42-modda. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Davlat tashkilotlari va organlari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shahar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Ta’lim toʻgʻrisidagi yangi qonun: asosiylari haqida qisqacha
Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “ Ta’lim toʻgʻrisida ” va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida ”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
- ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
- nazariy – ta’lim tashkiloti negizida, amaliy – ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
- oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
- katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
- jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
- eksternat tartibidagi ta’lim – oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
- mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
- ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
- pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
- nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
- ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan tashkilotlar maхsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;
- хorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish. Tan olish va apostil qoʻyish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;
b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:
- nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda;
- ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda – ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatini bekor qilish.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.
42-modda. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazining axborot xizmati
Boshqarma haqida
Interaktiv xizmatlar
- Ma’muriy bayonnomani izlash
- Yoʼl harakati qoidalari foto va video radarlari uchun bayonnomalarni qidirish
- Jarimalar kalkulyatori
- Yoʼl harakati qoidalarini buzganligi haqida videolarni qabul qilish
- O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, .Rajabiy ko`chasi, 1
- ic@mvd.uz
- 1102
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
© 2019 Barcha huquqlar himoyalangan
Jamoa tomonidan yaratilgan
Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning 30 yilligi bayramona nishonlanadi
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir», — deyiladi hujjatda.
Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
«O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi», — deya qayd etiladi hujjatda.
Qaror bilan qonun qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.
Ushbu sanaga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar mamlakatdagi barcha shahar va tumanlarda o‘tkaziladi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi. Mamlakatdagi teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalar haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi tashkil etiladi.
«O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda «O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari» mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkaziladi.
21 oktyabr kuni o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyga Toshkentdagi Milliy bog‘da, shuningdek, viloyat va shaharlarda o‘rnatilgan haykallar poyiga gul qo‘yish marosimi uyushtiriladi.
mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazsin va «O‘zbek tilining do‘stlari» klublarini tuzsin;
Mamlakatning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkaziladi va «O‘zbek tilining do‘stlari» klublari tuziladi.
Davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimi o‘zini oqlayaptimi?
Davlat tashkilotlari va organlari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shahar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Vazirlik, idora va hokimliklar kundalik faoliyatini doimgidek davom ettirmoqda. Bir qarashda ma’naviy-ma’rifiy yoki davlat tili masalasida hech qanday ish qilinmayotgandek ko‘rinadi. Biroq ichkariga bosh suqsangiz, fikringiz o‘zgarishi aniq. Ilgari to‘liq rus tilida faoliyat yuritgan idora yoki tashkilot ish muhiti birdaniga davlat tiliga o‘tishi oson emas. Ba’zan “Men xohlagan tilimda ishlayman!” yoki “Bizni necha yillik odatimizdan voz kechtirmoqchimisan?” degan iddaolar oldida tilingni tiyishga ham majbur bo‘lasan. Yoki maslahatchilar faoliyatiga “Shuyam ish bo‘ldi-yu” degan kinoyali nazar bilan qaraydiganlar ham yo‘q emas.
O‘rni kelganda o‘z faoliyatimga oid bir voqeani eslasam. Har doimgidek ishga ko‘milib o‘tirar ekanman, xizmat telefoni asabiy jiringladi. Hamkasbim og‘riqli masalani ko‘ndalang qo‘ydi: “Biz xorijiy kompaniya bilan shartnoma imzolash arafasidamiz, odatda o‘sha tashkilot faoliyat yurituvchi davlat tilida va rus tilida tuzardik. Bugungi siyosatdan kelib chiqib hujjatni ularning va o‘zimizning tilimizda rasmiylashtirishni taklif qildik. Ammo hamkorlar o‘zbek tilidagi shartnomani imzolamaymiz deb oyoq tirab turib olgan. ”. Biroz qiyin vaziyat. Shartnomasi kerak emas, deyin desam, birinchidan, menda bunday vakolat yo‘q, ikkinchidan, hamkorlik nafaqat tashkilotga, balki mamlakatimizga yaxshigina manfaat keltirishi mumkin. Six ham, kabob ham kuymaydigan yo‘l topish mushkul.
Vazirligimizda 99 foiz holatda davlat tilida ish yuritilmoqda. Nega yuz emas, deyapsizmi? O‘sha bir foizi mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari, tashkilot va korxonalar vakolatxonalari yoki chet davlatlarga yuboriladigan hujjatlar hisoblanadi. Bundan tashqari, xatlarga javobni imkoni boricha murojaat qilingan tilda yozamiz. Ha, nega, shuni davlat tilida qilsa bo‘lmaydimi, degan savolingiz o‘rinli. Lekin qonunchilik murojaatchiga ustunlik beradi. “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahririda, balki, bu kabi savollarga o‘rin qolmas.
Biz bag‘rikeng xalqmiz. Turkiyada bo‘lgani kabi barcha yozishmalar, hisob-kitoblarning hech qanday istisnolarsiz davlat tilida olib borilishini talab qilib o‘tirmaymiz, yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan davlat tilida bo‘lmagan shartnomalarni bekor ham qilmaymiz. Ming afsus bilan aytish kerakki, har qancha harakat qilinmasin, qat’iy chora-tadbirlar belgilanmasin, baribir xat-hujjatlarni haligacha rus tilida yuritayotgan vazirlik va idoralar mavjud.
Shu joyda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev har safar maslahatchilar bilan uchrashganda takrorlashdan charchamaydigan gaplardan iqtiboslar keltirmoqchiman:
– O‘zbekistonning biror chekka qishlog‘i, u yerda o‘zbekdan boshqa millatning o‘zi yo‘q, lekin do‘kon peshlavhasiga “ Мы открылись ” (biz ochildik) deb yozib qo‘yishmoqda. Bu nima sharmandalik?!
– Rossiyaning biror tuman, shahrida qarorlar blankasi ustida ruscha-o‘zbekcha yozishadimi?
– Tadbirkor reklama e’lonlarini, oshxona-yu do‘konlar peshlavhasini davlat tilida yozsa, savdosi o‘ladimi, biznesi sinadimi.
Milliy o‘zlikning bosh sharti – tildir. Ona tilidan ayrilgan xalq millat sifatida yo‘qolib ketishiga ko‘hna tarix necha bor guvoh bo‘lgan. Jahon sahnasida o‘zbek tilining o‘rnini mustahkamlash faqatgina maslahatchilarning vazifasi emas, balki har bir yurtdoshimizning burchidir. Xalqaro nufuz haqida gapirishdan avval esa mamlakat ichkarisidagi muammolarimizni badastir qilib olishimiz shart.
Nurulla ABDULLAY E V,
Axborot texnologiyalari va kommunika t siyalarini rivojlantirish
vaziri maslahatchisi
O’zbek tili davlat tili to’g’risidagi qonun
Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!
Avvalambor, mana shu quvonchli ayyomda barchangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni kecha ishga tushirilgan muhtasham va ulug‘vor koshonada xush kayfiyatda ko‘rib, qutlab turganimdan g‘oyatda baxtiyorman.
Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Ma’lumki, O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda ko‘plab qad ko‘tarmoqda.
Albatta, ularning orasida “Toshkent-Siti” ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.
Guvoh bo‘lib turganingizdek, “Toshkent-Siti” markazi o‘zining me’moriy qiyofasida shaharsozlik san’atining eng so‘nggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi.
Maydoni 80 gektardan iborat ushbu markazni qurishdan asosiy maqsad – zamonaviy, “aqlli shahar” barpo etish, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uchun jonajon Vatanimiz, birinchi navbatda, go‘zal poytaxtimiz jozibadorligini oshirishdan iborat.
Biz O‘zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirayotganimizdan xalqimiz va xalqaro hamjamiyat yaxshi xabardor, albatta. “Toshkent-Siti” markazini barpo etish g‘oyasi ham, aynan o‘sha strategiya bilan bir paytda tug‘ilgan edi.
O‘zbekiston tajribasida birinchi bo‘lgan shunday katta miqyosdagi va noyob loyihani amalga oshirish uchun ko‘p narsani yangitdan o‘rganishimiz, tinimsiz izlanishga to‘g‘ri keldi.
Qurilish maydoni 1 million 600 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan yangi markazning 30 foizini uy-joylar, 30 foizini ofislar uchun binolar, yana 30 foizini savdo majmualari, 10 foizini mehmonxonalar fondi tashkil etadi.
Barchangiz ko‘rib turibsiz, bugun bu hududda ulkan bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Nasib etsa, 2021 yilda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, ushbu markaz xalqimizga va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat qilishni boshlaydi.
Qisqacha aytganda, “Toshkent-Siti” markazi O‘zbekistonda qurilish va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boshlangani, bu sohada biz ko‘p narsaga qodir ekanimizni ko‘rsatadi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘zining ochiq va konstruktiv siyosati bilan mintaqamizdagi yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylanib bormoqda. Jahondagi nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, moliyaviy institutlar, ishbilarmon doiralar tomonidan O‘zbekistonda qator tadbirlar, anjuman va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tabiiyki, kelgusida bu jarayonlar yanada kuchayadi, O‘zbekiston yana ko‘plab yirik xalqaro sammitlar, forum va simpoziumlarga mezbonlik qiladi.
Shu ma’noda, ushbu muhtasham majmua nafaqat davlatimiz, balki xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yangi g‘oya va tashabbuslar tug‘iladigan, muhim tarixiy hujjatlar qabul qilinadigan maskanga aylanadi, deb ishonamiz.
Fursatdan foydalanib, mana shunday muazzam saroyning bunyodkorlariga – mohir me’mor va loyihachilarga, ishchi-muhandislarga, chet ellik mutaxassislarga, barcha ishtirokchilarga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Mamlakatimizda yaratilayotgan yangi tarix, yangi taraqqiyot davrining, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy ifodasi bo‘lmish mana shu betakror majmuada birinchi bo‘lib ona tilimizga – davlat tiliga bag‘ishlangan tantanali marosimni o‘tkazayotganimiz bejiz emas.
Bugun ushbu muhtasham majmuaga dastlabki aziz mehmonlar sifatida tashrif buyurgan siz, qadrli yurtdoshlarimizni, muhtaram faxriylarimizni, ona tilimizning jonkuyari bo‘lgan ziyolilarimizni, deputat va senatorlarimiz, faol yoshlarimizni, diplomatik korpus vakillarini chin qalbimdan tabriklash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Bu muazzam koshona barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin! Xush kelibsiz, aziz do‘stlar!
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktabr sanasini – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini, o‘ylaymanki, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham o‘shanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qat’iy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.
Bu qonun xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi azmu qarorining yorqin namoyoni bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga e’lon qilindi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.
Yurtimiz bo‘ylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi.
O‘zbek tili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.
Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan.
Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir.
Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.
Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu o‘rinda bir fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Bu tarixiy voqeadan so‘ng lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.
Bugun jonajon O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan o‘nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi.
Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Xabaringiz bor, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu go‘zal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, o‘zbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bag‘ishlangani ayniqsa e’tiborlidir.
Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.
Shu borada mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari tashkil etilayotganini biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchimizga sherik bo‘layotgan chet davlatlarning muhtaram elchilarga, xalqaro tashkilotlar vakillariga ularning yurtlarida o‘zbek tiliga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibor uchun tashakkur izhor etaman. Ayniqsa, O‘zbekistondagi xizmat faoliyati davomida o‘zbek tilini o‘rganib, faol muloqot qilayotgan xorijiy diplomatlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Sizlarga yaxshi ma’lum, yaqinda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kengash sammitida bildirgan tashabbuslarimiz, xususan, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bo‘lgan yuz jildlik “Turkiy adabiyot xazinasi” kitoblar turkumini a’zo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi.
Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qo‘ydik. Men bugun “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
O‘ylaymanki, o‘zbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nishonlanishi xalqimizning milliy ruhi va g‘ururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladi.
Ushbu Farmonda ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilganini ham sizlarga ma’lum qilmoqchiman.
Bu tuzilma davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan ko‘plab yangi tushuncha, so‘z va iboralar kirib kelmoqda.
Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo‘llanishini ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
To‘g‘risini aytish kerak, bu masalada ham oqsoqligimiz bor edi. Shu munosabat bilan Farmonda yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzish masalasini ham nazarda tutdik.
Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Davlat tiliga bo‘lgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Ma’lumki, Vatanimiz necha yuz yillar mobaynida buyuk sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari yelkadosh, ahil va hamjihat bo‘lib, tinch va osoyishta muhitda yashab keladilar.
O‘z tilini hurmat qilgan ma’rifatli el boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. O‘zbekistondagi bag‘rikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila bo‘lib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga o‘z ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Toshkent shahri va joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Dono xalqimiz “Til bilgan – el biladi” deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna ko‘rsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz o‘nlab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar.
Bugungi kunda yurtimizdagi ta’lim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, xitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari chuqur o‘qitilayotgani bu an’analar davom etayotganining yorqin ifodasidir.
Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz.
Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulug‘ alloma, XX asr boshida olti tilli – o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so‘zlarini eslatmoqchiman: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.
O‘ylaymanki, bu so‘zlarga ortiqcha izohning hojati yo‘q.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Avvalo, bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda.
Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to‘laqonli qo‘llash bilan bog‘liq.
O‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlarga mansub vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishlari uchun tegishli sharoit yaratib berish, yurtimizda va xorijda o‘zbek tilini o‘rgatadigan o‘quv markazlarini ko‘paytirish zarur.
Shu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Shuningdek, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga erishmog‘imiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablag‘larni aslo ayamasligimiz kerak.
O‘zining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.
Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin.
Jamiyatimizda til bilan bog‘liq eng ko‘p muhokama qilinayotgan, haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan mavzu – bu joy nomlarini belgilash masalasi, desak, xato bo‘lmaydi.
Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o‘rganib chiqishi va tartibga solishi zarur.
Chunki ijtimoiy ob’ektlarga nom berish – bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.
Biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o‘ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go‘zal urf-odatlarimiz, betakror san’atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz zarur.
Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.
Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.
Sizlarni va butun xalqimizni o‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilayman.
O‘zbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-e’tibori yanada ziyoda bo‘lsin!
Shunday bebaho boylik sohibi bo‘lgan, uni hamisha asrab-avaylab kelayotgan aziz xalqimiz omon bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun rahmat.