Odobnoma, 2 sinf, Hasanboyeva O, Inoyatova M, Ne’matova A, 2018
Фрагмент из книги:
Bizning mamlakatimiz buyuk alloma, sarkarda, shoir va mutafakkirlar vatanidir. Biz ìatanimiz nomini dunyoga tanitgan Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarning avlodlarimiz. Ulardan odob-axloqli bo‘lish va bilimning fazilatlari haqida qimmatli fikrlar meros bo‘lib qolgan.
Milliy g’oya – Uzedu.Uz
YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.
2-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 9 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 9 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi. 3-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 5 soat hajmdagi 3 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 3 soat hajmdagi 3 ta mavzu kiritildi. 4-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 7 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 2 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta mavzu kiritildi. 5-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 17 soat hajmdagi 5 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 17 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi. 6-sinf “Vatan tuyg‘usi” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 5 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 9 ta mavzu kiritildi. 7-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 24 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 7 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 8 ta mavzu kiritildi. 8-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 22 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 13 soat hajmdagi 6 ta mavzu chiqarilib, 13 soat hajmdagi 7 ta mavzu kiritildi. 9-sinf “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 21 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 8 ta mavzu chiqarilib, 11 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi. Quyida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlardan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar va materiallar berilgan. Insoniyat taraqqiyot zinapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilib borgani sayin, ijtimoiy rivojlanish tezlashadi. Bu esa globallashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri yoshlarniing qalbi va ongiga bo‘lgan tahdidlardir. Shuning uchun ham bugungi kunda yoshlarimizning qalbi va ongida axborot immunitetini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi o‘z vaqtida yozilgan asar bo‘ldi. Mazkur dasturga kiritilgan o‘zgarishlar asosan o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, psixofiziologik rivojlanishlarini inobatga olgan holda Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi konseptual g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi fanlarning predmeti bo‘lgan komil insonni tarbiyalash, ularning ongiga yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish kabi vazifalarni oddiydan murakkablikka 4
tamoyili asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda barcha sinflar kesimida birinchi darslar xalqimizning buyuk bayramlaridan mustaqillik kuniga, hamda Vatan mavzulariga bag‘ishlandi. Mazkur darslarni tashkil etish uchun o‘qituvchilar alohida e’tibor bilan tayyorgarlik ko‘rishlari, mustaqillik bayramini mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga chuqurroq tushuntirishlari, bunda aniq misollardan, ko‘rgazma vositalaridan unumli foydalanishlari tavsiya etiladi. Mazkur vazifani oqilona yo‘lga qo‘yishni ta’minlash maqsadida quyida ayrim dars ishlanmalari taklif qilingan. Ulardan hududlarning demografik joylashuvini hamda ta’lim muassasasining imkoniyatini inobatga olgan holda ijodiy foydalanishni tavsiya etamiz. 1-sinf “Odobnoma” fani dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar 1-sinf “Odobnoma” fani o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: “Ona Vatan”, “Sayohatga borish odobi”, “Milliy o‘yinlar”, “Ona tabiat bag‘rida” boblaridagi davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan bilimlar hamda “Oila odobi” bobi dasturdan chiqarildi. Chiqarilgan bilimlar o‘rniga 10 soatli 6 ta yangi mavzu kiritildi: – “1-sentabr Mustaqillik kuni”. – “Odob – salomdan boshlanadi”. – “ Oila – baxt qo‘rg‘oni ”. – “Salomatlik – tuman boylik”. – “Xotira va qadrlash kuni”. – “Vatan bo‘ylab sayohat”. Ushbu mavzularni darslikning quyidagi mavzularidan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya etiladi. “1-sentabr Mustaqillik kuni” mavzusi darslikning 20-27-sahifalarida Ona Vatan bobida berilgan mavzulardan foydalangan holda o‘qitilishi tavsiya etiladi. “Odob – salomdan boshlanadi” mavzusini darslikning 4-7 betlaridagi “Odob insonning husni” bobida, “Oila – baxt qo‘rg‘oni”, “Salomatlik – tuman boylik” mavzulari darslikning 8-betida berilgan “Oila odobi” bobida, “Vatan bo‘ylab sayohat”, “Xotira va qadrlash kuni” mavzusi darslikning 29betida berilgan “Sayohatga borish odobi” bobidagi mavzular asosida tashkil etilishi mumkin. Darslarni samarali tashkil etish maqsadida quyidagi dars ishlanmasini taklif etamiz. 1-dars: “1-sentabr Mustaqillik kuni” dars ishlanmasi Reja: – 1-sentabr – Mustaqillik kuni. – Mustaqillikka oid she’r va qo‘shiqlar. – Davlat ramzlari. Darsning maqsadi: 5
- Page 1 and 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA
- Page 3: Kirish Umumiy o‘rta ta’limning
- Page 7 and 8: O‘qituvchi bolalarning javoblarin
- Page 9 and 10: holda ularni yangi mavzuni o‘zlas
- Page 11 and 12: 3) Boshqa millat vakillaridan do‘
- Page 13 and 14: “Bizning sog‘ligimiz – mamlakat
- Page 15 and 16: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
- Page 17 and 18: 6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk z
- Page 19 and 20: “Til – ma’naviyat ko‘zgusi”
- Page 21 and 22: O‘zbekiston Respublikasi o‘z hu
- Page 23 and 24: xalqimizning diniy, axloqiy, ilmiy,
- Page 25 and 26: “O‘zbekistonda barcha millatlar
- Page 27 and 28: – Ma’naviyatli inson bilan ma’n
- Page 29 and 30: “Din va millatning hujjati” deg
- Page 31 and 32: kuch-qudratidir. Jamiyat madaniyats
- Page 33 and 34: Xalqim, tantiliging o‘zi bir olam
- Page 35: 22. “Odob bo‘stoni va axloq gul
Share
Share from cover
Share from page:
Inappropriate
Flag as Inappropriate Cancel
Inappropriate
You have already flagged this document.
Thank you, for helping us keep this platform clean.
The editors will have a look at it as soon as possible.
Odobnoma, 2 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., Ne’matova A., 2018
Odobnoma, 2 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., Ne’matova A., 2018.
Учебник по этике для 2 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Bizning mamlakatimiz buyuk alloma, sarkarda, shoir va mutafakkirlar vatanidir. Biz ìatanimiz nomini dunyoga tanitgan Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarning avlodlarimiz. Ulardan odob-axloqli bo‘lish va bilimning fazilatlari haqida qimmatli fikrlar meros bo‘lib qolgan.
Katta o‘g‘il.
Bir qishloqda chol bilan kampir yashar ekan. Ularning uch o‘g‘li shaharda turishar ekan. Kichik va o‘rtancha o‘g‘il ota-onasining oldiga tez-tez kelishar, katta o‘g‘il sira kelmas ekan.
Chol-kampir uni sog‘inishibdi. Osmondagi bulutlardan, yerdagi chuchmomalardan, hatto qushlardan ham katta o‘g‘liga salom yo‘llashibdi. Baribir katta o‘g‘il kelmabdi. Ona o‘g‘lini ko‘rish uchun shaharga otlanibdi.
Onani nabiralari kutib olishibdi, u keltirgan suzma va qurtlar nabiralariga yoqmabdi. Bizga oyimiz: «Birovning qo‘lidan hech narsa yemanglar, deb aytgan», – deyishibdi. Ona qattiq xafa bo‘libdi. Katta o‘g‘lining ishdan kelishini ham kutmay, qishlog‘iga qaytib ketibdi.
MUNDARIJA.
I. BIZNING VATANIMIZ — O‘ZBEKISTON ONA VATAN.
AJDODLAR MEROSI — FAXR VA IFTIXORIMIZ.
BUYUK AJDODLARIMIZNING IBRATLI ISHLARI.
II. OILA – MUQADDAS DARGOHOTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR.
OILADA MENING O‘RNIM.
QARISI BOR UYNING PARISI BOR.
III. ODOB KISHINING ZEB-U ZIYNATI JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH ODOBI.
XUSHMUOMALALIK VA SAMIMIY MUNOSABAT.
SO‘ZLASHISH ODOBI.
MULOQOT MADANIYATI VA TELEFONDA SO‘ZLASHISH ODOBI.
TASHQI KO‘RINISH VA ORASTALIK.
YAXSHI FAZILAT — INSONGA ZIYNAT.
SAXIY VA KAMTAR BO‘LING.
O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMAT QILISHNI O‘RGANING.
MEHMONDO‘STLIK — YAXSHI ODAT.
JAMOAT TADBIRLARIDA ISHTIROK ETISH ODOBI.
KIYINISH MADANIYATI.
“MEHMON-MEHMON” O‘YINI.
IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH DO‘STLIKNI QADRLANG.
DO‘ST TANLASH VA TANISHUV QOIDALARI.
TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING.
MULKINI SAQLAGAN XOR BO‘LMAS.
DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH, BILIM OLISH HUQUQLARI.
SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ.
QUVONCHLI KUNLARNI NISHONLANG.
OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR.
ONA TABIATNI ARDOQLANG.
V. ESTETIKA BIZNING HAYOTIMIZDA TEATR.
ERTAKLAR – YAXSHILIKKA YETAKLAR.
INSON KAMOLOTIDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI.
TARBIYALILAR TANLOVI.
NAZORAT ISHI.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Odobnoma, 2 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., Ne’matova A., 2018 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi. O‘qituvchilarni qiziqtirayotgan savollarga javoblar
O‘zbekiston ta’lim tizimida ham 2021/22 o‘quv yilidan boshlab 1–6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘zida jamlagan «Tabiiy fan» (SCIENCE) joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.
Kun.uz muxbiri mazkur mavzuga aloqador savollarga javob olish, yangi fanning qay tartibda joriy etilishi haqida ma’lumot olish uchun Respublika Ta’lim markazi direktori o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva bilan bog‘landi.
«Tabiiy fan o‘quvchiga fanlarni o‘qish qiyin emas, qiziq bo‘lishiga yordam beradi. »
— Tabiiy fan (SCIENCE) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o‘rganildi.
Yangi fan o‘quvchilarni kichik yoshidan tabiiy fanlarni o‘qishga rag‘batlantirish, ularda olam haqida yaxlit tasavvur paydo qilishga yordam beradi. Buning bilan bola tabiiy fanlar, jumladan fizika va kimyo qiyin emas, qiziq fanlar ekanini anglaydi va uni o‘rganishga o‘zida rag‘bat sezadi.
Tabiiy fan (SCIENCE) qaysidir fandan voz kechish yoki qaysidir fanning o‘rniga joriy etilayotgani yo‘q. Aksincha, u ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarni integrativ tarzda o‘qitilishini ta’minlaydi.
Tabiatda yuz berayotgan hodisalarni, masalan, yomg‘ir hodisasini o‘rganish jarayonida bola uning tarkibi (biologiyaga oid tushunchalar), fizik xususiyatlari, qaysi fasllarda va qayerlarda ko‘proq yog‘ishi (geografik xususiyati), yomg‘ir ta’sirida Yerda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, o‘simliklar uchun foydasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Mazkur fan 1–2-sinflarda «Atrofimizdagi olam», 3–4-sinflarda tabiatshunoslik, 5–6-sinflarda esa 3 ta alohida fan – geografiya, biologiya va fizika fanlari mazmunini va kimyo fanining boshlang‘ich tushunchalarini uyg‘unlikda o‘qitadi. 7-sinfdan boshlab esa biologiya, geografiya va iqtisodiyot, fizika, kimyo fanlari alohida o‘qitiladi.
«Yangi tartibning joriy qilinishi 5 yilgacha muddatni oladi»
— Tabiiy fan (SCIENCE) bosqichma-bosqich tarzda joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2021/22 o‘quv yilida 1–2-sinflarda, keyin boshqa sinflarda joriy qilinadi.
Bu muddatda yangi o‘quv yili boshlangunga qadar 1–2-sinf o‘qituvchilariga mazkur fanni o‘qitish bo‘yicha maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi va kelgusida fanni o‘qitadigan mutaxassis o‘qituvchilar ham tayyorlanadi. Zarur bo‘lsa, qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
«Tabiiy fan boshqa fanlarni qisqartirmaydi»
— Ayni paytda 1–2-sinfda «Atrofimizdagi olam» – 1 soat, 3–4-sinfda tabiatshunoslik – 1 soat, 5-sinfda biologiya – 1 soat, geografiya – 1 soat, 6-sinfda fizika – 2 soat, biologiya – 2 soat, geografiya va iqtisod – 2 soatdan o‘qitilib, 1–5-sinflarda jami 12 soatni tashkil qiladi.
Hozirgi takliflarga ko‘ra, tabiiy fan 1-sinfda bir soat, 2–4-sinflarda ikki soatdan, 5–6-sinfda esa 3 soatdan, jami 13 soat o‘qitilishi tavsiya etilmoqda. Bu – hali taklif.
Tabiiy fanlarni joriy etishdan oldin tanlab olingan maktablarda shu o‘quv yilining to‘rtinchi choragida tajriba-sinov asosida fanni o‘qitamiz. Bu muddatda o‘quv dasturlari, darsliklar, dars soati tahlil qilib ko‘riladi. Va tajriba-sinov natijalari asosida 13 soatlik taklif o‘zgarishi mumkin.
Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy fanlar soatlari kamayib ketadi, boshqa fanlar soatiga o‘tkazib yuboriladi, deya fikr bildirmoqda. Lekin bular asossiz: dars soati kamaytirilmaydi. Olimlar, mutaxassislar xulosalari bilan balki ko‘paytirilishi mumkin.
Yuqorida aytilganidek, 7–11-sinflardan esa fanlarning o‘qitilishi doimiy tartibda davom etadi.
Tabiiy fanlardan qaysi o‘qituvchilar dars beradi?
— Agar boshlang‘ich sinflar darsliklari bolalar uchun jozibali, qiziqarli, rang-barang qilib ishlab chiqilsa, fanni o‘rganish o‘quvchilarga oson bo‘ladi. Xuddi shuningdek, fanni o‘qitish uchun eng maqbul metodlarni, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan o‘qituvchilar uchun ham alohida metodik qo‘llanma – o‘qituvchi kitoblari ishlab chiqiladi. Ular yordamida dars berish ustozlar uchun ham og‘ir bo‘lmaydi.
1-4-sinflarda tabiiy fanni o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yuklatilishi tavsiya etiladi. Hozir ham «Atrofimizdagi olam» fanidan asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dars berib kelmoqda.
Ayni paytdagi darsliklarda ayrim mavzular o‘qish, «Atrofimizdagi olam», odobnoma fanlarida ham aynan takrorlangan. Tabiiy fan (SCIENCE) fanida mavzular boshqa fanlar bilan bir-birini mantiqiy to‘ldiruvchi, fanlararo uzviylikni ta’minlagan holda ishlab chiqiladi.
Ona tilida biror mavzudagi matnning mantiqiy jihati, tabiiy fanda esa matnda keltirilgan hodisa, jarayon yoki o‘rganish predmetining tabiiy xususiyatlari o‘rganiladi.
5-sinfda tabiiy fan 3 soat o‘qitilishi va uni biologiya, geografiya va iqtisod fani o‘qituvchilari, shuningdek, 6-sinfda biologiya, geografiya va iqtisodiyot, fizika fanlari o‘qituvchilari o‘tishi tavsiya qilinmoqda.
Bunda savol tug‘iladi: geografiya o‘qituvchisi fizikani, fizika muallimi biologiyani o‘qita oladimi?
Buni aniqlash uchun o‘qituvchilar bilan ishlanadi. Ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash orqali ular shu darslarni o‘tishga tayyorlanadi. Bunday imkoniyat ularga maxsus maqsadli o‘quv kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
«Tabiiy fan (SCIENCE) o‘qitadigan mutaxassislar tayyorlanadi»
— Tabiiy fan joriy etilgach, tegishli normativ huquqiy-hujjatlar ishlab chiqilgandan so‘ng, pedagogika universitetlariga tabiiy fan (SCIENCE) fanini o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashga buyurtma beriladi.
Pedagogika institutlarida fizika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarga geografiya, biologiya bo‘yicha dars soatlarini yoki aksincha, geografiya yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun qolgan 2 ta fan bo‘yicha dars soatlarini kiritish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar ham beriladi.
«Pedagoglar jamoasi o‘zgarishlarga ochiq bo‘lishi kerak»
— Ta’limda joriy etilayotgan har bir yangilik nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham o‘zini oqlayotgan tajribaga asoslanishi kerak. Agar tizimni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun o‘nlab yillar tajriba-sinov qilinadigan bo‘lsa, unda ko‘p narsa yo‘qotish mumkin. Aslida, o‘z samaradorligini isbotlagan ta’lim modellari mavjud.
Insoniyat kashfiyotlarini amaliyot davomida isbotlagan paytlar ko‘p bo‘lgan. Faqat buning uchun hamma harakat qilishi kerak. O‘zgarishlarga ochiq bo‘lishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Shuning uchun pedagoglardan iborat jamoatchilikni yangiliklardan qo‘rqishga emas, ularni amalga oshirishga intilishga chaqiraman.
Zilola G‘aybullayeva suhbatlashdi.
- SCIENCE fanining taklif etilayotgan o‘quv dasturi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.