Taxtako‘pirda “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronlar vahshiylarcha otib o‘ldirildi
20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Kitay-kozgan” kollektori hududida tezkor reyd tadbirlarini o‘tkazdi. Unda fuqarolar Salamot Iskandarov, Turiniyoz Nurabullayev, Sidulla Arzimbetov Miyrbekovich, Qadirboy Izimuratov, Atamurat Berdiyarov, Salamot Iskandarov boshqaruvida bo‘lgan “UAZ-469” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, “Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi turdagi 20 bosh jayron ov quroli orqali otib, olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar beradi.
O’zbekiston respublikasi qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar
12 dekabr kuni Qoraqalpog‘istondagi «Tasbergen» kran atrofida noma’lum shaxslar «Qizil» kitobga qiritilgan jayron va yovvoyi quyonlarni ovlagan. Bu Ekologiya qo‘mitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtako‘pir tumanida o‘tkazgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tahminan soat 14:00 larda Taxtako‘pir tumani «Qoniratkol» OFY cho‘l zonasining «Tasbergen» kran atrofida noma’lum shaxslar «Uaz 469» rusumli rangi kulrang avtomashina bilan turgan.
Reyd tadbiri o‘tkazayotgan inspektorlar ularni ko‘rib qolgan. Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini sezib, voqea joyidan yashiringan. Xodimlar 5 km masofagacha ularning izidan borgan. No’malum shaxslar davlat inspektorlaridan yashirinishga erishgan.
Cho‘l zonadagi ular turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan no’malum shaxslarga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar topilgan. Bundan tashqari, «Qizil» kitobga qiritilgan 14 dona jayron va 5 dona yovvoyi quyon tashlab ketilgani aniqlangan.
Davlat inspektorlari holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzib, voqea joyini video tasvirga olgan.
Holat haqida Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilingan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida voqea joyidan qochib ketgan no’malum shaxslar Qorao‘zak tumanida yashovchi M.M va U.X hamda Taxtako‘pir tumanida yashovchi B.A, N.Q. lar ekanligi aniqlangan.
Fuqarolar M.M va U.X hamda B.A, N.Q. lar Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablarini buzgan deb topilgan. Buning natijasida O‘zbekiston hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazgan.
Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «ye», «j» bandlari (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
«Газета.uz» 697
- # ovchilik
- # prokuratura
- # qizil kitob
- # qoraqalpog‘iston
Taxtako‘pirda “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronlar vahshiylarcha otib o‘ldirildi
20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Kitay-kozgan” kollektori hududida tezkor reyd tadbirlarini o‘tkazdi. Unda fuqarolar Salamot Iskandarov, Turiniyoz Nurabullayev, Sidulla Arzimbetov Miyrbekovich, Qadirboy Izimuratov, Atamurat Berdiyarov, Salamot Iskandarov boshqaruvida bo‘lgan “UAZ-469” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, “Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi turdagi 20 bosh jayron ov quroli orqali otib, olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar beradi.
“Mamlakatimiz faunasini oqquyruq, jayronsiz tasavvur qilish mushkul. O‘zbekistonda noyob jonivorlar – sayg‘oqlar va jayronlar saqlanib qolgan dunyoning atigi besh mamlakatidan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Sahro kengliklarida yashashga moslashgan bu jonivor tabiat injiqliklaridan emas, balki odamzodning hakalak otgan nafsi tufayli qirilib ketayotgani achinarli holdir. Sho‘rlik jonivor nafaqat go‘shti, eng avvalo qimmatbaho shoxlari uchun brakonerlarning o‘ljasiga aylanmoqda.
Jayron shoxlari Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tabobatida keng qo‘llanilayotgani bois mo‘may daromad vositasiga aylanib ulgurgan. Jayron xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lib, uni yurtimizda ovlash qat’iyan taqiqlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob yovvoyi jayronlarning nobud qilinishi oqibatida Hayvonot dunyosiga jami 258 360 000 (ikki yuz ellik sakkiz million uch yuz oltmish ming) so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.
O‘zbekistonda ov qilayotgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokov. Foto: Ovchining Youtube sahifasidagi videodan kadr
O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.
Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.
Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14-may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.
Shunday qilib, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 2021-yil 3-mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan.