Press "Enter" to skip to content

O`ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI VA O`RGANISH OBEKTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

4. Ozbekiston tarixi (qisqacha malumotnoma) T. “Sharq”, 2000.

«O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)» kitobi chop etildi

Fanlar akademiyasi (FA) huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, FAning Tarix instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamda oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar tomonidan ikki kitobdan iborat «O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)» fundamental tadqiqoti chop etildi. Mazkur fundamental kitob mualliflar jamoasining uzoq muddatli izlanishlari natijasi bo‘lib, unda katta hajmdagi tarixiy materiallar ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi.

FA matbuot xizmatida xabar berilishicha, O‘zbekistonning sovet davri tarixini anglashning yangi paradigmalarini o‘zlashtirish juda murakkab kechgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan chorak asr davomida yaratilgan tarixiy asarlarning katta qismida davrning murakkab jarayonlarini to‘g‘ri anglashda, ziddiyatli, ba’zan qarama-qarshi yo‘nalishlarni baholashda xolis bo‘lishga qaratildi.

Bu tadqiqotning sovet davrida nashr etilgan shunday asarlardan asosiy farqli jihati shundaki, mualliflar jamoasi O‘zbekistonning kommunistik tuzum davri voqealariga baho berishda har qanday mafkuraviy g‘oyalardan holi ravishda sof ilmiy asosda yondashishga harakat qilishgan. Qolaversa, davrning murakkab voqealarini chetlab o‘tmaslikka, ularni faqat tarixiy faktlarga asoslangan holda bayon qilishga alohida ahamiyat berildi. Voqealarni baholashda fikrlar xilma-xilligi va sof ilmiy­ prinsiplarga tayanish, tarix fanining zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga ham harakat qilindi, deyiladi manbada.

Birinchi kitob 1917–1939 yillar voqealariga bag‘ishlangan. Bu davrning asosiy xususiyati shundaki, hokimiyatga kelgan bolsheviklar insoniyat tarixida miqyosi bo‘yi­cha eng keng, natijalari bo‘yicha eng bahsli eksperimentni amalga oshirdi. O‘zbekistonda ham ular tomonidan o‘tkazilgan islohotlar natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan jamiyat shakllandi.

Ikkinchi kitob 1939–1991 yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Manbada keltirilishicha, bu davrning eng yirik va fojiali voqealari avvalo, Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni yoritishda respublikamiz va Rossiya arxivlarida saq­lanayotgan noyob materiallardan foydalanildi hamda ularning ko‘pchiligi ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. Kitobdan qatag‘onning yangi to‘lqini, sovet siyosiy rejimining nisbatan liberallashuvi davri, O‘zbekiston tarixining murakkab davri bo‘lgan 1964–1983 yillardagi (Bir tomondan, shu yillari respublikamizda juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, aholining turmush farovonligi yuksaldi. Boshqa tomondan, paxta yakkahokimligi kuchayib, 1980-yillari boshlangan «paxta ishi» sovet rejali iqtisodiyoti va umuman sovet tuzumining inqirozini yaqqol aks ettirdi) jarayonlar yoritilgan. 1985 yili boshlangan qayta qurish siyosati kutilgan natijalarni bermadi. Shu davrda O‘zbekiston mustaqillik sari dadil qadamlar tashladi va o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston tarkibidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va madaniy hayoti alohida bobda yoritilgan.

Ikkinchi kitobning yakunida keltirilgan bibliografik ro‘yxat keng qamrovli bo‘lib, unga: e’lon qilingan hujjat va materiallar to‘plami hamda s’yezd, konferensiya va plenumlarning rezolyusiya va qarorlari, stenografik hisobotlari; statistik va demografik nashrlar; arxiv hujjatlari; davriy matbuot materiallari; siyosat va davlat arboblarining asarlari; xotira va esdaliklar; sovet hokimiyati yillarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar; xorijiy adabiyotlar (ingliz, turk, nemis, fransuz, italyan va boshqa tillarda); mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar; MDH davlatlarida nashr qilingan tarixiy adabiyotlar; turli ma’lumotnoma, solnoma, lug‘at va qomuslar; dissertatsiya va avtore­feratlar; internet saytlaridan iborat juda katta hajmdagi adabiyotlar va materiallar haqida ma’lumotlar kiritilgan.

FA saytida O‘zbekistonning sovet davri tarixi turli mafkuraviy qarashlardan xoli, tarixiylik va xolislik tamoyillari asosida tadqiq etilgan mazkur kitobdan olimlar o‘zining ilmiy faoliyatida, shuningdek, o‘quv adabiyotlarini yaratishda, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etishda foydalanish mumkinligi ta’kidlanadi.

O`ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI VA O`RGANISH OBEKTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulnoza Shavkatovna Roximova

Tarix-arabcha so`z bo`lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar haqida aniq xikoya qilish” ma`nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o`tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o`tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday xolatda yuz berganligi hamda insoniyatning paydo bo`lish, tadrijiy-evolyutsion takomil jarayoni va boshqalarni o`rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Gulnoza Shavkatovna Roximova

TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI
Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar
Tarix va taraqqiyot Asri
KIMYO FANI VA UNING VAZIFALARI
Tarixni o’qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI VA O`RGANISH OBEKTI»

OZBEKISTON TARIXIFANINING PREDMETI VA ORGANISH OBEKTI

Gulnoza Shavkatovna Roximova Xorazm viloyati, Shovot tumani, 26-maktab

Annotatsiya: Tarix-arabcha so’z bo’lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar haqida aniq xikoya qilish” manolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o’tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday xolatda yuz berganligi hamda insoniyatning paydo bolish, tadrijiy-evolyutsion takomil jarayoni va boshqalarni o’rganadi.

Kalit so’zlar: tarix, fanning predmeti, etnografik materiallar.

SUBJECT AND STUDY OF HISTORY OF UZBEKISTAN

Gulnoza Shavkatovna Roximova Khorezm region, Shovot district, School 26

Abstract: History is an Arabic word meaning “research”, “investigation”, “accurate narration of events”. History is a science about people, about their life experiences that have come down to us from the distant past. The science of history studies the social development and the gradual development of various events of the past, when, where and in what state they took place, as well as the emergence of mankind, the process of evolutionary development and more.

Keywords: history, subject, ethnographic materials.

Ozbekiston tarixi fani umumjahon insoniyat tarixining ajrolmas qismi hisoblanadi. Ozbekiston tarixi fani o’tmishdagi va hozirgi kundagi hududidagi eng qadimgi davrlardan hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi fandir. Ozbekiston tarixi fani uning o’tmishidagi va hozirgi hudidida eng qadimgi davrlardan hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan.

Ozbek xalqining ezgu orzusi ro’yobga chiqib, oz mustaqilligini qolga kiritdi. Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o’tmishidan saboq olish, vatan tarixini chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning “. tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, oz tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo’lmaydi”, – deganlari ayni haqiqatdir.

WWW.OPENSCIENCE.UZ 367 I M^^BI

Ozbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning uzoq o’tmishdan shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-manaviy taraqqiyoti jarayonidir. Ozbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va manaviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, Ozbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. Ozbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan ananalariga egadir.

Ozbekiston tarixi fanining manbalari quyidagilardan iborat:

1. Arxeologik yodgorliklar.

2. Yozma yodgorliklar.

3. Etnografik materiallar.

4. Xalq og’zaki ijodi.

5. Texnik vositalar.

Ozbekiston tarixi fani o’rganishda uning oldiga quyidagi vazifalari: l.Vatan tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas; 2.Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim; 3. Vatan tarixining har bir satri, har bir varag’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor; 4. Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya-otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak; 5. Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.

Ozbekiston tarixi fanini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganamiz:

1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr;

2. Orta asrlar davri;

3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri;

4. Sovetlar istibdodi davri;

5. Milliy istiqlol davri.

Tarixiy voqealarni o’rganishda qanday ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar davrida uni o’qitish ishlari marksistik metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa

WWW.OPENSCIENCE.UZ 368 I M^^BI

mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatatorlar va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambagallar, mulkdorlar va yoqsillar tarziga bolindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi.

Tarixiy voqealar jamiyat azolarining bir qismi-kambag’allar va yo’qsillarni himoya qilgan, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’inga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, marifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga-materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Ulardan u yoki bu dinga e’tiqod qilganlari idealist deb ataldi, taqib etildi, ularning faoliyatini o’rganish taqiqlandi, ozlari tahqirlandi, asarlari halqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi.

Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish qoralandi, manaviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor, deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bolgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix esa shu totalitar tuzumning xizmatkoriga, targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.

Vatanimiz tarixini yoritishda ilgari xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Avvalo, shuni aytish kerakki, ilgari bizda “Vatan tarixi” (“O’zbekiston tarixi” deb tushuning) degan narsaning o’zi deyarli yo’q edi. Faqat universitet va muallimlar tayyorlash o’quv yurtlarining tarix fakulptetlarida 70-100 soatlik qisqa kurs o’qitilar, orta maktablarda Vatan tarixidan bir necha mavzulargina SSSR tarixi mavzulariga ilova sifatida berilgan. Darslar rus tilida olib boriladigan sinflarda Ozbekiston tarixi turli bahonalar bilan o’qitilmagan.

Birinchi xato shundan iborat ediki, hamma joyda ham o’zi “SSSR tarixi” deb atalgan bu fan aslida, deyarli Rossiya tarixidan iborat bo’lgan. Ikkinchi xato-Vatanimizda sodir bo’lgan tarixiy hodisa va voqealar zorma-zoraki, malum suniy qoliplarga solib o’rganilar edi. Bulardan biri – formatsion qolip. So’nggi ilg’or ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Vatanimizda quldorlik munosabatlari formatsiya sifatida, yani malum ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sifatida bo’lgan emas.

1992 yil “Oqituvchi” nashriyotida o’rta maktablarning 8-9 sinf o’quvchilari uchun materiallar sifatida nashr qilingan “Ozbekiston xalqlari tarixi” kitobida quyidagi jumlalarni o qiymiz: “Quldorlik munosabatlari O rta Osiyo aholisi turli qatlamlari va guruhlarida muhim o’rinni tutgan emas. Ishlab chiqarishda, ayniqsa qishloq xo’jaligida qullar emas, balki erkin jamoachilar bari bir yetakchi ahamiyat kasb etgan”.

WWW.OPENSCIENCE.UZ 369 | M^^WI

Totalítar tuzum sharoitida Vatan tarixini yozishda yol qo’yilgan xatolarning uchinchisi, Rossiya tarixnavisligiga ko’r-ko’rona moslashish, taqlidchilik va kochirmachilikdir. Bu borada ikkita tendensiyani koramiz: l.Ozbekiston tarixini davrlarga bolish hamda tarixiy hodisa va voqealarni baholashda rusiyzabon tarixchilarga taqlid qilish va ulardan ko’chirish tendensiyasi. Masalan, hozirgi Ozbekiston hududiga 1917 yil inqilobidan keyin biror bir davlat qo’shin tortib kelmagani holda, ilgari nashr qilingan barcha darslik va qollanmalarda “Ozbekiston chet el intervensiyasi va fuqarolar urushi davrida” deb atalmish mavzular bor edi. Faqat Zakaspiy olkasida, u ham bolsa, yetti oycha intervensiya bolgan xolos. Ozbekiston hududiga kelgan bir necha josus intervensiya tushunchasiga sig’maydi. Yana, Rossiya tarixidan ko’chirib, bizda ham fuqarolar urushi 1918 yil may-iyun oylarida boshlanib, asosan, 1920 yilda tugallandi, deyilardi. Bu mutlaqo noto’gli. Qo’qondagi Turkiston Muxtoriyati (“Qo’qon Muxtoriyati”) kuchlariga qarshi hujum 1918 yil 30 yanvardan 31 yanvarga (yangi hisobda – 11 fevraldan 12 fevralga) olar kechasi sodir bolgan. Ana shu sana Ozbekistonda fuqarolar urushi emas, shololar hokimiyatiga qarshi qurolli harakat boshlangan kun deb sanalishi kerak.

Aslida sho’rolar hokimiyatiga qarshi qurolli harakat asosan 1923 yilning oxirlari – 1924 yil boshlariga kelib tugadi, deb aytish uchun tola asos bor, desak to’gli boladi. Aslida bu harakat 1935 yili tola tugatilgan. 2.O’zbekiston tarixini yoritganda, birinchi navbatda Moskvaning-rus shovinist olimlarining ko’nglini ovlash, ularning diliga ozor bermaslikka intilish tendensiyasi. Bu tendensiyaning mohiyatini ochish uchun quyidagi misolni keltirish olinlidir. Bu misol Amir Temur va Garb masalasiga aloqador.

Bizga Malumki, Amir Temurni Yevropa tanigan va unga tan bergan. Vizantiya imperatori Immanuil, Fransiya qiroli Karl, Angliya qiroli Genrix va Ispaniya qiroli Genrix II Amir Temur bilan aloqa o’rnatishga intilganlar, elchilar yuborganlar (Klavixo), xatlar yozganlar. Ular turk sultoni Boyazid Yildirimning Yevropaga yurishiga halaqit bera oladigan yagona qudratli kuch Amir Temur deb hisoblaganlar va yalinib-yolvorib yordam so’raganlar.

Bu hodisa XIII asr oxiri XIV asr boshlarida sodir boldi. Garbiy Yevropa Rossiyani risoladagi davlat deb, rus podshosi Pyotr I ni risoladagi davlat arbobi deb, faqat XVIII asr boshlariga kelib tan oldi. Amir Temur Garbiy Yevropa tomonidan Buyuk Pyotrdan 300 yil oldin tan olingan. Bu tarixiy haqiqat shovinist rus tarixchilariga ma qul tushmagan, chunki mustamlakachi davlatlar, shu jumladan Rossiya chorizmi ham jahon afkor ommasini aldar edi, biz qoloq, yarim yovvoyi xalqlarni qanotimiz ostiga olib, ularni sivilizatsiya sari olib boramiz deb oz bosqinchiligining haqiqiy mohiyatini yashirar edi.

Garbiy Yevropa tan olgan Amir Temurning qudratli davlati va buyuk shaxsi ana shu mustamlakachilik falsafasiga to’g’ri kelmas edi. Shuning uchun bu fakt

WWW.OPENSCIENCE.UZ 370 | M^^WI

tarixiy asarlarimizga kirmadi. Ozbek tarixchilari bu haqda soz ochishga hayiqdilar, “moskvalik ustozlari”ni ranjitishni istamadilar. Temurni uluglash, birinchidan, “millatchilikka” kirar edi, ikkinchi tomondan Rossiyaga va Buyuk Pyotrga hurmatsizlik edi. “Bu qanday gapki, – o’ylardi shovinistlar, – Pyotr I ni XVIII asrda zo’rg’a tan olgan Garbiy Yevropa, 300 yil avval qandaydir osiyolik Temurga sig’insa?!” Tarixni yoritish ana shunday mantiqqa asoslanar edi.

Ikkinchi misol, ilgari nashr qilingan kitoblarimizga qarasak, Eron bosqinchilariga, makedoniyalik Iskandarga, arab istilosiga va mo’g’ul zulmiga qarshi mislsiz qahramonlik ko’rsatib kurashgan xalqimiz chorizm bosqiniga qarshi, deyarli hecham kurashmapti. Haqiqat esa bunday emas. Xalqimiz istilochilarga qarshi keskin kurash olib borgan. Kurashganda ham tengsiz janglarda o’ta qahramonlik ko’rsatishgan. M: 1852-1853 yillarda Oqmachit (hozirgi Qizil Orda) – Qoqon xonligining eng chekka qaTasining qahramonlarcha kurashi, 1865 yil Toshkent mudofaasi qahramonlikning yuksak namunasi boldi. 1864 yilgi hujumi sharmandalarcha barbod bolgach, general Chernyayev Niyozbek qaFasini egallab, Toshkentga suv va don otkazmay qo’ydi. Bu haqda Toshkent mudofaasining shohidi, “Tarixi jadidi Toshkent” kitobining muallifi tarixchi Muhammad Solih Toshkandiy shunday deb yozgan: “General Chernyayev Toshkentni . 42 kun suvsiz, oziq-ovqatsiz qoldirdi. Toshkent fuqarosi vatani va dini uchun qattiq turdilar . ochlik va tashnalikka qaramay, toshkentliklar mardona jang qildilar”.

1865 y. 15 mayga o’tar kechasi rus qo’shinlari xoldan toygan Toshkentga bostirib kirdilar. Shundan so’ng ham uch kun ko’cha janglari davom etdi. Yana bir misol, 1886 yil 2 maydan 8 iyungacha davom etgan Samarqand qo’zg’oloni rus generallarini tahlikaga solib qo’ydi. Kuch jihatidan ustun bolgan general Kaufman xoldan toygan mujohidlarni zor qiyinchilik bilan yengdi va qo’lga tushgan qo’zg’olonchilarning hammasini qatl qildi.

Qoqon xonligini olish ham oson bolmadi. Bu haqda Turkistonning birinchi general-gubernatori Fon Kaufmanning o’zi shunday deb yozgan edi: “Biz xon bilan emas, balki xalq bilan to’qnashdik, uni bostirish oson bolmadi. Ruslar hali Orta Osiyoda bunday (Qo’qondagidek) uzoq va qattiq qarshilikka duch kelmagan edilar”.

“Ozbekiston tarixi” fanining hozirgi mustaqilligimizni mustahkamlash, komil insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov tarix fani taqdiriga qiziqib, uni rivojlantirish, buning uchun esa tarixiy tadqiqotlarni to’g’ri yolga solib yuborish ishida tashabbus ko’rsatmoqdalar.

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to,g,risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa Ozbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida” qarori e’lon qilindi.

Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:

– xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;

– O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;

– O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini e’tirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi an’analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish;

– “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, subyektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish;

– “Ozbekiston tarixi”ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:

– O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro ta’sirini hisobga olish;

– tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;

– yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini e’tiborga olish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’irisida”gi 1998 yil 27 iyulda e’lon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi. Qarorda Vatanimizda tarix fanining rivojlanishini ta’minlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag’ bilan ta’minlash chora-tadbirlari belgilangan.

Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga – “O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash”ni ta’minlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan.

1. Karimov I. Milliy mafkura – mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.

2. Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, T.”Sharq”, 1998.

3. Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.

4. Ozbekiston tarixi (qisqacha malumotnoma) T. “Sharq”, 2000.

5. Ozbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

6. Ozbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Maruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.

1. Karimov I. Milliy mafkura – mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.

2. Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, T.”Sharq”, 1998.

3. Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.

4. Ozbekiston tarixi (qisqacha malumotnoma) T. “Sharq”, 2000.

5. Ozbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

6. Ozbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Maruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.

Каталог статей

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘tmish tarixni o‘rganishga katta e’tibor berildi va bu masala xatto davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishga aylandi. Fikrimizning dalili sifatida Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” degan fikrlarini keltirib o‘tish joiz. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz poytaxti Toshkent mustaqillik yillarida yanada obodonlashdi va ko‘rkamlashdi. Qadimgi Toshkent to‘g‘risida qadimgi manbalarda juda xilma-xil, uzuq-yuluq ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da Sirdaryo havzasidagi viloyat – “Turon”, aholisi – “turlar” deb yuritilgan. Qadimgi fors kitobalarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Sirdaryodan shimolda “Sak” nomi bilan shuhrat qozongan jangovar qabilalar – “Saka xaumovarka”, ya’ni Zardushtiylarning muqaddas taomi “xouma tayyolab iste’mol qiluvchi saklar” yashagan. Qadimgi dunyo mualliflari asarlarida saklar to‘qayzorlarda va tog‘ ungurlarida yashaganligini qayd etib, ularda shahar mavjud emas, deb ma’lumot berishadi . Qadimgi yunon geografi va tarixchisi Klavdiy Ptolomey “Geografiyadan qo‘llanmalar” nomli kitobida Yaksart daryosi bo‘yidagi “Terra Lapidey” shahri haqida ma’lumotlar beradi . Olimlar bu lotincha so‘zni “tosh shahar” deb tarjima qiladilar. Abu Rayxon Beruniy ham o‘zining “O‘tmish halqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ilk bor Chochni “Toshkent” deb yozib qoldirgan. Beruniy bilan birgalikda Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘zining “Devonu lug‘atut-turk”asarida “Toshkent” nomini keltirib o‘tadi. Toshkentning eng qadimgi nomi “Choch” bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda u, Choch, Shosh, Shoshkent, Madinat ash-Shosh, Binkat va Tarkan deb nomlanib kelingan. “Choch” toponimining o‘zi ham yashil tosh ya’ni “firuza toshga boy o‘lka” ma’nosini bildiradi . “Choch” so‘zi qadimda mahalliy aholi tilida “tog‘” va “tosh” kabi ikki xil ma’nolarni anglatgan. Choch tog‘idan oqib tushadigan daryo (hozirgi Chirchiq daryosi) ham o‘sha vaqtlarda “Choch daryosi” deb atalib, Chirchiq daryosining to‘rtta tog‘ irmoqlari: Chotqol, Pskom, Ugom va Ko‘ksuvlardan oxirgisi mahalliy aholi o‘rtasida “Obi Ko‘h” nomi bilan mashhur bo‘lib, u “Tog‘ suvi”, “Tog‘ daryosi” degan ma’nolarni anglatgan. XI-asrda Toshkentning qadimgi nomlaridan “Shoshkent” toponimi “Toshkent” deb yuritila boshlangan. Mahmud Qoshg‘ariyning ma’lumotlarida, “Toshkent” shahri bu davrda “Tarkan” deb ham yuritilgan. Bu nomlarning kelib chiqqan davri va ularning ma’nosini aniqlash shubhasiz, Toshkent shahri tarixini bizgacha saqlanib qolmagan sahifalarini tiklash imkonini beradi. Taniqli elshunos akademik K.Shoniyozov bu haqda to‘xtalib, milloddan avvalgi II-I asrlarga oid solnomalardan birida Qang‘ davlatining hoqoni “Loyueni mamlakati” (Toshkent vohasi) dan bo‘lib, uning qarorgohi Bityan shahrida ekanligi uqtirib o‘tilgan, deydi. Bityan- poytaxt shaharning xitoycha nomi bo‘lib, uning haqiqiy nomi Qanqa bo‘lishi kerak. Yuni esa Qang‘ davlatiga qarashli 5 viloyatdan birining nomi. Yuni hozirgi Toshkent vohasida joylashgan. Tarixiy solnomalarda 438 yildan boshlab Toshkent vohasi va Toshkent shahri Chjeshe deb, keyinchalik esa (VIII asr boshi) Chjechji, Chjesi yoki Shi nomi bilan atalgan.”Shi” toponimi xitoychada “tosh” ma’nosini bildiradi. Xitoy manbalarida “Yuy” so‘zi “tosh” ma’nosini, “Ni” esa “shahar” ma’nosini anglatadi. Ikkalasi qo‘shilganda ya’ni Yuyni so‘zi “tosh shahar” ma’nosini ifodalaydi . Xitoyliklar bu yerni “tosh shahar” deb atashlariga sabab, bu yerdagi Qurama, Chotqol, Ugom tog‘laridan mineral tosh boyligi borligini e’tiborga olgan bo‘lsalar kerak. Toshkent hududidagi qadimgi shahar xarobalari hisoblangan tepaliklar, bizga Toshkent vohasida qadimgi shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va uning tarixini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Toshkent shaxridagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish doimo arxeologlar diqqat markazida turgan. Ularni tadqiq qilishda Ya.G‘ulomov, M.Masson, O‘.Islomov, F.Buryakov, G.Dadaboev, M.Filanovich, G.Bogomolov kabi olimlarimizning hissasi katta bo‘ldi. 1966-yildagi Toshkent zilzilasi arxeologik tadqiqotlarning ko‘lamini kengayishiga va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Ya.G‘ulomov tashabbusi bilan maxsus Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etilishiga olib keladi. Hozirga qadar iste’dodli arxeolog olima Margarita Filanovich rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya Institutining maxsus ekspeditsiyasi Toshkentda maxsus qazishma ishlarini olib bormoqda. Toshkent shahrining qadimgi tarixi sahifalarini tiklashda o‘zining katta hissasini qo‘shmoqdalar. Toshkent vohasida shahar madaniyati qachondan boshlanganini aniqlash maqsadida ko‘plab arxeologik tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, Qovunchitepa, Niyozboshtepa, Changtepa va Shoshtepa yodgorliklari o‘rganildi. Bu yodgorliklar orasida Shoshtepa ayniqsa diqqatga sazovordir. Chunki uning 20 metrga yaqin qalin madaniy qatlamlarining ostki qismida bizning davrimizdan 2400-2500 yil muqaddam tashkil topgan qadimgi qishloq xarobalari kavlab ochildi. Bu hozirgi Toshkent shahri hududida qad ko‘targan eng qadimgi qishloq xarobasi hisoblanadi. Bu yodgorlik Toshkentning shimoli-g‘arbiy chekkasidagi Jo‘nariq yoqasida joylashgan. Shoshtepaliklar ibtidoiy sug‘orish usulida dehqonchilik qilishgan, chorvachilik bilan shug‘illanishgan. Bronza va temirdan mehnat, ov qurollari yasashgan. Shuningdek, kulolchilik, to‘qimachilik, toshtaroshlik ishlari bilan shug‘ullanishgan. Shoshtepada olib borilgan qazilma ishlari jarayonida topilgan xorijiy ishlab chiqarishga oid buyumlar Shoshtepa antik aholisining Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari bo‘ylab savdo-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganligidan guvohlik beradi. Buyumlar orasida fil suyagidan ishlangan yozuv cho‘pi va Parfiya hukmdorining bosh tasviri tushirilgan riton-diniy marosimlarda ishlatiladigan shox qoplamasining parchasi kabi topilmalar uchraydi. Shoshtepada arxeologik qazilmalar olib borgan arxeolog M.I.Filonovichning fikricha, yodgorlikning quyi qatlamida qazib ochilgan qadimgi dehqonchilik qishlog‘ining harobalari milloddan avvalgi VI-IV asrlarga oiddir. Shahar madaniyati esa milloddan avvalgi II-I asrlardan boshlanadi. U 4 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Bu davrda qadimgi qishloq xarobalari o‘rnida atrofi qalin mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a qad ko‘taradi. Shoshtepa dastlab, yo‘lakli aylanma devor, markaziy bino hochsimon shaklda bo‘lgan, u ravoqli peshtoqdan iborat bo‘lib,puxta me’moriy yechimga ega bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikricha, miloddan avvalgi II-I asrlarda shaharning rivojlangan davri bo‘lgan . Shoshtepadagi tadqiqotlar chog‘ida tashqi savdo aloqalaridan guvohlik beruvchi ikkita nodir buyum topilgan. Ulardan biri fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo‘lagi bo‘lib, u shahar hayotining qorong‘u sahifalarini bir muncha yoritishga imkon beradi. Uning hajmi 5-3,5 sm bo‘lgan. Unda erkak kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan bo‘lib, bu personaj antik davr Parfiya ma’daniyatiga hosdir . Shunga o‘xshash topilma 1905-yilda arxeolog B.V.Farmakovskiy tomonidan Qora dengiz sohilida yunonliklar tomonidan qurilgan Olviya shahrini tadqiq qilish jarayonida topilgan edi. Ikkinchi bebaho topilma stil’-suyak qalam bo‘lib, milodning I-II asrlariga mansubdir. 15 sm uzunlikdagi bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa o‘chirg‘ich bo‘lib, romba shaklida kurakcha qilib ishlangan. Shoshtepadan topilgan topilmalar orasida eng diqqatga sazovorlaridan biri nuroniy mo‘ysafidning surati tushirilgan terrakota bo‘lib, unda o‘sha zamonlarda Choch yoki Shoshda yashagan qadimgi aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan. Arxeologik topilmalarning eng ko‘hnasi ibodatxona ostidan chiqqan oltita tangadir. Bu tanga pullar V-asr boshlariga taa’luqli bo‘lib, bunday tangalar Eftallar davlati hududida keng tarqalgan, degan fikrni M.E.Masson ilgari suradi. Shoshtepadagi qadimgi qishloq miloddan avvalgi III-II asrlardan boshlab shahar qiyofasini ola boshlaydi. Bu shahar o‘sha paytlarda Sirdaryoning quyi va o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlatining uzoq chegarasida joylashgan yirik aholi punktlaridan biri edi. Bu shahar Toshkent vohasining dasht bilan tutashib ketgan shimoliy chegarasida strategik istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo aloqalari rivojida asosiy vazifani o‘tagan. IX-XII asrlar butun Movarounnahr, shuningdek, Shosh shahrining yuksak darajada gullab yashnagan davri bo‘ldi. Bu davrda shaharlar savdo-hunarmandlar shaharchasi-rabot devori tiklanishi hisobiga uch qismga bo‘lingan. Ibn Havqal shaharning barcha qismlari, devorlari, darvozalari va ularning nomlari haqida batafsil ma’lumotlar beradi . Toshkent shahri hududlarida hozirgi kungacha bir nechta arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgan. Ularning aksariyati mahalliy aholi o‘rtasida umumiy nomi bilan “Oqtepa” deb atalib kelingan, chunki uzoqdan shaharning past-baland imoratlari oqishroq gumbazga o‘xshab ko‘zga tashlangan. Misol tariqasida Chilonzor Oqtepasi, Yunusobod Oqtepasini keltirish mumkin . Toshkent hududidagi Oqtepalar ilk o‘rta asrlarda shahar atrofida qad ko‘targan mudofaa qasrlarining harobalari bo‘lib, nodir arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Ular Toshkent shahri va uning atrofida yashagan aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalari sahifalarini to‘ldirish imkonini beradi. Bu Oqtepalar orasida Yunusobod Oqtepasi hajmi jihatdan eng ulkani va arxeologik jihatdan birmuncha yaxshi o‘rganilgani hisoblanadi. 40-yillarda arxeolog A.I.Terenojkin tomonidan Yunusobod Oqtepasi o‘rganildi. 1970-yillardan boshlab, esa M.I.Filanovich tadqiqot ishi olib bordi. Yodgorlikning tuzilishi, paydo bo‘lishi va harobaga aylanganining sabablarini ochib berdi. Yunusobod Oqtepasi markaziy qismida mustahkam istehkomli qasr joylashgan bo‘lib, u ikki qismdan: qo‘shqavatli qasr va atrofi qalin, baland devor bilan o‘ralgan ulkan qo‘rg‘ondan iborat bo‘lgan. Qasr do‘nglik ustiga urib chiqilgan pahsa tagkursi (platforma) ustiga qurilgan. Uning birinchi qavatini maydoni 80X80 m. ga, yuqori qavatining maydoni esa, 50X50 m. ga teng . Qasrning har ikkala qavatining ichkari tomoniga uzun yo‘lak-galereya bino qilingan va tashqarisi baland devor bilan o‘ralgan. Har ikkala qavatdagi binoning tashqi devorining to‘rt burchagida doira shaklidagi to‘rttadan sakkizta burji-mo‘lasi bo‘lgan. Toshkentning tarixini yoritishda qadimgi davrlardagi va o‘rta asrlardagi mashhur yodgorliklar katta yordam beradi. Bu hududda ko‘plab yodgorlik binolari qurilgan bo‘lib, shulardan biri Ko‘kchadagi rasadxonadir. U “Chillaxona” nomi bilan mashhur bo‘lib, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi bilan bir joyda joylashgan. Chillaxona Chingizxon qirg‘inida buzulmay, butun saqlanib qolgan ikki yodgorlikdan biridir (ikkinchisi Buxorodagi Minorai Kalondir). Makkaga qarab ochilgan mehrobga ko‘ra,Chillaxona O‘rta Osiyoga islom dini kirib kelishi davriga taalluqli deyish mumkin. Hozirgi kunda Chillaxona aslida rasadxona vazifasini bajargani ma’lum bo‘ldi. Chillaxonaning tuzilishi turli astronomik masalalarni hal etish imkonini bergan. Rasadxonada foydalanilgan asboblar keyinchalik Ray, Samarqand va boshqa shaharlarda nisbatan mukammalroq asboblar yaratilishiga turtki bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin. XV-XVI asrlarda Toshkentda bir qator arxitektura yodgorliklari bunyod etildiki,ularning ko‘pchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shulardan biri Qaffol Shoshiy maqbarasidir. Hozirgi Toshkent halqi iborasida “Xastimom” deb ataladigan joy shu mo‘tabar zotga nisbat berilib aytiladigan “Hazrati Imom” so‘zining qisqargan shaklidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, nurab qolgan maqbara o‘rniga dastlab 1541-1542 yillarda Toshkent hokimi Baroqxon taxallusli Navro‘z Ahmadxon topshirig‘i bilan saroy me’mori G‘ulom Husayn loyihasi asosida qayta qurilgan. Bu davrda Toshkent shahri ravnaq topib, Movaraunnahrning madaniy markazlaridan biriga aylangan edi. Qaffol Shoshiy maqbarasiga yaqin joyda XVI asrda Baroqxon madrasasi barpo etiladi. Rivoyatlarga qaraganda,uning qurilishi shayboniylar avlodi Navro‘z Ahmadshoh bilan bog‘lanadi.Madrasa juda ustalik bilan rejalashtirib qurilganki, boshqa maqbaralar ham madrasaning ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Madrasa ichki bezaklarining muhtashamligi XV asrdagi Samarqand me’morchiligidan qolishmaydi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, Toshkent shahrining yaqin va uzoq o‘tmishidan kichik-kichik lavhalargina xolos. Uning qiziqarli va boy tarixini tiklash borasida ko‘pgina tadqiqotlar davom etmoqda.