Press "Enter" to skip to content

O’zbek tili fanidan dars ishlanma

— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;

Musiqa fanidan 5-sinf uchun dars ishlanma V.A.Mocart.dune-tan-olgan-bastakorlarning-operalari

Mavzu: “V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.

Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish.

Shakl: Suhbat-munozara, kichik guruhlar va jamoada ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar, audio SD disk yozuvlari, fortepiano cholg`u asbobi, rag`barlantiruvchi kartochkalar.

Usul: Tayyor yozma materiallar.

Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. O’z-o’zini nazorat qilish.

Mavzu: V.A.Motsart, J.Bize, P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda musiqaga bo’lgan mehrlarini uyg`otish va estetik his tuyg`ularini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda jahon musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Musiqa asarlarining manaviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.

Dars metodi: Hikoya, suhbat, “Klaster”, “Test”.

Dars jihozi: 5-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, fortepiano musiqa cholg`u asbobi, texnik vositalar (Audio SD disk yozuvlari), rag`barlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.

Darsning blok chizmasi:

b) davomat aniqlanadi,

v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

1. Jamoa bo’lib kuylash: R.Abdullayev musiqasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`i jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi.

2. O’qituvchining tushuntirishi.

Darsning borishi: O’quvchilar sinfga o’qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.

Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. O’tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 tadan o’quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga tug`ri javob berishgan o’quvchilar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.

  1. Orkestr deganda nimani tushunasiz?
  2. Qanday orkestr turlarini bilasiz?
  3. O’zbek xalq cholg`ulari orkestri necha guruhdan iborat?
  4. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`ular kiradi?
  5. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining mezrobli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  6. Nog`ora, qayroq, safoil, doyra cholg`u asboblari o’zbek xalq cholg`ulari orkestrining qaysi guruhiga kiradi?
  7. O’zbek xalq cholg`ulari orkestrining torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
  8. Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
  9. Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topadi?
  10. Simfonik orkestrning yog`och damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  11. Simfonik orkestrning mis damli cholg`ular guruhiga qaysi cholg`u asboblari kiradi?
  12. Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
  13. Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg`ular guruhiga kiruvchi cholg`ularni ayting?
  14. Xor deganda nimani tushunasiz?
  15. Xorda qanday ovozlar bor?
  16. “Tenor” va “Bas” ovozlar kimlarga xos? “Soprano” va “Alt” ovozlar-chi?
  17. Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
  18. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
  19. “Opera” deganda nimani tushunasiz?
  20. “Musiqali drama” janri haqida gapirib bering?
  21. O’zbek raqs san’atining rivojlanishiga xissa qo’shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
  22. “Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
  23. Qanday o’zbek baletlarini bilasiz?
  24. O’zbek kompozitorlarini ayting?
  25. J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
  26. Musiqali dramalarga misollar keltiring?
  27. Alteratsiya belgilarini sanab bering?
  28. Musiqada qanday intervallarni bilasiz?
  29. Musiqada qanday dinamik belgilar bor?
  30. Milliy raqs uslubidagi baletlarni ayting?

Har bir qatorga slaydda musiqa savodxonligi va utilgan mavzular yuzasidan rasmlar kursatiladi va qatorlarga qo’yidagi savollar beriladi.

1-qatorga “O’zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”

2-qatorga “Bular qanday belgilar. Bu belgilar nota chizig`ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”

3-qatorga “Bu cholg`ular qaysi orkestrda chalinadi va qaysi guruhlarga hos”

Har bir qatordagi o’quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag`barlantiriladi.

Jamoa bo’lib kuylash: O’qituvchi xoxishiga ko’ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib, R.Abdullayev musivasi “Parvozdagi qushchalar” qo’shig`i takrorlanib, Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” (darslik 75 bet) qo’shig`ining mualliflari qo’shiq haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Qo’shiq o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan kuylab berilib, jumlalarga bo’lib o’rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi. (10 daqiqa)

Yangi mavzu: Opera san’ati paydo bo’lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar bu janrda qalam tebratib ko’rishgan. Turli tillarda operalar saxnalashtirilgan. Ulardan ayrimlari faqat bir marta saxnada qo’yilgan. Lekin kamdan-kam kompozitorlarning operalari. J.Verdining operalari kabi asrdan-asirga o’tib kelmoqda. V.A.Motsart, J.Beze, P.I.Chaykovskiy, N. Rimskiy-Korsakov kabi dunyo tan olgan kompozitorlarning nomlari va ular yaratgan opera durdonalari butun dunyoga mashhurdir. “Klaster” fikrlarning tarmoqlanishi metodidan foydalanib opera durdonalari haqida tushuntiriladi.

V.A.Motsart 1756 yil 27-yanvarda Zalsburg shahrida tug`ilgan. U musiqaga juda yoshlagidan qiziqa boshladi. U 3 yoshida klavishda chalishni, 4 yoshida esa musiqa asarlarini yarata boshladi. 6 yoshidan konsertlarda ishtirok etadi. Uning myunxen, Vena, Parij, London va boshqa shaharlardagi ajoyib konsertlari hammani qoyil qoldirdi. 12 yoshida Motsart bir necha opera, simfoniya, konsert va boshqa musiqa asarlarining muallifi bo’lib tanilgan edi. Motsartni XVIII asr mujizasi deb atashdi.

V.A.Motsart 1791 yil 15 dekabrda 36 yoshida vafot etdi. O’zining qisqa hayoti davomida u 18 ta opera, 50 dan ortiq simfoniya, 40 ta konsert, ramanslar, ariyalar bir qancha cholg`u asarlarini yaratdi. Motsart mashaqqatli xayot kechirishiga qaramay, o’z asarlarida shodlik va baxtni kuylaydi.

Musiqa tinglash: Nota yozuvlari audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning oper musiqa parchasidan namuna eshittirib suhbat-munozara o’tkaziladi.Tinglangan asar tahlil qilinadi. O’z fikrlarini bildirgan o’quvchilar quvnov notachalar bilan rag`barlantirib boriladi.

Dars yakuni: Testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O’qituvchi test yozilgan kartochkalarni har bir qatordagi o’quvchilarga tarqatadi, o’quvchilar ketma-ket javob berishadi.

  1. “Opera” deganda nima tushuniladi?
  2. a) musiqa va raqs xarakatlari orqali vovealar yaratish san’ati
  3. b) lebretto ya’ni sheriy-dramatik p’esa asasida yaratilgan asar
  4. d) musiqa sadolari ostida raqsga tushish
  5. V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
  6. a) “Aida”, “Ivan Susanin”
  7. b) “Sehrli nay”, “Figaroning uylanishi”
  8. d) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”
  9. “Qor qiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
  10. a) Rimskiy-Korsakov
  11. b) V.Motsart
  12. d) M.Glinka
  13. Qaysi qatorda sahnaviy-musiqa asarlari tug`ri ko’rsatilgan?
  14. a) opera, lapar, kantata
  15. b) orkestr, kantata. syuita
  16. d) opera, balet, musiqali drama va komediya, operetta
  17. J.Bize yaratgan opera qaysi?
  18. a) “Karmen”
  19. b) “Qor qiz”
  20. d) “Aida”
  21. P.I.Chaykovskiy qayerlik kompozitor?
  22. a) Angliyalik
  23. b) Rossiyalik
  24. d) Avstriyalik
  25. P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
  26. a) “Sehrli nay”, “Aida”
  27. b) “Qor qiz”, “Otello”
  28. d) “Yevgeniy Onegin”, “Toppon xonim”
  29. Rimskiy-Korsakov yaratgan operalarni toping?
  30. a) “Sadko”, “Qor qiz”, “Shox Sulton xaqida ertak
  31. b) “”Sexrli nay”, “Buron”
  32. d) “Karmen”, “Rigoletto”
  33. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
  34. a) ham kuylab, ham raqsga tushishni
  35. b) qo’shiq kuylashni
  36. d) Musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’ati.

Faol qatnashgan o’quvchilarga rag`barlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o’quvchilar dars faoliyati davomida olishgan qizil, (5 ball), yashil (4 ball), ko’k (3 ball) notachalar umumlashtirilib, doskada yoziladi va darsda g`olib qator aniqlanadi. Quvnoq notalarni qulga kiritgan o’quvchilar rag`barlantirilib, kundalik daftarlariga baho qo’yiladi.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish. Sh.Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo’ldi” qo’shig`ini yodlash.

Matnda xato topdingizmi? Xato matnni belgilang va Ctrl+Enter ni bosib habar bering! Oldindan rahmat!

O’zbek tili fanidan dars ishlanma

Dushanbadan – Jumagacha – 08:00 dan 18:00 gacha

Yordam kerakmi? Bizga bepul qo’ng’iroq qiling

Tarbiya fani uchun taqdimotlar

  • Tarbiya fani uchun barcha o’quv materiallar
Dastur/ taqvim reja Taqdimot Dars ishlanma Nazorat materiallari Didaktik materiallar
1 Tejamkorlik Yuklab olish Havola Ma’lumot yo’q Yuklab olish
2 Mahalla va qo‘ni-qo‘shnichilik Yuklab olish Havola Ma’lumot yo’q Yuklab olish
3 Qulog‘iga quloqchin taqqan “quloqsiz” bola Yuklab olish Havola Ma’lumot yo’q Yuklab olish
4 Inson odobi bilan go‘zal Yuklab olish Havola Ma’lumot yo’q Yuklab olish
5 Mehr-oqibat – insoniy fazilat Yuklab olish Havola Ma’lumot yo’q Yuklab olish

O’zbek tili fanidan dars ishlanma

Hukumatning shu haqdagi qarorida yangi fandan «Milliy g‘oya va huquq» mutaxassisligiga ega o‘qituvchilardan tashqari «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligi vakillari ham dars berishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu masala qator maktablarda o‘qituvchilar orasida tushunmovchilikka sabab bo‘lmoqda.

Kun’ga kelib tushgan murojaatlarda aytilishicha, ayrim maktablarda yangi o‘quv yili uchun dars soatlari taqsimlanish jarayonida shundoq ham dars soatlari kam bo‘lgan «Tarbiya» darslari boshlang‘ich sinf va tarix o‘qituvchilari o‘rtasida taqsimlanmoqda. Birinchi galda ushbu fanni o‘qitishi kerak bo‘lgan «Milliy g‘oya va huquq» fani o‘qituvchilari esa chetda qolib ketayotgan holatlar uchramoqda.

Aslida «Tarbiya» fanini qaysi yo‘nalish mutaxassislari o‘qitishi kerak? Ushbu savol bilan Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovga murojaat qildik.

«Qarorga ko‘ra, «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassislari malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi va «Tarbiya» fanini o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.

Nima uchun faqat «Milliy g‘oya va huquq» fani o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida o‘qitilmayapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunday yo‘l tutilishiga sabab – hozirgi kunda respublikaning ayrim hududlarida «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishidagi mutaxassislarning yetishmasligidir. Shuning uchun qo‘shimcha yo‘nalish o‘qituvchilarini ham o‘qitish ko‘zda tutilgan.

«Tarbiya» fani yangi ekani, shu bilan birga, «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyoj barcha hududlarda ham birday to‘liq qoplanmagani uchun Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq», «Tarix», «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun «Tarbiya» fanidan onlayn shakldagi maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

«Tarbiya» faniga ajratilgan dars soatlari, avvalo muassasada faoliyat yuritayotgan «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» mutaxassislariga taqsimlanib, bir stavkadan ortiqcha dars soati yuzaga kelgandagina yuqorida nomlari keltirilgan va tegishli malaka oshirish kursidan o‘tgan boshqa fan mutaxassislariga berilishi mumkin.

Qarorning 5-bandida keltirilganidek, respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi», «Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya», «Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)», «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi esa 2020/21 o‘quv yilidan boshlab, OTMlar o‘quv rejasiga mazkur fan kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi», – deya aniqlik kiritdi Shuhrat Sattorov.

Ona tili

Maktabda ona tili fanini o‘qi­tishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quv­chining nutqi rivojlanib, milliy ma­daniyati yuksaladi. Qalbida va­tanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir.

Avgust anjumanlarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinovi natijalari yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini tinglash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish masalalari keng muhokama qilinishi lozim. Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalari natijalarining tahlili, 5–9-sinf “Ona tili” darsliklari bilan ishlashdagi mu­ammolar, darslik mazmuni yuza­sidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq.

Sho‘ba yig‘ilishlarida yangi o‘quv yili uchun qayta nashr qilinib, yildan yilga ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni takomillashtirilib kelinayotgan 5-, 6-, 7-sinf (N.Mahmudov va boshqalar), 8-sinf (M.Qodirov va boshqalar), 9-sinf (N.Mahmudov va boshqalar) “Ona tili” darsliklari haqida fikr yuritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Darslik bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, dastur materiallari asosida darslarni reja­lashtirish, mavzu uchun berilgan amaliy mashq va topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonida pe­dagogik va axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish zarurligiga ham ahamiyat berish talab etiladi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ta­komillashtirish, ta’lim sifati va sama­radorligini oshirish, o‘quvchilardagi bilim va iqtidorni rivojlantirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘nal­tirilgan o‘quv dasturlari optimal­lashtirilib, amaliyotga tatbiq qilingan edi. Ona tilini chuqur o‘qi­tishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham ta’lim sama­radorligiga erishish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ixtisos­lashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun 5–7-sinflar bo‘yicha “Nutq ma­daniyati” (A.Nurmonov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda. Bu borada o‘qi­tuvchilar qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi yuzasidan davra suhbatlari uyushtirish lozim.

Sho‘ba yig‘ilishlarida yakuniy va bosqichli attestatsiya, fan olim­piadalari, bilimlar bellashuvining natijalari o‘rtaga tashlanishi, yutuqlar omili, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelgusi rejalar belgilanishi lozim.

Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘qitish usullarini qo‘llash yuzasidan o‘zaro bahs-muno­zaralar o‘tkazish hamda kelgusi rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:

I. Yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashda pedagogik texno­logiyalardan foydalanish (5–9-sinflarda o‘tkaziladigan diktant nazorat ishlari misolida).

Til ta’limida yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati — imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o‘quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla tuzishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida — to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o‘quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.

5-sinf o‘quv dasturida har bir chorakda o‘quv soatidan kelib chiqib, 6 tadan nazorat ishi belgilangan. O‘quvchilarning imloviy va tinish belgilari bo‘yicha savodxonligi ustidan nazorat, asosan, diktant, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi, imloviy, grammatik, tinish belgilariga doir va boshqa xil xatolarni tuzatadi, baholaydi. Diktantda uchraydigan xatolarning ba’zilari ayrim o‘quv­chilargagina xos bo‘lib, bu orfografik-grammatik qoidalarni tushun­maslikdan yoki uni unutganidan kelib chiqadi. Ba’zi xatolar sinfdagi ko‘pchilik o‘quvchilarga xos bo‘ladi. Xatolar ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanilsa, bunday muammolar tezroq barham topadi:

1. O‘qituvchi diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarning turlarini aniqlaydi va uning yoniga qancha o‘quvchi qaysi so‘zlarni xato yozganini ustun shaklida belgilaydi. Hisobga olishning bu turida o‘qituvchi qaysi mavzu bo‘sh o‘zlashtirilgani, qaysi o‘quvchi ko‘p mavzuni bilmaydi yoki unutgan, qaysi o‘quvchining bilimi puxta va asosli ekanini aniqlab oladi. Xatolarni hisobga olishning bu usuli faqat imlo xatolarini emas, tinish belgilariga oid xatolarni tahlil etishda ham qo‘l keladi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘quvchilarning o‘zlariga o‘tilgan qoidalarni eslatish yo‘li bilan tuzattirish, bu borada ularni ham­korlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta’lim joriy etilganicha yo‘q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir diktant tahlilini o‘tkazishda undan oldingi yozma ishda o‘quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.

O‘qituvchi diktant tahlili darslariga tayyorlanganda, quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:

— o‘quvchining yozma ishini sifatli tekshirish;

— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;

— uyga beriladigan vazifani puxta o‘ylab, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash lozim.

Ta’kidlash joizki, yozma savod­xonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya’ni tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o‘zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.: 2014, “Ma’naviyat” nashriyoti) kitobi chop etildi. Bundan o‘qituvchilar amaliyotda keng foydalanishlari mumkin.

II. Sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha muhokama va muno­zaralar o‘tkazish.

Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quv­chilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:

1. Tajribaning amaliy ahamiyati va dolzarbligi: ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatining kengligi.

2. Ishning natijaviyligi: bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, turli sharoitlarda sinab ko‘rilganligi.

3. Tajribaning yangiligi: ama­liyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullar, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta’siri, pedagogika va metodikadagi eri­shilgan natijalarga mosligi.

4. Isbotlanganligi: o‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifat ko‘rsatkichlari natijaviyligi.

5. Barqarorligi: pedagogik amaliyotda zarurligi, faolligi, istiq­bolliligi.

6. Optimalligi: minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi.

Sho‘ba yig‘ilishida aynan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida ilg‘or ish tajribalari tuman, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qi­tuvchilar faoliyati, ularning erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari yoki taqdimotlar o‘tkazish ham o‘rinlidir.

III. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri — AKTni keng qo‘llash.

Har bir mavzuni AKTdan foydalanib o‘tish uchun, avvalo, elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film, ko‘rgazmali materiallar va boshqa anjomlar muhayyo bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid materiallardan — elektron dars ishlanmasi, multimediali elektron ishlanmalar (o‘quv filmi) yoki videofilm, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ta’minlaydi. O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kom­pyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi tezlashadi va osonlashadi. Jarayonda muammo usulidan foydalanish lozim. Muammoning yechimini topishda guruhlarga bo‘linib masalani hal etish, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullar ham dars samaradorligini ta’minlaydi.

Bu borada “Urg‘u va uning turlari (5-sinf), “Fe’lning munosabat shakllari” (6-sinf), “Modal so‘zlar” (7-sinf), “Sodda va qo‘shma gaplar”, “Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn” (8-sinf), “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi” (9-sinf) kabi mavzular yuzasidan Multimedia umumta’lim fanlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda videodarslar yaratilib, amaliyotga taqdim etilgan.

“Mahorat maktablari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalarning o‘rganilishi, maktab ishini yanada samarali, yuqori saviyada olib borishga, yangi usul va metodlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Odatda, amaliyotchi-o‘qituvchilar har uch yilda malaka oshirsa, “Mahorat maktablari” tizimi orqali har oyda kasbiy malakasini oshirib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, muallimlarni izlanish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatini yanada jonlantirishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sho‘ba yig‘ilishlarida bu jihatga to‘xtalib, to‘plangan ilg‘or tajribalarni almashish lozim.

Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.

Sho‘ba yig‘ilishlarida metod­bir­lashmaning asosiy ish faoliyati ham sarhisob qilinishi lozim. Faol metodbirlashma a’zolari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ish tajribasini “Mahorat darslari” usulida hamkasblariga o‘rgatishi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Yangi o‘quv yilida ta’lim mazmunini yaxshilash, sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olinadi:

1. Xalq ta’limi xodimlarining 2016-2017-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashlari yalpi va sho‘ba yig‘ilishlaridan kutilayotgan asosiy maqsad — o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatimiz hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni belgilab olish.

2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (davomat, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va boshqalar) asosida joylarda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.

3. O‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni omma­lashtirish.

4. Masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan videoseminar, videodarslar va ta’lim portallariga qo‘yilgan materiallardan unumli foydalanish.

5. O‘qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi saytlariga joylashtirilgan resurslardan samarali foydalanishlari, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, dars kuzatishi hamda tahlil qilishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini belgilash.

6. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, umumta’lim fanlarining sifatli o‘qitilishini ta’minlash maqsadida “Mahorat maktablari” faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchay­tirish.

7. O‘quv muassasalarida mavjud bo‘lgan axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, barcha pedagog xodimlarning internet tarmog‘idan keng foyda­langan holda o‘z bilim va malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratish.

8. Metodik kengash, metod­birlashma faoliyati samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish.

9. Ta’lim sifati monitoringi natijasida bilim va tajribasi kamligi aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatini tuzish, ular uchun doimiy harakatdagi maxsus o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish va ular faoliyatini o‘quv yili davomida tahlil qilib borish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar ustida ishlash metodikasini o‘qituvchilarga o‘rgatishga doir mavzular kiritish va ularni o‘qitishni tashkil etish.

An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berish tadbiri ekanini hisobga olib, yig‘ilishlarni imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli, o‘qituvchi va metodistlarni pedagogik jihatdan puxta qurollantiradigan tarzda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

R espublika ta’lim markazi