O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari
Ayol kishi faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.
Ogil bolalar uchun kiyimlar
Скачать музыку и клип бесплатно » Bolajonlar haqida qo’shiqlar
Bolajonlar haqida qo’shiqlar
Bolajonlar haqida biri birdan ajoyib bo’lgan qo’shiqlar to’plamini siz aziz saytimiz mehmonlariga taqdim qilamiz, uzhits saytida xech qanday muommolarsiz qo’shiqlarni online tinglashingiz ham yuklab olishingiz mumkin.
- Новые песни
- Узбекские Новинки
- Узбекские Коллекции
- Хорезмская Музыка
- Узбекские Клипы
- Молодежные исполнители
- Минусовки
Популярные певцы
Ozodbek Nazarbekov
Jaloliddin Ahmadaliyev
Ummon guruhi
Munisa Rizayeva
Ulug’bek Rahmatullayev
Shoxruhxon
Og’abek Sobirov
Shoxruz (Abadiya)
Janob Rasul
Farrux Xamrayev
Sardor Mamadaliyev
VIA Marokand
Botir Qodirov
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]
O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari
Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson xohish-istagiga bog’liq ham emas. Shuning uchun bolaning dunyoga kelishi mo’jizadir.
Shunday bo’lsa ham tug’ilajak farzandning o’g’il jinsida bo’lish ehtimolini oshiruvchi bir qator usullar bor, ular xalq tabobatida ham zamonaviy tibbiyotda ham o’z aksini topgan. Tug’ilajak farzand jinsi bir necha omillarga bog’liq:
- ovulyatsiyaga;
- ota-onaning yoshiga;
- qo’shilish oyi, kuniga;
- qonga;
- EKO (sunʼiy urug’lantirishga);
- psixologik holatga, kayfiyatga.
Yuqorida sanab o’tilgan omillarning birinchi 4 tasi haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz. EKO usuli esa farzand jinsini belgilashning eng ishonarli usuli hisoblansada, bir qator kamchiliklari bor, masalan:
- EKO usuli o’tkazish qimmat;
- Ko’pincha bepushtlik diagnozi qo’yilganda o’tkaziladi;
- Muolajadan oldin ayol kishi uzoq muddatli gormonterapiya qabul qiladi.
Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish uchun kuchli istak va psixologik kayfiyat ham katta ahamiyatga ega. Inson farzand ko’rishni rejalashtirishdan oldin ko’proq o’g’il bolalar rasmini ko’rishi, hayolida o’g’il farzandli bo’lganini tasavvur etishi, ichida niyat qilishi tug’ilajak farzand o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlashi mumkin.
- Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli
- O’g’il ko’rish uchun parhez
- Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash
- O’g’il farzand ko’rish kalendari
- Xitoy kalendari
- Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?
- Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali
- Qon yangilanishi bo’yicha o’g’il farzand ko’rishni aniqlash
- Qon guruhi va rezus-omil
- O’g’il ko’rish kalkulyatori
Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli
Bu usul bilan tug’ilajak farzandning o’g’il bola bo’lishida, maktab darsliklarida o’qigan biologiyani eslaymiz, yaʼni ayol genotipi XX xromosomalardan, erkak genotipi esa XY xromosomalar bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda o’g’il bola bo’lishi uchun erkaklik xromosomasi, yaʼni Y xromosoma kerak bo’ladi.
Ayol kishi faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.
Farzand o’g’il bo’lishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirishi kerak. Bunga erishish uchun quyidagi holatlarni eʼtiborga olish lozim:
- Y xromosomali spermatozoid harakatlanish tezligi X xromosomali spermatozoid tezligidan ko’proq;
- Y xromosomali spermatozoidlar X xromosomali spermatozoidlarga qaraganda kam yashovchan. X xromosoma saqlagan spermatozoid ko’proq muddat saqlanadi;
- Spermatozoidlar kislotali muhitda nobud bo’ladi, ishqoriy muhitda esa ularning aktivlik darajasi ortib ketadi;
Tuxum hujayra urug’lanishga har oyda bir marta tayyor bo’ladi. Bu esa hayz siklining ovulyatsiya davriga to’g’ri kelib, 16-48 soat davom etadi (baʼzi hollarda bir oyda ikki marta ham ovulyatsiya kuzatilishi mumkin).
Foto: Depositphotos.com
Yuqoridagi faktlarni inobatga olib, o’g’il farzand ko’rish uchun quyidagi chora tadbirlarni o’tkazish kerak:
Ovulyatsiya kunini maksimal darajada aniqlab, shu kunda qo’shilish kerak. Buning uchun maxsus test ham bor, masalan bazal haroratni o’lchash yoki UTT (UZI) tekshiruvi orqali ovulyatsiya kunini aniqlash. Sizdan talab qilinadigan narsa hayz siklining davrlarini aniqlashtirib olishdir;
Jinsiy aloqa ovulyatsiya kunida bo’lishi kerak. Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlar yashovchalik qobiliyati past bo’lgani uchun tuxum hujayra urug’lanishga tayyor bo’lishi kerak. Bunda Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlarning harakatlanish tezligi yuqori bo’lganligi sababli tuxum hujayrani urug’lantirish ehtimoli yuqori bo’ladi;
Ovulyatsiya kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar tuxum hujayrani kutib turadi;
Jinsiy aloqa vaqtida holatni ham inobatga olish lozim. Bunda holat “chuqur kirib borish” pozasida bo’lishi (erkak kishining orqa tarafdaligi) spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirib borishini osonlashtiradi;
Ovulyatsiya vaqtigacha uzoq muddat jinsiy aloqadan saqlanmang. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli Y xromosomalar miqdori kamaygan bo’ladi;
Kislota-ishqoriy muhit balansini saqlang. Kislotali muhit kuchayib ketgan sohadan faqatgina yashovchan spermatozoidlar o’ta oladi, bu X xromosomalarning tuxum hujayraga yetib borish darajasi yuqori deganidir. Qinning pH muhitini aniqlashda ginekologlar yordam bera oladi va muhitda kislotalilik darajasi oshgan bo’lsa davo muolajalari o’tkazishi ham mumkin;
Shuni ham inobatga olish kerak, ovulyatsiya vaqtida pH ko’rsatkich spermatozoidlar uchun qulay sharoitda yaʼni ishqoriy muhitda bo’ladi.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il ko’rish uchun parhez
Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganlar ovqatlanish ratsionini ham o’zgartirishlari zarur. Bunda ishqoriy muhitni oshiruvchi mahsulotlar isteʼmolini ko’paytirish kerak, masalan:
- Pista, bodom;
- Quritilgan xurmo (finiki);
- Shaftoli;
- Limon;
- Kabachki;
- Qovoq;
- Dukkakli mahsulotlar;
- Shpinat.
Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash
Albatta, barcha insonlar aniq bir kunda o’g’il farzand yoki qiz farzand ko’rish imkoni bo’lishini istagan bo’lar edilar. Ammo, bu obyektiv sabablarga ko’ra mavjud bo’la olmaydi: chunki ovulyatsiya muddatining o’zgarib turishi, qindagi pH muhit o’zgaruvchanligi, spermatozoidlarning yashovchanligi va harakatlanish tezligi farqlanishi kabi omillar mavjud. Shunday bo’lsa ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimoli quyidagi hollarda oshishi mumkin:
- Ovulyatsiya vaqtiga yaqin kunlarda qo’shilish, farzandning o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlaydi;
- Ovulyatsiya davridan boshqa paytlarda qo’shilish qiz farzand ko’rish ehtimolini oshirib yuboradi.
Hayz siklining ovulyatsiya davri, siklning 14 kuniga to’g’ri kelishini inobatga olib, juftingiz bilan qo’shilish va tug’iladigan farzandning o’g’il jinsida bo’lishi ehtimolini oshiruvchi kunlar 14, 13, 12 yoki 11 kunlardir.
Ovulyatsiya kunini aniqlash usullari haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling: Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)
28 kun davom etadigan hayz sikliga ega ayollar uchun, tug’iladigan farzand jinsini ehtimoliy aniqlash maqsadida Budyanskiy usuli bor. Bu usulning mexanizmi: ayolning o’zi tug’ilishi uchun, uning ota onalari qaysi kunda qo’shilishgan, shuni bilib olib o’zingizda qo’shilish kuningizni belgilasangiz ham bo’ladi. Yaʼni hayz siklining ikki turi bor: toq va juft. Bo’lajak ona farzandining jinsi anyan hayz siklining juft yoki toqligiga bog’liq.
- Agar siz o’zingiz juft siklda (yaʼni onangiz juft siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklda bo’lsa – qiz, toq siklda – o’g’il bola tug’ilish ehtimoli bor;
- Agar siz o’ziningiz toq siklda (yaʼni onangiz toq siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklida bo’lsa – o’g’il, toq siklda bo’lsa – qiz tug’ilish ehtimoli bor.
Bunday usulni qo’llash uchun quyidagilarni bilib olishingiz kerak:
- Ayolning o’zi tug’ilgan siklini aniqlab olishi kerak. Buning uchun tug’ilgan sanangizdan 266 kunni ayirishingiz (38 hafta) kerak;
- Jadval yordamida o’zingizni tekshirib oling.
Toq yil | Hayz oylari | Juft yil |
Tip | Tip | |
Toq | 1 yanvar – 28 yanvar | Juft |
Juft | 29 yanvar – 25 fevral | Toq |
Toq | 26 fevral – 25 mart | Juft |
Juft | 26 mart – 22 aprel | Toq |
Toq | 23 aprel – 20 may | Juft |
Juft | 21 may – 17 iyun | Toq |
Toq | 18 iyun – 15 iyul | Juft |
Juft | 16 iyul – 12 avgust | Toq |
Toq | 13 avgust – 9 sentyabr | Juft |
Juft | 10 sentyabr – 7 oktyabr | Toq |
Toq | 8 oktyabr – 4 noyabr | Juft |
Juft | 5 noyabr – 2 dekabr | Toq |
Toq | 3 dekabr – 31 dekabr | Juft |
Masalan, ayol kishining tug’ilgan sanasi 10-avgust 1987-yilda bo’lsa, uning o’zi dunyoga kelishi uchun qo’shilishgan vaqt 15.11.1986-yilga to’g’ri keladi (bu esa juft yil). Endi pastdagi jadvalga qaraymiz va bunda ayol juft yil ustuni ostidan 15-noyabrga to’g’ri keladigan siklni topamiz, demak ushbu ayol – “toq” tipiga kiradi.
O’g’il farzandni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, agar o’zingiz “toq” tipiga mansub bo’lsangiz – juft siklni toping, agar siz “juft” tipdagi ayol bo’lsangiz, unda “toq” siklni toping.
Bu usul ayolning o’zining tug’ilgan muddati o’ziga xos bo’lsa – muddatidan avval yoki kech tug’ilganda, hayz siklining cho’zilishi yoki kamayishida samarasiz bo’ladi.
O’g’il farzand ko’rish kalendari
Qadimgi Xitoy va Yapon xalqining farzand dunyoga kelishida, oyning kirishi va chiqishiga asoslanib, farzand jinsini belgilash uchun maʼlum bir kunlarni hisoblab chiqishgan. Albatta bularning barchasi ehtimoliy nazariyalardir.
Xitoy kalendari
Xitoyda tuzilgan taqvim bo’yicha nafaqat farzand jinsi, balki uning sog’lomlik darajasi ham belgilangan. Ular qayd etishicha farzand jinsi oy kuni va ayolning yoshiga bog’liq bo’lar ekan. Aynan shu kunlarda, erkaklarning X va Y xromosomalaridan birini tuxum hujayra “tanlash” imkoniyati yuqori bo’lar ekan.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il farzand ko’rish uchun avvalambor ayol kishi, o’zining oy yoshini aniqlab olishi kerak. Bu esa oddiy sanalardan farq qiladi.
Sharq mamlakatlarida endigina dunyoga kelgan farzand bir yoshga kirgan hisoblanadi, chunki ona qornida ham bolaning o’sishi va rivojlanishi kechgan bo’ladi.
Usulning mexanizmi:
- Ayol yoshi tug’ilgan kundan boshlab emas, uning ota-onasi qo’shilgan sanadan boshlab belgilanadi;
- Ayolning yoshi uning tug’ilgan kunida emas, balki oy kalendari bo’yicha kelgan Xitoy yangi yilidan keyin 1 yoshga oshadi;
Masalan, 1987-yil avgust oyida tug’ilgan ayolning “oy yoshi”ni aniqlash:
- Ota-onasining qo’shilgan sana: 1986-yil – 0 yosh;
- Xitoy yangi yili 1987-yilda: 29-yanvar – 1 yoshu 1 oy;
- Tug’ilgan oyi: 1987-yil avgustda – 1 yoshu 9 oy (yaxlitlaganda ayol 2 yoshda);
- Xitoy yangi yili 1988-yilda: 17-fevral – 3 yosh;
- Xitoy yangi yili 2016-yilda: 8-fevral – 31 yosh.
Shunday qilib ayolning 2016-yildagi passport bo’yicha yoshi 28 da, uning oy yoshi esa 31 da.
Homiladorlik boshlangan oy
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
Oʻ — oʻgʻil
Q — qiz
Yuqoridagi jadaval asosida siz uchun, o’g’il farzand ehtimoli yuqori bo’lgan “oy kunlari” 1, 3 va 12 oylardir. Bu yanvar (1), mart (3) va dekabr (12) oyalari degani emas, oy kalendari bo’yicha hisoblanganda 1, 3 va 12-oylar maʼnosida. Masalan, 2016-yilda Xitoy yangi yili 8-fevralda boshlangan bo’lsa, 1-oy fevral, 3-oy esa aprelga to’gri keladi, 12- oy esa yanvarga to’g’ri keladi.
Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?
Qadimgi Xitoy tabobatida tug’ilajak farzandning jinsini o’g’il yoki qiz ekanligini belgilashning ehtimoliy yana bir usuli bor. Bunda ayol kishining yoshi – juft yoki toqligi inobatga olinadi.
Masalan:
- 28 yoshli ayol – juft yoshda. U uchun o’g’il farzanda ko’rish imkoniyati, toq oylarda yuqori bo’ladi: 1, 3, 5, 7, 9 va 11.
- 25 yoshli ayol – toq yoshda. U uchun o’g’il farzand ko’rish imkoniyati juft oylarda yuqori bo’ladi: 2, 4, 6, 8, 10 va 12.
Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali
Yana bir qadim sharqiy mamlakat Yaponiya ham o’zining farzand ko’rish kalendari bilan mashxur. Yaponlarning boshqa mamlakatlardan farqi, ular tug’ilajak farzandning qanday jinsda bo’lishida otaning ham o’rnini muhim hisoblashadi. Bunda ota-onaning tug’ilgan sanasiga asoslanib, o’g’il yoki qiz farzand ko’rish uchun eng qulay bo’lgan vaqt belgilanadi, yaʼni X va Y xromosomaning eng aktiv davrlarini hisobga olib.
O‘QING: Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
O’g’il farzand ko’rish uchun:
I.
- Quyidagi jadvaldan ayolning tug’ilgan oyini tanlang;
- Keyin erkakning tug’ilgan oyini tanlang;
- To’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi raqamni toping;
- Ushbu raqamni eslab qoling
- Masalan, ayol kishi avgust oyida tug’ilgan, erkak kishi esa sentabrda. Jadval bo’yicha bunday holatga to’g’ri keladigan son 12.
Onaning tugʻilgan oyi | Otaning tugʻilgan oyi | |||||||||||
yan | fev | mar | apr | may | iyun | iyul | avg | sen | okt | noy | dek | |
yan | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
fev | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
mar | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
apr | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
may | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
iyun | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
iyul | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
avg | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
sen | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 | 1 | 5 | 9 |
okt | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 | 10 | 2 | 6 |
noy | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 | 7 | 11 | 3 |
dek | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 | 4 | 8 | 12 |
II.
Endi ikkinchi jadvalga o’tamiz:
- Birinchi jadvalda mos kelgan raqamni ikkinchi jadvaldagi ustunlardan qidirib topamiz.
- Keyin vertikal ravishda mos keluvchi oylar misolida ko’rib chiqamiz.
- Masalan, yuqoridagi holatda (12) o’g’il farzand ko’rish uchun imkoniyati yuqori bo’lgan oylar – mart oyi (X.lar soni o’g’il bola tarafda juda ko’p), biroz kam imkoniyat – iyulda, sentyabr-oktyabr oylarida ham o’g’il farzand ko’rish ehtimoli ham bor.
Qon yangilanishi bo’yicha o’g’il farzand ko’rishni aniqlash
Farzand jinsini ehtimoliy belgilashning yana bir usuli, organizmda qonning butunlay yangilanish muddatidan kelib chiqib, qo’shilishdir. Inson organizmida qon: erkaklarda – har 4 yilda, ayollarda – har 3 yilda butunlay yangilanib turadi.
O’g’il farzand ko’rish uchun ota qoni, ona qonidan kechroq yangilangan bo’lishi kerak. Quyidagi jadvalda inson balog’at yoshidan boshlab yangi qon qachon hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Jadval yordamida sizda va juftingizda oxirgi marta qachon qon yangilanganligini bilib olishingiz mumkin.
Misol uchun, ushbu holatda ayol kishi 26 yoshga kirgan, erkak kishi esa 30 yoshda.
Jadvaldan yoshga yaqin bo’lgan sonni topamiz. Bunda ayol uchun 24, erkak uchun esa 28 yosh to’g’ri keladi.
Hozirgi yosh va qon yangilangan yosh farqini topamiz. Misol uchun, 26-24=2 ayol kishi uchun, 30-28=2 erkak kishi uchun, demak har ikki jins vakillarida ham qoni 2 yil oldin yangilangan.
Qaysi jins vakillarida farq kam bo’lsa, tug’ilajak farzand jinsi ham shunday bo’lish ehtimoli bor. Agar yuqoridagi holat kabi farqlar teng bo’lib qolsa, unda aniq oylar ham rol o’ynaydi.
Misol uchun, ayol kishi hozir 26 yosh va 3 oy, erkak kishi esa 30 yosh va 11 oy. Ko’rinib turibdiki ayol kishining qoni kechroq yangilangan (2 yil 3 oy oldin), erkak kishi qoni esa ertaroq (2 yil 11 oy). Demak farzand jinsi – qiz bo’lish ehtimoli yuqoriroq.
Quyida qon yangilanishi bo’yicha farzand jinsini aniqlashni osonlashtirish uchun soddalashtirilgan holatda jadval taqdim etamiz.
- Bu jadvaldan ayolning yoshini tanlang;
- Keyin erkakning yoshini tanlang;
- Va to’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi jinsni aniqlang. ( M (o’g’il) / Д (qiz) )
Agar o’g’il ko’rish istagida bo’lsangiz, yuqoridagi kabi sizning qoningiz yangi bo’lsa, eringizning keyingi qon yangilanish siklini kuting.
Misol uchun: yuqoridagi holatda o’g’il farzand ko’rish imkoniyatini oshirish uchun, 2 yil kutish kerak bo’ladi. Bunda erkak kishi 32 ga kiradi va qoni yangilanadi.
Bu usuldan foydalanayotganda bir qator holatlarga eʼtibor qaratish zarur:
- Agar qon yo’qotishlar, operatsiyalar, tug’ruqlar, homila tashlash holatlari kuzatilgan bo’lsa, hisoblashni shu vaqtdan boshlash kerak;
- Agar ayol rezus manfiy qon guruhiga mansub bo’lsa, bunday holatda farzand jinsi qon yangilanishi vaqtliroq kuzatilgan jins vakiliniki kabi bo’lish ehtimoli yuqori (yaʼni yuqoridagining teskarisi);
- Agar qon yangilanish vaqti ikkala jins vakillarida ham bir xil chiqsa, egizaklar tug’ilish ehtimoli bor.
Bu usulning hech qanday ilmiy jihatdan isbotlangan holatlari yo’q, lekin usuldan foydalangan ayrim juftliklar uning samarasi haqida ijobiy fikr bildirishgan.
Qon guruhi va rezus-omil
Quyidagi usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Bunda jadvalning kesishmasida olingan natija juftliklarda qay bir jinsdagi farzand dunyoga kelishi ehtimoli ko’proq bo’lishini aks ettiradi.
Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi.
Qon guruhi | Otaning | |||
---|---|---|---|---|
Onaning | I | II | III | IV |
I | Qiz | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil |
II | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil | Qiz |
III | Qiz | Oʻgʻil | Oʻgʻil | Oʻgʻil |
IV | Oʻgʻil | Qiz | Oʻgʻil | Oʻgʻil |
Rezus-omil | Otaning | |
---|---|---|
Onaning | + | — |
— | Qiz | Oʻgʻil |
+ | Oʻgʻil | Qiz |
O’g’il ko’rish kalkulyatori
Internet olamidan bir necha onlayn kalkulyatorlar topsa bo’ladi, ularga tug’ilgan kuningiz, qon guruhingiz, hayz siklining muddati va shunga o’xshash maʼlumotlar kiritsangiz, ular sizga o’g’il farzand ko’rish imkoniyati qachon yuqori bo’lishini taxmin qilib berishadi.
Shunday bo’lsa ham bu kalkulyatorlarda hech qanday yangi mexanizm yo’q, ularning barchasi yuqorida sanab o’tilgan usullarning algoritmi xolos.
Yuqorida sanab o’tilgan usullardan tashqari, xalq tomonidan o’ylab topilgan ayrim maʼlumotlar ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimolini oshirishi mumkin:
- Osmonda yangi oy chiqqan bo’lishi;
- Agar jinsiy aloqa dushanba, seshanba, payshanba yoki shanba kunlari bajarilsa yaxshiroq bo’ladi;
- Ayol kishi boshi shimol tarafda bo’lishi;
- Erkak kishi aktivroq bo’lishi;
- Qo’shilishdan oldin go’sht, kartoshka, qo’ziqorin, quritilgan xurmo, hamda kaliyga boy mahsulotlar isteʼmol qilish, sut mahsulotlaridan esa cheklanish zarur.
Yodda tuting, farzandning qiz yoki o’g’il bo’lishi to’laqonli inson xohishiga bog’liq emas, shunchaki berilgan farzand kabi neʼmatdan quvonish va uning qadriga yetish kerak. Agar juda ham istayotgan bo’lsangiz yana bir bor urinib ko’ring. Salomat bo’ling!
Mavzuga aloqador maqolalar:
- Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar
- Homiladorlik kalendari
- Follikula – turlari, oʻlchami, miqdori, yetilishi va yetilmasligi
- Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
O‘g‘il bolalar uchun ismlar ro‘yxati va ma’nosi (2023)
Ushbu ro‘yxatda o‘g‘il bolalar uchun chiroyli ismlar to‘plami keltirilgan, ro‘yxat ichida o‘g‘il bola uchun islomiy arabcha ismlar ham bor, bu yerda o‘g‘il bolaga zamonaviy ismlarham topiladi, shunday qilib bu to‘plam ichida o‘g‘il bolalarga chiroyli va yaxshi ma’noli ism izlash va qo’yish uchun eng sara ismlar va ularning ma’nosi joylangan. Barcha ismlar alfavit bo‘yicha terib chiqilgan. Marxamat, farzandingizga chiroyli ism tanlang va tanlagan ismingizni ilm axli (imomlar, domlalar) bilan tekshirib olishni unutmang.
Hozir esa davraga reklamani chaqiramiz:
Mundarija
A harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Abdulaziz — buyuk va qudratli Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulazim — izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulahad — yakkayu-yagona bo‘lgan Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulboriy — yo‘qdan bor qiluvchi, yaratuvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulvali — do‘st, madadkor Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulvahhob — barcha uchun o‘z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulvohid — bitta, yagona tanho bo‘lgan Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulg‘ani — boy, ehtiyojsiz, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulg‘afur — gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya’ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
- Abdulg‘affor — gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya’ni Alloh Taoloning quli, bandasi. Arabcha
- Abduljabbor — bandalarining ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abduljalil — barcha jihatdan mukammal va go‘zal ulug‘ Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulkarim — karim qiluvchi, saxovat ko‘rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulqahhor — barchani bo‘ysinduruvchi g‘olibning, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulqodir — mislsiz kuch-qudrat egasining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdullatif — lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo‘lgan Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulloh — Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (s.a.v.)ning otalarining ismi. Arabcha
- Abdulmalik — molikning, podshohning, ya’ni Allohning quli, itoatkor bandasi. Arabcha
- Abdulfattoh — hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo‘l ko‘rsatuvchining, ya’ni Allohning quli; doimo g‘olib va muzaffarning quli. Arabcha
- Abdulholiq — yaratuvchining, dunyoga keltiruvchining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulhay — abadiy tirik Allohning bandasi. Arabcha
- Abdulhakim — tengsiz aql va hikmat sohibining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulxamid — hamdu sanoga, maqtovga sazovor Zotning, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulhafiz — o‘z panohida saqlaguvchining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulmajid — ne’matli va sharafi bepayonning, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdurrazzoq — barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abdurrauf — o‘ta mehribon, muruvvati cheksiz, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdurrahiym — rahmli Allohning bandasi. Arabcha
- Abdurrahmon — o‘ta mehribon Allohning bandasi. Arabcha
- Abdurrashid — barcha ishlari to‘g‘ri chiquvchi Allohning bandasi. Arabcha
- Abdussamad — hojatbaror Allohning bandasi. Arabcha
- Abror — pokiza, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go‘zal hulq-atvor va fe’l egasi. Arabcha.
- Abbos — qovog‘i soliq, xo‘mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Arabcha.
- Avaz — avval turmagan bolalarning o‘rniga, evaziga kelgan bola. Arabcha, fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Azamat — ulug‘, mard, jasur, qudratli. Arabcha.
- Aziz — qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Arabcha.
- Akmal — yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma’nosida. Arabcha.
- Akram — eng sahiy, o‘ta karamli, muruvvatli, jo‘mard, qo‘li ochiq, mehribon, hayirli ishlarga polvon, bag‘ri keng. Arabcha.
- Alisher — sherdek jasur, dovyurak bo‘lsin va to‘rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo‘lsin. Arabcha, Fors-tojikcha.
- Arslon — arslondek ya’ni sherdek qudratli, dovyurak, qo‘rqmas bo‘lsin. O‘zbekcha, tojikcha, tatarcha va boshqalar.
- Asad — Asad oyida tug‘ilgan bola yoki Sherdek qudratli, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lsin. Arabcha.
- Asadulloh — Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi. Arabcha.
- Asilbek — beklar avlodiga mansub aslzoda bola. Arabcha, o‘zbekcha.
- A’zam — buyuk, qudratli, yengilmas. Arabcha.
- Anas — do‘st, yo‘ldosh, hamroh yoki shodlik, quvonch. Arabcha.
- Ansor — yordamchi, maslakdosh. Bu yerda payg‘ambarga ko‘makdosh bo‘lganlar ko‘zda tutiladi. Arabcha.
- Asomiddin — dinning tutqichi, tayanchi yoki dinning ko‘magi, madadi. Arabcha.
- Anvar — yorug‘, nurli, charog‘on yoki iqboli porloq, tolei baland, hayotda omadli bola. Arabcha.
- Amir — hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik. Arabcha.
- Ali — yuksak, ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg‘ambarimizning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha.
- Afif — pokiza, sahovatli. Arabcha.
- Ahror — oliyjanob, himmatli, mehr-muruvatli, Hojai Ahror — oliyjanob deganidir. Arabcha.
- Ahmad — Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Adham — qora ot; badanida qora belgisi (hol) bilan tug‘ilgan bola yoki qimmatli, noyob, kam uchraydigan. Arabcha.
- Akif — g‘ayratli, tirishqoq yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi. Ba’zi adabiyotlarda “turg‘un barqaror, mahkam“ deb izohlangani ham uchraydi. Arabcha.
- Anis — yaqin do‘st, ulfat, hamdam, hamsuhbat. Arabcha.
- Atif — mehribon, oqko‘ngil; muruvvatli, shafqatli. Arabcha.
- Afzal — ustun turuvchi, munosib, loyiq; qadrli, hurmatli. Arabcha.
- Afzun — ortiq, ziyoda baland martabali; ko‘payib, ortib boruvchi. Fors-tojikcha.
- Ahbor — xabarlar, ma’lumotlar, bilimlar egasi. Arabcha.
- Ashraf — sharafli, ehtiromli, oliy zot yoki aslzoda, avliyo, oliy tabaqa, yuqori nasab farzandi. Arabcha.
B harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Bahodir — botir, dovyurak, mard, jasur. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Bobur — yo‘lbars, arslon; Ulug‘, ulkan, buyuk; Tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan. O‘zbekcha.
- Botir — mard, jasur, qo‘rqmas. O‘zbekcha.
- Badriddin — dinning to‘lin oyi va nuri, mash’ali. Dinning asl farzandi. Boshqa mo‘minlarga o‘rnak bo‘luvchi xulqi yaxshi, niyati pok inson. Arabcha.
- Bahriddin — dinning nuri, yog‘dusi, shu’lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e’tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi. Arabcha.
- Bahtiyor — saodat, qut, istiqbol yor bo‘lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo‘lsin. Arabcha, fors-tojikcha.
- Bahrom — Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Behruz — baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug‘ilgan bola yoki bu bola tug‘ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan. Fors-tojikcha.
- Bekzod — bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga mansub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Bahtbek — beklar avlodiga mansub baxtli, saodatli bola ma’nosida. Forscha, qozog‘cha.
- Boymurod — boy-badavlat bola, ulg‘ayib murodiga yetsin. Arabcha, o‘zbekcha.
- Bekmurod — beklar avlodiga mansub murod-maqsadli bola berk (mustahkam) bo‘lsin va ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha, o‘zbekcha.
- Bilol — uch kunlik oy, yangi tug‘ilgan oy, (Hilol) yoki sog‘lom bola. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ning sahobalaridan biri bo‘lgan. Arabcha.
- Burhon — dalil, asos, isbot. O‘rta asrlar hukmdorlari o‘zlarini Burhoniddin, ya’ni dinning dalili, himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so‘z ularning fahriy unvoni bo‘lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli. Arabcha.
D harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Davron — davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
- Dilmurod — dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola. Arabcha, fors-tojikcha.
- Diyor — o‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin. Arabcha.
- Dovud — mehrli, mehribon, dildan sevuvchi, suyukli, chin do‘st yoki shifo beruvchi, sog‘aytiruvchi. Dovud payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha.
- Doniyor — yaqin inson, bilimli inson, do‘st, Allohning ehsoni, sovg‘asi, marxamati. Arabcha, fors-tojikcha.
- Doston — dovrug‘i tillarda doston bo‘lgan, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo‘lgan. Fors-tojikcha.
E harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Erkin — hur, ozod, erkin, mustaqil, hech kimga qaram yoki to’be bo‘lmagan bola. O‘zbekcha.
- Elbek — elning boshlig‘i, sardori, yo‘lboshchisi. O‘zbekcha.
- Eldor — ulg‘ayib yuqori martabalar egasi, elning yo‘lboshchisi, rahnamosi, hukmdori, yetakchisi bo‘lsin. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Elmurod — o‘z elining orzusi, umidi bo‘lgan bola, elini orzu-murodiga erishtirsin. Arabcha, o‘zbekcha.
- Elnur — elga nur sochuvchi, foyda keltiruvchi, vatani rivojiga katta hissa qo‘shuvchi, elparvar. Arabcha, o‘zbekcha.
- Elyor — elning dusti, hamdami, vatanparvar. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
F harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Fazliddin — dinning yuksakligi, yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazliga yetishganligi. Arabcha.
- Fahriddin — dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g‘ururi. Arabcha.
- Farruh — baxtiyor, yuzidan nur yog‘iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko‘rkam. Fors-tojikcha.
- Fayzbek — beklar avlodiga mansub fayz-barakali, omadli, saxovatli bola ma’nosida. O‘zbekcha.
- Fozil — bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — «fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Fayziddin — dinga foyda, yaxshilik, fayz keltiruvchi bola yoki dinning muruvvati, shafqati. Arabcha.
- Farhod — aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Firdavs — jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi. Fors-tojikcha.
- Fitrat — tabiiy, tug‘ma; aqlu farosatli, aqlli, dono. Arabcha.
- Fotih — g‘olib, muzaffar; jasur, mard. Arabcha.
G’ harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- G‘afur — rahmdil, marhamatli, mag‘firatli. Bu nom Allohning sifatlaridan birdir. Asli: Abdulg‘afur. Arabcha.
- G‘affor — rahmdil, mehribon, shafqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abdulg‘affor. Arabcha.
- G‘iyos — yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi. Arabcha.
- G‘ulom — o‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) qisqargan shakli. Arabcha.
H harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Halil — suyukli, aziz, qadrdon, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh. Shakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon. Arabcha.
- Habib — suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Hamdam — o‘rtoq, sodiq, vafodor do‘st. Otasiga, boshqa bolalarga do‘st, esh bo‘lib yursin. Fors-tojikcha.
- Hayrulloh — Allohning xayru saxovati, muruvvati, tuhfasi. Arabcha.
- Hamza — o‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chirog‘ yoki dorivor o‘simlik nomi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning tog‘alarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
- Hamid — maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid — issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh. Arabcha.
- Hikmat — donolik, donishmandlik; mo‘jiza. Badanida qandaydir g‘ayritabiiy, ortiq belgi bilan tug‘ilgan bola. Arabcha.
- Hoji — ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha.
- Hojimurod — ulg‘ayib hoji bo‘lsin, murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
- Hurram — hamisha shod-hurram, shodon, hayotdan baxra oluvchi, doim kulib turuvchi. Fors-tojikcha.
I harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Ibodulloh — Allohning qullari, bandalari, mo‘minlari. Arabcha
- Iskandar — mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Yunoncha, o‘zbekcha.
- Iqbol — baxtu saodat, porloq kelajak, yorqin hayot. Arabcha.
- Islom — o‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) olib kelgan din nomi. Arabcha.
- Isroil — Alloh yo‘lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o‘lim farishtasi bo‘lib, to‘rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil. Yahudiycha.
- Ibrohim — xalqlarning otasi. Yahudiycha.
- Izzat — hurmat, e’tibor, ikrom, e’tirof, ehtirom, qadr-qimmat, mehru muruvvat sohibi. Arabcha.
- Izzatulloh — Allohning kuchi, qudrati, shonu shavkati, izzat-ikromga sazovor, hurmatli yoki Allohning hurmatli bandasi. Arabcha.
- Imron — tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan. Arabcha.
- Ihtiyor — ixityori, erki o‘zida, xur, ozod, hech kimga qaram bo‘lmagan, o‘ziga xon, o‘ziga bek. Arabcha.
- Ikrom — izzat, ehtirom, obro‘, martaba, hurmat yoki sovg‘a, tuhfa, hadya. Arabcha.
- Ilyos — Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
- Ismoil — «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Yahudiycha.
J harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Javlon — chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo‘shib toshuvchi. Arabcha.
- Javohir — qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli ma’nosida. Arabcha.
- Jalol — ulug‘, buyuk, ko‘rkam. Arabcha.
- Jaloliddin — dinning ulug‘vorligi yoki dinning yuksak farzandi. Arabcha.
- Jamol — chiroyli, nafosatli, hushro‘y, ko‘rkam bola. Eht: Jamol- tuyakash, tuyalarni yetaklovchi. Arabcha.
- Jamshid — ulug‘, buyuk, qudratli. Fors-tojikcha.
- Jasur — dovyurak, qurqmas, jasoratli. Arabcha.
- Jahongir — olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar. Fors-tojikcha.
- Jo‘rabek — dustlikni qadrlovchi, ulfat, juralarni beki, do‘stlari, jo‘ralari ko‘p bo‘lsin. O‘zbekcha.
K harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Kamol — yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Arabcha.
- Kamoliddin — dinning ravnaqi, kamoloti, yetukligi yoki dinning kamolga yetgan, yetuk bo‘lgan farzandi. Arabcha.
- Komil — yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri bo‘lgan. Arabcha.
- Komron — baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq. Fors-tojikcha.
- Kozim — sabrli, toqatli, vazmin, og‘ir-bosiq; g‘azabdan o‘zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo‘lgan. Arabcha.
- Kubad — hukmron, podshoh. Fors-tojikcha.
L harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Laziz — yoqimtoy, shirin, aqlli, xushchaqchaq, ko‘pchilikka hush keladigan bola. Arabcha.
- Lochin — lochindek ziyrak, dovyurak, chaqqon, tezkor bola yoki lochin urug‘iga mansub bola. O‘zbekcha.
- Lutfulloh — Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati, tuhfasi. Arabcha.
- Lutfi — iltifot, mehribonlik; nazokat, nafosat. Arabcha.
M harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Mabruk — ko‘ngilga yaqin, xayrixoh. Arabcha.
- Mavdud — qadrli, suyukli. Arabcha.
- Mavlon — ustoz, valine’mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon — Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon. Arabcha.
- Madid — uzoq yashovchi, umri uzoq. Arabcha.
- Mazbut — mahkam, mustahkam, himoya ostiga olingan. Arabcha.
- Mansur — g‘olib, peshqadam, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas. Arabcha.
- Mardon — botir, dovyurak, mard, azamat. Fors-tojikcha.
- Maqsud — hohlangan, istalgan, orzu qilingan, umid qilib kutilgan bola. Arabcha.
- Mahan — eng go‘zal, eng suluv, tengsiz husn sohibi. Arabcha.
- Mahrus — saqlanuvchi, himoya qilinuvchi, himoya ostiga olingan. Arabcha.
- Mahmud — maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri. Arabcha.
- Mahzan — boylik, xazina, g‘azna, ganj. Arabcha
- Ma’sud — baxtli, baxtiyor, saodatmand. Arabcha.
- Ma’mur — boshqaruvchi, yetkachi, yo‘l ko‘rsatuvchi, (ma’muriyat — boshqarma); farovon hayot kechiruvchi. Arabcha.
- Mirdas — baland martabali va yoshdek mustahkam. Arabcha, o‘zbekcha.
- Mirziyo — ulug‘ martabali o‘g‘ilning umri nurga (baxtga) to‘la bo‘lsin, ziyo tarqatuvchi. Arabcha.
- Miron, Miran — amirlarning sardori, rahbari, yetakchi, yuqori turuvchi, oliy nasab. Arabcha.
- Mohir — ustamon, bilag‘on, qobiliyatli, har ishga mohir, o‘z ishining ustasi. Arabcha.
- Ma’ruf — taniqli, mashhur, atoqli, el bilgan, nomi chiqqan, ko‘zga yaqin yoki kunbotar, shom paytida dunyoga kelgan bola. Arabcha.
- Murod — murod-maqsadli yoki orzu qilingan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
- Muzaffar — yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli. Arabcha.
- Musulmon — Islom diniga e’tiqod qiluvchi; islom diniga bo‘ysunuvchi; xudojo‘y, Allohning sodiq quli. Arabcha.
- Mufiz — fayz, baraka, muvaffaqiyat keltiruvchi. Arabcha.
- Muhsin — karamli, marhamatli, mehribon. Arabcha.
- Muhammad — maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir. Arabcha.
- Muhtor — tanlangan, saylangan, saralab olingan yoki o‘z erki o‘zida bo‘lgan, hur, mustaqil, tobe bo‘lmagan, qaramligi yo‘q. Arabcha.
- Munif — baland, martabali, baxtli, tolei baland. Arabcha.
- Mustafo — tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad(s.a.v.)ning siyratlaridan biridir. Arabcha.
- Mo‘min — dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo‘y, mo‘min nomi Allohning sifatlaridan biri bo‘lib, bandalarini asrovchi; ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi. Arabcha.
N harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Nazrulloh — Allohga nazr qilingan, bag‘ishlangan bola. Arabcha.
- Nazif — pokiza, ozoda; beg‘ubor, begunoh. Arabcha.
- Narimon — qo‘rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat. Arabcha, fors-tojikcha.
- Najmiddin — dinning yulduzi, yorug‘ligi, iqboli porloq kishisi. Arabcha.
- Nasriddin — dinning g‘olibi, dinning zafari yoki dinning ko‘magi, yordami tufayli erishilgan bola. Arabcha.
- Ne’matulloh — Allohning saxovati, marhamati, ne’mati. Arabcha.
- Nosir, Nosirjon — yordamchi, ko‘makchi, suyanchiq, madadkor yoki g‘olib, muzaffar, muvaffaqiyat qozonuvchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Nuriddin — dinning yog‘dusi, ziyosi, din ma’shali, yorug‘ligi, porloq nuri. Arabcha.
- Nusratulloh — Allohning yordami, ko‘magi; Allohning himmati, muruvvati yoki Alloh bergan baxt, omad. Arabcha.
- Nusrat — yordam beruvchi, ko‘makchi yoki g‘olib, muzaffar, peshqadam. Arabcha.
- Nurbek — beklar naslidan bo‘lgan tolei baland, iqboli porloq, yuksaklarga intiluvchi, hayot yo‘li yorug‘ bo‘lgan bola. Arabcha, o‘zbekcha.
- Nizom — tartibli, intizomli, odobli o‘g‘il bo‘lsin yoki marvarid shodasidek qimmatli, nodir. Arabcha.
- Nizomiddin — dinning tartib-qoidalari; dinning bebaho va muqaddasligi yoki dinni tartibga soluvchi. Arabcha.
- Nurlan — nurga, baxt-iqbolga to‘la bo‘lsin degan ma’noda. Arabcha.
O harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Obid — toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha.
- Odil — haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha.
- Oybek — beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola. O‘zbekcha.
- Ozod — erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha.
- Ozodbek — beklar naslidan bo‘lgan hur, baxtiyor, erkin, ozod, saodatmand bola. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Otabek — shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola. O‘zbekcha.
- Olim — bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha.
- Orif — ma’rifatli, dono, ilmli, ziyoli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min. Arabcha.
- Oqil — aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha.
- Omad — omadli, baxt-saodatli, tol’ei, mavqei baland, yuqori martabali bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Arabcha.
- O‘ktam — g‘amxo‘r, mehr-muruvvatli, oqibatli yoki mag‘rur, viqorli, mustaqil, erkin. O‘zbekcha.
- O‘tkir — keskir; mohir, aqlli, zakovatli, o‘tkir. Bilimli, zehnli, ilmli. Dono, ziyrak bola. O‘zbekcha.
Q harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi o’g’il bolalar uchun
- Qobil — iste’dodli, qobiliyatli, kuchli, yoki yuvosh, tarbiya ko‘rgan yohud orzu-tilaklarimiz bajo bo‘lib berilgan bola. Arabcha.
- Qosim — taqsimlovchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
- Qudrat — quvvatli, kuchli, qodir. Asli: Qudratulloh. Arabcha.