Press "Enter" to skip to content

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Agroturizm.uz loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘riqxonada baliqning 1 turi, amfibiyalarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi, sutemizuvchilarning 30 turi yashaydi. Ulardan qor qoploni, Seversov qo‘yi va qora kalxat xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qor qoploni, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, Seversov qo‘yi, qora grif, qora laylak, soqolli kalxat, burgut, oqboshli kalxat, pakana burgut, lochin va qizilboshli lochin kabi hayvonlar bor.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Zomin qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarga qo‘ng‘ir ayiq va to‘ng‘izlar tushib qoldi, deb xabar berdi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, qo‘riqxona xodimlari tomonidan dengiz sathidan 3500−3800 metr balandlikda qo‘riqxonada yashaydigan hayvonlarning yashash tarzini kuzatish maqsadida 20 dona fotoqopqon o‘rnatilgan. Har ikki holatda ham hayvonlar tunda fotoqopqonlarga tushib qolgan.

Zomin davlat tog‘-archa qo‘riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida joylashgan. Uning maydoni qariyb 27 ming gektarni tashkil qiladi.

Agroturizm.uz loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘riqxonada baliqning 1 turi, amfibiyalarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi, sutemizuvchilarning 30 turi yashaydi. Ulardan qor qoploni, Seversov qo‘yi va qora kalxat xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qor qoploni, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, Seversov qo‘yi, qora grif, qora laylak, soqolli kalxat, burgut, oqboshli kalxat, pakana burgut, lochin va qizilboshli lochin kabi hayvonlar bor.

Davlat ekologiya qo‘mitasi «Qizilqum» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga shoqol tushib qolgani aks etgan tasvirlarini ham namoyish etdi.

«Bu hayvonlar qo‘riqxona hududida ancha keng tarqalgan bo‘lib, Amudaryo sohillari va barcha ichki suv havzalar bo‘yidagi to‘qayzor, qamishzorlar ichida ham yashaydi. Ularni kechqurunlari aholi yashaydigan hududlarga yaqin joylashgan poliz, sholi va boshqa ekin maydonlarida uchratish mumkin», — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qizilqum davlat qo‘riqxonasi Buxoro va Xorazm viloyatlari hududida joylashgan bo‘lib, u Amudaryoning qirg‘oqbo‘yi qismidagi 10,3 ming gektar maydonni o‘z ichiga olgan. Qo‘riqxonada Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz, shoqol, dasht burguti, qumloq va qamishzor mushugi kabi jami 35 ga yaqin sutemizuvchilar turi yashaydi.

  • # ekologiya qo‘mitasi
  • # hayvonlar
  • # qizil kitob
  • # qo‘riqxona

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyon ovlagan 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov telegramdagi kanalida xabar berdi.

O‘tkazilgan tekshiruvga ko‘ra, O‘zbekiston hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye” va “j” bandlari (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozadi bosh prokuror matbuot kotibi.

Avvalroq, mazkur voqea 12 dekabr kuni yuz bergani, kamyob hayvonlarni ovlagan brakonerlar qochib ketgani va ular qidiruvda ekani xabar qilingandi. Shuningdek, holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borayotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Ustyurt tekisligida 11 bosh jayronni ovlagan brakonerlar 4 yil muddatga qamalgandi.

O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?

O‘zbekistonda ov qilayotgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokov.
Foto: Ovchining YouTube sahifasidagi videodan kadr
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.

O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020 yil 8 iyulda qabul qilingan «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.

Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

«Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.
Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14 may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.

Shunday qilib, O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 2021 yil 3 mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring