O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxs qidirilmoqda
Vazirlikning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda holat Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan ko‘lda sodir bo‘lgani va fuqaro E.D. bir bosh saqoqush (pelikan)ni qarmoq yordamida ushlab, nobud qilgani aniqlandi.
Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni ovlagan fuqaroning shaxsi aniqlandi
Vazirlikning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda holat Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan ko‘lda sodir bo‘lgani va fuqaro E.D. bir bosh saqoqush (pelikan)ni qarmoq yordamida ushlab, nobud qilgani aniqlandi.
Mazkur holatda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari buzilgan.
Saqoqush (pelikan) O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tur bo‘lgani sababli huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli prokuratura organlariga taqdim etildi.
Pushti saqoqush O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif, qisqarib borayotgan uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur maqomi bilan kiritilgan. U, shuningdek, TMXI (Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi) Qizil ro‘yxatiga ham kiritilgan.
O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxs qidirilmoqda
26—27-noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagram’da foydalanuvchi “gafurovskiy.95” tomonidan fotosurat e’lon qilindi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.
Fotosuratda yosh yigit o‘ldirilgan tulki va vishildoq oqqushni qo‘lida ushlab turgani, yerda esa uchta kaptar va quyon yotganini ko‘rish mumkin.
“Suratga ko‘ra, barcha hayvonlar va qushlar o‘ldirilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, vishildoq oqqush ham O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga, ham Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan”, — deyiladi xabarda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million so‘mdan oshadi.
“Suratdagi yigitning shaxsini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun barcha mavjud ma’lumotlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosurat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ushbu holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barcha ma’lumotlar qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi aytiladi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent bozorlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan qushlar sotilmoqda
O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan qushlar Toshkent bozorlarida bemalol sotilmoqda. Xususan, poytaxtning Yangiobod va Chorsu bozorlarida noyob qushlar savdosi kuzatilgan. Bu haqda tabiatni himoya qilishga qaratilgan kanalda ma’lumot berib o‘tildi.
«Aksariyat sotuvchilar qushlarni umumiy nom bilan «sayroqi» deb atashadi. Ekologik partiya hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi qush va jonivorlar sotiladigan bozorlarni jiddiy nazoratga olishi, yo‘qolib borayotgan flora va fauna namoyondalarining sotilishiga chek qo‘yishi, sotuvchilarni jazoga tortishi lozim», — deyiladi xabarda.
Ana shunday qushlardan biri qorabosh sa’va O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Qushchaning vazni atigi 20 gramm, qanotlarini yeyganda 23 sm.gacha boradi. Xattoki tutqunlikda ham tinmay sayraydi. Agarda yaxshi boqilsa 15-20 yil yashaydi.
Qorabosh sa’va sayraganda ovoz ohangi 20 marotaba o‘zgaradi. Uning ana shu chiroyli sayrashi qushchalarni ommaviy ravishda tutilib, qora bozorda sotilishiga olib keldi.