O’zbekiston tarixi 1 kitob
Tuzilgan yili: 1943-yil (1943–1960-yillar “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari tarixi”, 1960–1993-yillarda “Yangi tarix” bo‘limi deb atalgan. Mazkur bo‘lim 1993–1998-yillarda ilmiy loyihalar asosida faoliyat olib borgan. 1998–2010-yillarda “O‘zbekistonning sovet va mustaqillik yillari tarixi”, 2010–2020-yillarda “O‘zbekistonning XIX–XX boshlari davri tarixi” va “O‘zbekistonning sovet davri tarixi” deb atalgan).
«O’zbekiston tarixidan universal qo`llanma»
O‘zbekiston tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanmada eng qadimgi davrlardan to shu vaqtgacha yurtimiz tarixida yuz bergan asosiy voqyealar qamrab olingan. Kitobda o‘quvchiga qulaylik yaratish maqsadida muhim sanalar, joy va shaxs nomlari, e’tiborga molik nuqtalar ajratib ko‘rsatilgan, bayon tilining sodda va tushunarli bo‘lishiga ahamiyat berilgan.
Bu qo‘llanma, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorlanayotgan o‘quvchilar va abituriyentlar, shuningdek, tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun qulay manba bo‘ladi. Zero, u yangi ma’lumotlar bilan ham boyitilgan.
Tuzuvchilar: Dilshodbek O‘roqov, Abdulla Sharopov
Nomi: «O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma»
Nashriyot: «Akademnashr» Nashriyot-matbaasi
Sana: 2015 yil
Hajmi: 656 bet
ISBN: 978-9943-985-69-8
O‘lchami: 60×84 1/16
Muqovasi: Yumshoq
O’zbekiston tarixi 1 kitob
Tuzilgan yili: 1943-yil (1943–1960-yillar “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari tarixi”, 1960–1993-yillarda “Yangi tarix” bo‘limi deb atalgan. Mazkur bo‘lim 1993–1998-yillarda ilmiy loyihalar asosida faoliyat olib borgan. 1998–2010-yillarda “O‘zbekistonning sovet va mustaqillik yillari tarixi”, 2010–2020-yillarda “O‘zbekistonning XIX–XX boshlari davri tarixi” va “O‘zbekistonning sovet davri tarixi” deb atalgan).
Bo‘lim boshlig‘i: tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mashhura Darmonova (bo‘limni 1943–1965-yillarda Ye. Bunakov va R. Musinalar, 1965–1993-yillarda professor Hamid Ziyoyev, 1994–1995-yillarda t.f.d. Haydarbek Bobobekov, 1995–1997-yillarda t.f.d. Shodmon Vohidov, 1998–2020-yillarda professor Dono Ziyoyeva, 2020-yil iyuldan – 2021-yil martgacha t.f.d. Muhayyo Isoqova boshqarganlar.
Izlanishlar doirasi: O‘zbekistonning 1860–1991-yillar davri tarixini qamrab olgan, mustamlakachilik tuzumi va uning oqibatlari, ma’muriy-hududiy va siyosiy boshqaruv tizimi, iqtisodiy qaramlik oqibatlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotda ro‘y bergan ziddiyatli jarayonlar, xalqning boshidan kechirgan musibatlari hamda mustaqillik uchun kurashlari, mustabid hukumatning qatag‘onchilik siyosati, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarining o‘zbek xalqining hayotiga ta’siri hamda oqibatlari, XX asrning taniqli namoyondalari – siyosiy arboblar, olimlar, tarixiy shaxslar, allomalar va ma’rifatparvarlar faoliyatini ilmiy asosda o‘rganadi.
Xalqaro hamkorlik: bo‘limda chet el ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar bilan doimiy ilmiy hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2003-yil SOROS fondining “CASSA” dasturi doirasida oliy o‘quv yurtlari uchun “Buxoro va Xiva Rossiya protektorati ostida” mavzusida maxsus kurs yaratish va chop etish uchun yakka tartibdagi granti, AQSh Davlat Departamentining “Qiyosiy dinshunoslik” nomli xalqaro granti (2005–2007), UNESCO ning “Markaziy Osiyo va Qozog‘iston tarixi” (“History of Central Asia and Kazahstan”) nomli xalqaro granti (2006) ishtirok etilgan. 2010–2013-yillar Martin Lyuter universiteti huzuridagi Sharqshunoslik instituti (Germaniya) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi hamkorligida xalqaro ilmiy loyihasida faoliyat olib borilgan. Shuningdek, 2006-yil dekabrida Moskva davlat universiteti, 2009-yil aprelida Koreya Milliy arxivida, 2012-yil aprelida Germaniyaning Martin Lyuter universitetining Sharqshunoslik instituti hamda Pasau universitetida, 2013-yil sentyabrida Avstriyaning Eronshunoslik institutida xalqaro ilmiy seminar va yozgi maktablarda ma’ruzalar o‘qilgan.
Bo’lim xodimlari Yevropa ittifoqining “Erasmus Plus International Dimension” loyihasida Belgiyaning Luven katolik universiteti “Antropologiyani rivojlantirish laboratoriyasi”, Avstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti, Gerda Henkel fondining loyihasi doirasida Indiana universiteti, Gumbold universitetlarida stajirovka o‘tashgan.
Bo‘lim tarkibi:
- Bo‘lim boshlig‘i – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘lqin Ahmedov
- Bosh ilmiy xodim – tarix fanlari doktori, Muhayyo Sirojiddinovna Isoqova
- Yetakchi ilmiy xodim – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ikrom Shodibayevich Azizov
- Yetakchi ilmiy xodim – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qahramon Karimjonovich Yoqubov
- Yetakchi ilmiy xodim – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Feruz Sayfulloyevich Boboyev
- Katta ilmiy xodim – tarix fanlari nomzodi Anoroy Zayniddinovna Tog‘ayeva
- Katta ilmiy xodim – Vohid Yusupovich Xolov
- Kichik ilmiy xodim – Abduvali Abdumutalibovich Yo‘ldoshev
TO‘LQIN OLIMJONOVICH AXMEDOV
“Yangi tarix” bo‘limi TARIX FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD)
E-mail: tolkinahmedov2015@gmail.com
1983-yil 23-avgustda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
2005-yilda Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetining bakalavr, 2017-yilda magistratura bosqichini tugatgan.
2017-2021-yillarda Samarqand davlat universiteti “Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti.
2021-yildan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (dissertasiya mavzusi: Zarafshon muzofoti boshlig‘i mahkamasi ish yuritish hujjatlari tarixiy manba sifatida).
2022-yildan FA Tarix instituti “Eng yangi davr tarixi” bo‘limi katta ilmiy xodimi.
Asarlari
- Эргашев Б.Э., Ахмедов Т.О. Ҳинд фуқароларининг Туркистондаги ҳаёти ва турмуш тарзи (Туркистон генерал-губернаторлиги маҳкамаси ҳужжатлари асосида) // Ўзбекистон археологияси журнали. – Самарқанд, 2017. № 2 (15). – Б. 55-60.
- Ахмедов Т.О. Самарқанд тарихини ёритишда архив манбаларининг тавсифи (Зарафшон округи бошлиғи маҳкамаси материаллари бўйича) // Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. – Самарқанд, 2018. 4-сон (110). – Б. 9-12.
- Ахмедов Т.О. Ҳужжатларда Зарафшон музофоти бошлиғи маҳкамасининг тузилиши ва вазифалари // Ўтмишга назар журнали. – Тошкент, 2019. – № 5. – Б. 33-44.
- Ахмедов Т.О. Зарафшон музофоти аҳолиси сонига доир тарихий-манбавий таҳлил // Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. – Самарқанд, 2019. 4-сон (116) – Б. 4-8.
- Ахмедов Т.О. “Зарафшон музофотини бошқариш бўйича муваққат қоидалар”нинг тарихий тадқиқотларда ўрганилишига доир // Ўтмишга назар журнали. – Тошкент, 2020. Махсус сон, 1-қисм. – Б. 110-116.
- Ахмедов Т.О. Зарафшон музофоти бошлиғи маҳкамаси фаолияти бўйича тафтиш материаллари таҳлили // Ўзбекистон Миллий университети хабарлари. – Тошкент, 2020. № 1/5. – Б. 10-14.
- Akhmedov T.O. Foundation properties of Zarafshan district: historical and source analysis of the procedure documents // The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. – Las Vegas, USA, 2020. Volume 2 Issue 8. – P. 72-77.
- Akhmedov T.O. Historical-source analysis of procedure documents for the opening of the first Russian-Native school in Turkestan // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – Kurukshetra, India. Vol.10, Issue 9, Sept 2020. – P. 161-167.
- Ахмедов Т.О. Зарафшон музофоти бошлиғи маҳкамаси иш юритиш ҳужжатлари вақф мулклари бўйича муҳим тарихий манба сифатида // Имом Бухорий сабоқлари. – Самарқанд, 2020. – № 4. – Б. 32-34.
- Akhmedov T.O. Historical-source analysis of the number of Russian troops participating in the Samarkand march // «Актуальные вопросы науки и образования XXI века: результаты фундаментальных, прикладных и поисковых исследований» сборник статей международной научно-практической конференции, 30 октября 2019 г. Прага, Чехия. – C. 66-70.
Bosh ilmiy xodim
DONO HAMIDOVNA ZIYAYEVA
Yangi davr tarixi bo`limi tarix fanlari doktori, professor
1961-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat Pedagogika institutini tamomlagan.
1998-2020-yillarda bo‘lim mudiri.
2000-2005-yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
2020-yil 1-iyuldan bosh ilmiy xodim.
Mutaxassisligi: O‘zbekistonning XIX-XX asrlar tarixi, tarixshunosligi va manbashunosligi bo‘yicha mutaxassis.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari:
O‘zbekistonning mustamlaka davr tarixi, O‘zbekiston hududida tadbirkorlik tarixi, harbiy ish tarixi, shahar madaniyatining shakllanish va rivojlanish tarixi, intellektual meros tarixi, milliy ozodlik harakatlari tarixi, xorijiy va maxalliy tarixshunoslik, arxiv manbashunosligi, ta’lim tizimi, Buxoro va Xiva xonliklarining ma’muriy siyosiy boshqaruv tizimi kabi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib bormoqda.
Shu yo‘nalishlarda 200 dan ortiq maqola, 4 ta monografiya chop etgan, 20 dan ortiq kolletiv monografiyalarda ma’sul muharrir va hammuallif.
Xalqaro aloqalar doirasida AQSH Vashington universitetida (2006), XXR ning Shanxay pedagogika universitetida (2017), Koreysshunoslik Akademiyasida (2007) ma’ruzalar o‘qigan.
30 dan ortiq ilmiy maqolalari Angliya, AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Ukrainadagi ilmiy jurnallarda, elektron saytlarda, xalqaro anjuman materiallarida hamda Scopus bazasidagi jurnallarda chop etilgan.
2018 yilda D. Ziyaevaga O‘zbekiston va Xitoy savdo aloqalari tarixiga oid turkum ma’ruzalari uchun Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Shanxay Pedagogika Universitetining (Shanghai Normal University) faxriy professori unvoni berilgan.
Ilmiy maktabi.
“O‘zbekistonning XIX-XX asrlar tarixi”, “Xorijiy tarixshunoslik”, “Arxiv manbashunosligi” yo‘nalishlarida D. Ziyaeva ilmiy rahbarligida 30 ta fan nomzodlari va doktorlari tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qildi. Ular orasida respublika Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Turkiya fuqarolari ham bor.
Ilmiy jurnallar. “O‘zbekiston tarixi”, “Infolib”, “O‘tmishga nazar” (xalqaro, elektron) jurnallari tahririyatining a’zosi, hamda Indoneziyada chop etiladigan “International Journal on Integrated Education” nomli xalqaro jurnalning bosh muharriri.
Asarlari
1. Ziyaeva Dono. Problems of Reforms of Education in Turkestan// International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020. Vol. 24, Issue 09, 2020. Pages: 2350-2362.
2. Ziyaeva D.Kh. History of Bukhara in the creative heritage of Abdurauf Fitrat // International Journal on Integrated Education. Nov. 2020, P. 125-128. DOI:https://doi.org/10.31149/ijie.v3i11.846.
3. Зияева Д.Х. Традиционные и новые направления научных исследований в сфере естественных наук в Средней Азии на рубеже XIX–ХХ вв. // Политические, социально-экономические и межэтнические процессы в пограничных регионах России в XVI – начале XX в. . Уфа, 2020 г. С.13-17.
5. Ziyayeva D.Kh. Main arias of researches in the field of natural sciences in the XIXth – Early XXth Centuries // Multi disciplinary scientific journal “Archivarius” collection of scientific publications. Kiev 2019. P.24-32.
6. Ziyayeva D.Kh. The Sources on the History of Intellectual Heritage in Uzbekistan. Halaqa: Islamic Education Journal 2(1), June 2018. P.117-123.
7. Зияева Д.Х. Советская политика “Национализации” и “Раскулачивания” в Узбекистане. 100 yilinda sovyet ihtilali ve Türk dünyasi. ANQARA. 2018, С.189-197.
8. Ziyaeva D. Sources of Intellectual Heriatage of Uzbekistan in 19 th – 20 th . Цивилизации великого шелкового пути из прошлого в будущее: перспективы естественных, общественных, гуманитарных наук. 2018. P. 386-393.
9. Зияева Д.Х. Советская политика ликвидации частной собственности, капитала и предпринимательства. https://ia-centr.ru/experts/iats-mgu.2017
10. Зияева Д. Роль городов и трансформация в торговых связах Узбекистана с Китаем (2-половина 19 – начало 20 веков). 1400 th anniversary of Tang’s capital Chang’an (Belt and Road Initiative). Xi’an (CHINE) 2018. P. 212-215.