi
58 ta mamlakat aholisi arab tilida so’zlashadi. Arab tilida so’zlashuvchilarning eng ko’pi Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Livan, Iordaniya va Misrda yashaydilar.
Arab tilining dunyo bo’yicha keng tarqalishining sabablaridan yana biri – bu musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’ondir. 1974 yilda esa arab tili BMT ning oltinchi rasmiy tili, deb belgilandi.
4-o’rin. Ispan tili – 427 mln. odam so’zlashadi
Ispan tilida so’zlashuvchi mamlakatlar soni 31 tani tashkil etadi. Ispan tili o’rta asrlarda Ispaniyada shakllandi hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo bo’ylab tarqala boshladi. Ispan tili BMT, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Amerika millatlari Ittifoqi kabi bir qancha xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi.
3-o’rin. Hindi tili – 490 mln. odam so’zlashadi
Hindiston, Nepal, Bangladesh hamda Pokiston kabi mamlakatlarning aholisi hindi tilida so’zlashadi.
Ko’pchilikning taxminiga ko’ra, yaqin kelajakda ushbu tilda so’zlovchilarning soni yanayam ko’payib, xitoy tilida so’zlashuvchilkardan ham ko’payib ketadi. Biroq bu shunchaki taxmin, xolos. Haqiqatga qanchalik to’g’ri kelishini vaqt ko’rsatadi.
2-o’rin. Ingliz tili – 600 mln. odam so’zlashadi
Ingliz tili dunyoning judayam ko’pgina davlatlarini qamrab olgan. 106 ta mamlakat aholisi ushbu tilda so’zlashadi. Buyuk Britaniyada ingliz tili asosiy va rasmiy til hisoblanadi. Bundan tashqari Hindiston, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Filippinda o’zlarining ona tillaridan tashqari ingliz tili ham qo’shimcha rasmiy til hisoblanadi.
1-o’rin. Xitoy tili – 1,3 mld. odam so’zlashadi
Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasi, Tayvan va Singapurning rasmiy tili hisoblanadi. Dunyo bo’yicha 1,3 mld odam shu tilda so’zlashadi, shuning uchun u keng tarqalgan dunyo tillari ro’yxatida birinchi o’rinni egallab turibdi.
Xitoy tili dunyodagi eng qiyin til hisoblanadi, lekin shunga qaramay u BMT ning oltita rasmiy tillari qatirodan joy olgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashdi (foto)
Toshkent shahridagi “Kongress-xoll” saroyida 21-oktabr, dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari tadbir ishtirokchilarini, butun o‘zbek xalqini ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”, — dedi Prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.
Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, ushbu sanadan 30 yil o‘tib bu borada yana bir qadam qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga binoan 21-oktabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
Prezident o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
O’zbek tili davlat tili rasmlar
Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.
Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an’analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir .
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.
O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi . Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta’kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Avstraliya gerbida faqat avstraliyada yashovchi noyob hayvon kenguruning tasviri tushurilgan.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.
Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi.
Davlag bayrog`i – bu tavsiri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyeriy suratda belgilanmaydi Ular ma’lum ramziy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.
Davlat bayrog`i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z mamlakatlarining bayroqlarini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqgida, xalqaro sport sovrinlari berilayettan vaqtda va xokazo holatlarda ham ko`tariladi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» suzi aynan shu ma’noni bildirar edi.
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i muqaddas hisoblanib, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Qonunda ko`rsatilganideq bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobahalarida ko`tarilib, yurtimizni ulug`laydi. Respublikamiz bayrog`i doimiy suratda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari binosida, O`zbekiston Respublikasi hukumati – Vazirlar Maxkamasining binosida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va hukumati binosida, mahalliy Kengashlar va Respublikamiz doimiy vakolatxonalari binolarida ko`tariladi.
Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Gerb – bu tamg`a, emblema, meros bo`lib qolgan,
bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgisi,
tamg`asi, nishoni – timsolidir.
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan gerb davlatimizning siyosiy, milliy xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an’analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi, tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo kushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy-yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq; rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarxal bilan hoshiyalangan xolda xavo rangda; yarimoy va yulduzlar-oltin rangda tasvirlangan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilinganda O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she’rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma’nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa’nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta’kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e’zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».
Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma’noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma’lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o ` tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea , ular mustaqil O ` zbekiston davlatining yorqin timsollari bo ` lib , bu timsollar bugun , erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak . Yurtboshi miz ta ‘ kidlaganidek , “ shu ramzlarni e ‘ zozlash – o ` zining qadr – qimmatini , o ` z mamlakatiga va shaxsan o ` ziga bo ` lgan ishonchni mustahkamlash demakdir ”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.
Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqillig i ramzlaridan biridir. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagi normalar mustahkamlanagan:
«O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
O`zbekiston o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qili shi ni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bu moddasi o`zbek tilining qonuniy huquqlarini tiklashga qaratilgan bo`lib, unda avvalo O`zbekistondagi davlat tili o`zbek tili ekanligi bayon e tilgan. Konstitutsiyamiz ushbu moddasining o`ziga xos yaratilish tarixi bor. Ma’lumki, 1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunini qabul qildi, 1995 yil 21 dekabrda «Davlat tili xaqida»gi qonunning yangi tahriri amalga kiritildi. Sobiq SSSR davrida – «qizil imperiya» sharoitida, «markaz»ning tayziqi va ta’siri kuchli bo`lgan bir paytda ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi katta jasorat edi. Bu o`sha vaqtlardayoq milliy istiqlol sari qo`yilgan dadil qadamlardan bo`lib, bu borada xalqimizning eng ezgu orzu-umidlari ro`yobga chiqdi. Bu o`zbek tilining 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo`lib, o`zining erkin va tabiiy taraqqiyot yo`liga tushib olishining debochasi edi.
Shvetsariyada bir yo`la uchta til rasman davlat tili hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishiga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Davlat tilining muhim belgilaridan biri, uning barcha rasmiy ish yuritishda to`laligicha qo`llanilishidir. O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunga ko`ra, O`zbekiston hududida yashovchi har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta’minlanadi. O`zbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat ko`rsatish ishlari bilan shug`ullanuvchi shaxslar ham o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim. Respublikamizda qonunlar, qarorlar, farmonlar va boshqa hujjatlar bevosita davlat tilida tayyorlanib, qabul qilinmoqda va e’lon etilmoqda. Hozirgi vaqtda barcha turdagi yig`ilishlar, majlislar va kengashlarning o`zbek tilida o`tayotganligi Qonunning tobora hayotimizga singib ketayotganligini ko`rsatmoqda.
Kirill yozuvidan lotin yozuviga o`tilayotgani ham ona tilimiz ravnaqi yo`lidagi yana bir muhim qadamdir. Bu qachonlardir unutilgan tariximiz ummoniga to`liq kirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Xullas, O`zbekistonning davlat tili haqidagi Qonuni va Konstitutsiyaning 4-moddasi o`zbek tilining yanada rivojlanishi, keng o`rganilishi, targ`ib qilinishi uchun yordam beradi. O`zbek tilining davlat tili sifatida yashayotganligi bugungi milliy istiqlolimizning muhim belgilaridan biridir.
Shunday qilib, Konstitutsiyamizning ushbu moddasida belgilangan me’yor bir tomondan, o`zbek tili va o`zbek xalqi hayotida tilning taraqqiyoti va xalqlarning ma’naviy kamolotida, milliy istiqlolga erishishida beqiyos omil bo`lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan esa, boshqa millat va elatlarning teng huquqligi saqlab qolinishida, ularning tillari, urf-odatlari va an’analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim kafolatdir.