8 Sinf Odam Va Uning Salomatligi 2019 Скачать
2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?
Mantiqiy masalalar to’plami (javoblari bilan) — aqlni charxlaydigan qiziqarli savollar
Mantiqiy masalalar aqlni charxlashning eng yaxshi usulidir. Ular yo’lda ketayotganda bolalarga berish, do’stlaringizning mantiqiy fikrlashini sinab ko’rish uchun qo’l keladi. Kamdan-kam hollarda ularga birdan javob berish mumkin, shu sababli vaziyatni yanada quvnoq qilish uchun kichik yordam berish mumkin.
Umid qilamizki, javoblarni birdan ochib ko’rmasdan, oldin biroz fikrlab ko’rasiz. Ayniqsa bolalarga berishda, chunki hech bir texnika bolaga ota-ona bilan vaqt o’tkazishni o’rnini bosa olmaydi.
Mantiqiy masalalar va ularning javoblari
It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak?
0 km/soat tezlikda, ya’ni umuman harakatlanmasligi kerak
Javobini ko’rish
Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi.
U buni qanday uddaladi?
Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.
Javobini ko’rish
Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.
Javobini ko’rish
Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?
Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.
Javobini ko’rish
Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi?
Uyning eshigi ochiq bo’lganda.
Javobini ko’rish
Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
Ular bobo, ota va farzand edilar
Javobini ko’rish
Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi?
Bo’sh idishdan.
Javobini ko’rish
«To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?
Xa, suvni avval muzlatib olish kerak
Javobini ko’rish
Kun va tun nima bilan tugaydi?
«N» harfi bilan.
Javobini ko’rish
Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.
Javobini ko’rish
Mantiqiy masalalar: kattalar va bolalar uchun
2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?
6, avval ko’paytirish bajariladi.
Javobini ko’rish
Qaysi oyda odamlar eng kam gap gapirishadi?
Fevral oyida, chunki bu eng qisqa oy.
Javobini ko’rish
O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?
1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.
Javobini ko’rish
Qaysi so’z doimo xato bo’lib eshitiladi?
Javobini ko’rish
Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?
Quruq tosh.
Javobini ko’rish
Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi?
Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi.
Javobini ko’rish
Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
Javobini ko’rish
Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?
Javobini ko’rish
Ikki kishi shaxmat o’ynayotgan edi. Ularning har biri 5 martadan yutdi. Bu qanday qilib mumkin?
Ular boshqa-boshqa odamlar bilan o’ynayotgan edilar.
Javobini ko’rish
Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.
Javobini ko’rish
Mantiqiy masalalar to’plami
Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
Javobini ko’rish
Odamzod o’rgimchakka qarab, osma ko’priq qurishni o’rgandi, mushuklarni kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Aytingchi, ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?
Javobini ko’rish
Yerdan osonlikcha ko’tarib olish mumkin, lekin uzoqqa otish imkonsiz. U nima?
Qushning pati.
Javobini ko’rish
Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima?
O’sha kastryulkaning qopqog’i.
Javobini ko’rish
Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang.
100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa
Javobini ko’rish
Bir kilo tosh og’irmi yoki bir kilo paxta?
Ikkalasi ham bir xilda og’ir
Javobini ko’rish
Qaysi hayvonlar ko’zini ochgan holda uxlaydi?
Javobini ko’rish
Juda mashhur mantiqiy masala. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)
Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.
Javobini ko’rish
Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi?
(-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so’m foyda qildi.
Javobini ko’rish
Ikki odam bir vaqtning o’zida daryo sohiliga kelishdi. Ularning maqsadi daryoning narigi sohiliga o’tish edi. Qarasa qayiq turibdi, ammo u ulardan faqat bittasini ko’tara olardi. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham ko’zlaganlaridek daryoning narigi sohiliga o’ta olishdi. Ular buni qanday qilib epladilar?
Ikkala kishi dastavval daryoning turli sohillari tomonida edilar.
Javobini ko’rish
Qiziqarli mantiqiy masalalar (javobi bilan)
Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?
Bir tishli edi.
Javobini ko’rish
G’ishtning vazni 2 kg va yana yarimta g’ishtning vazniga teng. Xo’sh, g’ishtning vazni necha kilogramm?
Tarozining bir pallasiga bitta butun g’isht, ikkinchi pallasiga esa 2 kg’lik tosh va yana yarimta g’isht bo’lagini qo’yamiz. Tarozi pallasi tenglashdi. Butun g’ishtni ikkiga bo’lamiz va yarimini tarozi pallasiga qo’yamiz. Ikkinchi palladan esa yarimta g’ishtni olib tashlaymiz. Tarozi ularning vazni yana tengligini ko’rsatadi. Demak, yarimta g’isht ikki kilogramm bo’lsa, bitta butun g’isht 4 kg tosh bosadi.
Javobini ko’rish
Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?
U sigaretadan zaharlanish tufayli vafot etgandi.
Javobini ko’rish
Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik?
Javobini ko’rish
Oq bo’lganda tozalash kerak bo’ladi, yashil bo’lganda esa toza hisoblanadi. Gap nima haqida bormoqda?
Maktab doskasi.
Javobini ko’rish
Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
Javobini ko’rish
Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan?
Javobini ko’rish
Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
Javobini ko’rish
Yurishning yugurishdan farqi nimada. Javob berishdan oldin bir joyda yugurish ham mavjudligini inobatga oling. Ba’zan esa yugurishda yurishdan sekinroq harakatlanish ham mumkin.
Farqi tezlikda emas. Yurishda u yoki bu oyoq doimo yer bilan aloqa qilib turadi, yugurishda esa qisqa muddatga ikkala oyoq ham yerdan uzilishi mumkin.
Javobini ko’rish
Bir kasalxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshlayverdi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
Javobini ko’rish
Yanada ko’proq qiziqarli masalalar bilan tanishish uchun mantiqiy savollar sahifasiga o’tishingiz mumkin. Sizda ham qiziqarli mantiqiy masala bo’lsa, uni quyida izohlar qoldirish shakli orqali bo’lishishingiz mumkin.
8 sinf odam va uning salomatligi 2019 скачать
Assalomu aleykum. Hurmatli kanal obunachilari va kuzatuvchilar videoga layk bosing, kommentariyada o’z fikringizni bildiring va .
BOLA QANDAY PAYDO BO`LADI ? 8-SINF MAVZU : KO`PAYISH ”ODAM VA UNING SALOMATLIGI”
Просмотров 15 тыс. Год назад
ASSALOMU ALEYKUM AZIZLAR. USHBU VIDEO ORQALI SIZLARGA URUG`LANISH JARAYONINI YORITIB BERISHGA .
1-Mavzu: Odam va uning salomatligi to’g’risida umumiy tushuncha
Просмотров 87 4 месяца назад
Telegram kanalimizga ham a’zo bo’lishni unutmang: t.me/biosans.
Biologiya fani 8 sinf Qon aylanishi
Просмотров 47 тыс. 2 года назад
Biologiya fani 9 sinf Qon aylanishi va ko`plab boshqa video darslar bizning yondaftar.uz/ saytimizda.
8-sinf ODAM VA UNING SALOMATLIGI 1_BOB.
Просмотров 744 9 месяцев назад
Abituryentlar uchun mo’ljalangan vedio darslar. ️Shohrux Boboyorov.
Odam va uning salomatligi toʻgʻrisida umumiy tushuncha?@Nuriddinov_Amriddin
Просмотров 1,2 тыс. Год назад
Odam va uning salomatligi
Просмотров 96 2 года назад
8- sinf anatomiya olimlar ma’lumotlarini mnemonika orqali oson eslab qolamiz .
Просмотров 7 тыс. 2 года назад
8- sinf anatomiya olimlarni ma’lumotlarini mnemonika orqali o’rganamiz.
TO’QIMALAR – ODAM VA UNING SALOMATLIGI | ТЎҚИМAЛAР – ОДAМ ВA УНИНГ СAЛОМAТЛИГИ.
Просмотров 10 тыс. Год назад
TO’QIMALAR – ODAM VA UNING SALOMATLIGI | ТЎҚИМAЛAР – ОДAМ ВA УНИНГ СAЛОМAТЛИГИ. KANALIMIZGA OBUNA .
BIOLOGIYA . ANATOMIYA . KO’Z.
Просмотров 15 тыс. Год назад
ASSALOMU ALAYKUM. SEZGI ORGANLARI XAQIDA QISQACHA VIDEO ROLIK, AGAR YOQGAN BO`LSA KOMENTARIYADA .
Muxayyo Avezova Hujayra Hujayra organoidlari
Просмотров 3,2 тыс. Год назад
Qon aylanish sistemasi || Yurakning anatomiyasi || Қон айланиш системаси || Юракнинг анатомияси
Просмотров 153 тыс. 2 года назад
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari va biologiya ixlosmandlari. Ushbu video darslikda siz qon aylanish sistemasining .
Nega ASAB XUJAYRALARI qayta . NERV SISTEMASI 8-SINF
Просмотров 6 тыс. Год назад
ASSALOMU ALEYKUM AZIZ KUZATUVCHILAR . BU VIDEO ORQALI NERV SISTEMASINI FAOLIYATINI YORITIB BERISHGA .
Biologiya 8 sinf qon aylanish sistemasi video darslik
Просмотров 13 тыс. 2 года назад
Layk bosishni unutmang kanalimizga obuna bo’ling.
Odam organizmi haqida 8-sinf
Просмотров 6 тыс. 2 года назад
Organizm tuzilishi bilan tanishing.
Siydik ajratish organlari anatomiyasi va fiziologiyasi
Просмотров 57 тыс. 2 года назад
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari va biologiya ixlosmandlari. Ushbu video darslikda siz siydik ajratish a’zolarining .
Hujayra | Hujayralar | Yuqori sinf biologiyasi
Просмотров 16 тыс. Год назад
Bu darsimizda biz hujayrani kirish qismini oʻrganamiz. Xuddi shu darsni ingliz tilida tomosha qiling: ruclips.net/video/5KfHxF6Vhps/видео.html .
O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari
Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson xohish-istagiga bog’liq ham emas. Shuning uchun bolaning dunyoga kelishi mo’jizadir.
Shunday bo’lsa ham tug’ilajak farzandning o’g’il jinsida bo’lish ehtimolini oshiruvchi bir qator usullar bor, ular xalq tabobatida ham zamonaviy tibbiyotda ham o’z aksini topgan. Tug’ilajak farzand jinsi bir necha omillarga bog’liq:
- ovulyatsiyaga;
- ota-onaning yoshiga;
- qo’shilish oyi, kuniga;
- qonga;
- EKO (sunʼiy urug’lantirishga);
- psixologik holatga, kayfiyatga.
Yuqorida sanab o’tilgan omillarning birinchi 4 tasi haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz. EKO usuli esa farzand jinsini belgilashning eng ishonarli usuli hisoblansada, bir qator kamchiliklari bor, masalan:
- EKO usuli o’tkazish qimmat;
- Ko’pincha bepushtlik diagnozi qo’yilganda o’tkaziladi;
- Muolajadan oldin ayol kishi uzoq muddatli gormonterapiya qabul qiladi.
Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish uchun kuchli istak va psixologik kayfiyat ham katta ahamiyatga ega. Inson farzand ko’rishni rejalashtirishdan oldin ko’proq o’g’il bolalar rasmini ko’rishi, hayolida o’g’il farzandli bo’lganini tasavvur etishi, ichida niyat qilishi tug’ilajak farzand o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlashi mumkin.
- Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli
- O’g’il ko’rish uchun parhez
- Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash
- O’g’il farzand ko’rish kalendari
- Xitoy kalendari
- Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?
- Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali
- Qon yangilanishi bo’yicha o’g’il farzand ko’rishni aniqlash
- Qon guruhi va rezus-omil
- O’g’il ko’rish kalkulyatori
Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli
Bu usul bilan tug’ilajak farzandning o’g’il bola bo’lishida, maktab darsliklarida o’qigan biologiyani eslaymiz, yaʼni ayol genotipi XX xromosomalardan, erkak genotipi esa XY xromosomalar bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda o’g’il bola bo’lishi uchun erkaklik xromosomasi, yaʼni Y xromosoma kerak bo’ladi.
Ayol kishi faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.
Farzand o’g’il bo’lishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirishi kerak. Bunga erishish uchun quyidagi holatlarni eʼtiborga olish lozim:
- Y xromosomali spermatozoid harakatlanish tezligi X xromosomali spermatozoid tezligidan ko’proq;
- Y xromosomali spermatozoidlar X xromosomali spermatozoidlarga qaraganda kam yashovchan. X xromosoma saqlagan spermatozoid ko’proq muddat saqlanadi;
- Spermatozoidlar kislotali muhitda nobud bo’ladi, ishqoriy muhitda esa ularning aktivlik darajasi ortib ketadi;
Tuxum hujayra urug’lanishga har oyda bir marta tayyor bo’ladi. Bu esa hayz siklining ovulyatsiya davriga to’g’ri kelib, 16-48 soat davom etadi (baʼzi hollarda bir oyda ikki marta ham ovulyatsiya kuzatilishi mumkin).
Foto: Depositphotos.com
Yuqoridagi faktlarni inobatga olib, o’g’il farzand ko’rish uchun quyidagi chora tadbirlarni o’tkazish kerak:
Ovulyatsiya kunini maksimal darajada aniqlab, shu kunda qo’shilish kerak. Buning uchun maxsus test ham bor, masalan bazal haroratni o’lchash yoki UTT (UZI) tekshiruvi orqali ovulyatsiya kunini aniqlash. Sizdan talab qilinadigan narsa hayz siklining davrlarini aniqlashtirib olishdir;
Jinsiy aloqa ovulyatsiya kunida bo’lishi kerak. Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlar yashovchalik qobiliyati past bo’lgani uchun tuxum hujayra urug’lanishga tayyor bo’lishi kerak. Bunda Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlarning harakatlanish tezligi yuqori bo’lganligi sababli tuxum hujayrani urug’lantirish ehtimoli yuqori bo’ladi;
Ovulyatsiya kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar tuxum hujayrani kutib turadi;
Jinsiy aloqa vaqtida holatni ham inobatga olish lozim. Bunda holat “chuqur kirib borish” pozasida bo’lishi (erkak kishining orqa tarafdaligi) spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirib borishini osonlashtiradi;
Ovulyatsiya vaqtigacha uzoq muddat jinsiy aloqadan saqlanmang. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli Y xromosomalar miqdori kamaygan bo’ladi;
Kislota-ishqoriy muhit balansini saqlang. Kislotali muhit kuchayib ketgan sohadan faqatgina yashovchan spermatozoidlar o’ta oladi, bu X xromosomalarning tuxum hujayraga yetib borish darajasi yuqori deganidir. Qinning pH muhitini aniqlashda ginekologlar yordam bera oladi va muhitda kislotalilik darajasi oshgan bo’lsa davo muolajalari o’tkazishi ham mumkin;
Shuni ham inobatga olish kerak, ovulyatsiya vaqtida pH ko’rsatkich spermatozoidlar uchun qulay sharoitda yaʼni ishqoriy muhitda bo’ladi.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il ko’rish uchun parhez
Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganlar ovqatlanish ratsionini ham o’zgartirishlari zarur. Bunda ishqoriy muhitni oshiruvchi mahsulotlar isteʼmolini ko’paytirish kerak, masalan:
- Pista, bodom;
- Quritilgan xurmo (finiki);
- Shaftoli;
- Limon;
- Kabachki;
- Qovoq;
- Dukkakli mahsulotlar;
- Shpinat.
Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash
Albatta, barcha insonlar aniq bir kunda o’g’il farzand yoki qiz farzand ko’rish imkoni bo’lishini istagan bo’lar edilar. Ammo, bu obyektiv sabablarga ko’ra mavjud bo’la olmaydi: chunki ovulyatsiya muddatining o’zgarib turishi, qindagi pH muhit o’zgaruvchanligi, spermatozoidlarning yashovchanligi va harakatlanish tezligi farqlanishi kabi omillar mavjud. Shunday bo’lsa ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimoli quyidagi hollarda oshishi mumkin:
- Ovulyatsiya vaqtiga yaqin kunlarda qo’shilish, farzandning o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlaydi;
- Ovulyatsiya davridan boshqa paytlarda qo’shilish qiz farzand ko’rish ehtimolini oshirib yuboradi.
Hayz siklining ovulyatsiya davri, siklning 14 kuniga to’g’ri kelishini inobatga olib, juftingiz bilan qo’shilish va tug’iladigan farzandning o’g’il jinsida bo’lishi ehtimolini oshiruvchi kunlar 14, 13, 12 yoki 11 kunlardir.
Ovulyatsiya kunini aniqlash usullari haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling: Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)
28 kun davom etadigan hayz sikliga ega ayollar uchun, tug’iladigan farzand jinsini ehtimoliy aniqlash maqsadida Budyanskiy usuli bor. Bu usulning mexanizmi: ayolning o’zi tug’ilishi uchun, uning ota onalari qaysi kunda qo’shilishgan, shuni bilib olib o’zingizda qo’shilish kuningizni belgilasangiz ham bo’ladi. Yaʼni hayz siklining ikki turi bor: toq va juft. Bo’lajak ona farzandining jinsi anyan hayz siklining juft yoki toqligiga bog’liq.
- Agar siz o’zingiz juft siklda (yaʼni onangiz juft siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklda bo’lsa – qiz, toq siklda – o’g’il bola tug’ilish ehtimoli bor;
- Agar siz o’ziningiz toq siklda (yaʼni onangiz toq siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklida bo’lsa – o’g’il, toq siklda bo’lsa – qiz tug’ilish ehtimoli bor.
Bunday usulni qo’llash uchun quyidagilarni bilib olishingiz kerak:
- Ayolning o’zi tug’ilgan siklini aniqlab olishi kerak. Buning uchun tug’ilgan sanangizdan 266 kunni ayirishingiz (38 hafta) kerak;
- Jadval yordamida o’zingizni tekshirib oling.
Toq yil | Hayz oylari | Juft yil |
Tip | Tip | |
Toq | 1 yanvar – 28 yanvar | Juft |
Juft | 29 yanvar – 25 fevral | Toq |
Toq | 26 fevral – 25 mart | Juft |
Juft | 26 mart – 22 aprel | Toq |
Toq | 23 aprel – 20 may | Juft |
Juft | 21 may – 17 iyun | Toq |
Toq | 18 iyun – 15 iyul | Juft |
Juft | 16 iyul – 12 avgust | Toq |
Toq | 13 avgust – 9 sentyabr | Juft |
Juft | 10 sentyabr – 7 oktyabr | Toq |
Toq | 8 oktyabr – 4 noyabr | Juft |
Juft | 5 noyabr – 2 dekabr | Toq |
Toq | 3 dekabr – 31 dekabr | Juft |
Masalan, ayol kishining tug’ilgan sanasi 10-avgust 1987-yilda bo’lsa, uning o’zi dunyoga kelishi uchun qo’shilishgan vaqt 15.11.1986-yilga to’g’ri keladi (bu esa juft yil). Endi pastdagi jadvalga qaraymiz va bunda ayol juft yil ustuni ostidan 15-noyabrga to’g’ri keladigan siklni topamiz, demak ushbu ayol – “toq” tipiga kiradi.
O’g’il farzandni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, agar o’zingiz “toq” tipiga mansub bo’lsangiz – juft siklni toping, agar siz “juft” tipdagi ayol bo’lsangiz, unda “toq” siklni toping.
Bu usul ayolning o’zining tug’ilgan muddati o’ziga xos bo’lsa – muddatidan avval yoki kech tug’ilganda, hayz siklining cho’zilishi yoki kamayishida samarasiz bo’ladi.
O’g’il farzand ko’rish kalendari
Qadimgi Xitoy va Yapon xalqining farzand dunyoga kelishida, oyning kirishi va chiqishiga asoslanib, farzand jinsini belgilash uchun maʼlum bir kunlarni hisoblab chiqishgan. Albatta bularning barchasi ehtimoliy nazariyalardir.
Xitoy kalendari
Xitoyda tuzilgan taqvim bo’yicha nafaqat farzand jinsi, balki uning sog’lomlik darajasi ham belgilangan. Ular qayd etishicha farzand jinsi oy kuni va ayolning yoshiga bog’liq bo’lar ekan. Aynan shu kunlarda, erkaklarning X va Y xromosomalaridan birini tuxum hujayra “tanlash” imkoniyati yuqori bo’lar ekan.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il farzand ko’rish uchun avvalambor ayol kishi, o’zining oy yoshini aniqlab olishi kerak. Bu esa oddiy sanalardan farq qiladi.
Sharq mamlakatlarida endigina dunyoga kelgan farzand bir yoshga kirgan hisoblanadi, chunki ona qornida ham bolaning o’sishi va rivojlanishi kechgan bo’ladi.
Usulning mexanizmi:
- Ayol yoshi tug’ilgan kundan boshlab emas, uning ota-onasi qo’shilgan sanadan boshlab belgilanadi;
- Ayolning yoshi uning tug’ilgan kunida emas, balki oy kalendari bo’yicha kelgan Xitoy yangi yilidan keyin 1 yoshga oshadi;
Masalan, 1987-yil avgust oyida tug’ilgan ayolning “oy yoshi”ni aniqlash:
- Ota-onasining qo’shilgan sana: 1986-yil – 0 yosh;
- Xitoy yangi yili 1987-yilda: 29-yanvar – 1 yoshu 1 oy;
- Tug’ilgan oyi: 1987-yil avgustda – 1 yoshu 9 oy (yaxlitlaganda ayol 2 yoshda);
- Xitoy yangi yili 1988-yilda: 17-fevral – 3 yosh;
- Xitoy yangi yili 2016-yilda: 8-fevral – 31 yosh.
Shunday qilib ayolning 2016-yildagi passport bo’yicha yoshi 28 da, uning oy yoshi esa 31 da.
Homiladorlik boshlangan oy
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
Oʻ — oʻgʻil
Q — qiz
Yuqoridagi jadaval asosida siz uchun, o’g’il farzand ehtimoli yuqori bo’lgan “oy kunlari” 1, 3 va 12 oylardir. Bu yanvar (1), mart (3) va dekabr (12) oyalari degani emas, oy kalendari bo’yicha hisoblanganda 1, 3 va 12-oylar maʼnosida. Masalan, 2016-yilda Xitoy yangi yili 8-fevralda boshlangan bo’lsa, 1-oy fevral, 3-oy esa aprelga to’gri keladi, 12- oy esa yanvarga to’g’ri keladi.
Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?
Qadimgi Xitoy tabobatida tug’ilajak farzandning jinsini o’g’il yoki qiz ekanligini belgilashning ehtimoliy yana bir usuli bor. Bunda ayol kishining yoshi – juft yoki toqligi inobatga olinadi.
Masalan:
- 28 yoshli ayol – juft yoshda. U uchun o’g’il farzanda ko’rish imkoniyati, toq oylarda yuqori bo’ladi: 1, 3, 5, 7, 9 va 11.
- 25 yoshli ayol – toq yoshda. U uchun o’g’il farzand ko’rish imkoniyati juft oylarda yuqori bo’ladi: 2, 4, 6, 8, 10 va 12.
Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali
Yana bir qadim sharqiy mamlakat Yaponiya ham o’zining farzand ko’rish kalendari bilan mashxur. Yaponlarning boshqa mamlakatlardan farqi, ular tug’ilajak farzandning qanday jinsda bo’lishida otaning ham o’rnini muhim hisoblashadi. Bunda ota-onaning tug’ilgan sanasiga asoslanib, o’g’il yoki qiz farzand ko’rish uchun eng qulay bo’lgan vaqt belgilanadi, yaʼni X va Y xromosomaning eng aktiv davrlarini hisobga olib.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il farzand ko’rish uchun:
I.
- Quyidagi jadvaldan ayolning tug’ilgan oyini tanlang;
- Keyin erkakning tug’ilgan oyini tanlang;
- To’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi raqamni toping;
- Ushbu raqamni eslab qoling
- Masalan, ayol kishi avgust oyida tug’ilgan, erkak kishi esa sentabrda. Jadval bo’yicha bunday holatga to’g’ri keladigan son 12.
Onaning tugʻilgan oyi | Otaning tugʻilgan oyi | |||||||||||
yan | fev | mar | apr | may | iyun | iyul | avg | sen | okt | noy | dek | |
yan | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
fev | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
mar | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
apr | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
may | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
iyun | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
iyul | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
avg | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
sen | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
okt | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
noy | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
dek | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
II.
Endi ikkinchi jadvalga o’tamiz:
- Birinchi jadvalda mos kelgan raqamni ikkinchi jadvaldagi ustunlardan qidirib topamiz.
- Keyin vertikal ravishda mos keluvchi oylar misolida ko’rib chiqamiz.
- Masalan, yuqoridagi holatda (12) o’g’il farzand ko’rish uchun imkoniyati yuqori bo’lgan oylar – mart oyi (X.lar soni o’g’il bola tarafda juda ko’p), biroz kam imkoniyat – iyulda, sentyabr-oktyabr oylarida ham o’g’il farzand ko’rish ehtimoli ham bor.
Qon yangilanishi bo’yicha o’g’il farzand ko’rishni aniqlash
Farzand jinsini ehtimoliy belgilashning yana bir usuli, organizmda qonning butunlay yangilanish muddatidan kelib chiqib, qo’shilishdir. Inson organizmida qon: erkaklarda – har 4 yilda, ayollarda – har 3 yilda butunlay yangilanib turadi.
O’g’il farzand ko’rish uchun ota qoni, ona qonidan kechroq yangilangan bo’lishi kerak. Quyidagi jadvalda inson balog’at yoshidan boshlab yangi qon qachon hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Jadval yordamida sizda va juftingizda oxirgi marta qachon qon yangilanganligini bilib olishingiz mumkin.
Misol uchun, ushbu holatda ayol kishi 26 yoshga kirgan, erkak kishi esa 30 yoshda.
Jadvaldan yoshga yaqin bo’lgan sonni topamiz. Bunda ayol uchun 24, erkak uchun esa 28 yosh to’g’ri keladi.
Hozirgi yosh va qon yangilangan yosh farqini topamiz. Misol uchun, 26-24=2 ayol kishi uchun, 30-28=2 erkak kishi uchun, demak har ikki jins vakillarida ham qoni 2 yil oldin yangilangan.
Qaysi jins vakillarida farq kam bo’lsa, tug’ilajak farzand jinsi ham shunday bo’lish ehtimoli bor. Agar yuqoridagi holat kabi farqlar teng bo’lib qolsa, unda aniq oylar ham rol o’ynaydi.
Misol uchun, ayol kishi hozir 26 yosh va 3 oy, erkak kishi esa 30 yosh va 11 oy. Ko’rinib turibdiki ayol kishining qoni kechroq yangilangan (2 yil 3 oy oldin), erkak kishi qoni esa ertaroq (2 yil 11 oy). Demak farzand jinsi – qiz bo’lish ehtimoli yuqoriroq.
Quyida qon yangilanishi bo’yicha farzand jinsini aniqlashni osonlashtirish uchun soddalashtirilgan holatda jadval taqdim etamiz.
- Bu jadvaldan ayolning yoshini tanlang;
- Keyin erkakning yoshini tanlang;
- Va to’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi jinsni aniqlang. ( M (o’g’il) / Д (qiz) )
Agar o’g’il ko’rish istagida bo’lsangiz, yuqoridagi kabi sizning qoningiz yangi bo’lsa, eringizning keyingi qon yangilanish siklini kuting.
Misol uchun: yuqoridagi holatda o’g’il farzand ko’rish imkoniyatini oshirish uchun, 2 yil kutish kerak bo’ladi. Bunda erkak kishi 32 ga kiradi va qoni yangilanadi.
Bu usuldan foydalanayotganda bir qator holatlarga eʼtibor qaratish zarur:
- Agar qon yo’qotishlar, operatsiyalar, tug’ruqlar, homila tashlash holatlari kuzatilgan bo’lsa, hisoblashni shu vaqtdan boshlash kerak;
- Agar ayol rezus manfiy qon guruhiga mansub bo’lsa, bunday holatda farzand jinsi qon yangilanishi vaqtliroq kuzatilgan jins vakiliniki kabi bo’lish ehtimoli yuqori (yaʼni yuqoridagining teskarisi);
- Agar qon yangilanish vaqti ikkala jins vakillarida ham bir xil chiqsa, egizaklar tug’ilish ehtimoli bor.
Bu usulning hech qanday ilmiy jihatdan isbotlangan holatlari yo’q, lekin usuldan foydalangan ayrim juftliklar uning samarasi haqida ijobiy fikr bildirishgan.
Qon guruhi va rezus-omil
Quyidagi usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Bunda jadvalning kesishmasida olingan natija juftliklarda qay bir jinsdagi farzand dunyoga kelishi ehtimoli ko’proq bo’lishini aks ettiradi.
Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi.
Qon guruhi | Otaning | |||
---|---|---|---|---|
Onaning | I | II | III | IV |
I | Qiz | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil |
II | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil | Qiz |
III | Qiz | Oʻgʻil | Oʻgʻil | Oʻgʻil |
IV | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil | Oʻgʻil |
Rezus-omil | Otaning | |
---|---|---|
Onaning | + | — |
— | Qiz | Oʻgʻil |
+ | Oʻgʻil | Qiz |
O’g’il ko’rish kalkulyatori
Internet olamidan bir necha onlayn kalkulyatorlar topsa bo’ladi, ularga tug’ilgan kuningiz, qon guruhingiz, hayz siklining muddati va shunga o’xshash maʼlumotlar kiritsangiz, ular sizga o’g’il farzand ko’rish imkoniyati qachon yuqori bo’lishini taxmin qilib berishadi.
Shunday bo’lsa ham bu kalkulyatorlarda hech qanday yangi mexanizm yo’q, ularning barchasi yuqorida sanab o’tilgan usullarning algoritmi xolos.
Yuqorida sanab o’tilgan usullardan tashqari, xalq tomonidan o’ylab topilgan ayrim maʼlumotlar ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimolini oshirishi mumkin:
- Osmonda yangi oy chiqqan bo’lishi;
- Agar jinsiy aloqa dushanba, seshanba, payshanba yoki shanba kunlari bajarilsa yaxshiroq bo’ladi;
- Ayol kishi boshi shimol tarafda bo’lishi;
- Erkak kishi aktivroq bo’lishi;
- Qo’shilishdan oldin go’sht, kartoshka, qo’ziqorin, quritilgan xurmo, hamda kaliyga boy mahsulotlar isteʼmol qilish, sut mahsulotlaridan esa cheklanish zarur.
Yodda tuting, farzandning qiz yoki o’g’il bo’lishi to’laqonli inson xohishiga bog’liq emas, shunchaki berilgan farzand kabi neʼmatdan quvonish va uning qadriga yetish kerak. Agar juda ham istayotgan bo’lsangiz yana bir bor urinib ko’ring. Salomat bo’ling!
Mavzuga aloqador maqolalar:
- Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
- Homiladorlik kalendari
- Follikula – turlari, oʻlchami, miqdori, yetilishi va yetilmasligi
- Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
Odam va uning salomatligi 8 sinf darslik 2014 pdf скачать
Wayang Kulit Lakon Semar Mbangun Kayangan Oleh Dalang Ki Sun Gondrong
Online Kasbiy Rivojlantirish Ўзбек тилида 24 06 2020
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf Audi в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 8 Sinf Odam Va Uning Salomatligi Fanidan Audio Kitob длительностью 3 мин и 41 сек, размер файла 4.85 MB.
Сейчас слушают
Odam Va Uning Salomatligi 8 Sinf Audi
Where Does Love Go Synymata Elle Vee
Flex Feat Silambarasan Ex Static
Gone Fludd В Вечернем Урганте Мнение Рэппера
Falda Feat Lil Eish Egb
Lullaby Of The Giants Bear Mccreary
Гүлзат Мамытбек Жанардан Катуу Кагуу Жеди Видео Сөзсүз Көрүңүз
Beneath The Mask From Persona 5 Purpleschala
Дичь Какая Та Country Humans
Five Nights At Freddy S Song Tryhardninja Slowed
Чистый Сон Луна
Орамалдағы Жаңа Студент
The Mysterious Cities Of Gold London Music Works
Madara Ost Theme
53 Божья Повесть
Ашыраалы Айталиев Акмөөр
Анимация Андертейл Amv My Demons Чекай Опесания
Джаз Сборник Лучшее
1 000 000 Obladaet
Ali A Intro Song 10 Hour Loop
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poyezd. Kun xronologiyasida 8-fevral
8-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi hamda Kanadada to‘qnashgan ikki poyezdga oid faktlar o‘rin olgan.
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi
1955-yil 8-fevral kuni Georgiy Malenkov qurollanishni qisqartirish va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarishni oshirish borasidagi tashabbuslari uchun SSSR Vazirlar Kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqarilgan edi.
Georgiy Malenkovning hokimiyat tepasiga kelib qolishi — Stalin tomonidan 1930-yillarda amalga oshirilgan kadrlarni tozalash ishlari natijasidir. O‘zining siyosiy raqiblarini yo‘qotish orqali Stalin avlodlar almashinuvini amalga oshirgan. U o‘z atrofida inqilobgacha na siyosiy mafkura, na xizmatlari bilan ortiqcha yuk bo‘lmagan fidoyi ijrochilarni ko‘rishni xohlagan. Ushbu talablarga orenburglik Georgiy Malenkov javob berardi.
Malenkov Qizil armiyada siyosiy bo‘limda kotib bo‘lib ishlagan. Mish-mishlarga ko‘ra, u yaxshi o‘q uza olmagan va ot minishni eplolmagan, ammo kanselyariya ishlarida o‘zini ko‘rsata olgan. Boshqa partiyadoshlari jang qilgan vaqtda SSSRning bo‘lajak muhim amaldori front ortida qog‘ozlarni ko‘chirish orqali karyerasini boshlagandi.
1920-yillarda Malenkov o‘zini hukumat va so‘l muxolifat o‘rtasidagi bo‘linishdan silkitgan partiya saflari pokligi uchun kurashchi rolida topgan. So‘llar mabg‘lubiyatidan keyin Georgiy talabalar ishonchliligini tekshirish bo‘yicha komissiya faoliga aylangan. Bir lavozimdan boshqasiga sakrash orqali u ko‘tarilishni davom etgan, 1929-yilda Malenkovni “xalqlar otasi”ga tanishtirishgan: bu vaqtga kelib u 27 yoshda edi.
1930-yilda Malenkov karyera zinasidan ko‘tarilib, kadrlar ishi bilan shug‘ullangan: partiyaning yuqori lavozimlari uchun istiqbolli boshqaruvchilarni qidirib, ularni lavozimga ilgari surgan. Bu lavozimda u “Katta terror”ga duch kelgan va 1937-yil kuzida NKVD rahbari Nikolay Yejov hamrohligida Armanistonga borgan. Tashrif yakuni bo‘yicha barcha mahalliy rahbarlar va partiyaning yuzlab a’zolari qo‘lga olingan.
Malenkov keyingi voqealar rivojiga ham osonlikcha aralashib ketgan. 1938-yilda Stalin “Katta terror”dan hafsalasi pir bo‘lganida u NKVD rahbarligiga Lavrentiy Beriyani tayinlash taklifini bildirgan. Bir necha oydan keyin Beriya va Malenkov Stalinning buyrug‘i bilan Yejovni hibsga olgan. Ta’kidlash kerakki, bu bevosita Malenkovning kabinetida sodir bo‘lgandi.
Beriya NKVD rahbariga aylangach, ular o‘rtasidagi aloqa uzilib qolmagan — shu orqali do‘stona bo‘lmagan, ammo Stalin SSSRida ikki og‘ir vaznli amaldorning taktik ittifoqi yuzaga kelgan. 1939-yildan boshlab Malenkov sovet hokimiyatining yuqori esheloniga ko‘tarilgan. 1946-yilda Malenkov o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanida Siyosiy byuroga kiritiladi va uni lavozimdan olishlariga bir bahya qoladi. Ichki tergov unga ishonib topshirilgan aviazavodlar nosoz texnikalar chiqarganini aniqlagandi.
Partiyaning boshqa yetakchilari bunday ayblovlar bilan osonlikcha otilib ketishi mumkin edi, ammo Malenkov holatida Stalin yarim yildan keyin uni yana lavozimga qaytarish bilan cheklanadi. Uning omon qolishiga Beriya yordam bergan degan gap-so‘zlar mavjud.
Stalinning o‘limidan keyingi ikki yil — Malenkov taqdirining eng yulduzli onlari hisoblanadi. Hokimiyat tepasiga kelgan amaldor tub islohotlarni o‘tkazish taklifi bilan chiqadi: birinchi navbatda shaxsga sig‘inishdan voz kechish, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish, partiya apparati ta’sirini oddiy hokimiyat organlariga berish.
Sobiq kadrlar bo‘yicha rahbar bo‘lgan Malenkov oldini olish imkoni bo‘lsa-da, partiya byurokratiyasi bilan kelishmay qoladi: u yuqori martabali amaldorlarni Kreml standartlari bo‘yicha ovqatlanish va davolanish kabi imtiyozlardan mahrum etadi. Hisobdan tashqarida bo‘lgan qo‘shimcha pul mukofotlari tugatiladi.
Partiyadoshlarining noroziligidan Nikita Xrushchyov foydalanib qoladi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi rahbariga aylangan Xrushchyov kuch to‘plab, Malenkovga hujum qilgan. Ikki qutbli hokimiyat paydo bo‘ladi: Malenkov vertikal ijrochi rahbariga aylangan bo‘lsa, joylarda Xrushchyov tomonidagi partiya klanlari boshchilik qilardi. Vaziyatga ichki ishlar barham berishi mumkin edi, ammo Stalinning o‘limidan to‘rt oy o‘tib Malenkov Beriya bilan uzoq muddatli ittifoqini yakunlagan. U hibsga olinib, otib tashlanadi, Vazirlar kengashi raisi bir tomondan dahshatli raqibidan qutulgan bo‘lsa, boshqa tomondan Xrushchyov qarshisida ittifoqchisiz qolgandi.
Bulganin, Malenkov va Xrushchyov Foto: “TASS”
1955-yil yanvarda Malenkov partiya plenumida tanqid ostiga olinadi, 8-fevralda esa uning o‘rniga Vazirlar mahkamasi raisi etib Nikolay Bulganin tayinlangan.
Boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi
1587-yil 8-fevral kuni Shotlandiya qirolichasi va ingliz taxtiga nomzod Mariya Styuart Foteringey qasrida qatl etilgandi.
Foto: Wikimedia Commons
Mariya Styuart 1542-yil 8-dekabr kuni Shotlandiya qiroli Yakov V hamda fransuz malikasi Mariya de Giz oilasida dunyoga kelgan. U tug‘ilganidan 6 kun o‘tib, otasi vafot etgan. Qirolning Mariyadan boshqa qonuniy farzandi yo‘q edi. Styuartlar ajdodi bo‘lgan birinchi qirol Robert II ning ham biror erkak avlodi qolmagan va shu sababli Mariya Styuart Shotlandiya qirolichasi etib tayinlangan. Chaqaloq qirolichaga graf Jeyms Gamilton regentlik (muvaqqat qirol) qilgan. 1543-yil 9-sentabr kuni unga Sterling qasrida toj kiydirilgan.
London Yakov V vafotidan va uning qizi dunyoga kelganidan xabar topgach, Genrix VIII hali kichkina o‘g‘li Eduard uchun uni kelin qilishga qaror qiladi. 1543-yil iyulda Grinvich bitimi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, Mariya ingliz taxti merosxo‘ri Eduardning rafiqasiga aylanishi kerak edi. Ammo Genrix VIII bundan qanoat qilmasdan, bolani darhol topshirilishini talab qilgan. Ammo shotlandlar bunga rozi bo‘lmagan, ayniqsa, qirolichaning onasi keskin qarshilik ko‘rsatgan. Shundan keyin Genrix murosaga borib, Mariyaning 10 yoshda topshirilishiga rozi bo‘lgan.
Mariya bir Xolirud, bir Stirling qasrlarida o‘zining to‘rt nafar tengdoshi bilan o‘yin-kulgi qilib ulg‘ayadi. Ular Shotlandiyadagi eng yaxshi oilalardan tanlab olingandi: Meri Fleming, Meri Biton, Meri Levingston va Meri Seton.
Shu bilan birga, Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi vaziyat keskinlashishni davom etgan. Shotlandiyaning ichki muammolari yetarlicha edi: kaltolik va protestantlar o‘rtasida muntazam mojarolar yuzaga kelardi. 1546-yil 29-may kuni bir guruh radikal protestantlar kardinal Bitonni o‘ldiradi va Sent-endryus qasrini egallab oladi. Shotland hukumati vaziyatni bartaraf eta olmagan va Fransiyadan yordam so‘rab, murojaat qilgan. Fransuz qo‘shinlari 1547-yil boshida Shotlandiyaga yetib kelgan va protestantlarni Sent-Endryusdan quvib chiqargan. Bunga javoban ingliz armiyasi ingliz—shotland chegarasini kesib o‘tib, ularni tor-mor keltiradi.
Shotland armiyasi mag‘lubiyatidan keyin Mariya de Giz qizini yana yashirishga majbur bo‘ladi. Mariya Styuart Stirling qasridan kutilmaganda izsiz yo‘qoladi, hatto unga eng yaqin bo‘lgan insonlar ham uning qayerdaligini bilmasdi. Sodiq xizmatkorlar kechasi bolani Inchmexom cherkoviga olib borgan. Mariya Mentit ko‘li o‘rtasidagi orolga qayiqda yetkazilgandi.
Foto: Wikimedia Commons
Bu vaqtga kelib Fransiya taxtiga Angliyaga qarshi kurashni batamom hal etish kayfiyatida bo‘lgan Genrix II o‘tiradi. Uning taklifi bilan 1548-yil 7-iyun kuni Mariya Styuart va shahzoda Fransiskning nikohi to‘g‘risida bitim imzolanadi.
O‘sha yilning 7-avgustida endigina 5 yoshga to‘lgan Mariya Fransiyaga yo‘l olgan. Bo‘lajak qirolichani olib ketishga kelgan kema Genrix tomonidan jo‘natilgan edi. Fransiyaga Mariya bilan birga uning enagasi Jeyn Sinkleyr, Jeyn Fleming (tarbiyachisi), to‘rt dugonasi va Yakov V ning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘illari — uch nafar aka-ukasi yo‘l olgan.
1559-yil 10-iyulda Genrix II vafot etadi va Fransiya taxtiga Fransisk II o‘tirgan. Mariya Styuart bir vaqtning o‘zida Fransiya qirolichasiga aylangan. Ularning boshqaruvi uzoq davom etmagan, chunki qirolning salomatligi yaxshi emasdi. 1560-yil iyunda Shotlandiyadan kelgan elchi ona qirolicha Mariya de Giz, ko‘p o‘tmay Fransisk II vafoti haqida xabar beradi.
Mariya Styuart Fransiyani tark etishga majbur edi. 12 yil davomida ushbu mamlakatda yashagan qirolicha uni tark etishni istamagan, ammo uning boshqa iloji yo‘q edi.
Mariya Shotlandiyaga qaytganidan keyingi dastlabki uch yilni deyarli tinch o‘tkazgan. Bu vaqtga kelib qirolichaning yangi nikohi mavzusi ko‘tarilgan. Uning qo‘lini ko‘plab Yevropa monarxlari so‘rab kelardi (Fransiya, Shvetsiya, Daniya qirollari, Avstriya ersgersogi). Kuyovlar orasida eng maqbuli Don Karlos — Ispaniya qiroli Filipp II ning o‘g‘li hisoblangan. Bu boradagi muzokaralar Angliyani xavotirga solgan: Yelizaveta II ispan nikohidan voz kechish uchun Mariyani o‘zining merosxo‘ri deya tan olish taklifini ham bildirgan.
Foto: Wikimedia Commons
Genrix VII avlodi bo‘lgan Mariya Styuart ismidan fitnachilar Yelizaveta I ga qarshi muntazam foydalangan. 1586-yilda Yelizavetaning vaziri Frensis Uolsingem va qamoqxona noziri Emias Paulet ishtirokida Mariya Styuart katoliklar kuchining agenti Entoni Babington bilan ehtiyotsizlik yozishmalariga jalb etiladi. U Yelizaveta I ni o‘ldirish borasidagi g‘oyasini bildirgan, ammo fitna fosh etilgan va yozishma ingliz qirolichasining qo‘liga tushib qolgan. Mariya Styuart sud qarshisiga chiqib, o‘limga hukm etilgan. 1587-yil 8-fevral kuni Mariya Styuart Foteringey qasrida qatl etilgan.
Kanadada yuk va yo‘lovchi poyezd to‘qnashuvi
1986-yil 8-fevral tongida Kanadaning Xinton shahri yaqinida Canadian National Railway kompaniyasining yuk poyezdi VIA Rail kompaniyasining yo‘lovchi tashuvchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgandi. Fojia oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan — bu Dugalddagi poyezdlar to‘qnashuvidan keyingi Kanada tarixidagi eng halokatli hisoblanadi.
Foto: The Canadian Press
Erta tongda Edmondon sharqidagi Jasper stansiyasidan VIA Rail kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqadi. U 2 ta o‘zaro birlashtirilgan yo‘lovchi poyezdidan iborat edi: Super Continental va Skeena. Super Continental Vankuverdan, Skeena esa Prins-Rupertdan harakalatlangan. Jaspertda esa birinchi poyezdga ikkinchisi biriktirilgan, shundan so‘ng hosil bo‘lgan tarkibga qo‘shimcha vagonlar ulangan. Shu orqali poyezd 3 ta teplovoz va 11 vagondan tarkib topgan, uning ichida 115 yo‘lovchi bor edi.
Unga qarama-qarshi yo‘nalishda Edsondan Canadian National Railway kompaniyasining 413-sonli poyezdi harakatlangan. Tarkib 3 ta teplovoz va 114 ta vagondan iborat bo‘lib, 11 616 tonnali poyezd uzunligi 1 867 metrni tashkil etgan.
Soat 08:29 da dispetcher Deylxerstdagi yo‘l ko‘rsatkichni yo‘lovchi poyezdi janubiy yo‘lda harakatlanadigan qilib o‘zgartirgan. Bir vaqtning o‘zida yuk poyezdi uchun chiqish signali yopilgan — uchta qizil, ungacha bo‘lgan 4,15 kilometr yo‘lda ogohlantiruvchi chiroqlar ham yongan. Ammo CN kompaniyasining yuk poyezdi soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlangani sabab sekinlashish o‘rniga tezligini soatiga 95 kilometrgacha oshirgan.
Deylxerstdagi yo‘l ko‘rsatkich bir daqiqa oldinroq o‘zgartirilganida ham halokatning oldini olish mumkin bo‘lardi. Ammo bu sodir bo‘lmagan va soat 08:40 da yuk tarkibi katta tezlikda taqiqlovchi signallarga qaramay, chiqish svetoforidan o‘tib ketgan va 387 metr yo‘l bosib, yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.
Foto: The Canadian Press
To‘qnashuv zarbi oqibatida teplovozlar butunlay yakson bo‘lgan, ularning ichida bo‘lgan lokomotiv brigadalari esa shu zahoti halok bo‘lgandi. Baklardan oqqan yonilg‘ilar sabab yong‘in yuzaga kelgan va u yo‘lovchi poyezdiga tarqalgan. Hayratlanarli darajada yuzaga kelgan inersiya kuchi yuk vagonlarini yo‘lovchi tarkibiga otib yuborgan.
Hodisa oqibatida 18 yo‘lovchi halok bo‘lgan, qubbali vagon esa temiryo‘l izida ag‘darilib, yuk vagonlaridan biriga shikast yetkazgan va yana bir yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Yuk vagonlari ichida bo‘lgan donlar sochilib, olovning tarqalishini biroz kamaytirgan. Agarda yuk poyezdi tarkibidagi vagonlarda neft mahsulotlari bo‘lganida qurbonlar soni ancha ko‘p bo‘lardi. Umumiy hisobda hodisa oqibatida 76 vagonga zarar yetgan.
Foto: The Canadian Press
Mavzuga doir
- Tinch okeani floti admirallari umriga zomin bo‘lgan aviahalokat, 551 serb bolalarining qirg‘ini va Florensiyada gulxanga tashlangan san’at asarlari. Kun xronologiy. 7 fevral, 09:48