O’zbekiston kitob grafikasi sanati
Tavallud topgan sana: 15 aprel 1904 yil
O‘zbekiston arboblari
«O‘zbekiston arboblari» veb-sayti O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli insonlar haqida ma’lumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy resursdir.
Ikromov Iskandar
Tavallud topgan sana: 15 aprel 1904 yil
Vafot etgan sana: 6 noyabr 1972 yil
Tug’ilgan joy: Toshkent
Tarjimai hol
O‘zbek kitob grafikasi asoschilaridan biri, O‘zbekiston xalq rassomi Iskandar Ikromovning ijodiy yo‘li respublikaning ixtirochilik san’atida alohida o‘rin egallaydi.
I.Ikromov san’atni mo‘’jiza deb bilib, unga yoshligidan qiziqqan. Otasi Shoikrom akaning kasbi san’atga yaqin ham bo‘lmagan, lekin u o‘g‘lining qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlay olgan va o‘g‘li Turkiston o‘lkashunoslik badiiy o‘quv yurtida tahsil oladi (1921-1923 yillar).
Rassomning erta ijodiy ishlari – karikaturalar – “Mushtum” hajviy jurnalida bosib chiqilgan. O‘z xotiralarini yodga olarkan, rassom shunday yozadi: ““Mushtum” jurnali tahririyatining rahbarlari Abdulla Qodiriy va G‘ozi Yunusuvlar tomonidan ushbu jurnal sahifalarida ishlarim chop etilishiga ruhsat tegdi, garchi, na malakam, na tajribam bo‘lmagan.” Bir vaqtning o‘zida, yosh rassom kitob grafikasi bilan ham shug‘ullangan.
1924 yil u Leningrad badiiy akademiyasi qoshidagi Oliy badiiy-texnik ustaxonaga o‘qishga kiradi.
Iskandar kitob bezagi sirlaridan leningradlik taniqli o‘qituvchilardan boxabar bo‘lgan. Kitob san’ati rassomi va badiiy san’at uslubchisi diplomiga ega bo‘lib, u O‘zbekistonga qaytadi va Samarqand davlat nashriyotida grafika bo‘limiga rahbarlik qiladi. Ikromovning ijodiy faoliyati O‘zbekistondagi birinchi rassom-poligrafiyachi sifatida boshlangan.
1930 yillar boshida I.Ikromov “Yangi yo‘l”, “Maorif va o‘qituvchi”, “Alanga” kabi jurnallarni bezatadi. Shu bilan birga, jurnal sahifalarida uning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ibot qiluvchi ta’lim va san’at haqidagi maqolalari ham chop etiladi. Shu yillar tahririyat ishiga o‘zbek xalqining turmushi va hayotini yaxshi biluvchi, an’anaviy badiiy merosini yuqori qadrlovchi rus rassomlari ham qo‘shildi.
Taniqli yozuvchi Oybek rassomga shunday yozgan: “Birinchi o‘zbek-poligrafiyachi rassom – kitob “doktori”, do‘stimiz Iskandar o‘z ishiga alohida muhabbat ila yondashadi.
Rassomning samimiyati, asarlarining o‘ziga xosligi ishlarining barcha chizgi va bo‘yoqlarida ko‘zga tashlanadi. Barcha iqtidorli rassomlar kabi Iskandar chizgilar va bo‘yoqlar sirini juda yaxshi tushunadi, ularga hayot va harakat bag‘ishlaydi.” Rassomning ko‘p yillik pedagogik izlanishlari natijasi “Rasm o‘rganish”, “Kitob va gazetalar qanday chop etiladi?” (1933) qo‘llanmalari bo‘ldi. Ular ustida ish olib borar ekan, Iskandar Ikromov o‘z oldiga tasviriy san’atni o‘zbek maktablarida o‘rgatishni maqsad qiladi.
Rassomning kitob grafikasida qadimgi buyuk allomalarning (Beruniy, Abu Ali ibn Sino), o‘zbek shoir va yozuvchilari (Navoiy, Lutfiy, Hamza, Oybek, H.Olimjon, G‘.G‘ulom) asarlariga chizilgan illyustratsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Kitoblarni bezatishda rassom naqqoshlik san’ati an’analaridan foydalanadi. Ikromovning shunday tajribalarining ilk natijasi A.Navoiyning “Farhod va Shirin” asari asosidagi musiqiy partiturasiga chizilgan naqqoshlik kompozitsiyasi bo‘lgan. Ular ustida ishlashda rassom “qush jadval”, “tamg‘a”, “islimi” kabi mavzulardan foydalangan. U kitoblarni bezatishda yaratgan sharq an’analariga xos geometrik va o‘simlik naqshlari o‘zining nafisligi va bejamdorligi bilan e’tiborni tortadi.
An’anaviy tasviriy va ifodali vositalar orqali rassom kitobni haqiqiy san’at durdonasiga aylantiradi. Boy ranglar uyg‘unligidan foydalanarkan – to‘q qizil asosda kumush rang naqsh soladi, baxmal qog‘oz betlari, yirik naqsh medalonlaridan foydalangan, “islimi” nafis naqshlari bilan sahifalar bezatilgan – rassom, har safar yuqori badiiy did namunalariga aylanuvchi kitoblar yaratadi.
Rassom Iskandar Ikromovga xos ijodiy qirralardan biri kitob bezatish qonun-qoidalarining chuqur bilishi, kitob bezagi maqsad va vazifalarini aniq tushunishidadir. Aynan ushbu jihatlar A.Navoiy tavalludining 500-yilligi munosabati bilan chop etilgan – jahon adabiyoti durdonalari “Hamsa”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kitoblarining bezatilishida aniq namoyon bo‘ladi. Rassom badiiy vositalar orqali asarning asosiy mohiyatini yetkazib berishning uddasidan chiqqan. An’anaviy naqshlardan foydalanib, rassom ularning zamonaviy talqiniga intiladi. Uning suratlari milliy uslubda bajarilgan grafik ishlar namunasi sanaladi, ular poligrafiya nuqtai nazaridan mukammaldir.
Yoshligida rassom an’anaviy tarbiya oladi, shu sababli, islom madaniyati tarixini, arab alifbosi va yozuvini, o‘zbek musiqasini, amaliy san’atini yaxshi biladi. Milliy an’analarning chuqur bilishi sababli, kitob bezagi orqali o‘zbek madaniyati va san’atini butun dunyo bo‘ylab ochib berish imkoniga ega bo‘ldi. Ikromovni yaqindan bilgan rassom zamondoshlari Samig‘ Abdullayev, Lutfulla Abdullayev, Chingiz Axmarov, Hikmat Rahmanov, Malik Nabiyev va boshqalar uni yodga olib, insofli, ziyoli, ishiga ijodiy yondashuvchi kabi sifatlarini eslashadi.
Rassom ijodida shoir va yozuvchilarning kitobini bezatish alohida o‘rin egallashi, uning keng dunyoqarashi, ishidagi turli uslublarini namoyon etadi. 60-yillar I.Ikromov – kitob bezagi sohasida ishlovchi yetakchi rassom-grafiklardan biri hisoblanib, ushbu san’atga milliylik jihatlari va o‘ziga xoslikni olib kirgan. Ushbu yillar rassom tomonidan bezatilgan kitoblar butun ittifoq hamda xorij ko‘rgazmalarida yuqori baholangan. Leypsig (Germaniya, 1959 y.) shahrida o‘tkazilgan Xalqaro kitob ko‘rgazmasida A.Navoiyning “Lirika” to‘plamining bezagi uchun rassom medal bilan taqdirlanganligi, o‘zbek kitob san’atining katta yutug‘idir.
1964 yil Davlat san’at muzeyida I.Ikromov tavalludining 60-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etilib, unda ijodkorning so‘nggi yillardagi ishlari namoyish etilgan. Rassomlar uyushmasi tomonidan, shuningdek, rassom haqida o‘zbek tilida risola ham chop etiladi. Bugun ko‘pchilik oilalarning kitob javonidan betakror va nafis bezakli kitoblar munosib o‘rin egallab, rassom I.Ikromovning abadiy xotirasi saqlanmoqda.
O’zbekiston kitob grafikasi sanati
Bugungi sanada: 3 ta
Bugungi sanada: 2 ta
Bugungi sanada: 8 ta
BUGUN: 13-Mart, 2023-yil. Dushanba
“Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi
O’zbek lotin yozuvi – lotin grafikasiga asoslangan harf tovush (fonografik) yozuv turi. O’zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O’zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o’tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929 yil 15-23 may kunlari Samarqand shahri (O’zbekistonning o’sha davrdagi poytaxti)da bo’lib o’tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929 yil 10 avgustda tasdiqlangan. Samarqand konferensiyasida qabul qilingan “lotinlashtirilgan o’zbek alifbosi” 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat bo’lgan. Konferensiyada singarmonizm o’zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o’zini oqlamadi, amalda imloda boshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so’z bir necha xil yoziladigan bo’ldi. Natijada bu masala 1934 yil yanvarda bo’lib o’tgan Til va imlo masalalariga bag’ishlangan respublika qurultoyida qayta muhokama qilinadi va alifboga tegishli o’zgarishlar kiritiladi. O’tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o’zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940 yilda yangi alifbo qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan to O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrda rus grafikasi asosidagi o’zbek alifbosining qo’llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto “ikkinchi ona tili” darajasiga ko’tarilishiga, o’zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo’llanish doirasining torayishiga olib keldi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng respublikada o’zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o’tkazish haqida fikr- mulohazalar o’rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonuni e’lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o’zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi: Aa — rus grafikasidagi “a” tovushi, Bb – “b”, Cc – “s”, Dd – “d”, Ee – “e”, Ff – “f”, Gg – “g”, Hh – “h”, Ii – “I”, Jj – “j” (jonli, jo’ra), Kk – “k”, Ll – “l”, Mm – “m”, Nn – “n”, Oo – “o”, Pp – “p”, Qq – “q”, Rr – “r”, Cc – “s”, Tt – “t”, Uu – “u”, VV – “v”, Xx – “x”, Yy – “y”, Zz – “z” Çç – “ch”, Ğğ – “g’”, Jj – “j” (ajdod), Ňg – “ng”, Ŏŏ – “o’”, Şş – “sh”, (‘) tutuq belgisi (apostrof). Ushbu alifboni va shu asosda tayyorlangan “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi.