O’zbek tili davlat tili reja
O‘zbek tilini rivojlantirishga e’tibor, mazkur masalasining ustuvorligi va dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan.
O’zbek tili davlat tili reja
TIL SABOG‘I Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Sh. MIRZIYOYEV Ona tili – o‘zlik timsoli O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. O‘z tiling o‘z vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk. Bir tomchi shabnamdek moʻjaz va tiniq elchi degan sof o‘zbekcha turkiy so‘zda qancha hikmat bor! El deb, elat deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon el bo‘lmaydi, deymiz. Yomonga elakishma degan o‘gitimiz bor. Bu o‘rinda el do‘stlik, yaqinlik maʼnolarini bildiradi. El qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan. Elchi bir xalqdan, bir davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga el qiladigan odam, xalqlar o‘rtasida mehr rishtasini bog‘lovchi, do‘stlik ko‘prigini quruvchi hamdir. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko‘p. So‘zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p! Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi! Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi, Mehru shamsu xurshidi gardun chiqdi. Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k. Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana-da uzayadi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan. “Chaq” so‘zining paydo bo‘lishi Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan noandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib, o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham chaq, deb buyurgan. Bora-bora toshdan o‘t chiqarib, uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik, chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi. Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganning oyog‘i barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa. Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa bo‘ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi chaqaloq bo‘ldi. Taraqqiyot insonga aql-zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni qo‘yib, gap chaqishga o‘tdi. Toshdan uchqun chiqargan bo‘lsa, gapdan o‘t chiqardi. Gap chaqib o‘z qardoshining uyini kuydirdi. Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi Uni chaqimchi, chaqmachaqar dedilar. Chaqimchining nishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari, ilonu chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir. . Odam bolasining bir ojizligi bor. Birov haqida ortdan yomon so‘z aytish gunoh ekanini biladi-yu, o‘rgangan odatini yo‘qotolmaydi. Birovni sirtdan qoralab rohat qiladi. Suhbatning shirini g‘iybat, deydilar hazil qilib. Lekin bu gapda hazildan chin ko‘proq. G‘iybat ham chaquv, birovni birovga emas, birovni hammaga chaquv demakdir. Biz bunday shirin suhbatning nomini chaqchaqlashuv deymiz. Basharti tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, chaq to‘g‘risida chaqchaqlashdik. Erkin Vohidov, “So‘z latofati”. So‘z musavviri “Men o‘zbek shoiriman, o‘z xalqimning tiliman”, deb yozgan G‘afur G‘ulom bu gapda faxr-g‘ururdan tashqari, uning zamirida juda katta yuk borligini ham nozik fahm etgan. O‘z xalqining tilini butun nafosatu ifori bilan bilishda XX asr o‘zbek adabiyotida u benazir edi deyilsa, mubolag‘a emas. Xalq tili va mumtoz adabiyotimizga xos ko‘plab hamma ham bilavermaydigan so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash, shunday qo‘llash oqbatida badiiy matn, poetik manzara va ifoda yaratish akademik shoir sheʼriyatining xos belgilaridan bo‘lsa, ajabmas. Shoir va adib qo‘llagan so‘zlar; u xoh biror bir sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar, u xoh biror tor sohaga tegishli bo‘ladimi, xoh mavjud so‘zlar asosida yasalgan yangi so‘z, neologizmlar bo‘ladimi, hamisha badiiy niyatga xizmat qiladi. Mana, alloma vafotidan keyin chop etilgan to‘rtlik: “Dunyo qo‘ling kiridir”, deganlari rost axir, Qo‘lom, to‘pol qoladi zargarning ko‘rasida, Millionerdan so‘rasang maydasi yo‘q bir paqir, Brilliant – ko‘mir demak atom gilbo‘tasida. . adibning tilga, so‘zga munosabati haqida gapirar ekanmiz, avvalo, tildan qanday foydalanadi, bunda asosiy narsa, so‘z orqali badiiy matn yarata oladimi, ishlatgan har bir so‘zi o‘z o‘rniga tushib, o‘zidan kattarib, jilolanadimi, kitobxon qalbi shuuriga nur olib kira oladimi? Ushbu savollar juda muhim va ularga javob ijobiy bo‘lgan taqdirdagina shu adibni mohir so‘z ustasi, so‘z sanʼatkori deya olamiz. G‘afur G‘ulom so‘z sanʼatkori edi. Suvon Meli, “So‘z xiyoboni”. Qodiriy so‘zining qadri Mumtoz adabiyotshunoslikda kam so‘z bilan ko‘p maʼnolar bayon etish sanʼatiga “iyjoz” deyiladi. So‘zning iyjoz maqomi Abdulla Qodiriy nasriy poetikasiga, qahramonlari nutqiga ham xos. . Shokirbekning Otabekka evrilish sahnasi ostonasida Usta Alim: “. yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalik”, deb someʼlikka hozirlanadi. Bunday nutqda “sen” – “men”, “uzun” – “qisqa”, “yaxshi” bilan “yomon”, “janoza” bilan “hikoya” so‘zlari zidlashadi. Yusufbek hoji bir yig‘ilishda: “Bu soqol shu el qayg‘usida oqardi. Bu ko‘ngil shu manfaatparastlar taʼsirida qoraydi”, degan gaplari semantikasi qarshilidir. Yusufbek hojining o‘z nafsiga nazari, malomati va eʼtirofidagi soqolining oqarishi yoki ko‘ngilning qorayishi tasavvurni toza bir inson umrining yo‘llari tomon yo‘llaydi. Aslida, vaziyat, xarakterning kontrasti-qiyosli tasvirni romanning dastlabki sahifalarida, yaʼni karvonsaroyda Otabek tushgan hujra yoki Otabek bilan Homid xarakteri bayonidayoq ko‘rinadi. Adib bu badiiy sanʼatdan romanda juda ko‘p va o‘rinli foydalanadi. . Abdulla Qodiriy o‘zining betakror badiiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotining boyligini isbot etadi; o‘rni kelganda, sheva so‘zlaridan unumli foydalanadi. Adib xalq tilida qo‘llanadigan “chip” so‘zi uchun “g‘ov, barrikada” maʼnosida, boshqa bir sahifadagi dialogda kelgan “eshik” so‘zini “Farg‘onada hovlini eshik deydilar” deb izohlaydi. Homid Jannat opaga “. guzardan chiqib bir chora et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz” deydi. Yozuvchi “bir chorak”ni “uch yarim-to‘rt qadoq chamasi toshdir” deb izohlaydi. Bugungi o‘quvchi uchun bir qadoqning 409,512 grammga teng og‘irlik o‘lchov birligi ekanini eslatishga zarurat bor. Abdulla Qodiriy ijod ahlining o‘z ona tili va qo‘shni millatlar tilini bilish xususida: “ Yozuvchi o‘z xalqining tilini, folklorini kamol o‘rganishi shart va bir necha tillarni, ayniqsa, yaqin qo‘shni tillarni bilishi fazilat. Shundagina tili boyiydi, asari jonlanadi” deb yozadi. Bahodir Karimov, “So‘z xiyoboni” . So‘z nima? Tilda yuz minglab so‘z bo‘lsa ham, ularning moddiy asosini bir necha o‘nlab tovushlar tashkil qilishi haqida fikr yurita turib, muqtadir olim Alibek Rustamiy shunday yozadi: «…o‘zbek adabiy tilida 31 tovush bor. Shevadagilarni qo‘shsak, 40 dan oshmaydi. Shu qadar ozgina tovushdan milliondan ortiq so‘z yasalgan». To‘g‘ri taʼkidlanganidek, gap so‘zning soni yoki sifatida emas, balki ularni bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay olishdadir. Demak, so‘z – neʼmat, so‘z – rag‘bat, so‘z – tashviq, so‘z – daʼvat, so‘z – davlat, so‘z – savlat, so‘z – hikmat, so‘z – himmat, so‘z – hurmat, so‘z – rahmat, so‘z – zahmat, so‘z – fazilat, so‘z – illat, so‘z – tuzuvchi, so‘z – buzuvchi, so‘z – ilm, so‘z – tilsim, so‘z – bilim, so‘z – zulm, so‘z – saboq, so‘z – tayoq, so‘z – havas, so‘z – hasad, so‘z – g‘urbat, so‘z – g‘iybat, so‘z – do‘st, so‘z – dushman, so‘z – sharofat, so‘z – ofat, so‘z – olqish, so‘z – qarg‘ish, so‘z – mehr, so‘z – qahr … xullas, so‘z – hamma narsa. Faqat uni qachon, qayerda, qanday qilib qo‘llash so‘zlovchiga bog‘liq. Bu esa so‘zlovchining ongu shuuriga, aqlu idrokiga, fahmu farosatiga daxldordir. Rahimboy Jumaniyozov, “Muomala madaniyati”. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan Maʼnodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz asosan arab tilidan; ko‘pgina ish qurollarimiz: jomadon, hokandoz, dastshu, jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak sheʼriy uslubga xos suxanlar fors tilidan kelgan. Lekin bu qatʼiy qoida emas. Aksar holat desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina. Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, oinai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi. Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy tengri so‘zlarimiz bor. Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz. Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot – uchovi ham o‘zimizniki. Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos boy va rangin. Erkin Vohidov “So‘z latofati”. Furqat – so‘z raʼnosining oshig‘i . So‘z qadrini bilgan, uning insoniyat uchun nechog‘liq ulug‘ neʼmat ekanini chuqur his etgan Furqat so‘zlamoqda andisha bo‘lmog‘i zarurligiga alohida diqqat qaratadi. Shoirning fikricha, har bir odam o‘zi bilgan, maʼnosini teran uqqan holda so‘zlamog‘i maʼqul. Mashrab g‘azaliga tazmin sifatida yozilgan “Lozim emas” radifli g‘azaldan olingan quyidagi bayt shu haqda: Qosir aqling birla sunʼi Kibriyodin urma dam, Bilmag‘on odamga bu nozik suxan lozim emas. Furqat asarlarida “so‘z” kalimasi o‘rnida baʼzan uning suxan, kalom, nukta singari sinonimlari ham faol ishlatiladi. Jumladan, ushbu baytdagi “suxan” so‘zi “nozik” sifat bilan birga qo‘llangan. “Sun” – lug‘atda yaratish, sanʼat demakdir. Kibriyo –Alloh taoloning sifati bo‘lib, ulug‘, buyuk maʼnolarini anglatadi. Shunga ko‘ra, ushbu baytda Furqat qusurli aql bilan buyuk Tangri taoloning yaratuvchanlik qudrati haqida so‘zlashdan tiyilish zarurligini, benihoya nazorat (ehtiyotkorlik) bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadigan bu nozik suxan bilmagan odamga lozim emasligini alohida taʼkidlaydi. “O‘tar-ketar” radifli g‘azalida shoir yaxshilar suhbatida bo‘lishni, yaxshi so‘zlar eshitmoqni tavsiya etadi. Yaxshiar suhbtin ko‘rmagan odamni ko‘rga, yaxshi so‘zlar eshitmaganni karga qiyoslaydi: Yaxshini suhbatin ko‘rub yaxshi suxan eshitki ul, Yaxshi ko‘rib eshitmayin ko‘r ila kar o‘tar-ketar. So‘zga taʼrif berar ekan, shoir: “suxan raʼnosi nazm libosi birla zebo ko‘rinur bo‘lg‘ay” degan fikrini go‘zal badiiy shaklda ifoda etadi. “Suxan raʼnosi” – istiora bilan ziynatlangan behad jozibali bu ibora Furqatgacha va undan keyingi biror ijodkor asarlarida kuzatilmaydi. Haqiqatan, shoir so‘zni go‘zal shaklda suvratlantira olgan yuksak salohiyat egasi, so‘z raʼnosining eng sodiq oshig‘idir. Nurboy Jabborov, “So‘z xiyoboni”. Ko‘mirga aylangan umr Xalq maqollari, matallarida bir hikmat bo‘ladiki, u hikmatli so‘z deb ataladi va asrlar osha og‘izdan og‘izga ko‘chadi. Gap ko‘p, ko‘mir oz, degan iborada men chuqur maʼno, tagdor fikr ko‘rmadim. Suhbat cho‘zilsa, sandalning cho‘g‘i sovub qolgani uchun shunday deydilarmi? Bu gapda na badiiyat, na hikmat bor. O‘ylashimcha, bu ibora aslida gap ko‘p-ku, umr oz bo‘lgan. Ku qo‘shimchasining keyingi so‘zga qo‘shilib ketishidan umr ko‘mirga aylangan. Asliyatni tiklasak, dunyoning dardini aytishga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa chiqadi. Bu singari zamonlar osha tildan tilga o‘tib, so‘zlari, harflari o‘zgarib ketgan, asl maʼnosini yo‘qotgan maqol va matallar ko‘p. Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulug‘ degan hikmat bor. Biror aqlli zot otadan ulug‘, otadan aziz inson bo‘lmaydi, deb aytgan chog‘i, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulug‘ deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol –xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolag‘asiz bo‘lmaydi. Inson boshi toshdan qattiq deymiz. Toshdan qattiq narsa yo‘qligi uchun shunday deymiz. Tog‘ni ursa tolqon qiladigan yigit degan gap bor. Tog‘ni maydalab bo‘lmasligi uchun shu ibora qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan odam bo‘lmaydi. Soch bilan ko‘cha supurilmaydi, ko‘z yoshi bilan suv sepilmaydi. Lekin yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay ko‘zlardagi yoshim bilan, deya kuylanadi. Buni lutf deydilar. Zavqi yo‘q odam lutfni anglamaydi. Erkin Vohidov, “So‘z latofati” Millat hamiyatining muntazam himoyati Mamlakatimizda benihoya ko‘lamli islohotlarning naqd natijalari bois “Yangi O‘zbekiston” degan mag‘zi to‘q istiloh istifodasi urfga kirdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori yurtimizda mutlaqo tabiiy ravishda bosh g‘oya maqomiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining izchil va chinakam xalqchil siyosati tufayli inson qadri eng oliy qadriyatlardan biri sifatida eʼzozu eʼtibor, hifzu himoyat bag‘ridan muqim va mustahkam joy oldi. Shubhasizki, bu xalqimizning nelarni ko‘rmagan boshini ko‘kka yetkazdi. Zotan, o‘zbekning o‘lmas hikmat yombilari orasida “Qornimga emas, qadrimga yig‘layman” tarzidagi teran va dildagi adoqsiz og‘riq bilan aytilgan haqiqat ham bor. Inson bolasi, xususan, bizning ajdodlarimiz azaldan qorin qayg‘usi bilan emas, balki, avvalo, qadr qayg‘usi bilan umrguzaronlik qilgan. Shuning uchun ham ular hech kimdagidan kam bo‘lmagan qadr tuyg‘usi bilan ilm-fan, maʼrifat, madaniyat va maʼnaviyat bobida tengsiz durdonalarni yaratgan, o‘z nomlarini tarix sahifalariga muhrlagan. O‘zbek tilidagi qadr so‘zining asosiy maʼnosi lug‘atda shunday izohlangan: “jamiyatda, kishilar o‘rtasida tutgan o‘rin, o‘zga(lar) tomonidan bo‘lgan hurmat, eʼtibor”. Albatta, buni salomat saqlash hamiyat so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘zning asosiy maʼnosi izohli lug‘atda “or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi” tarzida tavsiflangan. Aytish mumkinki, qadr tuyg‘usi va hamiyat tirikligi bir-biri bilan tamoman uyqash, birisiz ikkinchisining mavjudligi nomumkin bo‘lgan tushunchalar o‘laroq insonning oliy va ardoqli sezgilari sirasiga kiradi. Albatta, til, xususan, ona tili ayni shu qadrning ham, hamiyatning ham hamisha zimnu zaminida yotadigan tushunchalardandir. Til saltanatining benazir sultoni ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin”, “Tilga eʼtiborsiz – elga ixtiyorsiz” kabi hikmatlarida odam bolasi uchun tilga ehtiromli munosabatning azaliy va abadiy ehtiyoji, insonlikning bosh belgisi til ekanligi, til va el hurmati tanosibining tarangligi go‘zal shamoyillarda ifoda topgan. Umuman, har qanday tilga, xususan, ona tiliga, biron-bir darajada bo‘lsin, nopisandlik yoki kamsitish bilan qarash inson va el qadriga hurmatsizlik, inson va xalq hamiyatiga daxl qilish tarzida anglanishi, kishilar ko‘nglini, yumshoqroq taʼbir bilan aytganda, og‘ritishi, tabiiyki, yaqin o‘tmishimizda biz buning guvohi bo‘lganmiz. Bugun yurtimizda xalq hamiyatining muntazam va iddaosiz himoyasi muddaosi bilan o‘zbek tilini davlat tili deb eʼlon qilgan qonunning imzolanganiga 33 yil bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlamoq joizki, davlatimiz rahbarining doimiy eʼtibori bilan, ayniqsa, so‘nggi besh-olti yil ichida mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida yangi bosqich boshlandi. 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va maxsus dastur qabul qilingan, kelgusidagi ishlar aniq-tiniq ko‘rsatib berilgan, shu asosda til ilmi tadqiqi, taʼlimi va targ‘ibiga daxldor tizimli hamda keng qamrovli ishlar jadal surʼatlarda amalga oshirildi va oshirilmoqda. Prezidentimizning o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida izchil harakat olib borilmoqda. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyat hamda sharoitlarning yaratilgani ham bor haqiqatdir. Yurtimizda qaror topgan benihoya oqil va odil til siyosati tufayli ko‘p millatli xalqimizning birligi, hamjihatligi yana-da mustahkamlanmoqda. O‘zbek tili bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz qatorida davlatimizning muqaddas hamda muhtasham ramzlaridan biri sifatida takomil va rivoj o‘zanidan bormoqda. Har yili 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida butun xalqimiz tomonidan cheksiz mamnuniyat bilan keng nishonlanmoqda, bu kun amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yangidan-yangi rejalarning tarhi chizilmoqda. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ko‘p gapirilgan. Shubhasizki, tilning paydo bo‘lishi, o‘zlashtirilishi va taraqqiyotiday murakkab jarayonlarni jamiyatdan ayro holda aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu murakkab jarayonda ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining, uy-xonadon degan birlikning hal qiluvchi omil ekanligidan iborat haqiqatni inson aqli hazm qilib ulgurguncha, ne-ne nasllar yugurik asrlar to‘zoni ichra abadga qo‘nim topgan. Eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab, turli-tuman tajribalar o‘tkazilgan. Jumladan, “Mo‘g‘ullar imperiyasining umumiy tarixi” (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o‘tkazilgan bir g‘aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug‘ shoh “Biron-bir tilga o‘rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy tili bo‘ladi”, degan g‘ayriilmiy gapni eshitib qoladi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u, chindan ham, qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikkita emizikli bolani ajratib olib, Agradan olti mil uzoqlikdagi qalʼaga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qalʼa darvozasini ochish qatʼiyan taqiqlanadi. Bolalar o‘n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltirishni buyuradi va saroyga barcha tillarni biladigan donishmandlarni ham taklif etadi. Agrada yashaydigan bir yahudiy bolalar, chindan ham, yahudiycha gapirish yoki gapirmasliklariga hakamlik qilishi kerak edi. Agrada arablar va xaldey (somiylardan bo‘lgan qadimiy xalq)lar bisyor edi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit (qadimgi hind tili)cha bo‘lib chiqadi deb hisoblardi. Ammo bolalar shoh huzuriga keltirilganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi, chunki ular hech bir tilda gapirmas edi. Bechoralar o‘z enagalaridan fikrlarini faqat turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgangandi. Ular bu notanish, begona jamoadan qo‘rqib-hurkib turardi, ochilmay tugilgan bu tillarning tugunini yechmoq tamoman mushkul, ularga nutq tovushlarini ayttirmoq zamoni o‘tib bo‘lgan edi. Qilni qirq yorgan aksariyat dunyo tilshunoslarining taʼkidlashlaricha, nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki tilning ibtidodan paydo bo‘lishi ham muayyan jamoada birovning boshqasiga nimanidir aytish, nimagadir undash, o‘zining muayyan hissiy holatini bildirish kabi ehtiyoji mahsulidir. Qisqacha aytganda, jamoa-jamiyat bilan bog‘liqdir. Aytish joizki, tilning takomilu taraqqiyotini ham, uning shaxs maʼnaviy-madaniy tashakkuli va ajdodu avlodning zamonlar osha vorisiyligidagi qiyossiz o‘rnini ham jamiyatsiz anglash mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham jamiyat hamda xalq taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini, ularning milliy manfaatlarini taʼminlashday oliy maqsadni birlamchi burchi deb bilgan davlat o‘z hududida milliy tilni davlat tili maqomiga ko‘tarishi, uning tirikligi muhofazasi hamda har taraflama kamoloti uchun qayg‘urishi qonuniy va haqqoniy zaruriyatdir. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy Farmonida behad o‘rinli taʼkidlanganidek, “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir”. Tilsiz milliy ruh degan bemisl teran va ulug‘vor tushunchaning mohiyati tamoman muallaqlashadi. O‘zbek pedagogikasining atoqli namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1917- yilda ikkinchi marta nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu haqiqatni mana bunday ifodalagan: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”. Demakki, milliy ruh, milliy ong, milliy maʼnaviyat, milliy madaniyat kabi tushunchalarning tayanch ustuni, tirik tirgagi ona tilidir. Zabardast o‘zbek tilshunosi, akademik Alibek Rustamov bu holatni go‘zal va ohorli qiyos vositasida mana bunday tavsiflagan: “Tirik jonning hayoti uchun havo qanchalik zarur bo‘lsa, insonning inson sifatidagi turmushi va uning insonligini belgilovchi maʼnaviy tirikligi uchun so‘z (yaʼni til) shunchalik zarurdir”. Til nafaqat maʼnaviyat va madaniyatning, balki tafakkurning ham asosiy tayanchi, shuning uchun ham milliy tafakkur tushunchasi mavjud. Tabiiyki, insonning dunyoni bilishiday adoqsiz tadrijiy jarayonning qudratli harakatlantiruvchi kuchlarining boshida tafakkur turadi. Bu kuch taʼrifini ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiydan o‘tkazib hech kim aytolgan emas: “Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”. Shuni ham yodda tutish joizki, tafakkurni voqelantiradigan, unga faqat shamoyilgina emas, balki aniq o‘zan baxsh etadigan qudrat esa tildir. Til milliy tafakkur tarzini tayin etadi va mutlaqo tanosibiy bir intizomda tafakkur takomili tilning tadrijiy taraqqiyotini taʼminlaydi. Insoniyat kamolotida, uning tafakkuri, tasavvuri va taxayyuli parvozida tilning beqiyos omil ekanligi bugun eʼtirof etilgan haqiqatlardandir. Mashhur olmon allomasi V. Gumboldt va uning davomchilarining eʼtiroflaricha, til kishilar o‘rtasidagi shunchaki aloqa vositasigina emas, u millatning dunyoni ko‘rar ko‘zi, eshitar qulog‘i, anglar aqlidir. Har bir xalqning boshqalardan farqli milliy nigohi bor. Har bir til vakili muayyan tovushni boshqasidan farqli eshitadi, masalan, o‘zbek itning tovushini “vov-vov” deb, rus “gaf-gaf” deb va hokazo tarzda ifodalaydi. Idrok intizomidagi farqlarni ham sezmaslik mumkin emas, masalan, ruschadagi “ne dayot govorit” birikmasini o‘zbekchaga “gapirishga bermayapti” tarzida o‘girish ana shu ruschadagi idrok intizomini o‘zbekchaga noo‘rin ko‘chirish natijasidir, o‘zbekcha idrok intizomiga muvofiq “gapirishga qo‘ymayapti” tarzida bo‘lishi zarur. Til bu sinoatli olamni muntazam inkishof qilishning birlamchi qudratli qurolidir. Dunyo adabiyotining nomdor namoyandasi Chingiz Aytmatov “Avezov haqida so‘z” nomli maqolasida “Til xalqning avtoportretidir”, degan behad teran obrazli taʼrifni aytgan. “Avtoportret” so‘zining maʼnosi, maʼlumki, “rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlagan o‘z tasviri, portreti”dir. Chindan ham, masalan, o‘zbek tili o‘zbek xalqining siyratu suratini, tafakkur va taxayyul olamini, o‘tmishu bugunini boricha aks ettiradigan, muhimi, shu tilning o‘zi vositasida hamda “o‘z qo‘li” bilan “chizilgan” ham ichki, ham tashqi xolis qiyofasidir. Bu qiyofa xalqimizning ming yillik lisoniy-tarixiy taraqqiyoti jarayonlarida, betakror madaniy va aqliy, adabiy-badiiy durdonalarida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Bu qiyofa parvarishu muhofazaga, eʼzozu ehtiyotga, ko‘z qorachig‘idek asramoqqa, yana-da kamolot sari eltmoqqa shoyon muhtasham boylikdir. Dunyo til ilmida til va tafakkur munosabati borasida turli fikrlar bildirilgan, ulardan biriga ko‘ra, til tafakkurning shakllanishi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Bunday fikrni ilgari surganlardan biri amerikalik taniqli olim Benjamin Li Uorfdir. Uning nazariy qarashlarini tahlil qilgan Maks Blek “Til mustaqil mazmunning tashqi ifodasidir, til va mazmun o‘rtasidagi munosabat kiyimning o‘zi yopib turgan tanaga munosabatiga o‘xshaydi”, qabilidagi hukm aytilsa, bunga Uorfning mutlaqo qo‘shilmagan bo‘lishini taʼkidlaydi. Buning maʼnosi shuki, tilni Uorf hech qachon ikkilamchi, yaʼni tafakkur shakllanishidagi yordamchi vosita deb hisoblamagan. Ana shu jihatdan qaraganda, mutafakkirning quyidagi ikki mulohaza-hukmi ham alohida eʼtiborga molik: “Taʼkidlamoq kerakki, “hind-evropa tillarida gapiradigan barcha zamonaviy olimlar” va “barcha olimlar” tushunchalari bir-biri bilan teng emas. Zamonaviy xitoy yoki turk olimlarining dunyoni Yevropa olimlari kabi tavsiflashi faqat shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z tafakkur tizimlarini mustaqil holatda ishga solmaganlar, balki butun g‘arbcha tafakkur tizimini yaxlitligicha o‘zlashtirganlar”. “Aytish mumkinki, insoniyatni kelajakda bir tilda, xoh ingliz, xoh nemis yoki xoh rus tilida, gaplashishini tasavvur qiladiganlar insoniy tafakkur taraqqiyotiga ulkan zarar keltirishi aniq bo‘lgan holatni ideal sifatida qabul qilganlari uchun qattiq adashadi”. Olimning bu gaplaridagi ayovsiz haqiqatni unutmaslik lozim. Til tafakkurning shunchaki libosi, tashqi tomoni emas, balki tafakkurning tashakkulida bevosita ishtirok etadigan, uning o‘zanini tayin etadigan benazir unsurdir. Ana shuning uchun ham unutmaslik zarurki, ona tili darsliklarini faqat xorijiy til darsliklari qolipida yaratish, ona tilini o‘qitish jarayonlarini tamoman chet tili taʼlimi andozalariga solish maqsadga muvofiq emas. Ona tili taʼlimida raso milliy tafakkur va rost milliy maʼnaviyatning muntazam tarbiyasi ustuvor yo‘nalish bo‘lmog‘i kerak. “Davlat tili haqida”gi Qonunimizda bu tilni rivojlantirish va uning sofligini saqlash masalalariga daxldor qoidalar belgilangan. Bugungi kunda o‘zbek tili rivojlangan tillardan biri sifatida hayotimizning barcha sohasida emin-erkin qo‘llanmoqda. O‘zbek tilining sofligini saqlashday ezgu maqsad bilan baʼzan u yoki bu o‘zlashgan (arab, fors, rus, yevropa tillaridan) so‘zni tildan chiqarish, uning o‘rniga boshqa so‘zni kiritish borasidagi yetarlicha o‘ylanmagan yoki ilmiy-mantiqiy asosi anchayin bo‘sh taklif-mulohazalar bildiriladi, o‘zbek tilidagi har qanday o‘zlashmaga g‘ashlik bilan qaraladi, har qanday o‘zlashmani eski turkiy tilga oid so‘z bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Holbuki, Yer yuzidagi 6909 ta tildan (YuNESKOning 2012-yildagi maʼlumoti) lug‘at boyligida o‘zlashmalar tamoman yo‘q bo‘lgan birorta til mavjud emas. Hatto eng yirik va rivojlangan deb hisoblangan tillarda o‘zlashmalar anchayin katta miqdorni tashkil etadi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan 1915-yilda aytilgan quyidagi fikrlarning nechog‘li asosli ekanligiga diqqat qiling: “. Ming yil avvalgi tilg‘a qaytmoq qonuni tabiatg‘a muxolifdur. Chunki moziyg‘a rujuʼ mumkin yo‘q. Begona tildan so‘z olmoqdan qutulgan til yo‘qdur. Anglischani arabchadan so‘ngra eng boy til derlar. Ma fihi (shunga qaramasdan), o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini yozarlar. Xulosa fikrimiz shuki, yalg‘uz turkcha so‘ylamak va yozmoq abadan mumkin yo‘q. Baqadri imkon arabiy va forsiyni oz yozayluq. Barcha ilmu fan istiloh lug‘atlarig‘a turkchadan muqobil oxtarib vaqtni zoye etmayluk”. Bugungi globallashgan XXI asrda esa bir-biri bilan muloqotda bo‘lmagan til yoki xalqning o‘zi yo‘q, tillararo so‘z olish-berish ancha faollashgan va bu odatiy hol tusini olib bo‘lgan. Tilimizga kirib, o‘zlashgan, lug‘atimiz tarkibidan joy olib ulgurgan har qanday chet so‘zga muqobil izlayverish, o‘rinli-o‘rinsiz uni almashtirish payidan bo‘laverish foydali yumush emas. Ko‘hna va donishmand Sharq odamlarida, xususan, bizning alloma bobolarimizda ko‘p tilni bilish benihoya moʻtabar fazilat hisoblangan va ana shu fazilat sohiblari bo‘lganliklari bois ham ular jahon ilm-fani hamda adabiyotida muhtasham va muhtaram o‘rinlarni egallagan. Hatto XIII asrda yashagan tarixchi Ibn Xallikonning ko‘rsatishicha, buyuk olim Abu Nasr Forobiy o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari yetmishdan ortiq tillarni bilgan. Bu haqdagi rivoyatlardan birida aytilishicha, bir kuni Damashq hokimi huzuridagi olimlar yig‘iniga Forobiy ham kelib qoladi. O‘z taxtida o‘tirgan hokim Sayfutdavla Forobiyni o‘tirishga taklif etadi. Forobiy: “O‘zimning martabamga qarab o‘tiraymi yoki sizning martabangizga qarab o‘tiraymi?” deb so‘raydi. Hokim: “O‘zingning martabangga qarab o‘tir”, deb javob beradi. Olim to‘ppa-to‘g‘ri hokimning taxti yoniga borib o‘tiradi. Bundan g‘azablangan hokim ko‘pchilikka nomaʼlum bo‘lgan bir tilda soqchisiga: “Bu odobsizlik qildi, axloqsizligi uchun uni ketayotganida jazolanglar!” deydi. Shunda Forobiy: “Men hech qanday gunoh qilganim yo‘q-ku, nima uchun meni jazolaysiz?” deb so‘raydi. Hayratga tushgan hokimning “Bu tilni xalq orasida hech kim bilmas edi, sen qayerdan o‘rgangansan?” degan savoliga Forobiy: “Men ko‘p tillarni o‘rganganman”, deb javob beradi. “Ikkinchi muallim”ni tanib qolgan hokim olimdan uzr so‘raydi. Yurtimizda ko‘p tilni bilish, ko‘p tilni o‘rganishga harakat qilish azaldan anʼana tusini olgan. Bu anʼananing mamlakatimizda bardavom bo‘lishini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb taʼkidlar ekan, XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan maʼrifatparvar Ishoqxon Ibratning quyidagi so‘zlarini eslatadi: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir”. Shubhasizki, odam har qancha ko‘p tilni bilmasin, uning tamomila va tom maʼnoda o‘ziniki bo‘lgan tili faqat bitta bo‘ladi, albatta, bu uning o‘z ona tilidir. Shuning uchun ham boshqa tillarni o‘rganishda ona tili orqali u tillar olamiga kirish aql va mantiqning yo‘rig‘idir. Ona tilidagi sobitlik — milliy tafakkur o‘zanini salomat saqlaydi. Yana shuni ham taʼkidlamoq joizki, xalqimizda “O‘z qadrini bilmagan o‘zganing qadrini bilmas” tarzidagi bikir bir hikmat bor, shu hikmat taʼbiri doirasida atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov o‘zining “So‘z latofati” nomli latif kitobida quyidagi haqqoniy gaplarni aytgan: “Biz o‘z ona tilimiz qadriga yetsak, arab tilining boyligi va mukammal qurilishini qadrlaymiz, fors tilining nafosati va go‘zalligidan bahra olamiz, ingliz, rus tillarining qudratini his qilamiz. Ularni chuqur o‘rgansak, raqobat to‘la bu olamda bamaylixotir qadam tashlaymiz”. Intihosiz iftixor bilan aytish joizki, o‘zbek tili bu kurrai zamindagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. Bu tilda bugun ellik millionga yaqin kishilar so‘zlashmoqda, bu tilning chin muhiblari soni ortib bormoqda. Ko‘plab turli xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini katta ishtiyoq bilan o‘rganishmoqda. Mamlakatimizda millat va xalq hamiyatining muntazam himoyatini yelkalagan “Davlat tili haqida”gi Qonunimizga muvofiq tarzda shakllangan xolis til siyosati bois o‘zbek tili hamda boshqa tillar erkin rivoj va takomil yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining ozod va obod so‘zi bilan, bu so‘zga monand ko‘lamli faoliyati bilan o‘zligini dunyoga namoyish etayotir. Nizomiddin MAHMUDOV, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor.
Faoliyat
- Davlat aktivlarini hisobini yuritish
- Davlat aktivlarini hisobini yuritish tartibi
- Davlat aktivlarini hisobini yuritish yo‘nalishi va natijalar
- Joriy yil uchun ijaraning eng kam qiymati
- Baholash va rieltorlik tartibi
- Baholash va rieltorlik yo‘nalishi va natija
- Korporativ boshqaruv kodeksi
- Namunaviy hujjatlar
- Savolnoma
- Metodik tavsiyalar
- Bankrotlik tartibi
- Bankrotlik yo‘nalishlari
- Sud boshqaruvchilar reytingi
- O’rganish reja-jadvali
- To‘lovga qobiliyatsizlik
- Xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida
- Xalqaro hamkorlik infografikada
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar
- Amalga oshirilayotgan ishlar
- Hikoyalar
- Hikmatlar
- Video
- Audio
Qoniqarsiz
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing
- Agentlik haqida
- Investorlar
- Faoliyat
- Me’yoriy hujjatlar
- Xizmatlar
- Matbuot markazi
- Bog‘lanish
- Sayt xaritasi
- Ishonch telefoni: +998(71) 259-21-37
- 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko`chasi, 6
O’zbek tili davlat tili reja
Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», – dedi Prezident.
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.
Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.
Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz 2019 yil 21 oktabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
«Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak», dedi prezident.
Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.
Reja: Dunyo tillar tizimida o’zbek tilining tutgan o’rni Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari
2.Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari
Hozirgi kunda yer yuzida o’n milliarddan ko’proq aholi yashaydi. Agar siz Toshkentdan poyezdga o’tirib Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo’lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, mojor (venger) singari tillardagi so’zlashuvlarni eshitishga musharraf bo’lasiz. Eshitish jarayonida ayrimlarining ona tilingizga qandaydiryaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligini, ayrimlarining esa tamomila boshqa, yaqin jihatlari umuman yo’qligining guvohi bo’lasiz.Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh, bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari boimagan tillar esa qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Masalan, o’zbek, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qorachoy-bolqar kabi tillar qarindosh tillar sanaladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir bobo tildan kelib chiqqandir. Shuning uchun ham dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga boiinadi. Til oilalarining nomlari bobo til nomi bilan yuritiladi. Masalan, slavyan tillari oilasi, german tillari oilasi, roman tillari oilasi, eroniy tillar oilasi, somiy tillari oilasi, turkiy tillar oilasi va boshqalar.
Bu til oilalarining har qaysisi o’z ichida yana kichik gu-ruhlarga bo’linadi. Xususan, turkiy tillar oilasi qipchoq tillari guruhi, o’g’uz tillari guruhi, qorluq tillari guruhiga bo’linadi. O’zbek va uyg’ur tillari qorluq guruhiga; qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar
-1-
qipchoq guruhiga; ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari esa o’g’uz guruhiga kiradi.Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida o’zining muayyan o’rniga ega bo’lib, turkiy tillarning qorluq guruhiga mansubdir
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning tarixiy ahamiyati.
Sobiq Sho’rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta’kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog’ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig’ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug’lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo’nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo’llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo’ldi.
1988-yildan boshlab o’zbek ziyolilari ham matbuotda o’zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko’tarib chiqdilar. Bu masalaga bag’ishlangan bir qancha anjumanlar bo’lib o’tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o’zbek tili O’zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Burning natijasida o’zbek tili respublikamizda o’tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo’llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir. J «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o’tgach, respublikamiz hayotida katta o’zgarish ro’y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Mustaqillik qoiga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e’tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamiz-ning jahon hamjamiyati o’rtasidagi obro’-e’tibori oshdi. O’zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
Ana shunday sharoitda mustaqillik qo’lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko’p moddalari o’z kuchini yo’qotdi yoki tahrirtalab bo’lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo’ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O’zbekiston Rcspublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O’zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o’zining aniq ifodasini topdi. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko’rsatishi, rivojlanishi, O’zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o’z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko’rsatadi.
Savol va topshiriqlar
1.O’zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishlarini so’zlab bering.
2.Ona tili tushunchasiga ta’rif bering.
3.O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va buning tarixiy ahamiyati haqida so’zlab bering.
4.”Davlat tili haqidagi” Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan?
5.Qonunning nechanchi moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi?
2-Dars.O’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari.
1.Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixi
2.Qadimgi turkiy til, eski turkiy til xususiyatlari
3. Eski o’zbek adabiy tilining takomillashuvi
4. Hozirgi o’zbek adabiy tili
Topshiriq. Matnni o’qing, unda ilgari surilgan fikr haqida bahs uyushtiring.O’tmishini unutgan xalq qullikka mahkumdir
Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. Bundan o’zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o’g’uz, qipchoq, uyg’ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko’plab qabilalar o’zbek xalqining shakl-lanishida muhim o’rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog’iy:
— Tor ko’ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,
To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling, —deb yozganida o’zbek xalqining tashkil topishida 92 urug’ vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O’zbekistonning qayeriga borsangiz, dar-xon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug’ nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o’tganligidan aks-sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko’raylik. Qipchoq-mahalla, Qipchoqqishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda,
–
hatto har bir jamoa xo’jaligida mavjud. Bu nom o’zbek xalqining shakllanishida qipchoq qabilalarining munosib o’rin tutganligidan dalolatberib turibdi. Bu gapni o’g’uz, qorluq-chigil-uyg’ur qa-bilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «0’tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo’q». Aziz o’quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olish-ga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.
Jamiyat oilalardan tashkil topganidek, tillar ham turli-tuman oilalarga bo’linadi. Til oilalari shu oilaga asos bo’lgan til nomi bilan yuritiladi. O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning ham-masi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar (o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, turk-man, ozarbayjon, usmonii turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrlarga bo’ladilar. 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O’rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllani-shi hamda rivojlanishi davri) va boshqalar.
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo’g’ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqianib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, Iekin qadimgi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O’rxun-enasoy, uyg’ur (qisman moniy), sug’d yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi.
ESKI TURKIY TIL
Eramizning XI asrlaridan boshlab qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va
-5-
Qoraxoniylar sulolasi hukmronligida-gi o’zlarining davlatlarini tashkil etdi.Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda Somoniylarga qarashli boigan Buxoro va Samarqandlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg’ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yerlarni o’ziga bo’ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.
Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning sharqda uyg’ur madaniyatining va g’arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyatining birlashtirili-shi uning yozma madaniyatida ham o’z ifodasini topdi. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgor-liklaridan biri Mahmud Koshg’ariyning «Devonu Iug’atit-turk» nomli qomusiy asaridir. Bu asar turkiy tillarning o’sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xu-susiyatlari haqida to’la ma’lumot beruvchi qimmatli man-badir. Shu bilan birga turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.
Mahmud Koshg’ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o’rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo’rialishiga asos soldi.
Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorli-gi — bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilik» («Baxt kel-tiruvchi bilim») asaridir. Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo’lib, turkiy adabiyot tarixida juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Xo’ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarlari shu davr-ning eng buyuk adabiy durdonalaridir.
Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osi-yodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi va shuning uchun bu davr tili ko’pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy tii deb yuritiladi.
-6-
Mahmud Koshg’ariy Chindan tortib to Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday deb yozadi:— Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urugiari bor. Men bulardan asosiy-larini — ona urugiarini yozdim, shaxobchalarini tashladim.
«Devonu lug’atit-turk»dagi ma’lumotlarga qaraganda, o’sha davrda bajanak, qipchoq, o’g’uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, ig’raq, uyg’ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan «eng yengili — o’g’iz, eng to’g’risi, yaxshi-si — yag’mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til — haqoniy o’lkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta’kidlangan.
Eski turkiy til eski o’zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o’rin tutgan.
ESKI O’ZBEK ADABIY TILI
Qoraxoniylar davri adabiy tili o’zbek tilining shakllani-shi uchun ham asos bo’ldi. Bu davrdagi ikki adabiy til an’anasi sharqiy (qorluq-uyg’ur) adabiy tili va g’arbiy (qipchoq-o’g’uz) adabiy tili o’zbek tilining shakllanishida xizmat qildi.
Xususan, g’arbiy til an’anasida yozilgan Qui Alining «Qissai Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an’anasida yozilgan Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy» (1309—1310) asarlari o’zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir. A. Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o’zbek tilining yorqin namunasidir.
«0’g’uznoma», «Tafsir» (Qur’onning so’zma-so’z tar-jimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning «Xus-rav va Shirin», Sayfi Saroiyning «Guliston», Xorazmiy-ning «Muhabbatnoma» asarlari eski o’zbek tilida yaratilgan dastlabki namunakrdir.
Arab, fors-tojik tillariga xos boigan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o’zbek tiliga kp’plab o’zlashdi. Bu davrda o’zbek qabilalari boshqa
qabilalarga nisbatan si-yosiy hayotda yetakchilikni o’z qoilariga ola boshladilar.
O’zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdin-ning «Mo’g’ulIar tarixi» asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo’shin boshliqlaridan biri O’zbektoy deb atalgan.
O’zbek degan so’zning «o’ziga bek», «otliq qo’shin», «sod-da», «to’g’ri», «insofli», «saxiy», «odamoxun», «diltortar», «suyukli» kabi ma’nolari ham
mavjud. O’zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig’atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo’lib qolishi Shayboniyxon boshchiligidagi o’zbek urug’larining Markaziy Osiyoda o’troqlashuvi, hokimiyatni o’z qo’llariga olishi bilan bog’liq.
O’zbek tilining takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lut-fiy singari o’nlab, yuzlab so’z ustalari xizmat qilgan bo’lsalar, Mavlono Alisher Navoiy uning obro’yini dunyoga tanitdi. Navoiy davri va Navoiygacha boigan davrda o’zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan. XVI asrdan o’zbek urug’larining nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi. Shuningdek, o’zbek tili mo’g’ullar bosqinidan so’ng shu yerga egalik qilgan Chig’atoy nomi bilan, rus bosqini davrida esa ruslar tomonidan sart tili nomi bilan ham yuritilgan.
Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o’zbek tilining shakl-lanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo’lgan o’zbek tili eski o’zbek tili deb nomlanadi.
Demak, eski o’zbek tili XII—XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan o*zbek tili tarixini o’z ichiga oladi va juda katta yozma manbalarni o’zida mujassam etadi.
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog’iy, Boborahim Mashrab, Zokirjon Holmuhammad o’g’li Furqat, Muhammad Aminxo’ja Muqimiylarning eski o’zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishda xiz-matlari katta. Ayniqsa, bu borada Alisher Navoiy ulkan ishlar qildi. U o’zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinaniilonlar va tikonlar o’rab turganligini
ta’kidladi. Navoiy eski o’zbek adabiy tilini ana shu «ilon»lardan va «tikon»lardan tozalab berdi.
-8-
Eski o’zbek adabiy tili hozirgi o’zbek adabiy tilining vujudga kelishida muhimSavol va topshiriqlar:
1. «Kul Tigin», «Bilka Xoqon», «To’nyuquq bahociir» kabi yodgorliklarning tili to’g’risida fikr yuriting. Ularclagi holatni bugungi tilimizga solishtiring va farqli jihatlarini toping.
2.Mahmud Koshg’ariyning «Dcvonu lug’atit-turk» asaridan oiingan «Uma kclsa, gut kelur», «Kuzaku uzun bo’Isa, alik kuymas» maqollaridagi tagiga chizilgan so’zlarni izohlang.
3. Adabiy til deganda nimani tushunasiz?
4. Navoiydan bir bayt aytib, uni hozirgi tilimizga solishtiring va o’rtadagi farqlarni tushuntiring.
-9-
3-Dars.O’zbek tilining tovush tizimi.Nutqiy faoliyat.Tovushlarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilari1.O’zbek tili fonetikasi
2.Nutq tovushlarining uch tomoni
To p s h i r i q. Kistonbeko ‘z tovushlar qo’shilmasining nima sababdan ma’no anglatmasligi haqida fikr yuriting.
Nutqimizni bo’laklarga ajratadigan bo’lsak, uning oxirgi bo’linish nuqtasi tovushlar bo’Iadi. Masalan, O’zbekiston — jannatmakon o’lka jumlasi O’zbekiston, jannatmakon, o’lka so’zlariga, bu so’zlar o’z navbatida O’z-be-kis-ton, jan-nat-ma-kon, o’l-ka bo’g’inlariga, bo’g’inlar esa O’-z-b-e-k-i-s-t-o-n j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o’-l-k-a singari to-vushlarga bo’iinadi. Bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lgan, boshqa mayda bo’laklarga bo’lish mumkin boimagan nutq bo’lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va u bilan bog’liq hodisalar tilshunoslikning fonetika boiimida o’rganiladi.
Fonetika so’zi yunoncha phone «tovush» so’zidan olingan.
Inson doimo o’zini qurshab turgan olamni bilishga in-tiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamidaboshqariladi. Olamni bilishjarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a’zolarimiz (tana, ta’m-maza, ko’rish, eshitish kabi sezgi a’zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.
Tana, ta’m-maza, ko’rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususi-yatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo’shimcha bilish vositasiga — nutq orqali bilish qobiliyatiga ega.’ Birinchi bilish vositalarini mash-hur ruhshunos
P. Pavlov birinchi signal sistemasi, ik-kinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
Ko’rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaganlar,
Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jami-yat a’zolari o’zaro doimo aloqada boiadilar. Biri obyektiv olamda o’z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush toiqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so’zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umum-lashgan obrazini so’zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a’zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi.
So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi.
Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki gu-ruhga boiinadi. Xat yoilovchi shartli ravishda so’zlovchi, uni qabul qiluvchi (o’quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisob-lanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e’tiborga olgan holda mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sos-
syur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’Ium jami-yat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoli-yatida bevosita namoyon bo’lishi, voqelanishi — nutqdir.
Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqelik, mohiyat — hodisa zidlanishini o’zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o’z ifodasini topadi.
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo’lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko’rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig’i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to’lqinlari orqali qulog’imiz bilan eshitiladigan barcha hodi-salarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.
Har qanday tovush ma’lum tashqi ta’sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil boiadi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo’lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo’linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.
Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsad-da ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekaniigidan dalolat beradi.
Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Nutq apparati o’pka, bo’g’iz, tovush paychalari, og’iz bo’shlig’i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo’ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o’rganiladi.
Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi
. Masalan,soli bilan sholi so’zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so’zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so’zlari o’rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.
Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagi na xos belgi hisoblanadi.
Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo’lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir.
Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o’rtasining yuqori tanglayga tegishi va o’pkadan chiqiyotgan havoning bu to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Bu to-vushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo’l bilan hosil bo’lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaf-fuz) belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilarning barchasi fone-tika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to’Ja hisob-ga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to’g’ri javob berilgan boiadi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko’pchiligi muhim sanalmaydi.
Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslanganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli boiadi.
Bizning bilish faoliyatimizning asosini qiyoslash tashkil etadi. Bilish jarayonimizda yangi bilayotgan narsamizni oidin biigan narsaga qiyoslaymiz, zidlaymiz va ular o’rtasidagi o’xshash va farqli tomonlarni topishga harakat qilamiz. Shurling uchun bilish faoliyatida zidlashlarning ahamiyati katta.Faraz qilingki, oldingizda ikkita egizak bola. Ular bir-biriga
nihoyatda o’xshash. Faqat bittasining chap yuzida kichkina xoli bor. Ana shu xol ikkisini bir-biridan farqlovchi belgi sanaladi. Qolgan belgilari esa har ikkisida bir xil. Bu ikki boladan birining ismi Hasan, ikkinchisiniki esa Husan. Qarangki, ismlarning tovush tarkibi ham bir-biriga naqadar o’xshash. Faqat birinchi bo’g’in unlisi bittasida a, ik-kinchisida u ekanligi bilan farqlanadi. Demak, yuqoridagi ikki so’z birinchi bo’g’indagi unlilar bilan bir-biridan farq qiladi. Qolgan tovushlar esa har ikkisida bir xil. Zidlanayot-gan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar, ulaming har ikkisida takror-lanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo’lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi.
Masaian, t va d tovushlarini olaylik. Birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga, ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi, (til oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli-jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra, birinchi va ikkinchi belgilar ular o’rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa farqlovchi belgi hisoblanadi.
Fonemalarni belgilashda yaqin, o’zaro o’xshash tovush-larni bir-biriga zidlash va ular o’rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo’lgan xususiylik va umumiylik munosabatini aks ettiradi. Biz bevosita kuzatishda xususiyliklarni sezgi a’zolarimiz bilan his etamiz. Bir xususiylikni boshqa xususiylikka solishtiramiz. Solishtirilayotgan xususiyliklar o’rtasida qanday o’xshash va
farqli tomonlar mavjud ekanligini aniqlaymiz. O’xshash jihatlari asosida har qaysi xususiylikni ma’lum umumiy-likka — sinfga birlashtiramiz. Masalan, sumkani olaylik. Sin-fingizda nechta o’quvchi bo’lsa, o’shancha sumka bor. Bu sumkalar rangi, hajmi yoki materiali yoxud shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Sinfingizda nechta sumkani ko’rsangiz, shuncha xususiyliklarni ko’rgan bo’lasiz. Lekin shu xususiy-liklarning hammasida takrorlanadigan
umumiy belgi bor. Bu belgi sumkalik belgisidir. Ya’ni o’quv qurollari solish uchun moijallangan, ko’tarib yuriladigan, charm va boshqa har xil materiallardan tikilgan anjom. Ana shu belgilar xilma-xil sumkalarni bir sinfga, bir umumiylikka birlashtirishga asos bo’ladi.Xuddi shuningdek, biz nutqiy jarayonda bevosita to-vushlarni eshitamiz. Masalan, i tovushini olaylik. U, avvalo, har bir shaxsning o’ziga xos talaffuzini o’zida namoyon qiladi. Shu bilan birga, so’zlarning tarkibida Fonemalar so’zlarning tarkibida muayyan tartibda ke-lib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so’z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o’ynaydi.
Loto o’yinini ko’z oldingizga keltiring. Unda sanoqli donalar bor. Lekin shu donalarni turli tartibda joylashtirish orqali xilma-xil shakllar yasaysiz. Xuddi shunga o’xshash, fonemalar ham sanoqli, lekin uni xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so’zlar hosil qilinadi. Sut, tus, ust so’zlarining tovush tomoniga e’tibor bering. Ularning ham-masi uchta bir xil tovushlarning turlicha ketma-ket joylashu-vidan tashkil topgan. Garchi yuqoridagi so’zlarning tovush tarkibi bir xil bo’lsa ham, lekin ular turli tartibda joylashib uchta so’zning ifoda tomonini hosil qiladi.
Ko’rinadiki, so’zlarning moddiy tomoni uchun uning nechta fonemadan tashkil topganigina emas, balki ularning qanday tartibda joylashuvi ham katta ahamiyatga ega.
Savol va topshiriqlar:
1.Tovushlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari nima?
2.G va G’ harflari o’rtasidagi o’xshash va farqli tomonlarni ayting
3.Tovushlarning akustik tomoni deganda nimani tushunasiz?
4. Tovushlarning talaffuz tomoni deganda nimani tushunasiz?
5. Tovushlarning vazifaviy tomoni deganda nimani tushunasiz?
Ona tili — millat ruhi
Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Til – inson qalbining ko’zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o’sha xalqning o’tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so’ziga ona so’zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda etkazishimiz lozim. Til insonning libosidir. Bu libosni qanday kiyish har bir insonning o’ziga bog’liq. Ba’zi insonlar oddiy libosni ham go’zal qilib, yarashtirib kiyadi. Ba’zi insonlarda esa har qanday go’zal libos o’z ko’rkini yo’qotadi. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so’z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So’ngra so’zlarda jilolanib tinglovchiga etkaziladi.
Mana o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o’ttiz ikki yil to’ldi. Bu qisqa vaqt ichida tilimizda juda katta o’zgarishlar, yuksalishlar ro’y berdi. O’zbek tilining ikki tomli izohli lug’atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o’zligimizni anglatib turadigan so’zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O’zbek tilining izohli lug’ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy til ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o’tab kelmoqda. Ammo bu fikrga barchaning birdek amal qilmasligi tanamizdagi og’ir va yuqumli kasallikka o’xshab bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda: “O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat” ekanligini har bir inson qalbdan his qilmog’i darkor.
Hammamizga ma’lumki, dunyoda etti mingga yaqin til bor, ammo shularning ikki yuztasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida o’zbek tilining borligi esa tilimizning naqadar buyukligi, jozibadorligi, jahon hamjamiyatida ham o’zining munosib o’rniga ega ekanligini anglatadi. Ammo ana shu buyuklikning qadriga hamma birdek etyaptimi?
Nima uchun ko’cha harakatini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? Adibimiz Abdulla Qahhorning bergan bu savoli qachon o’z javobini topadi?
Rossiyalik tilshunos olima A. M. Kozlyanina: “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” ekanligini tan olib turgan bir paytda “o’zbekman”, deb yurganlar nima qilishyapti? Bu kabi og’riqli nuqtalarni sanasak, tilimizning ertasi hammamizni chuqur o’yga toldiradi.
“Tilimiz qaerda buzilyapti?” deya o’zingizga savol berib ko’ring va ko’chaga chiqing. Ishga yoki o’qishga borar ekansiz, yo’l-yo’lakay atrofda qurilgan bir-biridan go’zal binolar, ko’p qavatli uylarni ko’rib ko’zingiz quvnasa, ularga qo’yilgan tilimiz uchun yot bo’lgan nomlarni ko’rib, ta’bingiz xira tortadi. Bozorga borsangiz, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo’yilgan nomlarda ham o’zbekcha so’zlarni deyarli uchratmaysiz. Bunday nomlar orqali tadbirkorlar xaridorlarning diqqatini tortishmoqchimi yoki tilimiz shunchalik qashshoqmi?
Bugungi kunda nega ko’pchilik, ayniqsa, yoshlarimiz o’z nutqiga chet tillardagi turli so’zlarni qo’shib gapirishadi yoki o’sha tilni ham yaxshi bilishadimi? Yaxshi bilishsa-ku mayli, ammo… Tilimiz shunchalik qashshoqmi yoki bu ham madaniyatning bir belgisimi? Afsuski, mana shunday savollar bizni chuqur o’yga toldiradi. O’z ona tilini hurmat qilgan inson hech qachon tilni buzib gapirmaydi. Bugungi qo’shtirnoq ichidagi madaniyatli va zamonaviy yoshlar tilimizni qay darajada bilishar ekan? Ko’pgina chet ellarda o’zbek tilini o’rganishayotgan bir paytda tilning haqiqiy egalari uni buzib gapirishsa, qanchalik to’g’ri?
Ona tilini sevmagan, uning qadrini anglamagan inson yuragida el-u yurtga, Vataniga muhabbat ham bo’lmaydi. Biz tilimizni qanchalik asrasak, yuksaltirsak, rivojlanishiga hissa qo’shsak, o’zga millatlar ham bizning tilimizni hurmat qilishadi hamda uning dunyo hamjamiyati maydonidagi o’rnini va poydevorini shunchalik mustahkam qo’ygan bo’lamiz. Zero, “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotdir”, “Milliy tilni yo’qotmak, millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Yoqutoy JAMOLOVA,
O’zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari
agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod
maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,
Dildora SHODMONOVA,
ijod maktabi o’qituvchisi
Ona tili – bu millatning ruxidir
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21-oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.
Hali O‘zbekiston Ittifoq tarkibida bo‘lgan, xalqning milliy madaniyati va ma’naviyatini asrash u yoqda tursin, bu mavzuni ko‘tarishning o‘ziga millatchilik sifatida qaralgan bir paytda bunday qarorning qabul qilinishi tom ma’noda jasorat edi.
Aynan Islom Karimovning siyosiy irodasi, shijoati va qat’iyati tufayli tariximizning, milliy qadriyatlarimizning tiklanishida, o‘zligimizni yanada chuqurroq anglashimizda muhim omil bo‘lgan mazkur loyiha amalga oshirildi.
Islom Abdug‘aniyevich tilshunos olimlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar, yozuvchi va shoirlar davlat arboblari qatorida qonun loyihasi muhokamalarida bevosita ishtirok etib, hujjatning har bir bandi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirgan.
Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e’tibori, ehtiromi namoyon etildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbek tilini boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda.
O‘zbek tilini rivojlantirishga e’tibor, mazkur masalasining ustuvorligi va dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan.
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir», – deyiladi hujjatda.
Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
21-oktabr kuni ushbu sanaga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar mamlakatdagi barcha shahar va tumanlarda tashkil etildi.
Temur Kurbonboyev olgan suratlar