Press "Enter" to skip to content

O’zbek tili davlat tili sifatida o’qitish

Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O’zbek tili davlat tili sifatida o’qitish

Annotatsiya: Bu maqolada o`zbek tilining rivojlanish tarixi,birligi va sofligi masalasi haqida hamda bugungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo`lidagi ba’zi bir xil muammolar haqida, bu muammolarning yechimi haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so`zlar: Soflik, millat, tamaddun, Abu al-Andalusiy,Qoshg`ariy, Navoiy,omonim,paronim, forsiy til,Zamaxshariy,ensklopediya,millat ko`zgusi,kelajak avlod…

Til millatning mulki,uning hayoti,o’tmishi, kelajagi, qalbi hisoblanadi. Har bir millatning tilida o’sha xalqning qadriyati, ma’naviyati, o’zligi namoyon bo’ladi. Demak, til- millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtirib turadigan bebaho, nodir xazinadir. Bu xazinada o’sha millatga tegishli bo’lgan ma’naviyat ming yillar, asrlar davomida sayqallanib, rivojlantirilib, ko’z qorachig’iday asrab- avaylab kelinadi.

Mening o’zbek tilim ham tillar ichida o’z o’rniga, mavqe’iga ega bo’lgan, eng boy, eng jozibador tillardan biridir. Dunyo tillari ichida nufuziga ko’ra o’zbek tili 41- o’rinda turadi. Bu tilda dunyo tamadduniga tamal toshini qo’ygan, insoniyat sivilizatsiyasiga salmoqli, ulkan hissa qo’shgan alloma va mutafakkirlar ijod qilgan. Nafaqat ijod qilgan, balki uni sayqallab, boyitib avlodlarga yetkazib kelishgan. Bu yo’lda kerak bo’lsa kurashgan, tilining sofligini, yaxlitligini saqlab qolish uchun ma’naviy jangga kirishgan, jonlarini fido qilishgan. Masalan olaylik, Qoshg’ariy-u Navoiylar, Ibn Sino-yu Zamaxshariylar, Avloniy-u Qodiriylar, Fitrat-u Behbudiylar bu yo’lda ne-ne ishlarni qilishganidan ma’rifat ahli xabardor albatta.

Qoshg’ariy turk tilining nozik bilimdoni va yetuk targ’ibotchisi bo’lib, u “ arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o’zib borayotgan turk tilini ko’klarga ko’taradi, uning o’ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko’rsatib beradi. 13-, 14- asrlarda yashab ijod etgan Abu Hayyon al- Andalusiyning turkiy va arab tili muqoyasasiga bag’ishlangan asarini olamizmi, Navoiy hazratlarining o’zbek adabiy tiliga asos solib , tilimizni sayqallab, rivojlanishiga va yashab qolishiga qo’shgan bemisl hissasini olamizmi hamma- hammasi shu til, shu millat vakillarining bir farzand sifatida ko’rsatgan fidoyiliklarining natijasidir.

Navoiy yashagan davrni olaylik, bu davrga kelib fors tilining mavqe’i juda oshib ketdi. Bu til yozma va og’zaki adabiyot tiliga aylanib bordi. Hattoki turk tilida ijod qiluvchi ijodkorlar ham o’z tillari qolib, fors tilida ijod qilishga o’tib olishdi. Bu juda achinarli hol edi. O’zbek tili jar yoqasiga kelib, yo’q bo’lib ketish arafasida turgan edi.Shunda Navoiy hazratlari birinchilardan bo’lib Ona tili himoyasi uchun , uni asrab qolish uchun “kurash’ boshladi. Ma’naviy kurash, ijodiy kurash boshlandi.

To’g’ri, tan olib aytish kerakki, fors tili ham nihoyatda go’zal, boy, maftunkor tillardan biri edi. Bu tilda ijod qilgan odam” maza’ qilardi. Agar Navoiy ham xuddi boshqalar kabi shu tilda ijod qilganida bormi, eng buyuk forsiy alloma ijodkorlar ham uning oldiga tusha olmas edi. Jomiy hazratlari: “ Bu qalamga falakdan ofarinlar yog’ilsin! Chunki bu qalam sohibi forsiy til egalari, forscha nazm durlarini teruvchilar uchun rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so’z aytishga majol qolmasdi”, deganlarida naqadar haq edilar. Zero, Navoiy ham forscha ijod qilishni juda yaxshi ko’rgan, shu tilde ijod qilishni xohlagan, lekin tanazzul yoqasiga kelib qolgan ona tili-chi, uni kim himoya qiladi? Shuning uchun Navoiy ona tilining himoyasi uchun, uni asrab qolish uchun ijod qildi.Inchinun bu vazifani o’zbek tilida yaratgan bebaho, o’lmas asarlari orqali sharaf bilan ado etdilar.

Keyingi davrlarda ham tilshunos va adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan juda ko’p ishlar amalga oshirildi,islohotlar qilindi. Ayniqsa, 1989-yil 21- oktabr sanasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “ Davlat tili haqida” gi qonuni xalqimiz erishgan eng katta va quvonchli hodisa bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Bundan tashqari istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori til borasida, xususan,o’zbek tilining o’rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Vatanimiz mustaqilligining 17 yillik bayrami arafasida 80 mingdan ortiq so’z va so’z birikmalarini , fan, texnika , san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni ,tarixiy va eskirgan atamalarni o’z ichiga olgan yangi 5 jildli “ O’zbek tilining izohli lug’ati nashr etildi. Bundan tashqari, “O’bek tilining omonim so’zlar lug’ati”, “ O’zbek tilining ma’nodosh so’zlar lug’ati”, “O’zbek tilining paronim so’zlar lug’ati”, “O’zbek tilining frazeologik lug’ati” kabi lug’atlarning yaratilishi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgust kuni “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” gi qarorining qabul qilinishi bu borada qilingan ishlarning natijasi sifatida maydonga keldi.

Men nima uchun yuqorida Navoiy hazratlarining tilimiz rivojiga qo’shgan xizmatlarini ta’kidlab o’tdim, axir buni sen aytmasang ham millat farzandlari, xalqimiz juda yaxshi biladiku, dersiz.Gap shundaki , milliy tilni asrab-avaylash, uning sofligini, birligini saqlash, zamonlar chig’irig’idan eson-omon o’tkazib, uni avlodlarga yetkazish masalasi hamma davrlarda ham o’z dolzarbligini yo’qotmaydi. Bugungi kunga kelib tilimizning sofligi va yaxlitligi borasida o’z yechimini kutib turgan juda ko’p iltimoiy muammolar paydo bo’lmoqda. Bu muammolarni yechish faqatgina tilshunoslar, adabiyotshunoslar hamda shu soha vakillari bilan hal bo’ladigan ish emas. Buning uchun har bir o’zbek oilasida, xonadonida, farzandlar tarbiyasida , kundalik muomala jarayonlarida o’z ona tiliga bo’lgan cheksiz hurmat va muhabbat ruhini singdirish, korxona va tashkilotlarda, ommaviy axborot vositalarida milliy tilimizga bo’lgan qarashlarni o’zgartirish kerak.

Birinchidan, oilalarda sof ona tilimizda gaplashishni yo’lga qo’yishimiz darkor. Farzandlarimiz chet tillarini o’rgansin, til bilsin, lekin avvalo, o’z ona tilini mukammal bilishsin, o’z tilida qiynalmasdan ravon so’zlay olishsin.

Ikkinchidan, adabiy tilda gaplashishni qattiq nazoratga olish kerak, ayniqsa, korxona va tashkilotlar ommaviy axborot vositalarida.Ayrim vaqtlarda guvohi bo’lib qolamiz ba’zi ommaviy axborot vositalarida shevalarda ko’rsatuvlar olib borilayotganligiga. Hattoki ko’rsatuv va eshittirishlarning nomlanishiga ham katta e’tibor qaratish lozim. Masalan olaylik, “Skeyd shou”, “Mtv- kids” va hokazo inglizcha –o’zbekcha nomlangan ko’rsatuvlarni olamizmi, reklama jarayonlarida qo’llaniladigan so’z hamda iboralarni olamizni hammasida xatoliklar, tilimizga bo’lgan hurmatsizliklar aks etib turadi. Misol uchun , atir sovun reklamasida “ Oliviya – lakshrey” degan jumla bor,o’sha lakshrey degan so’zning o’zbekcha tarjimasi borku, nega tarjimasini qo’llamaymiz, muqobilini ishlatmaymiz, axir tilimiz judayam boy til, bironta so’z yo’qki tarjimasi bo’lmasa.

Uchinchidan,yoshlarimiz orasida uchrab turadigan holat, o’z ona tilida gapirishdan uyalish, undan or qilish kabi illatlarni yo’qotish darkor. Bu illatning urchib ketishiga yo’l qo’ymasligimiz, butun xalq bo’lib buning oldini olishimiz lozim. Bu jarayon avvalo, ota-onadan, bolaga berilayotgan birinchi tarbiyadan boshlanishi kerak. Axir o’zingiz o’ylang millatining, tilining tayini yo’q odam insonmi? Millatning kimligini ko’rsatib turadigan eng buyuk belgi –bu tilku!

To’rtinchidan, tilimizning “Davlat tili” maqomini yanada mustahkamlashimiz zarurdir. Mamlakatdagi, Davlatdagi har qanday iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar “ Davlat tili” maqomiga ta’sir etmasligi ,uning maqomini zaiflashtiradigan omillarga yo’l ochmasligi kerak, deb o’ylayman.

Bugungi kun millatdoshlarimizdan ham, avval bo’lgani kabi milliy tilimizni asrash, sofligini saqlash va rivojlantirish hamda avlodlarga bus-butun holida yetkazib berish vazifasi talab etiladi. Bu sharafli mas’uliyatni har bir soha vakili, millatning har bir farzandi his etmog’imiz va bajarmog’imiz ham farz, ham qarzdir. Zero Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “ O’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz va buyuk qadriyatimiz “dir.

O’zbek tili davlat tili sifatida o’qitish

Yangi muhtasham «Kongress-xoll» saroyida 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Davlat rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.

«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», – dedi Prezident.

O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi.

Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.

Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz 2019 yil 21 oktabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

«Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak», dedi prezident.

Tantanali tadbirda deputat va senatorlar, hukumat a’zolari, davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, tilshunos olimlar va pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.

Информация о курсе

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil “7” dekabrdagi BD-5321000-2.06 -sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 648 -ilovasi) tasdiqlangan Oziq-ovqat kimyosi va tahlili fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fan dasturi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Kengashining 2021 yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchi:

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali OOMT kafedrasi kata o‘qituvchisi

Taqrizchi:

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: O.H.Maxmudov

2021 yil “_____” ___________________________

Fakultet dekani: Tilovov H.

2021 yil “_____” ___________________________

Kafedra mudiri: Norqobilov A.T

2021 yil “_____” ___________________________

2021 yil “_____” ___________________________

I-Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarini yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llaniladigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladiganhujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridasn foydalanish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonligini oshirish.

Fanning vazifasi – mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta’minlash; egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zgartirish va o‘z fikrini o‘zbek adabiy tili normalariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta’minlash; ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilishmalakalarini shakllantirish; o‘zbek tilida nutqiy muloqot texnikasini o‘stirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushuntirish, unga tanqidiy va tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatish.

Oquv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

“ O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” o’ quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari;

o‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi;

jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji;

O‘zbek adabiy tili me’yorlari;

O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari;

O‘zbek tilining leksik qatlamlari;

Nutq uslublari va ularning xususiyatlari;

Ilmiy uslubning gramatik xususiyatlari;

Matn va uning turlari. Sohada oid matnlar ustida ishlash;

Rasmiy uslubga xos xususiyatlar;

Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar;

Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari;

Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari;

Sohaviy xizmat yozishmalari;

Sohada muloqot va nutqiy faoliyat;

Muloqot texnikasi. Og‘zaki va yozma muloqot;

Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari;

Sohaga oid taqdimot nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

II-Ma’ruza mashg‘ulotlari

Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem. guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.

IIIMustaqil ta’lim

Mustaqil ta’lim mavzulari

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o‘zbek tilini Davlat tili sifatida o‘qitish masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo‘yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish.

O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “Raqamli iqtisodiyot” mavzusida ijodiy matn yaratish.

O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Kimyo texnologiyasiga oid o‘z va o‘zlashgan so‘zlar tasnifi.

O‘zbek leksikologiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish. O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan sohaga oid so‘zlar izohi bilan tanishish.

Kimyoviy texnologiyaga oid terminlar bo‘yicha nostandart testlar tuzish.

Kimyoviy texnologiyaga oid ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili.

Kimyogar olimlarning ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish.

Badiiy, so‘zlashuv, publisistik uslublarda matn tayyorlash.

Ixtiyoriy badiiy yoki ilmiy asar mutoalasi, o‘qilgan asarlar jadvalini tuzish.

Og‘zaki va yozma savodxonlikni o‘stirishda asar mutoalasining o‘rni haqida esse yozish.

So‘zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish. Kimyoviy texnologiyaga oid ilmiy mavzuning og‘zaki taqdimoti.

Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.

Soha bo’yihca terminlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, yangi terminlar ustida ishlash.

Sohaga oid ilmiy maqolalarning biriga taqriz yozish.

Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash.

Sohaga oid ixtiyoriy maqolaga rezyume tayyorlash.

Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash .

“Mashxur kimyogar olimlar” mavzusida rasmli ko‘rgazmali vosita tayyorlash va uni taqdim etish.

“ Mutaxassis va davlat tili ” mavzusini “ Nima uchun ?” grafik organayzeri asosida ochib berish .

“ Mutaxassislik tarixidan ” mavzusini Klaster uslubida yoritib berish .

Sohaga oid xujjatlar bilan tanishish.

Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash.(rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma)

Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash.(bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari)

Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari.

Kimyoviy texnologiyasiga oid innavatsion yangiliklar haqida taqdimot tayyorlash.

Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish.

Ilmiy tadqiqod mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish, ularda soha terminlarining qo‘llanilishiga e’tibor qaratish.

Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish.

Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlashyu Himoya nutqi.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan mustaqil ish, referatlar, taqdimot, video taqdimotlat tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.

IVTa’lim texnologiyalari va metodlari. Kreditolish talablari


Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

– seminar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

– jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, taxlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakillarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish

VFan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari

Baholash usullari

Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar.

Baholash mezonlari

5 baxo«a’lo»

fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish;

fanga oid ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish;

o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;

Fanga oid oid tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;

o‘rganilayotgan texnologik jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;

tahlil natijalari asosida vaziyatga to‘g‘ri va xolisona baho berish;

o‘rganilayotgan texnologik hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.

4-baxo «yaxshi»

o‘rganilayotgan texnologik jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;

tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;

o‘rganilayotgan hodisa va texnologik jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

o‘rganilayotgan texnologik jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;

o‘rganilayotgan texnologik jarayonlarni jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.

3-baxo«qoniqarli»

o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;

o‘rganilayotgan hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

o‘rganilayotgan texnologik jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish.

2 baxo«qoniqarsiz»

o‘tilgan fanning nazariy va uslubiy asoslarini bilmaslik;

hodisa va jarayonlarni tahlil etish bo‘yicha tasavvurga ega emaslik;

o‘rganilayotgan jarayonlarga texnologik usullarni qo‘llay olmaslik.

Baholash turlari

Maks.ball

O‘tkazish vaqti

Mustaqilta’lim

Ma’ruza mashg’ulotlarida faolligi, savollarga to’g’ri javob berganiligi, Mustaqil ta’lim topshiriqlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi

Nazoratlar

Oraliq nazorat: Test

Yakuniy nazorat: Yozma ish yoki og’zaki savol-javob

VI.-ASOSIY ADABIYOTLAR

Muallif, adabiyot nomi, turi, nashriyot, yili, hajmi

Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdieva N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2018.

Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (Oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.

Aminov M., MadvalievA., Mahkamov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. – 456 b.

Jiyanova N., Mo‘minova O., Maksumova S. Nutq madaniyati. Ma’ruzalar matni. Toshkent. 2016. 1-kitob.

VIIQO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR

Muallif, adabiyot nomi, turi, nashriyot, yili, hajmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamalar kommissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-40-son qarori.

Husanov N ., Husanova M ., Xo‘jaqulova R ., YUsupov E ., “ Iqtisodiyotda texnik yozuv ”. Toshkent : “ Fan va texnologiya markazi ”, 2012. 152 b .

Ahmedova M . X ., Gayubova K . A . “ O‘zbek tili ”. Toshkent : TATU . “ Aloqachi ” 2019

O‘zbek tilining izohli lug‘ati (5 jildli). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020

Internet saytlari

httr://sahifa.tj/uzbeksko-russkiy.aspx – Uzbeksko-russkiy perevodchik.

httr://library.ziyonet.uz/ – ta’lim portal.

O‘ZBEK TILI

Annotatsiya Mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining I kurs bakalavr bo‘limi rusiyzabon talabalariga mo‘ljallab yozilgan. Uni tayyorlashda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish mezoni va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqildi. Asosiy e’tibor talabada so‘zlashuv tili ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratil¬gan. O‘quv qo‘llanmani yaratishda mualliflarning ko‘p yillik shaxsiy tajribalaridan, til o‘qitishning yangi zamonaviy pedagogik texnologiyasi yutuqlaridan foydalanildi. O‘quv qo‘llanma talabaning har bir tovush talaffuzini to‘g‘ri o‘zlashtirishiga, so‘z zaxiralarini to‘plab borishiga, paronim so‘zlarni farqlash, so‘z birikmalari tuzish ko‘nikma¬larini hosil qilishiga, tayyor dialog, grammatik terminlar, murojat shakllari, matn va ish qog‘ozlari namunalarini puxta egallashiga yordam beradi. Аннотация Настоящее учебное пособие предназначено для русскоязычных студентов I курса бакалавриата высших образовательных учреждений. Критерием данного пособия является обучение узбекскому языку в качестве государственного языка, при этом основное внимание уделено выработке навыков устной речи. При создании учебного пособия были использованы как многолетний личный опыт автора, так и достижения новых современных педагогических технологий при обучении языку. Учебное пособие будет способствовать правильному произношению каждого звука, накоплению словарного запаса, различению паронимов, навыкам создания словосочетаний, составления деловых бумаг, тщательному усвоению готовых диалогов, грамматических терминов, форм обращения. Annotation This textbook is intended for Russian speaking. Students of Bacholars degree in High Educational Institutions. The criterion of this textbook is to study uzbek language as a national language and the great attention is given to spoken language. Many years of experiences as well as new/modern pedagogical technologies have been used in creating this textbook. The textbook will contribute: – clear pronounceation of each sound; – increasing vocabulary; – distinguishing paronyms; – word combihating skills; – forming business letters; – adopting dialogues; – grammar terms; – form of adress.

Prezident: xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib, alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.

O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.

Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta’lim muassasasida o‘qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016-yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o‘quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.

Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko‘pdir.

Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas. Xususan, ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchisi lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o‘qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan.

Yig‘ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Bu Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.

Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish beruvchilar bilan birga, xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga moslagan holda, amaliyotga joriy etadi.

Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish metodikalarini yaratish ham uning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.

Agentlik xorijiy tillarni bilish reytingini ham yuritadi. Chet tili o‘qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda malaka toifalarini beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, Agentlik “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri orqali, aholining barcha qatlamiga mos bo‘lgan metodika, tavsiya va darsliklarni ishlab chiqadi hamda joriy etadi.

Toshkent davlat jahon tillari va Sharqshunoslik universitetlari, Samarqand chet tillari instituti bilan bir qatorda, har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch muassasa sifatida belgilanadi.

Davlatimiz rahbari o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malakasiga qarab ularni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama berilishi belgilandi.

Bundan tashqari, yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Kelgusi yildan boshlab, ishga qabul qilinayotgan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi.

Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta’kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.

Chet tillarini chuqur o‘rgatish maqsadida tuman va shaharlarda 207 ta maktab tanlab olindi. Ushbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat hokimliklariga maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berildi.

Ixtisoslashgan maktablar va oliy o‘quv yurtlariga til egasi bo‘lgan xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish, har bir tumanda tanlov o‘tkazib, chet tili o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytildi.

Davlatimiz rahbari chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrinini ta’sis etish taklifini bildirdi.

Bunda tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida tanlov o‘tkaziladi. Tuman va shahar bosqichida 1-o‘rinni olgan maktablar 100 million so‘mdan, viloyat bosqichi g‘oliblari 250 million so‘mdan, mamlakatimiz miqyosidagi eng yaxshi maktab esa 500 million so‘m miqdorida mukofotlanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari ham mos ravishda rag‘batlantiriladi. Ushbu maktablarning direktor va o‘qituvchilari davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.

O‘qitish sifati xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo‘llanmalarga ham bog‘liq. Shu bois, ingliz tili bo‘yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o‘tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq etish vazifasi qo‘yildi. Bunday ishlar rus, nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo‘yicha ham tashkil etiladi.

Sohadagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishlari, yangi adabiyot va qo‘llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o‘qituvchisiga byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Maktabgacha ta’lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqib, joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, 16 mingtaga yetkazilishi, davlat granti esa 3 baravarga oshirilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, kelgusi yildan boshlab, magistratura va doktoranturaga kiruvchilar uchun chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etiladi. Tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha xorijiy darslik va qo‘llanmalardan erkin foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o‘rin ajratiladi.

Britaniya kengashi, Gyote instituti, Fransuz alyansi, KOIKA, JAYKA, Konfutsiy instituti kabi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, nodavlat o‘quv markazlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda til o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, haftaning bir kunini belgilab, xorijiy tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Til o‘rgatuvchi videodarslar, film va ko‘rsatuvlar yaratish, elektron dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Videoselektor yig‘ilishida mutasaddi rahbarlar va o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.