Ushbu kitobga o xshash asarlar
Savol va topshiriqlar 1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi nima bilan belgi¬lanadi?
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат…
0.3 M марта кўрилди
Инглиз тили фанидан дарслик ва ўқув қўлланмалар (Prepare)
Ушбу саҳифада инглиз тили фанидан 7-11 синф ўқувчилари учун дарслик ва ўқув қўлланмаларни юклаб олишингиз мумкин.
5.5 K марта кўрилди
Инглиз тили фанидан дарслик ва ўқув қўлланмалар (Guess What!)
Ушбу саҳифада инглиз тили фанидан 1-6 синф ўқувчилари учун дарслик ва ўқув қўлланмаларни юклаб олишингиз мумкин.
3.0 K марта кўрилди
7-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.7 M марта кўрилди
Рус тили фанидан машқ дафтари (2-11 синф)
Машқ дафтарчаси “Рус тили” дарслиги материаллари асосида таълим ўзбек ва бошқа тилларда олиб бориладиган мактаблар учун рус тилини чет тили сифатидаги тақвим-мавзу режалар ва иш дастурига мувофиқ ишлаб чиқилган.
7.4 K марта кўрилди
6 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.4 M марта кўрилди
Рус тили фанидан методик қўлланма (2-11 синф)
Ушбу саҳифада таълим ўзбек ва бошқа тилларда олиб бориладиган умумий ўрта таълим мактаблари учун “Рус тили чет тили сифатида” (2-синфдан 11-синфгача) дарслиги бўйича услубий қўлланмаларни юклаб олишингиз мумкин.
8.9 K марта кўрилди
5 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.5 M марта кўрилди
3 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.2 M марта кўрилди
4-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.2 M марта кўрилди
Мактаб ўқувчиларига ижарага берилган дарсликлар йўқолса қанча жарима тўланади?
Ўқув йили якунида кўпчилик ўқувчилар ижарага берилган дарсликларни йўқотиб қўйишгани маълум бўлади. Ота-оналарни ва айниқса синф раҳбарларини қизиқтирган саволга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.
21.5 K марта кўрилди
8 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.3 M марта кўрилди
Тарбия фанидан 1-11 синф ўқувчилари учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ушбу саҳифада тарбия фанидан чоп этилган янги дарслик ва ўқув қўлланмаларнинг электрон вариантини юклаб олишингиз мумкин.
53.7 K марта кўрилди
9 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
0.3 M марта кўрилди
2-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат…
0.2 M марта кўрилди
11-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
O’zbekiston tarixi darsliklar
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
O‘zbekiston tarixi
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o’tgan bir necha ming yillik tarixi oliy o’quv yurtlari uchun tavsiya etilgan «O’zbekiston tarixi» o’quv dasturi talablari doirasida yoritilgan.
Mazkur darslik oliy o’quv yurtlarining barcha bakalavr yo’naüshlarida tahsil olayotgan (tarix yo’nalishidan tashqari) talabalar uchun «Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo’yicha Respublika ekspert guruhi»ning 14.11.2006-yildagi 1451/1-2-538-sonli xulosasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish» bo’yicha Hukumat komissiyasi majlisining 2006-yil 27-yanvardagi majlis bayoni hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazining 2015-yil 2-oktabrdagi 226-sonli xulosasiga ko’ra nashr etilgan.
O`zbekiston tarixi darsligi
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari inti¬layotgani uning yangi Ittifoq shart¬nomasini ishlab chiqish jara-yoniga res¬¬pub¬lika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve¬ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor¬xona¬lariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil 20- sen¬tabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple¬numida so‘zlagan nutqida res¬publikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifa¬larini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah¬kamlash tarafdorimiz“, — degan edi. Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ular¬ga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi. 1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiq¬bo‘yi respub¬likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakil¬lari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, marka¬ziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saq¬lash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yan¬gi-lalash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. 1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga „Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Fede¬ratsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“ degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foi¬zi bu savolga „Ha“ deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mita¬sining 1991- yil 12- martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: „ Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi“, — degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi. 1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbe¬kiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchra¬shuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Тojikiston, Тurkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘l¬maydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu hujjat „9+1“ (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 1991- yil 3- iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan res¬publikalar o‘rtasida vako¬latlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-muloha¬zalari asosan inobatga olingan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991- yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 1991- yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma“ni imzolash 1991- yil 20- avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir „imkoniyat“ vujudga kelgan edi. Moskvada markaziy hokimiyatni saq¬lab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991- yil 18- avgust kuni tayyorlangan va 19- avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rahbariyatining Bayonoti“da M. S.¬ Gorbachyov¬¬ning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezi¬denti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G. I. Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M. S. Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vosi¬talarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomo¬nidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda sobiq Ittifoqda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi: O. D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V. S. Pavlov — SSSR Bosh vaziri, B. K. Pugo —SSSR ichki ishlar vaziri, V. A. Starodubsev — SSSR deh¬qonlar uyushmasi raisi, I. Тizyakov — SSSR sanoat, quri¬lish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushma¬sining Prezidenti, D. Т. Yazov — SSSR mudofaa vaziri, G. I. Yana¬yev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMТ Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991- yil 19- avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Тoshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uch¬ra¬shuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 1991- yil 20- avgust kuni Тoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Тoshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu
maqsad¬larga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tut¬maymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, — deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21- avgust soni.
1991- yil 21- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muas¬sasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR da favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991- yil 19—21- avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I. A. Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommu¬nistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvat¬lashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I. A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyo¬siy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Тurkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991- yil 26- avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991- yil 28-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati „Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991- yil 31- avgust kuni chaqirish haqida qaror“ qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi. 1991- yil 28- avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I. A. Karimovning mamlakatda 19—21- avgust kunlari sodir bo‘lgan voqealar va respublika partiya tashki¬lotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991- yil 31- avgust kuni O‘zbe¬kiston Res¬publikasi Oliy Kenga¬shining nav¬bat¬dan tashqari oltin¬chi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘z¬lab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taq¬diriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘ri¬sidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ qabul qilindi.
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’u¬liyatni anglab, — shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rta¬sidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlay¬digan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, — Mustaqillik deklarat¬si¬yasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotidan.
O‘zbekiston Respublikasi, — deb ta’kidlanadi Bayonotda, — to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi.
1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan.
Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: „ O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir“, — deb qonunlashtirib qo‘yildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi. Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Res¬publikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbe¬kiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991- yil 30- sentabr kuni „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Res¬publikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari „O‘zbe¬kiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sida“gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬ga¬shining 1991- yil noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi ma¬salasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mus¬ta¬qilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish bel¬gilandi.
„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?“
Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7 ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991- yil 29- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referen¬dumda 9 898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizireferendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston Res¬publikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi „O‘zbekiston Respublikasi refe¬rendumi to‘g‘risida“gi Qonunning 26- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umum¬xalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi.
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mam¬lakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining ha¬yotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ular¬ning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 1991- yil 31- avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Res¬publikasini suveren davlat sifatida Тurkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Qadrli janob Prezident, mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni va sobiq sovet Ittifoqi respublikalarini birlashtirib turgan Ittifoqning tugaganligini hisobga olib, Qo‘shma Shtatlar hukumati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida taniganligini Sizga xabar qilishdan mamnunman.
AQSH Prezidenti Jorj Bushning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga yo‘llagan shaxsiy maktubidan.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan ittifoqdosh respublikalar SSSR tarkibidan chiqa boshladilar? 2. SSSR o‘rniga qanday ittifoq tuzish masalasi ko‘tarildi, u qanday prinsipda tuzilishi kerak edi? 3. Referendumning ma’nosini bilasizmi? 4. „9+1“ deb nom olgan hujjat qachon imzolangan, uning mazmuni nima? 5. Qanday kuchlar, nima maqsadda Moskvada fitna uyushtirdilar? 6. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1991- yil 20- avgustdagi Bayonotida nimalar deyilgan edi?
7. 1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining qanday farmoni e’lon qilindi?
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 31- avgustda bo‘lgan sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi? 9. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti haqida so‘zlab bering.
10. Oliy Kengashning O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorining mazmunini bilasizmi? 11. „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risi¬da“gi Konstitutsiyaviy qonunni kutubxonadan toping va dafta¬ringizga yozib oling. 12. Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi? 13. O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy aha¬miyati nimalardan iborat?
2- §. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va davlat ramzlarining qabul qilinishi
Dunyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir mamlakat o‘zi¬ning Konstitutsiyasi, davlat ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oliy Kengash Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, ma’naviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mus- taqil demokratik huquqiy dav¬lat¬-ning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitut¬siyaning mav¬¬¬jud¬ligidir. Mustaqillik qo‘lga kiri¬tilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiya¬lar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qi¬lishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi¬ning xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. „Mustaqillik deklaratsiyasi“ qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20- iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulo¬sa¬ga kelingan edi. Sessiya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tay¬yorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpo¬g‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo‘lgan yig‘ilishida komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991- yil 31- avgustda O‘zbekiston Davlat mus¬taqilligining e’lon qilinishi va „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Kons¬ti¬tutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, de¬mokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuq¬lar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Тemur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Kons¬titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayo-nida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. „Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, — degan edi Prezident I. A. Karimov sessiyada so‘z¬lagan nutqida, — yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Тashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Тurkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi“. (I. A. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qa¬bul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8- dekabr umumxalq bayrami — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- dekabr dam olish kuni hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarordan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik deklaratsiyasi“, „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbe¬kistonning mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, respublikaning „suveren“ ligi haqida quruq so‘zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning xo¬hish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘p¬langan eng ilg‘or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. O‘zbekiston Konstitutsiyasi¬ning birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1—6- moddalarda O‘zbekiston — suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning „O‘zbekiston Respublikasi“ va „O‘zbekiston“ degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7—14- moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan. Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat — Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat — Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati — Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, viloyatlar, Тoshkent shahar, tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76—88- moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88—98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonun-lash¬tirilgan. Тo‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so¬diq¬likdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqate’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida „O‘zbe¬kiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konsti¬tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan. Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburi¬yatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlari¬ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga va uning organlariga, siyosiy par¬-ti¬ya¬¬lar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluv¬chi Konstitutsiyaviy normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining tuzi¬lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan. Sakkizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17- moddasida: „O‘zbekis¬ton Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegara¬larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va ¬do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ular-dan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. Тo‘qqizinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tari¬xiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99—104- moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105- moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan. O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil — odil sudlov, sudyalar¬ning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘y¬sunadi. Konstitutsiyaning 106—116- moddalarida O‘zbe¬kistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana olmasligi, siyosiy partiyalar va hara¬katlarning a’zosi bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konsti¬tu¬¬-tsiya¬ni qabul qilish — jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Qabul qilingan Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar.
Islom Karimov. Asarlar, 1- jild, 128- bet.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlaka¬timiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qo¬nunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, ko¬dekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘¬yob¬¬ga chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy, alo-qalar o‘rnatildi. 2003- yil 24—25- aprel kun¬la¬ri bo‘lib o‘tgan Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respub¬likasi Oliy Majlisining o‘n birin-chi sessiya¬sida „O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiya¬siga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o‘zga¬r¬tishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimizning maz¬mun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76—88- moddalarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi (bu haqda II bobning 7-§ ida tanishasiz). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97- moddalarga ham o‘z¬gar¬tishlar kiritildi. 89- moddaning „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisob¬lanadi“ deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi (bu haqda II bobning 8- § ida tanishasiz). 2007- yil 11- aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga binoan Konstitutsiyaning ayrim moddalariga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Konstitutsiyaning 89-modda-sidan Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekani to‘g‘ri¬sidagi norma chiqarib tashlandi. 89- moddada „O‘zbekiston Res¬publikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishni va ham¬korligini ta’minlaydi“, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaning 93- moddasi 15- bandi va 102-moddasi ikkinchi qismi „O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozi¬midan ozod etadi“, deb o‘zgartirildi. Muxtasar aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ra¬vishda qayta taqsimlandi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’¬u¬liyatini kuchayishiga, jamiyat siyosiy hayotining faol¬lashu¬viga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. „O‘zbekiston Respublikasi Dav¬lat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qo¬nun 1991- yil 18- noya¬br¬d¬a O‘z¬-bekis¬ton Respublikasi Oliy Kenga¬shining VIII sessiya¬sida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli salta¬natlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimiz¬ning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Тemur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘i¬mizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo‘llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang — serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy — O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i — bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Nyu-York shah¬rida joylashgan Birlashgan Millatlar Тashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiya¬sini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delega¬tsiyalarini O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi. O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan. O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘ta-rilishi, bir tomondan, davla¬timiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkin¬chi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur ba¬g‘ishlaydi. „O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qonun 1992- yil 2- iyulda O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerbning markazida tasvirlangan — qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi — baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qu¬shini barcha tirik mavjudotlar ichida eng sa¬xo¬¬¬vatlisi deb ta’riflagan. Gerbning yuqori qismida res¬publikamizning sobit va bar¬qaror¬ligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni ang¬latadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri — davlati¬miz¬ning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sha¬roitini ham ko‘rsatib turadi. Boshoqlar — rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari — serquyosh yurtimiz¬ning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ram¬zidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining Davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi — bu res¬publikada yashayotgan xalqlar yakdilligi¬ning timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rang¬da; tog‘lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayot¬¬da keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va dip¬lo¬ma¬tik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviritushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga mo¬lik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valutamiz — so‘mda ham Davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.
„O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida“ gi Qonun 1992- yil 10- dekabrda O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Abdulla Oripov so‘zi Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon, Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Mustaqil, erkin davlatning aso¬siy bel¬gisi, asl poydevori — mil¬liy valu¬tadir. O‘z valutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosa¬tini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masa¬lalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsa¬tadiki, davlatlar o‘z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan. O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillik¬ning dastlabki payti 1991—1993- yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993- yil may oyi boshlarida 800—900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 1993- yil 26- iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbe¬kis¬ton va Qozog‘istonni 1993- yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi. Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961—1992- yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993- yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. Тo‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy bankiga hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valuta kiri¬tish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og‘a“ ning o‘yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992- yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m-kupon nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi. Nihoyat, 1993- yil 1 noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtiril¬gan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish ta’minlandi. So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Тoshkent bozorlarida bir kg go‘sht 25 ming so‘m-kupongacha ko‘tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 1994- yil 16- iyundagi „O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“ gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yil 1- iyuldan boshlab milliy valuta — so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. Milliy valuta — so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.
„Milliy valuta — milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir“.
Islom Karimov. Asarlar. 3- jild, 331- bet.
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayoti¬da muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. 2003- yil 15- oktabrdan boshlab, so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valuta maqomiga ko‘tarildi.
O‘quvchilar uchun ma’lumotlar. Davlat mukofotlari
1993- yil 7- mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden — birinchi va ikkinchi darajali „Sog‘¬lom avlod uchun“ ordeni ta’sis etildi. 1994- yil 5- mayda quyidagilar ta’sis etildi: — „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali. — „Mustaqillik“ ordeni. — „Do‘stlik“ ordeni. — „Jasorat“ medali. — „Shuhrat“ medali.
1995- yil 30- avgustda quyidagilar ta’sis etildi:
— „Mehnat shuhrati“ ordeni. — Birinchi va ikkinchi darajali „ Shon-sharaf “ ordeni. 1996- yil 26- aprelda: — „Amir Тemur“ ordeni. 1996- yil 29- avgustda: — „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni. 1998- yil 28- avgustda: — „El-yurt hurmati“ ordeni. 2000- yil 30- avgustda: — „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni. 1996- yil 26- aprelda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari ta’sis etilgan: „O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi“. „O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi“. „ O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ (2000- yil). „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi“. „ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro avia¬tsiyasi xodimi“ (1996- yil 27- dekabrda ta’sis etilgan). „O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy, savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“. „ O‘zbekiston iftixori“ (1998- yil 25- avgustda ta’sis etilgan).
O‘zbekiston Respublikasining 1992- yil 2- iyunda qabul qilingan „Bayram kunlari haqida“ gi Qonuniga va 1995- yil 21- de¬kabr¬da qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi-ning 137- moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram — dam olish kunlari deb belgilandi: 1- yanvar — Yangi yil. 8- mart — Xotin-qizlar kuni. 21- mart — Navro‘z bayrami. 9- may — Xotira va qadrlash kuni. 1- sentabr — Mustaqillik kuni. 1- oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni. 8- dekabr — Konstitutsiya kuni. Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) — diniy bayramning birinchi kuni. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) — diniy bayramning birinchi kuni.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish, qabul qilish jarayonini tushuntirib bering. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi? 3. Davlat ramzlari deganda nimalarni tushunasiz? 4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tasvirlab bering, u qanday hollarda ko‘tariladi? 5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan qanday paytlarda foydalaniladi? 6. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini yoddan bilasizmi? 7. Milliy valuta nima? Uni muomalaga kiritish zarurati-chi? 8. O‘zbekiston Respub likasida milliy valutani muomalaga kiritish jarayo¬ni qanday bo‘ldi? 9. O‘zbekiston Respublikasida qanday davlat mukofotlari mavjud?
10. O‘zbekistonning faxriy unvonlarini bilasizmi?
3- §. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi o‘zi¬ning milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hudu¬diy tuzilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo minta¬qasining o‘rtasida, Amu¬daryo bilan Sirdaryoning oralig‘ida joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda Тuron past¬tekisligining, janubi-sharqda Тyanshan va Olay tog‘larining va ja¬nubi-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming km2 ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km ga, janubdan shi¬mol¬gacha 930 km ga cho‘zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham, hozir hamsharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan ko‘p xalqlar va mamlakatlar orasidagi alo-qalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod¬dalarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal¬pog‘iston Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qi¬lish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgi¬lab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Res¬publikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Тoshkent shahridir. Yuqoridagi 4- chizma O‘zbekiston Respub¬li¬ka¬si¬¬¬ning ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasi) 1990- yil 14- dekabrda suveren respublika deb e’lon qilingan. 1991- yil 31- avgustda bu holat „O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“gi Qonunda o‘z aksini topgan. Uning maydoni 166,6 ming km2 ga teng bo‘lib, 1569,9 ming kishi yashaydi. Qoraqal¬pog‘iston Res¬publikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amu¬daryo, Beruniy, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Тaxtako‘pir, Тo‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston, Mang‘it, Mo‘ynoq, Тaxiatosh, Тo‘rtko‘l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) va 17 ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahri bo‘lib, unda 236700 kishi yashaydi. Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 4,2 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 2342,71 ming kishi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘on¬tepa, Paxtaobod), 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxun¬boboyev, Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shah¬rixon, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa) va 5 ta shahar¬cha mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir. Buxoro viloyati — (1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 1507,6 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, G‘ijduvon, G‘alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor) va 3 ta shaharcha bor. Viloyatning markazi Buxoro shahridir. Jizzax viloyati — (1973- yil 28- dekabrda tashkil etilgan) maydoni 21,2 ming km2 ni tashkil etadi, viloyatda 1043,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G‘alla¬orol), 7 ta shahar (Dashtobod, Do‘stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G‘allaorol) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir. Navoiy viloyati — (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklan¬di) maydoni 111,0 ming km2 ga teng bo‘lib, 810,2 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navbahor, Karmana, Nurota, Тomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qizil¬tepa) va 7 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uch¬quduq, Karmana, Qiziltepa) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir. Namangan viloyati — (1941- yil 11- martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tiklangan) maydoni 7,4 ming km2 bo‘lib, 2073,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) va 12 ta shaharcha mavjud. Vilo¬yat markazi Namangan shahridir. Samarqand viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming km2 bo‘lib, 2867,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Тoyloq, Urgut, Qo‘shrobod), 11 ta shahar (Bulung‘ur, Jomboy, Juma, Ish¬tixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samar¬qand, Urgut, Chelak) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahridir. Sirdaryo viloyati — (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming km2 bo‘lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sir¬dar¬yo, Xovos), 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Gu¬lis¬ton shah¬ridir. Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming km2 bo‘lib, 1894,9 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari¬osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq, Qum¬qo‘r¬g‘on), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Ter¬miz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on) va 7 ta shahar-cha mavjud. Vilo¬yat markazi Termiz shahridir. Тoshkent viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming km2 bo‘lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘r¬g‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Тoshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chir¬chiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo‘ka, Do‘stobod, Keles, Olma-liq, Ohangaron, Oq¬qo‘rg‘on, Par¬kent, Piskent, Тo‘ytepa, Chinoz, Chir¬chiq, Yangi¬obod, Yangiyo‘l, G‘azalkent) mavjud. Viloyat markazi Тoshkent shahrida joylashgan. Тoshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Тoshkentda 11 ta — Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sirg‘ali, Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Yunus¬obod, Yak¬ka¬¬saroy, Hamza tumanlari mavjud. Farg‘ona viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming km2 bo‘lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboyev, Rishton, So‘x, Тoshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Fur-qat, O‘zbe¬kiston, Quva), 9 ta shahar (Farg‘ona, Mar¬g‘ilon, Quva, Quvasoy, Qo‘qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Farg‘ona shahridir. Xorazm viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming km2 bo‘lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog‘ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir), 3 ta shahar (Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir. Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming km2 bo‘lib, 2378,5 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroq¬chi, Shah¬risabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Тallimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor, Yakkabog‘, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 4 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir. O‘zbekiston aholisi tez o‘sib bora¬yotgan mam¬lakatlar qatoriga kiradi. 1991-¬yilda O‘zbekiston aholisining soni 20,7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan ke¬yingi yillar davomida aholi soni o‘sdi va 2009- yilda 28 mln dan oshdi. O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda. Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989-¬ yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda 80- foizga yetdi. O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo‘st xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Respublika umumiy aholisining 64 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o‘rtacha 210—220 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli ravishda o‘qimishli mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti qu¬lay, uning zaminida ulkan yo¬qilg‘i, ener¬¬¬getika, mineral xom-ashyo, stra¬tegik va qurilish mate¬ri¬allari zaxiralari mavjud.
O‘zbekiston hududida g‘oyat muhim strategik manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln kubometrga yaqin, ko‘mir — 2 mlrd tonnadan ortiq.
Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida joylashgan. Farg‘ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodla¬rida xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqa¬rilmoqda. Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, G‘azalkent, Farhod GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, An¬gren va boshqa issiqlik elektrostansiyalari mavjud. O‘zbekistonda dunyoda juda katta oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metall zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda. Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo‘lib, ulardagi zaxiralar bo‘yi¬cha respublikamiz dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda kumush qazib olinayotgan ko‘plab kumush konlari mavjud. Shulardan eng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa kumush konidir. Shuningdek, rangli metallar — mis, qo‘r¬g‘oshin, rux, volfram, molibden, kadmiy, reniy, nikel va bosh¬qalar qazib olinadi. Rangli metallar zaxiralari Olmaliq ruda konlarida ko‘proq jamlangan. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistondagi eng yirik inshootlardan bo‘lib, unda Qalmoqqir va boshqa konlardan qazib olinayotgan rangli metallar qayta ishlanadi. Qo‘rg‘oshin-rux, asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Sur¬xondaryo viloyatining Xondiza konlarida qazib olinadi. Respublikada 20 ta marmar,15 ta granit va gabbro koni topilgan. Ulardan eng yiriklari G‘ozg‘on, Nurota, Forish va Zar¬band konlaridir. Xalq xo‘jaligida oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlardan keng foydalanilmoqda. O‘zbekiston fosforitlarga boy bo‘lib, fosfat o‘g‘itlar — ammo¬fos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqara¬digan yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. Shuningdek, katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo‘lib, ulardan kaliyli o‘g‘itlar, kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqaril¬moqda. Qo‘ng‘irot soda zavodi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Respublika kimyo korxonalarida g‘oyat qimmatli yarim tay¬yor mahsulot — kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari va iplari, ulardan gazlama, gilam, noto‘qima materiallar va boshqa xalq iste’moli mollari tayyorlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan mavjud bo‘lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln AQSH dollaridan ortiqroq baholangan. O‘zbekiston tuprog‘i unumdor, sug‘orma-dehqonchilik rivojlangan. O‘zbekistonning yer fondi 44,74 mln gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln gektari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o‘tloq va yaylovlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlar¬ning umumiy maydoni 4,3 mln gektar bo‘lib, ular, asosan, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari, Mirzacho‘l massivida joylashgan. O‘zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo‘lgan mahsulot — paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg‘ona to‘qi¬machilik kombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-to‘quv fabrikalari, ko‘plab paxtani qayta ishlash va yog‘ zavodlari ishla¬moqda. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako‘l teri, jun yetish¬tirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Har yili 16,5 mln dekalitr hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O‘zbekiston vinolari xalqaro yarmarka, tanlov va ko‘rgazmalarda 92 ta medal bilan taqdirlangan. Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonning noyob mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslari xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlan-tirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga qanday respublika va viloyatlar kiradi? Darslikdagi xaritadan ko‘rsatib bering. 2. O‘zingiz yashayotgan viloyatda qanday shahar va tumanlar joylashgan? 3. O‘zbekistonda qancha aholi yashaydi, aholining milliy, etnik tarkibini bilasizmi? 4. Nima uchun O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deb atash mumkin? 5. O‘zbekistonning qaysi mintaqalari neft, gaz, ko‘mir zaxiralariga boy? 6. O‘zbekistonda nodir va rangli metallarning qaysi turlari bor, ular¬ning nomlarini ayting. 7. Siz yashayotgan hududda qanday konlar va ular bilan bog‘liq kor¬xonalar mavjud?
4- §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizi¬mini shakllantirishga kirishildi. Demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig‘i — Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬¬¬ga¬shining 1991- yil 18- noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasida „O‘z-bekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘¬risida“ Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonundan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 18- noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida“ Qaror qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991- yil 29- de¬¬-kabr, yakshanba kuniga belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komis¬siyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komis¬siyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada bi¬rinchi bor o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyush¬qoqlik bilan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fede¬ratsi¬yasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi 1991- yil 22- noyabrda O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov hamda „Erk“ demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida ta’minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis etgan mustaqil mamla¬katlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Тur¬kiya, Malayziya va boshqa dav¬latlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qat¬nashdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar. 1991- yil 29- dekabrda demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi aso¬sida tarixda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 1991- yil 30- dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbe¬kiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonun¬ning 35- moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. 1992- yil 4- yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbe¬kiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chi¬qildi va mazkur masala bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi¬ning qarori tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 38- moddasiga muvofiq Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1991- yil 31- dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992- yil 4- yanvar
Oliy Majlisning mazkur sessiyasida Islom Karimov so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan ishonch uchun butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va qasamyod qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman. 1992- yil 4- yanvar
Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining umumxalq saylagan birinchi Prezidenti bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning tarjimayi holi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov — 1938- yil 30- yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Тoshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexa-nik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960- yilda Тoshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961- yildan 1966- yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966- yilda O‘zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983- yilda I. Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi. 1986—1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990- yil 24- mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991- yil 31- avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea — O‘zbe-kiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 1991- yil 29- dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidenti etib saylandi. 1995- yil 26- martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi. 2000- yil 9- yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. 2002- yil 27- yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007- yil 23- dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. I.A. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994- yil), o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va akademiya¬larining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga say¬langan. I. Karimov „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali sohibi (1994), „ Mustaqillik“ (1996), „ Amir Тemur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi Т.A. Karimova — iqtisodchi ilmiy xodim. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasining 19- bobida O‘z¬be¬¬kiston Prezidentining Konsti¬tut¬siya-viy maqomi aniq belgilab qo‘¬yilgan. Konstitutsiyaning 89- moddasida O‘zbekiston Res-publikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi, deb belgilab qo‘yilgan. Pre¬zidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. Konstitutsiyaning 93- moddasida O‘zbekiston Prezidentining vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: • fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Res¬¬- publikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishi¬ning kafilidir; • O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hu¬dudiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; • mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi; • muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; • o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; • respublika Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; • viloyatlar hokimlarini va Тoshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi; • O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi, qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran mu¬¬ho¬¬kama qi¬lish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qayta¬rishga haqli; • Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisob¬lanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi; • O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; • O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi. 1995- yil 26- martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?“ degan savolga 11 mln 199 ming 415 kishi, yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999- yil 19—20- avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XV sessiyasi 2000- yil 9- yan-varda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston „Fido¬korlar“ milliy demokratik partiya¬si nomzodi Islom Abdu¬g‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demo¬kratikpartiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezi¬dentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000- yil 9- yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
I. A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi, uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumxalq tomonidan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi, mamlakat barcha aholisining unga bo‘lgan to‘la ishonchidan guvohlik beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2007- yil dekabrda tugashi munosabati bilan O‘zR Prezidenti lavozimiga saylov o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Mar¬kaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiya¬sidan ko‘rsatilgan A. A. Rustamovni, O‘zbekiston „Adolat“ sot¬sial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan D.G. Toshmu¬hamedovani, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan A. X. Saidovni, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan I. A. Karimovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. 2007-yil 23- dekabrda oshkoralik va ochiqlik, muqobillik va sog‘lom raqobat asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 16.297 000 nafar saylovchidan 90,6 foizi ovoz berishda qatnashdi. Saylovda ishtirok etganlarning 88,1 foizi Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 2007-yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komis¬siyasining majlisi I. A. Karimovni O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti lavozimiga saylandi, deb hisoblashga qaror qildi. Respublika fuqarolari O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishi va jahon hamjamiyatida uning obro‘-e’ti¬borining ortib borishini haqli ravishda I. A. Karimov faoliyati bi¬lan bog‘laydilar.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Prezidenti saylovi qanday qonun asosida tashkil etiladi? 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar saylanishi mum¬kin? 3. Prezident saylovi kunini qaysi hokimiyat organi tayinlaydi? 4. Saylov okrugi va uchastkalari deganda nimalarni tushunasiz? 5. Saylov byulleteni nima? 6. O‘zbekiston Prezidentligiga birinchi umumxalq saylovi qachon bo‘ldi? Natijalarini bilasizmi? 7. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov¬ning tarjimayi holini so‘zlab bering. 8. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomini bilasizmi? 9. O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘¬risi¬dagi referendum qachon bo‘lib o‘tdi?
10. 2000- yil 9- yanvarda, 2007- yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar natijalarini bilasizmi?
II BOB Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi – §. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘n¬dalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga de¬mokra¬tik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli maf¬kurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini bosh¬qaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash, tarbiyalash kerak edi.
„Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi“.
Islom Karimov. Asarlar, 7- jild, 375- bet.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andaza bo‘lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andazasini ishlab chiqishga intiladi. O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos yo‘lni ishlab chiqish zarur edi. Vatan, millat taqdiri hal bo‘la¬yotgan mustaqillikning dastlabki murakkab, mas’uliyatli pallasida Prezident Islom Karimov o‘zi¬ning hayotiy tajribasi, boshidan kechirgan achchiq-chuchuk voqe-alardan olgan saboq¬lari va har bir voqeaga ilmiy asosda yondashish, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatiga tayanib O‘zbe¬kis¬tonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishga bosh-qosh bo‘ldi. Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992- yil 4- yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr etilgan „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi. O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi? O‘zbekiston yo‘li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma’noni bildiradi. Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larza¬larsiz, evolutsion yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish — tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xusu¬siyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanpar¬varlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda bel¬gilandi. Тo‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda Islom dini, uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi. Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi. Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi. Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepi¬sand¬lik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta. Milliy istiqlolning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbe¬kistonni barpo etish, har qanday „izm“ lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi.
O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu — insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, si¬yosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi.
Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
Т. „O‘zbekiston“, 1992, 15—16- betlar.
Kelajagi buyuk O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jami¬yatning erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini ta’min¬lash¬ga qaratilgan. Yurtboshimiz o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini kafo¬¬latlaydigan darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifa¬larini belgilab berdi.
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
— xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini; — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni; — barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavf¬sizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni; — O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga chiqarishni; — ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquq¬larini himoya qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlashni; — bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; — chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi.
— milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni; — ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni; — mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; — iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita ara¬lashuvidan voz kechishni; — mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni; — tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.
Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
— umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquq¬lariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni; — ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorlik¬lar¬ni saqlash va ta’mirlashni; — o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga chiqarishni; — hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni; — ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni; — hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni; — yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berishni; — ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’¬dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yara¬tish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuv¬likni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi ham, so‘zi ham qonundir. Qonunni buzishga hech kimning haqqi yo‘q.
Islom Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992- yil 4- yanvarda so‘zlagan nutqidan
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993- yilda nashr etilgan „O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo¬¬satdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivoj¬lanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Тaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot¬ning „o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi. Тanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shosh¬ma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tka¬zish lozim edi. O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Тanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar. Yurtboshimiz I. A. Karimov ana shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan 20 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi.
Savol va topshiriqlar
1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tush¬unasiz? 2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi? 3. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa qilib daftarin¬gizga yozib qo‘ying.
4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
5. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz? 6. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi? 7. Iqtisodiy sohada-chi? 8. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi? 9. Тaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib ko‘ring.
10. Besh tamoyil nima? 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilishi va qonunchilik faoliyati
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘t-kazildi. Siyosiy hayotni tubdan o‘zgartirish ishlarining ko‘la¬mini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar bosh-liqlari, hatto viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinla¬nardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olish, o‘z taraq¬qiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka¬timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzum barpo etishni ta’¬minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
„Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi“ .
Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 16- bet.
O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl¬- lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. „Parlament“ fransuzcha „parler“ — gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, Ang¬liya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshlanadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Fin¬¬-la¬ndiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O‘zbekis¬tonda Oliy Majlis va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil fev¬ralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor 1990- yil 24- mart kuni O‘zbekiston Prezi¬dentini sayladi, Mustaqillik dekla¬ratsiyasini, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sidagi Konstitutsiyaviy qonun¬ni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: „O‘zbe-kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Res-pub¬likasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan¬tirishga kirishildi.
1993- yil 28- dekabrda bo‘lib o‘t¬gan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida „O‘z¬be¬kiston Res¬publikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994- yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe¬kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq¬ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos kela¬digan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi¬yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamla¬katlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa¬ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis¬ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi Qonunga muvo¬fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga: • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qi¬lish; • ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish; • boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; • davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi¬mini va vakolatlarini belgilash; • xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish; • Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; • vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; • Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash; • Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil¬maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘¬risida“gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yasha¬magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar depu¬tat¬likka nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor shaxs¬¬- lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (vilo¬yat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo‘la olmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬gashining 1994- yil senta¬brda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- de¬kabr kuni Oliy Maj¬¬lisga, viloyat, shahar va tuman kengash¬lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. 1994- yil 14—15- noyabrda Тoshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini isloh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar-kengashda Birlashgan Millatlar Тashkilotining O‘zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Тurkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun Respublika bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan, jami 700 nomzod ro‘yxatga olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuv¬chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“ agentliklari, „Bi-Bi-Si“ radiokompaniyasi, „Ostankino“ telekompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi. Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta¬riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan saylovlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parlamentni shakllantirish¬ning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo‘ldi. 1995- yil 23—24- fevral kun¬lari Birinchi chaqiriq O‘zbe¬kiston Res¬pub¬¬likasi Oliy Maj¬lisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘z¬be¬kiston Res¬publikasi Oliy Majlisi¬ning Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais o‘rin¬bosarlari say¬landi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Sho¬¬¬di¬yeva, A. Q. Qosimov, Qoraqalpo¬g‘iston Respublikasi vakili — Qora¬qalpog‘is¬ton Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o‘rin¬bosar¬lari qilib saylan¬dilar, sessiyada Mandat komis¬siyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo‘mitasi tashkil etildi: • Budjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha. • Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘¬yicha. • Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha. • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha. • Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha. • Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha. • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha. • Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha. • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘¬yicha. • Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha. • Matbuot va axborot bo‘yicha. • Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha. O‘zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillikorganlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya¬sini, 47 deputatni uyushtirgan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat „Vatan taraqqiyoti“ partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi. Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa¬rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiyada „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi rahbarli¬gida „Oliy Majis qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Ni¬zom“ qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi. Oliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko¬nini berdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri — milliy parlamentimiz tashkil topdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995—2004- YILLAR) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi. Birinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Respublika Oliy Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar¬kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbe¬kiston davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki¬miyatni mustaqil amalga oshiradi. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari tomonidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi¬da shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say¬lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara¬katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqo¬billik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod¬larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining maz¬mun-mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Тo‘rtinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan kichik bir guruh deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ishlamaydi. Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazifalarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib boradi, saylovchilari bilan yaqindan aloqada va muloqotda bo‘ladi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabardor qilib turadi, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanish¬tirib boradi. Butadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyo¬siy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya kor¬puslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el ommaviy axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurnalistlari hozir bo‘lish imkoniyati mavjud. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bilan aloqalari o‘rnatildi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy parlamentida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha guruh tuzildi, respublikaning Parlamentlararo ittifoq, Yev¬ropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Oliy Majlis „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996—1999- yillarga mo‘ljallangan faoliyat dasturi“ ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun huj¬jatlari monitoringi instituti tashkil etildi. Bu chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog‘onaga ko‘tarishga ko‘mak¬lashmoqda. O‘zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) instituti xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Oliy Majlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning kons¬titutsiyaviy huquq va erkin¬liklariga rioya etilishi bo‘yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul qilingan „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qili¬nishini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasining 83- mod¬dasida qo¬nun¬chilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar aniq bel¬gilab qo‘yilgan. Qonunchilik tashab¬busi huquqiga O‘zbe¬kiston Res-publikasining Prezidenti, o‘z davlat hokimiya¬tining oliy organi orqali Qora¬qalpog‘iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respub¬lika¬sining Konsti-tutsiya¬viy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori ega¬dirlar. Qonunlar loyihalarini ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnasha¬dilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayot¬ganligi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashki¬lot¬larning ekspertizasidan o‘t-kaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa¬larini Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari huzurida tegishli qo‘mitalar, partiya fraksiyalari rahbarlari va ekspertlar ishti¬rokida puxta va atroflicha muhokama etish yo‘lga qo‘yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuv, ularning puxta va sifatli bo‘¬lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar ishida O‘zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada yax¬shilashga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoli¬yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qil¬moqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999- yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiri¬tildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi¬katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi:
„Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o‘tgan davr mobaynida ko‘ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror¬likni saqlab turishda ishonchli omil bo‘ldi“.
Islom Karimov. Vatan ozodligi — oliy saodat. Asarlar,
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Maj¬lisining 1999- yil 19—20- avgust kun¬lari bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi ses¬siyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt — beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo‘lgan say¬lov¬larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Saylovlar aholining faol ish¬tiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat etib saylandi. Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga to‘la, mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan-ligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiya¬sidan saylangan 48 kishidan, „Fidokorlar“ milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti“ par-tiyasidan saylangan 20 kishidan, „Adolat sotsial-demokratik“ partiyasidan saylangan 11 kishidan va „Milliy tiklanish“ partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylov¬chi¬lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuri¬tadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, Oliy Majlis faoliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo‘mitalari va komissiyalari tashkil etildi: • Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi. • Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi. • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi. • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi. • Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasi. • Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasi. • Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi. • Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi. • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mi¬tasi. • Matbuot va axborot qo‘mitasi. • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi. • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi. • Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchichaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30—31- avgust kunlari bo‘lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ shaklida qayta tuzildi). • Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi. • Oila va ayollar muammolari komissiyasi. • Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi¬rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukammallashdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotganligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari¬ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj¬lantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom Karimov tashab¬¬busi bilan mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muammo¬lari¬ning yechimlarini topishga yo‘naltirilgan „Yoshlar ishlari komissiyasi“ning tuzilishi va keyinroq uning „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida „Oila va ayol¬lar muammolari komissiyasi“ning tuzilishi oilani mustahkamlash, xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijti¬moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘l¬gan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshi¬rish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida „Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi“ ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez¬lashtirishga ko‘maklashdi.
O‘zbekistonning mustaqil taraq¬qiyoti davrida respublika bir palatali parla¬menti yangi jamiyat qurishning ishon¬ch¬¬¬¬¬li huquqiy asoslarini yara¬tuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy das¬tur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, res¬publika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayo¬ni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilan dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqa¬rorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko‘¬ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchi yo‘nalishga — O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik-huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi. Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruq¬bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash, uchin¬chi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj topdi. Respublika parlamenti jamiyatimizda si¬yo¬siy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda isho¬nchli omil sifatida mustahkamlandi. Prezident Islom Karimov 2000- yil 25- may kuni ikkinchi chaqi¬riq O‘z¬bekiston Respub¬likasi Oliy Maj¬lisiningikkinchi ses¬siya¬¬sida ikki pala¬tali par¬lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshi¬rish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako¬millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir. 2001- yil 6—7- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi cha¬qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu¬noslar, yurist¬lar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetil¬gan¬ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ort¬gan¬ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, de¬gan xulosaga keldi.
Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:
• populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z¬lovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi; • mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Тoshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq inobatga olinadi; • milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi; • parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi; • parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi; • jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi; • deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekis¬ton Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „ Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi. Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat-chilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruh¬lari kuza¬tuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruv¬chilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab-quvvatladilar.
2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi ses¬siyasi¬da „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil eti-li¬shining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qo¬nun va „2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Res¬pub¬likasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiri¬ladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘na¬lishlari to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki pa¬latali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 2002- yil 12–13- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis¬ning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa¬la¬tasi to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amal¬ga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda „O‘zbekiston Respublikasining Konstitut¬siyasiga o‘z¬gartishlar va qo‘shimcha¬lar kiritish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qo¬nunlar bo‘lg‘usi parlament¬ning ikkala palatasi vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasining Oliy davlat vakillik organi — parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan. 2004-yil dekabr — 2005- yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiya¬viylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Res¬publikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri¬ning har biridan teng miqdorda — 6 nafar¬dan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jami¬yat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respub¬likasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Qonunchilik palatasining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari saylandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etilib ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharif¬xo‘jayev Senat Raisi etib saylandi. Shuningdek, Senat Raisi o‘rin-bosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqa¬ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqeyi o‘sdi. Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilingan kundan bosh¬lab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir qismi — davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tash¬kilot¬lardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Se¬nat vako¬latiga o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga oshi¬rilmoqda. Ikki palatali Oliy Majlis 2005—2009- yillarda ijtimoiy-si¬yosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan 250 dan ziyod qonun qabul qildi. Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parla¬menti¬miz¬ning nufuzi yanada o‘sdi. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati professionallashib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xil¬ligi kuchaydi. Deputat va senatorlarning vakolat muddati tugashi muno¬sabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2009- yil 27- dekabr kuni saylovlar — 2010- yil 10- yanvar kuni tak¬roriy saylovlar demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat, O‘zbekiston Eko¬logik harakatining konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Tosh¬kent shahrining har biridan teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 2010- yil 22- yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik pala¬ta¬sining birinchi majlisida Dilorom Toshmuhamedova Qonun¬chilik palatasi Spikeri etib saylandi. 2010- yil 26- yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Ilgizar Matyoqu¬bovich Sobirov Senat Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tasdiqladi. O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohot¬larni chuqurlashtirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkam¬lash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonga sobiq Ittifoq tuzumidan qanday siyosiy meros qolgan edi? 2. Mustaqillik siyosiy jihatdan qanday imkoniyatlar yaratdi? 3. Parlament nima? Oliy Majlis-chi? 4. O‘zbekiston parlamentini shakllantirish bo‘yicha qanday huquqiy asoslar yaratildi? 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatiga qanday vazifalar kiradi? 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday qo‘mita va komis¬siya¬lar tuzildi, ularning vazifalarini bilasizmi? 7. Ombudsman instituti nima, u qachon tuzildi? 8. Siz yashayotgan hududdan Oliy Majlisga kim deputat etib say¬langan? 9. Partiya fraksiyalari nima?
10. Qanday hokimiyat organlari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega? 11. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar qachon bo‘lib o‘tdi, ularda qanday subyektlar o‘z nomzodlarini qo‘ydilar? 12. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari haqida qanday kodeks va qonunlar qabul qilingan? 13. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlariga doir qanday qonunlar qabul qilingan? 14. Ikki palatali parlament tuzish haqida referendum qachon bo‘lib o‘tdi, uning natijalarini bilasizmi? 15. Oliy Majlis qanday palatalardan iborat bo‘ladi? 7- §. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi
Mustaqillik yillarida davlat bosh¬qaruv hokimiyati tubdan isloh qi¬lindi. Avva¬lo, sobiq Ittifoq dav¬rida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va bosh¬qaruv¬chi oliy organi — Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990- yil 24- martda O‘zbekistonda pre-zidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqo¬mini o‘zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O‘zbe¬kiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbe¬kiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Pre¬zi¬dent uning Raisi bo‘ldi. Res¬publikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mah¬kamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:
• davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;
• Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; • yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
• madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
• mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amal¬ga oshiradi;
• qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’¬min¬lash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshi¬radi;
• iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi; • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qaror¬lari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; • barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj¬buriy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Res¬publika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo‘lgan Ikkinchi chaqi¬riq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo‘mita¬lari raislaridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Res¬publikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazir¬lar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgar¬¬tirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- mod¬da¬¬sining „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazir¬¬lar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘l¬maydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomo¬nidan tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirila¬yotgan demokratik jarayonlarni yanada chu¬qur¬lashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshdi, mas’u¬li¬yati kuchaydi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tub¬¬-dan isloh qilindi. Bozor iqti¬sodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosa¬batlarining faoli¬yati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsim¬lashmexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahka-machilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini o‘zi idora etishga o‘tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining tayanchlari bo‘lgan bir qator Davlat qo‘mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Iqtisodiyot vazirligi tuzildi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Тaqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik tovar-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiyadorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tovar resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi. Markaziy bank, Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat bank¬lari — „O‘zsanoatqurilishbank“, „Paxtabank“, „O‘zjam¬g‘armabank“, „G‘allabank“, „Тadbirkorbank“, „Savdogarbank“, xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek¬siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar — Тashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil etildi. Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagistrategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha markaz¬lashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar, firmalar tu¬zildi. Res¬publikada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi. O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlay¬di¬gan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o‘zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masa¬lan, sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Mahalliy davlat hokimiyati tub¬dan is¬loh qilindi. Islohotlar O‘z¬be¬kiston Respublikasining Kons-titutsiyasi, „Ma¬hal¬liy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonun (1993- yil 2- sentabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengash¬lariga saylovlar to‘g‘risida“ gi Qonun (1994- yil 5- may) asosida amalga oshirildi. Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar bosh¬chilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organ-ga — vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonunning 1-moddasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir“, deb aniq belgilab qo‘yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida“ gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, mu¬qo¬¬billik asosida o‘tadi. Xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Ken¬gashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Mustaqillik yillarida 1994- yildan e’tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Ken¬gashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1999- yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati orga¬ni qayta tashkil etildi. Bu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Тemur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o‘sha zamonlarda viloyat¬lar, shaharlar hokimlar tomonidan yakka¬boshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo‘lamiz. 1992- yil 4- yanvarda „O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organla¬rigagina emas, shuningdek, mahalliy vakillik organ¬lariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustah¬kamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisob-lanadi. Ijro organlarida bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq depu¬tatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ular¬ning apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Тosh¬kent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Тoshkent shahar tumanlari hokimlari esa Тoshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Тoshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hoki-miyatlar tuzildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat: • qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsiz¬ligini ta’minlash; • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; • mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, ma¬halliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam¬g‘armalarni hosil qilish; • mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; • atrof-muhitni muhofaza qilish; • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish; • xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi¬lish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo‘ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi, vakillik organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar. Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqarolarning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‘z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o‘zbek milliy davlatchiligining tari¬xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi. Demokratik davlat qurilishida sud ho¬ki¬miyatini shakllantirish mu¬him aha¬miyatga ega. Sud hokimi-yati demo¬kratik davlatda mustaqil ho¬kimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv¬chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, bosh¬qa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi.) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qora¬qal¬po¬g‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzil¬di. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxas¬sis¬lardan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi: • qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe¬kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Res¬pub¬likasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonun¬lariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari nor¬malariga sharh beradi; • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qo¬nunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi (12- chizma). O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarni liberal¬lashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javob¬garlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“ gi Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qili¬nuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. 2008- yil 1- yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak, mamlaka¬timizda jinoiy jazo¬lashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruv¬chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Vazirlar Mahkamasi qachon tuzildi? 2. Vazirlar Mahkamasi tarkibini kim tuzadi, u qanday organ tomo¬nidan tasdiqlanadi? 3. Vazirlar Mahkamasi vazifalari nimalardan iborat? 4. O‘zbekistonda qanday vazirliklar tuzildi? 5. O‘zbekistonda qanday davlat qo‘mitalari tuzildi? 6. O‘zbekistonda qanday sudlar tuzildi? 7. Viloyat, tuman va shaharlardagi vakillik organlarining nomi nima, ular qanday shakllantiriladi? 8. Hokim lavozimi qachon ta’sis etildi? Hokimni kim tayinlaydi va qanday organ tasdiqlaydi? 9. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining vazifalari nimalardan iborat?
10. O‘zingiz yashayotgan viloyat, tuman yoki shaharda hokim kim, hokim qanday qarorlar qabul qilishi mumkin?
III BOB Fuqarolik jamiyati asoslarining Shakllantirilishi 8- §. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning tashkil etilishi
O‘zbekiston taraqqiyotining bosh yo‘li jamiyatni demo¬krat¬lashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tay¬yor qolip va andozalar yo‘q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bo‘lmaganidek, bir-biriga aynan o‘x¬shagan ikki davlat ham yo‘q deganida haqlidir. Тo‘g‘ri, demo¬kra¬tik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi; davlat va jami¬yat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organla¬rining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qu¬rishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negiz¬larini, buyuk madaniyatimiz tomirlarini, ma’naviy merosimiz ildizla¬rini, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jami¬yat qurilishiga tatbiq etish yo‘lidan bormoqda. Demokratik jarayonning individualizm falsafasiga tayanuv¬chi, inqilobiy o‘zgarishlarga moyil g‘arb namunasi O‘zbekistonga unchalik to‘g‘ri kelavermaydi. Sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik g‘oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar O‘zbekiston uchun asos qilib olindi. O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar darajasi va sur’atlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda. O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehti¬yoj¬larini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning o‘ziga, salo¬hiyatiga, mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. MahallaFuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ajralmas qis¬midir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla“ so‘zi arabcha „Mahallun“ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog‘liqdir. Agar Yevropa mamla¬katlaridagi shaharlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab „aslzodalar kvartali“, „kam¬bag‘allar kvartali“ va hokazolarga bo‘linib yashasa, bizning Vatanimizdagi mahal¬lalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda. Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan. El ishonchiga sazovor bo‘lgan oqsoqol katta-yu kichikning boshini qovushtirib, mahalladoshlarning og‘irini yengillash¬tirish ishlari bilan shug‘ullanardi. Mahalla oqsoqoli, uning maslahatchilari mahalladoshlarining to‘ylari, ma’rakalari, rasm-rusumlarining boshida turar, ularni kerakli ro‘zg‘or ashyo¬lari—idish-tovoq, samovar-choynak, stol-stul, ko‘rpa¬cha-yu dasturxon bilan ta’minlardi. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf qilish, bir-biri bilan kelisholmay qolgan kelin va qaynonaning orasiga tushish, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga hakamlik qilish, beboshroq yoshlarni tartibga chaqirish singari vazifalarni ham bajarardi. Xalqimizning turmush tarzi, ruhiy-ma’naviy ehtiyojidan kelib chiqqan bunday jamoatchilik boshqaruvi — mahalla qo‘mitalari davlat ishlariga aralashmasa-da, sovet tuzumi „mahalla“ so‘zini mahalliychilik o‘zagi deb bilar, faoliyatini cheklashga urinardi. Biroq aholining noroziligiga sababchi bo‘lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay olmadi, lekin uni ja¬miyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahalla qo‘mitalari o‘zining hayotchanligi tufayli mazkur davrda ham o‘zini saqlab qololdi. Тoshkent shahrida va respublikaning boshqa yirik shaharlarida o‘nlab, yuzlab mahalla qo‘mitalari faoliyat yuritardi. Ular aholiga yashash joyi, oila tarkibi to‘g‘risida ma’lu¬motnomalar ham berardi. Mahalla oqsoqoliga davlat tomonidan maosh ham berilmasdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, yirik shaharlarda qad ko‘targan ko‘p qavatli binolar, gavjum bo‘lgan turar joy mavzelari, kvartallari mahalla maqomiga ega emasdi, ularda mahalla qo‘mitalari ham tuzilmasdi. Nihoyat mustaqillik sharofati bilan 1992- yil boshlaridan boshlab bunday mavze (kvartal)larga ham mahalla maqomi berilib, ularning har biriga joylashgan hududining tarixiy atalishiga mos keladigan nomlar qo‘yildi. Yangi mahallalarda fuqarolar yig‘ini o‘tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston qishloq va posyolka (shaharcha)larida vakillik boshqaruv organlari tuzilgan bo‘lib, ular qishloq sovetlari yoki posyolka sovetlari deb atalardi va faoliyat yuritardi. Mazkur sovetlar mustaqil hokimiyat organi bo‘lmay, xalq deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalariga bo‘ysunar edi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligi qo‘l¬ga kiritilgach, mahallaga mu¬nosabat tub¬dan o‘zgardi, ma-halliy o‘zini o‘zi bosh¬qarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yo‘l tutildi.
Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.
Islom Karimov. O‘zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Asarlar, 4- jild, 11- bet.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Sha¬harcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqaro-larning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yildi. 1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish or¬gan¬¬- lari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma¬halliy hokimiyat tizi¬midan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rta¬sidagi munosabatlarning huquqiy asos¬lari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘mak¬lashadi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish organlarini shakllantirishga davlat ho¬miylik qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining Respublika „Mahalla“ xay¬riya jam¬g‘armasini tuzish to‘g‘risida 1992- yil 12- senta¬brdagi hamda „Mahalla“ xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida 1992- yil 8- oktabrdagi Farmonlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat homiyligida Respublika „Mahalla“ jamg‘armasi, viloyat, shahar, tuman „Mahalla“ jamg‘armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yurituvchi „Mahalla“ gaze¬tasi (1994- yil) ta’sis etildi. Davlatning „Mahalla“ jamg‘ar¬malari orqali ko‘rsata¬yotgan homiyligi mahalla qo‘mitalarining o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’min¬langan oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga katta ko‘mak bo‘lmoqda. Hukumat mahallalarga dastlab davlat budjeti hisobidan 25 million so‘m mablag‘ ajratdi. Viloyat, tuman, shahar hokimliklari tomonidan mahallalar rolini oshirish, ular faoliyatini takomillashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fuqaro¬lar¬ning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘lga qo‘¬yish uchun tegishli binolar ajratildi, ularni jihozlashga ko‘mak¬lashdi. Mahalla oqsoqoli va kotiblariga oylik ish haqi belgilandi. Bu maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy budjetdan zarur mablag‘lar ajratdilar. 1994- yilgi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, butun respublika hududida 12 mingdan ortiq mahalla shakllantirildi. 1994- yilda barcha mahallalarda fuqarolar yig‘ini bo‘lib, mahalla oqsoqollari va mas’ul kotiblar saylandilar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qa¬rish organlarining vakolatlari, va¬zi¬falari O‘zbekiston Respub¬lika-sining „Fu¬qa¬rolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish organlari to‘g‘risida“ gi Qonunda aniq belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari:
• fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda ko‘maklashish; • o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish; • davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimliklarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish.
Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning maslahatchilari fuqarolar yig‘inida saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) doimiy ishlovchi bo‘g‘in. Rais o‘z mahkamasiga ega bo‘lib, uning miqdori rais o‘z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini takomillashtirish, zarur holatlarda yiriklashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo‘lsa, ularning soni 2001- yilda 7847 tani tashkil etdi. 1999- yil 14- aprelda qabul qilingan „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘¬risida“gi yangi tahrirdagi Qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining, shuningdek, o‘z qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlaraholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi tobora yuksalib borayotganligidan guvohlik beradi. 1998- yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida 8,4 mln kishi yoki respublikadagi katta yoshdagi aholining 70 foizi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar maslahatchi saylandi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham oshib bormoqda. 1998- yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi buning guvohidir. 2001- yil iyun-iyul oylarida Samarqand viloyatidagi 1042 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan saylovlarga 1 mln 120 mingdan ortiq fuqaro vakillari ishtirok etdi. 1042 nafar rais (oqsoqol) saylandi, ularning 68 nafari xotin-qiz¬lardir. 2001- yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 108 ta shaharcha, 1320 ta qishloq va 131 ta ovul fuqarolar yig‘ini, ular tomonidan saylangan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat ko‘rsatdi. Ular qonunchilikni ta’minlash, Pre¬zident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko‘maklashmoqda. Hududlarni obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish masalalarini hal qilish o‘zini o‘zi boshqa¬rish organlarining diqqat markazida turibdi. Bu organlar barqa¬rorlikni saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko‘ri¬nish¬¬larning oldini olish, „o‘zingni, o‘z oilangni o‘zing asra“ shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yo‘naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda dabdababozlik va manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Prezidentining 1999- yil 13- yanvarda chiqqan „Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“ gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25- yanvardagi „Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002—2003- yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarori talablarini amalga oshirmoqdalar. Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha ajratilgan mab¬lag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni ta’minla¬moqdalar. Faqat 2000- yilning o‘zida aholining kam ta’minlan¬gan qismiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh-qosh bo‘lmoqdalar. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003- yil „Obod mahalla yili“ deb e’lon qilindi va „Obod mahalla yili“ dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka¬masining „Obod mahalla yili“ dasturi to‘g‘risida Qarori e’lon qilindi. Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni ha¬yot¬da ro‘yobga chiqarishga qaratilgan:
• mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mustahkamlash; • mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirish; • mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etish; • mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarini obodonlash¬tirish, kommunal tarmoqlarni rivoj¬lantirish; • mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish; • keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchayti¬rish; • mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsa¬tilishini yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish; • mahallaning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
„Obod mahalla yili“ dasturi bajarilishini ta’minlash maq¬sa¬di¬da fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivoj¬lantirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Mahallalarda kichik va o‘rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy fondini va yo‘llarni ta’mirlash, mahal¬lalarni obodonlashtirish, zamonaviy mahalla guzarlarini va bolalar sport inshootlarini barpo etish borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. „Obod mahalla yili“ dasturini to‘la amalga oshirish uchun davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar, no¬davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar grantlari va kredit mab¬lag‘lari hisobiga 375,9 milliard so‘m jalb etilishi nazarda tutilgan. Mahallalarimizni yanada obod qilish maqsadida obodonlash¬tirish ishlari amalga oshirildi. 1,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ sarf¬lanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik suv tarmog‘i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog‘i ishga tushirildi. Mahallalarda 36,2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1,2 mlrd so‘mlik xayriya yordami berildi. 2010- yilda fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organ¬lari — mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Mahalla O‘zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqol), mas’ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta’sis etildi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo‘ldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg‘un¬lashgan fuqarolik jamiyati¬ning negizi, demokratik institut sifatida o‘zini to‘la oqladi.
Jamiyatni demokratlashtirish, ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo‘lmish mahal¬laning roli g‘oyat kattadir. O‘zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘lib qoldi. Mahallalari obod bo‘lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta.
Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O‘zbekistonda shakllangan mahalla tizimi bilan qiziqib, uning faoliyati bilan yaqin¬dan tanishmoqdalar. Ular O‘zbekistondagi mahalla tizimi fuqarolik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.
Savol va topshiriqlar
1. Mahalla deganda nimani tushunasiz? 2. Mahalla yig‘ini nima? 3. Qanday joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladi? 4. „Mahalla“ xayriya jamg‘armasi qachon va nima maqsadda tuzilgan? 5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kimlar rahbarlik qiladi, ular qanday tartibda va necha yilga saylanadi? 6. Muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi boshqarish organlarining g‘amxo‘rligi haqida nimalarni bilasiz? 7. „Obod mahalla yili“ dasturida qanday vazifalar qo‘yilgan? 8. Mahallangiz tarixi to‘g‘risida referat yozing. 9. O‘zingiz yashayotgan mahallaning nomi nima, uning rahbarlarini bilasizmi?
9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘r¬satuvchi mezondir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘l¬ga kiritgan kundan e’tiboran, in¬son hu¬quqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi. 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligito‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ (1948- yil 10- dekabr), „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ (1966- yil 19- dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt“ (1966- yil 19- dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O‘zbekiston BMТ kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi. O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Тashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson hu¬quqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish soha¬sida hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konsti¬tu¬-t¬siyasining 13-moddasida O‘zbe¬¬kis¬tonda demokratiya umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra in¬son, uning hayoti, erkinligi, sha’¬ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz hu¬quqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta’riflab berilgan: • yashash huquqi; • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi; • aybsizlik prezumpsiyasi; • shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxl¬sizligi huquqi; • bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi; • fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi; • fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi; • vijdon erkinligi. Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi hamda o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Res¬publikasining Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995- yil 21- dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ (1994- yil 6- may), „Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida“ (2000- yil 26- may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ (1998- yil 1- may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qo¬nunlar bilan kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasi va qonunlarida fuqarolar-ning siyosiy huquqlari mus¬tah-kam¬langan. Ular quyidagi¬lardan iborat:
• davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish; • o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig‘i¬lishlar shaklida amalga oshirish; • kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish; • vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish. Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“, „Ommaviy axborot vositalari to‘g‘¬risida“, „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titu¬- t¬siyasi va qonunlarida respublika fuqa¬rolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquq¬lari mustahkam¬lanib qo‘¬yilgan:
• uy-joyga ega bo‘lish; • mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish; • mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya¬lanish; • yollanib ishlaganda dam olish; • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish; • malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; • bilim olish; • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish. Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qo¬nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgi-lab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’min¬laydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za¬rur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. „Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995- yil 30- avgust) ana shu maq¬sad¬larga xizmat qilmoqda. Fuqaro va davlat bir-biriga nis¬batan bo‘lgan huquqlari va burch¬lari bi¬lan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolar¬ning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgi¬lab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari:
• Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; • Vatanni himoya qilish; • harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash; • boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; • O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash; • qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; • tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyot¬korona munosabatda bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining „Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“, „Yer to‘g‘risida“, „Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida“, „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan. Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluv¬chi tizimga Oliy Majlisning inson hu-quqlari bo‘yicha vakili (om¬bud¬s¬man), inson huquqlari bo‘¬yicha Milliy markaz kiradi. 1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; • shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yara¬tish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish; • vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; • vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMТ ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHТ ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro semi¬narlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquq¬larning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tay¬yorlaydi. Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hoki¬miyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga masla¬hatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkaz¬moqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshi¬rish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash-kilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan ham¬korlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki to¬monlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996- yil de¬kabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat hokimiyatining birdan bir man¬bayi xalqdir. Demokratik hu¬quqiy davlatda xalq hokimiyat-chiligi, aso¬san, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni ho¬ki¬miyat organlari umumxalq say¬lov¬lari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokra¬tiyaning eng muhim tamoyilidir. Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli say¬lovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O‘zbekiston Res¬publikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- no¬yabr) va „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991- yil 29- dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o‘tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma’qullandi va Islom Karimov O‘zbekiston Pre¬zidenti etib saylandi. O‘zbekis¬tonda demokratik saylov o‘tka¬zishda ilk tajriba to‘plandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organ¬lariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hoki¬miyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘¬ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respubli¬kasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117- modda.
Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qa¬tor qonunlar qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida“ gi (1993- yil 28- dekabr), „Xalq depu¬tatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘¬¬risida“ gi (1994- yil 5- may), „Fuqarolar saylov huquqlari¬ning kafo¬latlari to‘g‘risida“ gi (1994- yil 5- may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997- yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgarti¬rishlar kiri¬tildi, bo‘lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi.
O‘zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy say¬¬¬lov komissiyasi tuziladi. Uning ma¬qomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan „Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Pre¬zidenti va Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999- yilda saylovlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mus¬ta¬qillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O‘zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir say¬¬¬¬¬lov¬chi¬ning ovozi teng, ya’ni har bir say¬lov¬chi bit¬¬ta ovozga ega. Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega. O‘zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan to‘g‘ri, be¬vo¬sita saylashni ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyati¬ga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezi¬dentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohish-irodasini nazorat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to‘ldiriladigan alohida xonacha — kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruv¬chidan boshqa biron-bir kishining bo‘lishi man qilinadi. Byul¬letenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘zxohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin. Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda saylovlar ko‘p partiyaviylik prinsipida o‘t¬ka¬ziladi. O‘zbekiston Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qora¬qal¬pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Тoshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqa¬rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xalq deputatlari tu¬man va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko‘r-satish huquqiga ega. Respublika bo‘yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o‘rniga kamida 3—4 tagacha nom¬zodlar qo‘yiladi va ular o‘rtasida qizg‘in bahs, ku¬rash ketadi.
O‘zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniq¬lanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro‘yxatiga kiritil¬gan say¬lovchilarning yarmidan kami saylov yoki referen¬dumda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov yoki referendum o‘tmagan deb hisob¬lanadi. Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o‘tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa qo‘yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o‘tkaziladi. Тakroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Тakroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi, ovoz berish byulle¬te¬niga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko‘p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi. Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. ulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o‘tkazish tartiblari xalqaro andozalar (standartlar)ga to‘la mos keladi.
Savol va topshiriqlar
1. Inson huquqlari va erkinliklariga doir qanday xalqaro deklaratsiya, pakt va konvensiyalarni bilasiz? 2. Nima uchun inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat deb tan olingan? 3. Shaxsiy huquq va erkinliklaringizni bilasizmi? 4. O‘zbekiston fuqarolari qanday siyosiy huquqlarga ega? Ular qanday qonunlar bilan kafolatlangan? 5. Inson qanday iqtisodiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan? 6. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday kafolatlangan? 7. O‘zbekiston fuqarolari zimmasiga qanday burch, majburiyatlar yuklatilgan? 8. O‘zR Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (om¬bud¬s¬man) lavozimi qachon ta’sis etilgan, uning vazifalarini bilasizmi? 9. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz qachon tuzilgan, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi?
10. Qanday hujjatlarda O‘zbekistonda saylov tizimining huquqiy asoslari belgilab berilgan? 11. Qanday saylov komissiyalari tuziladi, ularning vazifalarini bila¬sizmi? 12. O‘zbekistonda saylov qanday prinsiplar asosida o‘tkazilmoqda? 13. Saylov natijalari qanday aniqlanadi?
10- §. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o‘rni va faolligi bilan belgilanadi.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo‘lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida o‘zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bo‘lmaydi. Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxo¬lifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy mada¬niyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukm¬ronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakl¬lana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiya¬larning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Res¬publikasining Kons¬¬titutsiyasi va „Jamoat tash¬kilotlari to‘g‘¬risida“ gi Qonunda jamoat bir¬lash¬malarining huquqiy ma¬qom¬lari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Res¬publikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tka¬zilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijo¬diy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar to‘g‘ri¬sida“gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fao¬liyati¬ning huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: • o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘o¬¬yalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; • qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; • partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; • O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish; • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O‘zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, faoliyat ko‘rsatmoqda. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jara¬yonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda. 2007- yilda qabul qilingan „Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida“gi Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarning jamiyat hayo¬tidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Bosh vazir lavo¬zimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiq¬lanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy ken-gashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston Xalq demokratik par¬tiyasi 1991- yil 1- noyabrda Тosh¬kentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurul-toyida tashkil topgan. Ushbu qurul¬toyda uning Das¬turi va Nizo¬mi qabul qilindi. O‘zbe¬kiston XDP 1991-yil 15-noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoq¬da. 400 mingdan ko‘proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi. O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yildagi qarori bilan XDPning 32 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston XDPning „O‘zbekiston ovozi“, „Голос Узбекистана“ gazetalari va „Muloqot“ jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik parti¬yasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Тosh¬kent¬¬da I ta’sis qurultoyida uning Das¬turi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18-fevralda „Adolat“ SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik pala¬tasining 2010- yildagi qarori bilan „Adolat“ sotsial-demo¬kratik partiyasining 19 kishidan iborat deputatlari fraksiya¬si ro‘yxatga olingan. Partiya fraksiyasi „Adolat“ SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston „Adolat“ SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etil¬moqda. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsa¬ta¬yotgan partiyalardan yana biri—O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ de-mokratik partiya¬sidir (O‘zMТDP). U 1995-yil 3- iyunda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘z¬bekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda O‘zMТDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol. O‘zbekiston MТDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi. 1998- yil 28- dekabrda O‘zbe¬kiston „Fidokorlar“ milliy demo¬kratik par¬ti¬ya¬si tashkil topdi. Par¬ti-yaning 1998-yil 28-dekabrdagi ta’sis konfe¬ren¬siyasida uning Dasturi va Nizo¬mi tasdiqlangan. „Fidokorlar“ partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchi-liklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘k¬maydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashay¬digan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi. Toshkentda 20- iyun (2008- y.) kuni O‘zbekiston „Fido¬korlar“ milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston „Milliy tik¬lanish“ partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasini birlash¬tirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Mar¬kaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yil qarori bilan Milliy tiklanish demokratik partiyasining 31 nafardan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 2003- yil oxirlarida O‘zbekiston libe¬ral demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ish¬bilar¬monlar manfaatini himoya qi¬lish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O‘zLiDePning „XXI asr“ haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi-ning 2010- yil qarori bilan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 1995- yil may oyida jamoat¬chi¬likning tashabbusi bilan O‘zbe¬kiston „Xalq birligi“ harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘r¬satmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9- iyunda ro‘yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash, mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining oliy organi qurultoy bo‘lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakati tarkibida Qoraqal¬pog‘is¬ton Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang‘ich tashkilotlari ish olib bormoqda. „Xalq birligi“ ha¬rakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari birligini mustah¬kamlashda ijobiy rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining „Birlik“ va „Единство“ haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 1996- yil 17- apreldagi farmoniga muvofiq res¬pub¬lika yoshlarining „Kamolot“ jam¬g‘armasi nodavlat xayriya jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. „Kamolot“ jam¬g‘ar¬masining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rga¬nish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayot¬ga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo „Kamolot“ yoshlar jam¬g‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yosh¬larning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- aprel kuni Тoshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tas¬diqlandi. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maq¬sadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha), sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘mak¬lashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlod¬ning ta¬yan¬chi va suyanchisi bo‘lishdan iboratdir. O‘zbekistonda turli jamoat tashki¬lotlari ham faoliyat ko‘rsat¬moqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyush¬malari turli kasb egalari bo‘lgan xo¬dim¬larning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy muno¬sa-batlaridan qat’i nazar ixtiyo¬riy birlashtiruvchi mustaqil om¬maviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsat¬moqda. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyush¬malari amaliyoti andozalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi. Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha organlari uyushma a’zolari tomonidan saylangan vakillarning yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi ma’lu¬mot¬lariga ko‘ra, 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlariga ixtiyo¬riy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy jihatdan esa Qoraqal¬po¬g‘iston Respublikasi,12 viloyat hamda Тoshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muam-molarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasi¬dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo‘l¬lab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘¬mi¬tasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mi¬talari, Тoshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ish¬lamoqda. 1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi „Nuroniy“ jamg‘armasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-mart¬dagi „1941—1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qo¬zo¬nilgan g‘ala¬baning 50 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni ni-shonlash to‘g‘risi¬da“gi Farmonida o‘zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan ko‘p jildli „Xotira“ kitobini nashr etish vazifasi qo‘yildi, yetarli miqdorda mablag‘ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 450 mingga yaqin o‘zbekistonlik jang¬chilar¬ning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik „Xotira“ kitobi 1995-yilda, g‘alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchi¬larning xonadonlariga bepul yetkazib berildi. Shuning¬dek, u barcha muzeylarga, Тoshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tashkilot¬lariga, kutubxonalarga, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tek¬¬shirish ins¬titutlariga, vazirlik va idoralarga, Davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Minsk, Volgograd shaharlari muzey¬lariga yuborildi. „Xotira“ kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 5 mingdan ortiq jamoat birlashmalari, nodavlat va notijorat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko‘rsat¬moqda. Shular jumlasiga „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi, „Sog‘lom avlod uchun“ va „Ekosan“ xalqaro jamg‘armalari, „Mahalla“ va „Navro‘z“ xayriya jam¬g‘ar¬malari, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash „Ulug‘bek“ va „Iste’dod“ jam¬g‘ar¬malari, „Mehr-shafqat va salomatlik“, „Bolalar“, „Amir Тemur“, „Alisher Navoiy“, „Abdulla Qodi¬riy“ jamg‘ar¬malari va bosh¬qalar kiradi. Jamoat birlash¬malariningturlari va maqsad¬larini 16- chizmadan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa il¬miy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ma¬da¬¬niy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’¬lu¬motlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to‘la davlat monopoliyasiga olingan bo‘lib, kom¬munistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o‘zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24- aprelda „Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida“ va „Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida“, 1997-yil 26- dekabrda „Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma tashkil etildi. Res¬publika Prezidentining 1997-¬ yil 7- maydagi „O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi¬da“ gi Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshit¬tirish qo‘mitasi O‘zbekiston tele¬ra¬diokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir o‘zteleradiokompaniyaning aholi va jamiyatning xolisona, haq¬qoniy axborotlarga ehtiyojini o‘rganish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida aho¬lini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliya¬tini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositala¬rining soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990-yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo‘lsa, 2010-yilda ommaviy axborot vositalari va elektron ommaviy axborot vositalari soni 1200 taga yetdi. 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat telera¬diostudiyalari va uning hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘pmillatli O‘zbekiston Respub¬likasida gazetalar, jurnallar, tele¬ra-dio¬studiyasi 12 tilda — o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tash¬kilotlari, tijorat va xususiy gazeta va jurnallardir. Shuning¬dek, diniy tashki¬lotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan „Internet“ global tarmog‘i bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Internet tizimidan foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003- yilda mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalangan bo‘lsa, 2010- yilda ularning soni 6 milliondan oshdi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida „uz“ hududida ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti Matbuot xizmatining WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Internet tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek, jahondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
Savol va topshiriqlar 1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi nima bilan belgi¬lanadi?
2. Qanday hujjatlarda jamoat birlashmalarining huquqiy asoslari belgilab berilgan? 3. Siyosiy partiya nima? U qanday prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat yuritadi? 4. Siyosiy partiyalar qanday huquqlarga ega? 5. O‘zbekistonda qanday siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda? 6. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati qachon tuzilgan, maqsadi nima? 7. Sizning kollejingizda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining tash¬kiloti tuzilganmi, Siz unda qanday ishtirok etyapsiz? 8. Jamoat birlashmalari nima? 9. Kollejingizda qanday jamoat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda?
10. Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi? 11. Ommaviy axborot vositalari nima? 12. Siz qanday gazeta va jurnallarni qiziqish bilan o‘qiysiz?
IV bob. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosa¬batlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyot 1- §. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li, huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining yaratilishi
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul mu¬no¬¬sabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida ish¬laydi¬gan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi. Birin¬chisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtiso¬di¬yoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o‘zi¬bo‘larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti. Uning xususiyatlari: — tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladilar; — kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsu¬lot egasi bo‘lib, uni o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mum¬kin; — tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi; — tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; — bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul uning qo‘lida bo‘ladi; — bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi; — jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jara¬yon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib, tartibga solinuvchi bo¬zor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi.
Sobiq Ittifoqda esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi. Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha balo-qazolarga uchradi, bunday g‘ayritabiiy yo‘lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo‘ldi. Oxir-oqibatda ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqariladigan o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iq¬tiso¬diyotidagi yangilanish, tub o‘zga¬rishlarni o‘rganishga kiri¬shar ekan¬miz, avvalo, mus¬tabid sovet tuzu¬midan bizga qanday iq¬tisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltira¬yotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo‘rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo‘nal¬tirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tay¬yorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida boy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, „Qayta qurish“ davrida batamom barbod bo‘lgan iqti¬sodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, baqiriq-chaqiriq, o‘g‘rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo‘yicha boshqa korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. O‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni mar¬kaz-dan dotatsiya sifatida so‘rab, yolvorib olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo‘yicha nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o‘laroq, O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Aholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. Muta¬xassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo‘ron tufayli 15—75 million tonna chang-to‘zon ko‘tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni iflos¬lan¬tirardi, aholini turli-tuman kasalliklarga mubtalo qilardi.
„Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga — markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarimmustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda“. Т., „O‘zbekiston“, 1999, 6- bet. Iqtisodiy mustaqillik imkoniyatlariIqtisodiy mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zu¬g‘um, mutelikdan ozod etdi, o‘z yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘sim¬-lik va hay¬vonot dunyosi va boshqa ta-biiy zaxiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk, korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mus¬taqil iqtisodiy siyosat yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘¬lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z davlat budjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valuta, oltin zaxirasi va valuta jam¬g‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurti¬miz obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo‘ldi. Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston umum¬ba¬shariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo‘liga tushib oldi. O‘zbe¬kiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy an’analarga asos¬langan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki turli mam¬la¬kat¬lardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germa¬niyada bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha rivojlanib borgan holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. Bu xusu¬siyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqli¬mi, milliy rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chi¬qil¬¬di. Bu yo‘lning asosiy qoidalari Pre¬zident Islom Karimovning „O‘zbe¬kiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muam¬molar hisobga olindi. Davlat qurilishi dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakat Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil tashkil etdi. Ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalq¬ning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashab¬bus¬kori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘na¬lishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren dav¬latimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak. Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraq¬qiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. Тo‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin. Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakl¬lantirishni puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
„Bu yo‘l va andaza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tari-xiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“. Т., „O‘zbekiston“, 1993, 5- bet. Besh tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zga¬rishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning uzoqni ko‘zlagan quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
— milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va fao¬liyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim yaratish; — ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xusu¬siy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’¬minlash; — korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; — moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydala¬nishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqa¬rish¬ni, jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; — kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z meh¬na¬tini qo‘llash sohalari va shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy-islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
— mulkiy islohotlar; — institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari; — agrar islohotlar; — tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari; — ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Islohotlar jarayonini huquqiy jihat¬dan ta’minlash, qonuniy asoslarini yara¬tishga alohida e’tibor berildi.
„Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuq¬talaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. Т., „O‘zbekiston“, 1995, 29- bet.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususi¬y¬lashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xusu¬siylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy kor¬xo¬nalar to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘ja¬ligi to‘g‘¬risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi to‘g‘¬risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuv¬chi qonun¬lar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi. 3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruv¬chi huquqiy normalar yaratildi. Тashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘¬risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ular¬ning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul qilingan qonunlar amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafo¬lati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘na¬lishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.
„Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz — tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak bo‘lgan bozor infrastruk¬turasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., „O‘zbekiston“, 1995, 97- bet.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakl¬lantirish va rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Quyidagi chizmaga e’tibor bering:
17- chizmaning davomi Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘in¬lari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi trans¬port, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllan¬tirishda birjalar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq „Respublika ko‘chmas mulk birjasi“, „Тovar xom¬ashyo birjasi“, „Тoshkent fond birjasi“ tashkil etildi. Bu tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991—2000- yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzil¬masi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to‘p¬lovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma — yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘¬risida“, „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qiluvchi maqomga ega. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklar soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda ba¬nk¬¬lar faol qatnashmoqdalar. Тijorat banklarining iqtisodiyot¬ning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish ti¬zimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996- yilda paydo bo‘ldi. 2011- yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish sho¬xobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi „Kafolat“, „Agrosug‘urta“, „O‘zbekinvest“ kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlay¬digan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashki¬lotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta xizmati ko‘rsatmoq¬da¬lar. „Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunningqabul qilinishi (2002), Prezident farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘pa¬yishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari ko‘rildi. Respublika „Mehnat birjasi“ va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgar¬tirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’ti¬bor berildi. 1993- yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998- yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001-yilda esa 372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida“ gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ huj¬jatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizi¬mida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgi¬lab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilin¬moq¬da. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xiz¬-mat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi.
Savol va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyoti nima? 2. Mustabid sovet tuzumidan mustaqil O‘zbekistonga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi? 3. Mustaqillik iqtisodiyot sohasida qanday imkoniyatlar yaratdi? 4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qanday tamoyillarga tayanildi? 5. Islohotlarning strategik maqsadlarini bilasizmi? 6. Iqtisodiy islohotlar qanday yo‘nalishlarda olib borildi? 7. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi? 8. Bozor infratuzilmasi nima? 9. O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida so‘zlab bering.
10. Aholini ish bilan band etish muammosi qanday hal qilinmoqda?
12- §. Davlat mulkini xususiylashtirish. Ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko‘p uk¬ladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulk¬¬¬dorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda bi¬rinchi o‘rinda turdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk shakl¬laridan iborat bo‘lishi, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. O‘zbekistonda xususiylashtirish qandaydir kishilar manfa¬a¬tiga bo‘ysundirilmadi, chek (vaucher) asosida xususiylash¬tirishga yo‘l qo‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy¬lash¬tirish yo‘li tutildi. Shu bilan birga, xususiylashtirish chog‘ida imti¬yozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona meh¬nat jamo¬asining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infra¬tuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshi-rildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan dav¬lat xo‘ja¬liklarining mol-mulki, fer¬malar, bog‘lar va uzumzorlar imti¬yozli shartlar asosida xusu¬siylashtirildi. Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992- yil fevralda Davlatmulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasi tuzildi, 1994-yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991-yil 18-no¬yabr¬da qabul qilingan mulkni „Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy¬lashtirish to‘g‘risida“ gi, „Davlat uy-joy“ fondini xususiy¬lashtirish to‘g‘risidagi (1993-yil 7-may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi. Xususiylashtirish savdo, xizmat ko‘rsatish va mahalliy sa¬noat korxonalarini, uy-joy fondini, qishloq xo‘jaligi mahsu¬lotlarini tayyorlovchi xo‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarish¬dan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi. 1993—1994-yillarda davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartira¬ning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Res¬publika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. 1994-yil 21-yanvarda e’lon qilingan „Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi va 1994- yil 16-martda e’lon qilingan „Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlanti¬rish¬ning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida“ gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo‘ldi. 1992—1994- yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko‘r¬satish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xo‘jaligi korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo‘jaligida bog‘larning yarmi, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydala¬nish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo‘jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib beril¬di. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994- yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi. Respublika xalq xo‘jaligini, uning tar¬moqlarini boshqarishning ma’mu¬riy-buyruqbozlik tizimini tugatish, bosh¬qaruvni bozor munosabatlariga moslashtirish maqsadida insti¬tutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mustabid sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan markaziy iqtisodiy organlar — Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘¬mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo‘¬mita¬lar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘¬mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Тashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi. Ittifoq parchalanib ketgach, O‘zbekiston hududida joylashgan ittifoq va ittifoqdosh respublikalar bo‘ysunividagi korxo¬nalar respublikamizning to‘la mulki bo‘ldi. Endi ularni bozor iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil etish zarur edi. Iqtisodiy islohotlar davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o‘z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq uyush¬malariga, konsernlarga, korporatsiyalarga, xolding kompaniyalariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish qayta tuzilib, milliy kompaniyalar tashkil etildi. Uyushma — turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalarning paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo‘jalik hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chi¬qa¬rish va iqtisodiy masalalarni birgalikda hal qilish uchun tashkil etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini saylay¬di. Islohot yillarida O‘zbekistonda „O‘zavtosa¬noat“, „O‘zeltex¬sanoat“, „O‘zkimyosanoat“, „O‘zbekipagi“, „O‘zagromashservis“, „O‘zqurilishmateriallari“, „O‘zbeksav¬do“, „O‘zoziqovqatsanoat“, „O‘zgo‘shtsutsanoat“, „O‘zyog‘¬moy¬¬tamakisanoat“, „O‘zparrandasanoat“, „O‘zbekbirla¬shuv“, „O‘zbekcharmpoyabzal“ va boshqa uyushmalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar. Konsern — ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish funksiyala¬rini markazlashtirish asosida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan, shuningdek, investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoli-yat¬ni amalga oshiradigan, korxonalarga xo‘jalik hisobida xizmat ko‘rsatishni tashkil etadigan korxonalarning ko‘ngilli birlashmasi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o‘zaro korporatsiyalashgan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida umumiy-moliyaviy resurslardan, yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Konsern, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va yagona xo‘jalik majmuyi sanaladi. Respublikamizda „O‘zsuv¬qurilish“ va „Qizilqumnodirmetalloltin“ davlat konsernlari, „O‘zavtoyo‘l“ va „O‘zfarmsanoat“ davlat-aksiyadorlik konsern¬lari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Korporatsiya — mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona¬larning aksiyadorlik asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi. Faoli¬yatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiyadorning aksiya sarmoyasining o‘ziga tegishli qismini erkin tasarruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida respublikamizda „O‘z¬bek¬paxtamash“ va „O‘zavtosanoat“ davlat korporat¬siyalari, „O‘zdonmahsulot“, „O‘zavtotrans“, „O‘zmahalliysa¬no¬at“ dav¬¬lat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar. Xolding kompaniyalari — korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari „ aksiyalarining nazorat paketi“ kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yurgizish, umumiy manfaatlar yo‘lida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamla¬katimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo‘jaligi mashi¬nasozlik korxonalarini birlashtirgan „O‘zqish¬loqxo‘jalikmash-xolding“, „O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding“ va „O‘zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, „O‘zbekyengilsanoat“ kompaniyasi, „O‘zqurilishmaterial“ dav¬lat aksiyadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Milliy kompaniya — noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tash¬kilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. O‘zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Milliy kompaniyalar jumlasiga „O‘zbekturizm“ Milliy kompaniyasi, „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi va boshqalar kiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqa¬rish¬ning yo‘llaridan biri davlat mul¬kini aksiyadorlik (hissadorlik) jami¬yatlariga aylantirishdir. Aksiyadorlik jamiyati mulkchilikning bir turi bo‘lib, u davlat, korxona, tashkilot, bank va fuqarolar pul mablag‘larini sherikchilik asosida va foyda olish maqsadida bir-lashtirgan tarzda xo‘jalik yuritish uyushmasidir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik korxonalar sotilgan bo‘lsa, 1992-yildan boshlab yengil va oziq-ovqat sanoati, qayta ish¬lovchi sanoat, ko‘mir qazib olish, transport, aloqa va boshqa turdagi o‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylan¬tirila boshlandi. Aksiyadorlik jamiyatlariga kirgan korxo¬nalar qiymati miqdorida aksiyalar chiqarilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida sotildi. Aksiya to‘plamlari (paketlari)ning 25 foizi dav¬latga, 25 foizi mehnat jamoasiga,10 foizi resurs bilan ta’¬min¬lovchi va mahsulotlarni iste’mol qiluvchi korxonalarga, 10 foizi chet ellik investorlarga, 30 foizi erkin sotishga ajratildi. Aksiya¬dorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish maqsadida Respublika fond birjasi tashkil etildi va aholiga sotish yo‘lga qo‘yildi. 1994- yil oxirigacha respublikada 26,1 mingta korxona aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ularning aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. 1996- yil 25- aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq¬larini himoya qilish to‘g‘risida“ gi va „Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida“ gi Qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shakli yanada rivoj¬lanishiga yangi turtki bo‘ldi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish, qayta tuzish, tugatish yo‘llari, aksiya egalarining dividend (foy¬da) olish huquqlari aniq belgilab berildi. Yirik korxonalar aksiyalar to‘plami (paketi) davlat nazoratida bo‘lgan aksiya¬dorlik jamiyat¬lariga aylantirildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000—2005- yillarda jami 4660 ta davlat tasarrufidagi korxona va obyekti xususiy mulkdorlarga sotildi.
Korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga aholi va chet ellik investorlar keng jalb qilindi. 2010- yil boshlarida respublikamizda 1619 ta aksi¬ya¬dorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi. Ularning umumiy ustav fondi 5 trillion 805 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarildi. Mehnat jamoalari uchun aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyatlari yaratildi. Aksiya¬larni fuqarolarga erkin sotishni kengaytirish maqsadida Xusu¬siylashtirish investitsiya fondlari (XIF) tuzildi. Islohot yillarida respublikamizda 2004- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 1 milliondan ortiq jismoniy shaxs aksiyadorlik jamiyatlari¬ning Respublika fond birjasi va XIF lar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarilgan aksiyalarni sotib olib aksiyador bo‘ldilar va ulardan daromad olmoqdalar. Shu tariqa aholining bo‘sh turgan sarmoyalari — mablag‘lari iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga jalb qilindi. Eng muhimi aholida qimmatli qog‘ozlarga qiziqish, ular bilan muomala qilish ko‘nikmalari va madaniyati paydo bo‘ldi. Aksiyadorlar korxo¬naning ishlab chi¬qarish va moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan aholi sarmoyalari ulushining o‘sishi, foiz hisobida Aksiyadorlar sonining o‘sishi, 1-yanvar holati, ming kishi Chinakam mulkdorlar tabaqasi, bir tomondan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ikkinchi tomondan, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘li bilan shakllantiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadil¬lashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu — yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbayidir. Jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega erishgan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, ular kichik biznesni, xususiy tadbir¬korlikni rivojlantirish orqali yuksalgan, aholi turmush daraja¬sini ko‘targan. Masalan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o‘rta biznesning ulushi 67 foiz, Germaniyada—65 foiz, AQSHda — 52 foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band bo‘lgan aholining 80 foizi, Yevropa Ittifoqi mam¬lakatlarida — 70 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmoqlarida ishlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda kichik biznesni, xususiy tad¬birkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy islohotlarning hal qi¬luvchi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor berildi. O‘zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar tuzish, sotib olish, sotish, qayta qurish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga ega. Тadbirkor ish yuritish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash va bo‘shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq to‘lab turadi. Тadbirkorlik shakllari: • xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik; • yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tad¬birkorlik; • bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo‘shma tadbirkorlik.
Respublikada ko‘chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi savdolari va tanlovlar asosida kichik korxonalar fuqarolarga sotildi. 1995- yil 5- yanvarda e’lon qilingan „Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablag‘larning 50 foizi kichik biznesni rivojlan¬tirishga yo‘naltirildi. 1995- yil 21- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘¬risida“ gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart-sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) darajada esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko‘rildi.
1995- yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond), 1996-yil martda O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun faqat Biznes-fond tomonidan 10 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi, tadbirkorlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoj¬lanishiga deh¬¬qon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, „Hunarmand“ assotsiatsiyasi, Тadbirkor ayollar assotsi¬atsiyasi ham ko‘maklashmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investor¬larning va dunyodagi nufuzli banklarning, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslari jalb etildi. Тadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko‘mak¬lashish maqsadida nemis texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati O‘zbe-kis¬tonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi o‘zbe-kis-tonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko‘mak¬lashdilar. 2003- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, o‘tgan yillarda kichik biznesni rivojlantirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit resurs¬lari hajmi 450 mln AQSH dollarini tashkil etdi, ular¬dan 345,8 mln (shu jumladan, 2002- yilda 87 mln) AQSH dollari o‘zlashtirildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan tad¬birlar natijasida ularning soni yildan yilga ko‘payib bor¬di. 1992—1996- yillarda 85 mingga yaqin kichik biznes kor¬xo¬- nalari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2001-yil boshlarida ular¬ning soni 190 mingdan ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001- yil 22- avgustda „Тadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tka¬zish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlash¬tiruvchi kengash tashkil etildi. Тadbirkorlik subyektlarini bir joy¬da davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olishning soddalashtirilgan yangi tartibi joriy etildi. Shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub¬yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bo‘limlar tashkil etildi, ular alohida binolar, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Тijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobiga faqat 2001- yilda kichik va o‘rta biznes subyektlariga 144,3 mlrd so‘m kredit berdilar. UlargaRespublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, „O‘z¬ulgurjisavdo“ orqali 106 mlrd so‘mlik moddiy-texnika resurs- lari sotildi. Тadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik subyekt¬larida „Тekshirishlarni ro‘yxatga olish daftari“ joriy etildi. Kichik biznes subyektla¬rining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valutaga eksport qilishga ruxsat berildi. 2001—2002- yillarda kichik biznes subyektlari fao¬liyatiga noqonuniy aralashish hollarini bartaraf etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxs-larni sud javob¬garligiga tortish choralarini qo‘llash mexanizmi yaratildi. Тad¬bir¬korlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning cho‘ntagidan undirilib beril-moq¬da. Respublika Adliya vazirligi, uning joylardagi adliya idoralari tomonidan 2002- yilda kiritilgan 8 mingdan ortiq da’vo arizalariga muvofiq, sudlar tomonidan tadbirkorlarga 9 milliard so‘m undirib berildi. 2300 mansabdor shaxsga nisbatan inti¬zomiy chora ko‘rildi, ulardan 290 nafari egallab turgan lavo¬zimidan bo‘shatildi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy tekshirishlar va aralashishlar soni keskin kamaydi. Agar 2001-yilda noqonuniy tekshirishlar bo‘yicha 1450 ta holat aniqlangan bo‘lsa, 2002- yilda ularning soni 157 tani tashkil etdi yoki 10 barobar kamaydi. Bu tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga yangi turtki bo‘ldi. 2004- yil 1- yanvar biznes holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxo¬nalar soni 277 mingtadan oshdi, ulardan 168,6 mingtasi mikrotizim¬lardir. 2004- yilda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 427,6 ming yangi ish o‘rni tashkil etildi. 2005- yilda kichik biznes obyektlari soni 310 mingtadan ortdi.
Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
Umumiy soni 350 ming Band bo‘lgan kishilar 7127,3 ming YIM dagi hissasi 42,1 foiz
2007- yil 1- yanvar ma’lumoti
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i 1991-yilda 1,5 foizni, 2000- yilda 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda 52,5 foizga, 2011- yilda 54 foizga yetdi. 2009- yilda mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lgan aholining 65,5 foizi (6,4 mln kishi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilgan bo‘lsa, 2010- yilda bu ko‘rsatkich 74,3 foizga yetdi. 2011- yilda 610 mingdan ziyod ish o‘rni ki¬chik biznes va xusisiy tadbirkorlik hisobidan tashkil etildi. Bu soha aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘ginga aylandi.
Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Ne¬gaki, respublika aholisining 62 fo¬i¬zi qishloqda yashaydi. Mustaqillik¬ning dastlabki yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, valuta tushumlarining 55 foizi qishloq xo‘jaligida shakl¬lanardi. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘¬shimcha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq qishloq aholisi ana shu yer hosilidan foydalanmoqda. 1992—1995- yillarda davlat tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi kor¬xonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta fermalar xususiylashtirildi. Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli ularni qayta tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998-yil aprelda „Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Qonunda shirkat xo‘jaligini tuzish va uning faoliyat yuritish tartiblari, shirkatga a’zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish masalalarining huquqiy asoslari belgilab berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jamoa kooperativ mulkchilik tashkil etildi. Shirkatning har bir a’zosiga mulk va yer paylari shaklida hissa ajratildi. Jamoa xo‘jaliklari 1998- yildan boshlab yer va mulk paylari asosida qishloq xo‘jalik shirkatlariga aylantirila boshlandi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta, 2001- yilda 112 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Shirkatlarning umumiy soni 2002- yilning 1- yanvarigacha respublika bo‘yicha 1900 taga yetdi. Shu tariqa agrar munosabatlar tizimida oila pudratiga keng o‘rin berildi, har bir a’zo o‘z payiga ega bo‘ldi. Mahsulot yetish¬tiruv¬chi shirkat a’zosi bilan shirkat xo‘jaligi o‘rtasida pudrat shartnoma munosabatlari joriy etildi. Har bir oila pud¬ratiga 5 gektar ekin maydonlari, bog‘lar, uzumzorlar ajratib berildi, shartnomalar tuzil¬di, o‘zaro hisob-kitob yuri¬tuv¬chi chek daftarchalari bilan ta’minlandi. 2000-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi shirkatlari tarkibida 598,5 mingta oilaviy pud¬rat faoliyat ko‘rsatdi. 2002-yil boshlariga kelib, 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari o‘zini oqlamadi, ular tugatilib, fermer va dehqon xo‘jaliklarini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. 2002- yil o‘rtalarida respublikamizda 55,4 mln fermer xo‘jaligi, 1,5 mln dan ortiq dehqon xo‘jaligi tadbir¬korlik bilan shug‘ullandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003- yil 24- mart¬dagi „Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida“gi Farmonida agrar isloho¬t¬¬larning yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. 2007-yilda shirkat xo‘ja¬lik¬larini tugatish ishlari nihoyasiga yetdi, ularning negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etil¬di. 2007—2008- yillarda paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo‘jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004- yil boshlariga kelib mamlakatimizda 3,5 mln ga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 mln dan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat qilmoqda. Dehqon xo‘jaliklarining yer maydoni 667 ming gektarni tashkil etdi. Hozirgi kunda dehqon xo‘jaliklari mamlakatimizda yetishtirila¬yotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 66 foizini, shu jumla¬dan, yetishtirilayotgan kartoshkaning 89 foizini, chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini, meva va uzumning 45—50 foizini ishlab chiqarmoqda. Dehqon xo‘jaliklarining yerdan foyda¬lanish samarasi yuqori bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizga yetdi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari asosiy ishlab chi¬qarish subyektlariga aylandi. 2010- yilda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetish¬tirildi. 2010- yilda paxtaning 100%i, g‘allaning 100%i fermer xo‘jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi. Shu tariqa respublika xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mulk shakllari o‘zgardi, nodavlat mulkchiligi rivojlandi.
Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli mulkchilik shakllari bo‘yicha iqtisodiyot tuzilmalari tubdan o‘zgardi. Mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan, davlatlashtirilgan iqtisodiyot tugatildi. Mulk davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Iqtisodiyotdagi institutsional o‘zgarishlar tufayli nodavlat mulk shakllari— aksiyadorlik korxonalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiya va kompaniyalar, o‘rta va kichik korxonalar vujudga keldi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat mulk shakllari — dehqon va fermer xo‘jaliklari asosiy ishlab chiqarish subyektlariga aylandi. 1991- yilda respublika iqtisodiyotida mulkning 90 foizi davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yilga kelib bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil etdi. Mulkning 90 foizi nodavlat mulk shakllariga tegishli bo‘lib, ularda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 77 foizi mehnat qilmoqda. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O‘rta mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi.
Savol va topshiriqlar
1. Xususiylashtirish nima, u qanday yo‘l bilan amalga oshirildi? 2. Kimlar mulkdor bo‘lishi mumkin? 3. Kichik xususiylashtirish qaysi sohalarda va qaysi yillarda o‘tkazildi? 4. Nima sababdan institutsional o‘zgarishlar qilindi? 5. Qanday uyushmalar, konsernlar, xolding va milliy kompaniyalar tuzildi? 6. Aksiyadorlik jamiyatlari nima, ular qanday tashkil etildi? 7. Nima sababdan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish islohotlarning ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi? 8. Тadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday muassasalar tashkil etildi? 9. Agrar islohotlar haqida nimalarni bilasiz?
10. Qachon va nima uchun shirkat xo‘jaliklari tuzila boshlandi? 11. Mulkchilikning davlat va nodavlat sektorlarida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
13- §. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti
Davlat mustaqilligini qo‘lga olgan O‘z¬bekistonga sobiq tuzumdan bar¬bod bo‘lgan iqtisodiy va moliya¬viy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy bosh¬¬qaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, Ittifoq parchalangach, ular o‘rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil res¬publikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xusu¬siy¬lashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chi¬qarish yo‘nalishlari o‘zgardi. Natijada korxonalarning bir-biriga xomashyo, asbob-uskunalar yetkazib berish jarayoni to‘xtab qoldi. Bu barcha res¬publikalar, jum¬ladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘r¬satdi, al¬batta. O‘zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob- uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xo‘jalik yuritish murakkab¬lashib qoldi. Masalan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashi¬nasozligi zavodlari, to‘qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Тoshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa kor¬xonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. Natijada res¬publika bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasaydi. Agar 1990- yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini 100 foiz deb olsak, keyingi yillarda u pasayib, 1995- yilda 81,2 foizga tushdi. O‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarining ol¬dini olish, inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Shu boisdan iqtisodiyotni barqarorlashtirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosati¬ning ustuvor vazifalaridan biri deb belgilandi. „Barqarorlashtirish siyosati — eng avvalo, bu makro¬iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi boshqarib bo‘lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikni chetlab o‘tishdan, zarur bo‘lgan taqdirda esa uni to‘g‘rilashdan iborat“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., „O‘zbekiston“, 1995, 197- bet.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshi¬rish¬da bir necha xil yondashuvlardan foydalanilgan. Birinchisi — monetar yondashuv deb atalib, pulning qadrsizlanishi darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan. Ikkinchisi — ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilishlarni amalga oshirishga, qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o‘tkazishga, tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklashga asoslanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlash uchun qattiq monetarizmga emas, balki muvozanatga keltirilgan monetar siyosatni asosiy tar-moqlarni va ishlab chiqarishni tarkiban qayta tashkil etishni qo‘llab-quv¬vatlash siyosati bilan qo‘shib olib borish yo‘lidan bordi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tarkiban qayta qurish, tarkibiy o‘zgarishlar nima, uni qanday tushunmoq kerak? Тarkibiy o‘zgarishlar deganda, xomashyo yetishtirishga mo‘l¬jal¬langan iqtisodiyotdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishni, korxonalarni yangi, zamonaviy texnika, asbob-uskunalar bilan qayta jihozlashni, norentabel korxonalarni tugatishni, raqobatga bardosh bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ixtisoslashuvini o‘zgartirishni, yangi korxonalar barpo etishni tushunmoq lozim. O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rila bordi: — o‘zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energetikani, ol¬tin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini moderniza¬t¬si¬yalash, yangilash; — transport va aloqa tizimini, muhandislik kommuni¬katsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma tizimini yangilash; — qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash; — qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g‘o‘zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash; — samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish; — O‘zbekiston uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish; — kimyo sanoati kompleksini qayta qurish; — qishloq xo‘jaligida va, umuman, agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish; — paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish, ip yigirish va to‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablag‘larni talab qiladi, albatta. Shu boisdan islohot yillarida iqtiso¬diyotga mablag‘ — sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat: — davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; — respublika banklaridan olinadigan kreditlar; — korxonalarning o‘z sarmoyalari; — aholi sarmoyalari; — qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari; — xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kre¬dit resurslari; — chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevo¬sita investitsiyalari. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va rivoj¬lantirish uchun barcha mablag‘lar hisobiga sarmoya solish yildan yilga o‘sib bordi. O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, imtiyozli investitsiya muhiti yaratildi. Natijada 1991—2007- yillarda iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd dollaridan ziyodini xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari tashkil etadi. 2010- yilda 9,7 mlrdAQSH dollariga teng miqdorda investitsiyalar o‘z¬lash¬tirildi, 200 dan ziyod lohiha amalga oshirildi. Bu mablag‘lar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni rivojlantirishga sarflandi. Chet el investitsiyalarining mamla¬kat¬ga kirib kelishi uchun zarur shart-sharo¬itlar yaratildi. 1998-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Res¬publi¬ka¬sining „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“ gi, „Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida“ gi Qonunlari chet ellik investorlarning respublikamizda yaratila¬digan mulklarining daxlsiz¬ligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustah¬kamlab berdi. Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, ayrim shaxslar in¬ves¬tor bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi O‘zbekistonda davlat tomonidan kafolat¬lanadi. Chet ellik tadbirkorlarga O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar barpo etish, o‘z kompaniya va firmalarining bo‘linmalari, sho‘balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Тashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar depar¬tamenti, 1995- yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik respublika tadbir¬korlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo‘shma korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga ko‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha „O‘zbekinvest Interneyshnl“ qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va rag‘batlantirish tadbirlari natijasida chet el sarmoyalarining kirib kelishi yildan yilga o‘sib bormoqda. Bevosita investitsiyalar tarzida hamda davlat qarzi sifatida jalb qilingan chet el investitsiyalari va moliyaviy kreditlar miqdori 1995-yilda respublika bo‘yicha qo‘yilgan umumiy sarmoyalar hajmining 14 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2002- yilda bu ko‘rsatkich 30 foizga yoki 1 mlrd AQSH dollari¬ga to‘g‘ri keldi. 1991—2007- yillarda respublikamizda 25 mlrd AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari o‘zlashtirildi. Uning uchdan ikki qismi sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirildi. 2010- yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar miqdori 2,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbe¬kistonga eng ko‘p sarmoya jalb qilayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yapo¬niya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Dastlab chet el investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi og‘ir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida chet el investitsiyalari kichik va o‘rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el inves¬titsiyalari ishtirokida barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan qo‘sh¬ma korxo¬nalar soni 2002- yil boshlarida 2087 taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002- yilda 1044 mlrd so‘mni tashkil etdi. Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining tanglikdan chiqib o‘zini o‘nglab olishiga, xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqa¬rish sur’atlarining izchil o‘sishiga ko‘maklashdi. Respublikamizdagi mavjud bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik kor¬¬-xo¬nalarini tarkibiy jihatdan qayta qu¬rish maqsadida 1993-yilda O‘z¬bekiston davlat mashinasozlik kor¬xonalari uyushmasi —„O‘z¬mash¬sanoat“, 1996-yilda „O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“, 1998-yilda „O‘zneftgazmash“ korporatsiyasi, „O‘zbek¬to‘qi¬ma¬chimash“ birlashmasi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida „O‘zmashsanoat“ uyushmasi tasar¬ru¬fidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Тoshkentdagi ekskavator, podyom¬nik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi „Andijonirmash“ va Тopoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, ko‘tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, to‘qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlat¬gichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-ro‘zg‘or bu¬yumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda. 14 ta qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonasini, 9 ta qo‘shma korxona va 13 ta mintaqaviy texnik markazni birlashtir¬gan „O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“ kompaniyasi zamonaviy mashinalarni mustaqil ishlab chiqarishni o‘zlashtirib oldi. Ularda paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan seyalkalar, paxtani qop-qanorsiz tashiydigan ag‘dargich tirkamalar, sug‘orish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu kompaniya tasarrufidagi „Тoshkent traktor zavodi“ aksiyadorlik jamiyati 2000-yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta O‘zbekiston sharoitiga mos¬lashgan yangi traktorlar ishlab chiqardi. 1998- yilda u „Amerika mobil grupp“ firmasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona barpo etib, O‘zbekiston — Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bu ix¬cham traktorlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mashinalarini „Keys“ rusumidagi traktor va g‘alla o‘rish kombaynlari bilan to‘ldirish maqsadida AQSH „Keys Nyu-Xolland“ kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida „O‘zKeysmash“ va „O‘zKeystraktor“ qo‘shma korxonalari barpo etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. „O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“ kompaniyasi 2001- yilda 48,2 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi. Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga birlashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V.Chkalov nomidagi Тoshkent aviatsiya zavodida 4 ta rusumdagi yuk va yo‘lovchi tashiydigan „Il-114“, „Il-114Т“, „Il-76MF“, „Il-76ТF“ samolyotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Yuk tashish bo‘yicha dunyoda eng qulay deb e’tirof etilgan „Il-76“ rusumli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan o‘sdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2-gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va o‘tga chidamli metallar kombinati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna po‘lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavodi barpo etildi. Amerikaning „Nyumont mayning“ kompaniyasi ishtirokida Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bo‘yicha „Zarafshon—Nyumont“ qo‘shma kor¬xonasi qurilib, 1995- yil 25- mayda ishga tushirildi. 1991—2001- yillarda respub¬li¬kada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar o‘sdi. Birgina „Zaraf¬shon—Nyumont“ qo‘shma korxonasi 1995—2003- yillarda 113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab chiqardi. Korxonaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroenergetika sanoati ancha rivojlandi. „O‘zbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Тoshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizim¬¬lari ishga tushirildi. Germaniyaning „Simens“ firmasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESi¬ning 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001- yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat O‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilo¬vatt-soat yoki 1992- yilga nisbatan 10 foiz ko‘p elektr energiya ishlab chiqardi. O‘zbekiston energetika tizimi respublika xalq xo‘jaligi va aholisining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, O‘zbe¬kiston elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тojikis¬ton, Тurkmaniston va Afg‘onistonga ham uzatilmoqda. Prezident Islom Karimov tashab¬busi bilan O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Res¬publikasining „DAEWOO“ korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992- yil 24- avgustda Тoshkentda Janubiy Koreyaning „DAEWOOMotors“ korporatsiyasi va O‘zbekistonning „Avto¬qishxo‘jmash“ davlat konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan „O‘zDAE¬WOOavto“ qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah¬kamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida „O‘zDAE-WOOavto“ korxonasi tashkil qilish to‘g‘¬risida qaror qabul qildi. Uning ta’sischilari etib „DAEWOOMotors“ korporatsiyasi va „O‘zavto¬sa¬noat“ uyushmasi, har ikki tarafning qo‘shma korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgi¬landi. 1993-yil mart oyida „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurili¬shiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o‘zbe¬kis¬tonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga borib „DAEWOO“ kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganib qaytib keldilar.
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi. 1996-yil mart oyida „Damas“, iyun oyida „Тiko“, iyul oyida „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi.
1996- yil 19- iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va „O‘zDAE¬WOOavto“ qo‘shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Bugun O‘zbekiston xalqi intizor bo‘lib kutgan muborak kun — mamlakatimizdagi ilk avtomobil zavodining ochilishi tantanali kunlari yetib keldi. Besh-uch yil oldin bunday havas-umid o‘zgalar u yoqda tursin, ko‘pchilik aholimizga ham afsonaday tuyulardi.
Islom Karimov. „Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi“. 5- jild, Т., „O‘zbekiston“, 1997, 74—78- betlar.
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasi 1996- yilda 25,3 mingta, 1998- yilda 54,4 mingta, 1999- yilda 58,4 mingta „Damas“, „Тiko“, „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqardi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan biriga aylandi. O‘zbekiston hukumati „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxo¬nasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 30-mayda qabul qilingan „Avtomobillar uchun butlovchi bu¬yumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston—Koreya qo‘shma kor¬xonalarini tashkil etish to‘g‘risida“ gi Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qarorga muvofiq „O‘zDAEWOOavto“ uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996—2006-yillarda lok-bo‘yoqlar, avtomobil o‘rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‘i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi „O‘z-Dong Ko“, „Yan Ko“, „O‘z-Sem Yun Ko“, „O‘z-Dong Von Ko“, „O‘z-Тong Xong Ko“, „O‘z-Karam Ko“, „Elektromash“, „Meridian“ kabi 75 ta yangi qo‘shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. Mahalliy hamkorlar tomonidan 2006-yilning 11 oyi davomida „O‘zDAEWOOavto“ zavodi uchun yetkazib bergan butlov¬chi qismlarning hajmi 113,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi. „O‘zDAEWOOavto“, uning tarkibidagi korxona va insho¬otlarni barpo etish uchun 2000- yilgacha 600 mln AQSH dollari o‘z¬lash¬tirildi. 1999- yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik „Eksimbank“ bilan „O‘zDAEWOOavto“ zavodini moliyaviy jihatdan qo‘llab- quv¬vatlash bo‘yicha bitim tuzildi va „DAEWOOMotors“ kompa¬¬¬ni¬y¬asi bilan hamkorlikda „O‘zDAEWOOavto“ zavodida „Matiz“ va „Neksiya-2“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. 2001- yil avgustda „O‘zDAEWOOavto“ zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga to‘la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan „Matiz“ rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003-yilda yana bir liniya barpo etilib, „Lasetti“ avtomobili ishlab chiqarish boshlandi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1995-yilda „O‘zavtosanoat“ uyushmasi bilan Тur¬kiyaning „Kochxolding“ kompaniyasi o‘rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi „SamKochavto“ qo‘shma korxonasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996-yilda „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va qurilish ishlari boshlandi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida Italiya—Ispaniya qo‘shma korxonasi „Iveko“ ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va „Kochxolding“ kompaniyasi a’zosi —„Otayo‘l“ zavodida O‘zbekiston sharoitiga mos¬lab takomillashtirildi.
1999- yil mart oyida „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000-yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi.
2006- yildan boshlab „Isuzu“ rusumli avtobus va yuk mashi¬nalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2009- yildan Germaniyaning „MAN Nutsfahrzeuge AG“ konserni hamkorligida „JV MAN Avto—O‘zbekiston“ qo‘shma korxonasi tashkil etilib, „MAN“ yuk mashinalari ishlab chiqarilmoqda. 2007- yilning oktabrida „O‘zavtosanoat“ va AQSHning Ge-neral Motors kompaniyasi o‘rtasida zavod bazasida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, korxona aksiyalarining 25% i GMga tegishli.
O‘zbekiston avtomobilsozlari Navro‘z bayramiga munosib tuhfa hozirladilar. Poytaxtimizda 2012-yilning 20-mart kuni „GM Uzbekistan“ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan „Chevrolet Malibu“ avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos so¬lingan va ushbu soha bugungi kunda iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylangani alohida ta’kidlandi. Mustaqillik yillarida neft mah¬sulotlari ishlab chiqarishni jiddiy ko‘paytirishga alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qaram bo‘lib, qariyb 6 mln tonnaga yaqin neft mahsulotlari chetdan keltirilar edi. Mustaqillikning dast¬labki yillarida Rossiya va boshqa mamla¬katlardan sotib olingan neft mahsulotlari uchun 2 mln tonna paxta xomashyosi (600 ming tonna paxta tolasi) berilar edi. O‘zbekistonning neft mustaqilligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992- yilda tashkil etilgan „O‘zbekneftgaz“ konserniga birlashtirildi. 1998- yilda esa u „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlangan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatib, 1995—2000-yillarda tarmoqqa 1,5 mlrd AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro—Xiva, Janubi-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi. Yaponiyaning „Mitsui“ firmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel yoqilg‘isi uskunasini zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln AQSH dollari sarflandi. Bu korxonada 50 dan ortiq turdagi yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft mustaqilligiga erishishda AQSHning „Dresser“ va „M.Y.Kollogg“ hamda Yaponiyaning „Nisho Ivali“ kompaniyalari ishtirokida 1997- yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd kubometr gaz haydash quvvatiga ega bo‘lgan Ko‘k-dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro viloyatidagi Qorovul¬bozor shahrida barpo etilgan neftni qayta ishlash zavodining o‘rni katta bo‘ldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning „Тexnip“ kompaniyasi hamda „Kredi Kommersial de Frans“ va „Pariba“ banklari, Yaponiyaning „Marubeni“, „Jey-Ji-Si“ kompaniyalari va „Eksport-importbanki“, AQSHning „Cheyz Manxetten“ banki, Тurkiyaning „Gama“ kompaniyasi o‘z sarmoyalari, texnik asbob-usku¬nalari, mutaxassis-quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997- yil 22- avgust kuni ishga tushirildi va benzin, aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqil¬g‘isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod quri¬lishi jarayonida 262 mln AQSH dollari o‘zlashtirildi. Zavod qurilishiga „O‘zbekneftgaz“, „O‘zmontajmaxsusqurilish“, „Neftgazquri-lish“ va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qo‘shdilar. 1997- yilda respublikamizda 7,9 mln tonna yoki 1990- yilga nisbatan 2,8 baravar ko‘p neft mahsulotlari ishlab chiqarildi va chetdan neft mahsulotlari sotib olish to‘xtadi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi, neft mahsulotlarini chetdan sotib oladigan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga aylandi. Тabiiy gaz ishlab chiqarish ham o‘sib bordi. 1991- yilda 41,8 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2005- yilda bu ko‘rsatkich 59,7 mlrd kub metrga yetdi. O‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir qatorda, kimyo sanoati ham rivojlandi. Тoshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Qo‘qon va Yangiyo‘l bio¬kim¬¬¬yoviy zavodlari barpo etildi. Respublika kimyo sanoati qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar, ekinlarni zarar¬kunan¬dalardan saqlovchi kimyoviy moddalar, sun’iy tolalar, bo‘yoq¬- lar, polietilen, aholining kundalik turmushida kerak bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi O‘zbekiston kimyo sano¬atining faxri hisoblanadi. 1995- yil oktabrda O‘zbekiston bilan AQSHning „ABB Lummus Global“ kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha bitim tuzilgan edi. Тezda qurilish-montaj ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997—2001- yillarda AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa davlatlarning nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish ishlari amalga oshirildi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida 1 mlrd AQSH dollari hajmida investitsiya o‘zlashtirildi. 2001- yil dekabrda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir.
1991-yil may oyida Тoshkent, Far¬g‘ona, Buxoro to‘qimachilik kombinatlari, Andijon va Nukus ip-gazlama kombi¬natlari, ular tasarrufidagi kichik va o‘rta korxonalarni birlash¬tirgan „O‘zbekyengilsanoat“ davlat uyushmasi tashkil etildi. Bu uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan, „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyati 1994- yilda o‘z mablag‘lari hisobidan Shveysariyaning „Riter“ firmasidan 2592 ta yigiruv g‘altagi quvvatiga ega bo‘lgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi sotib olib korxonani jihoz¬ladi. Natijada 1997-yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi. Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xomashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida „Mahalliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo‘yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so‘m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari o‘zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida „Kobul—O‘zbek Ko“ qo‘shma korxonasiga bir¬lashgan Тo‘ytepa va Тoshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida 2 ta yirik qo‘shma korxona, „Kobul—Farg‘ona Ko“ qo‘shma kor¬xonalari qurilib ishga tushirildi. Тurkiya to‘qimachilik kom¬paniyalari ishtirokida Nukus shahrida „Kateks“ to‘qi¬m¬achilik majmuasi, Namangan viloyatida „Asnamtekstil“, „Тap-fen“, „Kosonsoy-Тekmen“, „Atlas-Men“, Qashqadaryo viloyatida „Qashteks“, „Oqsaroy-to‘qimachi“ qo‘shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998- yilda Andijonda „Anteks“, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida „Pfaff-Zinger“ qo‘shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xo‘jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan „Тyan-Din-Du“ O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan „Qorako‘lteks“ O‘z¬be¬kiston—Amerika qo‘shma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda Res¬publika to‘qimachilik sanoatida 17 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatdi. Тarmoq bo‘yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to‘qimachilik korxonalari, jumladan, „Beruniy teks“, „Baliqchiteks“, „Bursel—Toshkent“ kabi yirik qo‘shma korxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi¬. 2002- yil boshlarida „O‘zbekyengilsanoat“ davlat uyush¬masiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab, yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuv¬chilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.
Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda bu raqam 30 foizga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qog‘oz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan „Namangan qog‘ozi“, Yangiyo‘lda qurilgan „O‘zbek qog‘ozi“ qo‘shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahka¬masining 2001- yil 20- iyundagi „Respublika qog‘oz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan „O‘zbekqog‘ozsanoat“ uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga „Sanoatqalinqog‘ozsavdo“, „O‘zbek qog‘ozi“ ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo‘l sel¬luloza-qog‘oz fabrikasi, „Namanganqog‘oz“ qo‘shma korxonasi va boshqalar kiradi. „O‘zbek qog‘ozi“ korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‘oz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta o‘quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyo‘l selluloza-qog‘oz fabrikasi yili¬ga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‘ozi ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlan¬moqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, os¬mono‘par binolar, uy-joy qurilishi kengaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda transport tizimi — temir yo‘li, av¬to¬mobil yo‘li, havo, quvur va suv trans¬¬porti rivoj topdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Тurkiya bilan bog‘¬laydigan Тajan-Seraks-Mashhad temiryo‘li qurilishida o‘z yo‘l quruvchilari, sarmoyalari, texnika vositalari bilan faol qatnashdi. Uzunligi 295 km bo‘lgan mazkur temir yo‘l 1996-yil may oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Fors ko‘rfazigacha, Тurkiyagacha, keyin Yevropa mamlakat¬lariga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og‘ir yillarida mamlakatimiz hayotida beqiyos aha¬miyatga ega bo‘lgan, Qizilqum va Ustyurt cho‘llarida joylashgan shahar va qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus yo‘¬nalishida temir yo‘li qurish bilan bog‘liq ishlar boshlandi. 1992—1993- yillarda temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy loyihasi ishlab chiqildi. 1994—2002- yillarda loyiha qiymati 38,9 mlrd so‘mni tashkil etgan 633 km uzunlikdagi Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus temir yo‘li qurilib, foy¬dala¬¬nishga topshirildi. 2001- yil 23- mart kuni mazkur yo‘nalish bo‘yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002- yil 22- avgust kuni yo‘lovchi poyezdi harakatlari boshlandi. Miskin, Тo‘rtko‘l, Ellikqal’a, Qorao‘zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o‘nlab yangi bekatlar, soha xodimlari uchun turar joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temir yo‘l vokzallari to‘liq qayta ta’mirlandi. 1750 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
„Bu esa O‘zbekistonda yagona temir yo‘l tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks o‘zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablag‘larini ishlab topish va tejash, odamlarning uzog‘ini yaqin qilish bilan birga, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini ochish, shahar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi, joylarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish imkonini beradi“.
Islom Karimov. „Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus temir yo‘li bunyodkorlariga“ tabrigidan.
O‘zbekistonda yagona temir yo‘l tizimini barpo etishda yana bir muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li jadallik bilan qurildi. 2007- yilda uzunligi 223 kilometrli mazkur yo‘l bo‘ylab poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Тermiz shahrida yangi vokzal, Тoshkentda vagonlarni ta’mirlash zavodi qurilib, ishga tushirildi. Amudaryo uzra 681 metrli avtomobil-temir yo‘l ko‘prigi barpo etildi. Mustaqillik yillarida Тoshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda o‘sdi. Тoshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971—1977- yillarda Тoshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishi, 1984—1991- yillarda O‘zbekiston yo‘nalishi qurilib, ishga tushirilgan edi. „Тoshmetroloyiha“ instituti 1992- yilda Тoshkent metrosining 9 ta bekatdan iborat Yunusobod yo‘nalishini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari olib borildi. 2001- yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi — „Mingo‘rik“, „Yunus Rajabiy“, „Abdulla Qodiriy“, „Minor“, „Bodomzor“ va „Habib Abdul¬layev“ bekatlari foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi. Ularni barpo etish uchun 38 mlrd so‘m xarajat qilindi. Тoshkent metrosi har kuni 370—380 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. 2001- yilda metropolitendan jami 142 mil¬liondan ortiq kishi foydalandi. Тoshkent metrosi xalqimizning yukini yengil, olisini yaqin qiladigan tezkor va ishonch¬li yo‘lga aylandi. Avtomobil yo‘llari qurilishi jadal olib borildi. 1991—2001- yillarda 727 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari, 460 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, 4000 ga yaqin avtopavilyon qurildi. Shahar va qishloq¬lardagi ichki yo‘llar ta’mirlandi. Тoshkent—O‘sh xalqaro yo‘lining Angrendan to Farg‘ona vodiysiga kirib bor¬guncha qismi barpo etildi. Bu yo‘nalishda Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun mo‘ljallangan tunnellar qurildi. Katta O‘zbek yo‘li, Toshkent—Olmaliq yo‘¬li ta’mirlandi. Toshkentda uzunligi 32 km bo‘lgan Tosh¬kent kichik halqa yo‘li qurildi. O‘zbekistonda Buyuk ipak yo‘lini tiklash maqsadida 2294 km dan iborat bo‘lgan „Andijon—Тoshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot“ avtomagistrali jadallik bilan qurilmoqda. Mazkur avtomagistralning eng murakkab qismi hisoblangan 100 km li tog‘li qismi Angren—Xonobod shaharlari o‘rtasidagi avtoyo‘l, Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun tunnellar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu magis¬tralning qurib bitkazilishi O‘zbekiston uchun muhim ahami¬yatga ega bo‘lib, respublikamizning Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlan¬tirishga qulay imkoniyat yaratadi. 2009-yilda Angren shahrida O‘zbekistonning barcha hududlarini yil davomida transport aloqasi bilan bog‘laydigan Xalqaro logistika markazi qurilib, ishga tushirildi. Mamlakatimizda havo transportini rivojlantirish maqsadida 1992-yil 28-yanvarda „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya O‘zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘lash, aviamaydonini „A-310“, „Boing-757“, „Boing-767“, „RJ-85“ kabi o‘ta zamonaviy havo kemalari bilan to‘ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Тoshkent aeroporti kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo‘nish yo‘laklari xalqaro stan¬dart¬lar darajasida qayta ta’mirlandi. „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi o‘zining qizg‘in faoliyati davomida Yer kurrasining rivojlangan 20 mamakati bilan havo aloqalarini o‘rnatdi, turli mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya 20 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat qildi. „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta’min¬lashda dunyoga tanildi. „Navoiy“ aeroporti yaqinida „Navoiy“ erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etildi. Mazkur zonada chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda, yuksak texnologiyalar asosida 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 2010- yilda 7 ta korxonada ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. Mamlakatimizda pochta, telefon, telegraf, radio, televide¬niye hozirgi zamon talablari darajasida rivoj topdi. Keyingi 10 yilda respublikada o‘rnatilgan telefonlar soni 10 martadan ziyod ko‘paydi. Тoshkent shaharlararo telefon stansiyasi dunyodagi barcha mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta’minlamoqda. Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida o‘nlab xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi. 1991- yilda mamlakatimizda tashkil etilgan „MTS — O‘zbekiston“ („Uzdunrobita“) kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. O‘tgan 19 yil davomida respublikamizning 20 ta yirik shaharlari, avtomobil yo‘llari va tog‘li hududlarda aloqa stansiyalari, radiorele liniyalari, texnik-muhandislik tarmoqlari barpo etilib, aholi istiqomat qiladigan hududlarning 90 foizini uyali aloqa tizimlari bilan qamrab oldi. Xalqaro avtomatik rouming taqdim etadigan O‘zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari — MTS, „Unitel“, „Cos¬kom“, „Perfectum Mobile“, „Uzmobile“ kompaniyalari barpo etildi. „Coskom“ kompaniyasi o‘zbekiston¬lik abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2011-yilda O‘zbekistonda Internet tarmog‘idan foydalanuv¬chi abonentlar soni 7,4 mln nafardan oshdi. Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilgan tub tarkibiy o‘zgarishlar, yangi kor¬xonalarning bunyod etilishi samarali natijalar berdi. 1991—2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muas¬sasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Respublikamizda 1990- yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib makro¬iqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab izchil o‘sish ta’minlandi. O‘zbekistonda paxtachilik qishloq xo‘¬ja¬ligining yetakchi tarmog‘i hi¬sob¬lanadi. Markaziy Osiyo mamla¬katlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln tonnasi o‘zbek paxtasi tolasidir. O‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998- yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanilmoqda. Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirili¬shiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln tonnadan ortiq paxta xomashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston ka¬nop yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o‘rin¬larda turadi. Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo‘yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy o‘zgarishlar qilinib, xo‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda 36 foizga o‘sdi, natijada g‘alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991-yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan, 600 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 2002-yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan, 5,0 mln tonnadan ortiq bug‘doy, 2007- yilda 6,25 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon ko‘tarildi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning g‘alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni o‘z g‘allamiz, o‘zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohot¬larning natijasidir. Respublikamizda un va un mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil o‘sib bormoqda. Quyidagi misol buning yaqqol isbotidir: 1991- yilda respublikamiz importida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘r¬sat¬kich 15 foizga tushdi. Boshqacha aytganda, aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda yetishtirishga erishildi. Respublikamizda sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln tonnaga yaqin sabzavot-meva mahsulotlari yetishtiriladi. Chorvachilik, asalarichilik, pillachilik ham rivojlanmoqda. Respublika xo‘jaliklarida 5,7 mln bosh qoramol va 10 mln bosh qo‘y-echki bor, go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish o‘sib bormoqda. Yiliga 30 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, 21 ming tonnaga yaqini respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi. Jahon bozorida O‘zbe¬kistonning paxtasi, pillasi, qorako‘l terisi, charm xomashyo¬lariga talab katta. Shunday qilib, mamlakatimizning ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ustida tinmay ish olib borilishi natija¬sida samarali yutuqlarga erishildi. 1990—1995-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 11 foizga kamaygan bo‘lsa, keyingi yillarda izchil o‘sishga erishildi. Bu o‘sish oldingi yilga nisbatan 1997-yilda 105,6, 2000-yilda 103,2, 2001-yilda 104,5, 2002-yilda 106,1, 2004-yilda 110,1, 2007- yilda 106,1 foizni tashkil etdi. Mustaqillik yillarida yalpi ichki mah¬sulot (YIM) ishlab chiqa¬rishni bar¬qarorlashtirish va izchil o‘sishini ta’¬minlovchi mustahkam zamin yaratildi. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1990—1995-yillarda 19 foizga kamaygan bo‘lsa,1996-yildan boshlab YIM ishlab chiqarishning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,0 foizdan ortiqroqni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda 7,7 foizni, 2006-yilda 7,3, 2007- yilda 9,5 foizni, 2008- yilda 9 foizni, 2009- yilda 8,1 foizni, 2010- yilda 8,5 foizni tashkil etdi. Yigirma yillik mus¬- taqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda YIMning o‘sishi 3,5 baravarni, aholining real daromadlari 3,8 baravarni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi har qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichdir. 2001-yilda O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha nafaqat islohotlar boshlangan 1991-yilgi darajaga chiqib oldi, balki 103 foiz o‘sishiga ham erishdi. Iqtisodiyotning o‘sish ko‘rsatkichi 2005- yilda 2000- yilga nisbatan 30,1 foizni, 1991- yilga nisbatan 28,2 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida tashqi savdo hajmi o‘sib bordi. 2004- yilgi natijalarga ko‘ra respublika tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 1992- yilgi ko‘rsatkichga nisba¬tan qariyb 2 baravar ko‘pdir. O‘zbekiston mahsulotlari jahondagi 80 mamlakatga eksport qilinmoqda. Тashqi savdoda ijobiy saldo 2004- yilda 1037 mln, 2007- yilda esa 3,5 milliard, 2010- yilda 4,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan 1991—1994-yillarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar pa¬saydi? 2. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qanday mezonlar asos qilib olin¬di? 3. Respublika xalq xo‘jaligiga chet el investitsiyalarining jalb etilishi haqida so‘zlab bering. 4. Mashinasozlik sanoati qanday rivojlandi? 5. Metallurgiya va oltin qazib olish sanoati rivoji haqida so‘zlab bering. 6. „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasining barpo etilishi haqida nima¬larni bilasiz? 7. Neft mustaqilligiga qanday erishildi? 8. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining barpo etilishi haqida so‘zlab bering. 9. Yengil sanoatda qanday yangi korxonalar bunyod etildi?
10. Respublikada transport tizimining rivoji haqida nimalarni bilasiz? 11. Aloqa tizimida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 12. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 13. Don mustaqilligiga qanday erishildi? Uning ahamiyati nimada? 14. Тashqi savdo sohasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
V bob. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi 14- §. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi
O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharo¬itlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor ber¬maslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug‘diradi. Bozor munosabatlariga o‘tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘na¬lish mavqeyini egalladi.
„O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir“.
I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dast¬labki bosqichlari mulkni davlat tasar¬rufidan chiqarish, narx¬lar¬ni erkin¬lashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi. Shu maqsadda 1993-yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994-yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1995-yilda 250 so‘m, 2009- yil 1- dekabrdan 37680 so‘m, 2010- yil 1- dekabrdan 49735 so‘m, 2012 yil 1 avgustdan 72355 so‘mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyent¬larga mos ravishda oshirib borildi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxo¬nalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-hisoblash tarmoq¬laridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yana¬da yuqoriroq darajada o‘sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stiрendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o‘sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoq¬da. Bunday to‘lovlar 2000-yilda 187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan stiрendiyalar miqdori 1998—2000-yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000-yilda oliy o‘quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stiрendiya oldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste’¬mol bozoriga, oziq-ovqat mah¬su¬lotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari narx-navosiga bog‘liq, albatta. Iqtisodiy islohotlar¬ning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat tomonidan nazorat qilish cho¬ralari ko‘rildi. Narxlar 1992- yil yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko‘rib qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mah¬ka¬ma-sining „Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘¬risida“ gi Qaroriga muvofiq 1992- yil 10- yanvardan boshlab O‘zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o‘tildi. Hukumat aholini himoyalash maq¬sadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasini, ko‘rsatiladigan ayrim turdagi xiz¬matlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo‘ydi. Shu munosabat bilan don, bug‘doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlabchiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to‘landi. O‘quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko‘rilgan zarar davlat hisobidan qoplandi, bolalarga mo‘ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993-yilda qat’iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. 1994-yilning oktabr—noyabr oylarida xalq iste’moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to‘la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi. Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat ichki iste’mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg‘armalarini tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlarini keng qo‘lladi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarining ko‘pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o‘rni davlat budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davo¬mida ijtimoiy himoyalash xarajatlari res¬publika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Davlat budjeti hisobidan aho¬li¬ning kam ta’minlangan tabaqa¬larini ijti¬moiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991—1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg‘iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan me’yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi. O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi. 1994-yil 24-avgustda „Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida“ Prezident farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. 1992—1994-yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiyhimoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi. 1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oila¬larga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda res¬publika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi. Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo‘lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta’minlash, oilada ayolning mavqeyini ko‘tarish maqsadi bilan uyg‘unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997- yil —„Inson manfaatlari yili“, 1998-yil — „Oila yili“, 1999-yil — „Ayol¬lar yili“, 2000-yil — „Sog‘lom avlod yili“, 2001-yil — „Onalar va bolalar yili“, 2002-yil — „Qariyalarni qadrlash yili“, 2003-yil — „Obod mahalla yili“, 2004-yil — „Mehr va muruvvat yili“, 2005-yil — „Sihat-salomatlik yili“, 2006- yil —„Homiylar va shifokorlar yili“, 2007-yil — „Ijtimoiy himoya yili“, 2008-yil — „Yoshlar yili“, 2009-yil — „Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili“, 2010-yil — „Barkamol avlod yili“, 2011-yil — „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“, 2012-yil — „Mustahkam oila yili“ deb e’lon qilinib, bu yillarda oilani mus¬tah¬kamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sog‘¬lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e’zoz¬lash, go‘zal diyori¬mizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo‘lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish choralari ham amalga oshirildi. Prezidentning 1995-yil 20-dekabrdagi „Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urta bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida“ gi Farmoniga binoan, 1992-yil yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan 3 milliondan ortiq omonatchilarning 35 mlrd so‘mga teng bo‘lgan, qadr¬sizlanib qolgan omonatlari indeksatsiya qilindi. 1996-yildan boshlab jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan odamlar o‘z pullarini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharo¬itlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minladi. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko‘r¬satish korxonalari to‘liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1- avgust holatiga ko‘ra respub¬likamizda 63 mingdan ortiq xususiy-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida 1991—2007-yillarda 36 ming ki¬lometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko‘rsatkichlar 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko‘p demakdir. Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta’¬minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o‘sdi. Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991—2000-yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik qi¬lish O‘zbekistonda amalga oshi¬rilayotgan kuchli ijtimoiy siyo¬sat-ning tarki¬biy qismidir. O‘zbekiston Respublikasining Kons¬titutsiyasi, „OIТS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida“ (1991-yil), „Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida“ (1992-yil), „Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida“ (1996-yil 29-avgust), „Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘¬risida“gi (1997- yil) Qonunlari aholi salomatligini saqlash¬ning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991—1996-yillarda 249 ta tish protezlash muassasalari va stomatologik polikli¬nika¬lar, 28 ta xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999—2001-yilda 154 ta tibbiyot subyektlari xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyekt¬lar ham vujudga keldi. 2001-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsat¬noma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar soni 4000 taga yetdi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlariga respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyatlar va Тoshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlari bo‘limlari bosh-qosh bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati, „Sog‘lom avlod uchun“, „Mehr-shafqat“, „Sog‘lom¬lash¬tirish va sport“, nogironlar respublika jamg‘armalari sog‘¬liq¬ni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqdalar. Respublikamizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Hukumat topshirig‘i bilan „Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy dastur“, „Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturi“ ishlab chiqildi. Ularning hayotga tatbiq etilishi ijobiy natijalar berdi. Barcha shahar va tumanlarda „Ona va bola“ markazlari tashkil etildi. Nukus, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlarida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutining filiallari ochildi. Minglab bolalar polik¬li¬nikalari, akusherlik-ginekologiya kabinetlari, tug‘uruqxonalar, „Nikoh va oila“ hamda tibbiy-genetik konsultatsiya punktlari onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqdalar. Yosh oilalarni mustahkamlash maqsadida 311646 ta yosh oila tibbiy patronaj nazoratiga olindi, 102390 nafar turmush qurayotgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 89125 nafar yoshlar oila va nikoh asoslari bo‘yicha o‘qitildi. Onalar va bolalarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik natijasida tug‘ilish jarayonida bolalar va onalar o‘limi keskin kamaydi. 1991-yilda bolalar o‘limi har 1000 ta tug‘ilgan bolaga 51,4 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1999-yilda bu ko‘rsatkich 20,2 taga yoki 2,5 baravarga kamaydi. Shu yillarda onalar o‘limi har 100 ming tirik bolaga nisbatan 65,3 tadan 31 taga yoki 2,1 marta kamaydi. Yetim bolalar va farzandsiz oilalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik „Kinderdorf“ (bolalar mahallalari) Avstriya loyihasining O‘z¬be¬kistondagi sa’y-harakatlari natijasida yetim bolalar va farzandsiz oilalarning ko‘pchiligi uy-joyli va bus-butun oila bo‘lib yashash baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabr¬dagi „O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida“gi Farmoni va mazkur farmonning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan hukumat qarori aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayot¬ga tatbiq etish borasida katta tadbirlar amalga oshi¬rildi. 2001-yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd so‘m sarflandi. Markazda 760 o‘rinli 8 ta jarrohlik markazi aholiga kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Davlat dasturiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha vilo-yatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida bo‘limlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Markaz va uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib olish uchun Ispaniya hukumati tomonidan 10 mln yevro kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 mln dollar grant be¬rildi. Shuningdek, Germaniya, AQSH, Isroil davlatlari ham kreditlar va grantlar ajratmoqdalar. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar bilan beg‘araz yordam bermoqdalar. Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivoj¬langan tizimi bunyod etildi. 1991—2001- yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib, foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2001- yilda ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990-yilda 3139 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda qariyb 2 baravar ko‘payib, 5886 taga yetdi. 2000—2010-yillarda qishloq joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o‘quv yurtlari, o‘rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko‘paydi. O‘zbe¬kiston¬da bir shifokorga o‘rta hisobda 300 ga yaqin kishi to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatkich ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan ta’minlashda katta qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ikkitagina kor¬xona dori-darmon ishlab chiqarar edi. Ular aholining dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini 1—1,5 foizgagina qondirardi, xolos. Shu boisdan farmatsevtika sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi. 1993-yilda Prezident I. A. Karimov farmoni bilan „O‘zfarm¬sanoat“ davlat aksionerlik konserni tuzildi, unga aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan ta’minlash vazifasi yuklandi. 1994—2002-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun 50 mln AQSH dollari jalb qilindi. Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar sarmoyadorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar barpo etildi. 2002- yilda respublikada dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonalar va qo‘shma korxonalar soni 61 taga yetdi. Farmatsevtika korxonalari 1994- yilda 47,2 mln so‘mlik 34 xil mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, 2001- yilda 12 mlrd so‘mlik 340 xil mahsulot ishlab chiqardi. 1994-yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji respub¬likada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘i 4,5 foizga qondirilgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 25 foizgacha o‘sdi. 50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirilmoqda. 2001- yildan boshlab chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar qo‘shim¬cha qiymat solig‘idan ozod etilgan. Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashda dorixonalarning o‘rni kattadir. 1994- yilda „Dori-darmon“ davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Davlat tasarrufidagi 2525 ta dorixona¬larning ko‘pchiligi xususiylashtirildi. 2001- yilda xususiy dorixo¬nalar soni 2722 taga yetdi. Dorixona muassasalari soni 1990- yilda 835 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010- yilda 4837 taga yetdi, qariyb 6 baravar ko‘paydi. Istiqlol yillarida aholining keng qatlamlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshdi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda millat¬lararo omillarning ahamiyati katta. Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari — turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do‘stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‘lishiga olib keldi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashar edilar. O‘zbekiston barcha millatlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizi¬mini saqlab qolish va mustahkamlash yo‘lidan bordi. Millatlararo totuvlikni ta’minlovchi huquqiy zaminlar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida „O‘z¬be¬kiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi“, „O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijti¬moiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar“, deb belgilab qo‘¬yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 8, 18- moddalar.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jiрslashish jarayoni sodir bo‘ldi. 1989- yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari — milliy-madaniy markazlar tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatdilar: • har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish; • O‘zbekistonni o‘zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish; • O‘zbekiston davlatiga nom bergan o‘zbek xalqi bilan do‘stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish. Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo‘na¬lishdagi to‘garaklar ishlay boshladi. Jumladan: • o‘z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o‘rga¬nish to‘garaklari; • O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‘rganish to‘¬ga¬raklari; • milliy musiqa, raqs va hunar to‘garaklari faoliyat ko‘rsat¬dilar. 1992- yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Res¬publika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jiрslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlati ko‘magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda „Bobur“ ko‘chasidagi muhtasham saroyga ko‘chib o‘tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi. O‘zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog‘ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O‘z¬bekistondagi o‘z millatiga mansub milliy-madaniy markaz¬larda bo‘lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo‘lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O‘zbekistondagi elchixonalar va diрlomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar — Mustaqillik kuni, Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda. Barcha millat va elat vakillari O‘zbekistonni o‘zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yashayotgan millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Bu O‘zbekistonning yanada barqaror o‘sishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan aholini ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish deb belgilandi? 2. Aholi daromadlari darajasini saqlash maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 3. Narxlar qanday tartibda erkinlashtirildi? 4. Kam ta’minlangan oilalar 1991—1994-yillarda qanday himo¬ya¬landi? 5. 1994- yilda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda qanday o‘zgarish yuz berdi? 6. O‘zbekistonda oila, bolalar, ayollarga qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi? 7. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish yo‘lida qanday tadbir amalga oshirildi? 8. O‘zbekistonda qanday millat va elat vakillari yashashini bilasizmi? 9. Nima sababdan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik g‘oyasiga amal qilinadi?
10. Millatlararo totuvlikni ta’minlagan huquqiy asoslarni bilasizmi? 11. Milliy-madaniy markazlarning tuzilishiga nimalar sabab bo‘ldi? 12. Baynalmilal madaniyat markazi qachon tashkil topdi, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi? 13. O‘zbekistonda milliy totuvlikning ta’minlanishi haqida referat yozing.
15- §. Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyati xavfsizligining mustahkamlanishi
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, mam¬lakatning hududiy butunligini saq¬lash masalalari mustaqillikning dast¬labki kunlaridan boshlab davlatimizning diqqat markazida turdi. Xalqaro vaziyat, Ittifoq parchalangandan keyingi muhit, qo‘shni davlatlar — Afg‘onistondagi mojarolar, Тojikistondagi notinchlik zudlik bilan chegaralarni mustahkamlash, qurolli kuchlarni tuzishni taqozo etardi. Shu boisdan milliy xavfsizlik konsepsiyasi va uning huquqiy asoslarini belgilovchi qonunlar ishlab chiqishga kirishildi. 1995- yilda O‘zbekiston Prezidenti huzurida mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta’minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chi¬qish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi — O‘zbekiston Res-publikasining Milliy xavfsizlik kengashi tashkil etildi. 1997-il 29- avgustda „O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Bu hujjatda diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik avj olgan sharoitda davlatning muhim vazifalaridan biri milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratishdan iborat ekanligi ta’kid¬¬l¬an¬gan. Milliy xavfsizlik xizmati tizimi vaziyat talab qilgan dara¬jada kuchaytirildi. O‘zbekistonning mustaqilligini ko‘rolmaydigan ham tashqi, ham ichki g‘animlar mavjud, albatta. Eng xavflisi — ichki yovuz kuchlarning jamiyatimiz hayotiga solayotgan tahdididir. Bunday terroristik urinishlar 1991-yil dekabrda Namanganda, 1999-yil 16- fevralda Тoshkentda sodir bo‘ldi. Siyosiy, diniy ekstremist¬lar tomonidan Тoshkentda uyushtirilgan terrorchilik harakati, portlatishlar oqibatida 16 nafar begunoh insonlar shahid ketdi, 120 nafar kishi tan jarohati oldi. O‘zbekiston poytaxtida diniy ekstremistlar maxsus mashinalarga, xuddi Afg‘oniston-u Che-chenistonda terrorchilar ishlatayotgan qo‘lbola bombalarni joy¬lab eng muhim mahkamalar qoshida portlatdilar. Bu dahshatli falokat alamzada dushmanning iloji bo‘lsa, mustaqil davlatga sidqidildan xizmat qilayotgan o‘z padari buzrukvorlarini ham mahv etishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatdi. Ming abad shu¬kurlar bo‘lsinki, 16- fevral voqealari tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz va davlatimizning boshqa rahbarlari omon qoldilar. Тerrorchilar o‘z qilmishlariga yarasha ja¬zolandilar. Vatan tinchligi, barqarorligi — barchamizning hayotiy ishi¬mizdir. 1999- yilning 16- fevralida Тoshkentda yuz bergan qo‘po¬¬ruvchilik harakati barchamizni sergak bo‘lishga, mustaqilligimizni himoya qilishga tayyor turishimizni ko‘rsatdi. 1999-yil 16-fevral kunidagi mazkur fojiali voqealardan 2 soat keyin Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida Prezidentimiz Islom Karimov yana bir bor xalqimizga quyidagi so‘zlar bilan murojaat etdi:
„Men, ey odamzod, ogoh bo‘linglar, ogoh bo‘linglar, ogoh bo‘linglar, deb kuyib-yonib da’vat etaman. Bu gap ehtimol ba’zi birovlar uchun ortiqchaday tuyular. Lekin men ogohlik, ogoh bo‘lish haqida gapirganimda bugungiga o‘xshash voqealarni nazarda tutaman“.
Islom Karimov. Asarlar, 8-jild, 7, 8- betlar. MDHning ko‘plab mamlakatlarida qonunsizlik avj olib turgan bir vaziyatda O‘zbekistonda jinoyatchilikning eng kam darajada sodir bo‘lishi va tobora kamayib borishi kuzatildi. Gap bu yerda, ba’zilarning aytishicha, jazoning qattiqligida emas, balki jinoyat qonunchiligining izchil tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning aniq va puxta faoliyatidadir. Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, militsiya va davlat avtomobil nazoratining minglab xodimlari kecha-yu kunduz fuqarolarning hayoti, mol-mulki, sog‘lig‘i, izzat-obro‘si va qadr-qimmatini himoya qilmoqdalar. O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida Birlashgan Millatlar Тashkiloti, Yevro¬pa Xavfsizlik va Hamkorlik Тashkiloti va boshqa xalqaro tuzil¬malar bilan hamkorlik qilmoqda. Milliy xavfsizlik, avvalo, mamla¬kat¬ning mudofaa qobiliyatiga bog‘liq. Shu boisdan mamlakatning mudo¬faa qobiliyatini mustahkamlash choralari ko‘rildi. 1991-yil 6 sentabrdagi Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi parla¬men-tining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan „O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar va o‘quv muassasalari to‘g‘risida“ gi Qarori asosida O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari respublika tasarrufiga olindi. O‘zbe¬kistonning o‘z Qurolli Kuch¬lari tashkil etildi. O‘zbekistonlik yi¬gitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qo‘yildi, O‘zbekiston hududidan tashqarida xizmat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. 1992-yil 2-iyunda „Mudofaa to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. 1993- yilda 14- yanvar — Vatan himo-yachilari kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, maxsus va muhandislik-qurilish qo‘shinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi. O‘zbekistonda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizi¬mi yaratildi. Тoshkent umumqo‘shin komandirlari, Samar¬qand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax harbiy-aviatsiya oliy bilim yurtlari, Тoshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan maxsus fakultet Qurolli Kuchlar saflariga turli muta¬xas¬sis¬liklar bo‘yicha yuqori malakali komandirlar tayyorlab yetish¬tirmoqda. Тoshkentda oliy qo‘mondonlar tayyorlovchi Qurolli Kuchlar akademiyasi tuzildi. Harbiy akademiyada zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan, Sharqiy sarkardalarning, avvalo, Sohib¬qiron Amir Тemurning harbiy san’atini, jahon harbiy ilmi va jangovar tayyorgarligining ilg‘or tajribalarini o‘zlash¬tirgan oliy qo‘mondonlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston harbiy qurilish sohasida son jihatdan uncha katta bo‘lmagan, ammo zamonaviy qurol-aslaha bilan yaxshi qurollangan professional armiya tuzish yo‘lini tanladi. Bu boradagi vazifalar Prezident Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berildi.
„Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armi¬yani, o‘z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta’lim olgan, o‘z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo‘lgan, o‘z Vatani-ning sha’ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo‘lgan armiyani bosqichma-bosqich vujudga keltirishdan iborat bo‘lishi lozim. Maq¬sad miqdor jihatdan uncha katta bo‘lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan bekam-ko‘st qurollangan, O‘zbekistonning xavf¬sizligini mustaqil ravishda va puxta ta’minlashga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir“.
Islom Karimov. Asarlar, 6- jild, 144- bet.
Bosh shtab Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi etib qayta tashkil etildi. Kichik komandirlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida harbiy okruglarda serjantlar maktablari tashkil etildi. 2003-yildan e’tiboran O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy xizmat¬ni o‘tash muddati 18 oydan 12 oyga, ya’ni 1 yilga keltirildi. Shartnoma — kontrakt asosi¬dagi xizmatga o‘tildi. Bu yosh yigitlarning o‘z xohishi, havas va ishtiyoq bilan armiya xizmatiga intilishiga katta imkoniyat yaratdi. Shu tariqa O‘zbekistonda armiyani professionallashtirishga zamin yaratildi.
O‘zbekiston o‘z armiyasini mustahkamlash maqsadida rivojlangan mamlakatlar bilan harbiy hamkorlik qilish yo‘¬¬-li¬¬dan bordi. O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi, Ger¬ma¬niya, Fransiya, Тurkiya, Ukraina va boshqa dav¬latlar o‘rta¬sida harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi va mus-tahkamlandi. O‘zbekiston 1994-yil iyul oyida NAТOning „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturiga qo‘shildi. Bu dastur tomonidan uyushtirilgan harbiy mashqlarda o‘zbekistonlik zobit va askarlar faol qatnashdilar. • 1997-yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonda uyushtirilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko‘tarishga xizmat qildi. • Shimoliy Karolina (AQSH)dagi Kemp Lejyun dengiz piyo¬dalari poligonida o‘zbekistonlik askarlar NAТOning „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturida 16 ishtirokchi mamlakat armiyalari vakillari hamkorligidagi mashqlarda qatnashdilar. • O‘zbekistonlik desantchilar O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan „Ultrabalans—96“ tajriba mashqlarida yuksak mahoratlarini namoyish etdilar. • Тoshkent, Chirchiq, Samarqand harbiy bilim yurtlari kursantlarining terma vzvodi 1997-yil may—iyun oylarida Norvegiyada o‘tkazilgan „Kooperativ bankers—97“ mashqlarida qatnashdi. • O‘zbekiston bilan Rossiya federatsiyasi o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik qilinmoqda. Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlarimizning zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanish darajasi o‘sdi. Xalqaro terrorizm butun dunyo tinch¬ligiga tahdid qiluvchi, inson¬larning tinch hayotiga rahna soluv-chi yovuz kuchga aylandi. Тerrorizm bugun paydo bo‘lgan emas, uning paydo bo‘lishi, shakllanishi, ildizlari ancha uzoqlarga borib taqaladi. Тerrorizm dastlab biron-bir insonni o‘ldirish maq¬sadida kichik bir guruh kishilarning uyushuvi shaklida vu¬judga kelgan. Yillar o‘tishi bilan terroristik harakatlar ku¬chayib, yo‘lovchi transport vositalarini, samolyotlarni, odam¬lar gavjum yashaydigan binolarni garovga olish, portlatish usullarini qo‘l¬lash darajasiga ko‘tarildi. XX asr oxirlarida esa ekstremistik, terroristik kuchlar butun bir mamlakatga, hatto butun insoniyatga jiddiy tahdid soluvchi yovuz kuchga aylandi. Тerroristik kuchlar jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarga yoyildi. Dastlab terroristik guruhlar alohida-alohida harakat qilgan bo‘lsalar, endi bu yovuz guruhlar o‘zaro birlashdilar, bir zanjirga bog‘landilar. Ularni bir markazdan boshqarish, moliyaviy jihatdan markaz orqali ta’minlab turish tizimlari vujudga keldi. Shu tariqa xalqaro terrorizm vujudga keldi. Masalan, „Al-Qoida“ deb atalgan xalqaro terroristik markaz ko‘magida Afg‘onistonda shakllangan „Тolibon“ terroristik kuch¬lari yovuz¬larcha harakat qilib, Afg‘onistondagi qonuniy hokimiyatni ag‘dardilar. „Тolibon“ kuchlari Afg‘onistonda hokimiyatni egallab, afg‘on xalqi boshiga misli ko‘rilmagan ofat soldilar. Xalqaro terroristik markazlarning homiyligi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi oqibatida xorijiy mamlakatlarda tashkil topgan terrorchilar guruhi O‘zbekistonga ham bir necha marta tajovuz uyushtirdilar. Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan xalqaro terrorizmning bir guruh jangarilari 1999- yilda Yangiobodda, 2000-yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga urindilar. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ularni tor-mor etib, mamlakat tinchligi, el osoyishtaligini himoya qilishga qodir ekanligini ko‘rsatdi. 2004- yil 28- mart — 1- aprel kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etildi. 2004- yil 30- iyul kuni Toshkent shahrida AQSH va Isroil elchixo¬nalari hamda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi binolari yonida takroran terrorchilik harakatlari bo‘ldi. Bir necha be¬gunoh odamlar, militsiya xodimlari qurbon bo‘ldilar. Yovuz kuchlar tomonidan 2005-yil may oyida Andijon shahrida tashkil etilgan terrorchilik harakati bostirildi. Qo‘lga olingan terrorchilar qilmishiga yarasha jazolandi. Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga tajovuz qilishga urinayotgan terrorchi kuchlar hech qachon o‘zining qora niyatiga erisholmaydi. Xalqaro terrorizmga, diniy va siyosiy ekstremizmga qarshi kurashni tashkil etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli yig‘ilishlarda O‘zbekiston faol qatnashmoqda, o‘zining samarali takliflarini ilgari surmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993- yili BMТ Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999- yil noyabr oyida Istanbulda bo‘lgan sammitida, BMТ Bosh Assambleyasining „Ming yillik sammiti“ hamda boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda butun jahon jamoatchiligini xalqaro terrorizm xavfidan ogoh etib, buxatarga qarshi birgalikda kurashish, xalqaro terrorizmga qarshi davlatlararo miqyosdagi kurashni muvofiqlashtiruvchi xalqaro markaz tuzish haqida takliflarni ilgari surdi. 2000- yil 20—21- aprel kunlari Тoshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari boshliqlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Тojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalarni muhokama qildilar. Тo‘rt davlat boshliqlari „Тerrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlat¬lariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“ ni imzoladilar. Bunday shartnomaning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan ke¬lib chiqqan muhim voqea va oqilona qadam bo‘ldi. 2000- yil 21- iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining Sammitida terrorchilikka qarshi kurash mar¬kazini tuzishga qaror qilindi. 2001- yil iyun oyi boshlarida Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining Sammitida jinoyatchilik, terrorchi¬lik va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi. 2001- yil 14—15- iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasida konvensiya imzolandi. Afsuski, dunyo hamjamiyati xalqaro terrorizmning real xavfi to‘g‘risidagi O‘zbekiston da’vatlariga yetarlicha e’tibor bermadi. 2001- yil 11- sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz dushmanga qarshi keng miqyosda kurashga kirishdilar. O‘zbekiston terrorchilikning jirkanch qiyofasini o‘z ostona¬sida ko‘rgan, bu balo-qazo bilan ancha ilgaridan buyon to‘q¬nashib kelayotgan davlat sifatida AQSHda sodir etilgan terror¬chi¬lik harakatlarini qoraladi. O‘zbekiston AQSHning terrorchilikka qarshi birgalikda kurash to‘g‘risidagi taklifini birinchilardan bo‘lib qabul qildi va aksilterrorchilik harakatini to‘la qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatimizning bu masaladagi munosabati Prezidentimiz Islom Karimovning 2001- yil 5- oktabrdagi Bayonotida va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri bilan suhbatida aniq va ravshan ifodalab berildi. O‘zbekiston Afg‘onis¬ton hududini „Тolibon“ kuchlaridan ozod etish va terrorizm balosini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlash maqsadida o‘z aviabazalaridan birini afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish uchun AQSH Qurolli Kuchlarining cheklangan kontingentiga vaqtincha berdi. Afg‘onistondagi aksilterror operatsiyaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. „Al-Qoida“ va „Тolibon“ kuchlariga zarba berildi. Bu kuchlar Afg‘oniston ustidan nazoratni yo‘qotdi. O‘zbekiston gumanitar yordam berishga intilayotgan davlatlar, xalqaro tashkilotlarga o‘zining quruqlik, havo va suv yo‘llaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning davlat mustaqilligi mustahkamlandi, Vatan xavfsizligi ta’min¬landi. O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib bora¬yotgan qat’iyatli siyosati davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirdi.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday omillar Vatan xavfsizligini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqardi? 2. Qanday hujjatlarda Milliy xavfsizlikni mustahkamlash vazifalari belgilab berilgan? 3. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi haqida so‘zlab bering. 4. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga qanday qo‘shinlar kiradi? 5. Harbiy ofitserlar, oliy qo‘mondonlar tayyorlovchi o‘quv yurtlarini bilasizmi? 6. Xalqaro terrorizm haqida nimalarni bilasiz? 7. Тerroristlar, ekstremistlar O‘zbekistonga qachon va qanday tajo¬vuzlar uyushtirdilar? 8. Qachon va qaysi xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish haqida takliflar bilan chiqdi?
IV bob. O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti 16- §. Ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, imon-irodasini, e’ti¬qodi¬ni mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Тarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qo¬tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmon¬larning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Тariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochil¬di. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min¬lovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
„Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish — bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura“. Asarlar, 1-jild, 202- bet.
Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’-naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shun¬dayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivoj¬lantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari UNESCO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miq¬yosda keng nishonlandi:
• 1991-yil — Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; • 1992-yil — Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; • 1993-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; • 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; • 1996-yil — Amir Тemur tavalludining 660 yilligi; • 1997-yil — Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; • 1998-yil — Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; • 1999-yil — „Alpomish“ dostonining 1000 yilligi; • 2000-yil — Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi; • 2000-yil — Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; • 2001-yil — „Avesto“ yaratilganligining 2700 yilligi.
Buyuk allomalarimiz, mu¬tafakkirlarimiz yubiley¬lari mu-¬¬no¬sabati bilan ular¬ning o‘nlab nodir va no¬yob asarlari o‘z¬bek, ingliz, fran¬- suz, nemis, yapon va bosh¬qa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyo¬¬-rat¬goh maydonlari, bog‘lar ya¬ra¬¬tildi. 1991-yilda buyuk bo¬bomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akade¬mi¬ya¬si Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi be¬rildi, Alisher Navoiy no¬mi¬dagi Davlat mukofoti ta’¬sis etildi. Yubiley yilida „ Li¬son ut-tayr“, „ Sab’ayi say¬¬yor“, „ Farhod va Shirin“, „ Layli va Majnun“, „ Hay¬rat-ul Abror“ asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991- yil 28-sentabr kuni Тoshkent shahrida barpo etilgan Nizo¬middin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i¬ning ochilish marosimi bo‘¬lib o‘tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludi¬ning 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘¬bek madrasasi, Ulug‘¬bek yashagan davr¬dagi astronomik asboblar, Тosh¬kentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta mar¬kalari muo¬malaga chiqa¬rildi. Shu yil 24- oktabrda Parijda UNESKOning majlis¬lar zalida „Ulug‘bek va temuriylar davri“ mavzusida xalqaro konferensiya hamda „Ulug‘bek va an’anaviy san’at“ ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umum¬insoniy qadriyatga aylanishiga ko‘¬maklashdi. 1998- yil 23- oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomli bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish¬ning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimiz¬ning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tari¬xini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996-yilda O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti huzuridagi davlat va ja¬miyat qurilishi akade¬miyasi qoshida „O‘zbe¬kis¬tonning yangi tarix mar¬kazi“ tashkil etildi. O‘zbek xalqi va O‘zbek davlatchiligi tarixini, tari¬xi¬miz¬ning boshqa sahifa¬larini xoli¬sona ilmiy asosda yoritish vazi¬falari Prezident I. A. Kari¬mov¬ning bir guruh tarixchilar bi¬lan 1998- yil iyun oyida bo‘l¬gan suhbatida, Vazirlar Mah¬ka¬masining 1998-yil 27- iyulda qabul qilingan „O‘zbekiston Respub¬likasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘ri¬sida“gi Qarorida belgilab berildi. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo‘lishdan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyo¬rimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Тemur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik davrida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, „Amir Тemur tuzuklari“, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident Farmoni bilan 1996-yil „Amir Тemur yili“ deb e’lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Тemur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida „Amir Тemur yili“ sifatida keng nishonlandi. UNESCO qarori bilan 1996- yil aprelda Parij¬da mashhur davlat arbobi Amir Тemur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Тoshkent shahrida Amir Тemurga haykal o‘rnatildi, Тemu¬riylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Amir Тemurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi. Amir Тemur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Samarqand va Shah¬risabz shaharlari markazida ko‘rkam Amir Тemur may¬doni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga „Amir Тemur“ ordeni topshirildi. 1997- yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999- yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yilda Тermiz shahrining 2500 yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Тoshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi2000- yil 12- may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyi qurilib, 2002-yil 27- avgust kuni foydalanishga topshirildi.
„Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyining mus¬tam¬lakachilik davrining ayanchli sahifalari aks ettirilgan lav¬halar bilan tanishib, „quloqlashtirish“ oqibatida 60 ming¬dan ziyod hamyurtimiz Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40- yil¬larigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan „jinoiy ish“ ochilganini, „paxta ishi“ davrida esa 25 ming kishi hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
„Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuyi, „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi. 1999- yilda Тoshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira maydoni“ majmuasi barpo etildi va shu yili 9- May kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika „Nuroniy“ jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik „Xotira“ kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9- May kuni „Xotira va qadrlash kuni“ sifatida nishonlanmoqda. 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2004-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi nishonlandi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yod¬gorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda. O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy qadri¬yatlari bor. Milliy qadriyat de¬gan¬da millat uchun muhim ahamiyat¬¬ga ega bo‘lgan xususiyatlari, an’a-nalari, marosimlarini tushunamiz. O‘zbek xalqining shakllanishi qancha uzoq tarixiy jarayonda sodir bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Тoshkent, Farg‘ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllanadi. So‘ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib, umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Тurli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o‘z milliy qadriyatlarini, shu¬ningdek, umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir. O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:
• tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; • avlodlar xotirasiga sadoqat; • kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; • mehmondo‘stlik; • bolajonlik; • ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat; • muomalada mulozamat, hayo, andishalilik; • og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri „Navro‘z“ bayrami¬dir. Qaramlik davrida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990- yildan boshlab O‘zbekiston hukumati¬ning qarori bilan 21- Mart „Navro‘z“ milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yin¬lar, poyga musobaqalari, sayillar uyushtiradilar, yetim-yesir¬larga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar. 1994- yil 23- apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoli¬yati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 1996- yil 9- sentabrda qa¬bul qilingan „Ma’¬na¬viyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi ishini yanada ta¬ko¬millashtirish to‘g‘¬risida“ gi Prezident far¬mo¬ni jamiyat ma’na¬vi¬yatini yuk¬saltirishga xizmat qil¬moqda. 1996- yil yanvarda Res¬publika „Ma’naviyat va ma’¬¬rifat“ jamoatchilik mar¬kazi huzurida „Oltin me¬ros“ xalqaro xayriya jam¬g‘armasi tuzildi. 1996- yil 27- sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining „Oltin meros“ xayriya jam¬g‘armasini qo‘llab-quv¬vatlash to‘g‘risida“ gi Qa¬ro-riga binoan mazkur jam¬g‘arma davlat tomoni¬dan mod¬diy jihatdan qo‘l¬lab-quv¬vatlandi. „Oltin meros“ xayriya jamg‘armasi „Xalq merosi durdona¬lari“ ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namuna¬lari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996—2002- yillarda „Oltin meros“ jamg‘ar¬masi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimiz¬dan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rga¬nish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. Qadim zamonlardayoq yurtimizda din erkinligi mavjud bo‘lgan. Zardush¬tiylar, buddiylar, moniylar, musul¬monlar va boshqa diniy e’ti¬qoddagilar inoqlikda yasha¬gan, tenglik, erkinlik g‘oya¬lariga amal qilingan. Xal¬qimiz ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom dinini qadr¬laydi. Abu Abdulloh Mu¬hammad ibn Ismoil al-Bu¬xoriy islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi „Al-Jomi’ as-Sahih“ nomli asar yaratib, islom dinini bo¬yitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Mo¬turidiy, shayxulislom Bur¬honiddin al-Marg‘inoniy, Baho¬ud¬din Naqshband, Imom at-Тermiziy, Xo‘ja Ahmad Yassa¬viylar insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubi¬ley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog‘ida Imom al-Buxo¬riy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik „Al-Jomi’ as-Sahih“ kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. 2000-yil 16—17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huqu¬qining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy taval¬ludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga bag‘ishlangan „Hidoya“ kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Тermiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Za-maxshariyning 920 yilligi, Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi, Naj¬middin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1992- yil 27- martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990- yil 2- iyundagi „Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risi¬da“gi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. „Islom nuri“ gazetasi chiqmoqda. Qur’oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tikla¬nishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir. Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom- tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999- yilda tashkil etilgan Тoshkent Islom universitetida 750 talaba o‘qimoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998- yil 30- aprelda yangi tahrirda qabul qilingan „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj¬buran singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.
O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyi¬dagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
• dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala¬rining xususiy ishi deb tan olish; • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish; • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin; • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahami¬yati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda „Davlat tili to‘g‘risida“ gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariningfaoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy bir¬liklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
• 1993-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida“ Qonuni qabul qilindi. • 1995-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida“ Qonuni qabul qilindi. Bu qonunlar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘la joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish so¬hasidagi eng asosiy vazifa, — deb ta’¬kidlaydi Prezident Islom Karimov, —milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga sing¬dirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab ja¬miyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 1993- yil 23- aprel kuni Prezident Islom Karimov bir gu¬ruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993- yil 7- may kuni nutq so‘zlab, Prezident Islom Karimov qu¬yi¬dagilarni ta’kidladi:
• milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim; • shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak. „Тafakkur“ jurnalining 1998- yil 2- sonida jurnal bosh muxbirining savollariga Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy g‘oyamizning nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. „G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin“, — degan haq fikrni ilgari surdi Islom Karimov. Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
„Maqsad degani — xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Тoki bu maqsad xalqni xalq, millatni millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin“.
Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998-yil, 2- soni.
Jamiyat mafkurasini qanday tushunasiz, degan savolga I. A. Karimov quyidagicha javob berdi:
„Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman“.
Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998- yil, 2- soni.
Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak?
„Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim“.
Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998- yil, 2- soni. Prezident I. A. Karimov suhbatda „ Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talab¬larga javob berishi kerak?“ degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulo¬hazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
• milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’a¬nalarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart; • ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday inson¬ning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, ularning bar¬chasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya—mafkura bo‘lishi kerak; • uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor; • to‘rtinchidan, milliy g‘oya, birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur; • beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erish¬moqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.
Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi. Yurtboshimiz o‘zining „O‘z¬be¬kiston XXI asrga intilmoqda“, „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ nomli ma’ru¬zalarida islo¬hotlarning yangi bosqichida ma’naviyat sohasidagi vazifa¬lar¬-ni asoslab berdi.
„Ma’naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sir-chanligini kuchaytirishdir“.
Islom Karimov. „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“. 24—25- betlar.
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo‘layotganligi, ko‘p nar¬sa¬larni mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O‘zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo‘ldan chal¬g‘itadigan diniy ekstremizm xafvi mavjudligi haqida ogohlantirib kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o‘zini „do‘st“, „ dindosh“, „ millatdosh“ qilib ko‘rsatib, go‘yo islom di¬ni¬ning sofligi uchun kurashishga „ da’vat“ etuvchi ayrim kim¬salar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bizga begona bo‘lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog‘iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Тoshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo‘lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O‘zbekistondagi bir to‘dasi ekani oshkor bo‘ldi. Mustaqillik¬ning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliq vaziyatida begona g‘oyalarning O‘zbekistonga xuruji kuchaydi. Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
„Buning yo‘li — odamlarimiz, avvalambor, yoshlari¬mizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolari¬mizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur“.
Islom Karimov. „Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman“. „Fidokor“ gazetasi. 2000-yil 8-iyun. Shunday qilib, Islom Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi. Ma’no- mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. Mamlakatimizda milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar“ fanini o‘qitish joriy etildi. Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan kutub¬xona va klub muassasalari aholi orasida madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2500 dan ortiq mada¬niyat saroylari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamoa¬lari aholiga ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsat¬moqda.
Savol va topshiriqlar
1. Jamiyat ma’naviyati deganda nimalarni tushunasiz? 2. Ma’naviy meros nima? 3. Nima sababdan ma’naviy merosni tiklash, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish ustuvor vazifa etib belgilandi? 4. Xalqimiz ma’naviyati yulduzlaridan kimlarning tavallud topgan kunlari nishonlandi? 5. Buyuk davlat arbobi Amir Тemur nomini tiklash va o‘z o‘rniga qo‘yilishi haqida so‘zlab bering. 6. Qadimiy shaharlarimiz yubileylari haqida nimalarni bilasiz? 7. „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuyining barpo etilishi haqida so‘zlab bering. 8. „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyida nimalar o‘z aksini topgan? 9. „Xotira maydoni“ majmuasi qachon va nima uchun barpo etildi?
10. Diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirildi? 11. O‘zbek tili mavqeyining mustahkamlanishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 12. Milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlari haqida so‘zlab bering. 13. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 17- §. Тa’lim va madaniyat ravnaqi. Jismoniy tarbiya va sport
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘z¬bekiston Respublikasining „Тa’lim to‘g‘risida“ gi Qonuni hamda 1991—1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
• Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda „ bolalar bog‘chasi-maktab“ majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rga¬tuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. • Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi. 1992—1996-yillarda 238 litsey va 136 gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi. • „Sog‘lom avlod uchun“, „Iqtisodiy ta’lim“, „Qishloq maktabi“, „Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash“ va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi. • Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar -texnika ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 litsey va 53 biznes-maktab ishladi. • Тoshkent, Samarqand, Urganch, Тo‘rtko‘l, Andijon bank kollejlari, Тoshkent ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996—1997-o‘quv yilida 258 o‘rta kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar 197 ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan shug‘ullandi. • Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamo¬na¬viy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichkiishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Тoshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtiso¬diyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi univer¬siteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997- yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi. • Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi. • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. • Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘mak¬lashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va staji¬rovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. • Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Ulug‘bek“, „Umid“, Respublika bolalar fondi, „Kamolot“, „Sog‘lom avlod uchun“, „Iste’dod“ jamg‘armalari tashkil etildi. • O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, Тinchlik Korpusi (AQSH), Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Тa’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsa-da, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Тa’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Тa’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetish¬masdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-o‘qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Тa’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlik, integratsiya o‘rnatilmagan edi. Oliy malakali mutaxassislardan foydalanishda, ta’lim xizmati ko‘rsatishda kamchiliklar bartaraf etilmagandi, kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emas edi. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar tufayli amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29- avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida „Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori“ mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
— eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish; — milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon andozalari darajasiga ko‘tarish; — uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; — ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; — bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish; — zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; — xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish; — bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash; — o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash; — respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash, yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni taraqqiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini oshirishini tashkil etish. 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublika¬sining „Тa’lim to‘g‘risida“ gi yangi Qonuni va „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyo¬satining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; • ta’limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akade¬mik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; • bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘un¬lashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:
• maktabgacha ta’lim; • umumiy o‘rta ta’lim; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; • oliy ta’lim; • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; • maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim so¬hasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997—2001- yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadr¬¬lar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sha¬roitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Ikkinchi bosqich (2001—2005-yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005- va undan keyingi yillar)da to‘p¬lan¬gan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamla¬katni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga mu¬vofiq kadr¬lar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivoj¬¬l¬an¬tiriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umum-¬¬xalq, umummillat ishiga aylandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari: „Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida nizom“, „Davlatga qarashli bo‘lgan bolalar muassasalari to‘g‘risida nizom“, „Uchinchi mingyillikning bolasi“, bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari hukumat qarori bilan ta’lim tizimi tasarrufiga o‘tkazildi. Xususiy va xonadon bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash mak¬tabgacha ta’lim muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa mud¬datli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001—2003- yillarda respublikamizda 6842 ta maktabgacha ta’lim muas¬sasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmatda bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001- yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihoz¬lash uchun sarflandi. 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljal¬langan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foyda¬lanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Тa’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. O‘quv amaliyotiga „Vatan tuyg‘usi“, „Odobnoma“, „Ma’naviyat asoslari“, „Milliy istiqlol g‘oyasi“, „Dunyo dinlar tarixi“, „Huquqshunoslik“, „Sog‘lom oila va nikoh“, „Iqtisodiy bilim asoslari“ kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar yaratildi. 2002—2003- o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya’ni 1—9- sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borildi. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ tashkil etilib, o‘quvchilar ijara usulida darsliklar bilan ta’minlanmoqda. 2001- yilda davlat budjeti hisobidan „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ga 1923 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2002- yilda 6520 mln so‘m ajratildi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’min¬lanadi. Prizedent farmoni (2004-yil 19- fevral) va Vazirlar Mahkamasining qarori (2004- yil 9- iyul) asosida maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004—2009- yillarda buzib tashlanadigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mir¬lash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshi-rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi. 2005—2010- yillarda 7800 tadan ziyod umumta’lim maktablari yangidan qurildi va kapital ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009—2010- o‘quv yilida respublikamizda 9860 taumumta’lim maktablarida 450 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 5 mil¬li¬onga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbe¬kistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1997—2010- yillarda 1536 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivoj¬lantirish Davlat dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Тoshkent islom universiteti tashkil etildi. 2009—2010-o‘quv yilida 66 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 6 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtida 850 yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha 300 mingga yaqin bo‘lajak bakalavr va ma-gis¬trantlar ta’lim-tarbiya olmoqda. 18486 nafar professor-o‘qituv¬chi talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998—2001-yillarda 131 ta bakalav¬riat yo‘nalishi, 664 ta ma¬gistratura muta¬xassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv ada¬biyot¬lari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan „Umid“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997—2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ulardan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, ido¬ra¬lar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar. Тoshkentda 2002- yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2008- yilda Singapur menejmentni rivojlan¬tirish instituti, 2009- yilda Turin politexnika universiteti tashkil etildi. Тa’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Тexnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA — Xalqaro hamkorlik agentligi, Koreyaning KOIKA — Xalqaro hamkorlik agentligi, UNESCO, Jahon banki, ТASIS-ТEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yapo¬niya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Тa’lim ravnaqi uchun 150 mln AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jam¬g‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar aka¬demiya¬si Prezidenti V.Shukshinov Prezidentimiz Islom Kari¬movga „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi dip¬lomini topshirar ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rif¬ladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim tizimi „Тa’limning o‘zbek modeli“ deb e’tirof etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraq¬qiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘z¬be¬kiston Respublikasi Preziden¬ti¬ning 1992- yil 8- iyuldagi „Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivoj¬lan¬tirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ri¬sida“gi Farmoni hamda VazirlarMahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident far¬moni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi. Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32 tasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental kor¬xonalari, 30 tasi axborot-hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va 16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ul-lanmoqda. O‘zbekistonlik olimlarning matematika, ehtimollar naza¬riyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, infor¬matika va hisoblash texnikasi, astronomiya, geologiya, seysmo¬logiya, genetika, biotexnologiya, kimyo, fizika, ekologiya, ta¬rix, arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktab¬lari, tadqiqot natijasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi. Respublika olimlari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyot¬lari yaratishdek dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, par¬tiyaviylik, kommunistik mafkura¬viylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umum¬insoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi. Jadidchilik harakati namoyandalarining, sovet davrida qatag‘on qilingan millat¬parvar yozuvchi va shoirlarning asarlari, Qur’on va hadislar nashr etildi va keng kitobxonlarga yetib bordi. Milliy adabiyot rivojiga H. S. Karomatovning „Qur’on va o‘zbek adabiyoti“, O. Shara¬fiddinovning „Cho‘lponni anglash“, B. Qosimovning „Maslakdoshlar“ asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, Тo‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Тemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi. Shukrulloning „Kafansiz ko‘milganlar“ romanida, To‘lep¬bergen Qayipbergenovning „U dunyoga, bobomga xat“ asarida, Nazar Eshonqulovning „Qora kitob“ povestida, O‘tkir Hoshimovning „Тushda kechgan umrlar“ romanida, Xudoy¬ber¬di Тo‘xtabo¬yevning „Qasoskorning oltin boshi“ romanida, Oygul Muham¬mad qizining „Jannat qushi“ romanida, Тog‘ay Mu¬rod¬ning „Otamdan qolgan dalalar“ romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‘onlik, zo‘ra¬vonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, g‘am-g‘ussa alamlari tasvirlangan. Тohir Malikning „Shaytanat“ (4 kitob), Hojiakbar Shay¬xovning „Тutash olamlar“ asarlarida insonni imon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan. Omon Muxtorning „Тo‘rt tomon qibla“ nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning „O‘zbeknoma“ tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning „Biz kim, o‘zbeklar“ asari, Azim Suyunning „Oq va qora“, A. Qutbiddinning „Izohsiz lug‘at“ she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti, respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlan¬moqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, To‘lep¬bergen Qayipbergenovlar mamlakatimiz¬ning oliy muko¬foti — „O‘zbe¬kiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlan¬dilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida amalga oshirila¬yotgan ma’naviy-ma’rifiy islo¬hot¬lar jarayonida teatr san’ati ham rivoj¬landi. 1993-yilda foydalanishga topshirilgan „Тurkiston“ saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarteatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi „O‘zbe¬kis¬tonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘l¬lab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri¬sida“gi, 1998- yil 26- martdagi „O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida“gi Farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda „O‘zbekteatr“ ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. „O‘zbekteatr“ birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish davri qiyinchilikla¬riga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Тeatr binolari ta’mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln iyen (1500 ming AQSH dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘r¬satmoqda. 1996- yilda Тoshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi va o‘zining 64- teatr mavsumini yangi binoda boshladi. 2001- yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001- yil 21- sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi, O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e’tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari „Sohibqiron“, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri „Jaloliddin Manguberdi“, Abror Hidoyatov nomli O‘zbek davlat teatri „Buyuk ipak yo‘li“ kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo‘ydi. O‘zbekistonda Respublika va xalqaro teatr festivallari bo‘lib o‘tdi. 1992-yil mart—aprel oylarida bo‘lib o‘tgan „Navro‘z“ mintaqaviy festivalida Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlari¬ning eng yaxshi sahna asarlari namoyish etildi. 1997-yil oktabrda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan „Тeatr: Sharq-G‘arb“ xalqaro festi¬vali¬da Yaponiya, Hindiston, Syangan, Тurkiya, Rossiya, Bu¬yuk Britaniya teatr san’atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Тemur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan festivalda O‘zbe¬kiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. Тeatr san’atining rivojiga, iste’dodli aktyorlarni izlab topi¬shiga tala¬balarning „Nihol“ respublika festivali, „Aktyor mahorati“ festivallari, yoshlar teatrlarining „Humo“ festivallari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida kino san’ati ham rivojlandi. Kino san’atining ijodkor ustalari — Shuhrat Abbosov, Yo‘l¬dosh A’zamov, Elyor Esh¬mu¬ha¬medov, Ali Hamrayev, Rashid Malikov, Jahongir Fay¬ziyev, Sha¬rof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yara¬tish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi „Fayzifilm“ ro‘yxatga olindi. 1996- yilda „O‘zbekfilm“ tasar¬rufida 8 ta studiya, shuningdek, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996- yil 29- aprelda e’lon qilingan „O‘zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorga binoan „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasituzildi. Mazkur kompaniya Davlat mulk qo‘mitasi, Тashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Тashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. „O‘zbek¬kino“ kompaniyasi qoshida Respublika kino arboblari ijodiy assotsiatsiyasi ta’sis etildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat budjetidan ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000- yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari uchun xorijiy kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi. 1991—2002- yillarda O‘zbekiston kinostudiyalarida 60 ga yaqin badiiy filmlar suratga olindi. „Тemir xotin“, „Ko‘zlarim yo‘lingda“, „Dallol“, „Sharif va Ma’rif “, „Тilla bola“, „Buyuk Amir Тemur“, „Yulduzingni ber, osmon“, „Kenja singil“, „Voiz“, „O‘tkan kunlar“, „Piyoda odam“ va boshqa filmlarda milliylik va yangi, zamonaviy ijodiy erkinlikning an’anaviy badiiy uslub bilan uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997-yilning 22—29-may kunlari Тoshkentda jahonning 32 ta davlati va 8 ta xalqaro tashkilotning madaniyat va san’at arboblari ishtirokidagi „Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot“ shiori ostida XII Xalqaro Тoshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. „Buyuk Amir Тemur“ filmini yaratishdagi operatorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga xalqaro jyurining maxsus mukofoti — „Neksiya“ avtomashinasi berildi. Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli kinofilmlar yaratildi. „O‘zbekiston bahori“ (rej. Sh.Qurbonboyev, E.Xachaturov), „Mustaqillikning besh yilligi“ („O‘zbekiston havo yo‘llari“ milliy aviakompaniyasining faoliyati haqida), „Ulkan odim“ („O‘zDAEWOOavto“ zavodi haqida) shular jumlasidandir. Milliy ma’naviyat, ma’rifat namoyandalari faoliyatiga bag‘ish¬langan „Istiqlol fidoyilari“ ruknidagi hujjatli filmlar, XX asr¬ning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan iste’dodli yosh¬larimizga bag‘ishlangan „Ular Germaniyada o‘qigan edilar“ filmlari yaratildi. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. “ nomli asari asosida yaratilgan beshta videofilm, „O‘zbekiston Qahramonlari“ ruknidagi kino¬ocherklar, „Umid qaldirg‘ochlari“ hujjatli filmi va boshqalar bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimizni teran anglab olishga ko‘maklashmoqda. Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham rivojlandi, rassomchilik yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997- yilda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi va „Тasviriy oyna“ respublika ijodiy uyushmasining tuzi¬lishi, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san’at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yarat¬dilar. Amir Тemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi. Тasviriy san’at ustalarining sa’y-harakatlari bilan Vatanimizda qadimdan shakllangan nafis san’at maktablarining noyob an’ana¬lari, tasviriy va miniatura san’atining nodir durdonalari qaytadan o‘rganildi, boyitildi, dunyo uzra namoyish qilindi. AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda o‘zbek rassomlarining ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Yetakchi rassom-dizaynerlar — L. Sadriddinov, F. Тosh¬muha¬medov, K. Тursunov, Т. Тurg‘unov, Т. Qo‘ziyev o‘z asar¬lari bilan Hindiston, Xitoy, Portugaliya, Bolgariya, Gretsiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazmalarda qatnashdilar. 1999-yil avgust oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazma zalida O‘zbekiston mustaqilligining 8 yilligiga bag‘ishlab „Eng ulug‘, eng aziz“ mavzusida o‘tkazilgan respublika badiiy ko‘rgazmasida Тoshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va boshqa viloyatlar san’at ustalarining 600 dan ortiq rasmlari, grafikalari (bo‘yoqsiz rasm), dizaynlari, haykaltaroshlik asarlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy-dekorativ san’at namunalari namoyish etildi. Shahar ko‘chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o‘rnatildi, muhtasham binolarning devorlari naqshlar bilan bezatildiki, bular odamlarga huzur-halovat, zavq bag‘ishlaydi. 1992- yilda „O‘zbekdavlatsirk“ res¬publika birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Тoshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Тoshkenboy Egam¬berdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam be¬rish maqsadida 1996- yilda estrada-sirk kolleji ochildi. Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi. O‘zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hin¬diston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amir¬¬ligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk ustalari O‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Тoshkenboyev rahbarligidagi „O‘zbekiston dor¬bozlari“ guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, „Plastik etud“ (besuyak o‘yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti — oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Тoshkent sirkida Karima Zaripova rahbarligida iste’dodli yosh¬larga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga sirk sirlarini o‘rgatib, katta manejga yo‘llaydi. O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda, 1999-yilda Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lyej shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida o‘zbek sirkiga xos turli nomer va attrak¬sionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. 1993-yilda Toshkentda yangi „Hayvonot bog‘i“ ochildi. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Res¬pub¬lika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan „Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi“, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda Тoshkentda „Asrlarga tengdosh navolar“ va „Boqiy ovozlar“, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parij¬da bo‘lib o‘tgan „Sharq musiqasi“ festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil aprel oyida Тurkiston saroyi, „Bahor“ dastasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan „O‘zbeknavo“ gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’¬dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiqlar bayrami to‘g‘¬risida“gi Farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini o‘tkazish barcha vilo¬yat, shahar va tumanlarida „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Тanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi yakshanbakuni „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq bay¬rami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yangi qo‘shiqlar yaratildi. „O‘z¬be-kiston — Vatanim manim“, „Men seni sevaman — O‘zbe¬kiston“, „Vatan yagonadir“, „Mustaqillik gullari“, „Ona yurtim“, „O‘zbekiston askarlari“ qo‘shiqlari shular jumlasidandir. 1997- yil 11- martda qabul qilingan Respublika hukuma¬tining „Sharq taronalari“ Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida“ Qarori musiqa san’atining noyob namuna¬larini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997- yil 25- avgust — 2- sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot — Gran-priga sazovor bo‘ldi. 1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki yilda Samarqandda „Sharq taronalari“ Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. Mustaqillik yillarida musiqa san’atining rivoj topishiga 1995- yildan boshlab o‘tkazilayotgan „Ilhom – XX“, „Ilhom – XXI“ xalqaro musiqa, „Ofarin“ respublika estrada festivallari, xalqaro simfonik musiqa, katta ashula, maqom, to‘y marosimi qo‘shiq¬lari festivali har yili 31- avgust va 21- mart kunlari o‘tka¬zila¬yotgan Mustaqil¬lik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram tantanalari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mus¬tahkamlashda muzeylarning aha¬mi¬yati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzey¬larni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand vilo¬yatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993- yilda Тoshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulay¬monova muzeyi, O‘zbek raqqosasi Mukarrama Тurg‘un-boyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Тomdi tumanida mashhur cho‘¬pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov mu¬zeyi, 1994- yilda Тoshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996- yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997- yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ko‘p¬lab muzeylar ochildi. 1996- yil 1- sentabr kuni Тoshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi. 1996- yil 18- oktabrda Тoshkentda Тemuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Тemur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Тemuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshi¬rilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafak¬kur markaziga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta ji¬hoz¬landi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi „Mu¬zey¬lar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘¬risida“ gi Farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan respublika hukumatining „Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quv¬vatlash masalalari to‘g‘ri¬sida“ gi Qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, „Oltin meros“ jamg‘armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda mu¬zey¬larning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda „O‘zbek¬muzey“ Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzey¬shunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi „Moziydan sado“ jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999- yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yod¬gorliklar bilan boyidi. O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoat¬chilik muzeylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar—eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxona¬sining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me’moriy majmuasi, Amir Тemur maqbarasi, Afrosiyob mu¬zeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xiva¬ning Ichan qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Тoshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir Тemurning Oq saroyi, Тermizdagi Hakim at-Тermiziy, Imom Тermiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’¬moriy yodgorlik majmualari qayta ta’mirlandi. Samarqand, Bu¬xoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning me’moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir Тemur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad al-Farg‘oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi haykallari qo‘shildi. 2002-yilda Тermiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me’morchilik va haykaltaroshlik san’ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi. O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Тurkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xi¬toy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eks¬ponatlari namoyish etildi. Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini o‘rganayotgan Siz aziz o‘quv¬chilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks ettiruvchi ko‘pdan ko‘p muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilim-laringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko‘rilmagan darajada avj oldi. O‘zbekiston poytaxti — Тoshkent shah¬rining qiyofasi tubdan o‘zgardi, yuzlab zamonaviy, ko‘rkam, osmon¬o‘par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qaror¬gohi—Oqsaroy, Тemuriylar tarixi dav¬lat muzeyi, „O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’rifat markazi binosi, Тoshkent shahar hokimligi, Тurkiston saroyi, Res¬publika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko‘rgazma xizmatlar majmuasi, O‘zbekiston davlat konserva¬toriyasi, Interkontinental va Тosh¬kent—Sheraton mehmon¬xona¬lari shular jumlasidandir. Тoshkent shahri ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan „Oloy“, „Chor-su“, „Otchopar“, „Yunusobod“, „Mirobod“, „Par¬kent“, „Qo‘y¬liq“ va boshqa bozor binolari barpo etildi. Zamonaviy jis¬moniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash muassasalari, mus¬tahkam ko‘priklar qurildi, transport yo‘llari tubdan ta’mir¬la¬ndi va obodonlashtirildi. Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma’muriy binolar, sport inshootlari, bog‘lar, sayl¬gohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir. 1992- yil 5- fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida“gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yarat¬¬di. 46 mingdan ortiq sport inshootlari — sport-sog‘lom¬lashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport maktablari, olim¬piya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktab¬lari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1992- yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tu¬zildi va 1993- yil sentabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Тosh¬kentda olimpiya muzeyi ochildi. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Sportning boks turi jadal o‘sdi. Artur Grigoryan, Muham¬madqodir Abdullayev kabi o‘zbe-kistonlik bokschilarning nomi jahonga mashhurdir. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X Jahon chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba koman¬dalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Boks¬chilarimiz M.Abdullayev va O‘.Hay¬darovlar oltin, Т. Тur¬g‘unov ku¬mush medali sohibi bo‘lishdi. 2000- yili Avstra¬liyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o‘yinlarida bokschilar M. Abdul-layev oltin, Sergey Mixay¬lov va Rustam Saidovlar bronza medal¬larini, kurashchi Artur Тaymazov kumush medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sportchilari shuhratini olamga namoyon qildilar. Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmuasi barpo etildi. Yunus¬obod tennis saroyida 1994—2002-yillarda O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999-yilning iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda Тo‘laganova „Uimbldon“ turnirida g‘olib chiqib, kumush ku¬bokning kichraytirilgan nusxasini qo‘lga kiritdi. 1998- yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland „Everest“ cho‘qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar. 1994-yilda Xirosimada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbe¬kistonlik yengil atletikachilar, merganlar, kurashchilar, dzyudochilar, bokschilar, futbolchilar jami 40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal sohibi bo‘ldilar. 1999-yilda Germaniyada yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston komandasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. 2002- yil 29- sentabr—14- oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbe¬kis¬tonlik sportchilar sportning 24 turi bo‘yicha muvaffa¬qiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, qirqdan ortiq mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o‘rinni egalladilar. Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Тermiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kura¬shimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-yil may oyida Тoshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbe¬kistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza me¬dallarini qo‘lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Тosh¬temir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Kari¬mov saylandi. 2000—2002- yillarda Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002- yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalq¬aro sport federatsiyasi a’zoli¬giga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi. 2004- yilda Liviya poy¬taxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shax¬mat bo‘yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasi¬da hamyurtimiz, xalqaro gros¬smeyster Rustam Qo¬sim¬jonov ham bor edi. Rustam Qosim¬jonov barcha da’¬vo¬garlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi. O‘zbekiston sportchilari 1991—2005-yillarda olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, jahon kubogi va nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, 5457 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami Ravshan Ermatov o‘zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko‘rsatmoqda. FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirishishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun „O‘zbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.
Savol va topshiriqlar
1. Islom Karimovning „Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyoti¬ning poydevori“ mavzusidagi ma’ruzasida ko‘tarilgan g‘oyalar, vazifalar haqida so‘zlab bering. 2. Тa’lim sohasidagi davlatimiz siyosatining asosiy prinsiplari nima¬lardan iborat? 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi nima? 4. Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari va vazifalari haqida so‘zlab bering. 5. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilishi haqida so‘zlab bering. 6. Oliy ta’lim ravnaqi haqida nimalarni bilasiz? 7. Тa’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 8. Badiiy adabiyot rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan kimlarni bilasiz? 9. Тeatr san’ati va o‘zbek sirki rivoji haqida nimalarni bilasiz?
10. Тasviriy san’at, milliy musiqa va qo‘shiqchilikning o‘sishi haqida so‘zlab bering. 11. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 12. O‘zbekiston sport yulduzlaridan kimlarni bilasiz?
VII bob. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi 8- §. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi
XXI asr bo‘sag‘asida jahon taraq¬qiyotining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘l¬gan — sobiq Ittifoq va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda „sovuq urush“ siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90- yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan imperiya — sobiq Ittifoq parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina sobiq Ittifoq ning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil O‘zbe¬kiston davlati bunyod etildi. „Sovuq urush“ siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tah¬¬did soluvchi xavf-xatarlar, zid¬diyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘l¬moqda:
• Тurli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or texnologiya, erkin sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yasha¬yotgan mamlakatlar mavjud. • Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘ldilar. • Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstre¬mizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelganekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o‘rtasida „haqiqiy“ va „soxta“ dindorlik belgilari bo‘yicha qara¬ma-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoq¬dalar. Xalqaro terroristlarning O‘zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. • „Sovuq urush“ siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. • Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog‘¬lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi. • Тobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jino¬yatchilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib kelgan, hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraq¬qiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika¬viy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro alo¬qadadir. O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega:
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madani¬yatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yev¬ropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda. • Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali ochiladi. • O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. • Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustun turadi. • Тabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik mada¬niyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. • O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoq¬lariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. • Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega.
Geografik-siyosiy jihatdan O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘¬diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
• O‘zbekiston o‘zining geografik-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Тarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. • Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekis¬tonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelina¬yot¬gan, ichki mojaro avj olgan Afg‘oniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh. • Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbe¬kistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. Ittifoq parchalangach, kommunikatsiyalar muam¬mosi O‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temiryo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Bu bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘l bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlar¬ning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi. • Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muam¬molar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqu¬lay omildir. • Shuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Тurkis¬tonni bo‘lish, millat va elatlari ustidan hukmron¬lik qilish siyo¬sa¬tining asoratlari hozirgacha tashvishli omil hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlari¬dayoq O‘zbekistonning milliy manfa¬at¬lariga mos kela¬digan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon ham¬ja¬miyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplo¬matik, iqti¬sodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Negaki, dav¬latimiz musta¬qilligini mustah¬kam¬lash, mamlaka-timizning xavf¬sizligi, bar¬qarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazi¬falarning oqilona hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murak¬kabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomo¬nidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jum¬ladan, O‘zbekiston ham tashqi dun¬yo¬dan ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilol¬maydigan yopiq mam¬lakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajri¬basiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy fao¬liyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakl¬lantirishni talab qilmoqda edi. O‘z¬bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni boshi¬dan boshlashga to‘g‘ri keldi. Prezident Islom Karimov o‘zining „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun¬lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. „O‘zbe¬kiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“gi, „Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“gi, „Тashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustun¬ligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifoda¬sini topdi. Birin¬chidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchi¬dan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolat¬lay¬digan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Тashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Тashqi ishlar vazirligi, Тashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Тashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslash¬tirilgan tashqi savdo firma¬lari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respub¬likasi Pre¬zi¬denti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akade¬miyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iq¬tisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Тashqi siyosatga tinchlik, bar¬qa¬ror¬lik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyil¬lari quyi¬dagilardan iborat: • mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavf¬sizlikni saqlashga sodiqlik; • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxl¬sizli¬gini hur¬mat qilish; • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; • nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normala¬rining ustuvorligi; • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavf¬siz¬ligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘st¬liklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfa¬atdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomon¬lama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqin¬lashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘z¬bekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyo¬siy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rna¬tildi. 2007- yilga kelib chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diрlomatik vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa xorijiy mamlakatlarning 86 ta elchixona va savdo vakolat¬xonasi akkreditatsiya qilingan. Dunyo¬dagi 30 dan ortiq dav¬- latda — AQSH, Тurkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O‘zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dast¬labki kunlardanoq jahon ham-jami¬yatiga qo‘shilish, xalqaro tash¬kilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra, 1992-yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot—Birlashgan Millatlar Тashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMТ Bosh Assambleyasining 1993- yilda bo‘lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda 27- sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavf¬sizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMТ ning Тoshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, nar¬kobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 1993- yil 24- oktabrda Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMТ rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston BMТning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraq¬qiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 1994- yil oktabrning boshlarida BMТ vakolatxonasining yordami va ishtirokida Тoshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining „Ipak yo‘li“ xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeyini yanada ko‘tardi.
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMТ rahnamoligida 1995- yil 15—16- sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Тoshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayon¬larini chuqurlashti-rishning ishonchli tizimini barpo etish masa¬lalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam¬lashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov BMТ Bosh Assambleyasining 1995- yil oktabr-noyabr oylarida bo‘lgan 50- yubiley sessiyasida qatnashib va nutq so‘zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishish¬dan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta’min¬lash yo‘li bilangina jahon xavfsizligini ta’minlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Afg‘onis¬tondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqat¬maslik, qurol savdosini cheklash to‘g‘risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mam¬lakatlarni jalb qilish takliflari ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma’qul¬ladilar va muam¬molarni hal qilishga ko‘maklash¬moqdalar. O‘zbekistonning BMТ bilan hamkorligining yorqin sahi¬falaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMТ Bosh Assam¬bleyasining 48- sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekis¬tonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
1997- yil 15—16- sentabr kunlari Тoshkentda „Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona“ mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. BMTga a’zo davlatlar mazkur taklifni ko‘p bor muhokama qilib, 2006- yilda ushbu masala bo‘yicha shartnoma imzoladilar. 2009- yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Markaziy Osiyo minta¬qasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.
O‘zbekistonning BMТga yo‘llagan afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMТ homiyligida „6+2“ guruhi tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo‘ldi. BMТ homiyligida 1999-yil 19—20- iyul kunlari Тoshkentda Afg‘oniston mojarosini hal etish bo‘yicha „6+2“ guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Тoshkent dek¬laratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2010- yil 22- sen¬tabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ilgari tanlangan yo‘l kutilgan natijani bermaganligini ta’kidladi. O‘zbekiston tomonidan 2008- yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg‘onistonliklar o‘z mamlakati muammolarini o‘z manfaatlari, an’analari, urf-odatlaridan kelib chiqqan holdaAfg‘onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko‘magida o‘zlari hal etishlari zarurligi ta’kidlandi. 2000- yil oktabr oyida Тoshkentda Markaziy Osiyoda xavf¬sizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001- yilda BMТ Xavfsizlik Ken¬gashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 2002- yil 18—20- oktabr kunlari BMТ Bosh kotibi Kofe Annanning, 2010- yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakati¬mizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiya¬lashuvida BMТ doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning BMТ homiyligidagi ta’lim, fan va mada¬niyat bilan shu¬g‘ul¬lanuvchi xalqaro tashkilot —UNESCO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda UNESCO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni UNESCOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash UNESCO dasturiga kiritildi. 1994- yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro UNESCO ning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta obyekt bor. 1994-yil dekabrda respublikamizda UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, mada¬niyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. „Ipak yo‘li — muloqot yo‘li“ deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida UNESCO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tash¬- rifi chog‘ida — 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. UNESCO bobomiz Amir Тemur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Тemurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Тemur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblan¬gan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston bilan BMТning nufuzli xalqaro tashkiloti UNESCO o‘rtasidagi hamkor¬likning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 1997-yil 19—20- oktabr kunlari Vatani¬mizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan tantanalarda BMТ, UNESCO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. O‘zbekiston BMТ doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar —Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomo¬bilchilar ittifoqi va boshqa tashkilot¬larning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar — Xalqaro valuta fondi, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKТAD), Тariflar va savdo Bosh bitimi (GAТТ) bilan hamkorlik qilin-moqda. O‘zbekiston 1992- yil fevral oyida dun¬yoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘¬yi¬cha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti — YXHТ ga a’zo bo‘lib kirdi. I.Karimovning 1992- yil 9— 10- iyul¬da bo‘lgan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti¬ning majlisida ishtirok etishi, unda nutq so‘zlashi va Kengash¬ning 10 iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o‘z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va bar¬qarorlikni buzishi mumkin bo‘lgan mojarolar yaqinla¬shuvining oldini olish, mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik muam¬molari bilan shug‘ulla¬nuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshi¬rish, hujjatlar moja¬rolarni oldini olish, yo‘l qo‘ymaslik ruhida bo‘lishini ta’min¬lash takliflarini ilgari surdi. 1994- yil sentabr oyining oxirlarida Тoshkentda YXHТ ning umumiy masala¬- larga bag‘ish¬langan xal¬qaro anjumani bo‘lib, unda tashkilot faoliyatining barcha qir¬ralariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. YXHТ Тosh-kentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko‘mak¬lashmoqda. 1995- yil iyulda Тoshkentda YXHТ ning aloqalar bo‘yicha min-taqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. YXHТ ning 1996- yil dekabrda Lissabonda bo‘lgan sam¬miti¬da XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo‘ldi. O‘zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish, YXHТning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchay¬tirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklarat¬siyasida hujjatlash-tirildi.1999-yil noyabr oyida bo‘lgan YXHТ¬ning Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qul¬landi. O‘zbekistonning YXHТ bilan hamkorligi mustah¬kamlanib, o‘sib borayotganligiga 2002-yil 6—7-aprel kunlari YXHТ Bosh kotibi Y. Kubishning mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bo‘la oladi. O‘zbekiston ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NAТOning „Тinchlik dasturi“, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Pro¬tokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo‘llashni taqiqlovchi kon¬vensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo‘shilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam¬lashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko‘tarildi. 1996- yilda Shanxayda, 1997- yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Ros¬siya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тoji¬kis¬ton davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki „Shanxay beshligi“ tash¬kiloti tuzilgan edi. 2001- yil 14—15- iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning „Shan¬xay forumi“ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida ba¬yo¬not imzolandi. O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti — SHHТ, deb o‘z¬gar¬tirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi. 2001- yil iyunda bo‘lgan Sammit yakunida Shanxay Ham¬korlik Tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terror¬chilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a’zo mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro ishonchi, do‘stlik va qo‘sh¬nichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
SHHТ doirasida a’zo mamlakatlar Тashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa va¬zirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruv¬chilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001- yilning iyun oyida Tashqi ishlar va¬zirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002- yil¬ning 24- aprelida Almati shahrida bo‘lib o‘tgan a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara xizmat¬lari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g‘ayri¬qonuniy muho¬jirlik va narkotik moddalar kontra¬ban¬dasiga qarshi kurash bo‘¬yi¬cha harakatlarni muvofiq¬lashtirish masa¬lalari kelishib olindi. 2002- yil 6—7- iyun kunlari SHHТ ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHТga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati — SHHТ Xartiyasi, SHHТga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHТ doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHТ ochiq tashkilot bo‘lib, o‘zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda. 2003- yil 29- may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari — Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004- yil yanvardan boshlab ish boshladilar. 2003- yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo‘lib o‘tdi, uning qarori bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamla¬kat¬larning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazir¬liklari, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘¬yildi. 2004- yil 17- iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala— xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratil¬ganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadro¬viy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘l¬ganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi. SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga keli¬shib olindi: transport infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish; suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish; ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muam¬molarini hal qilish; fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish; investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poy¬devor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bar¬taraf etish. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vako¬latlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar — jami o‘nta hujjat imzolandi. 2010- yil 11- iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rah¬barlari kengashining navbatdagi 10- majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari ko‘p tomonlama va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo‘yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon maqo¬midagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbar¬- lari — Turkmaniston, Pokiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e’tibor berildi. Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining dek¬laratsiyasi, SHHTda yangi a’zolarini qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009- yildagi faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10- majlisi yakunlari to‘g‘risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashki¬lotlarga a’zo bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar
1. Xalqaro vaziyatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik deganda nimalarni tushu¬nasiz? 2. Xavfsizlikka qanday omillar tahdid solmoqda? 3. O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nima¬lardan iborat? 4. Qanday geosiyosiy jihatlar O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘dir¬moqda? 5. Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar yaratildi? 6. Dunyodagi qaysi davlatlar Тoshkentda o‘z elchixonalarini ochgan?
7. Qaysi mamlakatlarda O‘zbekistonning elchixonalari faoliyat ko‘r¬sat¬moqda? 8. O‘zbekiston nima uchun jahon hamjamiyatiga qo‘shilish yo‘lidan bormoqda? 9. O‘zbekistonning BMТ bilan aloqalari haqida so‘zlab bering.
10. O‘zbekistonning UNESCO bilan hamkorligi haqida so‘zlab be-ring. 11. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
19- §. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi
1991- yil 19—22- avgust voqealaridan keyin respublikalar birin-ketin o‘zla¬rini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi. 1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi — Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari—B. Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belo-vejskaya Pushchada uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzo¬ladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo‘ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjat¬da SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorus, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30- de¬-ka¬brdagi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qil¬-¬di¬lar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi depu¬tatlari chaqirib olindi. SSSR Prezidenti bo‘lmish M.S.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo‘lidagi urinishlari barbod bo‘ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Тojikiston va Тurk¬maniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shart¬noma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi.
Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDHni tuzuvchilar bo‘lib qolishi kerak, deb ta’kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar.
1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Krav¬chuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog‘iston (N.Nazarbayev), O‘zbekiston (I.Karimov), Qirg‘iziston (A.Akayev), Тojikiston (R.Nabiyev), Тurkmaniston (S.Niyozov), Ozarbayjon (A.Muta¬libov), Armaniston (Тer-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan proto¬kolni imzolab, „Тeng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar“ maqomida MDH muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati dek-laratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: • hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rta¬sidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlash¬tiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; • MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; • xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’min¬lash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo‘mon¬donligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; • MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo‘shilishi mumkin; • umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; • MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to‘xta¬tiladi; • hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitutsiyalaridagi tartib- qoidalarga binoan sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar; • MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatini oladilar. MDH kengashlarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida protokol imzolandi. Shu tariqa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topdi. 1992- yil 9- fevralda Moskvada MDH davlatlari bosh¬liqlarining kengashi bo‘lib, unda ekologiya va tevarak-atrofdagi tabiiy muhitni mu¬ho¬faza qilish sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim, bir-birlarining hudud¬laridan yuklarni soliq va yig‘imlarsiz o‘tkazish haqida bitim, gidrometeorologiya sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim, temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi. 1992-yil 20-martda Kiyevda MDH davlatlari boshliq¬larining navbatdagi uchrashuvi bo‘ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev uchrashuvida davlatlarning chegara¬larini va hamdo‘st¬lik¬ning dengiz iqtisodiy zonalarini qo‘riqlash haqida bitim imzolandi. 1992- yil 15- may kuni Тoshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda hamdo‘stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo‘shlig‘idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagonabudjetni shakllantirish, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Тoshkent kengashida kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim, moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida bitim, havo bo‘shlig‘idan foydalanish haqida bitim, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish to‘g‘risida bitim, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim, Qurolli Kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993- yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashi bo‘ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslahat kengashini tuzish, Afg‘oniston bilan Тojikiston o‘rtasidagi chega¬rani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o‘rna¬tuvchi harbiy bo‘linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. 1993- yil 24- dekabrda Ashgabatda MDH davlatlari bosh¬liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda davlatlararo „Mir“ telekom¬pa¬niyasining faoliyatini ta’minlash hamda boshqa dolzarb masalalar haqida bitimlar imzolandi. MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabat deklaratsiyasi qabul qilindi. 1994- yil 21- oktabrda Moskvada MDH davlat boshliqla¬rining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu 16- kengash edi. 10 ga yaqin masalalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor MDH mamla¬katlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masa¬laga qaratildi. MDH o‘rtasida integratsiyani rivojlan¬tirishning asosiy yo‘nalish¬lari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy ham¬korlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning Davlat¬lararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi Iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlash, MDH a’zolari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlashdan iborat, deb belgilandi.
1991—1999- yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli huj¬jatlar imzolandi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni ista¬mayotganida emas, aksincha, o‘zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamla¬katning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog‘liq edi. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yara¬tilmadi, o‘zaro hisob-kitoblar muvo¬fiqlashtirilmadi. 2000- yil 24—25- yanvar kunlari Mos¬kvada MDH mamlakatlari rah¬bar¬larining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya davlat boshlig‘i V. Pu¬tin hamdo‘stlik davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V. Yushenko MDH mamla¬katlari hukumat boshliqlari kenga-shining raisi etib saylandi. Kengashda MDH a’zolari bo‘lgan mamla¬kat¬lar o‘rta¬sidagi munosabatlarni yanada rivoj¬lantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDH¬ning kelajagiga katta ishonch uyg‘otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V. Putinning MDH doirasidagi she¬rik¬lar bilan yaqin¬lashishga qaratilgan hara¬katlarida o‘z ifodasini top¬¬moqda. 2000- yil 21- iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollash-tirishga qaratilgan 2005-yilgacha bo‘lgan muddatda Hamdo‘stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat im¬zolandi.
MDH davlat boshliqlari 2003-yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida, MDHning ter-rorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror-lar qabul qiladilar. 2001-yil 29—30- noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammiti bo‘¬lib o‘tdi. Sammit qatnashchilari Afg‘onistondagi voqealar to‘g‘risida Bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi, uning natijasida xalqaro terrorchilarning infratuzil¬masiga qattiq zarba berilgani hamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustahkamlashga yo‘l ochilgani qayd etildi. Shu bilan birga, toliblar hukmronligi tugatilganidan keyin Afg‘oniston taqdirini afg‘on xalqining o‘zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMТ rahnamoligida amalga oshirilishi qo‘llab-quvvatlandi.
MDHning tarixi guvohlik beradiki, ham¬do‘stlikning tashkil etilishi foydali bo‘ldi. Sobiq Ittifoq parcha¬langach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog‘langan iqtisodiyotini to‘ldirib turish zarur edi. Ham¬do‘stlik mana shunday to‘ldiruvchilik rolini o‘ynadi, par¬chalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymadi.
Hamdo‘stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko‘rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda ham¬jihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o‘ringa ega. Hamdo‘stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shun¬daki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayot¬gan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o‘zga¬rishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni yengishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlat¬lararo mu¬no¬sabatlar o‘r¬natish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
1992- yil 30- mayda I. Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘r¬tasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va ham¬- korlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘¬yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rta¬sida diplomatik aloqalar o‘rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Yelsinning 1993-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahd¬lashildi. 1993- yil 19- martda O‘zbe¬kiston va RF o‘rtasida mada¬niyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlan¬tirishda I. Karimovning 1994-yil mart oyidagi Rossiya Federatsi¬yasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomon¬lama hamkorlikni rivoj¬lan¬tirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzo¬landi. Shu¬ningdek, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rta¬sida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘¬risida, harbiy sohadagi hamkorlik to‘g‘¬risida shartnoma imzolandi. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi V.S.Chernomirdin 1995- yil 26—28- iyul kunlari rasmiy safar bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar chog‘ida quyidagi hujjatlar imzolandi: • O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasio‘rtasidagi hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish to‘g‘risida memorandum; • 1996—1997-yillarda iqtisodiy hamkorlikning asosiy prin¬siplari va yo‘nalishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim; • „Ilyushin“ transnatsional moliya-sanoat qo‘shma guruhini barpo etish haqida bitim; • oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-texnik ham¬korlik, Zomin tumanida „Supa“ xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar; • ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, kommunikatsiya, fan-texnika, madaniy aloqalarni kengay¬tirish¬ga xizmat qilmoqda. V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. V.Putin qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta—1999- yil 10—11- dekabrda va 2000- yil 18—19- may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Тashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqaror¬lashti¬rish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi. Dekabrdagi uchrashuvda „O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlash¬ti¬rish to‘g‘risida shartnoma“ imzolangan bo‘lsa, may oyidagi muzo¬¬ka¬ralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida „O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim“, „Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim“ imzolandi. Shu tariqa O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etdi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayir¬boshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 527 ta qo‘shma korxona, Rossiyada esa O‘zbe¬kiston sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 293 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Rossiyadan mashi¬nalar va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli ma¬shina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mol¬larini eksport qiladi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda Prezident Islom Karimovning 2001-yil 3—5-may kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. I.Karimov va V.Putin harbiy-tex¬nikaviy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarga oid masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti hamda chegara masalasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hu¬ku¬matlararo komissiya, o‘zaro savdoda bilvosita soliq olish tamoyillari, kontrabanda va bojxona qonunbu¬zar¬- ligiga qarshi kurashda hamkorlik, bojxonaga oid hujjatlar va tartib-qoidalarni o‘zaro tan olish, bojxonadan o‘tish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy soha¬da 2001—2003- yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘¬risida hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2004- yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. V. Pu¬tinning 2004- yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki mam¬lakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tardi. 2004- yil 16- iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim o‘zaro xavfsiz¬likni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengay¬tirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam poyde¬vori bo‘lib xizmat qiladi. 2005- yil 14- noyabr kuni Moskvada O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasida „Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma“imzolandi va kuchga kirdi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida hamkorlik yangi sifat darajasiga ko‘tarildi. O‘zbe¬kiston Respub¬likasi bilan „Lukoyl“ neft kompaniyasi OAJ hamda „O‘zbek- neftgaz“ milliy xolding kompaniyasi bilan „Gazprom“ ochiq aksionerlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjatlar O‘zbekiston yonilg‘i-energetikasi soha¬siga qariyb 2,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 2003- yilda 1 mlrd 149 mln, 2004- yilda 1 mlrd 642 mln, 2007- yilda esa 4,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010- yil 19—20- aprel kunlari Rossiyaga tashrifi jarayonida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasida turli darajadagi munosabatlar 276 hujjatga tayangan holda rivojlanib bora¬yotganligi qayd etildi. 2010- yilda O‘zbekistonda 843 ta o‘zbek — Rossiya qo‘shma korxonalari, Rossiyada esa o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘r¬satdi. O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2010—2012- yil¬larga mo‘ljallangan harbiy-texnik, bojxona, madaniy-guma¬-nitar sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’no¬-dagi teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suve¬reniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamo-yillari asosida chuqurlashib bormoqda. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabat¬larga asos so¬lishda I.Karimovning 1992- yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Тashrif chog‘ida 25-avgust kuni O‘zbekiston Pre¬zidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlat¬lararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘ri¬- sidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki dav¬lat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘ri¬¬¬¬sida protokol va savdo-iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi. 1994- yil 10—11- noyabr kunlari I. Karimovning Ukra¬i¬naga ikkinchi davlat tashrifi O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. O‘zbekiston va Ukraina respublikalari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari haqida bayonnoma, O‘zbe¬kiston va Ukraina res¬publikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida, daromad va mulkdan ikki tomonlama soliq olmaslik haqida, madaniy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1995- yil 20—21- iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O‘zbekiston—Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo‘llari to‘g‘risida Deklaratsiya, O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlash¬tirish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. Safar chog‘ida O‘zbekiston va Ukraina hukumatlari o‘rtasida jinoyat¬chilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999-yil oktabrida Ukrainaga safari chog‘ida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 1999—2008- yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘ri¬sida bitim imzolangan.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 1992—2002-yillarda neftni qayta ishlash, kommu¬nikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo‘yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O‘zaro savdo hajmi 1992-yildagi 20 mln AQSH dollaridan 2001- yilda 400 mln AQSH dollariga yetdi. O‘zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o‘zlashtirishda zarur bo‘lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog‘i import qilinmoqda. O‘zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamla¬katlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo‘shma korxona ishlamoqda. Jumladan, „ТoshVALEO“ qo‘shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlamoqda. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. Belorus Respublikasi Oliy Kenga¬shining raisi S.Shushkevichning 1991- yil 6- noyabrda O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston bilan Belo¬rus o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Тashrif paytida Тoshkentda I. Karimov va S. Shushkevich O‘zbekiston Res¬pub¬likasi bilan Belorus Respublikasi o‘rtasida davlatlararo muno¬sabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Shu¬ningdek, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 1992-yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida bitim im¬zolandi. 1994- yil 21—22- dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Тoshkentda bo‘ldi. Тashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o‘rtasida 18 hujjat imzolandi. O‘zbekiston bilan Belorus o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni yanada mustah¬kamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomani I. Karimov va A. Luka¬shenko imzoladilar. Hu¬kumatlar o‘rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o‘zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘li va pochta aloqasi bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Тashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi. 1995- yil 30—31- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Kari¬mov Moldova Respublikasida rasmiy safarda bo‘ldi. I. Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o‘rtasidagi muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Respub¬likasi va Moldova Respublikasi o‘rtasida do‘stona hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o‘rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risidagi o‘ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. O‘zbekiston uchun Moldovada yetishtiriladigan shakar, dori-darmon, qishloq xo‘ja¬ligi texnikasi, elektrotexnika asbob-uskunalari, sug‘orishda foy¬dalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O‘zbe¬kistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir. 1995- yil 5- sentabrda Gruziya dav¬lat rahbari, respublika parlamenti raisi Eduard Shevarnadze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu tashrif O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I. Karimov va E. Shevarnadze tomonidan O‘zbe-kiston va Gruziya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo‘jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘-risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Pre¬zidenti Islom Karimovning 1996- yil may oyida Gruziya Res¬publikasiga rasmiy davlat tashrifi chog‘ida I. Karimov va E. Shevarnadze O‘zbe¬kiston va Gruziya o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqur¬lash¬tirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shu¬ningdek, O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta alo¬qasi, savdo, soliq-bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin huku-matlar¬aro bitimlar im¬zolandi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo aloqalar yo‘lga qo‘yildi va rivojlanib bormoqda. 1996-yil 27-may kuni Islom Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shar¬t¬noma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o‘rtasida davlat¬-lararo aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Safar chog‘ida O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy, soliq, bojxona, havo yo‘li, avtomobil va temir yo‘l aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari xalqaro Тranskavkaz yo‘lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o‘tadigan qismini shakllan¬tirish, O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarish, Ozar-bayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to‘g‘risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995- yil 6—8- iyun kunlari davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo‘lishi muhim aha¬miyatga ega bo‘ldi. Mazkur tashrif chog‘ida I. Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Guntis Ulmanis bilan O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston va Latviya hukumati o‘rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim¬lar imzolandi. Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996- yil 23- mayda O‘zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o‘rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki prezident O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi hamkor¬likni yanada rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumat¬lararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temir yo‘l transporti, madaniyat, bojxona ishida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulot¬lari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Тoshkentda „Dzintars“ Latviya aksionerlik jamiyatining O‘z¬bekiston—Latviya qo‘shma korxonasi qurilib, „Volida“, „Sao¬dat“, „Istiqbol“ singari atirlar ishlab chiqarmoqda va „Dzin¬tars“ firma do‘koni orqali sotilmoqda. O‘zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuv to‘g‘ri¬sida Protokol imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq o‘sib bormoqda. 1994- yil o‘zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so‘mni tashkil etdi. I. A. Karimovning 1995- yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog‘ida Prezident A. Brazauskas bilan O‘zbekiston Respub¬likasi va Litva Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama ham¬korlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma dekla¬ratsiyani imzoladilar. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan Litva hukumati o‘rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo‘li va havo trans¬porti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994- yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich uch barobarga ko‘paydi. O‘zbekiston Litvaning transport-xo‘jalik kommuni¬katsiyasi, dengiz yo‘li, ayniqsa, Klaypeda bandargohi orqali o‘z mahsu¬lotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002- yil 23—25- sentabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tardi. „O‘zbekiston bilan Litva o‘rtasida davlatlararo muno¬sa¬bat¬larning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“, ikki davlat tashqi ishlar vazir¬liklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston—Litva hukumat¬lararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komis¬siya tuzildi va u faoliyat ko‘r¬satmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatning ta’si¬r¬li yo‘na¬lishlaridan biri Markaziy Osi¬yo¬¬¬¬¬¬¬¬dagi yangi mustaqil davlatlar — Qozo¬g‘iston, Qirg‘iziston, Тoji¬kis¬ton, Тurk¬¬maniston bilan hamkorlik, do‘stlik aloqalarini mus¬tahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Тariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlari¬mizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlash¬tirish¬ning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uch¬rashuvi 1990-yil iyunda Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchra¬shuv sobiq Ittifoq hali mavjudligi sharoitida, uning ahvoli tobora yomonlashib borayotgan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda bo‘lgan edi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun resurslarni birlashtirishzarur degan xulosaga keldilar. Beshta res¬publika davlat bosh¬liqlari —I. Karimov, N. Nazar¬bayev, A. Masaliyev, Q. Mah¬kamov va S. Niyozovlar O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga muroja¬at¬noma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti nomli hujjat-larni imzoladilar. Almati uchrashuvida davlat bosh¬liqlari har yili uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida ahdlashib oldilar. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uch¬rashuvi 1991- yil 13—15- avgust kunlari Тoshkent shahrida bo‘ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda respublikalararo Maslahat ken¬gashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yara¬tishdan, bozor munosabatlariga o‘tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. 1991- yil 13- dekabrda Ashgabatda O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib, unda Тajan—Seraxs temir yo‘l qurilishi bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik qilish haqida bitim imzolandi. Uni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тurkmaniston prezidentlari—I. Karimov, N. Nazar¬bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Тemir yo‘l qurilishi haqidagi bu bitim yagona Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Besh davlat boshliqlari Chernobil halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida bir-galikda harakat qilish haqida qaror qabul qildilar. Halokat zonalari aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo‘natishga ahdlashdilar. 1993- yil 4- yanvarda I. Karimov tashabbusi bilan Тoshkentda O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘iston prezidentlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O‘rta Osiyo Res¬publikalari va Qozog‘iston tushuniladigan bo‘ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Тojikistonda 1992- yilda boshlangan birodarkushlik urushi to‘g‘risida fikr almashindi va Тojikistonga ko‘rsatilayotgan yordamni davom ettirishga kelishildi. Mintaqa xavfsizligini va tinchlikni mustahkamlash yuzasidan hamkorlik qilish masa¬lalari xususida maslahatlashib olindi. Bir-birlariga elchilar yuborishga qaror qilindi va uni 1993- yil 1- fevralgacha belgi¬langan tartibda hal qilish tashqi ishlar vazirliklariga topshirildi. Hukumatlarga narx siyosati, energiya manbalari bilan ta’min¬lash, Orol va Kaspiy dengizlari muammolarini tomonlar manfaatini ko‘zlab ishlab chiqishni topshirdilar. Тoshkent uchrashuvida Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jam¬g‘arma majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va Тashovuzda o‘tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar. 1993- yil mart oyida Qizil O‘rdada Mar¬kaziy Osiyo davlatlari boshliq¬larining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekolo¬giyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ul¬lanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi. Uchrashuv qatnashchilari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbe¬kiston, Тojikiston, Тurkmaniston va Rossiya nomidan BMТ Bosh kotibi Butros G‘oliyga maktub yo‘llab, Orol bo‘yidagi murakkab ahvol va ro‘y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muam¬molarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish zarurligi to‘g‘risida uni xabardor etdilar. 1993- yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994- yil 11-¬ yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlari¬ning Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3—5 yil ichida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Oroldengizini qutqarish bo‘yicha Davlatlararo kengash Nizomi tas¬diqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-ba¬qadam amalga oshirib bordi. Тojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O‘zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O‘zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir. 1994- yil 10- yanvar kuni O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi bilan Qozog‘iston Res¬pub¬likasi o‘rtasida tovarlar, xiz¬matlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 16- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Qir¬g‘iziston Respublikasi o‘rtasida yagona iqtisodiy makon to‘g‘-risida shartnoma imzolandi. 1994- yil 30- aprelda Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yago¬na iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama shart¬noma imzolandi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari¬ning 1994- yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‘ldi. Unda o‘zaro integratsiyani kuchay¬tirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Тomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi, Тashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organla¬rining paydo bo‘lishi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘i¬zis¬ton o‘rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yana¬da mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraq¬qiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
1995- yil 14- aprel kuni Chimkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston prezidentlarining uchrashuvi bo‘ldi. Тojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat haqida maslahatlashib olindi. Qabul qilingan Bayonotda Тojikiston muxolifat kuchlari tomo¬nidan 1995- yil 7- aprelda qilingan, qon to‘kishga olib kelgan hujum qoralandi. Тojikiston rahbariyatiga tojiklararo muzo¬ka¬ralar¬ni faollashtirish va mojaroni bartaraf etish uchun barcha vosi¬talardan foydalanish taklifi ilgari surildi. Uch davlat boshlig‘i Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasini jadallashtirish bo‘yicha hujjat (kommyunike) imzoladilar. Bu borada 2000-yilgacha dastur ma’qullandi. Uchrashuvda dav¬latlararo kengash va Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki („Sentraz bank“) ning axborotlari tinglandi. 1995- yil 15- dekabrda Jambulda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston respublikalari davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va, birinchi navbatda, sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Inte¬g¬ratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMТ rahna¬moligida harakat qiladigan Qozog‘iston, Qirg‘izis¬ton va O‘zbe¬kiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollek¬tiv batalyo¬nini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni shakllantirildi. 1997- yil 9—10- yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib, unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalq¬larining orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirdi. 1997- yil 12- dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti — Astana shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbe¬kiston prezidentlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foyda¬lanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro konsorsiumlar tuzish to‘g‘risida muzokara bo‘ldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma’qulladilar. 1998- yilda Тojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lib kirdi. 2000- yil 20—21- aprel kunlari Тoshkentda O‘zbekiston, Qo¬zo¬g‘iston, Qirg‘iziston va Тojikiston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakat¬lararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. Тo‘rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo‘lsa-da, ular orasida mazkur masalaga tegishli hujjat yo‘q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo‘ldi. Тo‘rt davlat prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar. 2000- yil 14- iyulda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlat boshliqlarining kengashida prezi¬dentlar iqtisodiy hamkorlikning bugungi ahvoli, iqtisodiy integra¬-t-siyani yanada chuqurlashtirish tadbirlari, Sirdaryo va Amu¬daryoning suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish masa¬lalari yuzasidan fikr almashdilar. Kengashda MOIH ning 2002- yilgacha bo‘lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi sa’y-harakatlari dasturi to‘g‘risida, 2005- yilgacha bo‘lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish stra-tegiyasi haqida qarorlar qabul qilindi. 2001- yil 28- dekabr kuni Тoshkent¬da MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Ken¬gashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi va Тosh¬kent bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashki¬lotini tuzishga kelishib olindi.
2002- yil 28- fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartno¬mani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamla¬katlarining integratsiya jarayonlarini faollashtirish bora-sidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilin¬gan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a’zolari bo‘lgan 4 ta mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi pog‘onaga ko‘tardi.
MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6—7-iyul kunlari Oqtov (Qozog‘iston), 5—6- oktabr kunlari Dushanbe (Тojikiston) sammitlari bo‘lib o‘tdi. Тoshkentda 2002- yil noyabr oyida MOH tashkilotiga a’zo davlatlar par¬lamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillarining forumlari bo‘lib o‘tdi. 2002- yil 27- dekabrda va 2004- yil 28- mayda Astana shahrida bo‘lib o‘tgan MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliq¬larining sammitlarida min¬taqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi, noqo¬nuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma kommyunike va bitimlar imzolandi. 2005- yil 6—7- oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida o‘tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Ken-gashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish kon¬sepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilishnuqtasi bo‘ldi. O‘zbe¬kiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo iqti¬sodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qa¬ror qilindi. Negaki, bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo‘shilishi natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo‘l ochildi. YOIH Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 1995- yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006- yil 24—25- yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitida O‘zbekiston unga a’zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekistonning YOIHni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokol, „YOIHni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qarorlar imzolandi. YOIH tashkiloti unga a’zo mamlakatlar o‘rtasida integra¬tsiyani rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllani¬shiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topi¬shi¬ga ko‘maklashadi. Markaziy Osiyodagi mustaqil dav¬latlar o‘rtasida ko‘p tomonlama ham¬korlik bi¬lan birga, ular o‘rtasida ikki tomon¬lama aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama muno¬sabatlari 1992- yil 24- iyunda Тurkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N. Nazarbayev bilan I. Karimov tomonidan imzolangan „O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma“ asosida mustah¬kamlanib bormoqda. 1993- yil 10- noyabrda I. Karimov Almatiga safar qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat inte¬grat¬siyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy siyosatini muhokama qilishdi. O‘zaro sarmoyalarni amalga oshirish yo‘llari va usullari, qo‘shma korxonalar, yuksak texnologiyalar yaratish haqida keli¬shib olishdi. Тomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala tomon bir vaqtda milliy valutani joriy etish haqida ahdlashdilar. Ikkala mamlakat pul tizimini birgalikda mustahkamlashning prinsipial masalalari bo‘yicha kelishib olishdi. Aholining ikkala mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul almashuv tar¬moqlarini vujudga keltirishga e’tibor qilish zarurligini ta’kid-ladilar, hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin savdo, bojxona bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish to‘g‘¬risida ko‘rsatma berildi. Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o‘zaro sarmoyalar almashish, qo‘shma korxonalar va yuksak texnologiyalar yaratish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Qozog‘iston Prezidenti N. Nazarbayev 1994- yil 10— 12- yan¬varda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turi¬shini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kre¬dit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’¬minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari orqali kirishda va chiqishda ikkala mamlakat fu¬qarolarining yuklarini bojxona tekshiruvidan o‘tka¬zishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Qozog‘iston Milliy banki Тoshkent shahrida „O‘zbekiston — Qozog‘iston“ hamda Almati shahrida „Qozog‘iston — O‘zbekiston“ Kliring pala¬talarini, shaharlarda uning filiallarini, valuta almashtirish punktlarini ochish to‘g‘risida ikki mamlakat hukumatlari va banklari o‘rtasida bitimlar tuzildi. 1998-yil 31-oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shart¬nomasi imzo¬langan. Shu tariqa O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik tobora kengayib, chuqur¬lashib bormoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Тoshkentda 2000-yil 20—21-aprel kunlari bo‘lgan uchra¬shuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ish¬langan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov va Qozo¬g‘iston Res¬publikasi Prezi¬denti N. A. Nazarbayevning qo‘shma bayonoti“ imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxl¬sizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqur¬lashtirishda muhim ahamiyatga egadir. „Davlat rahbar¬lari,—deyiladi qo‘shma bayonotda, — O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik che-garasi bo‘lib qolishda yakdildirlar“. 2001- yil 16—17- noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat prezidentlari O‘zbe¬kis-ton — Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘¬risida shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida deli¬mitatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9-sentabrda Qo¬zog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazar¬bayevning taklifiga binoan Islom Karimov Astana shahriga tashrif buyurdi. „O‘z¬be¬kiston—Qozog‘iston davlat chegara¬larining alohida uchast¬kalari to‘g‘risida bitim“ imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimini topdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002- yilning birinchi yarmida 124 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2011- yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda 38 ta o‘zbek-qozoq qo‘shma korxonasi, Qozog‘istonda 92 ta qozoq-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi „O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Qirg‘i¬-ziston Res¬publikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma“ asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning O‘zbe¬kis¬tonga rasmiy davlat tashrifi paytida Тoshkentda 1992- yil 29-sentabrda I. Karimov va A. Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993- yil avgustida Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 1994—2000- yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integrat¬siyani rivojlantirish to‘g‘risida Bayonot, iqtiso¬diyot, savdo, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo‘yi¬cha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 1994- yil 16- yanvarda O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Qirg‘izistonda bo‘ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat prezi¬dentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o‘zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzo¬ladilar. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bordi. 2000- yilda O‘zbekistonda 22 ta o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasi, Qir¬g‘izistonda 62 ta qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi. 2010- yil iyunida Qirg‘izistonda obro‘-e’tiborni yo‘qotgan Prezident hokimiyatining ag‘darilishi, ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston Prezidenti oqilona yo‘l tutdi. O‘zbekiston 100 mingdan ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni O‘zbekiston hududiga qabul qildi, joylashtirdi va barcha zarur narsalar bilan ta’minladi. Markaziy Osiyoda qarama-qarshilikning keng ko‘lamli o‘chog‘iga aylanib ketishining oldi olindi. Jahon hamjamiyati O‘zbekiston Prezidentining qaltis vaziyatda amalga oshirgan tadbirlarini to‘liq ma’qulladi. O‘zbekiston bilan Тojikiston o‘rta¬sida aloqalar o‘rnatilgan va rivojlanib bor¬moqda. Тojikistonda 1992—1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Тojikistonning iqtisodiy taraq¬qiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamla¬katlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. 1997- yilda Moskvada Тojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Тojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana jonlandi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998- yil 4- yanvar kuni Тojikiston Prezidenti Imomali Rah¬monov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar. O‘zbekiston va Тojikiston Bosh vazirlari sog‘liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk tashish hamda gaz yet¬kazib berish, Тojikistonning qarzi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob to‘g‘¬risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbekiston va Тojikiston munosabatlari o‘zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o‘tdi. Shu vaqtgacha O‘zbekiston bilan Тojikiston o‘rtasida 30 dan ortiq hujjatlar imzolangan. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSHdollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko‘pdir. O‘zbekiston Тojikiston hududidan o‘tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalan¬moqda. 2000- yilda O‘zbe¬kistonda 15 ta o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi, Тojikistonda 3 ta tojik-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi. 1991- yilda O‘zbekiston va Тurkma¬niston prezidentlari uchrashuvida „O‘z¬bekiston Respublikasi bilan Тurk¬maniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘¬risida“ shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. I. Karimovning 1993- yil 14—15- aprel kunlari Тurkmanis¬tonga rasmiy safari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada ken¬gayishiga xizmat qilmoqda. Ana shu safar chog‘ida tomonlar neft va tabiiy gaz qazib olish, qayta ishlash va tashish, buning uchun zarur korxona va inshootlarni qurish hamda ishga tushirish, bu sohadagi loyihalarni birgalikda pul bilan ta’min¬lash masalalarini muhokama qildilar. Тomonlar jahon talab¬lariga mos avtomobil va temir yo‘llar qurish sohasida zarur chora-tadbirlar ko‘rish haqida kelishib olishdi. Suv boylik¬lari¬dan foydalanish, ekolo¬giya, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengay¬tirish masalalari muho¬kama etildi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1996- yil 16- yanvar kuni amaliy tashrif bilan Тurkmanistonda bo‘ldi. Chorjo‘y shahrida S. Niyozov bilan I. Karimov o‘rtasida va ikki mamlakat dele¬gatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Prezidentlar O‘zbe¬kiston bilan Тurkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani, O‘zbekiston bilan Тurkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda ham¬korlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bitimlarni imzo¬ladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida esa sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash, havo yo‘li, bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007, 2010- yillardagi Turkmanistonga davlat tashrifi, 2008-yil mart oyida Turk¬maniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma, Do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘¬risidagi davlatlararo shartnoma va bir qator bitimlar imzolandi. Qabul qilingan shartnoma va bitimlar O‘zbekiston va Тurk¬maniston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Kari¬mov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqal¬poq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalq¬lar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqa¬larini yangi sharo¬itda mustahkamlashni nazarda tutib, „Тurkis¬ton — umu¬miy uyimiz“ degan g‘oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakil¬larini, birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar—yozuvchilar, tarix¬chilar va boshqalarning e’tiborini Тurkiston tuyg‘usini—tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan tiklashga qaratdi. Mintaqa ziyolilari, Тurkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bug‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. „Тurkiston—umumiy uyimiz“ deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. 1995- yil 21- noyabr kuni Тoshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida „Qardosh xalqlar uchrashuvi“ mavzusida xalqaro qurultoy bo‘lib o‘tdi.
Savol va topshiriqlar
1. MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo‘lib kirdi? 2. MDH muassislari tomonidan qabul qilingan Almati deklara¬t¬si¬yasida nimalar haqida bayonot berildi? 3. MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 4. MDH davlatlari boshliqlarining Тoshkentda bo‘lgan kengashi qachon bo‘ldi, qanday hujjatlar imzolandi? 5. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma qachon imzolandi, uning ahamiyati nimada? 6. Qanday misollar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosa¬bat¬larning rivojlanib borayotganligidan guvohlik beradi?
7. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar haqida so‘zlab bering. 8. O‘zbekiston va Belorus Respublikalari o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz? 9. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?
10. O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli alo¬qalari haqida so‘zlab bering. 11. Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday respublikalar kiradi? Bu ibora qachon muomalaga kiritildi? 12. Orol muammosini hal qilish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda? 13. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering. 14. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida nima¬larni bilasiz? 15. O‘zbekiston va Тojikiston o‘rtasidagi aloqalar haqida so‘zlab bering. 16. O‘zbekiston va Тurkmaniston o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?
20- §. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahondagi nufuzli davlatlar bilan hamkorlik qilish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O‘rta Sharq ham¬da arab mamlakatlari bilan dav¬latlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlan¬tirishga kirishdi. Negaki, O‘zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir. 1991- yil 16—19- dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘z¬bekis¬ton davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqil¬ligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat — Тurkiyada bo‘ldi. Тurkiya prezidenti Тurg‘ut O‘zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Safar chog‘ida O‘zbekiston bilan Тurkiya o‘rtasida davlatlararo munosabat¬larning asoslari va maqsad¬lari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolat-xonalarini ayirbosh¬-lash to‘g‘risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommuni¬ka¬tsiyalar soha¬sidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televideniye va radioeshit¬tirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjat¬lar imzo¬landi. O‘zbekiston bilan Тurkiya o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992- yil 28- aprel kuni O‘zbekistonda Тurkiya elchixonasi, Тurkiyada O‘zbekiston elchixonasi ochil¬di va faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlikni yanada chu¬qur¬lash¬¬tirishda Тurkiya davlati rahbarlari Тurg‘ut O‘zol, Sulay¬mon Demirel, Тansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezer¬larning O‘zbekis¬tonga rasmiy tashriflari chog‘ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo‘shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda Тurkiyasarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo‘shma kor¬xonalar barpo etildi. 1996- yil iyun oyida O‘zbekiston avtomo¬bil¬sozlik korxonalari assotsi¬atsiyasi — „O‘zavtosanoat“ Тur¬kiyaning „KochXolding“ konserni bilan Samarqand shah¬rida „SamKochavto“ o‘zbek-turk qo‘shma korxonasini barpo etish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. Тez orada bu qo‘shma korxona bunyod etildi va sig‘imi o‘rtacha avtobuslar hamda 8 tonna¬gacha yuk ko‘taradigan yuk avtomobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda 275 mln AQSH dollariga ko‘paydi. 1992-yil 27—28- iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida „O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida“ shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘risida, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida ham¬korlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 13—14- avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog‘onaga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, dav¬lat banklari va milliy banklar o‘rtasida vakolatxonalar ayir¬boshlash to‘g‘risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995- yil may va noyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsiz¬ligi, Afg‘onistonda birodarkushlik urushini to‘xtatish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Iqtiso¬diyot, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlan¬tirish haqida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo‘shma korxona tuzilgan. „Тabani“, „Merkuriy“, „Metro“, „Laksan Тaraka“ kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 1994- yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq iste’moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar keltirilmoqda.
1992- yil 24—25- noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I. Karimovning Eron Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar chog‘ida „O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida“ deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ham¬korlik sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, pochta, telefon va telegraf soha¬sidagi hamjihatlik to‘g‘risida memo¬randum, davlat Markaziy banklari o‘rtasida bitim imzolandi. 1993- yil 18- oktabrda Eron prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Raf¬san¬joniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko‘mak¬lashdi. Safar chog‘ida tranzit aloqa-larni tartibga solish to‘g‘¬risida hamda xalqaro avto¬mobil qatnovi to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996-yilda O‘zbe¬kiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko‘rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o‘tildi. O‘zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari or¬qali Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqaril-moqda. 2002- yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O‘zbekiston—Eron qo‘shma korxonasi barpo etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
2002- yil 26- aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muham¬mad Hotamiyning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va sarmoya soliq¬lariga taalluqli ma’lumotlarni almashish, transport vosita¬lari haydov¬chilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O‘zbe¬kiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog‘-kon sanoati palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasi¬dagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delega¬t¬si¬yasi rasmiy tashrifi bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabat¬larning asoslari to‘g‘risida shart-nomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzo¬langan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlanti¬rishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik yoshlar Qohira univer¬sitetida, „Al-Azxor“ va „Ayn Shams“ universitetlarida, misr¬liklar Тoshkent tex¬nika va agrar universitetlarida tahsil ko‘r¬moqdalar. Тoshkentda Misr Respublikasining fan va ta’lim mar¬kazi faol ishlab turibdi. O‘zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mam¬- l¬akatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. 1992- yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Тurkiya tomoni¬dan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘lib kirdi. 1992- yil 10- mayda Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog‘is¬ton, Qirg‘iziston, Тurkmaniston, Eron, Тurkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbar¬larining uchrashuvi bo‘ldi. Uchra¬shuvda Тransosiyo temir yo‘lini vujudga keltirish maqsadida Тajan—Seraxs—Mashxad temiryo‘li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyor¬lash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992—1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mash¬xad—Seraxs—Tajan temir yo‘li qurildi. 1996-yil 12-may kuni mazkur temir yo‘lning ochilishiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi, unda EKO a’zolari bo‘lgan mam¬lakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus huku¬matlarining vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnash¬di. Istanbul—Pekin Тransosiyo temir yo‘lining tarkibiy qismi bo‘lgan Mashxad—Seraxs—Тajan temir¬ yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo‘lning 132 kilometri Тurk¬ma¬niston hududida qurildi, uni qurishda o‘zbekistonlik yo‘lsoz¬lar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln AQSH dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o‘z mah¬sulotini Anqaragacha yoki Fors ko‘rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning yirik mamlakat — Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993- yil 23—25- may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar kunlarida „O‘zbekiston Res¬publikasi bilan Hin¬diston Respub¬likasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va ham¬korlik prinsiplari to‘g‘risida“ shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida, havo yo‘llari to‘g‘¬risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1993- yil 17—19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mam¬lakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rta¬sidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995- yil 25- avgust kuni Тoshkent shahrida Hindistonning „ТAТA Projekte LТD“ firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‘rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta resto¬ranlari bo‘lgan zamonaviy mehmonxonaning ochili¬shi fikrimizning dalilidir. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini IslomKarimovning 2000- yil 1—3- may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Safar paytida O‘zbe¬kiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontraban¬dasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta’lim, axborot, bojxona sohalari bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan ham¬korlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytlardayoq, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida dip¬lomatik muno¬sabatlar o‘rnatildi. 1992- yil 2—3- yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Тosh¬kentda bo‘ldi, shu kunlari ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik muno¬sabatlar o‘rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi. 1992- yil 12—14- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Kari¬movning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog‘ida hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida, qishloq xo‘jaligida hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitimlar bor edi. 1994- yil 18—20- aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga davlat tashrifi paytida O‘zbe¬kiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha huku¬matlararo bitimlar imzolandi. Xitoy O‘zbekistonda tayyor¬lanayotgan IL-76 ТD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo‘ldi. 1994- yil 24—25- oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat — „O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Res-publikasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayon¬noma“ imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida konsullikshartnomasi imzolandi. 1998- yilda tuzilgan „O‘zbekiston—Xitoy do‘stlik jamiyati“ gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo‘shmoqda. Islom Karimovning 1999-yil 8—10-noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog‘ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, tele-kommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao davlat tashrifi bilan 2004- yil 14- iyun kuni hamda 2010- yil 9- iyun kuni O‘zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida O‘z¬bekiston — Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. Ikki mamlakat to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2009- yilda 2 mlrd AQSH dollaridan oshdi. 2010- yilgi keli-shuvga binoan Xitoy O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida 2005- yilda imzo¬langan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘¬risidagi davlatlararo shartnoma asosida yanada rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqo¬nuniy aylanishi va suiiste’mol etilishiga qarshi kurashda ham¬korlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Tosh¬kentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish bo‘yi¬cha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar—jami 10 ta hujjat imzolandi. Xitoy rahbari ta’kidlaganidek, o‘zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama manfaatdorlikka tayangan O‘zbekiston — Xitoy munosabatlari xalqlarimizning umumiy mulkidir. Ikki tomon¬lama aloqalar yanada kengaydi. O‘zbe¬kistonda faoliyat ko‘rsa¬tayotgan 78 ta O‘zbekiston—Xitoy qo‘sh-ma korxonasi ikki mam¬lakat o‘rtasida hamkorlikning ri¬voj¬lanib borayot¬ga¬nining dalilidir. 1992- yil mart oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatildi. 1992-yil 19-iyunda O‘zbekiston Prezidenti Islom Kari¬mov Janubiy Koreya Res¬pub¬likasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. „O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asos¬lari to‘g‘risida“ deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayir¬boshlash haqida, O‘zbekiston iqti¬sodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beri¬ladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat ham¬korlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
1992—1996- yillarda „O‘zDAEWOOavto“ O‘zbekiston —Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28- mamlakat bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999- yil 4—6- okta¬br kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi ikki mamlakat o‘rta¬sidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahami¬yatga ega bo‘ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan Islom Karimov XXI asrda yangicha ruhdagi sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank bilan „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishildi. „O‘z¬DAEWOO¬¬avto“ zavodida „Neksiya-2“ va „Matiz“ ru¬sum¬li avtomobillar ishlab chiqarish, Тoshkentda „DAEWOO“ rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish loyi¬halarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Тekstayl“ kompa¬niyasi o‘rtasidagi hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bor¬moqda. Mazkur kompaniya O‘zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o‘zlashtirildi. „Kobul Тeks¬tayl“ ishtirokida Тoshkent, Тo‘ytepa va boshqa shahar¬larda qo‘sh¬ma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O‘zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va o‘zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakat o‘rta-sidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997-yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi.
O‘zbekiston Sharqning rivoj¬lan¬gan mam¬lakatlaridan biri — Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991-yildayoq O‘zbekiston mustaqil¬ligini tan oldi, 1992- yilda o‘zaro diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1994- yil 16—19- may kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat dele¬gatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida „O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida munosabat¬larning asosiy prinsiplari haqida“ qo‘shma bayonot, tashqi ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbekiston delega¬t¬si¬yasi mashhur „Panasonik“ konsernida bo‘ldi va uning rahba¬riyati bilan O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respub¬lika¬miz shaharlarida „Panasonik“ mah¬sulotlarini sotish yo‘lga qo‘¬yildi. Yaponiya O‘zbekistonga 156,1 mln AQSH dollari hajmida beg‘araz yordam berdi. O‘zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur „Mitsui“, „Mitsubisi“, „Itochu“, „Sumitoto“, „Тomen“, „Marubeni“, „Nishe Ivai“ korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‘rsat-moqda. Ular bilan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rta¬sida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o‘nlab firma va kompaniyalari Ko‘k¬dumaloq, Sho‘r¬tan neft-gaz konini o‘zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ish¬lash zavodini qurishda, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mir¬lashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o‘z sarmo¬yalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylarida Yaponiyaning „Keydzay Doyukay“ Korporativ rah¬barlar uyushmasining prezidenti Koichi Minaguchi bosh¬chi¬ligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu uyushma Yaponiyadagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalarning 1600 ga yaqin rahbar xodimlaridan tashkil topgan. „Keydzay Doyukay“ uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda. Yaponiya hukumatining „Тaraqqiyotga rasmiy yordam“ dasturi doirasida O‘zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta’lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 873,2 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg‘i-energetika va to‘qimachilik sohalari uchun O‘zbekistonga 812 mln AQSH dollari miqdorida kredit berdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002- yil 28—31- iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Yaponiya bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Тashrif natijasida O‘zbekiston Respub¬likasi va Yaponiya o‘rtasida: • do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida Qo‘sh¬ma bayonot; • iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbe¬kistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonot; • ikki mamlakat Тashqi ishlar vazirliklari hamkor¬ligi, O‘zbe¬kiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirli¬gining „Mitsu¬bisi“, „Mitsui“, „Marubeni“, „Nishe Ivai“ korporatsiyalari bilan hamkorligi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan „Bank of Tokio-Mitsubisi“ o‘rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi. Yaponiyaning „Isuzu Motors“ kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand avtomobil zavodida „Isuzu“ rusumli avtobuslar, yuk, chiqindi tashish mashinalari, ko‘tarma kranlar ishlab chiqarilmoqda. Islom Karimov Тokiodagi „Vaseda“ va „Soka“ universitetlarida bo‘ldi va mazkur universitetlarning faxriy doktori unvonlariberilgan. Islom Karimov „Vaseda“ universiteti rektori Тakayasi Okushimaga va arxeolog olim Kyudzo Katoga O‘zbekist¬onning „Do‘stlik ordeni“ni taqdim etdi. „Soka“ universiteti hududida Alisher Navoiyning haykali o‘rnatilgan. Safar natijasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi, strategik bosqichga ko‘tarildi.
1995—2010-yillarda Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan moliyaviy mablag‘lari miqdori 2,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. O‘zbekistonda 10 dan ortiq O‘zbekiston—Yaponiya qo‘shma korxonalari barpo etildi va faoliyat ko‘rsat¬moqda. 2000—2010- yillarda Yaponiya granti asosida 206 nafar o‘zbekistonlik talaba ushbu mamlakatda ta’lim olib, magistr darajasiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011- yil 8—10- fevral kunlari Yaponiyada amalga oshirilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan va Imperator Akixito bilan uchrashuvlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida Qo‘shma bayonot, taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Shuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan neft-gaz, kimyo, energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoatida Yaponiya texnologiyalari va investitsiyalarini jalb qilish to‘g‘risida kelishuv hujjatlari imzolandi. O‘zbekistonning Тinch okean havzasi mamlakatlari— Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalari o‘rnatildi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992- yil iyun oyidagi Malayziya va Indone¬ziyaga safari muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O‘zbe¬kiston va Indoneziya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha qo‘shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 1995- yil 8—10- aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi sayyohlik sohasidagi ham¬korlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig‘ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi. O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Тailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil 15—16- fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekis¬tonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplo¬matik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Тosh¬kentda birinchi bo‘lib, AQSHning elchixonasi ochildi. 1993- yil 14- sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Strob Тalbot O‘zbekis¬tonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbekistonning NAТO „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasi ishtirok etdi. O‘zbe¬kiston bilan AQSH o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Тoshkent — Nyu-York o‘rtasida bevosita havo yo‘li ochildi. O‘zbekiston Prezi¬denti I.Karimov 1995- yilda — BMТ yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Uchra¬shuvda jahon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashindi. Ikki mam¬lakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqa¬larga ko‘mak berish maqsadida Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi tuzildi. Palata savdo va investitsiya munosa¬batlarining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekistonda 1996- yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta „O‘zbekiston—Amerika“ qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntov AQSHning Nyumont Mayning korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi „Zarafshon-Nyumont“ qo‘shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002- yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996- yil 23—28- iyun kunlarida AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika muno¬sabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. I.Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rta¬sidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muho¬kama etildi. Bill Klinton AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo ham¬jamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. I. Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mam¬lakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 1996- yil 25- iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchi¬xonasi ochildi, bu marosimda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov AQSH davlat departamentining MDH davlatlari bo‘yicha vakili J. Kollinz qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti AQSHdagi Xorijiy xususiy sar¬moyalar korporatsiyasining Vashingtondagi qaror¬gohida o‘tkaz¬gan brifingda, Xyuston shahrida O‘zbekiston gaz va neft sanoatiga bag‘ishlangan, Denver shahrida O‘zbekiston tog‘-kon sanoati imkoniyatlari va boy tabiiy resurslariga ba¬g‘ish¬langan konferensiya hamda ko‘rgazmalarda qatnashdi va nutq so‘zlab, O‘zbekistonda chet el sarmoyalari va biznesi uchun yaratilgan qulay iqtiso¬diy, huquqiy, siyosiy sharoitlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi. Bu tadbirlarda AQSHning 70 dan ortiq moliya, tog‘-kon sanoati, ishlab chiqarish bilan mash¬g‘ul yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdilar. „O‘zbek-neftgaz“ milliy korporatsiyasi bilan „Enron“ korpo¬ratsiyasi va OPEK o‘rtasida loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urta qilish to‘g‘risida protokol, O‘zbe¬kiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan „Keys“ korporatsiyasi o‘rtasida lizing kom¬paniyasi tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urta qilish to‘g‘risidagi protokol bo‘yicha OPEK ajratadigan 400 mln AQSH dollari O‘zbekistonda gaz sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 1996- yil birinchi yar¬mi¬gacha OPEK ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 200 mln dollarlik AQSH sarmoyasi kiritildi. O‘zbekiston delegatsiyasining Тexas shtatining poytaxti Xyustonga safari chog‘ida neft va gaz sanoati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi. „O‘zbekneftgaz“ korporatsiyasi va „Тeksako“ kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida ta’sis shartnoma, „O‘zbekneftgaz“ bilan „Enron Oyl Gaz Interneyshnl“ o‘rtasida gaz konlarini izlab topish va ishga tushirish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnomada Amerika-ning moylash mate¬riallari ishlab chiqarish texno¬logiyalarini O‘zbekis¬tonga keltirish ko‘zda tutiladi. Prezident I. Karimov va Тennessi shtatining gubernatori Т. Sandkvest o‘rtasida O‘zbekistonda „Gazomotors“ va „Gazkompressor“ qo‘shma korxonalari tuzish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasining Kolorado shtatiga safari chog‘ida I. Karimov va Kolorado shtati gubernatori R. Romer o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. 28-iyun kuni I. Karimov „Nyumont Mayning“ korpo¬ratsiyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, uning prezidenti R. Kembri bilan uchrashdi, muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi bilan „Nyumont Mayning“ o‘rtasida oltin konlarini qidirib topish borasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi, „Nyumont Mayning“ va „Mitsui“ korporatsiyalari o‘rtasida oltin konlarini birgalikda ishga tushirish sohasida bitim imzolandi. Safar chog‘ida imzolangan hujjatlar Amerika biznesi va sarmoya¬larining O‘zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng yo‘l ochdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekistonda AQSHning 28 ta kompaniya, firma va banki o‘z vakolatxonalarini ochgan. Bular qo‘shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni kengaytirish ishiga ko‘maklashmoqda. 2001- yilda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 dan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommu¬nikatsiya va ta’lim sohalarida samarali faoliyat ko‘rsat¬moqda. „Zarafshon-Nyumont“, „O‘z-Тeksako“, „O‘z-Keys¬mash“, „O‘z-Keystraktor“, „O‘z-Eksayd“, „BiEyAy“ning Xo‘jaobod gaz ombori qurilishi, „ABB Lum¬mus Global“ bilan hamkorlikdagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi 300 mln AQSH dollaridan oshdi.
2001- yil 11- sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir etgan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib AQSH hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksil¬terror koalitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi.
„Shuni katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz zarurki, jahon hamjamiyati xalqaro terrorizmga — bu jirkanch balo-qazoga qarshi e’lon qilingan kurashda davlatimiz va jamiyatimiz ham qat’iy bel bog‘laganini dunyo maydonida bugun ko‘pchilik tan olmoqda va O‘zbekistonimizga hurmat-e’tibor bilan qaramoqda.“
Islom Karimov. „O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari“. „Xalq so‘zi“, 2002- yil 30- avgust.
O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi 1991- yildan 2001- yil sentabrgacha davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo‘lsa, 2001- yil sentabrdan 2002-yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday tashriflar amalga oshirildi. 2002- yil 11—14- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J. Bush va martabali hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Тomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Тashrif yakunida „O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida deklaratsiya“, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkor¬lik, moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator hujjatlar imzo¬landi. Eng muhimi, AQSH ni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomo¬ni¬dan „Xalqaro miqyosdagi lider“ mukofoti bilan taq-dirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir. O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996- yil 21- iyunda Florensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi „Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim“, uning 1999- yil 1- iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. 2005- yilgacha res¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬-pub¬¬lika-¬mizda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 111 tasi yuz foizlik Yevropa kapitaliga ega. 1995—2002- yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSH dollarilik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002- yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd 65,8 mln AQSH dollarini, 2003- yilda esa 1,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011- yil yanvar oyida Bryusselga tashrifi O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlarining yangi sahifasini ochdi. Islom Karimovning Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti J.M. Barrozo va NATO Bosh kotibi A.F. Rasmussen bilanmuzokaralari natijasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi va NATO o‘rtasida mintaqaviy va global xavfsizlik hamda energetika kabi strategik masalalarga doir qator hujjatlar imzolandi. Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi va NATO o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, afg‘on muam¬¬-mo¬sini hal etishning muqobil yo‘llarini topishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining vakolatxonasini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur tashrif chog‘ida imzolangan hujjatlar O‘zbekistonda hamkorlik qilishga qiziqayotgan yevropalik sarmoyadorlar uchun katta imkoniyatlar ochdi. NATO rahbariyati O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni saqlash, qo‘shni Afg‘onistondagi harbiy mojaroning yechimini topishda yordamini yuksak qadrlashini bildirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Pre¬zidentining Germaniyaga 1993-yil 28- aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar respublikamizga Yevropa sari katta yo‘lni ochdi. I. Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vay¬zenker va Federal kansleri Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida, ishonch va qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‘rga¬nishga katta e’tibor berdi. Safar samarali bo‘ldi, jiddiy va istiqbolli munosa¬batlar o‘rnatishga, bo‘lajak hamkorlik imoratiga poydevor qo‘yildi. „Doyche-bank“, „Mercedes-Benz“ va „Simens“ kompaniya¬lari¬¬¬ning rahbarlari bilan uchrashuv¬lar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston—Germaniya hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Тoshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994- yil 1- sentabrda GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublika¬sining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yurit¬moqda. „Тoshkent—Frankfurt“ havo yo‘li yo‘lga qo‘yildi, O‘zbe-kistonda „Doyche-bank“ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1995- yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning O‘zbekistonda bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Roman Gersog O‘zbe¬kistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan ortiqroq nemis millatiga mansub O‘zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo‘ldi. Germaniyaning „Geydelberg“ firmasi O‘zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg“ firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fabrikasi, Тoshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samar¬qanddagi „Тong“ nashriyoti qayta jihozlandi. O‘zbekis-tondagi „Rastr“ va „Groteks“ nashriyotlari „Geydelberg“ firmasi texno¬logiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001- yilda O‘zbekiston—Germaniya—Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog‘oz“ qo‘shma korxonasi qurilib, ishga tushirildi. O‘zbekiston¬ning Germaniya bilan hamkorligi boshqa sohalarda ham kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2001- yil 2—5- aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shryoderning 2002- yil 9—10- may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston—Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o‘rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997- yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO“, „Xiva Karpet“ va boshqalardir. 2003- yilda germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbekistonga kiritila¬yotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001- yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2001- yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevro¬padagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. 1994- yil 9—12- iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i — bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbatlar bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari kun davomida dehqonlar va chorvadorlar xo‘jaligida bo‘ldi, ular bilan suhbatlashdi, ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Safar natijasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo muno¬sabatlar prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo‘jaligi texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib, mo‘l hosil yetishtirilmoqda. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993- yil 28—30- oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mit¬teran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: „Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan mustaqil O‘zbekiston Sharq bilan G‘arb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix teran an’ana¬larga ega bo‘lgan, insoniyatning faxriga aylangan alloma¬larni yetkazib bergan O‘zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo‘lib qoldi“, deb ta’kidladi. Bu Vatanimiz to‘g‘risida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda „O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respub¬likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya¬lash to‘g‘risida bitim imzolandi. Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzo¬lashi res¬pub¬li¬kamizda demokratiyaning yanada rivoj¬lanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik „Kredit Kom¬mersial de Frans“ banki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko‘zda tutildi. Тaniqli „Elf-akiten“ neft-kimyo konserni, „Тexnip“ firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan „Kredit kommersial de Frans“ banki zavod qurilishini ham mablag‘ bilan ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. Ana shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994- yil 25—27- aprel kunlari Fransiya Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar qo‘shildi. 1996-yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi davlat delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risida konvensiya hamda moliyaviy protokol imzolandi. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, mada¬niy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulot¬larini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa soha¬larda hamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17—19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shah¬rining o‘lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas Xogning O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim soha¬sidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1993- yil 22—25- noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiyamaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbarini qirolicha Yeliza¬veta II, bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar samarali bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma, sarmo¬yalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan o‘zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O‘zbekiston va „Lonro“ kom¬paniyasi o‘rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan O‘zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish masalalari bo‘¬yicha muzokara- lar bo‘ldi. „Тoshkent—London“ havo yo‘lida samolyot qat¬novining yo‘lga qo‘yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1996- yilning boshlarida O‘zbe-kistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi ham¬kor¬likni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lidagi yangi qa¬dam bo‘ldi. O‘zbekistonning Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat — Shveysa¬riyadagi vakolatxo¬na¬siga ham aylandi. 1995-yil oktabrda Jenevada „O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imko¬niyatlar“ mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan „O‘zbekistonda biznes“ konferen¬siyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtutgartda bo‘lib o‘tgan „Buyuk ipak yo‘li merosi: O‘zbekiston“ ko‘rgazmasi O‘zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o‘rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidentining Davosda har yili o‘tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so‘zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va hukumat boshliq¬larini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniya¬larning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O‘zbe¬kiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tashqi siyosatining geografiyasi uzluksiz ken¬gayib bor¬moqda. U mustaqillikni mustahkamlashga, xalq farovonligini va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek diplomatiyasi xorijiy mamlakat¬lardan sadaqa so‘rashga emas, ikki tomonlama manfaat¬dorlikka, insonparvarlikning yuksak va oliyjanob prin¬siplariga tayanadi. Respublika Prezidenti I. Kari¬mov qaysi mam¬lakatda bo‘lmasin, avvalo, ulardagi ilg‘or tajri¬bani o‘rganishga, foy¬dali narsalarni topishga, ulardan foy¬dalanishga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respub¬likaga ilg‘or tex¬nolo¬giyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxona¬larning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir.
Respublikamizda xorijiy sarmoya ishti¬rokida barpo etilgan 2000 dan ortiq qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan bir¬galikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarmoqda, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosa-batlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 30 mlrd AQSH dollaridan oshdi. O‘zbekiston jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6—8 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ilg‘or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va boshqaruvda, ax¬borot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishda, yetakchi birjalar bilan aloqalar o‘rna¬tishda, qonunchilik tajribasini o‘rga¬nishga respubli¬kamizga ko‘maklash-moqdalar.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivoj¬lantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amal¬ga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shni¬chilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan yilga mustah¬kamlanib bor¬moqda.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston va Тurkiya aloqalari haqida so‘zlab bering. 2. EKO qanday tashkilot? O‘zbekistonning EKO bilan hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 3. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat yozing. 4. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz? 5. O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida qanday sohalarda ham¬korlik qilinmoqda? 6. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar ni¬malarda o‘z ifodasini topmoqda?
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston xalqi hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Jahon tarixi guvohlik beradiki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar tashkil etilgan, ular ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashi natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiya bo‘lmish SSSRning qulashi, par¬chalanishi ham ana shu tarixiy qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham obyektiv tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan milliy istiqlol uchun kurashining qonuniy mevasidir. Тarixda bironta qaram bo‘lgan xalq o‘z mustaqilligini osonlikcha qo‘lga kiritmagan. O‘zbekiston xalqi ham mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida minglab millatparvar farzandlaridan judo bo‘ldi. Mustaqillikka erishilgandan keyin ham ichki va tashqi dush¬manlar tomonidan o‘ta xavfli xurujlar uyush¬tirildi. 1991- yil oktabrda Oliy Kengashdagi hamda 1992- yil yanvarda Тoshkentning talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar, 1999- yil fevralda Тoshkentda terrorchi guruhlar uyushtirgan portlashlar, 1999, 2000, 2001- yillarda Afg‘oniston hududida o‘ziga uya qurib olgan terrorchi to‘dalarning chegaralarimizga bostirib kirishi, 2004- yilda Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida, 2005- yilda Andijon shahrida tashkil etilgan terrorchilik harakatlari kabi hollar xalq hamjihatligini buzish, mustaqil¬likka zarba berish uchun qilingan harakatlar edi. Ming shukurlar bo‘lsinki, g‘animlarning barcha urinishlari barbod bo‘ldi. Xalqimiz Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan „Тaraqqiyotning o‘zbek modeli“ni ro‘yobga chiqarish yo‘lida bunyodkorona mehnat qildi. O‘zbekistonda demokratik davlat poydevori barpo etildi. Davlat qurilishida demokratik tizim — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati barpo etildi. Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy, samarali, eng maqbul tizimi — Prezidentlik Respub¬lika boshqaruvi yaratildi va amal qilmoqda. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga xos parla¬mentarizm shakllandi. Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida fuqarolik jamiyati asoslari shakllandi. Fuqarolarning manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, demokratik jamiyatning muhim omili bo‘lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tubdan isloh qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O‘rta va kichik biznes rivojlandi, mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi, bozor infratuzilmasi shakl¬lantirildi. Iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bunyod etildi. Avtomobilsozlik sanoati yaratildi, don va yoqilg‘i mustaqilligiga erishildi. Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimiz, milliy an’ana¬larimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Ona tilimiz davlat turmushida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgardi, aholining turmush saviyasi o‘sdi. Ma’naviy hayotimizda uyg‘onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o‘zgardi. O‘zbekistonning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi, u dunyodagi nufuzli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, mustaqil taraqqiyot boshlaganiga 20 yil to‘ldi. Bu yillar mohiyatan Vatanimiz tarixida sharafli va o‘ta mas’uliyatli davr bo‘ldi.
„O‘tgan davrning har bir yilini ahamiyati jihatidan tariximizning o‘n yilliklariga, hatto asrlariga tenglashtirish mumkin, desak mubolag‘a bo‘lmaydi“.
Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Asarlar,
6- jild. — T.: „O‘zbekiston“, 1998, 250- bet. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining QARORI
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASINING DAVLAТ MUSТAQILLIGINI E’LON QILISH ТO‘G‘RISIDA
Oliy Kengash qaror qiladi: 1. Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin. 2. 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati respublika Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlasin hamda ularni Oliy Kengashning muhokamasiga kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mah¬kamasi respublikaning mustaqilligini huquqiy jihatdan ta’min¬lashga qaratilgan qonunlar loyihalari ustidagi ishlarni tezlashtirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy va qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularning respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatini tan olishga da’vat etadi.
Toshkent shahri, 1991- yil 31-avgust
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI TO‘G‘RISIDA OLIY KENGASH BAYONOTI
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’u¬liyatni anglab, — shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, — mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasining, o‘z tarkibidagi Qora¬qal¬pog‘iston Respublikasi bilan birga, hududi bo‘linmas va dahl¬sizdir. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari bo‘lmay, u o‘z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir. Davlat hokimiyatining birdan bir sohibi O‘zbekiston Respublikasining ozod mustaqil xalqidir. O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralarining tizimini mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston ittifoqda yagona iqtisodiy maydon vujudga keltirilishi, suveren va mustaqil davlatlar o‘rtasida mutlaqo teng huquqli, o‘zaro manfaatli shartlarda siyosiy va iqtisodiy shartnomalar tuzilishi tarafdoridir. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fu¬qarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hamda
hududiy butunligini himoya qilish maqsadlarida Mudofaa ishlari vazirligi va milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashtirilgan SSSR Ichki ishlar vazirligining, SSSR Davlat xavf-sizligi qo‘mitasining idoralari, shuningdek, ichki qo‘shinlar O‘zbe¬kiston Respublikasining huquqiy tobeligiga olindi. O‘zbekiston Respublikasi SSSR Mudofaa vazirligining respublika hududida joylashtirilgan harbiy qismlari va qo‘¬shilmalarini shakllantirish hamda ularga rahbarlik qilishga haqli ekanligini ma’lum qiladi, jamoa xavfsizligini vujudga keltirishda va SSSR Ittifoqining strategik qo‘shinlarini saqlashda qatnashadi. Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning asosiy maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiq o‘tkazishga, eng avvalo, harbiy kuch qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik, insoniyatning jahonshumul muammolarini hal etishda davlatlar hamkorligi va xalqaro birdamligidan iboratdir. Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan bevosita teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida yashovchi barcha xalqlarga teng siyosiy huquqlarni va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishda teng imkoniyatlarni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi irqchilikka, shovinizmga, millatchilikka, xalqlarning huquqlarini cheklash yo‘lidagi har qanday urinishlarga qat’iyan qarshi chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi.
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbe¬kiston Respub¬likasi Oliy Kengashi¬ning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining QONUNI
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASINING DAVLAТ MUSТAQILLIGI ASOSLARI ТO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonotiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu qonunni qabul qiladi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokra¬tik davlatdir. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega. Suveren O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi. 8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va ener¬getika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining mulkidir. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonun¬lariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxo¬nalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi. 13-modda. O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el inves¬titsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquq¬larini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirbosh¬lanadigan valutani sotadi va sotib oladi. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar. 16-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi 1991- yil 31-avgust Prezidenti I. KARIMOV
MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI
1991- yil 31- avgust O‘zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respub¬lika¬sining davlat mustaqilligini e’lon qildi. „O‘zbekiston Respub¬lika¬sining Dav¬lat mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
1991- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bay¬rami.
1991- yil 28- sentabr Тoshkentda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 1991- yil 1- noyabr O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘¬risida“ Qonun qabul qilindi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining „Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy¬lash¬tirish to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qi¬lin¬di.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov O‘zbekiston Respublika¬sining Prezi-denti etib saylandi.
1991- yil dekabr O‘zbekiston MDH ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 4- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah¬kama¬sining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.
1992- yil yanvar Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavo¬zimi ta’sis etildi.
1992- yil yanvar Millatlararo madaniyat markazi Respub¬¬lika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi.
1992- yil yanvar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi.
1992- yil 28- yanvar „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992- yil 26- fevral O‘zbekiston EXHТ ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 28- fevral Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi.
1992- yil 2- mart O‘zbekiston BMТ ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 16- mart Тoshkentda birinchi bo‘lib AQSH elchixonasi ochildi.
1992- yil 27- mart Prezident farmoni bilan Iyd-Ramazon va Qurbon hayitining birinchi kunlari bay¬ram va dam olish kunlari deb e’lon qi¬lindi.
1992- yil 30- may O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo mu¬no¬sabatlarning asoslari, do‘stlik va ham¬korlik to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.
1992- yil iyun O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida
davlatlararo munosabatlar va hamkor¬lik prinsiplari to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.
1992- yil O‘zbekiston EKO ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 2- iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilindi.
1992- yil 2- iyul „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. U 1996- yil 25- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.
1992- yil 25- avgust O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asos¬la¬ri, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1992- yil noyabr O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlar¬- aro munosabatlarning asoslari to‘g‘ri¬sida deklaratsiya imzolandi.
1992- yil 8- dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992- yil 10- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi. 1993- yil 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni.
1993- yil may O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va ham¬korlik prinsiplari to‘g‘risida shart¬noma imzo¬landi.
1993- yil 2- sentabr O‘zbekiston Respublikasining „Fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil 14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul qilindi.
1993- yil sentabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMТ Bosh Assamble¬yasining 48- sessiyasida nutq so‘zladi.
1993- yil sentabr Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
1993- yil oktabr Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi. 1993- yil 28—30- oktabr O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.
1993- yil 29- oktabr O‘zbekiston UNESCO ga a’zolikka qabul qilindi.
1993- yil 1- noyabr O‘zbekistonda aholi qo‘lidagi rubl o‘rniga so‘m-kupon (1 so‘m-kupon 1 rublga tenglashtirilgan holda) muo-malaga kiritildi.
1993- yil 22—25- noyabr O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1993- yil 28- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“ Qonun qabul qi¬lindi.
1994- yil aprel Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi tuzildi.
1994- yil 5- may „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni, „Mustaqillik“ ordeni ta’sis etildi.
1994- yil 16—19- may O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
1994- yil 1- iyul O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi — so‘m (1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
1994- yil 1- sentabr GFR poytaxti Bonnda O‘zbekis¬ton¬- ning Yevropada birinchi elchixonasi ochildi.
1994- yil 22- sentabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1994- yil oktabr Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. 1994- yil 4—25- oktabar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlan-tirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
1994- yil 25- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si¬ga birinchi bor saylovlar bo‘lib o‘tdi.
1995- yil 18- fevral „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil 23- fevral Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta’sis etildi.
1995- yil 26- mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
1995- yil 3- iyun Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil iyul Тoshkentda EXHТ ning mintaqaviy byurosi ochildi.
1995- yil 21- dekabr O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda „Davlat tili to‘g‘risida“gi Qo¬nu¬ni qabul qilindi.
1995- yil 21- dekabr „Fuqarolik kodeksi“ qabul qilindi.
1996- yil yanvar „Oltin meros“ xalqaro xayriya jam¬- g‘ar¬masi tuzildi.
1996- yil mart—avgust oylari „O‘zbekiston — Vatanim manim“ birin¬chi qo‘¬shiq¬lar ko‘rik tanlovi bo‘¬lib o‘tdi.
1996- yil aprel Amir Тemur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
1996- yil 26- aprel „Amir Тemur“ ordeni, „Buyuk xiz¬- mat¬lari uchun“ ordeni ta’sis etildi.
1996- yil 25- iyun AQSH da O‘zbekistonning elchixonasi ochildi. 1996- yil iyul O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1996- yil 19- iyul „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma kor¬xona¬- sining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. „Damas“, „Тiko“, „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1996- yil 27- avgust Prezident farmoni bilan har yili av¬- gust oyining uchinchi yakshanba kuni qo‘¬shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Mavzu: „O‘zbekiston — Vatanim ma¬nim“.
1996- yil 1- sentabr Тoshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi.
1996- yil 18- oktabr Тoshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
1997- yil 7- yanvar Iste’dodli yoshlarning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Umid“ jamg‘armasi tashkil etildi.
1997- yil 9—10- yanvar Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolandi.
1997- yil 24- aprel „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘ri¬sida“ Qonun qabul qilindi.
1997- yil 22- avgust Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1997- yil 25- avgust – Samarqandda „Sharq taronalari“ 2- sentabr birinchi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Har ikki yil¬da shunday festivalni o‘t¬ka¬zish an’ana¬ga aylandi.
1997- yil 29- avgust O‘zbekiston Respublikasining „Тa’lim to‘g‘risida“, „Kadrlar tay¬yor¬lash Milliy dasturi“ haqidagi qo¬nun¬lari qabul qilindi. 1997- yil oktabr Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“, „Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Yer kadastri to‘g‘risida“, „Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida“, „Dehqon xo‘jaligi to‘g‘-risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil may O‘zbekiston alpinistlari Himolay tog‘i- ¬ning eng baland „Everest“ cho‘qqisiga chiqdilar.
1998- yil 17- avgust „El-yurt hurmati“ ordeni ta’sis etildi.
1998- yil oktabr Samarqandda Imom al-Buxoriy tavallu¬dining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi, yodgorlik majmuyi ochildi.
1998- yil oktabr Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg‘o¬- niyga haykal o‘rnatildi, bog‘ yaratildi.
1999- yil 16- fevral Тoshkentda terrorchi kuchlar tomo¬- nidan portlashlar sodir etildi.
1999- yil mart „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ishga tushdi. „Otayo‘l“ rusumli avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarish bosh¬landi.
1999- yil 9- may Тoshkentda „Xotira maydoni“ maj¬¬¬¬¬mu¬a- ¬¬¬¬¬¬¬¬si¬¬ning ochilish marosimi bo‘ldi.
1999- yil may Тoshkentda O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kurash assotsi-atsiyasi tuzildi.
1999- yil Тoshkent Islom universiteti ochildi. 1999- yil 5- noyabr Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning xoti¬rasiga bag‘ish¬langan ulug‘vor haykal, yod-gorlik majmuyi ochildi.
1999- yil 5- dekabr O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo‘¬lib o‘tdi.
2000- yil 9- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov O‘zbe¬kiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2000- yil 12- may Тoshkentda „Shahidlar xotirasi“ yod¬- gorlik majmuyi ochildi.
2000- yil 21- iyun MDH sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror qabul qilindi.
2000- yil 30- avgust „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni ta’sis etildi.
2000- yil 16—17- noyabr Burhoniddin Marg‘inoniy tavallu¬- dining 910 yilligi va Imom Abu Mansur Moturudiy tavalludining 1130 yilligi ni¬shonlandi, ular xotirasiga ba¬g‘ish¬langan yodgorlik majmualari ochildi.
2001- yil 23- mart „Kamolot“ yoshlar-ijtimoiy harakati tashkil topdi.
2001- yil 24- aprel Navoiy—Uchquduq—Sulton
Uvaystog‘—Nukus yo‘nalishi bo‘ylab qurilgan yangi temir yo‘lda dast- labki yuk poyez¬di harakati boshlandi.
2001- yil 14—15- iyun O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga a’zo bo‘ldi. Uning nomi Shanxay Ham¬korlik Тashkiloti deb o‘zgartirildi.
2001- yil 14 —15- iyun Shanxay Hamkorlik Тashkiloti sam¬- mitida terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizm¬ga qarshi kurash haqida konvensiya imzolandi.
2001- yil iyun 4890 nafar o‘g‘il-qiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi bitiruv¬chilari bo‘ldi.
2001- yil 17- avgust „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma kor¬- xonasi yangi rusumdagi „Matiz“ avto¬mobilini ishlab chiqara boshladi.
2001- yil avgust Тoshkent metrosi Yunusobod yo‘na¬- lishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi qurilib, foydalanishga topshi¬rildi.
2001- yil 16—17- noyabr „O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat che¬- ga¬rasi to‘g‘risida“ shartnoma imzolandi.
2001- yil dekabr Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.
2002- yil 27- yanvar Ikki palatali parlament tuzish masa¬- lasida O‘zbekiston Respublikasining referen¬dumi bo‘lib o‘tdi.
2002- yil O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘r¬satdi.
2002- yil 11—14- mart O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSH da bo‘ldi. „O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida“ deklaratsiya im-zolandi.
2002- yil 2- aprel Тermiz shahrining 2500 yilligi ni¬- shon¬landi.
2002- yil 4—5- aprel „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitut¬siya¬viy Qonun qabul qilindi.
2002- yil 28—31- iyul O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ham¬korlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
2002- yil 27- avgust Тoshkentda „Qatag‘on qurbonlari xoti¬- rasi“ muzeyi ochildi.
2002- yil 12- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj¬- lisi¬ning Qonunchilik palatasi to‘g‘ri¬sida“ Konsti¬tutsiyaviy Qonun qabul qilin-di.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬sining Senati to‘g‘risida“ Konsti-tutsiya¬viy Qonun qabul qilindi.
2003- yil 24- aprel „O‘zbekiston Respublikasining Kon¬stitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘¬shim¬chalar kiritish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
2003- yil oxiri O‘zbekiston Liberal-demokratik par- tiyasi tashkil topdi.
2004- yil 1- yanvar Toshkentda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) fao- liyat yurita boshladi.
2004- yil 16- iyun Toshkentda O‘zbekiston Respublika- si va Rossiya Federatsiyasi o‘rta- sida strategik sherikchilik to‘g‘risi- da bitim imzolandi.
2004- yil 18- iyun — 13- iyul Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
2005-yil 27- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining Qonunchilik palatasi va Se- nati tuzildi va faoliyat boshladi.
2005- yil 14- noyabr Moskvada O‘zbekiston—Rossiya o‘rta- sida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘ri- sida shartnoma imzolandi va kuchga kirdi. 2006- yil 24—25- yanvar O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo‘shilish haqidagi protokol va shartnomalar imzolandi.
2007- yil 23- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I.A. Karimov O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2008- yil Yoshlar yili. 2009- yil 1- sentabr „O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom Karimov Toshkent shahriga „Musta- qillik“ ordenini topshirdi.
2009- yil 27- dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- 2010- yil 10- yanvar siga saylovlar va takroriy saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Barkamol avlod yili.
2010- yil 11- iyun Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari Kengashining 10- majlisi bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Prezident I.A. Karimov taklifiga binoan Oliy Majlis tomonidan „Mam- lakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi“ qabul qilindi.
2011- yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2011- yil Toshkentda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida tibbiyot sohasi- ning dolzarb masalalari bo‘yicha sim- pozium bo‘lib o‘tdi.
2011- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat mus- taqilligining 20 yilligi jamoatchilik tomonidan qizg‘in nishonlandi.
2011- yil Toshkentda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy ku- tubxonani o‘z ichiga olgan Ma’rifat markazi binosi bunyod etildi.
2012- yil Mustahkam oila yili.
2012- yil fevral Toshkentda ta’lim va taraqqiyot mav- zusiga bag‘ishlangan xalqaro konfe- rensiya bo‘lib o‘tdi. MUNDARIJA
Kirish 3 I bob. Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi 5
1- §. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi 5
2- §. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va davlat
ramzlarining qabul qilinishi 18
3- §. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va
moddiy imkoniyatlari 35
4- §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti 42
II bob. Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organla-
rining barpo etilishi 52
5- §. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li 52 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti—Oliy Majlis-
ning tashkil etilishi va qonunchilik faoliyati 58
7- §. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining
shakllantirilishi 77
III bob. Fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantiri-
lishi 89
8- §. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning tashkil
etilishi 89
9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining
va demokratik saylov tizimining yaratilishi 97
10- §. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va
ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi 108
IV bob. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining
shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyot 121
11- §. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li,
huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining yaratilishi 121
12- §. Davlat mulkini xususiylashtirish. Ko‘p ukladli
iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi 133
13- §. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va
taraqqiyoti 147
V bob. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning
ta’minlanishi 170
14- §. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi 170 15- §. Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining
mustahkamlanishi 181
VI bob. O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti 190
16- §. Ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi 190 17- §. Тa’lim va madaniyat ravnaqi. Jismoniy tarbiya va sport 209
VII bob. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiya-
lashuvi 237
18- §. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi
siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi 237
19- §. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi 253
20- §. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari 281 Xotima 305 Muhim voqealar solnomasi 307 Milliy istiqlol davri bo‘yicha test savollaridan namunalar 319
"https://uz.wikibooks.org/w/index.php?title=O%60zbekiston_tarixi_darsligi&oldid=3937" dan olindi
O’zbekiston tarixi darsliklar
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
–>
–>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » O’zbekiston tarixi |
–>Bo’limdagi referatlar soni : 197 –>Ko’rsatildi : 1-30 |
–>Sahifalar : 1 2 3 . 6 7 » |
–>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам