Press "Enter" to skip to content

Bo‘ri va yetti uloqcha — Jahon xalq ertagi

Bu jihatdan u Po`lat Mo`minning “Qovoqvoy bilan Chanoqboy”, “So`qatoy va Konfetboy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi”, G`ani Jahongirovning “Ajoyib urug`”, O.Tolibov va I.Ahmedovlarning “G`ayrat va g`aflat”, Ergash Raimovning “Qorboboning yangi yil sarguzashtlari” va Rahim Farhodiyning “O`tkir shoxli buqacha” singari ertak-pessalarida ko`ringan salbiy xarakterdagi stilizatsiyalash usulini yanada chuqurlashtirdi va bu an`ananing hayotiyligini ta`minladi. Bu ertak-pesalarda nafaqat syujet qurilishida, balki obrazlar xatti-harakatlarida, nutqida, xilmaxil ifodaviy vositalarda ertaklarga xos fantastik unsurlar, tasviriy vositalar etakchi taomilga aylangan.

 

Bo‘ri va yetti uloqcha — Jahon xalq ertagi

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko‘rar va erkalar ekan.

— Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o‘tiring. O‘rmonda och bo‘ri izg‘ib yuribdi. Ehtiyot bo‘ling! — deb tayinlarkan.
Ona echki o‘rmonda o‘t-o‘lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo‘shiq aytar ekan:

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o‘rmonga ketar ekan.

— Uloqchalar, bolachalar!
Eshikni oching,
Onangiz keldi,
Sut olib keldi.
Echki bolalari:

— Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo‘shiq aytadi.Hoy bo‘ri bu yerdan yo‘qol!
Bo‘ri o‘ylab-o‘ylab ovozini o‘zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti.

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Echki bolalari eshikni ochishib, o‘z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo‘ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo‘lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o‘rmonga ketibdi.

Ona echki ketishi bilan bo‘ri yana uy yonida paydo bo‘libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo‘shiq aytibdi:

— Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to‘lib, yerga to‘kildi.

Uloqchalar bo‘rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo‘ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.

Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo‘q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo‘lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o‘tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo‘lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig‘labdi:

— Oh, bolajonlarim, uloqchlarim!
Eshikni nega ochdingiz,
Bo‘ri qo‘liga nega tushdingiz?!
Uning ovozini bo‘ri eshitib:

— Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo‘q, — debdi.
Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo‘rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi.
O‘shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.

 

Jahon bolalar adabiy ertaklari haqida ma’lumot.

Folklor syujetlaridan ijodiy foydalanib she`riy ertaklar yozish, ayniqsa, an`anaviy tus oldi. O`zbek bolalar poeziyasidagi bunday she`riy ertaklarni material manbalariga ko`ra ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Nuqul o`zbek xalq ertaklari syujetlarini ijodiy o`zlashtirish asosida yozilgan she`riy ertaklar. Bu asarlar ham o`z janriy xususiyatlariga ko`ra doston-ertak, naql-ertak, masal-ertak, maqol-ertak, topishmoq-ertak singari oraliq shakllarga ega. Jumladan, Hamid Olimjonning “Oygul balan Baxtiyor”, “Semurg` yoki Parizod va Bunyod”, Mirtemirning “Ajdar”,Q. Muhammadiyning “Bir o`zboshimcha chumchuq haqida”, “Mushuk nega pixillaydi”, Sa`dullaning “Laqma it”, “Och bo`ri, sho`x qo`zi va qirg`anchi”, “No`xat polvon”, A.Rahmatning “Qaldirg`och, ilon va beshiktervatar haqida ertak”, P. Mo`minning “O`qigan qushlar va beqaror chittak”, Q.Hikmatning “Ko`milgan oltin, vaysaqi xotin va

tadbirkor ovchi qissasi”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak”,

S.Qo`qonboevning “Shoxsiz shoxdor”, “Kuch emas, aql bilan”, “Birlashgan o`zar”, Y.Shomansurning “Qari bilganni, pari bilmas”, M.A`zamning “Erk qushi”, S.Barnoevning ,Baxt qushi”, O.Hojievaning “Oq kaptar va Qorashoh”, E.Rahimning “Echkiboy, serkavoy, qoplon va och bo`ri haqida ertak”, “Baqa va ilon haqida ertak” kabi asarlari shu guruhga mansubdir.

  1. Jahon ertaklari syujetlaridan ijodiy foydalanish natijasida yozilgan bolalarbop she`hriy ertaklar. Bu silsilaga Sulton Jo`raning tojik xalq ertagi asosida yozgan “Zangori gilam”, Z.Diyorning boshqird xalq ertagi negizida yaratgan “Burgut”, Q.Hikmatning qozoq ertagidan ijodiy foydalanib yozgan “Chovkar”, P.Mo`minning koreys ertagini ijodiy o`zlashtirish asosida yaratgan “Dono bola”, Rahimning turk xalq ertagidan foydalanib ijod qilgan “Eng katta boylik”, shuningdek, A.Rahmatning hind eposi “Kalila va Dimna” ta`sirida yozgan “Tulkining hiylasi” singari o`nlab asarlarni kiritish mumkin.

Alohida e`tirof etish zarurki, o`zbek bolalar she`riyati janr stilizatsiyasi asosida folklorning masal, latifa va boshqa janrlarida yaratilgan qator poetik shakllar hisobiga ham tobora boyimoqda. Bu jihatdan Uyg`un va Sh.Sa`dullaning adabiy latifalari, Ya.Qurbon, O.Qo`chqorbekov, M.Xudoyqulov masallarini ta`kidlab ko`rsatish kifoya.

O`zbek bolalar prozasining rivojlanishida ham folklorning ta`siri samarali bo`ldi. G`.G`ulomning “Shum bola”, Sh.Sa’dullaning “Kachal polvon”, P.Qodirovning “Najot” kabi salmoqli asarlarining paydo bo`lishida xalq latifalari, qo`g`irchoq teatri repertuariga daxldor xalq dramasi va “Uch og`ayni botirlar” ertagi syujetidan ijodiy foydalanish muhim rol o`ynadi. Bunda ham janr, ham syujet, ham motiv, ham obraz stilizatsiyasi o`zaro sintezlashgan holda namoyon bo`lgan.

Folklor syujetlarining ijodiy qayta ishlanishi natijasida bolalarga atalgan qator sahna asarlari bunyodga keltirildi. 30-yillarda bu sohadagi ilk yutuqlar sifatida Sh. Sa`dullaning “Yoril tosh”, D.Oppoqovaning tatar xalq ertagi asosida yozilgan “Xamir botir”, Y.Arbatning “Nasriddin Afandi” pesalarini ko`rsatish mumkin bo`lsa, o`zbek bolalar dramaturgiyasining keyingi taraqqiyotida M.Sheverdinning “Egri va to`g`ri” (1954), I.Ahmedov va O.Tolibovlarning hamkorlikda yozgan “Sirli sandiq” (1956), A.Bobojonovning “Oygul bilan Baxtiyor” (1957), Zulfiya va S.Somovalar hamkorlikda yaratgan “Simurg`” shuningdek, Sh.Sa`dullaning “Chol bilan bo`ri”, “Afsona yaratgan qiz”, P.Mo`minning “Ona bolam deydi, bola onam deydi”, Anvar Obidjonning “Pahlavonning o`g`irlanishi” va “Qo`ng`iroqli aldoqchi” singari sahna asarlarining roli kattadir. Bunday holatlarda ijodkor, asosan, ijodiy o`zlashtiruvchi rolinigina o`taydi.

Zero, bu xildagi “O`zlashtirish hamma vaqt ham buzish degan emas, gohi paytda u yaxshi narsaga bebaho narsa qo`shadi. Uzoq o`tmishdagi ertaklarni har bir irq, millat, har bir sinfning turmush xususiyatlariga ko`ra o`zlashtira olish va kamchiligini to`ldirish jarayoni aqliy madaniyat va xalq ijodiyotini o`stirishda katta rol o`ynashiga shubha qilmasa ham bo`ladi”. Bu jihatdan Hamid Olimjonning xalq ertaklari syujetiga ijodiy munosabat asosida yaratgan ertak-dostonlari e`tiborga loyiq.

“b) salbiy xarakterdagi stilizatsiya asosida yuzaga kelgan folklorizmlar. Bu tip folklorizmlar asosida yaratilgan asarlarda, asosan, zamonaviy mavzular qalamga olinsa-da, biroq ular an`anaviy folklorga xos tasvir vositalari, xullaski, shakliy komponentlar vositasida tasvirlanadi” .

Folklor janrlarining kompozitsion qulayliklari -ommaviyligi bolalarga atab yoziladigan asarlar uchun g`oyat muvofiqdir. Bolalar adiblari bu haqiqatni chuqurroq anglay borganlari sari ko`proq ijodiy kamolotga erishayotirlar. Ular xalq syujetlariga monand syujetlar o`ylab topa boshladilar.Bunday to`qima adabiy syujetlar ko`pincha hayot voqeligini doim kuzatish va undan oziqlanishning, shuningdek, biror maqol va matalning mazmunini voqeaband tafsilot vositasida kichkintoylarga etkazish niyatining natijasi bo`lib tug`iladi.

Bu esa ularning xalq syujetlari negizida yozilgan asarlardan farq qiluvchi xoslik belgisi sanaladi. Shu sababli bunday asarlarni janr e`tiborlariga ko`ra adabiy ertaklar, doston-ertaklar, adabiy masallar, adabiy latifalar deb atash to`g`riroqdir. Unutmaslik kerakki, bunday adabiy asarlarda ham xalq ertaklariga xos tasviriy vosita va usullar: allegoriya fantaziya, giperbola, antroporfizm, shuningdek, tildagi qator an`anaviy belgilar san`atkorning iqtidor va malakalari darajasida saqlanadi.

Bu jihatdan, ayniqsa, adabiy ertaklarning bolalar poeziyasini taraqqiy ettirishdagi roli katta bo`ldi. Kichkintoylarni voqeligimiz ruhiga olib kirishda, ularga hayotdan saboq olishni va odam tanishni o`rgatishda S.Jo`raning- “Qaldirg`och”, Z.Diyorning “Yuksak tog`, keng o`tloq va mard o`rtoq haqida qissa”, Q.Muhammadiyning “Qo`ng`izoy va sichqonboy”, “Sandal va pechka”, “Chivin urishqoq va shamol polvon haqida”, “Dono bobo va uning 101 nevara-chevaralari”, Sh. Sa`dullaning “Bir tuxum tarixi”, “Bir yallachi va bir o`yinchi”, “Yalqov ayiq”, “Revoch haqida ballada”, “Qurumsoq”, Po`lat Mo`minning “Kecha, bugun va erta haqida ertak”, “Tish cho`tka, paroshok va atirsovun ertagi”, “Gaz polvon ertagi”, “Cho`lning cho`lga xati”, Safar Barnoevning “Oltin shahar haqida afsona”, “Vijdon”, “Qo`g`irchoqlar podshosi”, Tunsunboy Adashboevning “Nur daryo”, “Uch bo`taloq va sirli qovoq”, Miraziz A`zamning “Chumolioy bilan arioyning sayohati, “Erk qushi”, Anvar Obidjonning “Odil Burgutshoh” va “Zamburug` laqabli josus haqida ertak”, Tohir Qahhorning “Ko`zga ko`rinmas maxluq”, Hamza Imomberdievning “Ajdaho komida”, Muhammadjon Rahmonning “Momoqaymoq”, Nurali Qobulning “Odam, oyqortog` va daydi shamol haqida ertak” kabi ko`pgina adabiy she`riy ertaklarning axloqiy-estetik qimmati kattadir. Bu asarlar o`zbek bolalar epik poeziyasining xalqchil zamonaviy namunalari hisoblanadi.

Shuni ta`kidlash joizki, XX asrning 60-80-yillarida bolalar adabiyoti vakillarining folklorga ijodiy munosabati yanada chuqurlasha bordi. Bu davrda ular folklorning qator janrlariga xos shakl va ifoda usullarini ijodiy o`zlashtirishga alohida rag`bat ko`rsata boshladilar, natijada bolalar epik poeziyasida she`riy adabiy ertakning qator ichki ko`rinishlari bilan birga adabiy topishmoq, adabiy tez aytish, adabiy latifa, prozada esa adabiy nasriy ertak, ertak-qissa singari oraliq shakllar yuzaga keldi.

Nasriy adabiy ertak janrida T.G`oyibov,P.Muhammadyorova, A.Abdurazzoq, M.Murodov, A.Irisov, Y.Shukurov, Y.Sa`dullaeva, S.G`afurov, R.Farhodiy va R.Tolibovlar izlangan bo`lsalar, Obidjon “Dahshatli Meshpolvon” (1989) ertak-qissasini yaratib, janrning yangi voqelik asosidagi jilosini ta`minladi. Bugina emas, u “Pahlavonning o`g`irlanishi”, “Qo`ng`iroqli aldoqchi”, “Qorinbotir” singari ertak-pesalari bilan folklor syujetlari tipidagi zamonaviy bolalar dramaturgiyasini boyitishga hissa qo`shdi.

Bu jihatdan u Po`lat Mo`minning “Qovoqvoy bilan Chanoqboy”, “So`qatoy va Konfetboy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi”, G`ani Jahongirovning “Ajoyib urug`”, O.Tolibov va I.Ahmedovlarning “G`ayrat va g`aflat”, Ergash Raimovning “Qorboboning yangi yil sarguzashtlari” va Rahim Farhodiyning “O`tkir shoxli buqacha” singari ertak-pessalarida ko`ringan salbiy xarakterdagi stilizatsiyalash usulini yanada chuqurlashtirdi va bu an`ananing hayotiyligini ta`minladi. Bu ertak-pesalarda nafaqat syujet qurilishida, balki obrazlar xatti-harakatlarida, nutqida, xilmaxil ifodaviy vositalarda ertaklarga xos fantastik unsurlar, tasviriy vositalar etakchi taomilga aylangan.

Shunisi muhimki, bu davrda maktabgacha yoshdagi kichkintoylar va kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun nasriy adabiy ertak janrida bir qadar faolroq munosabatda bo`lindi. Garchi bu janrda turli mavzularda xilma-xil maqsadlarni ko`zlab asarlar yozilgan esa-da, ularning badiiy saviyasi har xil darajada qolib ketdi. Shunga qaramay, “Makkajo`xori”, “Tovus va Hakka”, “Hovliqqan ilon”, “Marsdan kelgan odam” (T. G`oyibov), “Olazarak”, “Ayyorning jazosi”, “O`rmondagi jang” (A.Abdurazzoq) “To`rt ko`prik”, “Kim eng kuchli” (M.Murodov), “Tomchi haqida ertak” (O`.Hoshimov), “To`ng`ich o`g`il”(P.Muhammadyorova), “G`oz-hunuring oz” (S.G`ofurov), “Sehrli daraxt” (R. Farhodiy) singari xilma-xil mavzulardagi quvnoq va mushohadali ertaklar dunyoga keldi.

Mualliflar bu asarlarida ertakka xos fabula va shakl qurilishigagina emas, balki til va ichki ifoda usullariga amal qilib, zamon dardlari bilan kichkintoylarni oshno qilishga harakat qilganlar. Chunonchi “Ko`prik” ertagining personajlari Qunduz, Ayiq, Fil, Sher, G`oz, O`rdak, Laylak, Bulbul va Qizilishton kabi hayvonlar va qushlar bo`lib, ular o`zaro ahillikda ikki qirg`oqni bir-biriga tutashtiruvchi ko`prik quradilar. Ko`prik qurish niyati ularni o`zaro hamkor bo`lishga undaydi, biroq Tulki ularga pand berib “tayyorga ayyor” bo`lishga intiladi, ertakda u oxirda “izza bo`lib” qoladi.

Ertak bolalarda ahillik kuchini his qilish tuyg`usini tarbiyalaydi. “Olazarak” ertagining asosiy personaji- Zag`izg`on. U baland daraxtda mustahkam in qurib, uni “qushning jonidan boshqa hamma narsa”ga to`ldiradi va “ziynatlaydi”. Ammo hatto uyimni boshqa qushlar bilib qolishsa, o`g`rilikka tushadi, degan xavotirda yashaydi. Uning olazarakligi shundan. Nopok yo`llar bilan to`plagan boylik uni muttasil tashvishda yashashga mahkum etgan. Adib kichkintoyga ana shunday axloqiy saboq beradi.

Jahon bolalar adabiy ertaklari haqida ma’lumot.