Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan Qizil kitobiga kiritilgan ayrim hayvon turlariga ov qilish (tutish) har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

“Qizil kitob” – har birimizning vijdonimizdir. Har qaysi millat ham dunyo oldida o‘zining tabiat boyliklarini asrash ma’suliyatini olgan. Har bir kishini maftunkor tog‘larni qoplab turgan doimiy muzliklar, ulardagi xushbo‘y gullar, dorivor o‘simliklar, hayvon turlari, toza havo, sho‘x sharsharalari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan, albatta, zavq olish kerak, har bir narsaning o‘z qadriga etish, tabiatdagi mo’jazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4300 ga yaqin o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham uchraydi. O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”da o‘simlik va hayvonot turlari, ularning oilasi, ilmiy nomi, botanik tavsifi hamda turlarning tarqalish areallarihaqida qisqacha ma’lumotlar va har bir o‘simlik turlarining ko‘rgazmali tarzda suratlari keltirilgan.

Atrof-muhitni, shu jumladan, o‘simliklar olamini muhofaza qilish muammosi insoniyat uchun hech qachon hozirgidagidek o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan emas. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi – ekologik muvozanatning salbiy tomonga o‘zgarishi natijasida o‘simlik va hayvon turlarining soni kamayib borish xavfi kuchayib bormoqda.

Ma’lumki, Qizil kitobning 1-nashri 1984-yilda chop etilgan bo‘lib, unga 163 tur kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi nashrida (1998-y.) 301 tur kiritilgan, ya’ni turlarning soni qariyb ikki martaga ortgan. 2006-yilgi nashrida muhofazaga olingan o‘simlik turlari soni 305 taga boradi. 2009-yildagi nashrida Amaryllidaceae oilasiga mansub Allium turkumidan 10 ta tur kiritilgan bo‘lsa, yangi nashrida esa ushbu turkumdan 14 ta tur kiritilganligi va ayrim oila vakllarining kamayib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuning bilan birga, Qizil kitobning 2009-yildagi nashri bilan yangi nashridagi o‘simlik vakillari taqqoslab ko‘rilganda, 19 turning areali kengayishi hisobiga Qizil kitob sahifalaridan chiqarilgan bo‘lsa, aksincha 24 turning kamayishi ularning Qizil kitob sahifalarini “yangi turlar bilan boyitganligini” alohida ta’kidlash lozim. Umuman olganda, noyob kamayib borayotgan turlarni saqlab qolishda faqatgina davlat organlari kurashishi emas, balki aholi orasida ham tabiatdan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish lozim.

Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, respublikamizdagi mavjud o‘simlik turlari yil sayin tobora kamayib bormoqda.

O‘zR FA Botanika instituti olimlari tomonidan so‘nggi yilarda olib borilgan ilmiy izlanishlari natijasida O‘zbekiston florasida uchraydigan kamyob turlarni o‘zida jamlagan navbatdagi O‘zR Qizil kitobning yangi soni nashrga tayyorlanmoqda. Bu orqali o‘simlik olamining hozirgi holati bo‘yicha monitoring (kuzatuv) natijalarini keng ommaga yetkazishdan iborat.

Navbatdagi nashrga tayyorlanayotgan Qizil kitobdagi o‘simliklar soni avvalgi chop etilgan nashrlardagi ma’lumotlar bilan solishtirilganda, ayrim oila vakillarining turlari keskin kamayishi natijasida muhofaza ro‘yxatiga tushganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Chuchmomadoshlar oilasidan – Raven piyozi, manzarali piyoz, cho‘l piyozi, yashil gulli piyoz; Yalpizdoshlar oilasidan esa Amudaryo oqto‘shasi, uchpoyali oqto‘sha, Orol flomoidesi, Torondoshlar oilasidan Zokirov qandimi hamda Ziradoshlar oilasidan Elena kovragi kabi o‘simlik vakillari kiritilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Avvalgi ro‘yxatdagi mavjud ayrim turlar tarqalish areallarining so‘nggi yillarda kengayishi va tabiiy ko‘payishi oqibatida esa, aksincha, ushbu turlar (Sigirquyruqdoshlar oilasidan Oloy nataliellasi, Ayiqtovondoshlar oilasidan – yumaloqbarg parpi, tillarang sug‘uro‘t, Oltoy trolliusi, Ra’noguldoshlar oilasidan – Olьga sorbariyasi, Chinniguldoshlar oilasidan – Tojikiston etmagi) Qizil kitob ro‘yxatidan chiqarildi.

Qizil kitobning yana bir muhim tomoni – bu uning sahifalari hech qachon tugallanmasligidir, doimo uning sahafalarini yangi o‘simlik turlari va hayvon zotlari to‘ldirib boradi. AQShning Norzern Universiteti biologlarining xulosalariga ko‘ra, “Qizil kitob”ning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va xulqini doim oshira borish kerak. Bu orqali esa uning sahifalarini kamaytirish hamda o‘simlik va hayvon turlarining muayyan darajada saqlanib qolishiga erishish mumkin.

Nargiza Raximova,

O’zR FA Botanika instituti huzuridagi

akad. F.N. Rusanov nomidagi

Toshkent Botanika bog’i katta ilmiy xodimi.

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin

“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

  • ular o‘sish muhiti bo‘lgan joylarda ularning sonini saqlab qolish va ko‘payishini ta’minlaydigan darajadagi miqdorda hamda tegishli toifa va turdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;
  • ularning tarqalish hududida ularga zararli ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan xo‘jalik va boshqa faoliyat turlarini olib borishni taqiqlash bilan amalga oshiriladi.
  • Fanlar akademiyasining xulosasi va tavsiyalari asosida ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlar belgilash;
  • ularning yashash muhiti, ko‘payish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlash maqsadida xo‘jalik va boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish jarayonida ularga zararli ta’sir ko‘rsatishni taqiqlash;
  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish;
  • tutqunlikda va yarim erkin sharoitlarda ko‘paytirish;
  • ularni muhofazasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
  • ularni saqlash uchun biotexnikaviy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
  • maxsus yaratilgan sharoitlarda ko‘paytirish va keyinchalik tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborish;
  • mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
  • yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish;
  • o‘lja olish maqsadida ov qilish.

O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni o‘lja olish maqsadida ovlash Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakillari ishtirokida faqatgina qari yoshdagi erkak hayvon turiga nisbatan amalga oshiriladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan Qizil kitobiga kiritilgan ayrim hayvon turlariga ov qilish (tutish) har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin.

Avvalroq Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan bo‘rsiq noqonuniy tarzda Toshkentga olib ketilayotgani aniqlangani, Buxorodan Sudoche ko‘liga olib kelingan 17 bosh turkman qulonlari olib kelingani, Qashqadaryoda ayiq o‘ldirilgani haqida xabar berilgan.

O’zbekiston qizil kitobiga necha tur hayvon kiritilgan

Bugungi sanada: 5 ta

Bugungi sanada: 1 ta

Bugungi sanada: 6 ta

BUGUN: 04-Mart, 2023-yil. Shanba

  1. Asosiy
  2. Yangiliklar
  3. Bilasizmi?
  4. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”i

O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”i

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo’lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta”sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O’n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug’ular, g’or arsloni va ayiqlari, o’rta asrlarda Yevropa turi, Stellcr sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo’qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlaming 74 turi yo’qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va ltadan o’simlik turlari yo’qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko’p o’simliklar turlari butunlay yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi.

O’simlik va hayvon turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug’dirmoqda.

1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro’yxat»ni chop etdi, unda batamom yo’qolib kotgan hayvonot turlari ro’yxati keltirilgan.

«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo’qolib ketayotgan o’simlik va hayvonlarning turlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan

O’zbekistonda o’simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo’lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o’simliklar, zamburug’lar va suv o’tlari esa 11000 atrofida. O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va rHikt lurlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.

O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga yetdi.

O’zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.

O’zbekistonning birinchi «Oizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo’lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo’lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo’g’imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.

Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o’simliklar va hayvonlar ro’yxati yildan-yilga aniqroq bo’lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo’lamiz.

O’zbekiston Respublikasi «Qiz.il kitob»ida o’simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo’yicha ro’yxatga olingan va har bir o’simlik ko’rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o’z navbatida noyob va yo’golib borayotgan o’simlik va hayvonot turlari to’g’risida keng omma tomonidan anig tasawurga ega bo’lishlariga yordam beradi.

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, go’rigxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yowoyi o’simliklar bilan savdo-sotiqni lartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo’yadi.

Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.

Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: «0» maqomi borilgan o’simlik turlari yo’golgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir.

«1» magomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir.

Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan.

«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.

«3» maqomidagi o’simlik turlari kamayib borayotgan o’simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o’simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.

Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob va yo’qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o’simlik va hayvon turlari to’g’risidagi ma”lumotlar matnlari o’zgartirishlarsiz kiritildi.

O’zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho’llar, adirlar, o’rmonlar, madaniy landshaftlar) bo’lganligi tufayli o’simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.

Respublikamizda o’simliklar va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 1997-yilning 26-dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «O r simlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish» va «Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foyda!anish» qonunlari qabul qilindi.

Tabiiy xilma-xillikni asrash dastlab uni chuqur bilishdan boshlanadi. Shunday ekan, Respublikamizda uchraydigan va O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan o’simlik va hayvon turlari to’g’risidagi ma”lumotlar ko’pchilik tabiatni sevuvchi yurtdoshlarimizni albatta, qiziqtirishi, shubhasiz.

Baxtiyor AMONOV,

biologiya fanlari nomzodi

Akmal SHOHIMARDONOV,

Kitob tumanidagi 71-maktabning

biologiya fan o’qituvchisi