QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi. Qo’llanma. -Toshkent: O’qituvchi, 1987.
Qizil kitob va uning ahamiyati ☼
Автор: Bulokbayeva Sayyora Isaqovna
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil kitob va uning ahamiyati
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yoqolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, osimliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida soz yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan! Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda oz Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. Ozbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda kopgina osimlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, osimliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bolib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi osimlik turlari va hayvon zotlari toldirilib boradi.Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Yer sharida mavjud bo`lgan 500 ming o`simlik turining 6 ming turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. O`zbekistonda 4148 tur o`simlik mavjud bo`lib, shundan 577 tasi dorivor o`simliklar, 103 turi bo`yoqdor o`simliklar, 560 turi efir moyli o`simliklar hisoblanadi. Tabiatni, uning boyliklarini, muhofaza qilish qadimdan malum. Tarixiy qo`lyozmalar, toshdagi bitiklar va eng muhim ko`rsatma va qoidalar, musulmonlarning Quron Karim tabarruk kitobida va boshqa diniy kitoblar Injil, Tavrot, Zaburda ham qayd qilingan. Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog`i, havosi, o`simlik va hayvonini muhofaza qilish bo`yicha qonun va qoidalar bor. O`zbekiston Respublikasi 9.12.1997 yil: Tabiatni muhofaza qilish qonunini qabul qildi. Insonning kundalik hayotida o`simliklarning ahamiyati juda katta. Shuningdek o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzidagi suv oqimiga bug`lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta tasir etadi. O`simliklar jamiyati uchun behisob oziq-ovqat, homashyo, dori-darmon, qurilish materiallari va boshqa sohalarning asosiy manbaidir.O`simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlash uchun shuningdek chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib hisoblanadi. Insonlarga zavq-shavq beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatga egadir. Qoriqxona nima? Qoriqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xojalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bolib hisoblanadi. Qoriqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bolib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari otqaziladi. Qoriqxonalarda ayrim hayvon zotlari va osimlik turlari organiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: 0 maqomi bolgan o’simlik turlari yoqolgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir. 1 maqomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir. Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan. 2 maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi. O’zbekistonda, birinchi Qoriqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoriqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qoriqxonasi deyiladi 1971 yilda respublikada 3 ta Qoriqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qoriqxonasi, Buhoroda- Qorakol va Qizilqum Qoriqxonasi tashkil qilingan. 1975 yilda yana 4 ta Qoriqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, kopayishi, iiziologiyasi, tabiati organiladi. O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda qora ro`yxatni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.Jahon Qizil kitobi 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham Qizil kitob 1979 yilda chop etildi. Qizil kitob xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan. O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida. O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi Qizil kitobda esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.O`zbekistonning birinchi Qizil kitobi 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.Yangi Qizil kitob (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi
Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvovi gullar – bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Barqarоr tarakqiyot ta’limi. O`kuv uslubiy qo`llanma. A.A. Azizоv., N.G,Akinpshna. T., 2 007. -141 bеt.
2.Barkarоr taraqkiyo tta’pimi. Tоpshiriklar. A.A. Azizоv., L. Akinshina. T.,2007.-54bеt.
3.Birlashgan Millatlar Tashkilоtining Iqlim o`zgarishi O`zbеkistоn Rsspublikasining birinchi milliy aхbоrоti. T., 1999.
4.ValukоnisG.YU., MuradоvSH.О. Оsnоvnekоlоgii-T.T. Оbshaya ekоlоgiya Kn.1.-T.: Mехnat, 2001.-328s.
5.KоrоbkinV.I., PеrеdеlskiyL.V. Ekоlоgiya vоprоsax i оtvеtov..Rоstоv-na -Dоnu., “Fеniks” 2002 .
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Noyob o‘simliklar / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / barg / gul / meva / xom-ashyo / damlama / teri kuyishi / oshqozon-ichak kasaliklari / vitamin yetishmovchiligi / vitaminlar / steroidlar / alkaloidlar / saponinlar. / Rare plants / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / leaf / flower / fruit / raw materials / tincture / skin burns / gastrointestinal diseases / beriberi / vitamins / steroids / alkaloids / saponins.
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
So’ngi yillarda insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o‘simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
NUROTA TUMANIDA UCHROVCHI KOVRAK O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI
FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN YALPIZDOSHLAR (LAMIACEAE) OILASI TURLARNING SHIFOBAXSH VA DORIVOR BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE
In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets. In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Текст научной работы на тему «QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI»
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNING
TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI Isaqov Tohirjon Tursunboy o’g’li
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Assistant Esonova Iroda Usmon qizi
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7295168
Anotatsiya. So’ngi yillarda insonlar sog’lig’iga alohida e ‘tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko’rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o’simliklarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.
Mamlakatimizda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o’simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo’llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Noyob o’simliklar, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, barg, gul, meva, xom-ashyo, damlama, teri kuyishi, oshqozon-ichak kasaliklari, vitamin yetishmovchiligi, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar.
ЛЕКАРСТВЕННЫЕ РАСТЕНИЯ, ЗАНЕСЕННЫЕ В КРАСНУЮ КНИГУ, И ИХ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ
Аннотация. В последние годы особое внимание людей к здоровью, повышение осведомленности о секретах здоровья, предпочтение натуральных средств для активизации иммунной системы людей пожилого возраста и страдающих хроническими заболеваниями, абсолютная безвредность и польза натуральных средств увеличили количество инвестиций в научные исследования в этой области и вызвало резкое увеличение спроса на лекарственные растения на международных рынках.
В нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В данной статье представлена информация об уникальных лекарственных растениях, встречающихся в Узбекистане, их количестве, лечебных свойствах, применении их в медицине и мерах по сохранению.
Ключевые слова: эндемические растения, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, лист, цветок, плод, сырье, настойка, ожоги кожи, желудочно-кишечные заболевания, авитаминоз, витамины, стероиды, алкалоиды, сапонины.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN
Abstract. In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets.
In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Key words: Rare plants, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, leaf, flower, fruit, raw materials, tincture, skin burns, gastrointestinal diseases, beriberi, vitamins, steroids, alkaloids, saponins.
O’zbekiston florasi juda boy bolib, guli osimliklarning 4500 turi malum, ularning 577 taga yaqini dorivor o’simlilardir. Shulardan 120 tasidan hozirgi kunda tibbiyotda keng qo’llanilib kelinmqda. O’zbekistonda tarqalgan
o’simliklarning 10-12% muhofaza qilishga muhtoj o’simlilar xisoblanadi. So’ngi yillarda bu o’simliklardan nato’g’ri foydalanish va ayovsiz yig’ib olinishi va qarovsiz qolganligi sababli turlar soni kamayib, yo’qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Bunday o’simliklarni himoyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi qizil kitobi tasis etilgan bo’lib,bu kitobga 4ta kategorya bo’yicha o’simlilar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 1984-yilgi birinchi nashrida 163 tur o’simlik kiritilgan bo’lsa, 1998-yildagi nashrida bu o’simliklar soni 301taga yetdi. So’ngi 2019-yildagi yangi nashirda bu raqamlar 314taga yetdi. Bundan ko’rinib turibdiki, so’ngi yillarda hududimizdagi o’simliklarning maydonlari va turlari kamayib bormoqda. So’ngi o’n yillik natijalar shuni ko’rsatdiki O’zbekiston hududida muhofazaga muhtoj yana 138 o’simlik turlari aniqlandi. O’zbekiston respublikasi fanlar akademyasining izlanishlari natijasida O’zbekistonda uchraydigon chiroyli gullari bilan dunyoga mashxur lola va sallagullarning piyozlari bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida turlar soni keskin kamayib ketganligi aniqlandi. Xalq tabobatida va tibbiyotda keng qo’llaniladigon qimmatbaxo dorivor o’simliklar xisoblangan yetmak, buzulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabi o’simlar soni ham homashyo bazasi ham sezilarli kamaydi. Bundan tashqari Buxoro otostegiyasi, yirik giliostrovskiya, Minkivits teziumi kabi relikt turlar yo’qolib ketish arafasiga kelib qoldi.
METOD VA METODOLOGIYA
Dorivor o’simliklardan olinadigon moddalar hozirgi payitgacha suniy ravishda sintezlanmagan bo’lib, faqat tabiiy usulda o’simliklardan ajratib olish mumkin. Bunday o’simliklarning sonining kamayishi esa farmakalogiya homashyo bazasida kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Insonlarning o’simliklardan nato’g’ri foydalanishi natijasida esa bunday o’simliklar tobora kamayib bormoqda. Qizil kitobning yangi nashrida 20 dan ortiq dorivor o’simliklar turlari kiritilgan bo’lib, ularning hammasi ham tarkibi jihatdan juda foydali hisoblanadi. Ularning taribida efir moylari, alkaloidlar, karotinlar flavanoidlar, kumarinlar va bacha turdagi vitaminlar mavjud.
Kovrak-Ferula o’simligi ziradoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik.Yer yuzida bu o’simlikning 160dan ziyod turi tarqalgan. Bo’yi 1 metrga yetadigon, poyasi tik, yog’on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargali bandli, 3 bo’lakli, poyadagilari maydaroq,
poyada ketma-ket joylashgan. Gullari soyabon to’pgulda joylashgan. Kovrak monokarp o’simlik bo’lib, 7-8 yilda bir marotaba gullab, urug’ beradi (1-rasm).
Kovrak ildizi tarkibida havoda qotib qoladigon asafetida va efir moylari saqlaydi. Asfetidaning tarkibidan ferfulat kislata, qatron spirtlar, kumarinlar ajratib olingan. Efir moyidan esa sulfidlar, kumarin va boshqa moddalar borligi aniqlangan. Ildiz tarkibida kraxmal ham bor. Kovrak ildizidan olingan yelimdan asab sistemasi kasalliklarida o’pkadagi shamollash astma, ko’k yo’tal, sil, zaxm kasalliklarida foydalaniladi. Kovrakdan tayyorlangan galen pereparatlari esa arterial bosimni pasaytiradi, kapillyar qon tomirlari mo’rtligini bartaraf etadi. Ildizidan tayyorlangan damlama har qanday og’riqni qoldirish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda kovrakning ildizi bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida, kovrakning tabiiy tarqalgan xududlari keskin kamayib ketdi. Chunki kovrakning ildizi bilan sug’urib olingan joydan boshqa kovrak unib chiqmaydi bu esa, kovrak o’simligining soni kamayishiga yana bir sabab xisoblanadi.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMASI
Etmak – Acanthophyllum chinniguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik. O’zbekistonga bu turkumga mansub 2 ta tur o’simlik tarqalgan. Tog’ va adir yon bag’irlarida
Etmakdan tabobatda balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida va imuninetni ko’tarish uchun foydalaniladi (2-rasm)
Adonis-herba adonidis renunculacae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Uzunligi 5-20sm ga yetadi. Ildizi qisqa jigarrang tusda bo’ladi. Barglari tuxumsimon, palmasimon, 5 bo’lakka bo’lingan, tuksiz bo’ladi. Gullari poyaning tepasida yakka yaka joylashadi, yirik sariq rangli bo’ladi. Mevasi yong’oq. Aprel may-oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyulda pishadi (3-rasm).
Adonis tarkibida yurak glikozidlari mavjud. Pishmagan mevalari va barglari ularga eng boy hisoblanadi. O’simlikning yer ustki qismida K-strofantin, simarin moddalari bor. Ildiz qimida esa K-sprofantin mavjud. Glikozidlardan tashqari bu o’simlikda:
o’sadi. Bo’yi 50 – 80 sm ildizi 2 m churlikkacha boradi buralgan, barglari qaram-qarshi,qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va poyasi tuksiz yoki mayda mayin tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Gullari mayda bo’lib, shoxlarining uchki qismida 2tadan bo’lib joylashadi. Gultoji barglari pushti 5ta, changchisi esa 10ta, urug’chisi 1ta. Mevasi bir urugli meva.
2-rasm. Etmak – Acanthophyllum
Etmakning dorivorlik xususiyati ildizida bo’lib,ildizi tarkibida 10-30% saponin moddasi,aglikonogipsogen, 3 malekula ksiloza va 1 malekula glyukuran kislata galaktoza, ramnoza, furoza, arabinoza moddalari borligi aniqlangan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va adenin spirit
3-rasm. Adonis-herba adonidis
Adonisdan yurak aksalliklarida keng foydalaniladi. Yurak tezligini sekinlashtirish, sistolni oshirish, diastolni uzaytirish, yurak urish hajmini oshirshda keng foydalaniladi Anzur yoki suvarov piyozi piyozdoshlar oilasiga mansub piyozboshli o’simlik xisoblanadi. Bu o’simlikni Oltoy Tyanshan,
Osiyo tog’larida uchratish mumkin. O’imliknng barglari keng 35-40 sm, uchlari pastga qaragan bo’ladi. O’simlikning balandligi 130sm gacha yetadi, to’pgullari yarim shar yoki sharsimon shaklda bo’ladi. To’pgulining diametiri 10-12 smga yetadi. Gullari pushti-binafsha rangda bo’ladi (4-rasm).
Tarkibida boshqa piyozli o’simliklarga nisbata bir-necha marta ko’p C vitamini, barglarida esa B va E vitaminlari, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar aniqlangan. Bu o’simlik chiroyli bo’lishi bilan birga foydali ham xisoblanadi. Imunitetni oshirish va qon
aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega.
Bozulbang-Lagochilus inebrians Lamiaceae oilsiga mansub yarim buta hisoblanadi.
Balandligi 24-60smo’q ildizli, oddiy yoki shoxlangan tukli poyalardan iborat.barglari qarama qarshi, keng tuxumsimon, 3-5ga bo’lingan. Gullari 4-6 tadan barglar qoltig’idan chiqqan yarim halqali boshoqsimon to’pgulda joylashgan, gultojibarglari 5 bo’lakli, ikki labli, pushti. Mevasi senobiy meva, uzunligi 3-4 mm silliq sarg’ish-kulrang yong’oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, mevasi esa avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi (5-rasm).
Bu o’simlk O’zbekistonning Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining tog’
4-rasm. Anzur yoki suvarov piyozi
5-rasm. Bozulbang-Lagochilus inebrians
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oldi hududlaring shag’alli tuproqlarda uchratish mumkin. O’tgan asrning 80 yillarida ayoviz o’rib olinishi natijasida, senopapulatsyalari deyarli yoqolib ketgan.
Asosiy xomashyo olinadigon qismi bargi va gullari xisoblanadi, tarkibid to’rt atomli spirtlar bo’lgan lagoxilin, barglarida esa efir moylari 0,03%, taninlar 11-14%, shakar organik kislatlar, vitaminlardan K, C, mikroelementladan esa kalsiy tuzlari mavjud.
Bozulbang gullari va barglaridan tayyorlangan qaynatma damlama va nastoykasi qon ivishini tezlashtiradi qon ketishi to’xtatadi. Bozulbang suvi esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu o’simlik xissiyotni pasaytiruvchi adaptogen xususiyatga ega. Ular ko’z ichi bosimini pasaytiradi, ko’rish o’tkirligini oshiradi. Gemafiliya bilan og’rigan bemorlar bu o’simlik damlamasini iste’mol qilishsa qon ivishi yaxshilanadi, bo’g’imlarda va teri osti to’qimalarida paydo bo’lgan gematomalarni tezroq so’rilishiga yordam beradi.
Omonqora-Ungernia viktor Amaryllis oilasining ko’p yillik piyozboshli o’simligi bo’lib, ildizlari toq jigarrang rangda, 7-12 smgacha chozilib ketadi,barglari ikki qatorli, suvli, silliq chiziqli, uzunligi 20-40 sm, kengigi 1-4 sm, fevral oyining ohirida o’sishni boshlaydi. Gullashi
2-11 tadan gullaydi, gullari sarg’ish pushti rangda, iyul avgust oyida gullaydi mevalari sentyabrda pishadi (6-rasm).
Omonqora o’simligi Hisor tizmasining tog’ yonbag’irlarida toshli, shag’alli tuproqlarda kichik maydonni egallab o’sadi.
Tibbiyotda bu o’simlikning bargidan keng foydalaniladi. Tarkibida alkaloid va galantamin saqlaydi, alkaloidlarda: likorin, hordenin, tasettin, pankratin uchraydi. Bu
6-rasm. Omonqora-Ungernia viktor moddalar barglarida bo’lib asosan barg
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuqori miqdorda bo’ladi. Asosan barg yig’ib olinadigon muddat 14-25 aprel hisoblanadi, bunda alkaloidlar 0,52% galantamin esa 0,15 % ga yetkan bo’ladi.
Galontamin poliomiolit va polinevrit kasaliklarida, shuningdek sezgir mator nervlarining travmatik shikastlanishida foydalaniladi. Alkaloidlar esa oshqozon ichak kasalliklarida foydali hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, O’zbekiston hududida dorivor o’simliklar ko’p va ularning biz uchun ahamyati juda xam katta. Ammo oxirgi paytlarda bu o’simliklardan noto’g’ri foydalanish va ayovsiz ularni o’rib olish bu o’simliklar soni kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Yuqoridagi o’simliklar endilikda qizil kitob ro’yhatida ekan ulardan foydalanish mumkin emas. Oldizmida turgan eng muhim vazifa bunday noyob va dorivor o’simliklarni saqalab qolish va sonini ko’paytirish kerak. Ularga kerakli ekologik sharoitni yaratish va ular o’sadigan maydonlarni ko’paytirish va maxsus plantatsiyalarni yaratish lozim. Bu esa bizga farmokologik bazamizdagi xom-ashyolarni ko’paytirish va yana ham tibbiyotimizni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. O’zbeisto Respublikasi “Qizil kitobi” 1-tom. 2019 yil.
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi. Qo’llanma. -Toshkent: O’qituvchi, 1987.
3. Xolmatov X.X., Odilov T. O’zbekistonning dorivor o’simliklari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 1991. 195 b.