O‘zbekistonliklar vafot etgan Qozog‘istondagi YTH bo‘yicha bayonot berildi
9 Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichmabosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining nazariy metodologik asoslari, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fanni o‘qitishdan maqsad talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat histuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi
Presentation on theme: “O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi”— Presentation transcript:
1 O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi
2 REJA 1. Strategik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi. 2. Xalq jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi. 3.Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari.
3 1. Strategik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zo‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi». Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.
4 2. Fuqarolik jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi
2. Fuqarolik jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida Sharq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan. Xususan, Abu Nasr alFarobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiyhuquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan.
5 Sitseron konsepsiyasiga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo‘ladi, bu o‘z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‘ladi. Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida “fuqarolik jamiyati” o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Evropa O‘rta er dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahardavlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi.
6 Yurtimizda ijtimoiyfalsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urfodatlar demokratlashuvga to‘siq bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini asoslaydi.
7 Fuqarolik jamiyati g‘oyasining qayta jonlanishida jamiyatni davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o‘sishiga qarshi harakatni ko‘rish mumkin. Ch.Teylor, E.Arato, R.Dvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo‘lgan o‘ziga xos normativ diskurs ham shakllanganligini aytish mumkin. Shuningdek, nodavlat sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligi va o‘zo‘zini tashkillashtirish ahamiyati yuzasidan, eng muhim quyidagi konsepsiyalar ajratiladi: liberal an’ana konsepsiyasi; ameriqancha kommunitariz konsepsiyasi; evropacha neokonservatizmi konsepsiyasi; postmarksistcha konsepsiya. Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва С. 86
8 3. Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.
9 Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichmabosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining nazariy metodologik asoslari, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fanni o‘qitishdan maqsad talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat histuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.
10 Adabiyotlar ro’yhati:
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!. Mualliflar jamoasi. T.: Muharrir Bekmurodov M. va boshqalar. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. T.: G‘ofur G‘ulom NMIU Sharifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.T.: Sharq, 2003. Qirg‘izboev M.Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. T, O‘zbekiston, 2010. Utamuradov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati. O‘quv qo‘llanma. Lotin yozuvida. T.: Universitet b.t.
O‘zbekistonliklar vafot etgan Qozog‘istondagi YTH bo‘yicha bayonot berildi
Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi vafot etgandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni soat 13:30 atrofida Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Aqto‘be shahri shimoliy aylanma yo‘lining sakkizinchi kilometrida KamAZ va Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Cobalt avtomobilidagi 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning shaxslari aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Aqto‘be shahar Ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bosh konsulxona YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldi va Aqto‘be shahri ichki ishlar organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.