O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi elektron shaklda yuritiladi
Автор: Bulokbayeva Sayyora Isaqovna
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil kitob va uning ahamiyati ☼
Автор: Bulokbayeva Sayyora Isaqovna
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil kitob va uning ahamiyati
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yoqolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, osimliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida soz yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan! Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda oz Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. Ozbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda kopgina osimlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, osimliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bolib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi osimlik turlari va hayvon zotlari toldirilib boradi.Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Yer sharida mavjud bo`lgan 500 ming o`simlik turining 6 ming turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. O`zbekistonda 4148 tur o`simlik mavjud bo`lib, shundan 577 tasi dorivor o`simliklar, 103 turi bo`yoqdor o`simliklar, 560 turi efir moyli o`simliklar hisoblanadi. Tabiatni, uning boyliklarini, muhofaza qilish qadimdan malum. Tarixiy qo`lyozmalar, toshdagi bitiklar va eng muhim ko`rsatma va qoidalar, musulmonlarning Quron Karim tabarruk kitobida va boshqa diniy kitoblar Injil, Tavrot, Zaburda ham qayd qilingan. Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog`i, havosi, o`simlik va hayvonini muhofaza qilish bo`yicha qonun va qoidalar bor. O`zbekiston Respublikasi 9.12.1997 yil: Tabiatni muhofaza qilish qonunini qabul qildi. Insonning kundalik hayotida o`simliklarning ahamiyati juda katta. Shuningdek o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzidagi suv oqimiga bug`lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta tasir etadi. O`simliklar jamiyati uchun behisob oziq-ovqat, homashyo, dori-darmon, qurilish materiallari va boshqa sohalarning asosiy manbaidir.O`simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlash uchun shuningdek chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib hisoblanadi. Insonlarga zavq-shavq beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatga egadir. Qoriqxona nima? Qoriqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xojalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bolib hisoblanadi. Qoriqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bolib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari otqaziladi. Qoriqxonalarda ayrim hayvon zotlari va osimlik turlari organiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: 0 maqomi bolgan o’simlik turlari yoqolgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir. 1 maqomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir. Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan. 2 maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi. O’zbekistonda, birinchi Qoriqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoriqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qoriqxonasi deyiladi 1971 yilda respublikada 3 ta Qoriqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qoriqxonasi, Buhoroda- Qorakol va Qizilqum Qoriqxonasi tashkil qilingan. 1975 yilda yana 4 ta Qoriqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, kopayishi, iiziologiyasi, tabiati organiladi. O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda qora ro`yxatni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.Jahon Qizil kitobi 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham Qizil kitob 1979 yilda chop etildi. Qizil kitob xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan. O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida. O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi Qizil kitobda esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.O`zbekistonning birinchi Qizil kitobi 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.Yangi Qizil kitob (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi
Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvovi gullar – bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Barqarоr tarakqiyot ta’limi. O`kuv uslubiy qo`llanma. A.A. Azizоv., N.G,Akinpshna. T., 2 007. -141 bеt.
2.Barkarоr taraqkiyo tta’pimi. Tоpshiriklar. A.A. Azizоv., L. Akinshina. T.,2007.-54bеt.
3.Birlashgan Millatlar Tashkilоtining Iqlim o`zgarishi O`zbеkistоn Rsspublikasining birinchi milliy aхbоrоti. T., 1999.
4.ValukоnisG.YU., MuradоvSH.О. Оsnоvnekоlоgii-T.T. Оbshaya ekоlоgiya Kn.1.-T.: Mехnat, 2001.-328s.
5.KоrоbkinV.I., PеrеdеlskiyL.V. Ekоlоgiya vоprоsax i оtvеtov..Rоstоv-na -Dоnu., “Fеniks” 2002 .
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi elektron shaklda yuritiladi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Uz24.Uz‘ning yozishicha, hujjat Qizil kitobda qayd etiladigan hayvonlar va o‘simliklarga oid ma’lumotlarning turlarini, ularni Qizil kitobga kiritish va undan chiqarish asoslari hamda tartibini, shuningdek, Qizil kitobni yuritish chora-tadbirlarini va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.
Belgilanishicha, Qizil kitob Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan elektron shaklda yuritiladi. Qizil kitobning elektron shakli Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy saytiga (www.uznature.uz) joylashtiriladi. Shu bilan birga, Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydi, ularni o‘zining saytida joylashtiradi.
Ma’lumot uchun, Qizil kitob O‘zbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, o‘simliklar hamda qo‘ziqorinlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarining nobud bo‘lishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.